Авторы

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aept.91231

Ключевые слова:

стабильность валюты метод логарифмической шкалы оценка Хилла валютный курс стандартное отклонение вариация доверительный интервал

Аннотация

В статье проанализирована стабильность валют, которая в последние годы стала одним из важнейших финансовых показателей. Узбекский сум рассматривается в качестве базовой валюты, а устойчивость валют соседних стран на рынке обмена анализируется с использованием сравнительного метода. В результате анализа с использованием оценки Хилла и логарифмически логарифмической регрессии OLS были получены важные выводы.


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

707


OʻZBEK SOʻMINING QOʻSHNI DAVLATLAR VALYUTASIGA NISBATAN

BARQARORLIGINING EMPIRIK TAHLILI

PhD

Homidov Muhriddin

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti,

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi

ORCID: 0000-0001-5151-6048

mkhomidov0306@mail.ru

Abdulatifov Muhammadyor

Oʻzbekiston

xalqaro islom akademiyasi

ORCID: 0009-0005-3424-987X

muhammadyorrahim@gmail.com

Annotatsiya.

Maqolada keyingi yillarda juda ham muhim moliyaviy koʻrsatkichlardan biri

boʻlgan valyutalarning barqarorligi tahlil etilgan. Bunda Oʻzbekiston valyutasini asos valyuta
qilib olgan holda qoʻshni davlatlar valyutalarini almashinuv bozoridagi bardoshliligi

solishtirma

usulda tahlil etilgan. Hill bahosi va OLS log-log regressiya modellaridan foydalanib amalga

oshirilgan tahlillar natijasida muhim xulosalar olingan.

Kalit soʻzlar

:

valyutaning barqarorligi, log-log rank-size usuli, Hill bahosi, valyuta

ayirboshlash kursi, standart chetlanish, variatsiya, ishonch oraligʻi.

ЭМПИРИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ СТАБИЛЬНОСТИ УЗБЕКСКОГО СУМА ПО

ОТНОШЕНИЮ К ВАЛЮТАМ СОПРЕДЕЛЬНЫХ ГОСУДАРСТВ

PhD

Хомидов Мухриддин

Университет точных и социальных наук

,

Международная исламская академия Узбекистана

Абдулатифов Мухаммадёр

Международная исламская академия Узбекистана


Аннотация

.

В статье проанализирована стабильность валют, которая в

последние годы стала одним из важнейших финансовых показателей. Узбекский сум

рассматривается в качестве базовой валюты, а устойчивость валют соседних стран на

рынке обмена анализируется с использованием сравнительного метода. В результате

анализа с использованием оценки Хилла и логарифмически логарифмической регрессии
OLS были получены важные выводы.

Ключевые слова:

стабильность валюты, метод логарифмической шкалы, оценка

Хилла, валютный курс, стандартное отклонение, вариация, доверительный интервал.

UOʻK:

336.748.4

707-717


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

708

AN EMPIRICAL ANALYSIS OF THE STABILITY OF THE UZBEK SOUM RELATIVE TO THE

CURRENCIES OF NEIGHBORING COUNTRIES

PhD

Homidov Muhriddin

University of Exact and Social Sciences,

International Islamic Academy of Uzbekistan

Abdulatifov Muhammadyor

International Islamic Academy of Uzbekistan

Abstract.

This article analyzes the stability of currencies, which has become one of the most

important financial indicators in recent years. Taking the Uzbek soum as the base currency, the

resilience of neighboring countries’ currencies in the exchange market is examined using a

comparative method. Based on analyses using the Hill estimator and OLS log-log regression

models, significant conclusions have been drawn.

Keywords:

currency stability, log-log rank-size method, Hill estimator, exchange rate,

standard deviation, variation, confidence interval.

Kirish.

Globalizatsiya keng miqyosda avj olishi natijasida kundan

kunga moliya bozori

diversifikatsiyasilashib bormoqda. Jahon valyuta bozori shubhasiz hozirda mavjud bozor

turlarining eng yirik turlaridan biri hisoblanadi. Buning sababi esa doimiy valyuta

almashinuvlar keng koʻlamli sotuvchi va oluvchilarni mamlakatlar aro va ma’lum bir mamlakat

ichkarisida ham oʻziga jalb etishidir. Lekin ushbu bozordagi vaziyat iqtisodiy inqirozlar, ushbu

bozorlarni boshqarish maqsadidagi turli harakatlar, turli chayqovchilik amaliyotlari va siyosiy

notinchliklar sababli jadallik bilan oʻzgarib bormoqda. Valyuta bardoshliligi (ya’ni, bir

valyutaning boshqalar bilan solishtirganda nisbatan barqarorligi yoki chidamliligi)

mamlaka

tning makroiqtisodiy barqarorligini, inflyatsiya darajasi, iqtisodiy oʻsish, chet eldan

toʻgʻridan

-

toʻgʻri investitsiyalar, mol

-

mulk savdosi, keng koʻlamdagi iqtisodiy va moliyaviy

tarmoqlarga ta’sir etuvchi oqibatlarini aniqlash va tashqi savdo balansi kabi koʻrsatkichlar
bilan chambarchas bogʻliq. Ushbu mavzuni oʻrganish, markaziy Osiyo davlatlari va

Afgʻonistonning oʻz iqtisodiyotlari qanday oʻzgaruvchan sharoitga ega ekanligini aniqlashga

xizmat qiladi. Yaqin davrlarga kelib ushbu valyutalar bozori ham

bardoshlilik boʻyicha ilmiy

tadqiq etila boshlandi va bardoshliligiga qarab turli guruhlarga ajratildi.

Iqtisodiyot, moliya, sugʻurta va risklarni baholashdagi asosiy mezon

normal taqsimot

paradigmasidan kelib chiqadi.

Oʻzbekiston

Respublikasining 2019-yil 22-

oktabrdagi “Valyutani tartibga solish

toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi OʻRQ

-573-sonli Qonun

(Qonun, 2019), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017

-yil 2-

sentabrdagi “Valyuta

siyosatini

liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora

-

tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF

-5177-

son farmoni (Farmon, 2017), shuningdek, mazkur sohaga tegishli boshqa normativ-huquqiy

hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga mazkur ilmiy maqola muayyan tarzda

xizmat qiladi.

Adabiyotlar sharhi.

Ibragimov (2013) boshchiligidagi tadqiqotda rivojlanayotgan mamlakatlar bilan

rivojlangan mamlakatlar solishtirma holatda tashqi shok omillarga bardoshliligi oʻrganilgan.

Olimlar 2008-

yilda yuz bergan jahon moliyaviy inqirozi ta’sirini ham alohida oʻrganis

hgan

boʻlib, jahon moliyaviy inqirozidan keyingi va avvalgi holatlar alohida tadqiq etilgan. Ushbu

tadqiqot GARCH usulida olib borilgan boʻlib, ushbu usul valyuta kurslarini modellashtirishda

juda samarali hisoblanadi. Ushbu tadqiqot xulosasi koʻra rivojla

ngan mamlakatlar


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

709

rivojlanayotgan mamlakatlarga qaraganda tashqi shok omillarga bardoshli boʻlib, bu oʻz
navbatida asosiy iqtisodiy koʻrsatgichlardan biri boʻlgan valyuta almashinuvi kurslarini ham

nisbatan barqaror ekanligini anglatadi.

“Efiopiyada real samarali valyuta kursi oʻzgaruvchanligining eksport daromadlariga

ta’siri: Simmetrik va asimmetrik ta’sir tahlili” maqolada Obsa Urgessa Ayana (2024)
Efiopiyaning eksport daromadlariga real samarali valyuta kursi (REER) oʻzgaruvchanliginin

g

ta’sirini tahlil qiladi. Xususan, kurs oʻzgaruvchanligining simmetrik va asimmetrik ta’sirlari

oʻrganiladi. Simmetrik tahlil valyuta kursidagi oʻzgarishlarning eksport daromadlariga

mutanosib ta’sir koʻrsatishini taxmin qilsa, assimetrik tahlil esa ijobiy va salbiy oʻzgarishlarning
turlicha ta’sir koʻrsatishini koʻzda tutadi. Ushbu tadqiqotda, Efiopiya davlatida 1% ga valyuta

oʻzgaruvchanligi ortishi qahva eksportidan tushadigan daromadlarni 0.01% ga kamayishi

koʻrsatilgan.

Sebastián Edwards va Eduardo Levy Yeyati (2005) olib borgan ilmiy izlanishda erkin

suzuvchi valyuta kurslari bu tashqi shok omillarni yutib yuboruvchi instrument ekanligi qayd

etilgan. Ushbu maqolada erkin suzuvchi valyuta kursi siyosatini olib boruvchi mamlakatlar

iqtisodiyoti qat’iy valyuta kursi siyosatini olib boruvchi mamlakatlar iqtisodiyotiga qaraganda

tez rivojlanishi empirik isbotlangan va qat’iy valyuta siyosati tashqi savdo shartlarini
pasaytiruvchi omil ekanligi ta’kidlangan.

2024-yilda olib borilgan "Kichik ochiq iqtisodiyotlarda valyuta kursi beqarorligining

tashqi va ichki omillarini aniqlash" ilmiy ishda Uluc Aysun kichik ochiq iqtisodiyotlarda (SOE)

valyuta kursi oʻzgaruvchanligining omillarini aniqlash uchun 3 mamlakatli

DSGE modelidan

foydalanadi. Savdo va aktivlarga egalik qilish orqali odatiy transchegaraviy aloqalardan

tashqari, model iqtisodiyotlarga simmetrik ta’sir koʻrsatadigan umumiy zarbalarni ham oʻz

ichiga oladi. Yamayka, AQSh va G-7 mintaqasi (AQShni hisobga olmaganda) ma'lumotlaridan

foydalangan holda, maqolada shuni aniqlanadiki, tashqi moliyaviy zarbalar kichik ochiq

iqtisodiyot valyuta kursi tebranishlarining asosiy omillari hisoblanadi. Ekzogen oʻzgaruvchilar

bilan vektor avtoregressiv modeldan olingan xulosalar ham ushbu natijalar bilan mos keladi.

“Valyuta kursi qadrlanishi va qadrsizlanishining savdo balansiga ta’sir qiladimi?” deya

oʻrtaga savol tashlagan Mfo Bosupeng (2024) boshchiligidagi olimlar guruhi 1960

-2020-yillar

oraligʻidagi oylik ma’lumotlar asosida ayirboshlash kursining oʻzgarishlari

va uning savdo

balansiga ta’siri simmetrik yoki asimmetrik ekanligini hamda oʻzgaruvchanlikning ushbu

ta’sirlarga qanday ta’sir qilishini aniqlashgan. Ushbu tadqiqot natijalariga koʻra, milliy

valyutaning qadrsizlanishi dastlab savdo balansini yomonlashtiradi, keyinchalik esa

yaxshilaydi. Rivojlangan mamlakatlarda ayirboshlash kursi oʻzgaruvchanligi valyuta

qadrsizlanishining

ijobiy ta’sirini kamaytiradi. Rivojlanayotgan davlatlarda esa aksincha,

oʻzgaruvchanlik valyuta qadrsizlanishining ijobiy ta’sirini kuchaytiradi, bu esa savdo

raqobatbardoshligini oshiradi.

Abrorov (2024) tomonidan olib borilgan “Islom fond indekslarining an’anaviy fond

indekslari bilan tashqi shok omillar boʻyicha qiyosiy tahlili” ilmiy tadqiqotida islom kapital
bozorining tashqi shok omillarga bardoshliligini an’anaviy kapital bozori bilan

qiyosiy tahlil

qiladi. Tadqiqotda Hills baholash va OLS log-log regressiya metodlaridan foydalangan holda

Dow Jones, FTSE, S&P500, Jakarta Composite Index (JCI) va ularning islomiy muqobillari

oʻrganilgan. Maqola yordamida Islom fond indekslari an’anaviy f

ond indekslariga qaraganda

tashqi shok omillarga bardoshlilik jihatidan ustun ekanligi, islom indekslarida risk darajasi

pastroq boʻlib, investorlar uchun barqaror va xavfsiz alternativ ekanligi aniqlangan.

Statistik ma’lumotlar sharhi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari hamda Afgʻoniston mamlakatini Oʻzbekiston Respublikasi

valyutasi asosida tashqi shok omillariga bardoshliligini qiyosiy tahlil etish uchun zarur

ma’lumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Bankining rasmiy veb

-sahifasida taqdim


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

710

etilgan valyuta kurslari arxividan foydalanildi

1

. Ushbu ma’lumotlar har kunlik valyuta

almashinuv kurslari boʻlib, 2022

-yil 16-fevraldan 2025-yil 31-

yanvargacha boʻlgan muddatni

oʻz ichiga oladi. Qoʻshni mamlakatlar valyutasi nomlari:

Afgʻoniston valyutasi –

Afgʻoniy;

Tojikiston valyutasi

Somoniy;

Turkmaniston valyutasi

Manat;

Qirgʻiziston valyutasi –

Som;

Qozogʻiston valyutasi –

Tenge.

Ma’lumotlarning umumiy statistik xulosa jadvali quyida keltirilgan:

1-jadval

Ma’lumotlarning umumiy statistik xulosasi

Manba:

muallif tomonidan tayyorlangan


1-

jadval taqdim etgan ma’lumotlarga koʻra, 2022

-2025-

yil mobaynida Afgʻoniston

valyutasining 1 pul

birligi oʻrtacha 144,34 soʻmni, Tojikiston valyutasining 1 pul birligi 1058,96

soʻmni, Turkmaniston valyutasining 1 pul birligi 3310,55 soʻmni, Qirgʻiziston valyutasining bir

pul birligi 134,75 soʻmni va Qozogʻiston valyutasining bir pul birligi 25,40 soʻm

ni tashkil etgan.

Bu beshta davlatlar valyutasidan Afgʻoniston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston davlatlari valyutalari

2022-2025-

yillar davomida boʻlgan valyuta ayirboshlash kurslarining matematik oʻrtacha va

medianalari bir-biriga juda yaqin, demak, ushbu mamlakatlar valyutalari bilan valyuta

ayirboshlash tendensiyasi bir tekisda davom etgan. Ya’ni keskin koʻtarilish hamda keskin

tushishlar qayd etilmagan. 2022-yil fevral oyidan 2025-

yil yanvar oyigacha boʻlgan davrda,

dastlabki davrga nisbatan valyuta ayirbos

hlash darajasi eng koʻp oshgan davlat Afgʻoniston

ekani qayd etilgan. Ushbu valyuta dastlabki davrga nisbatan 223,49% ga oshgan boʻlsa,

Turkmaniston valyutasi esa 123.93% bilan eng kam oshgan valyuta sifatida qayd etilgan.

Tadqiqot davomida tanlab olingan mamlakatlar valyutalari bir-

biriga oʻxshash

tendensiyaga ega ekanligi oʻrganilgan(1

-rasm). Somoniy, Som va Tenge valyutalarida 2022-yil

I choragida keskin tushish kuzatilgan boʻlsa, Afgʻoniy va Manat valyutalarida esa oʻsish

kuzatilgan. Buning asosiy sababi esa 2022-yilda 24-fevralda boshlangan Rossiya-Ukraina

urushi hisoblanadi. Bu urush natijasida Rossiyaga joriy etilgan sanksiyalar oqibatida rubl
qadrsizlanishi barcha post-

sovet mamlakatlariga, xususan, Oʻzbekiston soʻmiga bosim

oʻtkazgan. 2023

-y

ilning III choragining ilk davrlaridagi keskin koʻtarilish esa Oʻzbekiston 2023

-

yil 1-iyuldan oshirilgan gaz va elektr narxlari natijasida yuzaga kelgan.

2-

rasmdagi grafiklardan ham koʻrish mumkinki yuqorida aytilgan ikkita jarayon valyuta

ayirboshlash kursiga sezilarli darajasini oʻtkazgan. Som va Manat valyutalari deyarli bir tekisda

oʻzgarib borgan, Tenge valyutasida esa doimiy keskin oʻzgarishlar, Afgʻo

niy va Somoniy

valyutalarida esa nisbatan keskinlik kuzatilgan.

1

Ushbu ma’lumotlar

muallif tomonidan Markaziy Bank taqdim etgan ma’lumotlar asosida tayyorlangan.

Valyutalar

Oʻrtacha

Mediana

St.Chetlanish

Min

Max

Afgʻoniy

144,34

133,69

25,29

87,16

194,79

Somoniy

1058,96

1079,71

99,19

842,44

1207,13

Manat

3310,55

3247,53

232,34

2995,15

3711,75

Som

134,75

133,29

8,33

106,09

151,46

Tenge

25,40

25,13

1,42

20,86

28,92


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

711

1-

rasm. Qoʻshni davlatlar valyutalari almashinuv kursi dinamikasi

Manba:

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Banki veb

-

sahifasida taqdim etilgan ma’lumotlar asosida muallif ishlanmasi

.

2-

rasm. Qoʻshni davlatlar valyutalari almashinuv kursi dinamikasi(foizda)

Manba:

Oʻzbekiston

Respublikasi Markaziy Banki veb-

sahifasida taqdim etilgan ma’lumotlar asosida muallif ishlanmasi

.


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

712

Tadqiqot metodologiyasi.

Tasodifiy miqdorlarning katta oʻzgarishlar potensiali ular taqsimotlari qoldiqlarining

ehtimollik massasi orqali

xarakterlanadi. Ogʻir vaznli qoldiqqa ega risk, rentabellik yoki fond

indekslarini oʻz ichiga olgan modellarda foiz oʻzgaruvchisi

r

darajali qoldiqli taqsimotga ega deb

tahmin qilinadi, ya’ni:

𝑃(𝑟 > 𝑥)~

𝐶

1

𝑥

𝜉 1

(1)

𝑃(𝑟 < −𝑥)~

𝐶

2

𝑥

𝜉 2

(2)

Bu yerda

𝜉

1

,

𝜉

2

>0,

𝐶

1

,

𝐶

2

>0 o‘zgarmas sonlar va

x

→ +∞, agar 𝜉

= min(

𝜉

1

,

𝜉

2

) uchun

𝑃(|𝑟| > 𝑥)~

𝐶

𝑥

𝜉

(3)

munosabat o‘rinli. Bu yerda 𝐶

> 0,

𝑥

→ +∞ (tadqiqotimiz davomida hozir va keyinchalik 𝑥

→ +∞

da

𝑓

(

𝑥

)~

𝑔

(

𝑥

) ifoda

lim

x → +∞

f(x)

g(x)

= 1

munosabatini bildiradi). (3),(1) va (2) munosabatlardagi

𝜉

,

𝜉

1

va

𝜉

2

parametrlar mos ravishda

𝑟

tasodifiy miqdor taqsimotining qoldiq qiymat, musbat

qoldiq qiymat va manfiy qoldiq qiymat koʻrsatkichlari hisoblanadi. (1)–

(3) munosabatlardagi

koʻrsatkichlar darajali taqsimotning qoldigʻini nolga yaqinlashish tezligini xarakterlaydi.

Qoldiqning katta ehtimollik massasiga qoldiq qiymat koʻrsatkichining kichik qiymatlari mos

keladi va aksincha. Bundan kelib chiqadiki,

𝜉

ning kichik qiymatlariga tasodifiy miqdor

realizatsiyasining katta qiymatlari mos keladi.

(1)

(3) munosabatlar kichik qoldiq ehtimollik darajasiga mos keluvchi

𝑟

tasodifiy miqdor

kvantillari, yoʻqotishlarning ortish ehtimolligi, risk oʻlchovi (VaR) va kutilayotgan defitsitni

aniqlash imkonini beradi. Bozorlarning qoldiq qiymat koʻrsatkichlari orasidagi farqlar ularning

risklari orasidagi farqni baholash imkonini be

radi. Ogʻir qoldiqlilik xossasi risk menejerlari,

moliyani tartibga soluvchilar, moliyaviy analitiklar va fond indekslari bilan ishlovchi boshqa

bozor ishtirokchilari uchun muhim koʻr

satkich hisoblanadi.

𝜉

qoldiq qiymat koʻrsatkichi

𝑟

tasodifiy miqdorning chekli momentlarining maksimal

tartibini xarakterlaydi.

r

tasodifiy miqdorning absolyut momenti faqat va faqat

𝜉

= min(

𝜉

1

,

𝜉

2

) dan kichik

boʻlganda chekli boʻladi, ya’ni agar 𝑝

<

𝜉

boʻlsa 𝐸

|

𝑟

|

p

< ∞ boʻladi, agar 𝑝

≥ 𝜉

boʻlsa 𝐸

|

𝑟

|

p

= ∞

boʻladi. (1)–

(3) shartlarni qanoatlantiruvchi

𝑟

tasodifiy miqdor ikkinchi tartibli chekli

momentga (

boshqacha aytganda chekli dispersiyaga) ega boʻlishi uchun 𝜉

> 2 shart

qanoatlantirilishi kerak. Birinchi tartibli absolyut moment (matematik kutilma) chekli boʻlishi

uchun

𝜉

> 1 kerak.

1-munosabatni qanoatlantiruvchi tasodifiy miqdorlarga statsionar, Student-t,

SinghMaddala oilasi va Pareto taqsimotlari misol boʻladi. Bu haqida quyidagi maqolalarda

batafsil Kovel va Flakeyr (2007), Davidson (2007) hamda Ibragimov (2009) muallifligidagi

m

aqolalarda tanishib chiqish mumkin. Shuningdek, ogʻir qoldiqli 𝜉

taqsimot qoldiq qiymat

koʻrsatkichga oid bir qancha tadqiqotlar, xususan, Embrexts (1997) va Beirlant (2004)

tomonidan izlanishlar oʻtkazilgan. Ular orasida Hills baholash va OLS log

-log regressiya

modellaridan keng foydalaniladi.

Aytaylik,

𝑟

1

,

𝑟

2

, …,

𝑟

𝑁

3-

munosabatni qanoatlantiruvchi tanlanma realizatsiyasi boʻlsin.

n<N

uchun quyidagi tartiblangan statistikani qaraymiz:

|𝑟|(1) ≥ |𝑟|(2) ≥ ⋯ ≥ |𝑟|(𝑛)

(4)

Bunda tanlanma absolyut qiymat boʻyicha kamayish tartibida tartiblab chiqilgan. 𝜉

uchun

Hill metodining bahosi quyidagicha boʻladi:

𝜉

̂

𝐻𝑖𝑙𝑙𝑠

=

𝑛

(log|𝑟|

(𝑡)

−log|𝑟|

(𝑛)

)

𝑛

𝑡=1

(5)

Bu yerda:

𝜉

̂

𝐻𝑖𝑙𝑙𝑠

Hills baholash metodi boʻyicha qoldiq qiymat koʻrsatkichi;


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

713

𝑛

tanlanmadan ajratib olingan qismdagi kuzatuvlar soni.

Hill bahosining standart xatoligi quyidagicha hisoblanadi:

𝑠. 𝑒.

𝐻𝑖𝑙𝑙

=

1

𝑛

𝜉

̂

𝐻𝑖𝑙𝑙

(6)

𝜉

ning 95 foizlik ishonch interval bahosi Hill metodi boʻyicha quyidagicha aniqlanadi:

(𝜉

̂

𝐻𝑖𝑙𝑙

1.96

√𝑛

𝜉

̂

𝐻𝑖𝑙𝑙

, 𝜉

̂

𝐻𝑖𝑙𝑙

+

1.96

√𝑛

𝜉

̂

𝐻𝑖𝑙𝑙

)

(7)

Bir qator tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, Hill metodi orqali qoldiq qiymat koʻrsatkichi

bahosi bogʻliq hamda kichik hajmdagi tanlanmalar uchun xulosa qilishda kamchiliklar yuzaga

keladi (Embrechts & other, 1997). Bunga asoslanib, bir nechta tadqiqotlar qoldiq qiymat

koʻrsatkichini baholashning muqobil yondashuvlariga qaratilgan. Masalan Huisman(2001)

boshchiligidagi tadqiqotchilar jamoasi kuzatuvlar soni 1000 tadan kam boʻlgan tanlanma uchun

Hill metodi bahosiga muqobil metod taklif qilgan. Mazkur tadqiqotchilar qoldiq qiymat

koʻrsatkichlarini baholashda murakkab nochiziqli metodlarni ilgari surgan.

Koʻplab murakkab metodlar mavjudligiga qaramay 𝜉

uchun OLS log-log rank-size

regressiya usuli haligacha ommalashgan boʻlib qolmoqda. 𝛾

= 0 uchun:

ln(𝑡 − 𝑦) = 𝑎 − 𝑏 ln|𝑟|

(𝑡)

(8)

Bu yerda:

𝑡

vaqt (kuzatuv nuqtasining tartib raqami);

𝑎

va

𝑏

noma’lum parametrlar.

Biz uchun kerakli parametr

𝑏

boʻlib, u OLS log

-log rank-

size regressiya metodi boʻyicha

qoldiq qiymat bahosini ifodalaydi.

Xuddi shu formula asosida 1 va 2 munosabatlardagi

𝜉

1

va

𝜉

2

larni musbat va manfiy

tanlanmalar

𝑟

𝑡

orqali baholanadi. Bu OLS metodidan keng foydalanilishining asosiy sababi

uning soddaligi va ishonchliligidir. Mazkur 8-formulada

𝛾

= 0 boʻlishi Levy (2003) va Helpman

(2004) izlanishlari bilan bogʻliq (Levy, 2003).

8-formuladagi OLS log-log rank-size regressiya modeli asosida qoldiq qiymat

koʻrsatkichlarini baholash jarayonida 𝛾

= 0 boʻlishi faqatgina kichik tanlanmalarda

qanoatlantiriladi. Gabaiks va Ibragimov (2011) 2011-yilda nashr qilingan maqolalarida

𝛾

= 1⁄2

boʻlishini taklif etishadi. Shunda model boʻyicha formula quyidagicha koʻrinishga keladi:

ln (𝑡 −

1

2

) = 𝑎 − 𝑏 ln|𝑟|

(𝑡)

(9)

OLS log-log rank-size regressiya bahosining standart xatoligi quyidagicha hisoblanadi:

𝑠. 𝑒.

𝑅𝑆

=

2

𝑛

𝜉

̂

𝑅𝑆

(10)

𝜉

ning 95 foizlik ishonch interval bahosi OLS log-log rank-

size regressiya metodi boʻyicha

quyidagicha aniqlanadi:

(𝜉

̂

𝑅𝑆

− 1,96√

2

𝑛

𝜉

̂

𝑅𝑆

, (𝜉

̂

𝑅𝑆

+ 1,96√

2

𝑛

𝜉

̂

𝑅𝑆

)

(11)

Biz tadqiqotlarimizda xulosalarni shakllantirishda OLS log-log rank-size regressiya

modeliga ustunlik berdik. Tanlangan metodlar haqida Marat Ibragimov va boshqalar


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

714

tomonidan 2013-

yilda chop etilgan “Emerging markets and heavy tails” ilmiy ishida batafsil

tanishish mumkin (Ibragimov va boshq. 2013).

Tahlil va natijalar muhokamasi.

3-

rasm. Qoʻshni mamlakatlar valyutalari ayirboshlash kurslari tanlanmasidan ajratib

olingan turli qismlarida Hill bahosi va 95 foiz ishonch intervallari

Manba:

muallif tomonidan tayyorlangan.

3-4-

rasmlarda keltirilgan ma’lumotlardan aniqlash mumkinki, barcha valyutalardan

ajratib olingan qismlarning 95 foiz ishonch oraligʻlarida qoldiq qiymat bahosining yuqori va

quyi chegaralari orasidagi intervallar oʻzidan

avvalgi va keyingi qism intervallari bilan

tutashlikka ega. Hech bir valyuta qismlarida mazkur intervallar umumiylikka ega boʻlmasdan

keskin siljish holati kuzatilmaydi. Bu esa tanlanmaning tadqiqot uchun statistik ahamiyatli

ekanligini koʻrsatadi.


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

715

Ma’lumotlarning statistik ahamiyatli ekanligini tasdiqlangandan soʻng valyutalarni uning

tanlanmasidan olingan 5% va 10% qismlarida qoldiq qiymat bahosi va 95 foiz ishonch

oraliqlarini oʻzaro qiyosiy tahlil qilindi.

4-

rasm. Qoʻshni mamlakatlar valyutalari ayirboshlash kurslari tanlanmasidan ajratib

olingan turli qismlarida RS bahosi va 95 foiz ishonch intervallari

Manba:

muallif tomonidan tayyorlangan.

2-

jadval natijalariga koʻra, RS usulida hisoblangan bardoshlilik baholari Tengedan

tashqari qolgan valyutalar uchun

𝜉

̂

RS

< 2 boʻlgani uchun nol gipotezani inkor etmaydi va Hill

bahosi usulida olingan qiymatlar esa

𝜉

̂

Hill

> 2 boʻlgani sababli nol gipotezani inkor etadi. Ushbu

ilmiy ishdan koʻzlangan maqsad Oʻzbekiston valyutasini asos qilib olgan holda qoʻshni

davlatlarning valyutalarini bardoshlilik holatini solishtirma tahlil qilish etishdir. Shunday ekan
ushbu olingan qiymatlar tahlil jarayonida foydalanishga yaroqli hisoblanadi garchi ular nol

gipotezani inkor etmagan taqdirda ham. Jadval natij

alariga koʻra Hill bahosi usuliga koʻra

Afgʻoniston valyutasi boʻlmish Afgʻoniy 10% lik truncation darajasi bilan hisoblaganda 4,13,

Tojikiston valyutasi boʻlmish Somoniy 3,20, Turkmaniston valyasi boʻlmish Manat 7,19,


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

716

Qirgʻiziston valyutasi boʻlmish Som 2,57 va Qozogʻiston valyutasi boʻlmish Tenge esa 4,31

qiymatlarni qayd etgan.

2-jadval

Markaziy Osiyo davlatlari valyutalari uchun bardoshlilik koʻrsatgichlari

(Asos valyuta: Soʻm)

Pul

birligi

Truncation

darajasi,

%

2

𝜉

̂

𝑅𝑆

𝑠. 𝑒.

𝑅𝑆

=

2
𝑛

𝜉

̂

𝑅𝑆

95% 𝐶𝐼

𝑅𝑆

𝜉

̂

𝐻𝑖𝑙𝑙

𝑠. 𝑒.

𝐻𝑖𝑙𝑙

=

1
𝑛

𝜉

̂

𝐻𝑖𝑙𝑙

95% 𝐶𝐼

𝐻𝑖𝑙𝑙

Afgʻoniy

10

5

1,56

0,23

(1,12, 2,01)

4,13

0,16

(3,27, 4,96)

1,45

0,29

(0,86, 2,03)

3,46

0,21

(2,47, 4,45)

Somoniy

10

5

1,35

0,19

(0,96, 1,73)

3,20

0,14

(2,55, 3,85)

1,33

0,27

(0,79, 1,86)

3,01

0,19

(2,15,3,87)

Manat

10

5

2,09

0,31

(1,49, 2,69)

7,19

0,22

(5,74, 8,65)

1,74

0,36

(1,03, 2,44)

6,39

0,25

(4,56, 8,21)

Som

10

5

1,17

0,17

(0,84, 1,51)

2,57

0,12

(2,05, 3,09)

1,36

0,28

(0,81, 1,91)

2,54

0,19

(1,81, 3,26)

Tenge

10

5

2,34

0,34

(1,67, 3,00)

4,31

0,24

(3,44, 5,18)

2,85

0,59

(1,07, 4,01)

5,76

0,42

(4,11, 7,40)

Manba:

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Bankining rasmiy saytida berilgan ma’lumotlar asosida

shakllantirilgan muallif ishlanmasi.

RS usulida hisoblanganda esa Afgʻoniy 1,56, Somoniy 1,35, Manat 2,09, Som 1,17, Tenge

esa 2,34 qiymatlarni qabul qilgan. Hill bahosi usuli va RS usuli natijalarida bittagina ayrilikni

koʻrish mumkin. Bu RS usulida Oʻzbekiston valyutasi Tengega nisbatan tas

hqi shok omillarga

bardoshli boʻlsa, Hill bahosi usulida eng tashqi shok omillarga bardoshli valyuta Manat

hisoblanadi. Qolgan valyutalar ketma-

ketligi esa ikkala usulda ham bir xil: Afgʻoniy, Somoniy va

Som. Tadqiqot natijalariga koʻra tashqi shok omillar

ga bardoshli sifatida Manat va Tenge

valyutalarini keltirish mumkin. RS usuli Hill bahosi usuliga qaraganda ishonchli boʻlgani uchun

biz Oʻzbek soʻm valyutasida almashinuv holatiga nisbatan eng tashqi shok omillarga bardoshli

valyuta sifatida Tenge valyutasini olamiz. Bu qolgan valyutalar tashqi shok omillariga

bardoshsiz ekanligini anglatmaydi, balki bu ikkita valyuta qolganlarga nisbatan bardoshli

hisoblanadi. Buning iqtisodiy ma’nosi shuki, qandaydir siyosiy yoki yirik iqtisodiy oʻzgarishlar

sodir boʻlganda bu ikki valyuta bilan Oʻzbek soʻmi almashinuv bozirida keskin tebranishlar
kuzatilmaydi.Ushbu olib borilgan ilmiy ishdagi oʻzgaruvchilar ya’ni mamlakatlar valyutalarini

kengaytirilgani sari tadqiqot natijalari qiziqarli holatlarga olib borishi mumkin. Iqtisodiyotni

boshqarish usuli va bir-

biriga qoʻshni davlatlarning valyutalari solishtirilganda koʻpincha

bardoshlilik indekslari qiymatlari oʻxshash iqtisodiy asoslar sababli past qiymatli bardoshlilik

baholari yuzaga kelishi mumkin.

Xulosa va takliflar.

Olib borilgan tadqiqot natijalariga koʻra bardoshlilikni oʻrganish uchun qoʻllanilgan log

-

log rank size (RS) usulida tashqi shok omillarga nisbatan eng bardoshli valyuta sifatida

Qozogʻiston valyutasi –

Tenge ekanligi aniqlangan boʻlsa, Hill bahosi usulida

esa Turkmaniston

valyutasi

Manat ekanligi aniqlandi. RS usuli Hill bahosi usuliga qaraganda ishonchliroq

boʻlgani sababli Oʻzbekiston soʻmini asos valyuta qilib olgan holatda valyuta ayirboshlashda

tashqi shok omillarga nisbatan qoʻshni davlatlar valyut

alari orasida eng bardoshli valyuta

sifatida Tenge ekanligi tasdiqlandi.

2

Tanlanmadan ajratib olingan turli qismlar


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

717

А

dabiyotlar

/Литература/Reference:

Abrorov, S., (2024).

ISLOM FOND INDEKSLARINING AN’ANAVIY FOND INDEKSLARI BILAN

TASHQI SHOK OMILLAR BO ‘YICHA QIYOSIY

TAHLILI. Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2(2), pp.18-

34.

Aysun, U., (2024). Identifying the external and internal drivers of exchange rate volatility in

small open economies. Emerging Markets Review, 58, p.101085.

Bosupeng, M., Naranpanawa, A. and Su, J.J., (2024). Does exchange rate volatility affect the

impact of appreciation and depreciation on the trade balance? A nonlinear bivariate

approach. Economic Modelling, 130, p.106592.

Edwards, S. and Yeyati, E.L., (2005). Flexible exchange rates as shock absorbers. European

economic review, 49(8), pp.2079-2105.

Embrechts, P., Klüppelberg, C. and Mikosch, T., (2013). Modelling extremal events: for

insurance and finance (Vol. 33). Springer Science & Business Media.

Farmon (2017)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 02.09.2017 yildagi PF

-

5177-son.

Huisman, R., Koedijk, K.G., Kool, C.J.M. and Palm, F., (2001). Tail-index estimates in small

samples. Journal of Business & Economic Statistics, 19(2), pp.208-216.

Ibragimov, M., Ibragimov, R. and Kattuman, P., (2013). Emerging markets and heavy

tails. Journal of Banking & Finance, 37(7), pp.2546-2559.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy saytida taqdim etgan ma’lumotlari

-

Valyutalar kurslari arxivi -

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (cbu.uz)

.

Qonun (2019)

Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 22.10.2019 yildagi OʻRQ

-573-son.

Urgessa, O. (2024). Effects of real effective exchange rate volatility on export earnings in

Ethiopia: Symmetric and asymmetric effect analysis.Heliyon, 10(1).

Библиографические ссылки

Abrorov, S., (2024). ISLOM FOND INDEKSLARINING AN’ANAVIY FOND INDEKSLARI BILAN TASHQI SHOK OMILLAR BO ‘YICHA QIYOSIY TAHLILI. Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2(2), pp.18-34.

Aysun, U., (2024). Identifying the external and internal drivers of exchange rate volatility in small open economies. Emerging Markets Review, 58, p.101085.

Bosupeng, M., Naranpanawa, A. and Su, J.J., (2024). Does exchange rate volatility affect the impact of appreciation and depreciation on the trade balance? A nonlinear bivariate approach. Economic Modelling, 130, p.106592.

Edwards, S. and Yeyati, E.L., (2005). Flexible exchange rates as shock absorbers. European economic review, 49(8), pp.2079-2105.

Embrechts, P., Klüppelberg, C. and Mikosch, T., (2013). Modelling extremal events: for insurance and finance (Vol. 33). Springer Science & Business Media.

Farmon (2017) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 02.09.2017 yildagi PF-5177-son.

Huisman, R., Koedijk, K.G., Kool, C.J.M. and Palm, F., (2001). Tail-index estimates in small samples. Journal of Business & Economic Statistics, 19(2), pp.208-216.

Ibragimov, M., Ibragimov, R. and Kattuman, P., (2013). Emerging markets and heavy tails. Journal of Banking & Finance, 37(7), pp.2546-2559.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy saytida taqdim etgan ma’lumotlari - Valyutalar kurslari arxivi - Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (cbu.uz).

Qonun (2019) Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 22.10.2019 yildagi OʻRQ-573-son.

Urgessa, O. (2024). Effects of real effective exchange rate volatility on export earnings in Ethiopia: Symmetric and asymmetric effect analysis.Heliyon, 10(1).