www.e-itt.uz
I SON. 2025
3
SALAM VA
ISTISNO’
SHARTNOMALARINING QIYOSIY TAHLILI
Irgasheva Gulbahor
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti,
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti
ORCID: 0009-0009-0955-664X
Аnnotatsiya.
Mazkur maqolada salam va
istisno’
shartnomalarining qiyosiy tahlili amalga
oshirilgan. Jumladan, qiyosiy tahlilda shartnomalarning
o‘
ziga xos xususiyatlari, ularning
amaliyotda q
o‘
llanilishi va iqtisodiy jihatlari
o‘
rganilgan. Shuningdek, mushoraka-
istisno’
-ijaraga
asoslangan davlat xususiy-sheriklik (DXSh) infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish tuzilmasi
va bosqichlari haqida ham ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit s
o‘
zlari:
islomiy moliyalashtirish mexanizmi, salam,
istisno’
, parallel salam, AAOIFI,
islomiy investitsiyalar, savdo shartnomalari.
СРАВНИТЕЛЬНЫЙ АНАЛИЗ КОНТРАКТОВ САЛАМ И ИСТИСНА
Иргашева Гульбахор
Ташкентский государственный экономический университет
,
Университет точных и социальных наук
Аннотация.
В данной статье представлена информация о теоретических основах,
организационной и управленческой системах инвестиционных контрактов в исламской
финансовой системе, таких как салам и истисна‘а, а также о механизмах их применения
на практике. Также в статье проводится анализ сходств и различий этих торговых
контрактов, а также подробно рассматриваются направления использования
параллельного салама.
Ключевые слова
:
исламские финансовые механизмы, салам, истисна‘а,
параллельный салам, AAOIFI, исламские инвестиции, торговые контракты.
COMPARATIVE ANALYSIS OF SALAM AND ISTISNA CONTRACTS
Irgasheva Gulbakhor
Tashkent State University of Economics,
University of Exact and Social Sciences
Abstract.
This article provides a comparative analysis of salam and istisna’ contracts. In
particular, the comparative analysis examines the specific features of the contracts, their practical
application and economic aspects. It also provides information on the structure and stages of
financing public-private partnership (PPP) infrastructure projects based on musharaka-istisna-
ijara.
Keywords:
islamic financing mechanism, salam, istisna, parallel salam, AAOIFI, Islamic
investments, trade contracts.
UOʻK:
339.187.62
3-12
www.e-itt.uz
I SON. 2025
4
Kirish.
Bugungi globallashuv jarayonida jahon amaliyotidan koʼrish
mumkinki, har qanday
mamlakat oʼz iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarni jalb qiladi, negaki bu
jarayonlarsiz mamlakat rivojlana olmaydi. Ishlab chiqarish jarayonlarini yuqori sur’atda
rivojlantirish, zamonaviy texnika-texnologiyalar asosida ishlab chiqariladigan mahsulotlar
raqobatbardoshligini har tomonlama oshirish, mamlakatning eksport salohiyatini
mustahkamlash, eksport k
o‘
lamini sezilarli darajada oshirish, bu eng avvalo mamlakatimiz
iqtisodiyoti uchun jalb qilinadigan investitsiyal
ar oqimi orqali taʼminlanadi.
Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda ichki va xorijiy investitsiyalarni samarali jalb
qilish, ayniqsa muhimdir. Shuningdek, bugungi kunda, deyarli k
o‘
plab mamlakatlarda keng
rivojlanib borayotgan islom iqtisodiyoti tamoyillari asosidagi ichki va tashqi investitsiyalarni
jalb qilishga doir qiziqishlar yildan yilga oshib bormoqda.
K
o‘
plab mamlakatlar islom iqtisodiyoti tamoyillari asosidagi investitsiyalarni jalb
qilishmoqda va bu bilan yaxshi samaraga erishilmoqda. Dastavval,
“Islom iqtisodiyoti” atamasi
o‘
tgan asrning
o‘
rtalaridan boshlab iqtisodiy adabiyotlarda ishlatilib kelingan, k
o‘
plab olimlar
islom iqtisodiyotiga ta’riflar bergan va ushbu ta’riflarini birlashtiradigan nuqtasi sifatida
shariat tamoyillariga tayanuvchi iqtisodiy tizim sifatida namoyon b
o‘
lishidadir.
Xususan, Monzer Kahf “Rohat
-faro
g‘
atga erishish maqsadida Alloh tomonidan ishonib
berilgan mulkni, ya’ni resurslarni boshqaruvchi musulmonning axloqi to‘g‘risidagi ta’limotga
asoslanadi” deya tariflagan. Shuningdek, bu atamaga muallif tomonidan ham quyidagicha ta’rif
berilgan: Islom iqtisodiyoti - Alloh tomonidan berilgan moddiy va nomoddiy resurslarni
boshqarish jarayonida yuzaga kelishi mumkin b
o‘
lgan muammolarni adolatsizlikka y
o‘
l
q
o‘
ymaydigan shariat tamoyillari asosida tartibga solish tizimidir.
Islom tamoyillariga asoslangan moliyalashtirishning an’anaviy moliya tizimidan bir qator
farqli jihatlari mavjud:
-islomiy moliya foyda va zararni b
o‘
lishish hamda real aktivlarga asoslangan
moliyalashtirishni
o‘
zida namoyon qiladi. Boshqacha qilib aytganda, islomiy moliyalashtirish
sherikchilikka, hamkorlikka asoslangan. Bunda islomiy banklar mijoz talabi b
o‘
yicha obyektni
qurib berishi, asbob-uskunalar, tovar, xomashyolar sotib olib berishi yoki ularni ijaraga berishi
mumkin. Bundan k
o‘
rish mumkin, islomiy moliyalashtirish asosida savdo amaliyoti yotadi.
-pul esa islomiy moliyada muomala vositasi sifatida k
o‘riladi, ya’ni pulni o‘
zini foiz evaziga
qarz sifatida berish taqiqlanadi.
1960-yillarda Misrda dastlabki islom bank tizimining paydo b
o‘
lishi olamshumul voqealik
emas edi, ammo yarim asrdan k
o‘
proq vaqt davomida ushbu soha barqaror rivojlanib
kelmoqda. S
o‘
nggi yillarda Islom moliya tizimi tushunchasi k
o‘
plab mamlakatlar
moliyachilarining s
o‘
z boyligidan mustahkam
o‘
rin oldi. Darhaqiqat, turli mamlakatlarda,
hattoki aksariyat musulmon b
o‘
lmagan mamlakatlarda ham, jumladan AQSh va Buyuk
Britaniyada, ushbu moliyaviy institut an’anaviy bank xizmatlariga muqobil moliyalash tizimi
sifatida barqaror rivojlanmoqda.
Ushbu tadqiqot ishimizda islom moliyasida savdo shartnomalari salam va
istisno’
ning
asosiy mazmun-mohiyati, ularni amaliyotda q
o‘
llash tamoyillari, ikki shartnoma
o‘
rtasidagi
o‘
xshash va farqli jihatlari tadqiq etilgan.
Аdabiyotlar sharhi
.
Islom moliyasi bugungi kunda butun dunyoda juda tez surʼatda rivojlanib borayotgan
jahon moliya sanoatining yetakchi qismi sifatida eʼtirof etilib, eng ilgʼor soha sifatida deyarli
barcha mamlakatlarda
qoʼllanilib kelinmoqda. Shuningdek, islom moliyasiga doir aholi orasida
xabardorlik darajasini oshirish maqsadida k
o‘
plab xorijiy, MDH mamlakatlari va
o‘
zbek olimlari
va tadqiqotchilari bu sohaga doir
o‘
z izlanishlarini olib borishgan va uning natijalarini
o‘
z
tadqiqotlarida bayon etishgan.
www.e-itt.uz
I SON. 2025
5
Xususan, Muhammad Ayub (2007) islom moliyasi sohasiga doir
o‘
z izlanishlarini olib
borgan, uning “Islom moliyasini tushunish” nomli tadqiqot ishida islomiy moliya vositalari va
ularning q
o‘
llanilish jihatlari va xususiyatlari t
o‘
liq yoritib berilib, islomiy investitsiyalarning
mamlakatlar iqtisodiyoti rivojidagi roli tushintirib berilgan.
Bundan tashqari, Umer Chapra (2000)
o‘zining “
Islamic Banking and Finance: The
Challenge of the 21st Century” nomli tadqiqot ishida
islomiy moliyaning asosiy tamoyillarini,
uning iqtisodiy tizimlarga ta’sirini chuqur tahlil qilgan. Shuningdek, ushbu kitobida muallif
islomiy moliyaning iqtisodiy barqarorlik, adolat va tenglik kabi asosiy tamoyillariga e'tibor
qaratib, islomiy bankchilik va moliya tizimining qanday ishlashini, uning zamonaviy bozorlar
bilan qanday integratsiyalashishi masalalari k
o‘
rib chiqiladi.
Shayx Muhammad Taqi Usmoniy (2011)
o‘zining “Islom moliyasiga kirish” kitobini yozib,
ushbu kitobda asosan islom banklari, nobank moliya institutlari tomonidan q
o‘
llaniladigan
moliyalashtirishning turli usul va vositalariga doir ma’lumotlar berilib, islom moliyasining
qoidalari, tamoyillari va uslublarini bayon etgan. Jumladan, islomiy investitsiya shartnomalari
salam va
istisno’
ning mohiyati, amaliyotda ishlash sxemasi va ularga doir barcha masalalar
batafsil yoritib berilgan.
Obaid Saif Al Zaabi (2010) “Salam Contract in Islamic Law: A Survey” nomli tadqiqotida
salam shartnomasining asosiy prinsiplari, shartlari va holatlarini, Islomiy huquq maktablari
tomonidan muhokama qilingan holda batafsil taqdim etadi. Shuningdek, shartnoma haqida fikr
yuritayotgan olimlar
o‘
rtasidagi kelishuv va farqlanish nuqtalarini qayd etadi va ushbu
nazariyalarni Islomiy moliyalashtirishda salam shartnomasini q
o‘
llash bilan bo
g‘liq ba’zi
oqibatlarni k
o‘
rsatadi.
Abdul Karim (2018)
“The Role of Islamic Finance in Achieving Financial Stability in
Developing Economies” tadqiqot ishida
islomiy moliya tizimining rivojlanayotgan
iqtisodiyotlarda moliyaviy barqarorlikni ta’minlashdagi o‘
rni haqida tadqiqot
o‘
tkazib, islomiy
moliya tizimining asosiy tamoyillari va ularning rivojlanayotgan mamlakatlardagi ijobiy ta’siri
haqida ma’lumot beradi hamda islomiy investitsiyalarning mamlakat iqtisodiyotini
rivojlanishida
o‘
rni va ahamiyati yoritib berilgan.
Monzer Kahf (2005) ham islom iqtisodiyoti va moliyasiga doir sermahsul xizmat
k
o‘
rsatayotgan yetuk olimlardan biri hisoblanadi.
Uning “Islamic Capital Markets: A
comparative approach” deb nomlangan kitobida islomiy kapital bozorlarining zamonaviy
amaliyotlari, ularning ta'siri va rivojlanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Kitobda shuningdek,
islomiy investitsiya prinsiplari va ularning moliya tizimidagi
o‘
rni k
o‘
rib chiqiladi.
Mohammed Imad Ali, Ikramur Rahman Falahi (2014)
o‘zlarining “Islamic banking and
finance: principles and practices” nomli tadqiqot ishlarida islom moliyasi va bankchiligi
shuningdek, islomiy investitsiyalar va ularning mamlakatlar iqtisodiyoti rivojidagi roli
tushuntirib berilgan.
Yuqorida tilga olingan olimlarning barchasi islomiy moliya sohasidagi muhim nazariy -
amaliy tadqiqotlarga hissa q
o‘
shishgan va keng qamrovli tadqiqotlar olib borgan. Ularning
ishlarida islomiy bankchilik va moliya tizimlarining iqtisodiy samaradorligi, barqarorlik,
inkluzivlik va rivojlanayotgan iqtisodiyotlarga q
o‘
shgan hissasi kabi muhim masalalar tahlil
qilingan.
O‘
zbekistonda ham bu sohada qiziqish ancha yuqori b
o‘
lib, tadqiqot ishlari va izlanishlar
olib borayotgan tadqiqotchi olimlar ham yildan yilga k
o‘
payib bormoqda. Ular
o‘
z
izlanishlarining natijalarini e’lon qilib borishlari asosida aholi orasida islom moliyasi borasidagi
xabardorlik darajasini oshishiga ma’lum darajada hissa qo‘
shib kelishmoqda.
Xususan, Ruhiddin Zayniddinov (2023) “O‘
zbekistonda davlat-xususiy sherikchilik
(DXSH) loyihalarida islomiy moliyalashtirish konsepsiyasini asoslash va joriy etish” nomli
tadqiqot ishida ijara shartnomasidan davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalarini
moliyalashtirishda foydalanish imkoniyatlarini
O‘
zbekiston misolida k
o‘
rib chiqqan.
www.e-itt.uz
I SON. 2025
6
Mazkur tadqiqotimiz yuqorida nomlari keltirilgan olimlarning ilmiy ishlarini q
o‘
llab-
quvvatlab, salam va
istisno’
shartnomalarining farqli va
o‘
xshash xususiyatlari haqida
ma’lumotga ega bo‘
lishni maqsad qilganlarga bir manba b
o‘
lib xizmat qiladi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Maqolamizni ilmiy jihatdan keng darajada tahlil qilishda sifat yondashuvidan foydalanildi.
Shuningdek, salam va
istisno’
islomiy moliyalashtirish vositalarini tadqiq qilishda induksiya va
deduksiya usullari, grafik tasvirlash kabi tadqiqot usullaridan samarali ravishda foydalanildi.
Bundan tashqari, salam va
istisno’
moliyalashtirish vositalari
o‘
rtasidagi farqlarni tahlil qilishda
qiyosiy tahlil qilishdan ham foydalanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Shariatda savdoni amalga oshirishning uchta asosiy shartlari mavjud va ularning
bajarilishini talab etadi:
1. Savdo amaliyoti vaqtida tovar mavjud b
o‘
lishi kerak, mavjud b
o‘
lmagan tovarlarni
sotish shariatda ta’qiqlanadi;
2. Sotuvchi savdo tovarining egalik huquqiga ega b
o‘
lishi kerak. Agar tovar mavjud
b
o‘
lsayu, lekin sotuvchi unga egalik qilmasa, tovarni sota olmaydi;
3. Tovar sotuvchining egaligiga b
o‘
lishi yetarli emas, mulk jismoniy yoki konstruktiv
ravishda
o‘
tgan b
o‘
lishi kerak. Agar sotuvchi tovarga egalik qilsayu, lekin
o‘
ziga yoki vakili
orqali uni
o‘
zlashtirmagan b
o‘
lsa, u uni sota olmaydi.
Shariatda ba’zi turdagi savdo bitimlari borki, yuqoridagi shartlar mavjud bo‘
lmasa ham,
savdo amaliyotlarini amalga oshirish mumkin. Ushbu savdo amaliyotiga salam va
istisno’
bitimlarini kiritish mumkin. Bugungi tadqiqot ishimizda ushbu ikki savdo turining mohiyati,
ularning bir-biridan farqli jihatlari va moliyalashtirish maqsadida qanday ishlatilishi
tushuntiriladi.
Salam - bu qadimiy kelajakdagi shartnoma shakli b
o‘
lib, unda narx oldindan t
o‘
lanadi va
tovarlar kelajakda yetkazib berilishi t
o‘g‘
risida shartnoma tuziladi. Ushbu bitimda tomonlar
tovarlarning ma’lum miqdori va sifatini belgilab, tovarlarni yetkazib berish uchun aniq vaqtni
belgilaydilar. Salamda hech qanday foyda olinmaydi, chunki bu qarzga aylanishi mumkin.
Salam
shartnomasini M. Usmani quyigicha ta’riflaydi: Sotuvchi o‘
ziga xos biron bir
tovarni, t
o‘
la va bir martalik b
o‘
nakli t
o‘
lovlar evaziga kelgusida xaridorga yetkazib berish
majburiyatini oladigan xariddir. Ushbu sotuvning asosiy maqsadi
–
hosil yi
g‘
ilgunga qadar
oilasini ta’minlash va ekinlarni yetishtirish uchun pulga ehtiyojmand mayda fermerlarning
ehtiyojini qondirishdir. Shariat qoidalariga k
o‘ra, yuqorida ta’kidlaganimizdek, sotuv tovari
mavjud b
o‘
lishi, sotuvchining egaligiga, shuningdek, konstruktiv va jismoniy mulki b
o‘
lishi
lozim. Lekin, salam shartnomasini pay
g‘
ambarimiz Muhammad (S.A.V
) ma’lum shartlar asosida
ruxsat berganlar. Ribo ta’qiqlangani uchun dehqonlar o‘
zlarining oilalarini boqish va
faoliyatlarini amalga oshirish uchun foizli qarzlar olish imkoniyatiga ega emas edilar. Shuning
uchun, ularga qishloq x
o‘
jaligi mahsulotlarini oldindan sotishga ruxsat berildi.
Shuningdek, Arabiston savdogarlari boshqa joylarga tovarlarni eksport qilish va
o‘
z
yurtlariga esa tovarlarni import qilishni odat qilishgan edi. Ular
o‘
zlarining faoliyatlarini amalga
oshirish uchun pulga muhtoj edilar. Shuning uchun, ularga tovarlarni oldindan sotishga ruxsat
berildi. Naqd pulni olganlaridan s
o‘
ng, ular faoliyatlarini osonlikcha amalga oshirish
imkoniyatiga ega b
o‘
lar edilar.
Salam shartnomasi Pay
g‘
ambarimiz (S.A.V.) tomonidan ruxsat etilganligini quyidagi
hadisdan ham k
o‘
rish mumkin: Makkadagi hijratdan s
o‘
ng, Pay
g‘
ambarimiz (S.A.V.) Madinaga
kelganlarida, u yerda odamlar bir, ikki va uch yil ichida yetkazib berilishi kerak b
o‘
lgan
mevaning (xurmo) bahosini oldindan t
o‘
lashardi. Ammo, bunday sotuvlar tovarning sifati,
o‘
lchami yoki vazni, shuningdek, yetkazib berish vaqti aniq belgilanishsiz amalga oshirilgan edi.
Pay
g‘
ambarimiz (S.A.V
.) shunday deb buyurganlar: “Kim oldindan mahsulot uchun pul to‘
lasa
www.e-itt.uz
I SON. 2025
7
(keyinchalik yetkazib berilishi uchun), u holda t
o‘
lov aniq sifat, belgilangan
o‘
lcham, vazn, narx
va yetkazib berish vaqti belgilangan b
o‘lishi kerak”.
Salam bitimining bir qator shartlari mavjud b
o‘
lib, unga amal qilinishi shart hisoblanadi.
1. Salam bitimi tuzilishi bilan, xaridor t
o‘
lovni amalga oshirishi lozim. Agar xaridor
t
o‘
lovni t
o‘
liq, vaqtida qilmasa, qarzga qarz sotish bilan tenglashtiriladi.
2. Salam bitimidagi mahsulotlarning sifati va miqdori aniq belgilangan b
o‘
lishi kerak. Sifat
va miqdori aniq belgilanmagan narsalar salam shartnomasi orqali sotilmaydi. Masalan,
qimmatbaho toshlar bir-biridan sifat va miqdor jihatidan farq qilishi sababli, salam orqali
sotilmaydi.
3.
Salam bitimidagi mahsulotning sifati, xususiyati, miqdori,
o‘lchami ya’ni
tovar
borasidagi barcha tafsilotlar shartnomada aniq k
o‘
rsatilishi lozim, toki tomonlar
o‘
rtasida nizo
va noaniqliklar yuzaga kelmasin.
4. Salamdagi savdo molining miqdorini
o‘
lchashda aniq kelishilgan
o‘
lcham va vazn
birliklarida b
o‘
lishi, shuningdek, bozorda mavjud b
o‘
lishi kerak;
5. Salamda sotuvchi tomonidan yetkazib berilishi talab etilgan mahsulotning yetkazib
berish sanasi ya’ni vaqti va joyi avvaldan kelishilgan bo‘
lishi darkor;
6. Salam bitimida mahsulot xaridorga yetkazib berilgunga qadar ya’ni xaridorning
egaligiga
o‘
tgungacha b
o‘lgan davrda uchinchi shaxsga sotilishi ta’qiqlanadi, lekin parallel
salam orqali amalga oshirish mumkin. Parallel salamda birinchi salamdagi xaridor sifatida
ishtirok etgan tashkilot xuddi shu mahsulotni, xuddi shu sana bilan boshqa bir uchinchi
tomonga sotish jarayonidir, endi bunda tashkilot sotuvchi vazifasini bajaradi.
Yuqorida keltirilgan Salam shartnomasi shartlarini t
o‘
liq yoritishni maqsad qildik, unga
k
o‘
ra, mahsulotni yetkazib berish muddati bir yildan uch yilgacha belgilanib, oldindan olingan
mabla
g‘
lar yerni yaxshilash, uru
g‘
lik,
o‘g‘
itlar sotib olish, bo
g‘
larni
o‘
stirish kabilarga sarflanar
edi. Salamda sotuvchi kelishilgan shartlarga binoan tovarni yetkazib berishga majbur b
o‘
lib,
xaridor, sotuvchiga tovar uchun t
o‘
lovni amalga oshirganidan keyin, shartnoma shartlarini
o‘
zgartira olmaydi (sifat, miqdor yoki yetkazib berish muddati b
o‘
yicha). Biroq, ikkala
tomonning roziligi bilan shartnomani
o‘
zgartirishi mumkin.
Salam sotuvchi va xaridor uchun ham foydali b
o‘
lib, sotuvchi, keyinchalik tovarni yetkazib
berish majburiyatini olgan holda, oldindan kerakli mabla
g‘
ni olib, shaxsiy xarajatlar, ishlab
chiqarish yoki savdo faoliyati uchun qoplashda foyda k
o‘
radi. Xaridor esa
o‘
zining
rejalashtirgan tovarini belgilangan vaqtda olish imkoniyatiga ega b
o‘
ladi. U shuningdek, odatda
Salam narxi bozordagi hozirgi narxdan arzonroq b
o‘
lishi sababli, arzon narxdan foyda k
o‘
radi
va bu orqali u narxlarning
o‘
zgarishidan himoyalanadi.
Salamda xaridor bitimni tuzgan vaqtda mahsulot uchun t
o‘
lovni oldindan va t
o‘
liq amalga
oshirishi kerak. Fuqaholarning k
o‘pchiligi, xaridor bitimni imzolash vaqtida, ya’ni shu
uchrashuvda, tovar uchun t
o‘
lovni t
o‘lashini ta’kidlaydi. Ammo, bu borada Imom Molik to‘
lovni
uch kungacha kechikishga ruxsat beradilar. Zamonaviy fuqaholar ham tomonlar
o‘
rtasida salam
shartnomasi qilingan b
o‘
lsa, t
o‘
lovning ikki-uch kun kechiktirilishiga ruxsat berishadi.
Shuningdek, Salamda tovarlarning yetkazib berish muddati va joyi ham aniq kelishilishi
lozim. Agar Salam shartnomasida yetkazib berish joyi belgilab q
o‘
yilmagan b
o‘
lsa, bitim
tuzilgan joy tovarni yetkazib berish joyi sifatida qabul qilinadi. Yetkazib berishdan oldin tovar
sotuvchining xavfida b
o‘
ladi, yetkazib berilganidan s
o‘
ng, xavf xaridorga
o‘
tadi. Shu sababdan
ham islomiy shartnomalarning barchasida risk mavjudligi uchun ham halol hisoblanadi.
Ekin hosilga kirib, to uni xaridorga yetkazib berilgunga qadar mavjud b
o‘
lgan risklarga,
mahsulot nobut b
o‘
lishi yoki kelishilgan vaqtda yetkazib berilmaslik holatlarini kiritish
mumkin. Shu maqsadda, sotuvchining mahsulotni kelishilgan sanada yetkazib berishini
ta’minlash maqsadida undan kafolat xati, ko‘
chmas mulk yoki garov k
o‘rinishida ta’minot talab
qilishlari mumkin. Agar sotuvchi mahsulotni kelishilgan vaqtda yetkazib bermasa, garov
sifatida olgan k
o‘
chmas mulkni sotib, zarar qoplanilib, qolgan qism sotuvchiga qaytarib
beriladi.
www.e-itt.uz
I SON. 2025
8
Shuningdek, belgilangan vaqtda mahsulot yetkazib berilmagan holatda fermerga nisbatan
salam shartnomasida jazo ham nazarda tutilishi mumkin. Bunday holatlarda fermerga ma’lum
bir kelishilgan stavka b
o‘
yicha hisoblab chiqilgan penya t
o‘
lash majburiyati k
o‘
rsatilishi
mumkin. Bunday jarimalar bank yoki xaridorning daromadiga q
o‘
shilmasdan xayriya
maqsadlarida ishlatiladi.
AAOIFI ning Salam Standartining 5/7-
bobida shunday deyiladi: “Salam tovarining
yetkazib berilishidagi kechikish uchun jazo q
o‘yish ta’qiqlanadi”. Agar jazo sifatida olinadigan
jarimalar bankning (sotuvchining) daromadiga aylanishi mumkin emasligi alohida ta’kidlanadi.
Salam b
o‘
yicha qoidalarning 4 va 7-boblarida, agar sotuvchi
o‘
z majburiyatini bajarmasa,
mahsulotni yetkazib berish muddatini uzaytirilishi kerakligi keltirib
o‘
tilgan.
Sotuvchi belgilangan xususiyatlarga ega tovarni
o‘
z vaqtida va yetkazib berish joyida
taqdim etadi va xaridor tovarni qabul qilib olganidan s
o‘
ng, ushbu tranzaksiya muvaffaqiyatli
yakunlanadi.
Agar sotuvchi shartnomada belgilangan majburiyatlarini bajara olmasa xususan, tovarni
taqdim etmasa, kelishilgan sifatdagi yoki miqdordagi tovarni ishlab chiqarishga qodir
emasligini aytsa, salam xaridori tovar mavjud b
o‘
lishini kutishi, shartnomani bekor qilishi va
tovar uchun oldindan qilingan t
o‘
lovni qaytarib olishi yoki
o‘
zgartirish uchun
o‘
zaro kelishuvga
erishish va tegishli qoidalarga rioya qilish kabi tanlovlardan birini tanlashi lozim b
o‘
ladi. Agar
xaridor salam shartnomasini bekor qilmoqchi b
o‘
lsa, xaridor faqat shartnoma paytida t
o‘
lagan
narxni olish huquqiga ega. Xaridorning avansda t
o‘
lagan narxi sotuvchining q
o‘
lida qarzga teng
b
o‘
lib, tovarlar yetkazib berilguncha butun davr davomida qarz hisoblanadi. Agar shartnoma
bekor qilinsa, qarz miqdori hech qanday oshirish yoki kamaytirishlarsiz qaytarilishi kerak.
Shuningdek, sotuvchi xaridor bilan kelishilganidek tovarni taqdim etmasa, ya’ni past
sifatdagi tovarni bersa, xaridor uni qabul qilishga majbur emas. Bunday holatlarda xaridorning
oldida bir qator yechimlar b
o‘
lib, ular quyidagilardan iborat:
1. Bank tovarni qabul qilishni rad etishi va kelishilgan tovarni taqdim etishni talab qilishi
mumkin, yoki shartnomada t
o‘
langan narxni qaytarib olishi mumkin;
2. Agar sotuvchi kelishilgan tovarni taqdim eta olmasa, xaridor sotuvchidan boshqa
tovarlarni taqdim etishni talab qilishi mumkin;
3.
Agar sotuvchi kelishilgan tovarni faqat ma’lum bir qismini taqdim etsa, xaridor shu
miqdorni qabul qilib, qolgan miqdor uchun xarid buyurtmasini yangilashi yoki tovarning
qolgan qismi uchun t
o‘
lov miqdorini qaytarishini talab qilishi mumkin.
1-rasm. Salam bitimini amalga oshirish chizmasi
Yuqoridagi 1-rasm salam bitimini amalga oshirish sxemasi b
o‘
lib, quyidagi bosqichlarni
o‘
z ichiga oladi:
1. Mijoz bankka murojaat qiladi va
o‘zining ma’lum bir mahsulotini joriy baho bo‘
yicha,
ikkala tomon
o‘
rtasida kelgusidagi sanada yetkazib berish t
o‘g‘
risida shartnoma tuziladi;
www.e-itt.uz
I SON. 2025
9
2. Sotuvchi va bank
o‘
rtasida tuzilgan bitimga k
o‘
ra bank mahsulot uchun oldindan
t
o‘
lovni amalga oshiradi;
3. Tomonlar
o‘
rtasida belgilangan muddatda dehqon salam bitimi b
o‘
yicha mahsulotni
bankka yetkazib beradi;
4. Bank bozordagi vaziyat va holatlardan kelib chiqib, bozordagi baho b
o‘
yicha mahsulot
sotuvini amalga oshiradi yoki quyidagi variantlardan birini tanlashi mumkin:
- bank uchinchi tomon bilan parallel salam shartnomasini tuzib, t
o‘
liq t
o‘
lovni qabul qilish;
-
uchinchi tomondan kelishilgan narxda sotib olish va’dasini olishi;
- sotuvchini
o‘
z agenti sifatida tayinlab, tovarni uchinchi shaxsga sotishga ruxsat berish.
5. Bank mahsulotni sotadi, mahsulotning bozordagi bahosi va dehqon bilan tuzilgan
bitimga asosan mahsulotga q
o‘
yilgan baho
o‘rtasidagi farqda ifodalangan ma’lum foydaga ega
b
o‘
ladi.
Yuqoridagi amaliyotlar t
o‘
liq bajarilganidan s
o‘
ng, salam shartnomasi muvaffaqiyatli
oshirilgan hisoblanadi. Shundan s
o‘
ng, salam orqali sotib olingan tovarlarni bankning
o‘
zi
tovarlarni bozorga olib chiqib sotishi, Parallel salam shartnomasini tuzish yoki uchinchi tomon
yoki sotuvchi bilan agentlik shartnomasini tuzish mumkin.
K
o‘
p holatlarda, sotuvchilar tovarni parallel salam orqali sotadilar. Biroq, salam asosida
sotilgan tovar salam sotuvchisiga qaytarib sotilmaydi. Shuning uchun, Parallel Salam asl
sotuvchi bilan tuzilishi mumkin emas. Parallel salam orqali sotilgan mahsulotning yetkazib
berish sanasi bir xil b
o‘ladi ya’ni bunda moliyaviy tashkilot dehqon bilan salam bitimini tuzadi
va keyin yana bir boshqa xaridor bilan ham mahsulotni yetkazib berish b
o‘
yicha parallel salam
bitimiga kelishadi va endi bunda moliyaviy institut sotuvchi sifatida qatnashadi. Parallel salam
muddati qisqaroq b
o‘
lganligi sababli, narx birinchi tranzaksiya narxidan biroz yuqori b
o‘
lishi
mumkin va moliyaviy institutning foydasi esa dehqon bilan kelishgan baho hamda
mahsulotning parallel salam asosida qayta sotilishi natijasida
o‘
rtada yuzaga kelgan farq
hisoblanadi (2-rasm).
2-rasm. Salam va parallel salam amaliyoti
Har bir shartnoma ya’ni salam va parallel salam shartnomalari bir biridan mustaqil
b
o‘
lishi kerak. Ular bir-biriga bo
g‘
langan b
o‘
lmasligi kerak, ya'ni salamning huquq va
majburiyatlari parallel salamning huquq va majburiyatlariga bo
g‘
liq b
o‘
lmasligi, har bir
shartnoma
o‘
z mustaqil kuchiga ega b
o‘
lishi va uning bajarilishi ikkinchi shartnomaga bo
g‘
liq
b
o‘
lmasligi talab etiladi.
Yana bir savdo shartnomalardan biri
Istisno’
b
o‘
lib, bu bitim ham salam kabi Tovar mavjud
b
o‘
lmasdan oldin uning sotilishi amalga oshiriladigan maxsus turdagi savdodir.
Istisno’
shartnomasi shariat qoidalariga amal qilib, har qanday ma’n qilingan narsa mavjud emas.
www.e-itt.uz
I SON. 2025
10
1-jadval
Istisno’
va salam shartnomalaridagi
o‘
xshash va farqli jihatlar
Salam va
istisno’
shartnomalaridagi
o‘
xshash jihatlar
Salam shartnomasi
Istisno’
shartnomasi
1. Islom iqtisodiyoti qoidalariga asoslanadi va
shariat qonunlariga muvofiq faoliyat olib boradi.
Islom iqtisodiyoti qoidalariga asoslanadi va shariat
qonunlariga muvofiq faoliyat olib boradi.
2. Tovar yoki xizmat turi, yetkazib berish vaqti,
narxi aniq belgilangan b
o‘
lishi kerak.
Tovar yoki xizmat turi, yetkazib berish vaqti, narxi
aniq belgilangan b
o‘
lishi kerak.
3. Bitimlar shaffof, adolatli va t
o‘g‘
ri amalga
oshirilishi kerak.
Bitimlar shaffof, adolatli va t
o‘g‘
ri amalga oshirilishi
kerak.
Salam va
istisno’
shartnomalaridagi farqli jihatlar
1. Salam
shartnomasining
obyekti
sifatida,
dehqonchilik mahsulotlari, ishlab chiqarilgan
tovarlar b
o‘
lishi mumkin.
Istisno shartnomasining obyekti esa ishlab chiqarilgan
tovarlar, xususan, yirik infratuzilma loyihalari,
qurilish ishlari va b.
2. Salamda tovar uchun t
o‘
lov t
o‘
liq oldindan
amalga oshiriladi.
Istisno’
da esa, t
o‘
lovni bosqichma-bosqich amalga
oshirish mumkin.
3. Salam
majburiyatni
o‘
z
ichiga
olgan
shartnomadir; bir marta tuzilganidan s
o‘
ng,
boshqa tomonning roziligisiz bekor qilinishi
mumkin emas.
Istisno’
da esa faoliyat boshlanmagan b
o‘
lsa,
shartnoma majburiyatlari y
o‘
q, tomonlar har biri
shartnomani bekor qilish huquqiga ega.
4. Salamda tovarni yetkazib berishda kechikishlar
b
o‘
lsa, jarimalar undiriladi va ushbu jarimalar
xayriya maqsadlari uchun ishlatiladi.
Istisno’
da esa kechikishlar b
o‘
lsa,
istisno’
obyektining
narxi kamaytirilib, ushbu kamaytirilgan narx jazo
sifatida k
o‘
rilib, xaridorning daromadini aks ettiradi.
Mashhur zamonaviy fiqhshunos olim Zuhayli
istisno’
bitimi haqida shunday yozadi:
“Istisno’
islomiy fiqhga tarixan q
o‘
l mehnati, charm mahsulotlari, poyabzal, dastgohlar kabi
sohalarda aniq ehtiyojlar tufayli kirib kelgan. Ammo, zamonaviy davrda u katta infratuzilma va
sanoat loyihalarini, masalan, kemalar, samalyotlar va boshqa katta mexanizmlar qurilishi kabi
loyihalarni amalga oshirish imkonini beruvchi shartnomalardan biriga aylandi. Shunday qilib,
ishlab chiqarish buyurtmasi shartnomasining ahamiyati moliyalashtirilgan loyihalar hajmi
bilan oshdi”.
Istisno’
bitimi haqiqatdan ham yuridik jihatdan t
o‘g‘
ri shartnoma va odatiy tijorat
amaliyotidir.
Istisno’
kelishilgan narxda sotuvni amalga oshiradigan va kelajakda yetkazib
berish uchun biror narsani ishlab chiqarish, yi
g‘
ish yoki qurish (yoki shunday qilishni
ta’minlash) buyurtmasi beriladigan kelishuvdir. Bu ishlab chiqaruvchi yoki quruvchining
kelishilgan xususiyatlar b
o‘
yicha va kelishilgan vaqt orali
g‘
ida aktivni yetkazib berish
majburiyatini yuzaga keltiradi.
Istisno’
da tomonlardan biri shartnomani bekor qilmoqchi b
o‘
lsa, bu haqida boshqa
tomonga xabar qiladi, faqat ishlab chiqaruvchi ishni boshlaganidan keyin, shartnoma bir
tomondan bekor qilinishi mumkin emas ya’ni shartnoma faoliyat boshlanmasidan bekor
qilinishi lozim.
3-rasmda uchta shartnomani
o‘
z ichiga olgan mushoraka-
istisno’
-ijaraga asoslangan
infratuzilma Davlat xususiy sheriklik (DXSH) loyihasini moliyalashtirish tuzilmasi va
bosqichlari namunasi muallif tomonidan shakllantirilgan.
Mushoraka hamkorlari (loyiha kompaniyasi va islom moliyachilari)
istisno’
va ijara
shartnomasini tuzadilar, unga k
o‘
ra loyiha kompaniyasi (sotuvchi sifatida)
istisno’
aktivlarini
sotib olishga va qurilish tugallangandan s
o‘
ng mushoraka shartnomasidagi sheriklari (xaridor
sifatida)ga yetkazib berishga rozi b
o‘
ladi. Mushoraka sheriklari (xaridor sifatida) muhandislik,
xaridlar va qurilish (MHQ) shartnomasi b
o‘
yicha kelishilgan t
o‘
lov shartlariga muvofiq loyiha
kompaniyasi (sotuvchi sifatida) ga tegishli mushoraka hissalarini t
o‘
lash majburiyatini oladilar.
www.e-itt.uz
I SON. 2025
11
3-rasm. Mushoraka-
Istisno’
-Ijaraga asoslangan infratuzilma DXSh loyihasini
moliyalashtirish tuzilmasi va bosqichlari namunasi
Mushoraka boshqaruvchisi loyihaning mushoraka biznes rejasiga muvofiq loyiha
xarajatlarining taxminiy parametrlari doirasida amalga oshirilishini ta’minlaydi. Moliyaviy
hujjatlarda boshqacha qoida nazarda tutilmagan b
o‘
lsa, islomiy moliyachilar loyihaning
taxminiy xarajatlarida biron-bir
o‘
sish b
o‘
lsa, mushorakaga
o‘
z hissalarini oshirishga majbur
b
o‘
lmaydilar va loyiha kompaniyasi bunday ortiqcha xarajatlarni qoplaydi.
Islomiy moliyachilar mushorakadagi
o‘
zlarining b
o‘
linmagan ulushlarini forvard ijara
shartnomasini tuzish orqali loyiha kompaniyasiga ijaraga berishadi. Ushbu shartnoma loyiha
kompaniyasining qurilish vaqtida islom moliyachilariga ijara haqini oldindan t
o‘
lashi haqidagi
qoidalarni mushoraka shartnomasi amalga oshirilayotgan davrda amalga oshiriladi.
Xulosa va takliflar.
Olib borgan tadqiqotimiz natijalariga k
o‘
ra xulosa yasaydigan b
o‘
lsak, salam va
istisno’
shartnomalari moslashuvchan hisoblanadi. Salam fermer va dehqonlarning barcha toifalarini,
shuningdek, jamiyatdagi hunarmandlarni q
o‘
llab-quvvatlash uchun ishlatiladi. Salam
shartnomasi fermer uchun ham, islom banki va xaridor uchun ham foydali va manfaatli
hisoblanadi. Negaki, dehqon oilasini boqishi, mahsulot yetishtirishi uchun uru
g‘
, uskuna shunga
o‘
xshash narsalarni sotib olish uchun tovar narxini oldindan oladi va yuqoridagi ehtiyojlarini
qondirish uchun sarmoyaga ega b
o‘ladi. Bank esa ma’lum mahsulotni bozordagi narxdan ko‘
ra
dehqondan arzonroqqa sotib olishi mumkin. Parallel salamda bank qayta mahsulotni xaridorga
ma’lum miqdorda ustama qo‘
shib, sotishi mumkin va buning natijasida bank foydaga ega
b
o‘
ladi.
www.e-itt.uz
I SON. 2025
12
Istisno’
esa ishlab chiqarish yoki qurilish uchun oldindan buyurtma beriladigan va
kelajakda belgilangan shartlar asosida yetkazib beriladigan tovarlar yoki xizmatlar b
o‘
yicha
bitim hisoblanib, Islomiy moliya tizimidagi ahamiyati katta, chunki u savdo va investitsiya
faoliyatida muhim vosita sifatida ishlatiladi. Bu shartnoma moliyaviy likvidlikni oshiradi, ishlab
chiqarish va qurilish sohalarida katta loyihalarni moliyalashtirish imkonini beradi.
K
o‘
plab mamlakatlar yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda
istisno’
shartnomasidan foydalanishadi, chunki ushbu bitim resurslarni samarali taqsimlashga yordam
beradi.
Istisno’
shariat qoidalariga muvofiq faoliyat olib borib, unda k
o‘
rsatilgan shartlar va
kelishuvlar, savdogarlarning foydasini himoya qiladi hamda iqtisodiy samaradorlikni
ta’minlaydi.
Shuningdek, Istisno shartnomasi tovar yoki xizmat ishlab chiqarishga ketadigan
xarajatlarni oldindan belgilash va t
o‘
lovni oldindan amalga oshirish natijasida moliyaviy
jarayonlarni soddalashtiradi, tomonlar
o‘
rtasida risklarni teng taqsimlaydi.
Eng asosiysi, Istisno shartnomasining shartlari aniq va tomonlarga batafsil yoritib
berilgan b
o‘
lib, barcha tomonlarning huquq va majburiyatlari oldindan belgilangan b
o‘
ladi. Bu
shartnoma yuqori darajadagi ishonchlilikni ta'minlaydi va har bir tomonning manfaatlarini
himoya qiladi.
Adabiyotlar/ Литература/
Reference:
Abdul Karim (2018) "The Role of Islamic Finance in Achieving Financial Stability in
Developing Economies", Journal of Islamic Economics, Banking and Finance.
Amine, M.B. (2008). Risk management in Islamic finance: an analysis of derivatives
instruments in commodity markets. Leiden: Brill, Netherlands, 337.
Ashraf Ali Tahonaviy, “Imdadul fatavo” 3
-jild.
Baydaulet, E.A., (2019), Islomiy moliya asoslari [Matn] / E.A. Baydaulet.
–
Toshkent:
«O‘zbekiston» NMIU, –
432 b.
Fahim Khan M. (2003) "Islamic Banking: Theories and Practices", Nashr: Oxford University
Press.
Irgasheva G.S., (2024) Islom iqtisodiyotida investitsiyalar: ularning tashkiliy va boshqaruv
tizimi hamda amalda q
o‘llash tamoyillari, “Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil” jurnali, №1 (yanvar oyi),
Irgasheva G.S., Zayniddinov R.X. (2024) Ijara (islomiy lizing) va an’anaviy lizingning qiyosiy
tahlili. Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil ilmiy elektron jurnali 2 son - fevral,
Mohammed Imad Ali, Ikramur Rahman Falahi. (2014) Islamic banking and finance:
principles and practices // Marifa Academy Private Limited, 242 p.;
Monzer Kahf (2009) "Financial Contracts, Risk, and Performance: Islamic Finance
Perspectives", Nashr: Islamic Economics Institute
Muhammad Ayub (2007) Understanding Islamic Finance. John Wiley & Sons, Ltd, The
Artrium, Southern Gate, Chichester, West Sussex PO19 8 SQ, England, 24.
Sahih Bukhari. (1979). Muhammad Muhsin Khan (trans). Lahore, Pakistan: Qazi
Publication. (al-Buxoriy, 2240 va Muslim, 1604).
Usmani Muhammad Taqi, (2011), An Introduction to Islamic Finance. 169 pages;
Zaabi, S.O. (2010) Salam Contract in Islamic Law: A Survey, Review of Islamic Economics,
Vol. 14, No. 2.
Zayniddinov R. (2023) An empirical investigation of the relationship between Islamic
finance, FDI, and economic development in Malaysia. Conference: International scientific-
practical conference titled Islamic investment products: characteristics and development
PROSPECTS. Tashkent State Law University, May 31.
Zayniddinov R.X. (2023).
O‘
zbekistonda davlat-xususiy sherikchilik (DXSH) loyihalarida
islomiy moliyalashtirish konsepsiyasini asoslash va joriy etish. 1401-1410 betlar.
. 2023-yil, dekabr. No 11-12-sonlar.
