Authors

  • Davronova Fotima Pirnazarovna
    Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD)
  • Jiyanova Nilufar Olim qizi
    Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali talabalari
  • Soyibova Chehrona Isomiddinovna
    Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali talabalari Annotasiya
  • Ruzimurodova Ra’no Elmurod qizi
    Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali talabalari

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aijmr.62961

Keywords:

texnologiya interfaol metodika innovasiyon texnologiya “To‘plam” “Aql charxi” didaktik o‘yin ijtimoiy o‘yin

Abstract

Maqolada darslarda o‘yin texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati va 
innovatsion ta’lim tenologiyalari va turlari haqida ma’lumotlar berilgan. Darslarda 
interfaol o’yin texnologiyalaridan foydalanishning samarali natijalari haqida fikr 
yuritilgan va namunalar keltirilgan. O‘quvchi-talabalarning shaxsidagi ijodiy 
imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish va rivojlantirishda o‘yin texnologiyalarining 
amaliy ahamiyati haqida fikr-mulohazalar yoritilgan.


background image

Acumen:

International Journal of Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 1, Issue 5

241

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDA KREATIV-O’YIN

TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI HAQIDA

BA’ZI MULOHAZALAR

Davronova Fotima Pirnazarovna

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va

biotexnologiyalar universiteti dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori,

(PhD)

fotimadavronova82@gmail.com

+998974089982

ORCID ID 0009-0005-0911-6821

Jiyanova Nilufar Olim qizi

Ruzimurodova Ra’no Elmurod qizi

Soyibova Chehrona Isomiddinovna

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali talabalari

Annotasiya

Maqolada darslarda o‘yin texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati va

innovatsion ta’lim tenologiyalari va turlari haqida ma’lumotlar berilgan. Darslarda
interfaol o’yin texnologiyalaridan foydalanishning samarali natijalari haqida fikr
yuritilgan va namunalar keltirilgan. O‘quvchi-talabalarning shaxsidagi ijodiy
imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish va rivojlantirishda o‘yin texnologiyalarining
amaliy ahamiyati haqida fikr-mulohazalar yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

texnologiya

,

interfaol,

metodika, innovasiyon texnologiya,

“To‘plam”,

“Aql charxi”,

didaktik o‘yin, ijtimoiy o‘yin.

Ta’lim jarayoninig o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilishi, o‘quvchi-talaba oliy

qadriyat sifatida qarash dolzarb masalaga aylanmoqda. O‘quvchilarning universal
o‘quv-biluv ko‘nikmalarini shakllantirish bosh maqsadga aylanmoqda. Bunda talaba-
o‘quvchining ehtiyoji, moyilligi, qiziqishi, faolligini oshiruvchi o‘yinli
texnologiyalardan vosita sifatida keng foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘quvchi-talabaning tabiatiga mos tushuvchi o‘yinlar o‘quv-tarbiyaviy jarayonini
harakatga keltiruvchi kuchga aylanishi mumkin.

O‘yin o‘quvchini ta’limda g‘alabaga erishishida qiziqishini orttiradi va unda

kuchli motivatsiya hosil qilish imkoniyatiga ega. O‘quvchini tezkorlikda harakat
qilishiga, chaqqonlik, topqirlik, topshiriqlarni aniq, tez vaqtida bajarishga o‘rgatadi,


background image

Acumen:

International Journal of Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 1, Issue 5

242

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

unda qonun-qoidalarga rioya qilish ko‘nikmalari shakllanadi. O‘quvchini faolligi
rivojlantirilib, bilimga bo‘lgan ishtiyoqi oshadi. Shaxsning ahloqiy sifatlarining
shakllanishiga yordam beradi.

O‘quvchilarda o‘zaro hamkorlik, ijodkorlik, bir-biriga qayg‘urish va o‘zaro

hurmat kabi odatlar rivojlantiriladi. Ayniqsa, ularda tashqi dunyoni tasavvur etish erkin
fikr yuritish, emotsonal faollik va o‘zaro muloqatga kirushuvchanlik vujudga keladi.
O‘quvchilar o‘zaro bir-biriga yordam berishga, boshqalarning qiziqishlariga xamohang
o‘z manfaatlarining ular bilan uyg‘un bo‘lishiga harakat qiladilar. Ularda o‘yin
davomida olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash hamda ulardan turli vaziyatlarda
foydalanish ko‘nikmalari paydo bo‘ladi.

O‘yin faoliyati yaxshi xislatlarni hosil qilish asosida, jamoaviy hayotiy faoliyatni

vujudga keltiradi, mustaqillikni, boshqalarni mehnat sharoitida qo‘llab-quvvatlashga
o‘rgatadi.

O‘yin faoliyatini tashkillashtirish o‘quvchilarning aqliy faoliyatni bilishga

bo‘lgan qiziqishlarini oshirish asosida ishchanlikka, topqirlikka, o‘z vazifasiga
mas’uliyatli yondashib, yangi-yangi natijalarni qo‘lga kiritishlariga sabab bo‘ladi.

O‘yin nima? O‘yin ta’lim jarayonini tashkil etish hamda olib borishda pedagogik

vositadir. O‘yin biror narsani bilib oluvchi vositadir. Ta’lim mazmunini o‘kuvchilarga
o‘yin orqali tushuntirish bu tushuntirishning eng qulay usulidir.

Pedagoglarimiz orasida shunday gap yuradi: eshitgan narsam esimga tushishi

mumkin, ko‘rgan narsam esimga tushishi mumkin, ammo jarayonda shaxsan ishtirok
etsam, u umr bo‘yi esimda qoladi. Shu sababli, o‘yin vositasida ta’lim jarayonini
tashkil etish voqea-xodisa, mazmunni tushunish, o‘rganish, o‘zlashtirishni
kafolatlaydi.

Ko‘pgina olimlarning fikricha, ijtimoiy faoliyatning rivojida ayrim

tajribalarning orttirilishi shaxsning o‘z-o‘zini axloqiy rivojlantirishiga, o‘zini-o‘zi
boshqarishiga yordam beradi. Nemis psixolog olimi K.Kross o‘yin vositasida bola
o‘zini tutish, olamni o‘rganish, an’analarni bilish, atrof-muhitga moslashish
ko‘nikmasini shakllantiradi, degan edi.

Katta ensiklopedik lug‘atda o‘yin nafaqat mahsuliy faoliyat bo‘lib, uning motivi

natijalarida emas, aksincha jarayonning o‘zida namoyon bo‘lishi ko‘rsatilgan. Bu
jarayon o‘ynovchilarga rohat bag‘ishlaydi, undan tomoshabin zavq-shavq oladi. Shu
sababli ham, u ta’limiy jarayonning samarali kechishida muhim rol o‘ynaydi,
o‘quvchi-talabaning shaxs sifatida rivojlanishida, hayotda ishlash, o‘quv-bilishga
bo‘lgan qiziqishini oshirishda, psixologik tayyorlashda yordam beradi. O‘yin tashqi


background image

Acumen:

International Journal of Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 1, Issue 5

243

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

olam bilan muloqot qilishga yangi-yangi imkoniyatlarni ochib beradi. O‘yin
umumilmiy tushuncha bo‘lib, falsafa, pedagogika, psixologiya, tarix nazaryasi
san’atda o‘ziga xos tushuncha, atamalari mavjud. Umuman, ilmiy tilda o‘yin
dramaturgiya, tomoshalar, bayramlar, festivallar, karnavallar, badiiy ijodkorlik
ma’nosida ham ishlatiladi.

Umuman, o‘yin tushunchasi keng ma’noga ega bo‘lib, uni bir qoida bilan ifoda

etish qiyindir. Ko‘pincha bu savolga javob olish uchun “Har bir odam nima uchun
o‘ynaydi?” degan savol qo‘yilgandagina unga kengroq javob olishi mumkin.

Aksariyat pedagoglar o‘yinni bilish qobiliyatlarini faollashtiruvchi vosita deb

qaraydilar. U mahsulot emas, xizmat turi ham emas, lekin insonlar o‘z umrini o‘yin
bilan bog‘laydilar. Nima uchun?

O‘yin pedagogik madaniyat fenomeni bo‘lib kelgan. Inson hayotida u muhim,

hal qiluvchi omil sifatida ilmiy izlanuvchilarni qiziqtirib kelgan. O‘yin insonning
hayotiy muvozanatini saqlashda, uning faolligini oshirish orqali organizmda ishlamay
turgan a’zolarini ishga, harakatga keltirib yuboradi. Shu sababli ham, o‘yin
organizmdagi yaxshi energiyalarni hosil qiladi va tiklaydi. Ya’ni, o‘yin doimiy o‘zlikni
saqlab turuvchi ta’limiy jarayondir. O‘quvchini o‘yinga jalb etish keyingi mehnat va
hayotiy faoliyatga tayyorlovchi vositadir.

Demak, o‘quvchini o‘yindan mahrum etish unga og‘ir jazo sifatida salbiy ta’sir

etib, yomon oqibatlarga sabab bo‘lishiga mumkin.

Quyida o‘yinlarning ko‘rinishlari va klassifikatsiyasiga to‘xtalamiz.

O‘yinlar:

-

yakka-individual, juftli, guruhli, ommaviy o‘yinlar;

-

jismoniy, intellektual musobaqaga aoslangan, ijodkorlikka yo‘naltiruvchi

o‘yinlar, didaktik o‘yinlar, konstruksiyali, kompyuterli o‘yinlar;

-

ijtimoiy o‘yinlar, syujetli, rolli, immitatsiyali o‘yinlar, tashkiliy

kommunikativ o‘yinlar, qiziqarli o‘yinlar va boshqa turda bo‘lishi mumkin.

Yuqoridagi sanab o‘tilgan o‘yinlarning har birining o‘z komponentlari mavjud.

Ular:

-

o‘yinda qatnashuvchilar;

-

o‘yin qoidalari;

-

o‘yinning vaqti;


background image

Acumen:

International Journal of Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 1, Issue 5

244

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

-

o‘yinning syujeti;

-

o‘yinning rekviziti;

-

o‘yinning yakuni (natijalari, qonun-qoidalariga rioya qilinishi).

Ta’limiy o‘yinlar ta’limning eng samarali vositalaridan biri hisoblanadi.

Ta’limiy o‘yinlar orqali avvalo bolalardagi shaxsiy faollik, mustaqillik, ijodkorlik
tarkib toptiriladi va shakllantirishga e’tiborga qaratiladi. Ta’limiy o‘yin bolalarga
oldilariga qo‘ygan aniq vazifani qo‘lga kiritishga yaqindan yordam beradi. Bunday
o‘yinlar bolaning masalaga ongli tushunib yondashish malakasini oshiradi. Ta’limiy
o‘yinlarni o‘tkazish davomida o‘qituvchi o‘tilayotgan mavzu asosida yondashish
zarurligiga e’tibor qaratishi lozim.

Ta’limiy o‘yinlar o‘quvchilarni tasavvurlarini, qobiliyatlarini, lug‘at boyliklarini

oshishida katta yordam beradi. O‘yin texnologiyalari o‘quvchi faoliyatini faollashtirish
va jadallashtirishga asoslangan. Ular o‘quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarni
ro‘yobga chiqarish va rivojlantirishning amaliy echimlarini aniqlash va amalga
oshirishda katta ahamiyatga ega.

“To‘plam”

– bu o‘yin ma’lum bir mavzu asosida o‘quvchilarning olgan

bilimlarini mustahkamlash maqsadida o‘tkaziladi. O‘yin qatorlar musobaqasi yoki
kichik guruhlarda ishlash shaklida tashkil etiladi. Masalan, “Anatomiya, fiziologiya va
patologiya” fanidan 1-qator “Energiya almashinuvi”, 2-qator “Moddalar almashinuvi”,
3-qatorga “Oqsillar almashinuvi” kabi topshiriqlar beriladi. O‘tilgan mavzular
yuzasidan har bir qator o‘quvchilari bittadan o‘z fikrlarini aytadi va natijada mavzu
bo‘yicha umumiy fikrlar to‘planadi va shu tariqa o‘tilgan mavzular mustahkamlanadi.

“Aql charxi” -

bu o‘yin o‘tilgan mavzularni mustahkamlash jarayonida

qo‘llaniladi. Aytaylik, “Phrasal verbs” mavzusiga oid tarqatmalar orqali guruhlarga
quyidagicha topshiriqlar berish mumkin. Talabalar so‘roqlarga (?) javob yozib
berishlari, ularni tarjima qilishlari va misollar keltirishlari lozim bo’ladi.

Namuna:

L

OOK

?

FOR

?

THROUGH

?

AHEAD


background image

Acumen:

International Journal of Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 1, Issue 5

245

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Namuna:

Interfaol darslarni tashkil qilishda avvalo guruhni darajasini aniqlash va har bir

o’qituvchi pedagogik mahoratidan ijodkorlik bilan foydalanishi talab etiladi. Ayniqsa
davlatimizning chet tilini o’rganishga qaratilayotgan e’tiborini hisobga olgan holda
yaratilayotgan qator imkoniyatlardan mohrona foydalanib darslani soddalashtirib,
o’yinlar, qiziqarli slaydlar, ko’rgazmali qurollar bilan tashkil qilinsa, darsda
talabalarning faolligi ortadi, zerikishmaydi va darsga qiziqishi ortib boradi.

Demak, o‘yin ta’lim sifati va samaradorligini oshiruvchi, uni harakatga

keltiruvchi kuchdir, o‘yin o‘quvchi-talabaning ichki ehtiyoji bo‘lib, ularda faollikni
oshiradi, ruhiyatni ko‘taradi. O‘yin bolaning muloqotga kirishuvchanligini oshirib,
uning rivojlanishiga olib keladi. Buning oqibatida bola muvaffaqiyat qozonishga
intiladi, uning ziyrak, xushyor bo‘lishga, zavqlanishga o‘rgatadi. U olamni bilish,
o‘rganish harakatida bo‘ladi, intizomli bo‘lish, chaqqonlik, tez fikr yuritishga intiladi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘zligini namoyon qilish uning kundalik yashash tarziga
aylanadi.

Xulosa o’rnida shuni alohida ta’kidlash joizki, bugungi davr talabiga mos

keluvchi pedagog har tomonlama zukko, bilimli, boshqaruvchi va fidoiy bo’lishi lozim.
Zero, yurtimiz kelajagi biz tayyorlayotgan yoshlar qo’lida ekan, biz pedagoglar bunga
ma’suliyat bilan yondashishimiz va bu sharafli kasbga loyiq bo’lishga intilishimiz
lozim.

PUT

?

O

N

?

A

WAY

?

O

FF


background image

Acumen:

International Journal of Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 1, Issue 5

246

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Adabiyotlar

1.

Pirnazarovna, D. F. (2022). Digital technologies in studying English at
university: traditions and innovations.

EPRA International Journal of

Multidisciplinary Research (IJMR)

,

8

(3), 97-100.

2.

Pirnazarovna, D. F. (2022). WAYS OF FORMING DIGITAL LITERACY IN
THE CONTEXT OF TEACHING ENGLISH.

EPRA International Journal of

Research and Development (IJRD)

,

7

(3), 55-57.

3.

Davronova, F. (2022). PEDAGOGICAL ASPECTS OF DIGITAL
TECHNOLOGIES IN RAPID ACQUISITION OF ENGLISH.

Innovative

Development in Educational Activities

,

1

(2), 44-47.

4.

Davronova, F. (2022). EXPERIMENT-TESTING METHODOLOGY OF ON
RAPID TEACHING OF ENGLISH TO STUDENTS IN THE CONDITONS OF
DIGITAL TECHNOLOGIES.

Innovative Development in Educational

Activities

,

1

(2), 72-76.

5.

Davronova, F. P. (2022). THE USAGE OF ICT TOOLS INTENDED TO
ACQUIRE

KNOWLEDGE

BY

STUDENTS

IN

ENGLISH

CLASSES.

AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY

JURNALI

, 1132-1136.

6.

Pirnazarovna, D. F., Baxtiyerovna, N. D., & Pulatovna, B. K. (2022). XORIJIY
TILLARNI TEZKOR O‘QITISHDA QO‘LLANILADIGAN INNOVATSION
TA’LIM METODLARNING AHAMIYATI.

FAN, TA'LIM VA AMALIYOTNING

INTEGRASIYASI

, 81-87.

7.

Davronov P.Z. Yangi pedagogik texnologiyalar - Samarqand – 2008.

References

Pirnazarovna, D. F. (2022). Digital technologies in studying English at

university: traditions and innovations. EPRA International Journal of

Multidisciplinary Research (IJMR), 8(3), 97-100.

Pirnazarovna, D. F. (2022). WAYS OF FORMING DIGITAL LITERACY IN

THE CONTEXT OF TEACHING ENGLISH. EPRA International Journal of

Research and Development (IJRD), 7(3), 55-57.

Davronova, F. (2022). PEDAGOGICAL ASPECTS OF DIGITAL

TECHNOLOGIES IN RAPID ACQUISITION OF ENGLISH. Innovative

Development in Educational Activities, 1(2), 44-47.

Davronova, F. (2022). EXPERIMENT-TESTING METHODOLOGY OF ON

RAPID TEACHING OF ENGLISH TO STUDENTS IN THE CONDITONS OF

DIGITAL TECHNOLOGIES. Innovative Development in Educational

Activities, 1(2), 72-76.

Davronova, F. P. (2022). THE USAGE OF ICT TOOLS INTENDED TO

ACQUIRE KNOWLEDGE BY STUDENTS IN ENGLISH

CLASSES. AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY

JURNALI, 1132-1136.

Pirnazarovna, D. F., Baxtiyerovna, N. D., & Pulatovna, B. K. (2022). XORIJIY

TILLARNI TEZKOR O‘QITISHDA QO‘LLANILADIGAN INNOVATSION

TA’LIM METODLARNING AHAMIYATI. FAN, TA'LIM VA AMALIYOTNING

INTEGRASIYASI, 81-87.

Davronov P.Z. Yangi pedagogik texnologiyalar - Samarqand – 2008