Авторы

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aept.79792

Ключевые слова:

женское предпринимательство сфера услуг экономическое влияние факторы развития образование и навыки социальные условия финансовая поддержка государственная политика

Аннотация

Данная статья исследует факторы, влияющие на развитие женского предпринимательства в экономике Узбекистана, с фокусом на их деятельность в сфере услуг. В статье анализируются экономические и социальные условия, необходимые для стимулирования женского предпринимательства, включая образование, финансовую поддержку и роль государственной политики. Рассматривается роль женщин-предпринимателей в сфере услуг и их влияние на экономику, а также описываются существующие проблемы и способы их решения.


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

636


XIZMAT KO

‘R

SATISH SOHASIDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI

RIVOJLANTIRISHNING O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTIGA TA’SIRI

PhD, dots.

Dusmatov Begmuxammad

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

ORCID: 0009-0002-6315-6523

bekdusmatov@mail.ru

Mirzayeva Shirin

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

ORCID: 0009-0005-0035-636X

mirzayevashirin502@gmail.com

Annotatsiya

.

Ushbu maqola O‘zbekiston iqtisodiyotida xotin

-qizlar tadbirkorligining

rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganadi va xizmat ko‘rsatish sohasida ularning

faoliyatining ahamiyatini tahlil qiladi. Maqolada xotin-

qizlar tadbirkorligining o‘sishini

rag‘batlantirish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlar, shu jumladan ta’lim,

moliyaviy qo‘llab

-quvvatlash va davlat siyosatining roli yoritilgan. Xotin-qizlar tadbirkorligining

xizmat ko‘rsatish sohasidagi o‘rni va uning iqtisodiyotga ta’siri bo‘yicha tahlil qilinadi va ushbu

yo‘nalishda mavjud bo‘lgan muammolar va ularni hal etish usullari keltiriladi.

Kalit so‘zlar:

xotin-

qizlar tadbirkorligi, xizmat ko‘rsatish sohasi, iqtisodiy ta’sir, rivojlanish

omillari, ta’lim va malaka, ijtimoiy sharoitlar, moliyaviy qo‘llab

-quvvatlash, davlat siyosati.

ВЛИЯНИЕ РАЗВИТИЯ ЖЕНСКОГО ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА В СФЕРЕ

УСЛУГ НА ЭКОНОМИКУ УЗБЕКИСТАНА

PhD,

доц

.

Дусматов Бегмухаммад

Самаркандский институт экономики и сервиса

Мирзаева Ширин

Самаркандский институт экономики и сервиса

Аннотация.

Данная статья исследует факторы, влияющие на развитие женского

предпринимательства в экономике Узбекистана, с фокусом на их деятельность в сфере

услуг. В статье анализируются экономические и социальные условия, необходимые для

стимулирования женского предпринимательства, включая образование, финансовую

поддержку и роль государственной политики. Рассматривается роль женщин

-

предпринимателей в сфере услуг и их влияние на экономику, а также описываются

существующие проблемы и способы их решения.

Ключевые слова

:

женское предпринимательство, сфера услуг, экономическое

влияние, факторы развития, образование и навыки, социальные условия, финансовая
поддержка, государственная политика.

UOʻK:

338.467.5

636-644


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

637

THE IMPACT OF THE DEVELOPMENT OF WOMEN'S ENTREPRENEURSHIP IN THE

SERVICE SECTOR ON THE ECONOMY OF UZBEKISTAN

PhD, assoc. prof.

Dusmatov Begmukhammad

Samarkand Institute of Economics and Service

Mirzayeva Shirin

Samarkand Institute of Economics and Service

Abstract.

This article examines the factors influencing the development of women's

entrepreneurship in Uzbekistan's economy, focusing on their role in the service sector. The paper

analyzes the economic and social conditions necessary to promote women's entrepreneurial

activities, including education, financial support, and the role of state policies. It explores the

position of women entrepreneurs in the service sector and their impact on the economy,
highlighting existing challenges and potential solutions to address them.

Keywords

:

women's entrepreneurship, service sector, economic impact, development

factors, education and skills, social conditions, financial support, state policies.

Kirish.

O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishida xotin

-

qizlar tadbirkorligining o‘rni tobora ortib

bormoqda. Ayniqsa, xizmat ko‘rsatish sohasi bu borada katta imkoniyatlar yaratmoqda. So‘nggi

yillarda mamlakatda xotin-

qizlar tadbirkorligini qo‘llab

-quvvatlash uchun bir qator iqtisodiy,

huquqiy va ijtimoiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Xotin-qizlar uchun tadbirkorlikni

rivojlantirish, ularning iqtisodiy erkinligini ta'minlash va jamiyatdagi o‘rnini kuchaytirish

davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Xizmat ko‘rsatish sohasi, o‘zining dinamik o‘sishi, innovatsion imkoniyatlari va

ijtimoiy

ahamiyati bilan xotin-

qizlar tadbirkorligi uchun ayniqsa jozibador soha bo‘lib qolmoqda. Shu

bilan birga, ushbu sohada faoliyat yuritayotgan xotin-

qizlar o‘zlarining iqtisodiy va ijtimoiy

holatlarini yaxshilash bilan birga, mamlakat iqtisodiyotiga

ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda.

Biroq, bu yo‘nalishdagi muvaffaqiyatlar ba’zan bir qancha to‘siqlarga duch kelmoqda. Mavjud

muammolarni hal etish va xotin-

qizlar tadbirkorligini yanada rivojlantirish uchun ko‘proq

e’tibor va resurslar zarur.

Ushbu maqola xotin-

qizlar tadbirkorligining xizmat ko‘rsatish sohasidagi rivojlanishiga

ta’sir etuvchi asosiy omillarni tahlil qilishni maqsad qilgan. Maqolada xotin

-qizlar

tadbirkorligining o‘sishiga yordam beruvchi iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlar, davlat siyosati

va

boshqa muhim omillar yoritiladi. Shuningdek, xotin-qizlar tadbirkorligining iqtisodiyotga

qo‘shayotgan hissasi, shu jumladan, bu sohadagi muvaffaqiyatli tajribalar va mavjud

muammolarni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqiladi.

Ushbu tahlil orqali, xotin-

qizlar tadbirkorligini qo‘llab

-quvvatlash va rivojlantirish uchun

samarali strategiyalarni ishlab chiqish va mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga

ko‘maklashish mumkin bo‘ladi.

Adabiyotlar sharhi.

Xotin-qizlar tadbirkorligi va uning

iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni so‘nggi yillarda dunyo

miqyosida muhim tadqiqot mavzusiga aylangan. Ko‘plab ilmiy izlanishlar, maqolalar va kitoblar

bu sohada xotin-

qizlarning tadbirkorlik faoliyati, uning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar,

mavjud muam

molar va ularni bartaraf etish yo‘llarini o‘rgangan. Ayniqsa, xizmat ko‘rsatish

sohasi bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar xotin

-qizlar tadbirkorligining iqtisodiyotdagi

o‘rnini yoritishga alohida e’tibor qaratmoqda

(Farmon, 2020).

Xotin-qizlar tadbirko

rligining iqtisodiyotga ta’siri, asosan, mehnat bozoridagi tenglikni

oshirish, ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash kabi jihatlarda o‘rganilgan.

O‘zbekistonning iqtisodiy sharoitida, xotin

-

qizlar tadbirkorligi ayniqsa kichik va o‘rta biznes


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

638

sohas

ida sezilarli ahamiyat kasb etadi. Xudoyberdiyevning (2021) tadqiqotida ta’kidlanishicha,

xotin-

qizlar tadbirkorligi nafaqat o‘zlarining iqtisodiy holatini yaxshilashga, balki butun

jamiyatning barqaror rivojlanishiga ham katta hissa qo‘shadi. Tadqiqotda x

otin-qizlar

tadbirkorligi uchun mavjud imkoniyatlar va to‘siqlar tahlil qilinib, davlat tomonidan moliyaviy

va huquqiy qo‘llab

-

quvvatlash zarurligi ko‘rsatilgan.

Xizmat ko‘rsatish sohasi xotin

-

qizlar tadbirkorligining rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi.

Ka

rimov (2019) tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda xotin

-qizlar tadbirkorligi va xizmat

ko‘rsatish sohasi o‘rtasidagi aloqalar o‘rganilgan. U xizmat ko‘rsatish sohasidagi biznes

modellarining xotin-

qizlar uchun yanada jozibador ekanligini ta’kidlagan, chunki bu

soha

ko‘plab kichik va o‘rta miqyosdagi tadbirkorlik imkoniyatlarini yaratadi. Shuningdek, bu

sohada ishlash uchun kamroq boshlang‘ich kapital talab qilinadi, bu esa ko‘plab xotin

-

qizlarning tadbirkorlikka kirib borishiga yordam beradi. Biroq, xizmat ko‘r

satish sohasida ham,

ayniqsa, rasmiy hujjatlarni to‘ldirish, yuridik va moliyaviy masalalar bilan bog‘liq qiyinchiliklar
mavjudligi ta’kidlangan.

Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun samarali strategiyalarni ishlab chiqish

zarurati bir qator ilmiy ishlar va tadqiqotlarda yoritilgan. Ergasheva (2020) tomonidan

yozilgan maqolada xotin-

qizlar tadbirkorligini rivojlantirishda ta’lim, moliyaviy qo‘llab

-

quvvatlash, biznesga kirish uchun zarur infratuzilmani yaratish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Muallifning fikricha, davlat siyosati xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishda katta

ahamiyatga ega bo‘lib, ular uchun maxsus kurslar, seminarlar, shuningdek, byudjetdan

ajratilgan kreditlar orqali moliyaviy yordam ko‘rsatilishi kerak.

Tadqiqotlar shuni ko

rsatadiki, xotin-qizlar tadbirkorligi uchun davlat siyosatining

muvaffaqiyatli amalga oshirilishi natijasida, xotin-qizlar iqtisodiyotda faollashadi, ularning ish

o

rinlari yaratishdagi roli sezilarli darajada oshadi va jamiyatdagi ijtimoiy tenglikka erishish

ko

rsatkichlari yaxshilanadi.

Biroq, xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishda hali ham bir qator muammolar mavjud.

Yunusova (2022) o‘zining tadqiqotida xotin

-

qizlar tadbirkorligi bilan bog‘liq asosiy to‘siqlarni

aniqlagan. Ularning orasida jamoat madaniyatidagi stereotiplar, ayollarga nisbatan

ishbilarmonlik faoliyatida qarshiliklar va moliyaviy resurslarning cheklanganligi ko‘rsatilgan.

Shuningdek, ayollarni tadbirkorlikka jalb qilish uchun zarur bo‘lgan motivatsiya, ta’lim,

va malaka oshirish tizimlarining

etishmasligi ham muammo sifatida ko‘rib chiqilgan

(Yunusova, 2022).

Mavjud adabiyotlar tahlili xotin-

qizlar tadbirkorligining xizmat ko‘rsatish sohasidagi

rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillarni, davlat siyosatining ahamiyatini va xotin

-qizlar

uchu

n yuzaga keladigan to‘siqlarni ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, bu sohada samarali

rivojlanish uchun malaka oshirish, moliyaviy qo‘llab

-quvvatlash va huquqiy imkoniyatlarni

yaratish kabi strategik yondashuvlar zarur ekanligi o‘z tasdig‘ini topgan. Tadqiqotla

r shuni

ko‘rsatadiki, xotin

-qizlar tadbirkorligi iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga katta hissa

qo‘shadi, ammo uning to‘liq potensialini amalga oshirish uchun yanada ko‘proq e’tibor va

resurslar talab etiladi

1

.

Tadqiqot metodologiyasi.

Ushbu maqol

ada xizmat ko‘rsatish sohasida xotin

-qizlar tadbirkorligining rivojlanishi va

uning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’sirini o‘rganish maqsadida quyidagi tadqiqot

metodologiyasi qo‘llanilgan.

Tadqiqotning asosiy maqsadi

xotin-qizlar tadbirkorligining xizmat

ko‘rsatish

sohasidagi rivojlanishini va uning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’sirini aniqlashdir. Tadqiqot
davomida quyidagi vazifalar ko‘zda tutilgan:

1

www.lex.uz

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi portali.


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

639

A.

Xotin-

qizlar tadbirkorligining rivojlanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy, iqtisodiy va

huquqiy omillarni aniqlash;

B.

Xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritayotgan xotin

-qizlar tadbirkorlarining

iqtisodiy va ijtimoiy holatini tahlil qilish;

C.

O‘zbekiston iqtisodiyotidagi xotin

-

qizlar tadbirkorligining o‘rnini o‘rganish va bu

sohadagi muvaffaqiyatlarni

va to‘siqlarni aniqlash;

D.

Xotin-

qizlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan strategiyalarni ishlab

chiqish.

Tadqiqot obyekti va subyekti:

Obyekt: Xotin-

qizlar tadbirkorligining xizmat ko‘rsatish sohasidagi rivojlanishi va uning

iqtisodiy ta’s

iri;

Subyekt: Xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritayotgan xotin

-qizlar tadbirkorlarining

faoliyati, iqtisodiy ahvoli va jamiyatdagi roli.

Tadqiqotda quyidagi ilmiy tadqiqot usullari qo‘llanilgan:

Teorik tahlil: Adabiyotlar tahlili, xotin-qizlar tadbir

korligi va xizmat ko‘rsatish

sohasiga oid mavjud nazariy qarashlar va yondashuvlar o‘rganildi.

Empirik usul: O‘zbekistonning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan xotin

-qizlar

tadbirkorlariga oid statistik ma’lumotlar yig‘ildi.

Tadqiqotda real hayotdagi vaziyatlar va

amaliy misollar tahlil qilindi.

So‘rovnoma (anketirovka): Xotin

-

qizlar tadbirkorligi bilan shug‘ullanayotgan 100

dan ortiq tadbirkor ayollar bilan so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovnoma orqali xotin

-qizlar

tadbirkorligining rivojlanishiga ta’sir etuvchi muammolar va to‘siqlar, shuningdek, ularning

ehtiyojlari va talablarini aniqlashga harakat qilindi.

Intervyu: Xotin-qizlar tadbirkorligi sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar,

tadbirkor ayollar va iqtisodchi ekspertlar bilan intervyu o‘tkazil

di. Intervyular orqali bu

sohadagi muammolar, imkoniyatlar va istiqbollar haqida chuqurroq ma’lumotlar yig‘ildi.

Solishtirish usuli: O‘zbekistonning turli hududlari (shahar va qishloq)dagi xotin

-

qizlar tadbirkorligining rivojlanishiga oid

statistik ma’lumotlar taqqoslandi. Bu orqali xotin

-

qizlar tadbirkorligining o‘ziga xos xususiyatlari va har xil hududlardagi farqlar o‘rganildi.

Tadqiqot uchun zarur bo‘lgan statistik ma’lumotlar, davlat hisobotlari, iqtisodiy va

ijtimoiy tahlillar O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo‘mitasi, Mehnat va Aholi ijtimoiy

himoyasi vazirligi, O‘zbekiston Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi va boshqa tegishli davlat

tashkilotlaridan olingan.

Ilmiy maqolalar, kitoblar, konferensiya materiallari va mavjud adabiyotlar tahlil qilindi.

Shuningdek, xotin-

qizlar tadbirkorligiga oid mamlakat va xalqaro tajribalar o‘rganildi.

Ma’lumotlar tahlilida kvantitativ va sifatli metodlar birgalikda qo‘llanilib, har ikki

yondashuvning integratsiyasi orqali aniq va kompleks tahlilga erishildi.

Tadqiqotda xizmat ko‘rsatish sohasidagi xotin

-qizlar tadbirkorligi va uning iqtisodiy

ta’siri o‘rganildi. Tadqiqotda faqat O‘zbekiston hududidagi xotin

-qizlar tadbirkorlarining

faoliyati va bu sohadagi iqtisodiy ta’sirlar ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari faqat O‘zbekiston

iqtisodiyoti va xotin-qizlar tadbirkorligi tizimida faoliyat yuritayotgan subyektlar uchun amal

qiladi va boshqa mamlakatlardagi shunga o‘xshash tadbirkorlik faoliyati bilan solishtirilmagan.

Ushbu tadqiqotning ilmiy yangiligi shundaki, unda xotin-qizlar tadbirkorligining xizmat

ko‘rsatish sohasidagi o‘rni va uning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri yangi bir nuqtai nazardan

tahlil qilindi. Shuningdek, xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishga oid amaliy tavsiyalar

hamda ularni qo‘llab

-quvvatlash strategiyalari ishlab chiqilgan.

Tadqiqot metodologiyasi xotin-

qizlar tadbirkorligi va xizmat ko‘rsatish sohasidagi o‘rni

haqida keng qamrovli tahlilni amalga oshirishni, shuningdek, amaliyotda yuzaga kelayotgan

muammolarni hal qilishga qaratilgan aniq tavsiyalarni ishlab chiqishni nazarda tutadi.


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

640

Tadqiqot metodlari orqali olinadigan natijalar, xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun
zarur strategiyalarni ishlab chiqishga yordam beradi.

Tahlil va natijalar.

O‘zbekiston iqtisodiyotida xotin

-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishda

bir qator omillar muhim rol o‘ynaydi. Ular ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy sharoitlar bilan

chambarchas bog‘liq.

Birinchidan

,

moliyaviy qo‘llab

-quvvatlash

ning yetarli darajada bo‘lishi

xotin-qizlar

tadbirkorligini rivojlantirishda asosiy omil hisoblanadi. Tadqiqotda qatnashgan xotin-qizlar

tadbirkorlarining aksariyati o‘z faoliyatlarini boshlash uchun boshlang‘ich kapitalni olishda

qiyinchiliklarga duch kelganini ta’kidlashdi. Bu holat,

ayniqsa, qishloq hududlarida va kichik

shaharlarda aniq ko‘zga tashlanadi. Shu bilan birga,

moliyaviy yordam dasturlari va xotin-

qizlarga mo‘ljallangan kredit liniyalari

ko‘proq qo‘llab

-quvvatlansa, tadbirkorlik faoliyati

yanada kengayishi mumkin.

Ikkinchidan

,

ta’lim va malaka oshirish

masalalari muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotda

qatnashganlarning aksariyati o‘z faoliyatlarini boshlashdan oldin tegishli biznes ta’limi yoki

malaka oshirish kurslarida qatnashmaganini aytishdi. Shu sababli, xotin-qizlar uchun

ta’lim

dasturlarini kengaytirish va konsultativ yordamni tashkil etish juda zarur.

Uchinchidan

, jamiyatdagi stereotiplar ham xotin-qizlar tadbirkorligining rivojlanishiga

salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqotda qatnashganlar aytishicha, ko‘plab ayollar o‘z

faoliyatini

boshlashdan oldin jamoat fikridan xavotirda bo‘lishadi. Bu muammo, ayniqsa, qishloq va kichik

shaharlarda kuchliroq seziladi. Shuning uchun,

gender tengligini ta’minlash va ijtimoiy

o‘zgarishlar

ni amalga oshirish zarur.

Xizmat ko‘rsatish sohasi

xotin-

qizlar tadbirkorligi uchun juda jozibador soha bo‘lib

qolmoqda. Tadqiqotda qatnashgan xotin-qizlar, asosan,

go‘zallik, ta’lim, sog‘liqni saqlash, va

turizm kabi xizmatlar

ko‘rsatishda faoliyat yuritayotganini bildirgan. Xizmat ko‘rsatish

sohasining

o‘ziga xosligi, boshlang‘ich kapital talabining nisbatan pastligi, xizmatlarni uyda yoki

kichik ofislarda taqdim etish imkoniyati, xotin-qizlar uchun bu sohada muvaffaqiyatli faoliyat
yuritish imkoniyatini yaratadi.

Shu bilan birga, xizmat ko‘rsatish sohas

idagi bizneslarni muvaffaqiyatli yuritish uchun

yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish, innovatsion yondashuvlar, va mijozlarga xizmat ko‘rsatishda

yuqori madaniyat

zarur. Tadqiqotda qatnashganlarning ko‘pchiligi, xizmat ko‘rsatish

sohasidagi muvaffaqiyatli tadb

irkorlarning boshqalarga o‘rnak bo‘lishini, ular bilan tajriba

almashishni va yangiliklarni o‘rganishni ta’kidlashdi.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, xotin

-qizlar tadbirkorligining rivojlanishi

O‘zbekiston iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Xo

tin-qizlar tomonidan boshqarilayotgan

kichik va o‘rta bizneslar ish o‘rinlarini yaratish, mahalliy ishlab chiqarishni qo‘llab

-quvvatlash,

va ijtimoiy ehtiyojlarga javob berish bilan iqtisodiy barqarorlikni ta’minlaydi. Tadqiqot

davomida aniqlanganidek, xotin-

qizlar tadbirkorlarining aksariyati o‘z bizneslarida kamida 2

-

3 nafar odamni ish bilan ta’minlashadi. Bu, o‘z navbatida, ishsizlarning kamayishiga, mehnat

bozoridagi tenglikni oshirishga xizmat qiladi

2

.

Xotin-

qizlar tadbirkorligining iqtisodiy ta’siri

shuningdek, mahalliy iqtisodiyotning

rivojlanishi

ga ham yordam beradi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, xotin

-qizlar tomonidan

tashkil etilgan bizneslar ko‘pincha o‘z hududlarida xizmat ko‘rsatadi, shu bilan birga, mahalliy

resurslarni samarali ishl

atish orqali iqtisodiy o‘sish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.

Misol uchun, go‘zallik saloni yoki kafelarni tashkil etish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va

yetkazib beruvchilar bilan hamkorlikni rivojlantiradi.

2

www.lex.uz

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi portali.

www.stat.uz

O‘zbekiston

Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi sayti.


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

641

1-jadval

Xizmat ko‘rsatish sohasida xotin

-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishning

O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri bo’yicha SWOT

-tahlili

Kuchli tomonlari

Zaif tomonlar

Tadbirkorlikka ijtimoiy talab

: O‘zbekistonning

ijtimoiy va iqtisodiy sharoitida xotin-qizlar

tadbirkorligi jamiyatda ijobiy qabul qilinmoqda.

Xotin-

qizlar o‘zlarini iqtisodiy faoliyatda ishtirok

etishga ko‘proq yo‘naltirishmoqda, bu esa iqtisodiy

faoliyatni kengaytiradi.

Xizmat ko‘rsatish sohasining o‘ziga xosligi

:

Xizmat ko‘rsatish sektori (go‘zallik saloni, ta’lim,

sog‘liqni saqlash, restoranlar va boshqalar) kichik

investitsiyalar bilan boshlanishi mumkin, bu esa
xotin-qizlarga biznes boshlash imkoniyatini beradi.

Mijozlar bilan mustahkam aloqalar

: Xotin-

qizlar tadbirkorlarining mijozlarga yaxshiroq va

shaxsiy

yondoshuvi,

xizmatlarining

sifatini

oshirishga va mijozlar bilan mustahkam aloqalarni

o‘rnatishga yordam beradi. Bu, o‘z navbatida,

xizmatlar sektorida raqobat ustunligini yaratadi.

Mahalliy ish o‘rinlarini yaratish

: Xotin-qizlar

tomonidan boshqariladigan kichik va o‘rta

bizneslar o‘z hududlarida yangi ish o‘rinlarini

yaratadi, bu esa ishsizlik darajasini kamaytiradi va

iqtisodiy barqarorlikni ta’minlaydi.

Moliyaviy resurslar etishmasligi

: Xotin-qizlar

tadbirkorlarining biznes boshlashda eng katta

to‘siqlaridan

biri

moliyaviy

resurslarning

yetishmasligidir. Ko‘pchilik tadbirkor ayollar

boshlang‘ich kapitalni olishda qiynaladi va bu

ularning faoliyatini rivojlantirishda to‘siq bo‘ladi.

Huquqiy va tashkiliy muammolar

: Ko‘plab xotin

-

qizlar tadbirkorlar biznesni rasmiylashtirishda va

yuridik hujjatlarni tayyorlashda qiyinchiliklarga duch

kelishadi. Tadbirkorlik faoliyati uchun kerakli

ma’lumotlarga

yetishmaslik,

soliqqa

tortish

tizimining murakkabligi va boshqa administrativ

to‘siqlar bu jarayonni sekinlashtiradi.

Ta’lim va malaka yetishmasligi

: Xotin-qizlar

tadbirkorlarining

ko‘pchiligi

o‘z

faoliyatini

boshlashdan oldin tegishli biznes ta’limiga ega emas.

Ularning bir qismi moliyaviy boshqaruv, marketing

yoki

strategik rejalashtirish bo‘yicha malakali

bilimlarga ega bo‘lmaydi.

Gender stereotiplari

: Ba’zi ijtimoiy stereotiplar,

xotin-

qizlarning

iqtisodiy

faoliyatda

to‘liq

qatnashishini

cheklaydi.

Qishloq

va

kichik

shaharlarda, shuningdek, ba’zi hududlarda ayo

llar

biznesni boshqarishga o‘zgacha qarashlar mavjud.

Imkoniyatlar

Tahdidlar

Xotin-

qizlar

tadbirkorligini

qo‘llab

-

quvvatlash dasturlari

: O‘zbekiston hukumati

tomonidan

xotin-qizlar

tadbirkorligini

rivojlantirish uchun qo‘llab

-quvvatlash dasturlari,

grantlar va kreditlar taqdim etilishi, ayniqsa,

qishloq hududlaridagi ayollarni biznesga jalb

etishda katta imkoniyat yaratadi.

Iqtisodiy islohotlar va mehnat bozorining

diversifikatsiyasi

:

O‘zbekiston

iqtisodiyoti

diversifikatsiya

qilinayotgani

va

xizmatlar

sektorining rivojlanishi, xotin-qizlar uchun yangi

ish o‘rinlari va biznes imkoniyatlarini yaratadi. Bu

soha yanada rivojlanishiga yordam beradi.

Xalqaro tajriba va hamkorlik

: O‘zbekistonning

xalqaro hamkorliklari va qo‘shma t

adbirkorlik

loyihalari, xotin-qizlar tadbirkorlariga global

bozorda o‘z o‘rnini topish imkonini beradi. Xalqaro

tajriba, yangi texnologiyalar va metodlarni

o‘rganish orqali biznesni rivojlantirish uchun

imkoniyatlar mavjud.

Ijtimoiy yuksalish va innovatsiyalar

: Xotin-

qizlar tadbirkorligi, yangi xizmatlarni yaratish va

innovatsiyalarni tatbiq etish orqali jamiyatda

ijtimoiy yuksalishni ta’minlashi mumkin. Masalan,

ekologik toza mahsulotlar yoki texnologik

yangiliklarni

kiritish

ayollar

biznesini

rivojlantirishga imkon yaratadi.

Iqtisodiy notinchlik va global inqirozlar

: Dunyo

miqyosidagi iqtisodiy inqirozlar va moliyaviy

notinchliklar

xotin-qizlar

tadbirkorligining

rivojlanishiga tahdid soladi. Bu, ayniqsa, kichik va

o‘rta bizneslar uchun salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Raqobatning oshishi

: Xizmat ko‘rsatish sohasida

raqobatning oshishi xotin-qizlar tadbirkorlarining

bozorda o‘z o‘rnini topishini qiyinlashtirishi mumkin.

Xususan, yirik korxonalar va xalqaro brendlarning

mavjudligi kichik tadbirkorlar uchun tahdid yaratadi.

Boshqaruvning kamchiligi

: Xotin-qizlar

tadbirkorlarining boshqaruv va biznes yuritishdagi

tajribasining

yetarli

emasligi,

ularning

o‘z

bizneslarini samarali boshqarishlariga to‘siq bo‘lishi

mumkin. Ularning ko‘pchiligi iqtisodiy

boshqaruvni

to‘liq o‘zlashtirmagan bo‘lishi mumkin, bu esa

biznesning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Huquqiy muammolar va o‘zgaruvchan

qonunchilik

: Xizmat ko‘rsatish sohasidagi bizneslar

uchun yangilangan huquqiy talablar va qonunlar,

xotin-q

izlar tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi

mumkin. Shuningdek, soliqqa tortish tizimining

murakkabligi va uning tez-

tez o‘zgarishi biznes

yuritishni qiyinlashtirishi mumkin.

Manba:

muallif ishlanmasi.


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

642

Tadqiqot davomida xotin-qizlar

tadbirkorligi rivojlanishiga to‘siq bo‘lib turgan asosiy

omillar quyidagilar bo‘ldi:

a)

Ko‘plab tadbirkor xotin

-

qizlar bizneslarini boshlash uchun zarur bo‘lgan mablag‘ni

topish muammosiga duch kelgan. Bu, ayniqsa, kichik hududlarda va qishloq joylarda kuchliroq

seziladi.

b)

Ba’zi xotin

-qizlar yuridik va tashkiliy masalalarni hal qilishda qiyinchiliklarga duch

keladi, masalan, biznes ro‘yxatdan o‘tish, soliqqa tortish tizimiga kiritish va boshqa hujjatlarni

tayyorlash.

c)

Xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatiga qarshi mavjud ijtimoiy stereotiplar va jinsiy

tengsizlik ularning faoliyatini cheklaydi.

Tadqiqotda olingan natijalarga ko‘ra, ushbu to‘siqlarni bartaraf etish uchun quyidagi

tavsiyalarni kiritish mumkin:

a)

Xotin-qizlar uchun ixtisoslashgan kredit dasturlari va subsidiyalar joriy etilishi zarur.

Bu tadbirkor ayollarga o‘z bizneslarini boshlashda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.

b)

Xotin-

qizlar uchun biznesni boshlash va yuritish bo‘yicha maxsus treninglar va

seminarlar tashkil etish lozim.

c)

Xotin-qiz

lar tadbirkorligini qo‘llab

-quvvatlashga qaratilgan maxsus huquqiy va

ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish, shuningdek, gender tengligini ta’minlash bo‘yicha ma’rifiy

ishlarga e’tibor qaratish zarur.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, xotin

-qizlar tadbi

rkorligi O‘zbekiston iqtisodiyotida

muhim o‘rin egallaydi. Xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritayotgan xotin

-qizlar

tadbirkorlari nafaqat o‘zlarining iqtisodiy holatini yaxshilashga yordam beradi, balki butun

jamiyat uchun ham foydalidir. Biroq, bu so

hada yuzaga kelayotgan to‘siqlarni bartaraf etish

uchun qo‘llab

-quvvatlash tizimini yanada rivojlantirish va yangi strategiyalarni joriy etish

zarur.

Xizmat ko‘rsatish sohasida xotin

-

qizlar tadbirkorligining rivojlanishining O‘zbekiston

iqtisodiyotiga ta’sirini o‘rganish natijasida, tahlil qilishdan ko‘rinib turibdiki, bu sohada ko‘plab

imkoniyatlar mavjud bo‘lsa

-da, shu bilan birga, bir qator zaif tomonlar va tahdidlar ham

mavjud. Tadbirlarni amalga oshirishda moliyaviy qo‘llab

-quvvatlashni kuchaytirish, t

a’lim va

malaka oshirish tizimini rivojlantirish va gender stereotiplarini bartaraf etish zarur.
Shuningdek, innovatsion imkoniyatlar va xalqaro hamkorlikni kengaytirish xotin-qizlar

tadbirkorligining iqtisodiy o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Xulosa va takliflar.

O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida xizmat ko‘rsatish sohasining tutgan

o‘rni tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, ushbu sohada xotin

-qizlarning faol tadbirkor sifatida

ishtiroki nafaqat ularning shaxsiy va oilaviy farovon

ligini ta’minlashga, balki jamiyatda

iqtisodiy faollik, bandlik va ijtimoiy tenglikni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

O‘tkazilgan

tadqiqotlar asosida aniqlanishicha, xotin-qizlar tadbirkorligining rivojlanishi:

Mahalliy darajada xizmatlar sektorining kengayishiga;

Kichik va o‘rta biznes subyektlarining ko‘payishiga;

Ish o‘rinlarining yaratilishi va ishsizlikning kamayishiga;

Aholining turmush darajasining oshishiga;

Innovatsion g‘oyalar va yangi xizmat turlarining paydo bo‘lishiga olib kelm

oqda.

Shu bilan birga, xotin-qizlar tadbirkorligi oldida hali ham bir qator tizimli muammolar

mavjud: moliyaviy resurslarga cheklangan kirish, ta’lim va malaka darajasining pastligi,

ijtimoiy stereotiplar va yuridik tartibga solishdagi murakkabliklar bu yo

‘nalishda samarali

faoliyat yuritishga to‘sqinlik qilmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olib, quyidagi takliflar ishlabb chiqildi:
1.

Moliyaviy qo‘llab

-quvvatlashni kengaytirish:


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

643

Xotin-qizlar uchun imtiyozli kreditlar, grantlar va subsidiyalar sonini oshirish;

Biznes boshlovchilar uchun investitsiya jamg‘armalarini tashkil etish;

Moliyaviy savodxonlikni oshirish bo‘yicha maxsus treninglar tashkil etish.

2.

Ta’lim va malaka oshirish tizimini takomillashtirish:

Xotin-qizlar uchun biznes yuritish, raqamli savodxonlik, menejment va marketing

bo‘yicha bepul o‘quv kurslari va treninglar tashkil etish;

Ta’lim muassasalarida tadbirkorlik bo‘yicha maxsus dasturlarni yo‘lga qo‘yish,

ayniqsa kollej va texnikumlarda.

3.

Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish:

Xotin-

qizlar uchun ko‘mak markazlari, biznes

-inkubatorlar va maslahat markazlarini

tashkil etish;

Masofaviy xizmatlar va onlayn platformalarni qo‘llab

-quvvatlash orqali ayollarning

bozorga kirishini osonlashtirish.

4.

Huquqiy va tashkiliy to‘s

iqlarni kamaytirish:

Biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish va yuritish jarayonlarini soddalashtirish;

Xotin-

qizlarga yuridik maslahatlar va huquqiy ko‘mak ko‘rsatish xizmatlarini

kengaytirish.

5.

Ijtimoiy stereotiplarni yengish va ommaviy axborot vositalarida targ‘ib

ot

ishlarini kuchaytirish:

Muvaffaqiyatli xotin-

qizlar tadbirkorlarining faoliyatini targ‘ib qilish;

Gender tengligi va ayollarning iqtisodiy faoliyatdagi o‘rnini targ‘ib qiluvchi ijtimoiy

loyihalarni qo‘llab

-quvvatlash.

6.

Hududiy yondashuvni kuchaytirish:

Qishloq joylardagi xotin-

qizlar tadbirkorligini qo‘llab

-quvvatlash uchun alohida

dasturlar ishlab chiqish;

Har bir hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda

moslashtirilgan strategiyalarni ishlab chiqish va joriy etish.

Xulosa tariqasida

aytish mumkinki, xizmat ko‘rsatish sohasida xotin

-qizlar

tadbirkorligini qo‘llab

-

quvvatlash orqali O‘zbekiston iqtisodiyotida nafaqat makroiqtisodiy

ko‘rsatkichlar yaxshilanadi, balki ijtimoiy barqarorlik, gender tengligi va innovatsion

taraqqiyot

ga erishish imkoniyati ham kuchayadi. Shu bois, bu yo‘nalishdagi islohotlarni

chuqurlashtirish va tizimli yondashuvni shakllantirish dolzarb vazifalardan biridir.

Adabiyotlar

/Литература/Reference:

Ergasheva, L. N. (2020). Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishda davlat siyosatining

o‘rni. Tadbirkorlik va bozor munosabatlari, 3(1), 23

-29.

Farmon (2020) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 martdagi “Iqtisodiyotni

rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga oid davl

at siyosatini tubdan yangilash

choratadbirlari to‘g‘risida”gi PF

-5975-sonli Farmoni. - https://lex.uz/docs/4776669

Karimov, A.A. (2019). Xizmat ko‘rsatish sohasida xotin

-qizlar tadbirkorligining rivojlanish

omillari. Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar, 4(2), 45-51.

Qaror (2017) “Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligi va

samaradorligini oshirishda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari

rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chor

a-

tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 6 may PQ

-

2960 son Qarori.

Qaror (2021) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 –

yil 11

maydagi “Xizmatlar

sohasini jadal rivojlantirish chora

tadbirlari” PQ –

5113 son Qarori.

Qonun (2000) O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari

to‘g‘risida”gi Qonuni. 2000 yil 25 mayda qabul qilingan. 2012 yilda yangi tahriri qabul qilingan.

Xudoyberdiyev, S.S. (2021). O‘zbekistonda xotin

-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishning

iqtisodiy asoslari. Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti.


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

644

Yunusova, Y. D. (2022). Xotin-qizlar tadbirkorligi: muammolar va ularni bartaraf etish

yo‘llari.

Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar jurnali, 2(4), 61-68.

Бартюк О.В. (2014) Факторы инновационного экономического роста России

[Электронный ресурс] // Интернет

-

журнал «Науковедение». № 6. –

URL:

http://naukovedenie.ru/PDF/65PV N614.pdf.

Камбарова Ж.У. (2018) SWOT

-

анализ современного состояния национальной

инновационной системы Кыргызской Республики в условиях Евразийского Экономического

Союза (ЕАЭС) // Экономический вестник. –

№ 3. –

Б. 15–

17.


Библиографические ссылки

Ergasheva, L. N. (2020). Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishda davlat siyosatining o‘rni. Tadbirkorlik va bozor munosabatlari, 3(1), 23-29.

Farmon (2020) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 martdagi “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash choratadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5975-sonli Farmoni. - https://lex.uz/docs/4776669

Karimov, A.A. (2019). Xizmat ko‘rsatish sohasida xotin-qizlar tadbirkorligining rivojlanish omillari. Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar, 4(2), 45-51.

Qaror (2017) “Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligi va samaradorligini oshirishda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 6 may PQ-2960 son Qarori.

Qaror (2021) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 – yil 11 – maydagi “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora – tadbirlari” PQ – 5113 son Qarori.

Qonun (2000) O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni. 2000 yil 25 mayda qabul qilingan. 2012 yilda yangi tahriri qabul qilingan.

Xudoyberdiyev, S.S. (2021). O‘zbekistonda xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishning iqtisodiy asoslari. Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti.

Yunusova, Y. D. (2022). Xotin-qizlar tadbirkorligi: muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari. Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar jurnali, 2(4), 61-68.

Бартюк О.В. (2014) Факторы инновационного экономического роста России [Электронный ресурс] // Интернет- журнал «Науковедение». № 6. – URL: http://naukovedenie.ru/PDF/65PV N614.pdf.

Камбарова Ж.У. (2018) SWOT-анализ современного состояния национальной инновационной системы Кыргызской Республики в условиях Евразийского Экономического Союза (ЕАЭС) // Экономический вестник. – № 3. – Б. 15– 17.