Authors

  • Mamasalomova Farangiz Shomurod qizi
    Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tarix ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aijmr.71845

Keywords:

diplomat Temur tuzuklari adolatli tamoyillar Temuriylar davlati musulmon fiqhi qoidalari Islom qudrati moliya iqtisod insonparvar qonun-qoida adolat tartib-intizom

Abstract

Ushbu maqolada Amir Temurning davlat boshqaruv sohasida, hamda ichki va tashqi siyosatda amalga oshirgan islohotlari o’z davrida uning saltanatini yanada mustahkam bo’ lishiga olib kelgan boshqaruv haqida yoritiladi.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 2

353

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

TEMUR TUZUKLARI VA ZAMONAVIY BOSHQARUV TAMOYILLARI

Mamasalomova Farangiz Shomurod qizi

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

Tarix ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabasi

Email:

mamasalomovafarangiz.gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Amir Temurning davlat boshqaruv sohasida,

hamda ichki va tashqi siyosatda amalga oshirgan islohotlari o’z davrida uning
saltanatini yanada mustahkam bo’ lishiga olib kelgan boshqaruv haqida yoritiladi.

Kalit so’zlar

: diplomat, Temur tuzuklari, adolatli tamoyillar, Temuriylar davlati,

musulmon fiqhi qoidalari, Islom qudrati, moliya, iqtisod, insonparvar, qonun-qoida,
adolat, tartib-intizom.

Abstract:

This article discusses the reforms implemented by Amir Temur in the

field of state administration, as well as domestic and foreign policy, which led to the
further strengthening of his reign during his reign.

Keywords:

diplomat, Timur's regulations, fair principles, Timurid state, Muslim

jurisprudence, Islamic power, finance, economy, humanitarian, law and order, justice,
discipline.

Аннотация:

В данной статье рассматриваются реформы, проведенные

Амиром Темуром в области государственного управления, а также внутренней и
внешней политики, которые привели к дальнейшему укреплению его власти в
период его правления.

Ключевые слова:

дипломат, постановления Тимура, справедливые

принципы, государство Тимуридов, мусульманская юриспруденция, исламская
власть, финансы, экономика, гуманитарный, закон и порядок, справедливость,
дисциплина.

KIRISH:

O'zbekistonning yangi taraqqiyoti davrida mamlakatimizda olib

borilayotgan islohot va yangilanishlar ko'lamida milliy harbiy san'at tarixini chuqur
o'rganishga ham alohida e'tibor berildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli
Kuchlar Oliy Bosh Qo'mondoni Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan milliy
harbiy san'at tarixi hamda zamonaviy jang amaliyotlarini chuqur o'rganib, qo'shinlar
tayyorgarligi usul va uslublarini yanada takomillashtirish vazifasi qo'yildi,
respublikaning barcha harbiy akademik litseylariga "Temurbeklar maktabi" nomi
berildi. Sharq olimi Ibn Xaldun "Xotiralari"da Sohibqironning xizmatlariga quyidagi
yuksak baho berilgan: "Amir Temur Odam ato davridan to shu paytgacha siz kabi


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 2

354

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

podshoh chiqqan emas... asabiyatda ularga yer yuzidagi hech bir podshoh, Xusrav ham,
Qaysar ham, Iskandar ham, Buxtannasr ham teng kela olmaydi. Xusrav forslarning
kattasi va shohidir. Lekin forslar qayerda-yu, turklar qayerda! Qaysar va Iskandar Rum
podshohlaridur. Lekin rumliklar qayerda-yu, turklar qayerda! Buxtannasr bobiliylar va
nabotiylarning kattasidir. Lekin ular turklarga teng kela olarmidi!"Amir Temurning
harbiy boshqaruv sohasidagi islohotlari o'sha davr tarixiy manbalarida yoritilgan va
"Temur tuzuklari" Amir Temur jang san'atini o'rganishda eng muhim manbalardan
hisoblanadi. Ushbu asarda sipoh saqlab turish, sipohga ulufa berish, askarlarni eng quyi
martabadan oliy martabagacha tarbiyalab ko'tarish, katta nog'ora va bayroq berish,
sipohning yaroq-jabduqlari va anjom - jihozlari, navkarning begiga va bekning
navkariga muomala qilish va boshqa tuzuklari keltirilgan. "Tuzuklar"ning yaratilgan
davri, muallifi, originalligi xususida bahsli mulohazalar mavjud. Bizningcha, asarning
yozilish xususiyatiga ko'ra, ya'ni "Amr qildimki", "Buyurdimki", "Belgilab qo
'ysinlarki", -kabi iboralarga tayangan holda asar Sohibqironning saltanat va harbiy
boshqaruviga oid amr va farmonlari, buyruqlari jamlangan kitob sanaladi.

"Tuzuklar"da barcha vazirlarga katta talablar qo'yilgan (ayni damda sipoh,

harbiy ishlar bo'yicha vazirga ham tegishli): "Kamolotga erishgan vazir ulkim, davlat
muomalalarini tartibga keltirib, mulkiy va moliyaviy ishlarni to'g'rilik bilan, asli-nasli
tozaligini ko'rsatib, ajoyib tarzda bajaradi. Olgulik joyidan olib, bergulik yerga beradi.
Ruxsat etuvchi va taqiqlovchi buyruqlarida uning aslligi bilan toza naslligi ko'rinib
turadi. (Hech kimga) dushmanlik va jabr-zulm qilmaydi. Xoh sipohdan, xoh raiyatdan
bo ' lsin, har kimning nomini yaxshi so'zlar bilan tilga oladi. Birovdan yomonlik
axtarmaydi, aytsalar eshitmaydi. Agar birovdan yomonlik ko'rgan bo'lsa, unga nisbatan
shunday muomala qiladiki, u (oxiri) yomonligidan qaytadi. O'ziga yomonlik qilgan
odamga nisbatan shunday yaxshilik qiladiki, u (oxiri) oldiga bosh egib keladi. Aqlli,
bilimdon va hushyor vazir shunday bo'ladiki, agar saltanat ishlarida chigil-jumboq
uchrasa, aqlu farosat uni barmog'i bilan uni yechib yuboradi. Amir Temur va temuriylar
davri davlatchiligi, ma'naviyati o'zining salohiyati, mazmuni, tarbiyaviy kuchi va ta'siri
bilan xalqimiz tarixida alohida o'rin tutadi.

O'zbekiston o'zining davlat mustaqilligiga erishgach, uning bir necha ming yillik

ijtimoiy-siyosiy tarixini har taraflama o'rganish uchun keng imkoniyatlar yaratildi.
Ayniqsa, markazlashgan Amir Temur saltanati, uning o'zbek davlatchiligi va
madaniyatini rivojlantirishdagi o'rni masalalariga oydinlik kiritilib, tarixchi,
sharqshunos olimlarimiz ko'plab birinchi manba ahamiyatidagi asarlarni o'zbek tiliga
tarjima qilib, nashr ettirdilar. Davlatimizning siyosati va xalqimiz xohish-irodasiga
asoslangan Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 29 dekabrda «Amir Temur tavalludining


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 2

355

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

660 yilligini nishonlash to'g'risida»gi qarori, 1995 yil 26 dekabrda esa
Prezidentimizning «1996 yilni Amir Temur yili deb e'lon qilish to'g'risida»gi
farmonlari qabul qilindi. 1996 yil martida «Temuriylar tarixi» davlat muzeyini tashkil
qilish xususida, «Amir Temur» ordenini ta'sis etish to'g'risida farmonlar chiqdi.
YUNESKO qarori asosida Amir Temur tavalludining 660 yilligi butun dunyoda keng
nishonlandi. 1996 yil aprelida shu tashkilotning Parijdagi bosh qarorgohida
«Temuriylar davrida fan, madaniyat va ta'lim ravnaqi» mavzuida ilmiy konferensiya
o'tkazilib, Buyuk davlat arbobining tarixdagi o'rniga yuksak baho berildi. «Amir Temur
jahon tarixida qudratli va gullab-yashnagan davlat barpo etgan buyuk sarkarda va
davlat arbobi sifatidagina mavqei tutmaydi.U o'z poytaxti bo'lmish Samarqandni er
yuzining chinakam madaniy va ilmiy markazlaridan biriga aylantirdi. Bu ulug' zot
qurdirgan me'morchilik va xalq san'atining javohirlari yanglig' bugungacha qad
ko'tarib turgan osori atiqalar shahar va qishloqlarimiz ko'rkiga ko'rk qo'shib kelyapti.
Sohibqiron zamonasining ajoyib diplomati, davlatlar o'rtasida do'stona munosabatlar
o'rnatilishi va iqtisodiy aloqalar rivojlanishining tarafdori sifatida ham mashhur edi. U
olimlar va hokimlar, me'morlar va shoirlarning buyuk homiysi yanglig' dong
chiqargan».Bugungi kunda demokratik huquqiy davlat qurayotgan xalqimiz Vatanimiz
tarixida huquqiy davlat haqidagi tasavvur va qarashlarning yuzaga kelishi hamda
rivojlanishi, uning yuridik manbalari, dunyoviy huquq va qonunchilik masalalarini
ham bilishni istaydi, albatta. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, Temur tuzuklarini
tarixiy-huquqiy tadqiq etish alohida dolzarblik kasb etadi. Zero, o'tmish merosimiz,
uning boy davlatchilik va huquqiy asoslari, xususan, Amir Temur davrida davlat va
huquq borasida qo'llanilgan adolatli tamoyillar bugungi kunda mustaqilligimizga ham
xizmat qilib, shaxsning yuksak siyosiy, axloqiy va huquqiy madaniyatini
shakllantirishda ko'maklashmoqda. Amir Temur hayoti va faoliyatini yorituvchi asosiy
tarixiy manbalar benihoya ko'p va xilma-xil bo'lib, bu uning nomi, jahon tarixidagi roli
beqiyos ekanligi va g'oyat mashhurligidan dalolat beradi. Temurning ijtimoiy-siyosiy
tamoyillari tizimini yanada batafsilroq bayon qilsak, quyidagi manzara hosil bo'ladi: 1.
Amir Temur iqtisodiyotni har qanday saltanat poydevori, deb tushungan. «Davlatu
saltanat - deb ta'kidlaydi, Temur o'zining «Tuzuklari»da, - uch narsa bilan - mulk,
xazina va lashkar bilan tirikdir». Bu bilan Temur davlatning yashashi va ijtimoiy rivoji
uchun, avvalo, iqtisodiy imkoniyatlarga ega bo'lishi zarurligini ta'kidlaydi. 2. Amir
Temurning qarashlariga ko'ra, har bir mamlakat, turli xil iqtisodiy imkoniyatlaridan
kelib chiqib, barcha mintaqalar «xususida to'la ma'lumotlarga ega bo'lishi va ularning
iqtisodiy xususiyatlarini hisobga olishi» lozim. 3. Amir Temur asosiy ishlab chiqarish
vositasi bo'lgan er egaligiga katta e'tibor qildi va har bir viloyatni idora qilishda davlat,
vaqf, xususiy er egaligi tartiblarini saqlab qoldi va bunga er maydonining miqdori,


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 2

356

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

egalik huquqini davlat manfaatini ko'zda tutib, o'zgartirishga harakat qildi. 4.Temur
mehnatning yaratuvchanlik faoliyatini nazarda tutib, uni ijtimoiy qadriyat, deb
tushundi. 5. Amir Temur iqtisodiyotida moliya.

XULOSA

Xulosa ornida shuni aytish lozimki, buyuk sarkarda Amir Temurning davlat

boshqaruv sohasida, hamda ichki va tashqi siyosatda amalga oshirgan islohotlari oz
davrida uning saltanatini yanada mustahkam bolishiga olib kelgan. Hozirgi kunda
kundan-kun gullab-yashnab borayotgan Mustaqil Ozbekiston Respublikasida amalga
oshirilayotgan keng kolamli islohotlar ham davlat boshqaruv sohasida
mamlakatimizning ertangi kuniga bo'lgan ishonchni yanada mustahkamlab, buyuk
davlat arbobi Amir Temur tajribasini chuqur organib, amalda buyuk bobolarimiz
tajribasidan unumli foydalanilayotganining isbotidir. Bu esa xalqimiz kelajagi uchun
adolatli turmush tarzi yaratib berish yo lida qilinayotgan say-harakatlarning
samarasidir. Amir Temurning qanday shaxs va davlat arbobi bo'lganligi hamda uning
sifatlari haqida juda ko'p mualliflar o'z fikrlarini aytganlar. Ammo aynan uni ko'rib,
suhbat qilgan kishilar Ibn Xaldun, don Klavixo hamda Temurning maslahatchisi va,
ayniqsa, g'arb mamlakatlariga yuborilgan xristian elchisi Ioann Fransiskning, hozirda
Parij milliy kutubxonasida saklanayotgan xotiralari, ayniqsa, qimmatli, ishonchli
dalildir. «Amir Temur fors, arab va turk tillarini biladi. Qur'on ilmi va Islom
huquqshunosligi ilmida shu qadar kuchli olimki hech bir musulmon olimi u bilan
munozara kilishga qodir emas, u olim va shoirlarga katta hurmat ko'rsatadi. Buning
sababi shundaki, uning o'zi olim va donishmanddir».

Ya'ni «Ulug' bobokalonimiz Amir Temur «qaerda qonun hukmronlik qilsa, shu

erda erkinlik bo'ladi», degan gaplarini tarix sahifalariga zarvaraqlar bilan yozdirgan
edi». Temur davrining mumtoz tarixchilaridan bo'lgan Ibn Arabshoh Amir Temurning
fazilatlarini sharhlab: «Temur tengi yo'q fe'l-atvorli, chuqur mulohazali kishi bo'lib,
uning tafakkur dengizining qa'ri yo'q va (uning) ta'biri tagiga na tekisligu, na g'adir-
budur orqali yo'l topiladi», - deb yuksak baho bergan edi. Amir Temur dasturi va
siyosiy-huquqiy qarashlarida mukammal jamiyatni orzu qilishdan ko'ra, ko'proq uni
amalga oshirish hamda uning mas'uliyatini o'z zimmasiga olish yaqqol sezilib turadi.
Shuning uchun ham Amir Temurning davlat arbobi, sarkarda va mutaffakir sifatidagi
o'ziga xos tomoni shundaki, u o'zi hukmronlik qilgan .

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Azamat Ziyo. O'zbek davlatchiligi tarixi.- Toshkent: Sharq, -2000.-365 b.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 2

357

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

2.

Muiniddin Natanziy. Muntahab at- tavorix. -Toshkent, 1991.-260 b.

3.

Temur tuzuklari. Ahmedov B. tahriri.- Toshkent: G'afur G'ulom, - 1991.-

144 b

4.

Ahmedov B. Tarixdan saboqlar.-Toshkent: O'qituvchi, 1994.-432 b.

References

Azamat Ziyo. O'zbek davlatchiligi tarixi.- Toshkent: Sharq, -2000.-365 b.

Muiniddin Natanziy. Muntahab at- tavorix. -Toshkent, 1991.-260 b.

Temur tuzuklari. Ahmedov B. tahriri.- Toshkent: G'afur G'ulom, - 1991.-144 b

Ahmedov B. Tarixdan saboqlar.-Toshkent: O'qituvchi, 1994.-432 b.