Authors

  • Hafiza Allayeva
    Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti “Boshlang’ich ta'lim metodikasi” kafedra o'qituvchisi
  • Aziza Xurramova
    Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 4-bosqish 3-BT-21-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aijmr.92551

Keywords:

Boshlang’ich ta’lim

Abstract

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda tinish belgilarini o‘rgatish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, samarali metodikalarni va oʻyin texnologiyalarini qo‘llash imkoniyatlarini hamda savodini oshirishda tinish belgilari mavzusini o’rni va ahamiyati ochib beriladi. Shu o’rinda, 1-4-sinflarda tinish belgilariga oid mavzular va mashqlarning tahlili bayon etiladi. 


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 5

154

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

BOSHLANG’ICH SINFLARDA TINISH BELGILARINI O’RGATISH

METODIKASI

Allayeva Hafiza

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti “Boshlang’ich ta'lim

metodikasi” kafedra o'qituvchisi

Tel:998907479408

Xurramova Aziza

Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 4-bosqish 3-BT-21-guruh talabasi

Tel:998880273303

Annotatsiya:

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda tinish belgilarini o‘rgatish

jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, samarali metodikalarni va oʻyin
texnologiyalarini qo‘llash imkoniyatlarini hamda savodini oshirishda tinish belgilari
mavzusini o’rni va ahamiyati ochib beriladi. Shu o’rinda, 1-4-sinflarda tinish
belgilariga oid mavzular va mashqlarning tahlili bayon etiladi.

Kalit so’zlar:

Boshlang’ich

ta’lim

,

ta’lim tizimi, punktuatsiya, metodika, tinish

belgilari, pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar, oʻyin texnologiyalari,
interaktiv usullar, yondashuv, nuqta, soʻroq, undov, vergul.

Bir soatgina ilm oʻrganish bir kechalik ibodatdan afzaldir.

(Hadis)

Bilamizki, har qaysi rivojlangan davlatlar ta’lim tizimiga alohida e’tibor bergan

va uni mukammal tarzda ishlab chiqqan. Taʼlim tizimi rivoj topsagina shu mamlakat
ham ravnaq topadi. Zeroki, yosh avlod – yurt kelajagi. Shu jumladan, bizning
mamlakatimiz ham rivojlangan davlatlar qatoriga chiqish, yurt ravnaq topishi hamda
taraqqiy etgan mamlakatlar oʻrtasida bemalol raqobatlasha oladigan yoshlarni
tarbiyalash maqsadida ta’lim tizimiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining yosh avlodning ta’lim sifatini oshirish va ularning bilim
olish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan qaror va farmonlari, jumladan, “Ta’lim
toʻgʻrisida”gi Qonuni (2020) hamda davlat dasturlarida oʻquvchilarda adabiy til
me’yorlariga rioya qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish masalasiga hamda bilim,
koʻnikma va malakalarini shakllantirishga va ularning qobiliyatini rivojlantirishga
qaratilgan. Shu oʻrinda, “

Umumta’lim fanlarining o‘quv dasturlari shaxsni har

tomonlama kamol toptirishga, ta’lim oluvchilarda bilim, malaka, ko‘nikmalarni,


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 5

155

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

saviyani shakllantirishga va ularning qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi
kerak

1

¹ kabi qarorlar belgilab qoʻyilgan.

Endilikda, DTS asosida emas, MOʻD asosida darslar tashkillashtirilmoqda.

Darsliklar qaytadan ishlab chiqildi. Ayniqsa, bugungi kunda yoshlarni nav-niholligidan
poydevori mustahkam yoshlarni tarbiyalash uchun ham boshlangʻich taʼlim tizimida
olib borilayotgan islohotlarni keltirib o‘tsak mubolagʻa boʻlmaydi. Jumladan,
o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini shakllantirish, savodxonlik darajasini
oshirish, fikrini grammatik va uslubiy jihatdan to‘g‘ri ifodalashga o‘rgatish muhim
vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, tinish belgilarining to‘g‘ri qo‘llanilishi
bolalarning savodli yozish ko‘nikmasini mustahkamlashda asosiy omil bo‘lib xizmat
qiladi. Tinish belgilarini o‘zlashtirish - faqat grammatik qoida emas, balki matn
mazmunini to‘g‘ri anglash va uni ifodalay olishga xizmat qiluvchi vositadir. Shu bois,
boshlang‘ich sinflarda tinish belgilarini o‘rgatish dars jarayonida izchil va tizimli
metodik yondashuvni talab etadi. Bunda zamonaviy pedagogik texnologiyalar,
interfaol usullar va amaliy mashg‘ulotlar muhim rol o‘ynaydi.

Punktuatsiya — bu boʻlim yozma nutqda fikrni tushunarli, mazmunli, ravon va

aniq ifodalashga xizmat qiluvchi tinish belgilarining tizimidir. Ushbu tizim yozuv
madaniyatining ajralmas bir qismi bo‘lib, matnni mantiqiy va grammatik jihatdan
to‘g‘ri tuzishda muhim rol o‘ynaydi. Punktuatsiya yozma nutqni qismlarga ajratish,
ohangni toʻgʻri belgilash va o‘quvchiga fikrni to‘g‘ri tushunishga yordam beradi.
Yozma nutqda tinish belgilarining asosiy vazifasi — gap tuzilmasini aniqlashtirish,
fikrlar orasidagi mantiqiy bog‘liqlikni ko‘rsatish va o‘quvchiga ma’lumotni to‘g‘ri
anglash imkonini berishdir. Masalan, undov belgisining mavjudligi gapdagi hayajonni,
so‘roq belgisi esa savol ohangini bildiradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi uchun bu
belgilar matnni osonroq anglashda yordam beradi.

Boshlangʻich sinflarga tinish belgilarini oʻrgatish taʼlim jarayonining asosiy

bosqichlaridan biridir. Dastlab boshlangʻich sinflarda tinish belgilarini oʻrgatish
soddaroq, tushunarli va ularning yosh xususiyatlari inobatga olgan holda oʻrgatiladi.
Jumladan, oʻquvchilar alifbo va soʻz boyligini oʻzlashtirish bilan birga yozma nutqda
tinish belgilaridan toʻgʻri foydalanishni oʻrganadilar. Boshlangʻich sinflarda 1-sinf
darsligining 3-qismida 27-mavzu: Gaplarning oxiriga qoʻyiladigan tinish belgilar
mavzusi oʻtiladi. Bu darsda oʻquvchilar toʻrtta tinish belgilar nuqta, soʻroq, undov va
vergul bilan tanishadi. Mavzu yuzasidan topshiriqlar, mashqlar ham bajariladi.

“ 1-mashq: Gaplarni oʻqing. Gaplarning oxiriga kerakli tinish belgilarini qoʻyib

koʻchiring.

1

Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida” gi qonuni OʻRQ-637son : 2020


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 5

156

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Qachon bahor keladi

Ey bahor, qanchalar goʻzalsan

Sizga qaysi fasl yoqadi

Bahorda qushlar issiq oʻlkalardan qaytadi

Assalom, fasllar kelinchagi Navroʻzi olam

Bahorda qanday gullar ochiladi “

2

Ushbu mashq 1-sinfga mos sodda koʻrinishda keltirilgan boʻlib, oʻquvchilarga

tinish belgilari haqida boshlangʻich tushunchalar beriladi. Oʻquvchilar yuqoridagi
mashqni bajarish bilan birga darak gap, soʻroq gaplar, his-hayajon gaplar farqini
anglab yetib boradi. Hamda vergulni ishlatilish oʻrinlari haqida kengroq ma’limotga
ega boʻlishadi.

2-mashq. Matnni oʻqing. Nechta gap borligini aniqlang. Matndagi gaplar

chegarasini topib koʻchiring.

Maktab hovlisi

Oʻquvchilar maktab hovlisida gulzor barpo etishdi oʻgʻil bolalar yer chopishdi

qiz bolalar gul ekishdi har kuni oʻquvchilar gul koʻchatlarini sugʻorishdi tez kunda
maktab hovlisidagi gulzorda ochilgan gullarining xushboʻy ifori hamma yoqqa tarala
boshladi”

3

Oʻquvchilar ushbu mashqni bajarish, matnda nechta gap borligini aniqlash

mobaynida gaplarni chegarasini topishadi. Bu esa, oʻquvchilarda gaplarni toʻgʻri
talaffuz qilish koʻnikmalarini rivojlantiradi. Berilgan gaplar oxiriga nuqta va boshqa
tinish belgilarini qo‘yish mashqlari orqali tugallangan va tugallanmagan gaplarni
farqlashni oʻrganishadi.

2-sinf aynan tinish belgilar mavzusi berilmagan va IV chorakda “ Nutq. Gap”

mavzusi orqali tinish belgilari haqida maʼlumotlarga ega boʻlishadi. Hamda darslarda
topshiriqlar va mashqlarda matndan soʻroq va undov gaplarni ajratish topshiriqlarini
bajarishadi. Keyinchalik, 3-4-sinflarda oʻquvchilarga tinish belgilarini oʻrgatish
bolalarning yosh xususiyatlariga bogʻliq ravishda biroz murakkabroq va kengroq
oʻqitiladi hamda grammatik jihatdan tinish belgilarini ongli ravishda to‘g‘ri qo‘llash
ko‘nikmasini shakllantirishga katta e’tibor qaratiladi. Ayniqsa, murakkab gap
tuzilmalari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri nutq, qo‘shma gaplar va mantiqiy ohangli ifodalarni
o‘zlashtirishda tinish belgilarini to‘g‘ri ishlatish muhim ahamiyat kasb etadi. 3-sinf
darslarida 1-chorak 8-dars “Gap va uning turlari “mavzusi mobaynida oʻquvchilarga
tinish belgilari haqida qoʻshimcha maʼlumotlar va unga doir topshiriqlar bajarishadi.
Shu oʻrinda: “

Gap tugallangan fikrni bildiradi. Yozuvda har bir gapning birinchi soʻzi

2

Ona tili 1-sinf, 3-bosqich, Novda nashriyoti Toshkent 2024, 84-bet

3 1- sinf ona tili darsligi, 3-bosqich Novda nashriyoti Toshkent 2024, 85-bet


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 5

157

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

bosh harf bilan boshlanadi. Gap oxiriga nuqta (.), soʻroq (?), undov (!) belgilari
qoʻyiladi. Nuqta, soʻroq, undov belgisi tinish belgilari deb ataladi “

4

kabi qoidalar ham

keltirilganligi koʻrishimiz mumkin. 8-darsda bitta hikoya berilgan boʻlib, 1-topshiriqda
ushbu hikoya asosida savollar berilgan:

1. “Hikoyada nechta nuqta, nechta soʻroq va

nechta undov gaplar qatnashganini aniqlang”

kabi. Ushbu topshiriqlar orqali

oʻquvchilarda topqirlik, ziyraklik fazilatlarini rivojlantirish mumkin . Oʻquvchilar
keyingi darslarda “ Darak gap “, “ Soʻroq gaplar “ , “ Buyruq gaplar” va “His-hayajon
gaplar “ mavzulari ustida va mavzu yuzasidan topshiriqlar va mashqlar ustida
ishlashadi. Bu mavzular orqali tinish belgilari haqidagi bilimlari yanada
mustahkamlashadi.

4-sinf ona tili darsligida IV chorak 22-dars “ Gap. Gapda tinish belgilarini

qoʻllanishi “ mavzusi oʻtiladi. Bu mavzu orqali tinish belgilari haqida koʻproq umumiy
maʼlumotlarga ega boʻlishadi.

Xulosa

qilib aytganda, boshlang‘ich sinflarda tinish belgilarini o‘rgatish jarayoni

bosqichma-bosqich va tizimli ravishda olib borilishi zarur. 1–2-sinflarda tinish
belgilariga oid dastlabki tushunchalar berilib, asosan oddiy belgilar – nuqta, vergul,
savol va undov belgilarini to‘g‘ri qo‘llashga urg‘u beriladi. O‘quvchilarning yosh va
psixologik xususiyatlaridan kelib chiqib, darslar ko‘rgazmali vositalar, rasmli
topshiriqlar va og‘zaki muloqotlar asosida tashkil etiladi. 3–4-sinflarda esa bu
ko‘nikmalar kengaytirilib, tinish belgilarining grammatik asoslari, murakkab gaplar
tarkibidagi vazifalari, stilistik xususiyatlari va matndagi roli chuqurroq o‘rgatiladi.
Mashqlar turi ham murakkablashadi: diktant, matn tahlili, xatolarni tuzatish, mustaqil
yozuv ishlari orqali o‘quvchilarda savodxonlik va tahliliy fikrlash rivojlanadi.

Shunday qilib, boshlang‘ich sinflarda tinish belgilarini o‘rgatish metodikasi

o‘quvchilarning yozma nutq madaniyatini shakllantirishda, fikrni aniq va mantiqan
ifoda qilish ko‘nikmasini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida” gi qonuni OʻRQ-637son :

2020

2. Jo‘rayev N. “O‘zbek tili punktuatsiyasi.” – Toshkent: O‘qituvchi, 1996.
3. Tursunov U., Quronov D. “Tilshunoslikka kirish.” – Toshkent: Fan va

texnologiya, 2010.

4. Norqulova M. “Ona tili darslarida punktuatsiyani o‘rgatish metodikasi.” –

Toshkent, 2018.

4

3-sinf ona tili darsligi, 1-qism ; Novda nashriyoti 2024, 47-bet


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 5

158

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

5.1- sinf ona tili darsligi, 3-bosqich Novda nashriyoti Toshkent 2024, 85-bet
6. 2-sinf ona tili darsligi IV qism
7. 3-sinf ona tili darsligi, 1-qism ; Novda nashriyoti 2024, 47-bet
8. 4- sinf ona tili darsligi,
9. Qodirova G. “Ona tili darslarida interfaol metodlardan foydalanish.” –

Metodik qo‘llanma, 2020.

10.

www.ziyonet.uz

– Ta’lim va fan bo‘yicha elektron axborot portali.


References

Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida” gi qonuni OʻRQ-637son : 2020

Jo‘rayev N. “O‘zbek tili punktuatsiyasi.” – Toshkent: O‘qituvchi, 1996.

Tursunov U., Quronov D. “Tilshunoslikka kirish.” – Toshkent: Fan va texnologiya, 2010.

Norqulova M. “Ona tili darslarida punktuatsiyani o‘rgatish metodikasi.” – Toshkent, 2018.

1- sinf ona tili darsligi, 3-bosqich Novda nashriyoti Toshkent 2024, 85-bet

2-sinf ona tili darsligi IV qism

3-sinf ona tili darsligi, 1-qism ; Novda nashriyoti 2024, 47-bet

4- sinf ona tili darsligi,

Qodirova G. “Ona tili darslarida interfaol metodlardan foydalanish.” – Metodik qo‘llanma, 2020.

www.ziyonet.uz – Ta’lim va fan bo‘yicha elektron axborot portali.