www.e-itt.uz
I SON. 2025
119
IKKIYOQLAMA SOLIQQA TORTISH MUNOSABATLARIDA SOLIQDAN QOCHISHNI
OLDINI OLISHNING XALQARO XUSUSIYATLARI
PhD
Axmedov Feruz Baxodirovich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi
“O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy
asoslari va muammolari” ilmiy tadqiqot markazi
ORCID: 0009-0001-0130-8766
Annotatsiya.
Mazkur
maqolada respublikamizda so‘nggi yillarda mamlakatda soliq va
moliya sohalarida tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish,
investitsiya muhitini yaxshilash hamda biznes doiralarining ishonchini yanada mustahkamlashga
qaratilga
n keng ko‘lamli islohotlar yoritilgan. Shu bilan birga, iqtisodiyotda yashirin aylanma
savdo va umumiy ovqatlanish, avtotransportda tashish, uy-
joy qurilishi va ta’mirlash, turarjoy
xizmatlarini ko‘rsatish kabi sohalar o‘rganilib, xorij tajribasi, mamlakatimizda uni qo‘llash
bo‘yicha ilmiy
-amaliy xulosa va takliflar shakllantirilgan.
Kalit so‘zlar:
soliq tushumlari, risk tahlili, xavflar, samaradorlik, raqamli platforma, usullar
va vositalar, ilg‘or axborot
-kommunikasiya texnologiyalari, tahlil, optimallashtirish, soliq
imtiyozlari, soliq stavkasi.
МЕЖДУНАРОДНЫЕ ОСОБЕННОСТИ ПРЕДОТВРАЩЕНИЯ УКЛОНЕНИЯ ОТ УПЛАТЫ
НАЛОГОВ В ОТНОШЕНИЯХ ИЗБЕЖАНИЯ ДВОЙНОГО НАЛОГООБЛОЖЕНИЯ
PhD
Ахмедов Феруз Баходирович
Научно
-
исследовательский центр «Научные основы и
проблемы развития экономики Узбекистана» при
Ташкентском государственном экономическом университете
Аннотaция
.
В данной статье описаны широкомасштабные реформы,
направленные на создание благоприятных условий для ведения предпринимательской
деятельности в налоговой и финансовой сферах, улучшение инвестиционного климата и
дальнейшее укрепление доверия деловых кругов к нашей республике за последние годы. При
этом были изучены такие направления, как подпольная торговля и общепит, перевозки
автотранспортом, жилищное строительство и ремонт, оказание бытовых услуг,
сформированы научно
-
практические выводы и предложения по зарубежному опыту и его
применению в нашей стране.
Ключевые слова:
налоговые поступления, анализ
риски, эффективность, цифровая
платформа, методы и инструменты, передовые информaцонно
-
коммуникaцонные
технологии, оптимизaция, налоговые льготы, налоговая ставка.
UOʻK:
336.225.6
119-128
www.e-itt.uz
I SON. 2025
120
INTERNATIONAL FEATURES OF PREVENTING TAX EVASION IN
DOUBLE TAXATION RELATIONS
PhD
Akhmedov Feruz Bakhodirovich
Scientific Research Center "Scientific Foundations and
Problems of the Development of the Economy of Uzbekistan"
under Tashkent State University of Economics
Abstract.
This article describes large-scale reforms aimed at creating favorable conditions
for doing business in the tax and financial sectors, improving the investment climate, and further
strengthening the confidence of business circles in our republic in recent years. At the same time,
such areas as underground trade and public catering, road transport, housing construction and
repair, and the provision of personal services were studied, and scientific and practical conclusions
and proposals were formed on foreign experience and its application in our country.
Keywords:
tax revenues, risks analysis, efficiency, digital platform, methods and tools,
advanced information and communication technologies, analysis, optimization, tax incentives, tax
rate.
Kirish.
Soliqdan qochish holatlar dunyo mamlakatlarining iqtisodiyotiga katta salbiy ta’sir
etmoqda, buning oldini olish maqsadida xufyona iqtisodiyotni qisqartirishga katta urg‘u berib
kelinmoqda, ammo, moliyaviy
oqimlarning notekis harakatida soliq to‘lashdan qochishning
turli xil yo‘llarini izlash va undan soliq to‘lovchilar o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanish holatlari
tez-tez uchramoqda. Bunday tendensiyalarning saqlanib qolinayotganligi yirik moliyaviy
institutlar va ilmiy marqazlarda hamda deyarli barcha davlatlarda bunga qarshi kurash
bo‘yicha metodologik asoslarni ishlab chiqish borasida qator vazifalar ko‘ymoqda.
Nobarqaror iqtisodiy tizimlar sharoitida soliqdan qochish holatlari kuchayib boradi,
iqtisodiy qonunchilikning zaifligi esa bu jarayonni yanada oshiradi, provardida jahon moliya
tizimida nomutanosibliklarni keltirib chiqaradi. Soliqdan qochish holatlarini keltirib
chiqaruvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yo‘llarini aniqlash, yashirin
iqtisodiyotni kamaytirish orqali soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash jarayonlarining oldini olish
uning metodologik asoslarini yanada takomillashtirishni taqozo etadi, bu esa, yirik ilmiy
tadqiqot markazlarida soliq to‘lashdan qochish xavflarini baholashning metodoligik jihatlari
bilan ilmiy tadqiqot ishlarini kuchaytirishni taqozo etmoqda.
Adabiyotlar sharhi.
Shumpeter (2007) ikki turga bo‘linishni taklif qiladi: ishlab chiqarishda mumkin bo‘lgan
texnik nosozlik bilan bog‘liq xavf va tijorat muvaffaqiyatining yetishmasligi bilan bog‘liq xavf.
Pokrovskiy (2011) ko‘rib chiqish uchun xavfning tarkibiy xususiyatlarini taklif qiladi:
xavf, xavfga moyillik, xavfga sezgirlik (zaiflik), boshqa xavf-
xatarlar bilan o‘zaro ta’sir qilish,
xavf haqida mavjud ma’lumotlar, xavf miqdori, xavf bilan bog‘liq xarajatlar (xarajatlar), o‘ziga
xoslik xavflar.
Shvesiyalik iqtisodchi olim Becker (2004) tomonidan xufiyona iqtisodiyotning o‘ziga
xosligi, norasmiy iqtisodiyot
–
bozor iqtisodiyotining nazorat qilib bo‘lmaydigan qismi ekanligi
ta’kidlanib, qaysiki ular rag‘batlantirishning boshqa shakllariga asosan to
varlar ishlab
chiqarishlari va xizmatlar ko‘rsatishlarini ma’lum qilgan .
Aronov, Kashinlar (2007
) o‘zining tadqiqotida esa, soliqlar va boshqa majburiy
to‘lovlarning xorij va Rossiya Federatsiyasida undirish mexanizmini o‘rgangan holda soliq
to‘lashdan bosh tortgan soliq to‘lovchilar bilan ishlash siyosati, ularning huquq va
majburiyatlari, kelgusida
har bir soliq to‘lovchi o‘z xohishi bilan soliq to‘lash majburiyati
bo‘yicha amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishgan hamda ushbu tavsiyalarni soliq va boshqa
www.e-itt.uz
I SON. 2025
121
majburiy to‘lovlarni undirish sohasida qo‘llab uni isbotlashgan va bir qator amaliy choralarni
amalga oshirishgan.
Lekin, Jalonkinani (2012) fikrlaridan butunlay boshqacha taklif bilan Toshmatov
“Korxonalarni rivojlantirishda soliqlarning roli to‘g‘risida”gi kitobida soliqlar va boshqa
majburiy to‘lovlarni xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini rag‘batlantirish ham
da ularning
debitor va kreditor qarzlarini qisqartirish va ularni faolligini oshirish orqali undirish
mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar bergan.
Andreeva (2017) tomonidan soliq to‘lovchilar tomonidan soliq intizomiga rioya
qilinmaslik sabablari tadqiq qilingan, soliqqa oid bilimlarni oshirishga oid usullari tahlil qilinib,
soliq to‘lovchilarga davlat hamkori sifatida xizmatni takomillashtirish usul
lari taklif qilingan.
Kuznesovning (2016) fikriga ko‘ra, soliq to‘lovchi davlatning hamkori, buni soliq
organlari xodimlari tomonidan tushunib yetmasdan, huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining
soliq savodxonligi va madaniyatini oshirib bo‘lmacligi, Kalacheva tomonidan soliqqa
oid
huquqbuzarlikka qarshi kurashish orqali aholining soliq madaniyatini oshirish yuzasidan
tadqiqot olib borib, soliq madaniyatini oshirishga to‘siq bo‘layotgan omillar va asosiy
muammolar tadqiq etilgan.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tahlil jarayonida ma’lumotlarni statistik guruhlash, qiyosiy va trendli tahlil usullaridan
foydalanildi. Maqolada iqtisodchi olimlarning davlat moliya tizimining dolzarb masalalaridan
biri sifatida soliq siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirishning strategik va taktik
yo‘nalishlari bilan bog‘liq ilmiy tadqiqot usullaridan keng foydalanilib tahlil qilingan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida ikki tomonlama soliqqa tortishga yo‘l qo‘ymaslik,
daromadlar va kapitalga soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashni oldini olish to‘g‘risida 55 ta shartnoma
amal qilmoqda.
Ikki tomonlama soliqqa tortishni oldini olish va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashga yo‘l
qo‘ymaslik sohasidagi xalqaro shartnomalardan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi
da bilvosita
soliqlarni undirish, soliq qonunchiligiga rioya qilgan holda hamkorlik qilish, huquqbuzarliklarga
qarshi kurashishda o‘zaro yordam ko‘rsatish tamoyillari bo‘yicha ikki tomonlama xalqaro soliq
shartnomalar ham imzolangan.
Soliq qonunchiligi, axborot almashinuvi, shuningdek, axborot almashinuvi bo‘yicha ko‘p
tomonlama shartnomalar, shu jumladan avtomatik shular jumlasidandir. Bundan tashqari,
O‘zbekiston soliq maqsadlarida shaffoflik va axborot almashinuvi bo‘yicha global forumga qo‘shildi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining soliq qonunchiligida
(Soliq kodeksi
, Soliq
xizmati to‘g‘risidagi qonun
(Qonun
,
1997)
, O‘zbekiston Respublikasi
S
oliq qo‘mitasi to‘g‘risidagi
Nizomlar)
(Qaror, 2019)
shunday ko‘p sonli turli xil xalqaro soliq shartnomalari mavjudligiga
qaramay axborot almashish (avtomatik)
, o‘zaro kelishuv tartib
-
taomillarini o‘tkazish va soliq
undirishda o‘zaro yordam ko‘rsatish, boshqa davlatlarning fiskal organlari bilan birgalikda soliq
nazoratini amalga oshirish tartibini tartibga soluvchi qoidalar mavjud emas. Xalqaro soliq
shartnomalarida nazarda tutilgan
“ikki tomonlama soliqqa tortishga barham berish”
mexanizmini
qo‘llash bo‘yicha keng qamrovli qoidalar mavjud.
O‘zaro kelishuv tartib
-qoidalarini amalga oshirish
bo‘yicha.
O‘zaro kelishuv tartibini amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi tuzadigan soliq to‘lashdan
bo‘yin tovlashga yo‘l qo‘ymaslik va oldini olish sohasidagi barcha xalqaro soliq shartnomalarida
nazarda tutilgan.
1
O‘zbekiston Respublikasining 2019
-yil 30-
dekabrdagi O‘RQ
-599-
son Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Soliq
kodeksining yangi tahriri.
www.e-itt.uz
I SON. 2025
122
Bu tartibning mohiyati xalqaro shartnomada ishtirok etuvchi davlatning vakolatli organiga
shartnoma qoidas
ini ichki miqyosda hal qilib bo‘
l
maydigan bahsli masalalar bo‘yicha qo‘llash
kelishuviga erishish imkonini berishdir.
Boshqacha qilib aytganda, u muayyan ish bo‘yicha muzokaralar jarayonini ifodalaydi.
Xalqaro
amaliyotda ushbu vosita ancha keng tarqalgan va soliq organlarining xalqaro hamkorligi
ko‘rsatkichlaridan biridir.
Soliq ma’lumotlari almashinuvi to‘g‘risida.
Ikki tomonlama soliqqa tortishni oldini olish va bu sohasidagi ikki tomonlama xalqaro
shartnomalar nafaqat ikki tomonlama soliqqa tortishga barham berishga, balki soliq to‘lashdan
bo‘yin tovlashni oldini olishga ham qaratilganligi sababli ularda deyarli har doim axborot
almashinuvi to‘g‘risidagi qoidalar ma
vjud.
Axborot almashish qoidalari O‘zbekiston tomonidan
imzolangan barcha 55 ta xalqaro shartnomada nazarda tutilgan.
Shuni ta’kidlash kerakki, xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan ma’lumotlar almashinuvi
kabi davlatlararo yordam hujjati shartnomada ishtirok etuvchi davlatning vakolatli organiga
tegishli ma’lumotlarni taqdim
e
tish uchun yozma so‘rov yuborish orqali amalga oshiriladi.
Agar bunday so‘rov olingan bo‘lsa, vakolatli organ zarur ma’lumotlarni to‘plash uchun
mavjud imkoniyatlardan foydalanadi, hatto boshqa davlat hozirda o‘zining soliq
ehtiyojlari uchun
bunday ma’lumotni talab qilmasa ham.
Bundan tashqari, qoida tariqasida, axborot almashinuvi to‘g‘risidagi maqola ushbu
so‘rovlarni bajarish bo‘yicha cheklovlarni nazarda tutadi. Shunday qilib, agar so‘rovda quyidagilar
bo‘lsa, ikkinchi tomon bunday so‘rovni bajarishni rad
etishga haqli, xususan:
o‘z qonunchiligiga va ma’muriy amaliyotga zid bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish;
qonuniy yo‘l bilan olish mumkin bo‘lmagan ma’lumotlarni taqdim
etish;
savdo, tadbirkorlik, sanoat, tijorat yoki kasbiy sirni yoki savdo jarayonini ochib beradigan
ma’lumotlarni oshkor
e
tilishi davlat siyosatiga zid bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim
etishi va shu
kabilar.
Shu bilan birga, so‘ralayotgan davlat bunday ma’lumotlar bank, boshqa moliya instituti,
nomzod, agent yoki ishonchli shaxsning ixtiyorida bo‘lganligi yoki har qanday shaxsga nisbatan
mulkiy manfaatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olganligi sababli ma’lumot berishni rad
etishga haqli emas.
Shunday qilib, so‘rov bo‘yicha ma’lumot almashish bank siri yoki boshqa shunga o‘xshash
qoidalar kabi ichki cheklovlarga bog‘liq
emas.
Shu bilan birga, Soliq kodeksining 29-
moddasida soliq sirlarini oshkor qilish soliq to‘lovchi
to‘g‘risidagi so‘ralgan ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga
muvofiq boshqa davlatlarning soliq organlariga yoki boshqa manfaatdor organlariga taqdim
e
tishni o‘z ichiga olmaydi.
Milliy soliq qonunchiligimizda soliq organlarining xalqaro axborot almashinuvi orqali olingan
axborotni olish va undan foydalanish huquqi ham nazarda tutilgan.
Chunonchi, “Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi
to‘g‘risida”gi nizomning 12
-bandi 9-
kichik bandiga ko‘ra
(Qaror, 2019), Hududlararo soliq
inspeksiyasi xorijiy davlatning soliq ma
’
murchiligi sohasidagi vakolatli organidan olish huquqiga
ega.
Shuni ta’kidlash kerakki, faqat xorijiy vakolatli organdan tegishli ma’lumotlarni olish huquqi
ta’minlanadi. Shu bilan birga, ushbu ma’lumotni xorijiy davlatning vakolatli organiga taqdim
etish
majburiyati yo‘q.
Garchi bu holatda xalqaro shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarni bajarish zarurligi haqida
umumiy ma’lumot mavjud bo‘lsada,
bizningcha,
soliq organining majburiyatlariga qo‘shish
, bu
tartibni tezlashishiga yordam beradi.
Xalqaro so‘rov bo‘yicha axborot almashish tartibi Soliq qo‘mitasining 2008
-yil 5-dekabrdagi
219-
son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Axborot almashinuvi to‘g‘risidagi nizom”
da belgilangan. Soliq
qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023
-yilda xorijiy vakolatli organlardan 62
ga yaqin so‘rovlar kelib
tushgan bo‘lsa, O‘zbekiston soliq idoralari tomonidan 40 ga yaqin xalqaro so‘rovlar yuborilgan.
www.e-itt.uz
I SON. 2025
123
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, bugungi kunda O‘zbekiston soliq organlarida ma’lumot
almashish bo‘yicha tajriba, shuningdek, uslubiy asoslar mavjud, biroq axborot almashinuvi faqat
alohida hollarda amalga oshirilib, aksariyat hollarda yaxshi natija bermayo
tganini ta’kidlash
mumkin.
Soliq yig‘ishga yordam berishni amalga oshirish to‘g‘risida.
Soliqlarni undirishda ma
’muriy yordam ko‘rsatish qoidalari O‘
zbekiston Respublikasi
tomonidan soliq sohasida tuzilgan 55 ta xalqaro shartnomadan faqat 16 ta davlatda
(29%)
ko‘zda
tutilgan.
Bundan tashqari, Soliq kodeksi soliq organining xorijiy vakolatli organdan soliq undirishda
yordam so‘rash huquqini ham belgilaydi
Biroq, milliy qonunchilikda chet davlatning vakolatli organiga soliqlarni undirishda yordam
ko‘rsatish majburiyati hech qaerda belgilanmagan va hatto texnik ko‘rsatmalar darajasida ham
bunday hamkorlik qilish tartibi mavjud emas.
O‘z mohiyatiga ko‘ra, soliqlarni undirishda ko‘maklashish xalqaro
soliq shartnomasiga
qatnashuvchi davlatlarning ikki vakolatli organi o‘rtasida soliq da’volari (qarzlari) summa
sini
undirishda yordam ko‘rsatish orqali amalga oshiriladigan soliq ma’mur
chiligi vositalaridan biridir.
Shu bilan birga, qoida tariqasida, soliqlarni undirishda yordam berish faqat xalqaro
shartnomada ko‘rsatilgan soliqlar bilan cheklanmaydi.
Shuni ta’kidlash kerakki, soliq talabi hamkor davlatga uning qonunchiligiga yoki ma’muriy
amaliyotiga zid bo‘lgan har qanday majburiyatlarni yuklay olmaydi. Bundan tashqari, soliq talabi
iqtisodiy jihatdan asosli bo‘lishi kerak, boshqacha aytganda, yordam
tashabbuskori oladigan foyda
nomutanosib ravishda yuqori bo‘lishi kerak. Soliq qo‘mitasi rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 5
-
yil ichida Qozog‘iston soliq organidan soliqlarni undirishda yordam so‘rab faqat bitta murojaat
tushgan.
Shu bilan birga, 2020-yildan 2023-
yilgacha O‘zbekiston tomonidan hech qanday so‘rov
yuborilmagan. 2024-
yilda O‘zbekistonda yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyat yuritayotgan
xorijiy jismoniy shaxslarning
(Qozog‘iston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi rezidentlari)
soliq
qarzi bilan bog‘liq so‘rovlar yuborilgan. Biroq bu talablar haligacha bajarilmagan.
Avtomatik (elektron) axborot almashinuvi haqida.
O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida boshqa davlatlarning soliq organlari bilan
elektron
ma’lumot almashishni nazarda tutuvchi Amerikaning soliq hisobotlari to‘g‘risidagi FATCA
qonunini
(Xorijiy hisob soliqlariga rioya qilish to‘g‘risidagi qonunni)
amalga oshirish bo‘yicha
hamkorlik to‘g‘risidagi bitim
hamda
O‘zbekiston Respublikasi MDHga a’zo davlatlar o‘rtasida
soliq ma’murchiligi uchun
e
lektron shaklda axborot almashinuvi to‘g‘risidagi Protokol
imzolandi.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga
va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi milliy tizimini rivojlantirish strategiyasida belgila
ngan vazifalarni
amalga oshirish
“Yo‘l xaritasi”ning 33
-bandi (2-ilova).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021
-yil 28-iyundagi 6252-son Farmoniga
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga a’zo xorijiy davlatlarning soliq organlari
o‘rtasida soliq ma’lumotlarini avtomatlashtirilgan tarzda almashishni yo‘lga qo‘yish vazifasi
qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga xalqaro kapital
(investitsiyalarning)
qo‘yilmalarning o‘sishi va xorijiy shaxslar tomonidan olinadigan daromadlar ustidan nazoratni
amalga oshirishdagi amaliy qiyinchiliklar xalqaro shartnomalar qoidalarini O‘zbekiston
Respublikasining soliq qonunchiligiga implementatsiya qilish zarurligini taqozo etadi.
“Xalqaro shartnoma” atamasining
nazariy ta’rifi “Xalqaro shartnomalar huquqi
to‘g‘risida” (1969)
(
Постановление
, 1995) Vena Konvensiyasining 2-moddasi 1-
bandining “a”
bandida keltirilgan bo‘lib, unga muvofiq “shartnoma” davlatlar o‘rtasida yozma shaklda
2
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 6
-
moddasining o‘n ikkinchi qismi.
www.e-itt.uz
I SON. 2025
124
tuzilgan va xalqaro huquq normalari bilan tartibga solinadigan xalqaro shartnomadir. Milliy
qonunchilikda “Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining
4-
moddasi birinchi qismida “xalqaro shartnoma” atamasining xuddi shunday ta’rifi keltirilgan.
Umuman olganda, xalqaro shartnomaning yuqoridagi ta’riflarida xalqaro shartnoma davlatlar va
boshqa xalqaro huquq subektlarining kelishuvi yoki kelishilgan irodasi yekanligi to‘g‘risidagi
qoidalar mavjud.
Amalda soliq shartnomalari ko‘pincha “shartnomalar” yoki “konvensiyalar” deb
nomlanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, o‘zaro kelishuv xalqaro soliq shartnomalarining asosiy
prinsipi hisoblanadi, ammo bu atamaning aniq ma’nosi berilmagan.
Deyarli barcha ikki tomonlama
soliq shartnomalarining qoidalari o‘zaro bog‘liqdir, istisno sifatida FATCA shartnomasini ajratib
ko‘rsatish mumkin
(
Закон
, 2023), unda AQSh ichki daromad xizmatiga
ma’lumot berish bo‘yicha
bir tomonlama majburiyat nazarda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasida xalqaro soliq shartnomalarini qo‘llash Konstitutsiyaning
15-moddasi va Soliq kodeksining 2-moddasiga asoslanadi.
O‘zbekistonning xalqaro shartnomalari
xalqaro huquqni umume
’tirof
etilgan prinsip va normalari bilan bir qatorda Respublika huquqiy
tizimining tarkibiy qismidir.
Shuni ta’kidlash kerakki, Soliq kodeksining yangi tahriri xalqaro shartnomalarni qo‘llashning
maxsus qoidalarini ham o‘z ichiga olgan va uchinchi mamlakatlar rezidentlarining bilvosita yoki
to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri manfaati uchun xalqaro soliq shartnomalari tomo
nidan berilgan imtiyozlarni
suiste’mol qilishni cheklash tamoyillarini belgilab bergan
.
Bundan tashqari, hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi tomonidan soliq sohasida 80
ta
xalqaro shartnoma tuzilgan. Yuqoridagi normativ-huquqiy hujjatlar va xalqaro shartnomalar
O‘zbekiston Respublikasida xalqaro soliq shartnomalari qoidalarini qo‘llash uchun nazariy va
huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Soliq qonunchiligi, ham xalqaro ham milliy soliq munosabatlarini o‘rnatishda yaqin
munosabatlarga ega, bir
-
biriga sezilarli o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi va soliqqa tortish bilan bog‘liq
masalalarni tartibga solishga qaratilgan. Tartibga solishning o‘ziga xos
xususiyatlaridan xulosa
qilishimiz mumkinki, xalqaro soliq qonunchiligi davlatlararo munosabatlar sohasidagi soliq
to‘lovchilar va soliq organining xo‘jalik operatsiyalariga tegishli
dir. Shu bilan birga, milliy soliq
qonunchiligi soliq sohasidagi ichki ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalar to‘plamidir.
Soliqqa tortish yaxlit tizim sifatida milliy soliqni tartibga solish va xalqaro soliqni tartibga
solish e
lementlarini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, bu nafaqat o‘zaro ta’sir, balki huquqiy
normalar va institutlarning to‘liq o‘zaro bog‘lanishi va bir
-
birini to‘ldiradi. O‘zbekistonning soliq
tizimi o‘ziga xosligi bo‘yicha xalqaro soliq tizimi bilan chambarchas bog‘liqdir.
O‘zbekiston Respublikasining “xalqaro shartnomalar to‘g‘risida”gi Qonuni, shuningdek,
xalqaro shartnomalar qoidalari normalarini amalga oshirish zarurligini belgilaydi
. Qonun yoki
boshqa normativ hujjat O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga zid bo‘lgan taqdirda
ushbu shartnomalarda belgilangan qoidalar qo‘llaniladi. Shu bilan birga, bunday xalqaro
shartnomalarning qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid bo‘lmasligi kerak.
Shunday qilib, soliq solish sohasidagi xalqaro va milliy qonunchilikning me’yoriy
-
huquqiy tizimi
soliq qonunchiligi sohasidagi e
ng dolzarb normalarni to‘ldirish va qarz olishga asoslangan
murakkab institut degan xulosaga kelishimiz mumkin.
Shu bilan birga, xalqaro soliq munosabatlariga a’zo davlatlar soliq sohasida
eng foydali
hamkorlikni amalga oshirish, e
ng dolzarb normalarni ko‘rib chiqish va amalga oshirish
hamda
milliy soliq qonunchiligini xalqaro qonunchilikdan ustun qo‘yish yoki aksincha, turli usullardan
foydalanadilar.
Xalqaro shartnoma qoidalariga muvofiq soliq ma’mur
chiligi
vositalarini qo‘llash
bo‘yicha normalar Rossiya
va
Qozog‘iston
ning soliq kodeksida, Koreyaning xalqaro soliqlar
to‘g‘risidagi Qonunida mavjud
.
Bundan tashqari, shunga o‘xshash normalar 1988
-
yil 25
-
yanvardagi soliq
bo‘yicha
o‘zaro
ma’muriy yordam to‘g‘risidagi Strasburg konvensiyasida nazarda tutilgan.
Ushbu konvensiyaning
maqsadi soliq ishlarida ishtirok e
tayotgan mamlakatlar o‘rtasida ma’muriy yordam ko‘rsatishdir.
3
Статьей 33 Закона РУз «О международных договорах»
www.e-itt.uz
I SON. 2025
125
Bunday ma’muriy yordam
-
bir vaqtning o‘zida soliq tekshiruvlarini o‘tkazish va chet
eldagi
tekshiruvlarda ishtirok e
tishni o‘z ichiga olgan ma’lumot almashish
, soliq undirishda yordam
berish, garov choralarini ko‘rish
kabi hujjatlardan iborat. Rossiya Federatsiyasining Soliq
kodeksida
soliq masalalari bo‘yicha xalqaro shartnomalarini bajarish va soliq ishlari bo‘yicha
o‘zaro ma’muriy yordam moddalari (142.1
-142.9-moddalar) nazarda tutiladi.
Xorijiy davlatlar bilan moliyaviy ma’lumotlarni avtomatik almashish bo‘yicha qoidalar
(142.1-142.6-moddalar)
hamda
o‘zaro kelishuv protseduralari
(142.7-142.9-moddalar)
mavjud.
Shunday qilib, Rossiya soliq qonunchiligida ushbu qoidalar Rossiya Federatsiyasining Soliq
kodeksiga, shuningdek idoraviy xarakterdagi normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilgan. Amalga
oshirishni o‘zgartirish
usuli
(xalqaro normalarni milliy qonunchilikka o‘tkazishda ularni qayta ishlash)
ishlatilgan.
Shuni ta’kidlash kerakki,
Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik tashkiloti (ITHT)
a’zolari bo‘lgan
mamlakatlar ITHT iqtisodiy kengashi tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalarning majburiy
qo‘llanilishiga qaramasdan, ayrim qoidalarni milliy qonunchilikka kiritadilar.
Ushbu normativ-
huquqiy tizimda soliq masalalarida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Xususan davlatlarga soliq yig‘ishda ma’muriy yordam
,
ma’lumot olish uchun so‘rovni
bajarish,
oldindan ma’lumot almashish
, soliqlarni undirish jarayonida ishtirok etish,
ma’lumotlar
almashish,
qo‘shma soliq nazorati
,
xalqaro shartnomaga muvofiq o‘zaro kelishish tartibini amalga
oshirish,
ikki tomonlama soliqqa tortish va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash to‘g‘risidagi xalqaro
shartnomalardagi
soliq imtiyozini qo‘llash
ni muvofiqlashtiradi.
Qozog‘istonning Soliq kodeksida xalqaro shartnomalarni qo‘llash bo‘yicha qoidalar, shu
jumladan o‘zaro kelishishni amalga oshirish tartibi
(221-modda)
, soliqlarni yig‘ishda yordam
(677-
modda)
, soliq rezidentligini tasdiqlash, Respublikadagi manbalardan olingan daromad va ushlab
qolingan
(to‘langan)
soliqlar miqdorini tasdiqlash
(677-modda)
keltirilgan.
Koreya Respublikasining xalqaro soliqlar to‘g‘risidagi Qonunida
(
Закон
, 2023) soliq
ma’mur
chiligi
sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida qoidalar
belgilangan.
Koreyaning xalqaro soliqlar to‘g‘risidagi Qonunida
ITHT
tavsiyalariga to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri havola
mavjud. Boshqacha qilib aytganda, soliq masalalari bo‘yicha qaror qabul qilishda ushbu tavsiyalar
va ITHT sharhlarini hisobga olish kerak.
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, zamonaviy xorijiy tajriba xalqaro soliq ma’mur
chiligi
vositalarini qo‘llash masalasida milliy soliq qonunchiligida yaxlit uslubiy asosni ishlab chiqish va
joriy yetish zarurligini aniq ko‘rsatib turibdi.
Shuni ta’kidlash kerakki, milliy qonunchilikda hozirgi kunga qadar bunday ma’lumot
almashishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida qoidalar mavjud
emas.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, avtomatik soliq
(moliyaviy)
ma’lumotlarning
elektron
(avtomatik)
almashinuvini to‘liq va samarali amalga oshirish uchun uni tartibga soluvchi normativ
-
huquqiy hujjatni ishlab chiqish zarurligi mavjuddir.
Ta’kidlash
mumkinki, milliy soliq qonunchiligida xalqaro shartnoma normalarini soliqqa
tortishdan ozod qilish yoki kamaytirilgan soliq stavkasini qo‘llash nuqtai nazaridan qo‘llash
bo‘yicha to‘liq qoidalar, shuningdek “ikki tomonlama soliqqa tortishni yo‘q qilish” m
exanizmi
mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi soliq rezidentlari o‘zaro kelishuv tartib
-
taomillarini amalga
oshirish bo‘yicha qoidalarni qo‘llamaydilar, bu
esa soliq yukining oshishiga yoki ikki tomonlama
soliqqa tortilishiga olib keladi.
Buning asosiy sababi, foydalanish tartibi va qoidalarini ochib beradigan uslubiy hujjatlarning
yo‘qligi, shuningdek milliy qonunchilikda ma’lumotlar yo‘qligi muallifning
fikricha
soliq to‘lovchilar
ushbu vositadan foydalanish imkoniyati to‘g‘risida bilim
larga ega emasligidir.
Yuqorida ko‘rsatilgan soliq ma’mur
chiligi
vositalarini qo‘llashda muammolar xalqaro
shartnoma qoidalarini milliy soliq qonunchiligi tizimiga yetarli darajada tatbiq etmaslikdir.
www.e-itt.uz
I SON. 2025
126
Amaliyotda implementatsiya xalqaro soliq shartnomasini ratifikatsiya qilish
(kuchga
kirish)
orqali amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, O‘zbekistondagi soliq organlari xalqaro shartnoma qoidalarining
huquqni qo‘llash amaliyotini nomukammalligi muammolariga duch kelmoqdalar, bu uslubiy
adabiyotlarning etarli yemasligi
(qo‘llash tartibi, lavozim tavsiflari va boshqalar)
bilan bog‘liq.
Bundan tashqari, shuni ta’kidlash kerakki, xalqaro soliq shartnomasi faqat bunday
shartnomaga a’zo davlatlar rezidentiga qo‘llaniladi
.
Ikki tomonlama soliqqa tortishni va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashni oldini olish
sohasidagi xalqaro shartnomalarning
“ikki tomonlama soliqqa tortishni bartaraf
e
tish”
moddasiga muvofiq chet e
l fuqarosi O‘zbekistonda to‘langan soliq summalarini hisobga olish
huquqiga yega.
Biroq, ushbu majburiyat xalqaro shartnomadan kelib chiqqan bo‘lsa
-
da, milliy
qonunchilikda, xususan soliq organlarining majburiyatlarida norezidentga olingan daromad va
to‘langan soliq miqdori to‘g‘risida guvohnoma berish to‘g‘risidagi Nizom mavjud yemas.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Soliq
qonunchiligiga quyidagi
o‘zgartirish
-
qo‘shimchalar kiritish
maqsadga muvofiq:
xalqaro shartnoma qoidalarini, shuningdek,
ma’lumot almashishni
(shuningdek,
avtomatik)
amalga oshirish, o‘zaro kelishuv tartib
-
taomillarini amalga oshirish va soliqlarni
yig‘ishda o‘zaro yordam ko‘rsatishni nazarda tutuvchi qoidalarni
kiritish;
soliq organi soliq to‘lovchiga O‘zbekiston Respublikasi soliq rezidentligini
tasdiqlovchi hujjatni taqdim e
tish bo‘yicha majburiyatlarini, norezident tomonidan
O‘zbekistondagi manbalardan olingan daromad va to‘lagan solig‘i
to‘g‘risida xalqaro
shartnoma qoidalarini qo‘llash maqsadida zarur bo‘lgan ma’lumotnomani taqdim
etishni
nazarda tutuvchi normalar kiritish;
xorijiy davlatlarning vakolatli organi bilan elektron
(avtomatik)
axborot almashish
bo‘yicha xalqaro shartnoma qoidalaridan kelib chiqadigan
(soliq organi, bank va moliya
bozori tashkilotlari)
huquq va majburiyatini
belgilab qo‘yish va shu kabilar
.
Bundan tashqari,
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga xalqaro kapital
qo‘yilmalarning
(investitsiyalarning)
o‘sishini, mahalliy tadbirkorlar xorijdagi biznes
loyihalariga qiziqishi oshishini, shuningdek, xorijiy shaxslar tomonidan olinadigan
daromadlar ustidan nazoratni amalga oshirishning amaliy qiyinchiliklarini hisobga olgan
holda soliq solish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadga muvofiq.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston soliq qonunchiligida ma’mur
chilik sohasida xalqaro
hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha qoidalar mavjud
emas.
X
ususan, o‘zaro kelishuv tartib
-
taomillarini amalga oshirish, soliqlarni yig‘ishda
yordam berish, soliq auditida hamkorlik qilish jarayonini tartibga solish va axborot
almashinuvini bo‘yicha qoidalarni bajarish majburiyati yo‘q
dir.
Soliq qonunchiligiga yuqoridagi qo‘shimchalarning kiritilishi ikki tomonlama soliqqa
tortilmaslik, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash, hamkorlik va axborot
(elektron) almashish
sohasidagi xalqaro shartnoma qoidalarining bajarilishini ta’minlash uchun huquqiy asos
yaratadi.
Bundan tashqari, soliq organi mas’ul shaxslarining funksional majburiyatiga
qo‘shimcha kiritish muammo
sni hal qiladi va ularni amalga oshirish mexanizmini
rivojlantirib, uni takomillashtiradi.
Xulosa va takliflar.
Ushbu moliyaviy majburiyatlarni ular tomonidan belgilangan tartibda bajarmaslik
albatta, moliyaviy-huquqiy munosabatlarni keltirib chiqaradi.
www.e-itt.uz
I SON. 2025
127
Bajarmaslik holatining yuzaga kelishi esa, uni talqin qilishning bir necha turlari paydo
bo‘lishiga olib keladi. Iqtisodiy adabiyotlarda bu tushunchalarni “soliqdan qochish”, “bo‘yin
tovlash”, “soliq huquqbuzarligi”, “moliyaviy qonunbuzilishlar”, “soliqqa oid xatoliklar” va
shu kabi maxsus iqtisodiy kategoriya va tushunchalar bilan izohlanadi.
Bundan tashqari soliqlarni rejalashtirish va maqbullashtirish (optimallashtirish)
degan jarayonlar ham borki, ularni ayrim hollarda soliqlarni to‘lamaslik holati deb
tushuntirishlar ham uchraydi.
Mazmunan olib qaraganda soliqni maqbullashtirish soliq to‘lovchining iqtisodiy,
moliyaviy va huquqiy normalarga asoslanib qanchalik soliqdan kamroq to‘lash
imkoniyatidan foydalanishi hisoblanadi.
Bunda davlat budjeti manfaatlarini inkor qilmagan holda soliq to‘lovchining o‘z
manfaatini ustunlik tamoyilidan kelib chiqib, alohida moliyaviy siyosatni ishlab
chiqilishidir.
Soliqdan qochish holati va jarayonining mohiyatini anglab yetish uchun uni ma’lum
bir guruhlarga ajratish lozim deb hisoblaymiz.
Fikrimizcha, soliqdan qochishni huquqiy holatiga, kelib chiqishi va javobgarliklariga
ko‘ra guruhlash ular mazmunini kengroq tushuntiradi.
Bu yerda shu narsaga e’tibor berish lozimki, uning kelib chiqishi ikkita omilga bog‘liq
bo‘ladi, bular jumlasiga soliq to‘lovchining hatti
-harakatlari hamda boshqa tabiiy-iqtisodiy
omillarga asoslanadi.
Zimmalariga majburiy to‘lovlarni to‘lash yuklatilgan yuridik va jismoniy shaxslarning
bu to‘lovlarni amalga oshirishiga yoki amalga oshirmasligiga bir qator ijtimoiy
-iqtisodiy
sabablar ta’sir qiladi.
Shu jihatdan olganda, “soliqdan qochish” va “soliqdan bo‘yin tovlash” soliq
to‘lovchining qasddan soliq to‘lamaslik pozitsiyasi deb tushuniladi.
O‘z navbatida soliqdan qochish holatida soliqlarni maqbullashtirish jarayoni ham
mavjud. Soliqlarni maqbullashtirish esa, soliq to‘lovchining iqtisodiy
-moliyaviy tahlillariga
asoslangan holda qonunchilikdagi imtiyozli normalardan samarali foydalanish tarzida ham
bo‘lishi mumkin.
Adabiyotlar/Literatura/Reference:
Axmedov Feruz Baxodirovichning (2023) “Soliq to‘lashdan qochish xavflarini aniqlashda
zamonaviy fiskal nazorati mexanizmlarini takomillashtirish” Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati
–
Toshkent. -10-12-bet.
Kodeks (2020) O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi
-
Toshkent: G‘afur G‘ulom
nashriyot uyi 2020.- 640 b.
Kristina F.B. (2004)
“The Informal Economy” march, Шведский Международный
агентство сотрудничества развития SE
-
105 25 Стокгольма Швеция.
Qaror (2019) Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 apreldagi 320-son qaroriga 2-ilova
Qonun (1997) O'zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to'g'risida»gi Qonuni,
29.08.1997 yildagi 474-I-son;
Андреева В.А.
(2017)
Повышение налоговой грамотности и культуры участников
налоговых правоотношений. Экономика Интерактивная наука |4 (14). стр.136
-140.
Аронов А ва Кашин В (2007) Налоги и налогообложение М.: Магистр.
Жалонкина И, (2012) “Модернизация механизмов взыскания налоговой
задолженности в Российской федерации”. Автореферат диссертации на и соискание
ученой степени кандидата экономических наук с.14.
www.e-itt.uz
I SON. 2025
128
Закон
(2023)
Закон
№
19928
от
31.12.2023
г.,
//URL:
https://law.go.kr/LSW/lsInfoP.do?lsId=000603&ancYnChk=0#0000 // дата обращения
15.04.2024г.
Кузнецов А.Л.
(2016)
Налоговая политика и налоговые органы: реальное
состояние, проблемы, перспективы (региональный аспект). [Электронный ресурс]. –
Режим доступа: http://vasilievaa.narod.ru/zhurnal/
Покровский А.К.
(2011)
Риск
-
менеджмент на предприятиях промышленности и
транспорта: учеб. пособие / А. К. Покровский. М.: Изд
-
во Кнорус, 160 с.
Постановление (1995) Республика Узбекистан присоединилась к Конвенции в
соответствии с постановлением Олий Мажлиса Республики Узбекистан от 24
февраля 1995 года № 29
-
I «О присоединении к Венской конвенции о праве
международных договоров» (https://lex.uz/do
cs/2646414)
Шумпетер Й.
(2007)
Теория экономического развития. Капитализм, социализм и
демократия / Й. Шум
-
петер. М.: Изд
-
во Эксмо,
-
864 с.
