www.e-itt.uz
I SON. 2025
21
AKADEMIK ESHKAK ESHISHDA QAYIQ ELEMENTLARINI
TO‘G‘RI SOZLASH ORQALI
ESHKAK ESHISH TEXNIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
PhD, dots.
Mambetnazarov Islambek Muratbayevich
O‘zbekiston
davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali
ORCID: 0009-0000-6744-4695
islambekmambetnazarov95@gmail.com
Annotatsiya.
Ushbu
maqolada akademik eshkak qayig‘ining oyoq tirgagich elementini
to‘g‘
ri sozlash orqali eshkakchilarning eshish texnikasidagi o
‘
zgarishlar tajribada sinovdan
o
‘
tkazilgan va bir qator qayiqlarning elementlarini sozlanishi haqida xulosalar keltirilgan.
Kalit soՙzlar:
akademik eshkak eshish, oyoq tirgagich, eshkak dastagi, qayiq tezligi,
eshkakka beriladigan kuchlanish.
УЛУЧШЕНИЕ ТЕХНИКИ ГРЕБЛИ ПУТЕМ ПРАВИЛЬНОЙ РЕГУЛИРОВКИ
ЭЛЕМЕНТОВ ЛОДКИ В АКАДЕМИЧЕСКОЙ ГРЕБЛЕ
PhD
, доц
.
Мамбетназаров Исламбек Муратбаевич
Нукусский филиал Узбекского государственного
университета физической культуры и спорта
Аннотация
.
В данной статье представлены результаты экспериментальных
испытаний изменений в технике гребли спортсменов путем правильной регулировки
подножки академической гребной лодки, а также сделаны выводы о настройке
элементов различных типов лодок.
Ключевые слова:
академическая гребля, подножка, рукоятка весла, скорость лодки,
нагрузка на весло.
IMPROVING ROWING TECHNIQUE THROUGH CORRECT ADJUSTMENT
OF BOAT ELEMENTS IN ACADEMIC ROWING
PhD, assoc. prof.
Mambetnazarov Islambek Muratbayevich
Nukus Branch of the Uzbek State University
of Physical Education and Sports
Abstract.
This article experimentally tested the changes in rowers' rowing technique by
properly adjusting the footrest element of an academic rowing boat, and presented conclusions
about the adjustment of elements of a number of boats.
Keywords:
academic rowing, footrest, oar handle, boat speed, oar force
.
UOʻK:
796.052.2
21-24
www.e-itt.uz
I SON. 2025
22
Kirish.
Sport natijalarining doimiy ravishda oshib borishi katta sport turlarida, shu jumladan,
akademik eshkak eshish sport turida ham umumiy hodisaga aylandi. Bu holat sport fani va
amaliyotini yuqori malakali sportchilarni tarbiyalashning butunlay yangi yo‘llar
ini izlashga,
ularning tayyorgarligini jadallashtirish usullarini topishga undadi (Kleshnev, 2015). Hozirgi
kunda akademik eshkak eshishda eshkakchilarning yuqori darajadagi texnik tayyorgarligini
tezkor shakllantirishning bir qator uslublari ishlab chiqil
gan bo‘lib, ular o‘zaro mashg‘ulot
yuklari tizimiga asoslanadi. Bunday yondashuvning negizida jismoniy iqtidorli, amalda sog‘lom
yoshlar tegishli jadal tayyorgarlik orqali 2-3 yil maxsus texnik qobiliyatining yuqori darajasiga
- oliy sport mahoratining po
ydevoriga erishishi mumkinligi haqidagi g‘oya yotadi. Akademik
eshkak eshishda qayiqni sozlash yuqori sport natijalariga erishish va jarohatlanish xavfini
minimallashtirishda asosiy rol o‘ynaydi
(Smith, 2000; Steer, 2006). Bu eshkak eshish
texnikasining samaradorligi, jamoa a’zolarining uyg‘unligi va eshkakchining qulayligiga
bevosita ta’sir ko‘rsatadigan muhim jihatidir
(Colloud & other, 2002).
Sozlash
–
bu eshkaklar va eshkakli uzatmalarning qo‘zg‘aluvchan elementlarini muayyan
sportchi ishining maksimal mexanik samaradorligini ta’minlaydigan tarzda moslashtirishdir.
Adabiyotlar sharhi.
Sozlash eshkakchining bo‘yi, vazni, kuchi va texnik imkoniyatlariga bog‘liq bo‘lib,
ma’lumki, bular har bir sportchida turlicha bo‘ladi. eshkak eshishda oyoq tirgagi balandligining
eshish texnikasiga tasiri (
Томпсон
, 2005; Tse, McManus, 2005) BioRow kompaniyasi
tomonidan oyoq tirgagi uchun yangi kuch datchigi i shlab chiqildi (Teitz, O'Kane, 2002). U faqat
kuchning gorizontal tarkibiy qismiga sezgir bo‘lgan to‘rtta o‘lchov elementidan (oyoq uchi
-
tovon, o‘ng
-chap) tashkil topgan (1-rasm). Maxsus mahkamlagichlar yordamida bu datchikni
istalgan qayiqda yoki eshkak eshish trenajyorida qo‘llash mumkin[8
]. Bundan tashqari, oyoq
tayanchidagi kuchlarning ham gorizontal, ham vertikal tarkibiy qismlarini o‘lchash uchun 2D
versiyasi ham mavjud tajriybamiz davomida biz ushbu qurilmlardan foydalangan holda qayiq
oyoq tirgagichning eshish texnikasiga ta’sirini urgandik.
1-rasm. Oyoq tirgagi balandligining uzgartirish graduslari va eshish texnikasiga tasiri
Datchik RP3 Concept ergometrida kichik tajribada oyoqning ikki xil holatida ishlatilgan:
eng past (a) bankadan 23 sm pastda va eng yuqori 4 sm yuqori. Har bir pog‘ona holatida ikkita
xalqaro darajadagi eshkakchilar daqiqasiga 20 dan 48 martagacha bo‘lgan
eshish tempini
bosqichma-bosqich oshirib, 15-20 ta eshishdan iborat sakkiz qismdan tashkil topkan testni
takrorladilar. Oyoq tirgagich kuchlanishlariga qo‘shimcha ravishda eshkak utqichdagi zo‘riqish,
tutqich holati, bankaning holati va trenajyor oyoq tirgagich
–
banka karetkasi tezlanishi ham
o‘lchandi.
www.e-itt.uz
I SON. 2025
23
Kuchlanishlarni o‘lchash aniqligini tekshirish uchun
ad
-tezlanish
Fh-
eshkak dastagi va
Fs
-
oyoq tirgagichda o‘lchangan kuchlanishlar va bankaning ma’lum massasi m =27kg bo‘yicha
hisoblandi:
ad = (Fh - Fs) / m
(1)
Tahlil va natijalar muhokamasi.
O‘lchangan tezlanish cho‘qqi nuqtalarida hisoblangan tezlanishga yetarlicha aniq mos
kelishi aniqlandi va bu kuchlanishlarni o‘lchash aniqligini ko‘rsatadi (2
-rasm, c). Banka harakati
paytida yuzaga kelgan ishqalanish kuchlari ba’zi og‘ishlarga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Daqiqasiga 36,9 eshish tempida past holatdagi oyoq tirgagichi ma’lumotlarni 2
-rasmda
ko‘rsatildi. Suvni ilish paytida oyoq tirgagidagi kuch eshkak eshishdan (1) taxminan 0,35 soniya
oldin ortishni boshlaydi va ayni paytda qayiqning tezligi tayyorgarlik (2) paytida manfiy
cho‘qqiga yetadi hamda tezlanish (3) ishorasi o‘zgaradi. Eshish boshida ko‘tarilishdagi
kuchlanishlar cho‘qqi qiymatlarining deyarli yarmini tashkil qiladi (4)eshkak dastagidagi nol
kuchlanishda, bu esa keskin manfiy te
zlanish cho‘qqisini (5) yaratadi. Shundan so‘ng
dastakdagi kuch keskin ortadi va oyoq tirgagichi (6) kuchdan oshib ketadi, bu esa qayiq (7)
tezligining cho‘qqisi va tezlanishning birinchi musbat cho‘qqisiga (8) to‘g‘ri keladi.
2-rasm. Oyoq tirgaga graduslari uzgartirilganda berilgan kuchlanislarning
biomexanik korinishi
Oyoq tirgagichidagi kuch, eshkak dastakdagiga nisbatan, olib utishning oxirigacha (9)
pastroq bo‘lib qoladi va olib utishning
oxirigacha taxminan 0,2 soniya qolganda (10) nolga
tushadi. Bu paytda oyoqlar harakatini tugatadi (11) va qo‘llar tortishning eng yuqori tezligiga
erishadi (12). Shu lahzada tovonlar hali ham oyoq tirgagichga tiralishda davom etadi (13), lekin
barmoqlar a
llaqachon teskari yo‘nalishda tasmalarga tortila boshlaydi (14) va bu kuchlarni
muvozanatlashadi.
1-jadval
Ikkita guruh eshkakchilarining barcha masofalardagi o‘rtacha ko‘rsatkichlari
Xarakteristika
NG
Baland oyoq
tirgagich
TG
Past oyoq
tirgagich
Farq %
Eshish uzunligi(m)
1.45
1.48
1.7%
Oyoq ishi(m)
0.53
0.55
3.0%
Eshkak dastagiga kuch (N)
420.9
423.3
0.6%
Olib utishdagi ish(DJ)
712.4
729.6
2.4%
Suvni ilish faktori (ms)
11.5
-17.8
-6.2%
Uslub faktori(%)
78.3%
78.8%
0.5%
Eshish oxiri faktori(ms)
-29.4
-20.6
8.8
www.e-itt.uz
I SON. 2025
24
Oyoq tirgagichining past joylashtirilganda oyoq uchi va tovon orqali kuchning ulushi past
tempda taxminan teng bo‘ladi (1
-
jadval), temp 32 dan yuqori bo‘lganda esa kuchning taxminan
60% oyoq uchi va faqat 40% tovon orqali uzatiladi. Baland ko‘tarilishda k
uchning 80-90 foizi
oyoq uchiga, atigi 10-
20 foizi tovonlarga to‘g‘ri keladi.
1-
jadvalda ikkita guruh eshkakchilarining barcha masofalardagi o‘rtacha ko‘rsatkichlari
aks ettirilgan. Eshkak eshishning asosiy
ko‘rsatkichlari poyabzal tayanchi past holatda
bo‘lganda yaxshiroq natija ko‘rsatdi: eshish uzunligi va oyoqlar harakati 1,7% va 3,0% ga
uzunroq bo‘ldi, eshkak dastasidagi o‘rtacha kuch va bir eshishdagi ish samaradorligi esa 0,6%
va 2,4% ga yuqori bo‘ldi.
Suvni ilish(eshish boshi) omili oyoq tirgagichning past joylashgan
holatida modelga yaqinroq edi (qayiq ertaroq yo‘nalishini o‘zgartirardi), Eshkak eshish uslubi
omili esa deyarli bir xil edi. Aksincha, eshishning oxiri omilida baland oyoq tirgagich baland
holatida joylashtirilsa biroz yaxshiroq ko‘rsatkichga ega edi
- u doimo model zonasida
joylashardi.
Xulosa va takliflar.
1.
Oyoq tirgagich past holatida bulsa va past eshish templarida bu ko‘rsatkich ijobiy bo‘ldi
–
eshkak dastagi
yo‘nalishini o‘zgartirgandan so‘ng ham yelkalar eshkak tortish harakatini
davom ettirardi.
2.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, eshkak eshish kuchlanishi va texnikasi uchun
oyoq tirgagining past holati afzal bo‘lishi mumkin.
3. Olingan ma’lumotlar yangi BioRow datchigining qo‘llanilishini va oyoq tirgagichidagi
o‘lchangan kuchlanishlarni aniqligini tasdiqlashga yordam berdi va eshish texnikasiga
qayiqning tog‘ri sozlanish ahamiyatini yanada oshirdi.
Adabiyotlar/ Литература/ Reference
:
Colloud F., Champely S., Bahuaud P., Cheze L. (2002) Kinematic symmetry in rowing
ergometers. The abstracts of XX Symposium of ISBS.
http://www.unex.es/congresos/isbs2002/
Kleshnev V. (2015) Propulsive Efficiency of Rowing. Coaches' Information Service,
Smith R. (2000) Net Power Production & Performance at Different Stroke Rates & Abilities
During Sculling. Coaches' Information Service.
Steer RR, McGregor AH, Bull AMJ (2006) Повторяемость кинематических измерений
производительности гребли и их использование для сравнения двух различных гребных
эргометров. Журнал спортивной науки и медицины 5, 52
-59 [
Teitz CC, O'Kane J., Lind BK, Hannafin JA (2002) Боль в спине у гребцов
-
университетских
спортсменов. Американский журнал спортивной медицины 30, 674
Tse MA, McManus AM, Masters RS (2005) Разработка и проверка программы
вмешательства в основную выносливость: последствия для производительности
гребцов студенческого возраста. Журнал исследований силы и кондиционирования 19,
Матназаров Х.Ю.
(2020)
Эшкак эшиш назарияси ва услубияти. Дарслик. Т.:
“O’zbekkitobsavdonashriyoti”.
-
238 б.
Томпсон П. (2005) Гребля на байдарках. Crowood Press, Уилтшир,
Великобритания
