Авторы

  • О Сапаев
    Ургенчский филиал Ташкентской медицинской академии
  • Б Маткурбанов
    Ургенчский филиал Ташкентской медицинской академии
  • К Сапаев
    Ургенчский филиал Ташкентской медицинской академии

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.1st-society-pediatric-urology.29597

Ключевые слова:

эндовидеохирургия гидронефроз детская урология лапароскопия пиелопластика ретроперитонеоскопия

Аннотация

Bolalarda taqasimon buyrak gidronefrotik transformatsiyasini davolash natijalarini yaxshilash.

background image

11-12 JANUARY 2024, TASHKENT, UZBEKISTAN

43

BOLALARDA TAQASIMON BUYRAKLAR GIDRONEFROZIDA

XIRURGIK DAVOLASH USULINI TANLASH

Sapayev O.Q., Matkurbanov B.M., Sapayev Q.O.

Tashkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali

Urganch, O’zbekiston

Kirish.

Bolalarda taqasimon buyrak gidronefrotik transformatsiyasini davolash natijalarini

yaxshilash.

Material va usullar.

Xorazm viloyat Bolalar ko’p tarmoqli tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot

Akademiyasi Urganch filiali klinikasida 2010-2023 yillar davomida taqasimon buyrak nuqsoni
fonida rivojlangan gidronefroz transformatsiyasi aniqlangan va jarrohlik amaliyoti o’tkazilgan 3-16
yosh oralig’idagi 14 nafar (ikki tomonlama gidronefroz 8 ta (57%) ) bemorda davolash natijalari
o’rganildi. O’g’il bolalar 9 nafar (64.3%), qiz bolalar 5 nafar (35.7%) nafarni tashkil qildi.

Kuzatuvda bo’lgan barcha bemorlarda klinik-laborator, rentgeno-urologik, ultratovush,

doppleragrafiya tekshiruvlariga asoslanib jarrohlik amaliyotlari o’tkazildi. Bemorlarda olib borilgan
jarrohlik amaliyotlari jumladan: Istmotomiya amaliyoti-3 nafar bemorda, Istmotomiya bilan bir
vaqtda Andersen-Haynes-Kuchera bo’yicha PUS rezeksiyasi pieloureteroplastika-5 nafar bemorda,
faqat Albarran bo’yicha yon-yon piyeloureteroanastomoz qo’yish-6 nafar bemorda bajarildi.
Amaliyot davrida aniqlangan gidronefrotik transformatsiyaga olib kelgan sabablari 7 nafar bemorda
siydik nayining buyrak jomi yuqori qismidan chiqishi, 3 nafar bemorda pieloureteral segment
stenozi, 2 nafar bemorda pieloureterol segmentning aberrant tomir bilan bosilishi, 2 nafar bemorda
siydik nayi buralganligi aniqlandi.
Natijalarni baxolash mezonlari. Asosiy mezon qilib urodinamikaning yaxshilanish ko’rsatkichlari
olindi. Operatsiyadan so’ng 21-24- kunlar urodinamik tiklanish haqida keng mulohaza yuritish
mumkin bo’lgan kunlar hisoblanadi.

Urodinamikaning yaxshi tiklanishi-

antegrad pielorentgenoskopiyada jomning faol

qisqarishi, anastomozning yaxshi kengayishi natijasida kontrast modda siydik nayiga tez o’tib siydik
nayining peristaltikasi ko’rinadi. Ekskretor urografiyada 15, 45, 90- daqiqalarda jom va siydik nayi
yaxshi kontrastlanadi. Whitaker sinamasida jom ichidagi bosim 8-12 sm.s.u. dan oshmaydi.

Urodinamikaning qoniqarli tiklanishi-

antegrad pielorentgenoskopiyada kontrast modda

anastomoz orqali ingichga oqim bilan o’tishi, siydik nayiga contrast sekin o’tishi. Ekskretor
urografiyada kontrast modda buyrak bo’shlig’idan 30-45 daqiqadan so’ng bo’shaladi. Whitaker
sinamasida jom ichidagi bosim 14-20 sm.s.u.da bo’ladi.

Urodinamikaning tiklanmasligi-

antegrad pielografiyada kontrast moddaning qovuqqa

o’tmasligi, jom ichi bosimining 20 sm sm.suv

Tadqiqot natijalari.

Jarrohlik amaliyotidan keyingi davrlarda kuzatuvlar shuni ko’rsatadiki,

Istmotomiya amaliyoti o’tkazgan 5 nafar bemorlarning 2 nafarida urodinamikaning yaxshi tiklanishi
kuzatildi, lekin 2 nafar bemorda urodinamikaning tiklanmasligi aniqlandi. Kelib chiqqan asoratning
sabablari o’rganilganda siydik nayini jomning yuqori qismidan chiqqanligi ekani aniqlanib qayta
Andersen-Haynes-Kuchera bo’yicha PUS rezeksiyasi pieloureteroplastika o’tkazilgan. Istmotomiya
bilan bir vaqtda Andersen-Haynes-Kuchera bo’yicha PUS rezeksiyasi pieloureteroplastika amaliyoti
o’tkazilgan 3 nafar bemordan 2 nafarida urodinamikaning qoniqarli tiklanishi kuzatildi, 1 nafar
bemorda urodinamikaning yomonlashuvi kuzatildi, operatsiya vaqtida piyelonefrit belgilari
aniqlangan shu sababli bemorda amastomoz soxasida yallig’lanish natijasida obstruksiya kelib
chiqqan deb baxolangan.


background image

44

1

st

INTERNATIONAL CONFERENCE OF THE USPU

Bemorda antibakterial va yallig’lanishga qarshi davo choralari qilingandan so’ng urodinamika
turg’unlashuviga erishilgan.

Albarran bo’yicha yon-yon

piyeloureteroanastomoz qo’yish amaliyoti o’tkazilgan 6 nafar bemordan 1 nafarida urodinamik
tiklanish qoniqarli kechgan. Bemorga buyurilgan yalig’lanishga qarshi va fizioterapiya
muolajalaridan keyin urodinamika yaxshi tiklanishiga erishildi. Qolgan 5 nafar bemorda
urodinamikaning yaxshi tiklanish belgilari aniqlandi. Bemorlarda qoniqarli natija kuzatilgan.
Mazkur amaliyot natijalarida bemorlarda urodinamikaning tiklanmasligi va yomonlashuvi
kuzatilmadi.

Xulosa.

Taqasimon buyrak gidronefrotik transformasiyasini xirurgik davolashda kasallik

sabablariga mos differensial yondashuv maqsadga muvofiq.

Taqasimon buyrak girdronefrotik transformasiyasiga olib keladigan siydik nayi jomi yuqori

qismidan chiqishida urodinamikaning yaxshi tiklanishiga imkon beradigan kam jaroxatli Albarran

bo’yicha yon-yon piyeloureteroanastomoz qo’yish tavsiya etiladi.

Аdabiyotlar ro'yxati:

1.

Рашидов, З., et al. "Состояние кровотока по данным ультразвуковой ангиографии при

туберкулезе почек." Журнал проблемы биологии и медицины 2 (94) (2017): 76-78.

2.

Agzamkhodjaev, S. T., et al. "STRUCTURAL CHANGES OF URETEROPELVIC JUNCTION
IN CHILDREN WITH CONGENITAL HYDRONEPHROSIS." Central Asian Journal of

Pediatrics 2.1 (2019): 169-171.

Библиографические ссылки

Рашидов, 3., et al. "Состояние кровотока по данным ультразвуковой ангиографии при туберкулезе почек." Журнал проблемы биологии и медицины 2 (94) (2017): 76-78.

Agzamkhodjaev, S. Т., et al. "STRUCTURAL CHANGES OF URETEROPELVIC JUNCTION IN CHILDREN WITH CONGENITAL HYDRONEPHROSIS." Central Asian Journal of Pediatrics 2.1 (2019): 169-171.