Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
344
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
QASHQADARYO VILOYATI SHEVALAR TADQIQIGA DOIR AYRIM
QAYDLAR
Normurodova Fayoza Boymurod qizi
Termiz davlat universiteti 1-bosqich magistranti
Annontatsiya: Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyati shevalari doirasidagi
ayrim masalalarni tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda shevaning qipchoq
lahjasiga mansub ekanligi, shevaning olimlar tomonidan o’rganilish jarayonlari
hamda shevaning fonetik, leksik va grammatik jihatlari doirasida ayrim fikrlar berildi,
ularning boshqa o‘zbek shevalaridan farqlari yoritilgan. Maqolada dialektlarning
tarixiy shakllanishi va geografik omillarning tilga ta’siri ham ko‘rib chiqilgan. Ushbu
tadqiqot, hududiy dialektal o‘ziga xosliklarni aniqlashga xizmat qiladi.
Annotation:This article is dedicated to analyzing certain aspects of the dialects
within the Qashqadaryo region. The study highlights the affiliation of the dialect to the
Kipchak group, examines the process of its investigation by scholars, and discusses
some phonetic, lexical, and grammatical features of the dialect, outlining its
distinctions from other Uzbek dialects. The article also considers the historical
development of the dialects and the impact of geographical factors on language. This
research contributes to identifying the unique characteristics of regional dialects.
Kalit so‘zlar: Qashqadaryo shevalari, dialekt, qipchoq lahjasi, filologik
tadqiqot, korpus lingvistikasi, razmetkalash, shevalar taraqqiyoti, lingvistik teg,
ekstralingvistik teg, areal lingvistika
Keywords: Qashqadaryo dialects, dialectology, Kipchak group, philological
research, corpus linguistics, annotation, dialect development, linguistic tag,
extralinguistic tag, areal linguistics.
Har bir shevaning til taraqqiyotida muhim o’rni bor. Shevalarning rivojlanish
jarayoni til bilan chambarchas bog’liq bo’lib, zamonaviy tilshunoslikda shevalarning
taraqqiy etishi, ular yuzasidan qilinadigan amaliy vazifalar, albatta, shevalarimizning
saqlab qolinishi hamda rivojlanish bosqichlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu sohada E.D.Polivanov, I.I.Zarubin, V.V.Reshetov K.K.Yudaxin,
A.K.Borovkov, G’ozi Olim Yunusov, F.Abdullaуev, Sh.Shoabdurahmonov,
A.Shermatov, N Rajabov, X.Doniyorov, Q.Muhammadjonov, D.Abdurahmonov,
B.Jo’raуev, A.Jo’raуev, A.Ishaуev, N.Shoimova, S.Rahimov, X.Fayziyeva,
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
345
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
N.Murodova singari olimlar o’zbek dialektologiyasining rivojlanishidagi qilgan
xizmatlari beqiyos
1
ekanligini guvohi bo’lamiz.
Shuningdek, eng qadimiy yozma manbalar Kultegin, Bilga xoqon, O’rxun-
Enasoy yozma yodgorliklari hamda shevalar tadqiqida eng asosiy manba hisoblangan
M.Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘ati turk”, klassik adabiyotlarimizdan Yusuf Xos
Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asarlari, xalq
o’zaki ijodi va folklor namunalari o‘zbek tili va uning shevalarini tadqiq qilish
jarayonida o‘rni beqiyos. Mahmud Qoshg‘ariy shunday sayohatlari davomida turkiy
tillar va ularning tarkibidagi dialektlarni tasniflar ekan, ularning lingvistik yoki
geografik belgilar asosida emas, ularning etnik xususiyatlariga tayangan holda
tasniflagan. Qishloq infratuzilmasidagi o‘zgarishlarning tilga ta’sir doirasi, ommaviy
axborot-kommunikatsiya, telefon, internet va hokazolarning etnik aholi tilidagi
shevaning sayqallanayotganligi, adabiy tilning asta-sekin shevaning yo‘qolib ketishiga
sabab bo‘layotganligi, keksa avlod tilida saqlanib turgan sheva elementlarining hamda
hozirga qadar shaxsiy kutubxonalarda saqlanayotgan dialektal ma’lumotlarni o‘zida
jamlagan yagona dialektologik bazani tuzishni dolzarb masala sifatida ko‘ndalang
qo‘ymoqda
2
.
Qashqadaryo viloyati shevalariga kelsak, u o’zining o’ziga xos xususiyati bilan
ajralib turadi. Bu sheva O’zbekistondagi eng qadimiy til manbalaridan biri bo’lib,
qadimgi turkiy til izlarini o’zida saqlab qolgan. Bu hududdagi til o’zgarishlari va
dialektal farqlar tarixiy jarayonlarga bog’liq. Qashqadaryo viloyatida yashovchi aholi
shevasi qipchoq lahjasiga mansub. Lahjaning o’rganilish jarayoniga nazar tashlaydigan
bo’lsak, avvalo, atamaning kelib chiqishiga to‘xtalib o‘tamiz. Bu soʻzning
semantikasida boʻsh, boʻmboʻsh, arzimas kabi ma’nolar borligini hisobga olib,
“qipchoq” soʻzining etimologiyasi qobiq, daraxtning qobigʻ shaklidan kelib chiqqan
deyishimiz mumkin
3
.
Turkiy tillar oilasiga kiruvchi qipchoqlar Dashti Qipchoqdan (Bugungi Xitoy.
Moʻgʻiliston, Rossiya, Qozogʻiston, Oʻzbekiston hududlaridan tortib) to Qora dengiz
sohillardan Markaziy Yevropagacha boʻlgan joylarda yashangan xalq hisoblanadi.
4
1
Холова, М. А. (2020). Boysun shevasi korpusi: Ibtido (Boysun tumani “j” lovchi shevalar misolida).
Инновации в
педагогике и психологии
, (SI-
2№ 5).
2
Холова М. Database of the Uzbek dialect online dictionary and notes on the translation of the Kipchak dialect into
English //
Международный журнал искусство слова. – 2023. – Т. 6. – №. 4.
3
Xayitqulovich, N. F. (2023). “QIPCHOQ” ATAMASI VA QIPCHOQLAR.
Journal of new century innovations
,
41
(2),
67-73.
4
Xayitqulovich, N. F. (2023). “QIPCHOQ” ATAMASI VA QIPCHOQLAR.
Journal of new century innovations
,
41
(2),
67-73.
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
346
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Etimologik tadqiqotlarga e’tibor qaratadigan boʻlsak, “Qadimgi turkiy til lugʻati”da
qipchoq soʻzi qïvčaq, qovï, qovuq shaklida ifodalangan.
5
Qipchoq lahjasi, asosan, “j” lovchi va “a”lovchi hisoblanadi. Qipchoq lahjasi
hududiy jihatdan Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarini o‘z
ichiga oladi. Qipchoq shevasini A.Shermatov, T.Nafasov, A.Jo‘rayev, A.Mamatqulov,
A.Ishayev, A.Nosirov, Sh.Muhammadjonov, Q.Mamayev, S.Rahimov kabi olimlar
o‘rgangan. Ular o‘z ilmiy izlanishlari orqali qipchoq lahjasining o‘ziga xos
xususiyatlarini yoritib bergan.
6
Qashqadaryoda esa o’zbek xalq shevalarini birinchi bo’lib, har tomonlama
sinchiklab o’rgangan olim E.D.Polivanovdir
7
. U1020-37-yillar davomida Qarshi,
Samarqand, Toshkent kabi shahar shevalari bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borib,
juda qimmatli asarlar yozdi. U Qashqadaryo xalq shevalaridan Qarshi shevasini ilk
marta o’rgangan va bu viloyat shevalarini o’rganishni boshlab bergan shevashunosdir.
8
Uning 1933 yilda bosilib chiqqan “O‘zbek dialektologiyasi va o‘zbek adabiy tili”
degan asarida o‘zbek shevalarining turli-tuman ekanligi o‘sha davrda alohida qayd
etilgan edi.
9
Hozirgi davrga kelib esa Qashqadaryo aholisining shevasida ijtimoiy vaziyatlar
yuzasidan shahar shevasiga moslashish jarayoni kuchli. Bu esa o’z navbatida qorishiq
shevalarning yuzaga kelishiga hamda istemochi nutqidagi shevaning yo’qolishiga
sabab bo’ladi.
Bu haqida tadqiqotchi olima N. Shoyimova shevalar haqida quyidagi fikrlarini
bildiradi: "Shevalar vakillari nutqida qo‘llanayotgan turfa lisoniy boylik to‘planib,
saralanib lug‘at tarzida shakllantirilmasa, ular vaqt o‘tishi bilan eskirishi, iste’moldan
chiqishi, natijada ma’naviy va moddiy madaniyatning ajralmas bir qismi izsiz yo‘qolib
ketishi aniq”
10
. Bunday hollarning oldini olishing yagona usuli esa shevaning asl
qatlamini saqlab qolishning amaliy jihatlarini tadqiq etishni talab etadi. Dunyoda ilm-
fanning shiddat bilan jivojlanayotganini hisobga olsak, shevalarimiz yuzasidan
qilinadigan amaliy vazifalarimiz talaygina. Shuningdek, bu borada birinchi qadam
dialektlarni korpuslashtirish jarayoni hisoblanadi.
5
Xayitqulovich, N. F. (2023). “QIPCHOQ” ATAMASI VA QIPCHOQLAR.
Journal of new century innovations
,
41
(2),
67-73.
6
Rahmonov, B.
А. (2021). QASHQADARYO VA SURXONDARYO QIPCHOQ DIALEKT VA ETNOGRAFIZMLARINI
YAXLIT O ‘RGANISH MUAMMOLARI.
Academic research in educational sciences
,
2
(11), 268-272.
7
“Oбразцы несингармонистических (иранизованных) говоров узбeкского языка. Каршннскый говор”/
8
Jabborov, X., & Chariyeva, S. T. Qashqadaryo shevalarini o
‘rganilish tarixidan.
O‘zbek tili imkoniyatlaridan amaliy
foydalanish masalalari
, -B. 174.
9
Jabborov, X., & Chariyeva, S. T. Qashqadaryo shevalarini o
‘rganilish tarixidan.
O‘zbek tili imkoniyatlaridan amaliy
foydalanish masalalari
, -B. 174.
10
.
Шоимова
Н
.
Шевалар
луғатини
яратиш
-
давр
талаби
//
Тилшуносликнинг
долзарб
масалалари
(
Илмий
мақолалар
тўплами
).
Т
., 2008.
–
Б.
202-204.
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
347
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Dialektologik korpuslarning maqsadi dialektologiya, sotsiolingvistika, nutq
madaniyati, fonetika-fonologiya, leksikologiya, grammatikaga oid tadqiqotlar hamda
mahalliy aholining urf-odatlari, tarixi va boshqa koʻplab sohalar uchun tadqiqotlar
maydonini qulaylashtirish, kelajak avlodga qimmatli ma’lumotlarni yetkazish
vazifasini bajarishdir.
11
Bu borada ilk qadamlar qo’yildi, xususan Muyassar Xolova
12
o’z tadqiqoti doirasida Boysun shevasi misolida shevalar korpusini yaratdi. Korpus bu
maʼlum maqsadda yigʼilgan matnlar majmuini tashkil etuvchi til birliklari yigʼindisi,
tabiiy tildagi elektron shaklda saqlanadigan yozma yoki og‘zaki, kompyuterlashtirilgan
qidiruv tizimiga dasturiy taʼminot asosida joylashtirilgan online yoki offline tizimda
ishlaydigan matnlar jamlanmasi
13
hisoblanadi.
Galdagi muhim vazifalar esa shevalarning fonetik, morfologik, leksik tahlili va
ularning tarqalishi zonalari, ya’ni qaysi hududda qay tartibda qo’llanishi hamda bu
tahlil jarayonlarini razmetkalash boschiqi hisoblanadi.
Razmetkalash deganda matn va uning komponentlariga maxsus teglarni
biriktirib chiqish nazarda tutiladi. Maxsus teglar ikki xil bo‘ladi: lingvistik teglar va
ekstralingvistik (tashqi) teglar
14
. Lingvistik teglar matn elementlarining leksik,
grammatik va shunga o‘xshash boshqa xususiyatlarini tavsiflaydigan ma’lumotlardan
iboratdir. Ekstralingvistik teglar esa muallif haqidagi va matn haqidagi ma’lumotlarni
(muallif, nomlanishi, nashr yili va joyi, janr, tematika va hokazo) tavsiflaydi
15
.
Umuman olganda Qashqadaryo shevalari doirasida nazariy ma’lumotlar anchagina
tadqiq etilgan. Endigi qilinadigan vazifalar esa ularning amaliyotini tadqiq etish lozim.
Qashqadaryo viloyati shevalari O‘zbekiston hududidagi dialektal rang-baranglikning
yorqin namunasidir. Ushbu shevalar fonetik, leksik, va grammatik xususiyatlari bilan
boshqa hududlardagi shevalardan ajralib turadi. Bunday izlanishlar hududiy
dialektlarning o‘ziga xosligini saqlash, ular asosida ta’lim resurslarini boyitish hamda
milliy madaniy merosni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
11
Ashirboyev S., Turdialiyev A. O ‘zbek shevalari leksikasini korpusga joylashtirishning dasturiy ta’minoti // Computer
linguistics: problems, solutions, prospects.
– 2024. – Т. 1. – №. 1.
12
Холова М. А. Boysun shevasi korpusi: Ibtido (Boysun tumani “j” lovchi shevalar misolida) //ИННОВАЦИИ В
ПЕДАГОГИКЕ И ПСИХОЛОГИИ. – 2020. – №. SI-2№ 5.//
13
V.Zaxarov, B. Mengliyev, SH. Hamroyeva. Korpus lingvistikasi.
O’quv qo’llanma.
–
Toshkent, 2023
14
Ashirboyev, S., & Turdialiyev, A. (2024). O ‘ZBEK SHEVALARI LEKSIKASINI KORPUSGA
JOYLASHTIRISHNING DASTURIY TA’MINOTI.
COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS,
PROSPECTS
,
1
(1).
15
Karshiev, A. B., S. A. Karimov, and M. S. Tursunov. "O ‘zbek tili milliy korpusi uchun matnlarni
formatlash."
INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND APPLIED ISSUES OF DIGITAL
TECHNOLOGIES
1.1 (2022): 58-63.)
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
348
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
:
1.
Холова, М. А. (2020). Boysun shevasi korpusi: Ibtido (Boysun tumani “j”
lovchi
shevalar
misolida).
ИННОВАЦИИ
В
ПЕДАГОГИКЕ
И
ПСИХОЛОГИИ
, (SI-2№ 5).
2.
Холова М. Database of the Uzbek dialect online dictionary and notes on the
translation of the Kipchak dialect into English // Международный журнал
искусство слова. – 2023. – Т. 6. – №. 4.
3.
Xayitqulovich, N. F. (2023). “Qipchoq” atamasi va qipchoqlar.
Journal of new
century innovations
,
41
(2), 67-73.
4.
Rahmonov, B. А. (2021). Qashqadaryo va surxondaryo qipchoq dialekt va
etnografizmlarini yaxlit o ‘rganish muammolari.
Academic research in
educational sciences
,
2
(11), 268-272.
5.
.
“Oбразцы несингармонистических (иранизованных) говоров узбeкского
языка. Каршннскый говор”/
6.
Jabborov, X., & Chariyeva, S. T. Qashqadaryo shevalarini o‘rganilish tarixidan.
o‘zbek tili imkoniyatlaridan amaliy foydalanish masalalari
, 174
7.
Шоимова Н. Шевалар луғатини яратиш - давр талаби // Тилшуносликнинг
долзарб масалалари (Илмий мақолалар тўплами). Т.,2008. 202-204-бетлар
8.
Ashirboyev, S., & Turdialiyev, A. (2024). O‘zbek shevalari leksikasini korpusga
joylashtirishning dasturiy ta’minoti.
COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS,
SOLUTIONS, PROSPECTS
,
1
(1).
9.
V.Zaxarov, B.Mengliyev, Sh.Xamroyeva korpus lingvistikasi. -O‘quv
qo‘llanma. Toshkent-2023
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/167/160
11.
Karshiev, A. B., S. A. Karimov, and M. S. Tursunov. "O ‘zbek tili milliy
korpusi uchun matnlarni formatlash."
INTERNATIONAL JOURNAL OF
THEORETICAL AND APPLIED ISSUES OF DIGITAL TECHNOLOGIES
1.1
(2022): 58-63.)
