www.e-itt.uz
I SON. 2025
163
TURKIYA VA BAANING DUALISTIK MOLIYA TIZIMI HOLATI TAHLILI
Zayniddinov Ruhiddin
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0000-0002-2778-8147
Аnnotatsiya.
Mazkur maqolada dualistik moliya tizimiga ega Turkiya va BAA
mamlakatlarining moliya bozori joriy holati tahlil qilinadi. Xususan, maqolada Turkiya va BAA
(Birlashgan Arab Amirliklari)ning islomiy va an’anaviy moliya tizimining qiyosiy tahlili olib
borilib, bunda islom moliyasining umumiy moliya bozoridagi ishtirokining holati, islomiy kapital
bozori, islomiy sug‘urta bozori va islomiy investitsiya fondlarining moliya bozoridagi ishtirokining
qiyosiy holati tadqiq etiladi.
Kalit so
‘
zlari.
Turkiya, BAA, dualistik moliya tizimi, islom moliyasi, islom banki, islomiy
darcha, an’anaviy moliya.
АНАЛИЗ ДУАЛИСТИЧЕСКОЙ ФИНАНСОВОЙ СИСТЕМЫ ТУРЦИИ И ОАЭ
Зайниддинов Рухиддин
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотация.
В данной статье анализируется современное состояние финансовых
рынков Турции и ОАЭ, стран с дуалистическими финансовыми системами. В частности,
в статье проводится сравнительный анализ исламской и традиционной финансовых
систем Турции и ОАЭ (Объединенных Арабских Эмиратов), рассматривается состояние
участия исламских финансов в общем финансовом рынке, сравнительное состояние
участия исламского рынка капитала, исламского рынка страхования и исламских
инвестиционных фондов в финансовом рынке.
Ключевые слова:
Турция, ОАЭ, дуалистическая финансовая система, исламские
финансы, исламский банк, исламское окно, традиционные финансы.
ANALYSIS OF THE DUALISTIC FINANCIAL SYSTEM OF TURKEY AND THE UAE
Zayniddinov Rukhiddin
Tashkent State University of Economics
Abstract.
This article analyzes the current state of the financial markets of Turkey and the
UAE, countries with dualistic financial systems. In particular, the article conducts a comparative
analysis of the Islamic and conventional financial systems of Turkey and the UAE (United Arab
Emirates), examining the state of participation of Islamic finance in the general financial market,
the comparative state of participation of Islamic capital market, Islamic insurance market and
Islamic investment funds in the financial market.
Keywords:
Turkey, UAE, dualistic financial system, Islamic finance, Islamic bank, Islamic
window, conventional finance.
UOʻK:
339.187.62
163-173
www.e-itt.uz
I SON. 2025
164
Kirish.
Keyingi yillarda ko’plab mamlakatlar moliya bozorini jonlantirishda dualistik
moliya
tizimi imkoniyatlaridan samarali foydalanishga e’tibor qaratishmoqda.Ya’ni mamlakatda
an’anaviy moliya tizimi bilan bir qatorda islom moliyasi tizimini parallel ravishda ishlashini
yo‘lga qo‘yish asosida mamlakat moliya bozorining YaIM ishlab chiqar
ishdagi imkoniyatlarini
oshirishni ifodalaydi.
Jahon iqtisodiyoti o‘zgaruvchan va murakkab tizimlarga asoslangan bo‘lib, moliya
tizimlari ham bu o‘zgarishlarga moslashishga harakat qilmoqda. Turkiya va BAA (Birlashgan
Arab Amirliklari) kabi mamlakatlar, iqtisodiy barqarorlik va global integratsiya yo‘l
ida bir
qator moliyaviy strategiyalarni amalga oshirmoqda. Ularning moliya tizimlari orasida dualistik
tizim -
ya’ni, an’anaviy va islomiy moliya tizimlarining birgalikda faoliyat yuritishi alohida
ahamiyatga ega.
Jahonda islom moliya tizimi jadal sur'atlarda rivojlanib borayotgan va ishonchli,
innovatsion moliyalashtirish mexanizmlarini oʻzida jamlangan sohalardan biri hisoblanib,
2022 yil yakunlari boʻyicha ushbu tarmogʻning yalpi aktivlari miqdori 4,5 trillion AQ
Sh dollarini
tashkil etdi va yiliga oʻrtacha 10
-
15 foizga oʻsib bormoqda.
Islom Moliyaviy Xizmatlar Kengashi (2022) ma'lumotlariga koʻra, 75 dan ortiq
mamlakatlarda 600 ga yaqin islom banklari va islom banki boʻlimiga (islomiy darchalar) ega
taxminan 200 dan ortiq an'anaviy banklar mavjud.
Global islomiy moliya sanoatining uchta asosiy yoʻnalishi bank ishi, kapital bozorlari
va
takaful (islomiy sugʻurta) hisobiga yiliga ikki xonali oʻsish raqamini qayd etib bormoqda.
Turkiya va BAA dualistik moliya tizimidan foydalanishda o‘ziga xos yondashuvlarni
qo‘llab kelmoqda. Turkiyada, davlat tomonidan qo‘llab
-
quvvatlangan an’anaviy bank tizimi
bilan birga, islomiy moliya bozori ham rivojlanishda davom etmoqda. BAA esa islomiy
m
oliyaviy xizmatlarga katta e’tibor qaratib, global miqyosda islomiy moliyaviy markazlardan
biri sifatida o‘zining o‘rnini mustahkamlashga intilmoqda.
Mazkur tizimlarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning iqtisodiy o‘sishdagi roli va jahon
iqtisodiyotdagi integratsiya darajasi kabi masalalar, moliya tizimlarining joriy holatini tahlil
qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu ishda Turkiya va BAAning dualistik moliya
tizimlarining holatini tahlil qilish, ularning o‘zaro ta’siri va jahon moliya bozoridagi o‘rni
o‘rganiladi.
Аdabiyotlar sharhi
.
Islomiy moliya eng tez rivojlanib borayotgan sanoat sifatida nafaqat musulmonlar ko‘p
istiqomat qiladigan mamlakatlar, balki musulmonlar kamchilikni tashkil etadigan mamlakatlar
ham o‘z moliya sanoatlarida dual moliya tizimini tashkil etishda qo‘llashmoqda
.
Dual moliya tizimi -
ya’ni islomiy va an’anaviy moliya tizimlarining bir vaqtning o‘zida
mavjudligi - moliya sohasida muhim va murakkab masalalardan biridir. Bu tizim, ayniqsa,
islomiy moliya tamoyillari va an’anaviy moliya amaliyotlarini birlashtirgan mam
lakatlarda,
iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda o‘zining rolini ko‘rsatmoqda. Bu mavzu
bo‘yicha turli tadqiqotlar, har bir tizimning o‘ziga xos xususiyatlarini, uning mamlakat
iqtisodiyotiga ta’sirini, hamda dual tizimning samaradorligini tah
lil qilishga qaratilgan.
Xususan, bulardan,
Rahman (2019) o‘z tadqiqotida islomiy va an’anaviy moliya tizimlarining
birlashtirilgan yondashuvini kiritgan. Tadqiqotda, Moliyaviy Integratsiya modeli orqali, turli
mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanish va barqarorlik o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qiling
an.
Rahman olib borgan tadqiqoti natijasida, yaxshi muvozanatlangan dual moliyaviy tizim
mamlakatning iqtisodiy barqarorligi va rivojlanishini yanada kuchaytirishi aniqlangan.
Shuningdek, Hassan va Mahlknecht (2017) tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotda islomiy va
an’anaviy bankchilik tizimlarining farqlari o‘rganilgan. Tadqiqotchilar, islomiy banklar va
an’anaviy banklarning faoliyatini, riskni boshqarish, foyda va zarar taqsimoti, hamda
investitsiyalarni amalga oshirish tamoyillariga qarab tahlil qilishgan. Tadqiqotda, keys stady
www.e-itt.uz
I SON. 2025
165
(case study) yondashuvi orqali Malayziya va Birlashgan Arab Amirliklaridagi bank tizimlari
tadqiq etilgan. Mazkur tadqiqotning natijasida, Islomiy bankchilik tizimi, an’anaviy tizimga
nisbatan, yuqori ijtimoiy barqarorlikka egali, ammo qisqa muddatli iqtis
odiy o‘sishni
ta’minlashda an’anaviy bank tizimi ko‘proq samara berishini ko‘rsatgan.
Bundan tashqari, Beck
va Demirgüç-
Kunt (2019)larning tadqiqotida islomiy bankchilik va an’anaviy bankchilik
tizimlarining global moliya bozoridagi o‘rni o‘rganilgan. Mazk
ur olimlar, islomiy banklar
iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda qanday rol o‘ynashini tahlil qilish uchun global miqyosda
statistik tahlil usulidan foydalanishgan. Olimlarning tadqiqoti natijasida, Islomiy bankchilik
tizimi ribo va boshqa salbiy iqtisodiy
amaliyotlarga nisbatan ko‘proq barqarorlikni
ta’minlashga qodirligi, lekin an’anaviy bank tizimi mamlakatning qisqa muddatli iqtisodiy
o‘sishiga kuchliroq ta’sir ko‘rsatishi yuqoridagi tadqiqot ishi kabi aniqlangan.
Shu bilan birga,
Ali va Omar (2021) tom
onidan amalga oshirilgan tadqiqotda islomiy va an’anaviy moliya
tizimlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlarni tahlil qilishda, iqtisodiy va ijtimoiy omillarni e’tiborga
olishga alohida urg‘u berilgan. Tadqiqotda dual tizimning samaradorligini o‘
rganish uchun
analitik va matematik modellardan foydalanilgan. Tadqiqotning natijasida dual moliya tizimi
o‘rtasidagi to‘g‘ri muvozanat global miqyosda moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga yordam
berishi borasidagi ilmiy faraz o‘z tasdig‘ini topgan.
Tadqiqotlarning umumiy
natijalariga ko‘ra,
islomiy bankchilik tizimi an’anaviy tizimga nisbatan ijtimoiy barqarorlik va moliyaviy etika
jihatidan yaxshiroq natijalarga olib keladi hamda uzoq muddatli iqtisodiy barqarorlik,
inqirozlardan chetda bo‘lish va boshqa bir qancha ijobi
y natijalarga erishishda ustunlikka ega
ekanligini ko‘rsatadi. Biroq, mamlakatning qisqa muddatli iqtisodiy o‘sishi jihatidan an’anaviy
bank tizimi ko‘proq muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkinligi aniqlangan.
Dual bank tizimlarining
integratsiyasi mamlakatlar iq
tisodiyotini barqarorlashtirishda muhim rol o‘ynaydi, lekin ba’zi
hollarda tizimlar o‘rtasida muvozanatni saqlash muammo bo‘lishi mumkinligi ta’kidlanadi.
Shuningdek, dual moliya tizimining samaradorligi mamlakatlarning o‘ziga xos ijtimoiy va
iqtisodiy sha
roitlariga qarab farq qilishini ko‘rsatadi.
Mazkur dual moliya tizimini tadqiq etishga qaratilayotgan tadqiqotimiz yuqorida nomlari
keltirilgan olimlarning ilmiy ishlaridan qo‘llanilgan yondashuv, tanlab olingan mamlakatlar va
davr nuqtai nazaridan farqlidir.
Tadqiqot metodologiyasi.
Maqolamizni ilmiy jihatdan keng darajada tahlil qilishda miqdoriy yondashuvidan
foydalanildi. Jumladan, islomiy va an’anaviy banklarning moliya
bozoridagi ishtiroklarini tahlil
qilishda qiyosiy tahlil qilishdan ham samarali foydalanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Islom moliyaviy xizmatlar kengashi (2023) ma’lumotlariga koʻra, Malayziya, BAA va
Bangladesh kabi dual moliya tizimiga ega mamlakatlarda jami bank aktivlarida islom
banklarining ulushi 20 foizdan ortiq bo’lib, Turkiya va Indoneziya 10 foizdan kam ulushga e
ga.
Lekin, ushbu mamlakatlarda islom banklarining umumiy bank sektoridagi ulushi yildan
yilga ortib bormoqda. Xususan, dual moliya tizmiga ega ushbu mamlakatlarda islom
moliyasining umumiy moliya tizmidagi ulushini oshirish bo’yicha 2030 yillarga mo’ljalangan
islomiy moliyani rivojlantirish strategiyalari ishlab chiqilgan.
Dual moliya tizimiga ega Malayziyada islom banklarining aktivlari midqori 2022-yil
yakunlariga ko’ra 278 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi. Undan keyingi o’rinda Birlashgan Arab
Amirliklari 213 mlrd AQSh dollari, Turkiya 63 mlrd AQSh dollari, Bangladesh 52 mlrd AQSh
dollari va Indoneziyada 46 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi (2-rasm).
www.e-itt.uz
I SON. 2025
166
1-rasm. Dual moliya tizimiga ega 5 ta mamlakatda jami bank aktivlaridagi islom
bankining ulushi
(2022-2023 yillar)
2-rasm. Dual moliya tizimiga ega 5 ta mamlakatda islom moliyasi aktivlari
miqdori
(mlrd. AQSh dollarida, 2022)
Biz tadqiq etayotgan dual moliya tizimiga ega mamlakatlar ichida islom banki aktivlari
ichida eng katta ulushga ega mamlakat Malayziya bo’lib, jahonda islom bank aktivlarining 11.2
foizni tashkil etadi. Undan
keyingi o’rinlarni 10.0 foiz bilan BAA, 2.9 foiz bilan Turkiya, 2.7 foiz
bilan Bangladesh va 1.9 foiz bilan Indoneziya egallaydi (1-jadval).
1-jadval
Dual moliya tizimiga ega 5 ta davlatning jahonda islom banklaridagi bozor ulushi
(Aktiv hajmi foizda, 2021 yil)
№
Mamlakat
Ulushi (%)
1
Malaziya
11.2
2
BAA
10.0
3
Turkiya
2.9
4
Bangladesh
2.7
5
Indoneziya
1.9
31%
22.70%
25.80%
8.30%
7.10%
32.14%
23.17%
21.33%
8.73%
7.46%
0%
5%
10%
15%
20%
25%
30%
35%
Malayziya
BAA
Bangladesh
Turkiya
Indoneziya
2023
2022
278
213
63
52
46
0
50
100
150
200
250
300
Malayziya
BAA
Turkiya
Bangladesh
Indoneziya
www.e-itt.uz
I SON. 2025
167
Dual moliya tizimiga ega mamlakatlarda islom banklari va darchalarini tashkil etish
so’nggi yigirma yil ichida an’anaviy banklariga qaraganda tezroq o’sishni qayd etdi.
Xususan,
Indoneziyada 14 ta islom banklari, 22 ta islom darchalari mavjud va uning bozordagi ulushi
33%ni tashkil qildi. BAAda esa 8 ta islom banklari, 18 ta islom darchalari bo’lib, uning bozor
ulushi 20%ni qayd etgan bo’lsa, Bangladeshda islom darchalarining soni sezilarli darajada ko’p
bo’lib, 163 ta va uning bozor ulushi 6,7 foizdir. Bangladeshda 5 ta islom banklari, Turkiyad
a esa
6 ta islom banklari mavjud. Islom moliyasi rivojlangan Malayziyada esa 6 ta islom banklari, 11
ta islom darchalari va uning bozordagi ulushi 2,5 foizni tashkil etadi.
Dual islomiy moliyalashtirish tizimini tashkil etish borasidagi mamlakatlar tahlilini
davom ettirgan holda dual islomiy moliya sanoatini yoʻlga qoʻya olgan mamlakatlardan biri
Turkiya mamlakati tajribasini koʻrib chiqamiz.
Turkiyada islom moliyasi 1984-yildan boshlab faollasha boshladi. Maxsus moliya uylari
islomiy moliya boʻyicha birinchi muassasalar boʻlib, ular 2005
-yilda yangi bank qonuni bilan
Ishtirokchilik (islomiy) banklariga aylantirildi. Garchi aholining 95% dan or
tigʻini musulmonlar
tashkil etsada, ishtirok (islom) banklari bank sektorining umumiy bozor ulushining atigi 8-9 %
ni tashkil qiladi. Oxirgi iqtisodiy rivojlanish va bir qator me'yoriy oʻzgarishlar Turkiyada islomiy
moliya sektorining oʻsishini tezlashtira
boshladi. Masalan, suveren sukuk va ishtirok
banklarining sukuklari chiqarildi, islom xususiy pensiya va takaful (Islom sugʻurtasi)
kompaniyalari tashkil etildi, ishtirokchi banklar soni 6 taga yetdi.
Shuning bilan birgalikda, Turkiyada islomiy moliya amaliyotining turli muammolari
mavjud boʻlib, ishtirokchi banklar aktivlari yuqori oʻsish sur’atlariga qaramay, islomiy moliya
bozorining oʻsishini cheklaydi. Shu sababli mavjud islomiy moliya amaliyotlari
Turkiya
bozorining ehtiyojlarini toʻliq qondirmaydi.
Malayziya va boshqa arab davlatlari bilan solishtirganda Turkiya islom banki va
moliyasini kech qoʻllaganiga shubha yoʻq. Mamlakatda islomiy bank ishi 1980 yilda paydo
boʻlganligi haqiqatdir. Biroq islom moliyasi Turkiya hukumati va siyosiy rahbariyati tom
onidan
qoʻllab
-quvvatlanganidan keyin 2005 yildan jadal rivojlana boshlandi. Bundan tashqari,
mamlakatning islom banki va moliyaviy xizmatlariga boʻlgan ehtiyoji kundan kunga ortib
borishi ham ushbu sohani rivojlanish yoʻlidagi muhim omillardan boʻldi.
Bugungu kunda Turkiya islom moliyasi sanoati umumiy aktivlari boʻyicha jahonda 9
oʻrinda, islom bank aktivlari boʻyicha esa 8 oʻrinda turadi. Turkiya islom moliya sanoatini
qoʻllab
-
quvvatlash uchun huquqiy va me'yoriy bazani yaratish boʻyicha keng qamrovli
ishlarni
amalga oshirdi. Jumladan, 1983-
yilda “Ishtirokchi bank toʻgʻrisida”gi qonunni qabul qilishi
islom banki amaliyotlari uchun mustahkam poydevorni yaratdi.
Turkiyada islom moliya sanoati Bank faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish agentligi
(BDDK) va kapital bozori kengashi (SPK) tomonidan nazorat qilinadi va tartibga solinadi.
Turkiyada islomiy moliyalashtirish hajmi bir necha yil ichida 100 milliard dollarga etishi
kutilmoqda. 2023 yilning sentyabr oyida bu koʻrsatkich 90 milliard dollarni tashkil etdi.
Turkiya bir necha yillar davomoda islom moliyasi uchun qulay muhit yaratish maqsadida
qonunchilik va tartibga soluvchi islohotlarni amalga oshirdi. Shariatga mos moliyaviy
mahsulotlar va xizmatlarni joriy etish uchun qonunlar va oʻzining mavjud huquqiy aso
slari va
qoidalariga oʻzgartirishlar kiritdi, bu islomiy moliya institutlari uchun an’anaviy moliya
institutlari bilan parallel ishlashini ta’minlaydigan teng sharoitlarni ta’minlashda muhim
ahamiyatga ega boʻldi.
2022-
yil iyun oyi holatiga koʻra, davlat ishtirokidagi banklarning ishtirokchi bank
sektoridagi ulushi 36,9 foizni tashkil etdi. Bundan tashqari, BDDK tomonidan 2021-yilda
chiqarilgan “Raqamli banklarning ishlash tamoyillari va xizmat koʻrsatish modeli ban
ki
toʻgʻrisidagi Nizom”ga muvofiq uchta yangi raqamli ishtirok banklari (Hayat Katilim, Kasa
Katilim, T.O.M. Katilim) litsenziyaga ega boʻldi.
Soʻnggi oʻn yillikda ishtirokchi banklar bank tizimidagi bozor ulushini 2022
-yilning
birinchi yarmidagi holatiga koʻra 4,3 foizdan 8,2 foizga oshirdi (3
-rasm).
www.e-itt.uz
I SON. 2025
168
Turkiya Ishtirokchi Banklar Assotsiat
siyasi (TKBB) ma’lumotlariga koʻra, banklar 2023
-
yil may oyi holatiga koʻra 1,4 trillion TL (52 milliard dollar) aktivlarga egalik qilmoqda. Ularning
butun Turkiya boʻylab 1400 dan ortiq filiallari tarmogʻi mavjud va ularda 18650 ga yaqin kishi
band hisoblanadi.
Aktivlar miqdori
Bozor ulushi
3-rasm. Ishtirokchi banklarning umumiy aktivlari 2010-2022 yillar
kesimida (milliard TRY, foizda)
2021-
yilda ishtirokchi banklarning aktivlari hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan
64,1 foizga oshib, 717,3 milliard turk lirasini tashkil etdi. 2012-2016-yillarda bank tizimidagi
ishtirokchi banklarning ulushi aktivlari hajmi boʻyicha pasaygan boʻlsad
a, bu ulush, ayniqsa,
2016-
yildan keyin davlat ishtiroki banklarining tashkil etilishi natijasida keskin oʻsish sur’atlari
kuzatildi. 2010-2021-
yillar oraligʻida umumiy koʻrinishda ishtirokchi banklar bank sektorida
an’anaviy banklardan koʻra koʻproq oʻsi
sh tendensiyalarini qayd etdi.
Ishtirokchi Banklar Assotsiatsiyasi (TKBB)ning 2022-
yilgi ma’lumotlariga koʻra, a’zo
banklarning sof rentabelligi 443 foizga oʻsgan va aktivlar hajmi 65,6 foizga oʻsib, 2022
-yil
oxiriga kelib 1,19 trillion TRYni tashkil etgan hamda ularning bank sektoridagi ulushi 8,4 foizga
yetgan.
Ishtirokchi banklar
An’anaviy banklar
4-rasm. Kreditning depozitga nisbati (foiz)
www.e-itt.uz
I SON. 2025
169
Turkiyada davlat ishtirokidagi banklarning tashkil etilishi 2015-2017-yillardagi
tendensiyani oʻzgartirgan boʻlsa, 2017
-2020-yillarda ishtirokchi banklar kapitalining yetarlilik
koeffisienti depozit banklaridan past boʻldi. Davlat ishtirokidagi banklarga k
apitalning katta
miqdorda kiritilishi soʻnggi 5 yildagi tendensiyani oʻzgartirdi va ishtirokchi banklarning KYK
depozit banklaridan yuqori boʻldi.
2022-
yil iyun oyi holatiga koʻra, ishtirokchi banklarining jami foydasi 18,1 mlrd. TRY
tashkil etdi. Ushbu davrda kapital bozorlari va valyuta operatsiyalari natijasida olingan sektor
foydasining umumiy foydadagi ulushi 29,5 foizga yetdi.
Balans
majburiyatlari
bo‘yicha
yig‘ilgan
mablag‘larning
bank
sektorida
moliyalashtirishga qay darajada yo‘naltirilganligining yana bir ko‘rsatkichi bo‘lgan kreditlar va
depozitlar nisbati ham 2014-
yildan buyon bank sektorining o‘rtacha ko‘rsatkichidan
pastligicha qolmoqda (4-rasm).
Tarixan, ishtirokchi banklar tomonidan taqdim etilgan moliyalashtirishda kichik va o‘rta
biznesni moliyalashtirishning ulushi depozit banklari tomonidan taqdim etilgan kreditlarning
umumiy hajmidagi kichik va o’rta biznes kreditlarining ulushidan yuqoridir
.
Ishtirok etish banklari tomonidan kichik va o‘rta biznesni
moliyalashtirishda asosiy ulush
o'rta biznes korxonalariga to'g'ri keladi (5-rasm). Ulardan keyin kichik korxonalar turadi.
Ishtirokchi banklar kichik va o‘rta biznes tadbirkorlik subyektlariga taqdim etilgan
moliyalashtirishning umumiy moliyalashtirishdag
i ulushi bo‘yicha depozit banklaridan
oldinda. Boshqa tomondan, kichik va o‘rta biznesni jami moliyalashtirishda ishtirokchi banklar
tomonidan mikrofirmalarga taqdim etilgan moliyalashtirish ulushi nisbatan past.
An’anaviy banklar
Ishtirokchi banklar
5-rasm. Jami kichik-
o’rta biznes korxonalarini moliyalashtirilishida o’rta
korxonalarning ulushi (foizda)
Dual moliya tizmiga ega navbatdagi mamlakat Birlashgan Arab Amirliklari (BAA)dir.
BAAda islom moliyasi deyarli 50 yil oldin, 1975-yilda dunyodagi birinchi islomiy tijorat
bankining tashkil etilishi bilan boshlangan.
Shundan so‘ng to‘rt yildan so‘ng mamlakatda
birinchi takaful sug‘urta kompaniyasi ishga tushirildi. O‘sha davrdan buyon BAA jahon islom
moliyasi barqaror rivojlanishida yangi tashabbuslari bilan ajralib turadi. 2023-yilgi Islom
moliyasining rivojlanishi hi
sobotiga (IFDI 2023) ko‘ra, BAA dunyodagi to‘rtinchi yirik islomiy
bank bozoriga aylandi. Mamlakatda dual bank tizimi mavjud. 2022-yilda BAAda jami 24 ta
islom banki institutlari mavjud bo‘lib, ulardan sakkiztasi mustaqil va 16 tasi an’anaviy
banklarning islomiy darchalari hisoblanadi.
www.e-itt.uz
I SON. 2025
170
6-rasm. Islom bankining aktivlari (AED mlnda)
Bu raqamlarni ajratadigan bo‘lsak, oltita mahalliy to‘liq islom banklari va xorijiy islom
banklarining ikkita filiali hamda islomiy darchaga ega 11 ta mahalliy va beshta xorijiy banklar
mavjud. Bu raqamlar 2020-yilda Dubay Islom Banki tomonidan Noor Bankni sotib olish va
boshqa birlashishlarni amalga oshishi natijasida 2018-
yildagi 9 ta to’liq islom banki va 18 ta
islomiy darchalari soni kamaygan (7-rasm).
7-rasm. BAA islom banklar va darchalari tahlili (2022)
BAAning islom bank sektoriga tegishli aktivlar 2022-yilda 845 milliard AED ni tashkil etdi va
oldingi besh yil ichida yillik o‘sish sur’atini (GAGR) 3 foizga oshirdi. Islomiy banklarning
aktivlari 631 milliard AEDni, islomiy darchalar esa 214 milliard AEDni tashkil etdi, bu 2018
yilga nisbatan 8% va 49% ga o‘sishni mos ravishda ko‘rsatdi. Bugungi kunda Islomiy darchalar
BAAdagi jami islom banki aktivlarining 25 foizini tashkil qiladi. 2022-yilda BAAda islomiy bank
aktivlarining ulushi jami bank aktivlarining 23 foizini tashkil etdi.
Birlashgan Arab Amirliklari Markaz bankining 2023-
yilning choraklik kredit ta’sirini
oʻrganish natijalariga koʻra, kuchli iqtisodiy holat yuqori stavkalarning moliyalashtirish
talabiga taʼsirini qoplagan. Moliyalashtirishning o‘sishiga islom bank
larining kuchli
moliyalashtirish salohiyati ham yordam bergan.
2022-yilda BAAning islomiy bank sanoati 2019-
yildan buyon depozitlar bo‘yicha eng
yuqori o‘sishni qayd etdi. Bu pandemiya boshlanganidan ikki yil o‘tib BAAda makroiqtisodiy
tiklanishga mos keldi. 2022-yilda moliyalashtirishga parallel ravishda depozitlar 4 foizga oshdi
va bu islom banklarining kredit imkoniyatlarini yaxshilash, likvidlikni qo‘llab
-quvvatlashda
davom etdi. Majburiyatlar bo‘yicha depozitlar islom banklari uchun jami majburiyatlarning
66% ni tashkil etgan bo’lsa, ikkinchi o'rinda 5%
bilan islom kapital bozorini moliyalashtirish
turadi.
582
570
598
590
631
114
170
166
190
214
0
100
200
300
400
500
600
700
2018
2019
2020
2021
2022
Jami Islom banklarining aktivlari
Jami Islom darchalarining aktivlari
8, 33%
16, 67%
Islomiy banklar soni
Islomiy darchalar soni
631, 75%
214, 25%
Islomiy banklarning islomiy bank sanoatida jami
aktivlardagi ulushi
Islomiy darchalarning jami islom banki
aktivlaridagi ulushi
www.e-itt.uz
I SON. 2025
171
8-rasm. Dual bank tizimida ikki bank sektorining kreditlar va moliyalashtirishdagi
ulushi (2023-yil, foizda)
2022-
yil yakunlariga ko’rsa, jismoniy shaxslar 38 foiz va korporativ sektor 33 foiz
depozitlarning eng katta ulushini tashkil etdi. Korporativ sektor jami omonatlarning katta
qismini tashkil etar ekan, xususiy korporativ sektor hissasi 2021-yilga nisbatan 9 foiz punktga
kamaydi. Shu bilan birga, islom banklarida davlat sektori depozitlarining o‘sishi kuzatildi.
Birlashgan Arab Amirliklaridagi islom banklari tomonidan xabar qilinganidek, depozitlarning
katta qismini mudoraba va vakala depozitlari kabi foydani taqsimlovchi investitsiya hisoblari
tashkil etgan.
9-rasm. Dual bank tizimida ikki bank sektorining depozitlaridagi ulushi
(2023-yil, foizda)
BAAda
Islom banklari uchun investitsiyalarda sukuk ustunlik qiladi. 2021-yilda islom
bank
sektoriga banklar tomonidan investitsiyalarning 52 foizga o‘sishidan so‘ng, ayniqsa
sukukka investitsiyalarning keskin o‘sishi kuzatilganda, o‘sish 2022
-yilda 14 foizgacha pasayib,
127 milliard AEDni tashkil etdi. 2022-
yilning oʻrtalaridan boshlab daromad
stavkalarining
oʻsishi ikkinchi yarim yillikda sukukga investitsiyalarni kuchaytirdi.
Sukuk investitsiyalarda ustunlik qilsa-da, islom banklari global benchmark stavkalarining
tez sur’atlar bilan o‘sishidan so‘ng global moliyaviy bozor o‘zgaruvchanligi belgilarini kuzatgan
holda, ushbu ta’sirlar uchun yetarli risklarni boshqarishni ta’minlashga harakat qilishdi.
Sukukning katta qismi to‘lov muddatigacha saqlanadi. Islom banki sektori investitsiyalarining
atigi 2% ulushini aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etdi. Mahalliy yoki BAAdan tashqaridagi
xalqaro emitentlardan sukuk yetkazib b
erishda kuchli o‘sish kuzatildi.
72%
28%
An'anaviy banklarning
jami banklarning
kreditlari va
moliyalashtirishdagi
ulushi
Islom banklarining jami
banklarning kreditlari va
moliyalashtirishdagi
ulushi
76%
24%
An'anaviy banklarning
jami banklarning
depozitlarida ulushi
Islom banklarining jami
banklarning depozitlarida
ulushi
www.e-itt.uz
I SON. 2025
172
10-rasm. Dual bank tizimida ikki bank sektori investitsiyalarining ulushi
(2023-yil, foizda)
BAA Federal hukumati tomonidan 2023 yilda G‘aznachilik sukuki chiqarilishidan oldin
HSA tomonidan ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan, o‘rta muddatli daromad egri chizig‘ining
rivojlanishini qo‘llab
-quvvatlashi mumkin. Bu sukuk emissiyasining keying
i o‘sishi uchun
asosiy omil bo‘ladi. Ularning likvid aktivlar portfelining bir qismi sifatida investor sifatidagi
rolini hisobga olsak, bu BAA islom bank sektorining sukuk xoldinglarini yanada oshirish
imkoniyatiga ega.
Xulosa va takliflar.
Olib borgan tadqiqotimiz natijasida quyidagi xulosamizni keltirib o’tamiz. Bugungi kunda
iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda ham islomiy moliya tizimdan samarali
foydalanilmoqda. Jumladan, musulmonlar kam istiqomat qiladigan mamlakatlar -
Gʻa
rbiy
Yevropa, AQSh, Kanada va Avstraliyada iste’mol segmenti (musulmon immigrantlarning
mahalliy jamoalariga qaratilgan) va korporativ segment (birinchi navbatda Fors koʻrfazining
neft qazib chiqaruvchi mamlakatlaridan investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan) sifatida faol
rivojlanmoqda.
Tadqiqotimizda dual moliya tizimiga ega ikki mamlakat Turkiya va BAAni tadqiq etdik.
Mazkur tadqiqotimiz natijasiga ko’ra, ushbu mamlakatlar iqtisodiyotlarida dual moliya tizimini
muvaffaqiyatli yo’lga qo’yishlarida qonunchilik, siyosiy iroda, malakali kadrlar, shariat va
buxgalteriya standartlari, ikki moliya sektorining parallel ishlas
hini ta’minlash maqsadida
berilgan teng imkoniyatlar, aholi va biznes sektori vakillarining moliyaviy savodxonligi kabi
omillar muhim rol o’yagan.
Har ikkala mamlakatda ham islomiy moliya bozorining rivojlanishi sezilarli darajada
o‘sayotgan bo‘lib, bu tizimlarning an’anaviy moliya tizimlari bilan integratsiyasi iqtisodiy o‘sish
va barqarorlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Tadqiqotimizda ko‘rsatilganidek, islomiy moliya tizimlari, jumladan, islomiy banklar,
sukuklar (islomiy obligatsiyalar), takaful (islomiy sug‘urta) va islomiy investitsiya fondlari,
faqatgina din bilan bog‘liq tamoyillarni inobatga olgan holda em
as, balki iqtisodiy tizimning
umumiy rivojlanishiga ham katta hissa qo‘shmoqda. Turkiya va BAA’da islomiy moliya sektori
o‘sib borayotgan bo‘lsa
-
da, bu tizimlar o‘rtasidagi farqlar ham mavjud. BAA, islomiy moliya
tizimining rivojlanishi uchun yanada qulay
sharoitlarni taqdim etgan bo‘lsa, Turkiya ko‘proq
an’anaviy moliya tizimiga asoslanib qolgan bo‘lib, islomiy moliya bozorining integratsiyasi
biroz qiyinroq va sekinroq kechmoqda.
Tadqiqotimizning yakuniy xulosasiga ko‘ra, dualistik moliya tizimi Turkiya va BAA
iqtisodiyoti uchun ijobiy o‘sish potentsialiga ega bo‘lib, ular o‘rtasidagi farqlarga qaramasdan,
bu tizimlarning birgalikda faoliyat yuritishi moliya bozorining diversifikatsiyasi va global
76%
24%
An'anaviy banklar
investitsiyalarining umumiy
banklar investitsiyasidagi
ulushi
Islom banklar
investitsiyalarining umumiy
banklar investitsiyasidagi
ulushi
www.e-itt.uz
I SON. 2025
173
investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlarini oshirmoqda. Shuningdek, islomiy moliya tizimining
yuksalishi nafaqat iqtisodiy jihatdan, balki ijtimoiy va madaniy jihatdan ham muhim rol
o‘ynamoqda. Bu tizimlarning o‘sishini davom ettirish va kengaytirish uchu
n davlatlar
tomonidan qo‘llab
-quvvatlovchi siyosatlar, regulyatsiya va islohotlar muhim ahamiyat kasb
etadi.
Adabiyotlar/ Литература/ Reference
:
Abrorov S.Z., (2024)
“Islom kapita
l
bozori ekotizimini shakllantirish istiqbollari”
monografiyasi, TDIU huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va
muammolari” ilmiy
-
tadqiqot markazi, “Demal” nashriyoti, 2024.
Abrorov S.Z., Adxamjonov Sh.B. (2022) Dualistik moliya tizimiga ega mamlakatlarda islom
moliyasining tahlili.
“Logistika va iqtisodiyot” ilmiy elektron jurnali, 3
-son, 2022, 13-16 bet.
Ali, R., & Omar, S. (2021). Dual finance systems: A theoretical and empirical study on Islamic
and conventional finance integration. Asian Economic Policy Review, 8(4), 223-235.
Banking Regulation and Supervision Agency. (December 31, 2021). Banking Sector Data,
Monthly Banking Sector Data; (https:// www.bddk.org.tr/BultenAylik).
Banking Regulation and Supervision Agency. (June 30, 2022). Banking Sector Data, Monthly
Banking Sector Data; (https://www.bddk.org.tr/BultenAylik).
Beck, T., & Demirgüç-Kunt, A. (2019). Islamic versus conventional banking: A global
perspective. World Bank Policy Research Working Paper, 8650, 1-29.
Hassan, M. K., & Mahlknecht, M. (2017). Islamic and conventional banking: A comparison of
financial performance and risk management practices. International Journal of Islamic and
Middle Eastern Finance and Management, 10(3), 298-315.
ICD-REFINITIV Islamic Finance Development Report (2023).
IFSB Secretariat workings based on PSIFIs, data culled from various RSAs’ websites, and
annual financial reports of Islamic banks (2023).
Irgasheva G.S., Zayniddinov R. (2024) Ijara (islomiy lizing) va an’anaviy lizingning qiyosiy
tahlili. Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil ilmiy elektron jurnali 2 son - fevral, 2024.
Islamic Financial Services Board (2023). Islamic Financial Services Industry Stability
Report; (
https://www.ifsb.org/sec03.php
Muhammad Jamal Haider, *, Gao Changchun, Tayyaba Akram, Syed Talib Hussain (2018)
Exploring Gender Effects in Intention to Islamic Mobile Banking Adoption: an empirical study Arab
Economic and Business Journal Volume 13, Issue 1, June, Pages 25-38.
Rahman, Z. (2019). Financial integration and stability: A model for integrating Islamic and
conventional finance systems. Journal of Financial Markets, 20(3), 85-99.
Zayniddinov R. (2024) Islomiy va an’anaviy banklarning qiyosiy tahlili. “Moliya bozorini
rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari, zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari” mavzusidagi 3
-
respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. 2024-yil mart. 472-476 b.
Zayniddinov R.X. (2023). O‘zbekistonda davlat
-xususiy sherikchilik (DXSH) loyihalarida
islomiy moli-yalashtirish konsepsiyasini asoslash va joriy etish. 1401-1410 betlar.
. 2023-yil, dekabr. No 11-12-sonlar.
