www.e-itt.uz
I SON. 2025
49
TOʻGʻRI SOLIQLARNI UNDIRISH METODOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH
AMALIY
Ο
TI TAHLILI
PhD
Xo‘jaqulov Ramshid Yunusovich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0009-0006-4677-7511
Annotatsiya.
Mazkur maqolada respublikamizda so‘nggi yillarda mamlakatda soliq va
moliya sohalarida tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish,
investitsiya muhitini yaxshilash hamda biznes doiralarining ishonchini yanada mustahkamlashga
q
aratilgan keng ko‘lamli islohotlar yoritilgan. Shu bilan birga, iqtisodiyotda yashirin aylanma
savdo va umumiy ovqatlanish, avtotransportda tashish, uy-
joy qurilishi va ta’mirlash, turarjoy
xizmatlarini ko‘rsatish kabi sohalar o‘rganilib, xorij
tajribasi, mamlakatimizda uni qo‘llash
bo‘yicha ilmiy
-amaliy xulosa va takliflar shakllantirilgan.
Kalit so‘zlar:
soliq tushumlari, risklar tahlili, xavflar, samaradorlik, raqamli platforma,
usullar va vositalar, ilg‘or axborot
-kommunikasiya texnologiyalari, tahlil, optimallashtirish, soliq
imtiyozlari, soliq stavkasi.
АНАЛИЗ ПРАКТИКИ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ МЕТОДОЛОГИИ
СБОРА ПРЯМЫХ НАЛОГОВ
PhD
Ходжакулов Рамшид Юнусович
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотация.
В статье освещаются масштабные реформы в налоговой и
финансовой сферах нашей республики за последние годы, направленные на создание
благоприятных условий для ведения бизнеса в стране, улучшение инвестиционного
климата, дальнейшее укрепление доверия деловых кругов. При этом изучаются такие
сферы экономики, как подпольная торговля и общественное питание, автотранспорт,
жилищное строительство и ремонт, оказание бытовых услуг, делаются научные и
практические выводы по зарубежному опыту и его применению в нашей стране и
формулируются предложения.
Ключевые слова:
налоговые поступления, анализ рисков, риски, эффективность,
цифровая платформа, методы и инструменты, передовые информационно
-
коммуникационные технологии, анализ, оптимизация, налоговые льготы, налоговая
ставка.
UOʻK:
336.226.1
49-58
www.e-itt.uz
I SON. 2025
50
ANALYSIS OF THE PRACTICE OF IMPROVING THE METHODOLOGY OF
DIRECT TAX COLLECTION
PhD
Khojakulov Ramshid Yunusovich
Tashkent State University of Economics
Abstract.
This article covers large-scale reforms in the tax and financial sectors of our
republic in recent years aimed at creating favorable conditions for conducting business activities
in the country, improving the investment climate, and further strengthening the confidence of
business circles. At the same time, such areas as illegal trade and catering, motor transport,
housing construction, and repair, and the provision of residential services in the economy are
studied, and scientific and practical conclusions and proposals are formulated on the basis of
foreign experience and its application in our country.
Keywords:
tax revenues, risk analysis, risks, efficiency, digital platform, methods and tools,
advanced information and communication technologies, analysis, optimization, tax incentives, tax
rate.
Kirish.
Jahonda budjet siyosatining rivojlantirilishi mahalliy budjet daromadlar bazasini tizimli
yuksaltirish bilan bog‘liq bo‘lmoqda. Iqtisodiy yuksalgan va yuksalayotgan mamlakatlarda
mahalliy budjet soliqli daromadlari rentabellik ko‘rsatkichlari baland hisoblanmoqda. Xususan,
mahalliy budjetning yuqori ko‘rsatkichlari Janubiy Koreyada 22,2 foiz, Portugaliyada 39 foiz,
Buyuk Britaniyada 33 foiz va Norvegiyada 58 foizni tashkil etadi . Shu sababdan, xorijiy
davlatlar tajribasiga tayangan holda iqtisodiyotda mahalliy budjet daromadlar bazasini
kengaytirish, belgilangan tartibda o‘z vaqtida soliq solish amaliyoti va ularni undir
ish
mexanizmi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borishni taqazo etmoqda.
Xalqaro soliqqa tortish tizimi, soliq tamoilllari va soliq ma’murchiligini takomillashtirish
orqali mahalliy budjet daromadlar bazasini yuksaltirish va mahalliy soliqni undirish
mexanizmini ilmiy asoslangan yangi yo‘nalishlar asosida belgilash va amaliyotg
a joriy etish
dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun hududlarni va ularda faoliyat olib
borayotgan soliq to‘lovchilarning daromadlarini oshirish yuzasidan soliq siyosatida soliqni
ta’sirchanlik muhitini oshirishda ilmiy
-izlanishlar ustuvorlik kasb etmoqda.
Adabiyotlar sharhi.
Iqtisodiy nuqtai nazardan, soliq va soliqdan tashqari tushumlarning o‘sishi uchun
qo‘shimcha zaxiralarni topish va jalb qilish nafaqat mahalliy byudjetlarni to‘ldirish, balki
zamonaviy huquqiy makonni shakllantirish, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun shart-
sharoitlar, turli ijtimoiy yo‘naltirilgan shahar dasturlari va ularni amalga oshirish masalasidir.
Rossiyalik iqtisodchilardan Vlasova
(2015)ning fikriga ko‘ra “Mahalliy byudjetlarning
daromadli salohiyati davlat-xususiy sheriklikni yanada faolroq amalga oshirishni, soliq
imtiyozlarini joriy etish va byurokratik jarayonlarni tezlashtirish va soddalashtirish orqali
biznes yuritishni iloji boricha osonlashtirishni, noishlab chiqarish xarajatlari ulushini
kamaytirishni va ishlab chiqarish xarajatlarini ko‘paytirishni talab qiladi. Natijada mintaqadagi
byudjet siyosati samaradorligining oshishiga olib keladi. Mahalliy byudjetlarning daromad
sa
lohiyatini oshirish bo‘yicha kompleks qaror uzoq muddatli istiqbolda butun mintaqa
iqtisodiyoti uchun kuchli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi”.
Yana bir Rossiyalik iqtisodchi, professor Suxarev (2020) barcha darajadagi byudjet
daromadlari manbalarini tubdan o‘zgartirish, byudjet mexanizmini rag‘batlantirishga
yo‘naltirilgan xarajatlarni samarali faoliyat natijalarni joriy etish tizimini ilgari sur
adi.
Jumladan, Brыzgalin (2002) o‘z tadqiqotlarida soliq tushumlari bilan soliq yuki o‘rtasidagi
bog‘liqlarni tadqiq qilib uning soliq tushumlari prognoziga ta’sirini baholagan bo‘lsa, Panskov
www.e-itt.uz
I SON. 2025
51
va Kыnyazevlar (2003) byudjetni prognoz qilishda soliq tushumlarini prognozlashtirishning
ahamiyatini ko‘rsatib bergan. Xudoyqulov (2019) o‘z tadqiqotlarida ekonometrik usullar orqali
davlat byudjeti jami daromadlarining 2018-
2023 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari
aniqlangan, PhD U.Pardaev davlat byudjeti daromadlarini prognozlash masalalarini tadqiq
etgan, i.f.d. Urmonov (2019) 2018-2020-
yillarga mo‘ljallangan yagona soliq to‘lovining soliq
tushumlari prognoz ko‘rsatkichlarini aniqlagan. Bizni
ng fikrimizcha byudjeti daromadlaridagi
ulushini ortib borishi, soliq to‘lovchilar sonining o‘sishi, soliq imtiyozlari, soliq qarzlari va
ortiqcha (oldindan) to‘lovlar dinamikasidagi o‘zgarishlariga olib keladi. Bundan tashqari davlat
tomonidan soliqlar or
qali tartibga solish raqobatbardoshlikka ta’sir qilish omillaridan biri
bo‘lsada, soliq tizimi korxonalarning raqobatbardoshligiga turli xil yo‘llar bilan ta’sir qiladi.
Soliq solish investitsiya va innovatsion jarayonlarga ta’sir qilish orqali korxonalarn
ing
raqobatbardoshligiga bilvosita ta’sir qiladi.
Tadqiqot metodologiyasi
.
Tahlil jarayonida ma’lumotlarni statistik guruhlash, qiyosiy va trendli tahlil usullaridan
foydalanildi. Maqolada iqtisodchi olimlarning davlat moliya tizimining dolzarb masalalaridan
biri sifatida mahalliy byudjetlar barqarorligini ta’minlashga qaratilgan
ilmiy-nazariy qarashlari
qiyosiy tahlil qilingan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Mamlakatimizda mahalliy budjet daromad va xarajatlar tizimi mahalliy ehtiyojlarni
qondirishni hamda hududlarning iqtisodiy rivojlanishi markazlashgan tartibda bajariladigan
tadbirlarning amalga oshirish bilan bog‘liq holda ijro etishga imkon bermoqda. Maml
akatimiz
Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Barcha biznes toifalari uchun soliq yukini
kamaytirish va qulaylashtirish, shu asosda ishlab chiqarishni va soliqqa tortiladigan bazani
kengaytirish zarur”
(Mirziyоyev, 2018)
. Mahalliy budjetga yangi soliq solish manbalarining
izlab topish, soliqqa tortishning zamonaviy texnologiyalar orqali tezkor tadbiq etish va mavjud
hisoblangan soliqni undirish mexanizmini takomillashtirish boyicha yetarli ishlar amalga
oshirilgan bo‘lsada, lekin mahalliy soliqni undirish muammolarining haqiqiy holati hali to‘liq
tadqiq etilmagan. Shuning uchun mahalliy budjet soliq daromadlari faoliyatini hamda soliqqa
tortish bazasini o‘rganish va tahliliy masalalarni amalga oshirish mazkur mavzuning
dolzarbligini belgilab beradi.
Mahalliy budjetning daromadlarini muctahkamlash borasida mahalliy hukumatning soliq
undirish va soliq bazalarini kengaytirishga bo
‘lgan qiziqishlarini rag‘batlantirishni
takomillashtirish zarurdir.
Fikrlarimizni oddiy tarzda yuritadigan bo
‘lsak, hududlarning s
oliq siyosati va salohiyati,
avvalo tegishli po
g‘
onali budjetga real ravishda yo
‘naltirish mumkin b
o
‘lgan dar
omadlarning
miqdori nazarda tutiladi.
Belgilangan huquqiy tomondan qaralganda soliq siyosati amaldagi budjetga undirilishi
mumkin bo
‘lgan soliq va
y
ig‘imlarning t
o
‘g‘ri his
oblanishi va budjetga undirilishi darajasini
ham bildiradi.
Umumiy
ma’n
oda esa, bu hududlarning rivojlanishining soliq va y
ig‘imlar undirilishining
imkoniyatlari ko
‘rsatkichlarini va hududlarning s
oliqqa tortiladigan resurslarining jami
hajmini ifodalaydi. Ko
‘p h
ollarda soliq siyosati va salohiyati amaldagi qonunchilikka muvofiq
hududlarning soliq daromadlarining mahalliy budjetga tushiriladigan qismi sifatida ham talqin
qilin mumkin.
Mahalliy budjetlarning muhim daromad manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin bo‘lgan
salmoqli miqdordagi yer uchastkalari yer solig‘ini to‘lashdan ozod etildi. Shu munosabat bilan,
soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari uchun imtiyozlarni saqlab qolishning maq
sadga
muvofiqligi, shuningdek, mahalliy budjetlarning yo‘qotilgan soliqli daromadlari uchun davlat
budjetidan to‘lov masalalarni ko‘rib chiqish zarurdir. Jumladan:
www.e-itt.uz
I SON. 2025
52
soliqlarni undirish va boshqarish tizimi samaradorligini oshirish uchun zaxiralarni izlash,
buning uchun yer toʻlovlari hisobidan mahalliy budjetlar daromad manbalarini
shakllantirishda aniqlangan muammoli masalalarning yetarli va samarali tahlillarni amalga
oshirish;
mol-mulkdan foydalanishni tartibga solish usuli sifatida yer uchastkalarini ijaraga berish
tartiblarini yoki ijaraga berilgan yer uchastkalarini inventarizatsiya qilish;
yer uchastkalari soliqqa tortish va hududiy hokimlklar o‘rtasida undirish, hisob
-kitob
bazasini shakllantirish, yerlarni hisoblash va to‘lashni nazorat qilish vakolatini o‘z
-
o‘zini
bosharish organlariga berish orqali munosabatlarni tartibga solish;
soliq to‘lovlarini o‘z vaqtida va muammoli soliq munosabatlarini hal qilish.
Mahalliy budjetning daromadlarini mustahkamlash hozirgi budjet islohatlarining asosiy
yo‘nalishi hisoblanmoqda. Bu borada aylanmadan olinadigan soliq, mol
-
mulk solig‘i, yer solig‘i
va tabiiy resurslarni soliqqa tortish asosiy rol o‘ynaydi. Keyingi samarali
manba bo‘lib,
mahallabay tizimi orqali yangi soliq solish obyektlarini aniqlash muxum tizim hisoblanadi.
Prezidentmiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilda makroiqtisodiy barqarorlik va
iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor
yig‘ilishida soliq tizimi va soliqchilar faoliyati qayta ko‘rib chiqish vazifasi qo‘yi
ldi.
Mamlakatimizda soliq tizimi tashkiliy tuzilmasi isloh qilinadigan bo‘ldi (1
-rasmga qarang).
1-rasm. Mahalliy budjet daromadlarini takomillashtirish yuzasidan
yangi soliq tizimi tuzilmasi
Manba:
Yangi s
о
liq tizimi tuzilmasining muallif t
о
m
о
nidan ishlanmasi.
Bunda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 40 mingta budjet tashkiloti bilan ishlash
vazifasi tumanlardan
O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat Soliq
Mahalliy budjet daromadlarini takomillashtirish yuzasidan yangi s
о
liq tizimi
tuzilmasi
Mazkur tuzilma hududlarda q
о‘shimсha 200 nafar sо
liq h
оdimlarini “Mahallaba
y
”
ishlash tizimiga
о‘tkazish
orqali yangi soliq solish bazalarini aniqlash va
hisoblangan soliqlarni undirish imkonini beradi.
Budjet tashkil
о
tlari
inspeksiyasi
S
о
liq qarzini undirish
inspeksiyasi
Yirik s
о
liq t
о‘lо
v
с
hilar
inspeksiyasi
Budjet tashkil
о
ti bilan
ishlash tizimi
S
о
liq qarzini undirish
tizimi
Yirik s
о
liq t
о‘lо
v
с
hilar
tizimi
Raqamlashtirilgan
h
о
lda
gʻaznaсhilik
elektr
о
n tizimiga
integratsiyalash
Yirik s
о
liq
t
о‘lо
v
с
hilarning s
о
liq
to‘lovlarini nazorat
qilish
Majburiy ijr
о
byur
о
si
vak
о
latlarini berish
www.e-itt.uz
I SON. 2025
53
Qo
‘mitasida
yangi tashkil qilinadigan budjet tashkilotlari inspeksiyasiga o
‘tkaziladi va
inspeksiya to
‘liq raqamlashtirilgan h
o
lda Gʻaznachilik elektr
on tizimiga integratsiya qilinadi.
Soliq qarzdorligi bilan ishlash bo
‘
yicha ham
O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi Davlat Soliq Qo
‘mitasi q
oshida soliq qarzini undirish inspeksiyasi tashkil etiladi va
unga Majburiy ijro byurosida mavjud vakolatlar beriladi. Bu bilan hududlarda qo
‘shimcha 200
nafar soliq ho
dimlarini “Mahallaba
y
” ishlash tizimiga
o
‘tkazish imk
oni bo
‘ladi.
Mamlakatimizda soliq tushumining 50 foizini beradigan 80 ta eng yirik korxona va 35 ta
tijorat banki bilan ishlaydigan alohida tizim tashkil etiladi va bu bilan yirik soliq to
‘l
ovchilar
inspeksiya tarkibida yangi tuzilma tashkil etiladi. Ushbu tuzilma
O‘zbekiston
Respublikasi
Iqtisodiyot va Moliya vazirligi bilan bevosita ishlashi belgilandi.
Yangi tashkil etiladigan soliq tizimi vazifa nuqtai nazaridan davlat budjet va mahalliy
budjet daromadlarini oshirishga xizmat qiladi.
Iqtisodchi olim Xayriddinovning (2011)
fikricha, “Har bir mahalli
y
ma’muri
y hududdagi
soliq tizimi tomonidan undirilishi lozim bo
‘lgan umumdavlat solig‘i b
o
‘
yicha soliq
summalarining ma’lum bir qismini bev
osita mahalliy budjetning ixtiyorlariga biriktirilgan
daromadlar ko
‘rinishida qat’i
y hissada va doimiy asosda qoldirilishi oldindan belgilanib
qo
‘
yilishi kerakligini, bunda, asosiy
e’tib
or daromadlarni budjet tizimi bo
‘g‘inlari
o
‘rtasida
qayta taqsimlashning asosiy kombinatsion variantlaridan biri bo
‘lgan me’
yoriy ajratmalar
tizimini takomillashtirishga qaratilishi, shuningdek, bozor iqtisodiyotining talablaridan kelib
chiqqan holda, mahalliy budjet daromad bazalari barqaro
rligini ta’minlashda ularning
biriktirilgan daromadlariga ustuvorlik berish maqsadga muvo
fiqligini” ta’kidla
ydi
(
Xayriddinоv
, 2011).
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar, mahalliy boshqaruv organlarining
vakolatlarini kengaytirilishi natij
asida ularga ma’muri
y hududning ijtimoiy - iqtisodiy
barqaro
rligini ta’minlash vazifasi
yuklatildi. Amaldagi qonunchilikka asosan hududlar reja
ko
‘rsatkichlarini belgilangan muddatlarda ba
j
arishlari uchun ma’lum m
oliyaviy baza talab
qilinadi. Ushbu bazaning asosi mahalliy budjet hisoblanadi.
O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 65-mo
ddasida “B
ozor munosabatlarini
rivojlantirishga qaratilgan
O‘zbekiston
iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakldagi mulk
tashkil etadi. Davlat iste’m
olchilarning huquqiy ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat
tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi, barcha mulk shakllarining teng huquqiyligini va
huquqiy jihatdan barobar muhofaza etilishi kafolatlay
di”
deb belgilab qo
‘
yilgan.
Davlat xususiy mulkni soliqqa tortish orqali jismoniy va yuridik shaxslarga qarashli
bo
‘lgan mulkning q
onuniyligini hamda ularning harakatini nazorat qiladi. Bu esa jamiyatdagi
barcha mol-mulkning hisob-kitobini to
‘g‘ri
yuritish va ulardan belgilangan miqdorlarda soliq
undirib borish mexanizmini takomillashtirishni taqozo etadi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida raqobat bozorining j
adal sur’atlar bilan riv
ojlanib
borishi hamda narxlarning keskin o
‘zgarishi bev
osita mol-mulklarning tarkibiy qismi bo
‘lgan
asosiy vositalar qiymatiga ham o
‘z ta’sirini
o
‘tkazmasdan q
o
‘
ymaydi. Bu holatni esa davlat faqat
korxona miqyosida emas, balki jamiyat miqyosida ham to
‘g‘ri va aniq his
obi yuritilishini talab
etadi. Mol-mulk qiymatini qayta baholash natijalarini esa ularni soliqqa tortishda ham inobatga
olish zaruriyatini belgilaydi. Mol-mulk so
lig‘ining i
jtimoiy-iqtisodiy mohiyati davlat budjetining
shakllanishi va uning daromadlarini oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat
fuqarolar mol-mulkining ko
‘pa
yishidan bevosita manfaatdor bo
‘lganligi sababli, ularga tegishli
bo
‘lgan mulklar daxlsizligini ta’minlashni
o
‘z zimmasiga
olib, qonuniyligini kafolatlaydi. yuridik
va jismoniy shaxslar esa o
‘z m
ol-
mulklarining daxlsizligi ta’minlanganligi evaziga
o
‘zlariga
tegishli bo
‘lgan m
ol-mulklaridan davlatga belgilangan tartib va miqdorlarda soliq to
‘la
ydilar.
To
‘langan soliq mahalli
y hokimiyatlar tomonidan aholini ijtimoiy himoyalash, ularning
turmush darajasini yaxshilash kabi tadbirlarni moliyalashtirishga yo
‘naltiriladi.
1
О‘zbekistоn
Respublikasi K
о
nstitutsiyasining 65-m
о
ddasi.
www.e-itt.uz
I SON. 2025
54
Hozirgi davlat budjeti uning butun hilma-hil vazifalarini aks ettiradigan murakkab, ko
‘p
ko
‘rinishli hu
jjat hisoblanadi. Avvalo budjetda davlatlar xarajatlari va daromadlari tartibi o
‘z
aksini topadi. Xarajatlar budjet instrumentlarining sarflanish yo
‘nalishlari va maqsadlarini
ko
‘rsatadi.
Mahalliy budjetning daromad qismini shakllantirish ko
‘pgina muamm
olarga ega bo
‘lib,
ularni xal etish ko
‘p
jixatdan soliq tizimi va siyosatiga bo
g‘liqdir. S
oliqqa oid qonunlarga tez-tez
tuzatishlar kiritish ko
‘pincha k
orxonalarning moliyaviy axvolini o
g‘irlashtirib, ishlab chiqarish
jarayoniga salbiy
ta’sir k
o
‘rsatadi va uni
izdan chiqaradi. Mahalliy soliq to
‘l
ovchilarga o
‘z
faoliyatining moliyaviy natijalarini prognozlash imkonini beradigan tusdagi qonunlar,
aksincha, ishlab chiqarishning barqaror bo
‘lishiga, investisi
ya faoliyatini rivojlantirishga imkon
beradi. Shuning uchun budjet daromadlari soxasidagi siyosat asosiga soliq siyosatini oldindan
taxmin qilish, uning davomiyligi qoidasi qo
‘
yilishi kerak. Bu esa soliq tizimiga uning negizlarini
buzmaydigan va uni takomillashtirishga yo
‘naltirilgan
o
‘zgartirishlarni kiritish mumkinligini
istisno etmaydi. Yalpi milliy daromadni qayta taqsimlash, mamlakatda yangidan yaratilgan
qiymatning tegishli qismini davlat ixtiyoriga olish, davlat barcha daromadlarining umumiy
moddiy asosi hisoblanadi.
O‘zbekiston
da budjetlararo munosabatlarni isloh qilishda
O‘zbekiston
Respublikasi
Iqtisodiyot va Moliya vazirligi markaziy apparati boshqaruv xodimlaridan budjet inspektorlari
lavozimlari joriy etildi va ularning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi (
Qarоr, 2017)
:
mahalliy budjet parametrlarining budjet to
‘g‘risidagi q
onun hujjatlari, belgilangan
normativlar hamda mazkur qaror asosida shakllantirilishi va ijro etilishini monitoring qilish;
budjet tashkilotlari va budj
et mablag‘lari
oluvchilarning xarajatlar smetasi, shtatlar
jadvalini sifatli tuzilishi hamda uning ijrosi bo
‘
yicha nazo
ratni ta’minlash;
mahalliy budjetda ay
lanma kassa mablag‘larining saqlanishi, dar
omadlar prognozining
oshirib bajarilishi va erkin qo
ldiq mablag‘lari miqd
orlarining to
‘g‘ri aniqlanishi ustidan
monitoring olib borish;
mahalliy budjet ijrosi to
‘g‘risidagi m
oliyaviy hisobotlar normativ-huquqiy hujjatlarda
belgilangan tartib va muddatlarda xalq deputatlari Kengashi va yuqori moliya organiga taqdim
etilishini ta’minlash;
mahalliy budjet hisobidan budjet tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan davlat
xaridlarining, shu j
umladan, e’l
onlar berish muddatlari belgilanishi hamda to
‘g‘ridan
-to
‘g‘ri
shartnomalar tuzilishi maqsadga muvofiqligini nazorat qilish zarurdir.
Hududiy mahallalar tomonidan jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk so
lig‘i va
yer
so
lig‘ini ah
olining soliq to
‘lash sav
odxonligini oshirish orqali undirishga ko
‘maklashish va har
bir mahalla o
‘zining muamm
osini mustaqil hal etishi uchun 2023-yil 1-yanvardan boshlab
soliqni undirish ko
‘rsatkichi past b
o
‘lgan tumanlarda “Mahalla bud
j
eti” tizimi
joriy etildi (
Qarоr,
2017). Bundan maqsad mahalladan tushgan jismoniy yer va mol-
mulk solig‘ining 10 f
oizi
“Mahalla bud
j
eti”ga q
oldirishi belgilandi. Tartibga soluvchi soliq har yili turli darajadagi budjet
o
‘rtasida taqchillikni q
oplash maqsadida qayta taqsimlanadi.
Mahalliy soliq va y
ig‘imlar t
o
‘g‘risidagi q
onunchilikning farqli xususiyati shundaki,
Qoraqalpo
g‘ist
on Respublikasiga o
‘z mahalli
y
solig‘i va
y
ig‘imlarini belgilash huquqi berilgan.
Davlat mahalliy soliqni davlat budjetini shakllantirish uchun amalga kiritadi, soliq birorta
aniq xarajatni qoplash maqsadiga ega emas, bu ayrim turdagi daromadlardan tushadigan
tushumlardan amalga oshiriladigan xarajatlar ularga bo
g‘liq b
o
‘lib q
olishining oldini olish
zarurati bilan asoslangan. Ammo, bir qancha hollarda umumiy soliq bilan birga, maqsadli soliq
ham belgilanadi, ularning amalga kiritilishi iqtisodiy faoliyatda ijobiy holat hisoblanadi.
Mahalliy soliq tizimi respublika budjet tizimining tarkibiy qismi bo
‘lib, davlat undiradigan
soliq va y
ig‘imlarning,
shuningdek ularni undirish shakl va usullarining majmuidir. U davlat
xarajatlarining katta qismini moliyaviy
resurslar bilan ta’minlash va takr
or ishlab chiqarish
jarayoniga va ijtimoiy munosabatlar so
xasiga ta’sir k
o
‘rsatishning iqtis
odiy usullarini amalga
oshirish uchun foydalaniladi.
www.e-itt.uz
I SON. 2025
55
Mahalliy soliq tizimining tarkibi jamiyatning barcha ijtimoiy qatlamlarini, eng avvalo
ijtimoiy jihatdan eng nochor tabaqalar manfaatlariga tushuvchi hamda respublika aholisining
turmush darajasida zarur muvozanatni
ta’minlashni k
o
‘zda tutadi. Mahalli
y soliq tizimini isloh
qilish nafaqat davlat budjetining ehtiyojlarini qondirish uchun, balki yaqin istiqbolda
budjetning hayotiy qobiliyatini yaxshilash maqsadida davlat daromadlari elastikligini oshirish
uchun ham zarurdir. Shuningdek, mahalliy budjet daromadlarining y
ig‘imlarning ham
o
‘rni
beqiyosdir.
Soliq kodeksining 17-moddasiga asosan chet davlatlar avtotransport vositalarining
O‘zbekiston
Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun, yuk
ko
‘tarish quvvati 10 t
onnadan yuqori bo
‘lgan
yuk avtotransporti vositalari va tirkamalarining
avtomobil yo
‘llari b
o
‘
ylab harakatlanishi huquqi uchun hamda alkogol mahsulotlarini
realizatsiya qilish huquqi uchun y
ig‘imlarni
(Kodeks, 2020) hisoblab chiqarish va to
‘lash bilan
tartibga solinadi.
Yuridik shaxslarning alohida bo
‘linmalari mazkur shaxslarning soliq va
y
ig‘imlarni t
o
‘lash
bo
‘
yicha majburiyatlarini soliq kodeksda nazarda tutilgan hollarda va tartibda ushbu alohida
bo
‘linmalar
joylashgan yeri bo
‘
yicha bajaradi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlardan soliqlarni undirish mexanizmida faqat hisobvaraq
fakturalar asosida va bank hisob raqamlari orqali amalga oshirilsa, bank hisobraqamlari
mavjud bo‘lmagan jismoniy shaxslar tomonidan esa naqd pul shaklda yoki plastik kartal
ar
orqali mobil ilovalardan foydalangan hoda to‘lov qilish imkoniyatlari mavjud.
Bu jarayonda
aksariyat hollarda jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlarga e’tibor qaratish lozim bo‘ladi.
Shuningdek, soliq to‘lovchi jismoniy va yuridik shaxslarga soliq ma’muriyatchiligini
takomilashtirish yuzasidan imkoniyatlarni berish orqali soliq to‘lovchilar tomonidan soliq
majburiyatlarini to‘lov mexanizmlari orqali undirish imkoniyati bo‘la turib, to‘lovlarni vaqtida
bajarishga sharoit yaratilmas ekan, soliq to‘lov
chilarda boqimanda kayfiyati saqlanib
qolaveradi.
Mahalliy soliqlarni undirish mexanizmi soliq to‘lovchilarni pog‘onalarga ajratish muhim
ahamiyat kasb etadi. Bu esa mahalliy budjet daromadlarini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Mahalliy budjet daromadlari hisoblangan mahalliy soliq va yig‘imlarni undirilishiga ta’sir
qiluvchi omillar asosan yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan soliq va yig‘imlar
bo‘yicha yig‘iluvchanlik darajasi pasayishiga olib keladi. Oqibatda davlat o‘zining majburiyatini
o‘z vaqtida bajara olmasligiga olib keladi. Umumiy qilib aytganda, mahalliy soliq to‘lovchilar
tomonidan to‘lanmagan mablag‘lar hududning iqtisodiy ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi va soliqlarni undirishda zamonaviy axborotl
ar bazasidan foydalanishga undaydi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni soliq majburiyatlarini bajarish jarayonida mahalliy soliq
va yig‘imlarni omillar ta’siri natijasida undirish imkoni bo‘lmaganda, soliq qarzdorligi yuzaga
kelish havfi tug‘iladi. Bunda mahalliy soliq va yig‘imlar hisobiga vu
judga kelgan soliq
qarzdorligi soliq to‘lovchilarning to‘lov qobiliyatini pasayishiga olib keladi.
Quyidagi 2-
rasmda mahalliy budjet soliqli daromadlarini undirishga ta’sir qiluvchi
omillar malakalangan.
www.e-itt.uz
I SON. 2025
56
2-
rasm. Mahalliy budjet soliqli daromadlarini undirishga ta’sir qiluvchi omillar
Manba:
muallif ishlanmasi.
Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda mahalliy budjet tizimi bo‘yicha amalga oshirilgan
tadqiqotlar juda kam. Amalga oshirilgan tadqiqotlar aksariyati biriktirilgan soliq turlariga
bog‘liq bo‘lib, ularda funksiyalar, shakllar, usullar, elementlar, obyekt va subyektlarga
tizimli
yondashuvlar kam miqdorni tashkil etadi.
Har bir hududni o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun moliyaviy resurslar bilan
ta’minlash soliqlar va budjetlararo transfertlarni taqsimlash jarayonida iqtisodiy munosabatlar
amalga oshiriladi. Bunda hududlarning daromadlarini tenglashtirish uchun moliyaviy
resurslarni ajratiladi.
Soliqlarni budjet tizimi darajalari bo‘yicha taqsimlashi zaruriy shartlari mahalliy
soliqlarning davlat soliqlariga nisbatan ahamiyatlidir. Mahalliy soliqlar davlat xizmatlarida
imtiyozlar tamoyilining ustuvorligi asoslandi. Bunda mahalliy hokimiyat organlari mahalla
aholisi manfaatlarini ko‘zlab rezidentlar hisobidan tushadigan daromadlar miqdoridan
moliyalashtirilish zarurdir.
Mahalliy hokimiyat organlar uchun mahalliy budjet daromadlarini shakllantirish
vositalari sifatida mahalliy soliq tushumlari barqaror bo‘lishi kerak.
Mahalliy daromadlarni shakllantirishda soliqlar yuqori roli bilan ajralib turishi ma’lum.
Mamlakatimizda mahalliy soliqlarni shakllantirish amaliyoti mahalliy soliqqa tortish
sohasidagi nazariy ishlanmalarga ko‘p jihatdan zid keladi.
Soliq qonunchiligining mahalliy soliq hisoblangan mol-
mulk solig‘i bilan bog‘liq
muammolari ham amaliyot ko‘p uchraydi. Bunday maommolarga, birinchi navbatda, ommaviy
baholashni hal qilinmagan masalalari, yer va mol-
mulklarga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatga o
lish,
mulk solig‘ini boshqarish tizimidagi nuqson va ularning to‘lanishini nazorat qilish tizimi
Mahalliy budjet soliqli
daromadlarini undirishga ta’sir
qiluvchi omillar
Soliq undirilishida soliq to‘lash
madaniyati shakillanmaslik
holati
Yuridik va jismoniy shaxslarni
faoliyat turlarini rivojlanmaslik
holati
Iqtisodiy ko‘rsatkichlarni
pasayishi holati
Daromadlarning pasayish holati
Tuzilgan shartnomalar-ni
ma’lum sabablarga ko‘ra bekor
bo‘lish holati
Soliq imtiyozlarini qo‘llash
Moliyaviy chora-tadbirlarni
ishlab chiqish
Hududlar kesimida soliq
solish tizimini joriy etish
Moliyaviy resurslardan
samarali foydalanish
Shartnoma shartlari
buzilmaslik holati bo‘yicha
dasturlar ishlab chiqish
www.e-itt.uz
I SON. 2025
57
takomillashtirish zarur. Binobarin, mahalliy hokimiyat organlari tomonidan inventarizatsiya
o‘tkazish va mulk registrlarini joriy qilishni qamrab olishi kerak.
Bu holatda asosiy muammo, shubhasiz, mulkni ro‘yxatga olishda protsessual jihatdan
hujjat ishlari murakkab va vaqt talab qiluvchi va moliyaviy mexanizmidir.
Soliq solinadigan bazani aniqlash davlat tashkilotlari xizmatlarining asossiz yuqori narxi
va ularning xodimlari sonini etarli emasligi asosiy mammo hisoblanadi.
Mol-
mulkni ro‘yxatga olish xizmatlarini ko‘rsatadigan va ko‘pincha muayyan davlat
muassasalari hududida joylashgan tijorat tuzilmalarining shakllanishini hisobga olsak, bu
cheklovlar xususiy firmalarning xizmatlariga talabni oshirishga qaratilgan chora-tadbir deb
hisoblash mumkin.
Yuridik va jismoniy shaxslarning mol-
mulk solig‘i to‘g‘risidagi qonun bilan belgilangan
soliq stavkalari bugungi kunda bozor iqtisodiyoti mezonlariga javob bermaydi.
Ushbu bosqichdagi muammo amaldagi qonunchilikka muvofiq soliqqa tortilmaydigan
ko‘plab tugallanmagan qurilish obyektlarining mavjudligidir.
Asosiy muammo shundaki, soliq xizmatida budjetga tushmaydigan va shunga mos
ravishda uning hisoboti predmeti bo‘lmagan soliqlarni yig‘ish bo‘yicha harakatlarni amalga
oshirishga undamaydi.
Soliq organlari soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalangan budjet oldidagi qarzlarini faqat
umumdavlat soliqlari orqali qoplashga intiladi. Bundan tashqari, hozirgi vaqtda soliq organlari
mahalliy soliqlarni undirish nuqtai nazaridan moliyaviy jihatdan mustahkamlanmagan.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, mahalliy budjetlarni daromadlarini ta’minlash
masalalariga yechim izlash zarurdir. Ularni hal qilishning mumkin bo‘lgan usullaridan biri
mahalliy soliqlar va yig‘imlarni belgilash tamoyillarini o‘rganish zarurat hisoblanadi
.
Mahalliy budjetlarga subsidiyalarni qisqartirishning yana bir yo‘nalishi subsidiyalash
mexanizmi o‘rniga tartibga soluvchi soliqlar bo‘yicha tabaqalashtirilgan standartlardan eng
keng foydalanish hisoblanadi.
Mamlakatimizda yer va mol-
mulk solig‘ini undirishning amaldagi tartibi hududiy
hokimiyat organlari va ma’sul idoralarining axborot tizimlari o‘rtasidagi idoralararo
axborotlarga bo‘g‘lash zarur deb hisoblaymiz.
Shunda, axborotning o‘zaro ta’siri mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha asosiy taklif
shundan iboratki, to‘lanmay qolgan soliqlarni zamonaviy axborot texnologiyalari orqali
hududiy xokimlik idoralari bilan integratsiya qilish zarurdir.
Ushbu texnologiyalar orqali quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lgan ma’lumotlarni almashish
imkoniyati ochiladi:
o‘zaro soliq tizimiga oid aloqaning har bir ishtirokchisi reestrning to‘liq yuritish;
soliq tushumlarini hamkorlikda undirish bo‘yicha ishlar amalga oshirish;
soliq va hokimlik organlari bilan soliq masalasi bo‘yicha ma’lumot almashishni yo‘lga
qo‘yiladi va bu bilan soliq tizimining barqaror ishlashi ta’minlanadi.
Xulosa va takliflar.
Mahalliy budjet daromadlarini takomillashtirish mahalliy soliqning yig‘iluvchanlik
darajasini yanada oshirish va bunda mahalliy davlat xokimiyati organlari tomonidan nazorat
qilish, rag‘batlantirish va tabaqalashtirilgan soliq stavkalari joriy qilish kabi
aniq chora-
tadbirlar kabi rejasi ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq.
Hududlarning mahalliy soliq va yig‘imlarni undirish mexanizmi bo‘yicha baholash
tizimini joriy qilish va mahalliy soliqni undirilishida
hududiy soliq va o‘z
-
o‘zini boshqarish
organlari hamkorlikda ish olib borishi hududlardagi soliq tushumlarini ortishiga xizmat qiladi.
Adabiyotlar
/ Литература
/ Reference
:
Kodeks (2020)
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi
-
Toshkent: G‘afur G‘ulom nashriyot
uyi. - 640 b.
www.e-itt.uz
I SON. 2025
58
Mirzi
yоyev Sh.M. (2018) “Xalqimizning rо
ziligi bizning fa
о
liyatimizga berilgan eng
о
liy
bax
оdir”.
-
T: “О‘zbekistоn”,
-123 bet.
Qarоr (2017) О‘zbekistоn Respublikasi Prezidentining 2017
-yil 7-iyundagi PQ-3042-
sоnli
“Mahalliy davlat hоkimiyati оrganlarining budjet vakоlatlarini kengaytirish va mahalliy budjet
darоmadlarini shakllantirishdagi mas’uliyatini оshirish tо‘g‘risida”gi Qarоri.
Qarоr (2022) Оʻzbekistоn Respublikasi Prezidentining 2022
-yil 26-
dekabrdagi “Mahalla
budjeti” tizimini jоriy etish оrqali mahallalarning mоliyaviy imkоniyatini yanada kеngaytirish
bо‘yiсha qо‘shimсha сhоra
-
tadbirlar tо‘g‘risida”gi PQ
-458-
sоn Qarоri.
Xayriddinоv A.B. (2011) “Mahalliy budjet darоmad bazalarining barqarоrligini ta’minlash
yо‘llari”. I.f.n. ilmiy darajasini оlish uсhun tayyоrlangan diss. avtоreferati. –
T.: b. 13.
Брызгалин А.В. (2002) «Налоговая оптимизация: принципы, методы, рекомендации».
–М.: С.54.
Власова Ю.А., Абрамова А.И. (2015) Проблемы укрепления доходного потенциала
региональных бюджетов в россии на примере калужской области//Креативная
экономика. Т. 9. № 10. С. 1255
-1276.
Пансков В., Кынязев В. (2003) «Налоги и налогооблажение». Учебник. ˗М.: МЦФЭР. С.61
Пинская М.Р. (2004) Основы теорииналогов и налогообложения / Под научн. ред.д.э.н.,
проф. В.С. Барда: Монография. –
М.: Издательство «Палеотип»,. –
77-
78 с.
Сухарев О.С. (2020) Инвестиции в трансакционный сектор и в финансовые активы:
влияние на экономический рост. Финансы: теория и практика. 24(3):60–
80. DOI:
Урмонов Ж. (2019) Иқтисодиёт фанлари доктори (DcS) илмий даражасини олиш
учун ёзилган диссертацияси. http://diss.natlib.uz. 2019 йил. Б. 27, 218
-220, 225-230.
Худойқулов С.К. (2019) Солиқ тушумларини прогноз қилиш методологиясини
такомиллаштириш. Иқтисодиёт фанлари доктори (DcS) илмий даражасини олиш учун
ёзилган диссертацияси автореферати. Б. 14
-16; 20-21; 28-29.,
Хўжақулов Рамшид Юнусовичнинг “Бюджет даромадларининг шакллантиришда
тўғри солиқларнинг аҳамиятини ошириш” (phd) илмий даражасини олиш учун ёзилган
дисс. автореферати. –
Тошкент, 2023.
