Chet tilini o’qitishda zamonaviy innоvatsion texnologiyalar va metodlardan foydalanish hamda ularning samaradorligi

Поделиться
Рахманова, Х. (2022). Chet tilini o’qitishda zamonaviy innоvatsion texnologiyalar va metodlardan foydalanish hamda ularning samaradorligi. Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языков, 1(01), 263–264. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/analysis-problem/article/view/12964
Хуррият Рахманова, школа 79

учитель

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida chet tillariga berilgan katta ahamiyat hamda ularni o’rganish uchun zarur bo’lgan innovatsion texnologiyalar va metodlarni dars jarayonlarida tadbiq etish orqali, ta’lim samaradorligini oshirish masalalari yoritilgan


background image

263

CHET TILINI O’QITISHDA ZAMONAVIY INNОVATSION TEXNOLOGIYALAR VA

METODLARDAN FOYDALANISH HAMDA ULARNING SAMARADORLIGI

Raxmanova Xurriyat Yusupovna

Payariq tumani 79-maktab o’qituvchi

Annotatsiya: Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida chet tillariga berilgan katta ahamiyat

hamda ularni o’rganish uchun zarur bo’lgan innovatsion texnologiyalar va metodlarni dars jarayonlarida
tadbiq etish orqali, ta’lim samaradorligini oshirish masalalari yoritilgan.

Kalit so’zlar: Chet tili, o’yin, innovatsion texnologiya, texnologik vositalar, usullar, metodlar.
XXI asr zamonaviy texnologiyalar jadal rivojlanayotgan va har bir sohada o’z aksini topayotgan

davrdir. Ushbu globallashgan jamiyatda xorijiy tillarni o’rganishga bo’lgan talab kun sayin oshib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 19-may 2021-yildagi
“O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi
bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida ham “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi
salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturiga muvofiq, xorijiy tillarni o‘rgatishni ta’lim siyosatining
ustuvor yo‘nalishi sifatida rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda ta’lim sifatini tubdan oshirish, sohaga malakali
pedagoglarni jalb etish hamda aholining xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga alohida
ahamiyat qaratilgan. Yurtimizda chet tillarni o’qitilishida yangicha bosqich, yangicha davr boshlandi. Chet
tili darslarining o’qitilishi jarayonida ilg’or pedagogik texnologiyalar, interfaol, innovatsion usullardan,
kommunikativ-axborot vositalaridan foydalanish talab qilinmoqda. Respublikamizda chet tilining o’qitilishi,
chet tili o’qituvchilarining bilim va ko’nikmalarini baholashning umumyevropa ramkalari tavsiyanomalari
(CEFR) ga mos ravishda yangi usul va talablari ishlab chiqildi. Unga ko’ra umumta’lim maktablari va kasb-
hunar maktablari o’quvchilari uchun darsliklar yaratildi. Ushbu talablarga mos ravishda o’quv xonalari,
yangi axborot kommunikativ texnikalar bilan jihozlandi. Chet tili fani to’rt aspektga (o’qish, yozish, tinglab
tushunish va gapirish) bo’linib, ularning har biri bo’yicha alohida tushuncha va ko’nikmalar berilmoqda.

Xorijiy tillarni o’qitishda ilg’or zamonaviy texnologiyalarning ahamiyati beqiyos. Zero ta’lim

jarayonida texnologik vositalardan foydalanish chet tillarini o’rganishning har bir bo’limida bilimlarni
o’zlashtirish va mustahkamlashda beqiyos rol o’ynaydi. Masalan, tinglab tushunish ko’nikmasini
shakllantirishni kompyuter, player,CD disklarsiz amalga oshirish imkonsiz. Tinglab tushunish til
o’rganishning eng muhim qismlaridan biridir. Bunda o’quvchi bir paytning o’zida so’zlovchining talaffuzi,
grammatik qoidalarga rioya qilganligi, so’z boyligi va uning ma’nolariga e’tibor berishi talab qilinadi.
Bugungi globallashuv jarayonida internet hayotimizning har bir jabhasini qamrab olgan. Yosh avlod orasida
ijtimoiy tarmoqlardan, turli saytlardan chet tillarini o’rganishda oqilona foydalanishni yo’lga qo’yish dolzarb
masalaga aylanib ulgurdi. Ayniqsainternet orqali chet tilida so’zlashuvshilar bilan muloqot qilish
imkoniyatidan foydalanib, gapirish ko’nikmasini rivojlantirish,e-mail orqali xat yozishish bilan yozish
mashqini takomillashtirish mumkin.

Dars jarayonlarida multimedia vositalaridan foydalanishning ahamiyati beqiyosdir. Jumladan, slaydlar

orqali darsni tashkil qilish, o’quvchilarni xorijiy til darsi boshlanishiga o’ziga jalb qiluvchi usullar (warm-up
activities)dan foydalanish, turli xil rangdagi ko’rgazmalardan foydalanish orqali darsni mazmunli tashkil
qilishga hamda o’quvchilarning mavzuni to’liq o’zlashtirishiga erishish mumkin.Shuningdek, maktablarda
dars jarayonlarini interfaol o’yinlar orqali tashkil qilish ham juda katta ijobiy natijalar berishi isbotlangan.
Ma’lumki, darsning turli xil o’yinlar asosida o’tilishi o’quvchilarning kreativ va tanqidiy fikrlash
imkoniyatlarini kashf etibgina qolmay, balkiularning diqqatni jamlash, muammoli vaziyatlardan chiqish
yo’llarni izlashko’nikmalarini ham rivojlantiradi. Chunki, o’yinlardan foydalanishning asosini o’quvchini
faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyat tashkil etadi. Psixologlarning ta’kidlashlaricha, o’yinli
faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning o’zini namoyon qilish, hayotda barqaror o’rnini topish,
o’zini o’zi boshqarish, o’z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi. Har
qanday o’yin zamirida umumiy qabul qilingan ta’lim prinsiplari, taktikasi yotishi kerak. O’quv o’yinlariga
o’quv predmetlari asos qilib olinishi kerak. O’yinlar jarayonida o’quvchi oddiy darsga qaraganda bu
mashg’ulotga qiziqibroq yondashadi va o’zini erkinroq tutadi. Bu ayniqsa tabiatan uyatchang va jamoaga tez
qo’shila olmaydigan o’quvchilar bilan ishlashni osonlashtiradi. Ularning kirishimlilik qobiliyatlarini
oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’kidlash lozimki, o’yin eng avallo, o’qitishning bir usulidir.
O’quvchilar o’yinli darslarga qiziqib qatnashadilar, g’alaba qozonishga intiladilar, pirovardida bilim va
ko’nikmalarini ham boyitib boradilar. Masalan o’quvchi ingliz tilidagi o’yinda qatnashish jarayonida o’ziga
bo’lgan ishonchni mustahkamlaydi, men bu tilda gapira olarkanman, tinglab tushuna olarkanman, yoza


background image

264

olarkanman, deb motivatsiya oladi. [2]. Biz bilamizki, hozirgi ta’lim jarayonida o’quvchi sub’ekt bo’lishi
lozim. Bunda ko’proq interfaol metodlardan foydalanish ta’lim samaradorligini oshiradi. Chet tili darslariga
qo’yilgan eng muhim talablardan biri o’quvchilarni mustaqil, kreativ fikrlashga o’rgatishdir. Bugungi kunda
respublikamizdagi xorijiy til o’qituvchilari Amerika Qo’shma Shtatlari, Angliya pedagoglari tajribasiga
tayangan holda quyidagi innovatsion metodlardan foydalanib kelishmoqda:

− “Muammoli vaziyat yechimi” (Creative Problem Solving) bu usulni qo’llashda hikoyaning

boshlanish qismi o’qib beriladi, yakuni qanday bo’lishi esa o’quvchilar, hukmiga havola qilinadi. Bu o’z
navbatida o’quvchilarning mustaqil firklash qobiliyatini rivojlantirishda muhum ahamiyat kasb etadi.

− “Quvnoq topishmoqlar” (Merry Riddles) o’quvchilarga topishmoqlarni o’rgatishningxorijiy tilni

o’qitishda o’rni beqiyos.Topishmoq yodlash orqali o’quvchilaning so’z boyligi oshib boradi, undan tashqari
xotirani mustahkamlashda ham topishmoqlarning ahamiyati juda katta.

− “Tezkor javob” (Quick answers) o’tilgan dars mavzusini mustahkamlashga yordam beradi;
− “Chigil yozdi” (“Warm-up exercises”) o’quvchilarni darsga qiziqtirish uchun sinfda har xil

o’yinlardan foydalanish, dars boshlanishidan oldin o’quvchilarni o’tiladigan mavzuga moslashtirishga
xizmat qiladi [3];

− “Pantomima” (pantomime) bu usul juda qiyin mavzular tushuntirilishi kerak bo’lgan darsda yoki

yozma mashqlar bajarilib, talabalar charchagan paytda foydalanilsa bo’ladi;

− “Hikoya zanjiri” (a chain story) usuli o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirishda yordam beradi;
− “Rolli o’yinlar” (Acting characters) bu usul darsning barcha tiplarida qo’llanilishi mumkin. Hunarga

o’rgatish uchun “Interpretter”, “Translator”, “Writer”, “Poet” kabi kasbdagi kishilar darsda ishtirok etishib
o’quvchilar bilan suhbatlashishlari mumkin;

− “Allomalar yig’ini” (Thinkers meeting) U.Shekspir, A.Navoiy, R.Burns kabi shoirlar va

yozuvchilarni “taklif qilish” mumkin. Bunday paytda ular aytib ketgan hikmatli so’zlardan darsda
foydalanish yoshlarni komil inson bo’lib tarbiyalanishiga yordam beradi;

− “Rasmlar so’zlaganda” (When pictures speak) usuli ancha qulay bo’lib, ingliz tilini o’rgatishda,

talaba, o’quvchilarning og’zaki nutqini rivojlantirishda yordam beradi, buning uchun mavzuga oid
rasmlardan foydalanish lozim;

− Kviz kartochkalari (quiz cards) o’quvchilarning soniga qarab kartochkalar tarqatiladi va hamma

talabalar bir vaqtda darsda ishtirok etish imkonini beradi, barcha o’quvchilarga e’tibor berilishi
ta’minlaydiva vaqtni tejaydi [4].

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, xulosa qilish mumkinki, har bir innovatsion texnologiya o’ziga xos

afzallik jihatlariga egadir. Bunday usullarning barchasida o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi hamkorlik,
o’quvchining ta’lim jarayonidagi faol harakati ko’zda tutiladi .Xorijiy til darslarida innovatsion
texnologiyalar va usullarni qo’llash natijasida o’quvchilarning mantiqiy va kreativ fikrlash qobiliyatlari
rivojlanadi, nutqi ravonlashadi, tez va to’g’ri javob berish malakasi shakllanadi. Darslarning noan’anaviy
usullarda, turli metodlarni qo’llagan holda tashkil qilinishi orqali zerikarli mashg’ulotlrning oldi olinadi. Bu
esa yosh avlod o’rtasida xorijiy tillarni o’rganishga bo’lgan qiziqishning, bilim olishga bo’lgan ishtiyoqning
ortishiga, darslarning esa samarali tashkil etilishiga zamin yaratadi. Natijada o’quvchilaning darsga puxta
tayyorgarlik ko’rib kelishiga, o’zlashtirish samaradorligining jadal o’sishiga erishiladi.

Adabiyotlar:

Муминова, Ф. М. Ingliz tilini o’qitishda zamonaviy innоvatsion texnologiyalaridan foydalanish / Ф.

М. Муминова. — Текст: непосредственный // Молодойученый. — 2020. — № 18 (308). — С. 590-592.
— URL: https://moluch.ru/archive/308/69404/ (датаобращения: 27.05.2022).

N. Q. Xatamova, M.N. Mirzayeva. “INGLIZ TILI DARSLARIDA QO’LLANILADIGAN

INTERFAOL USULLAR” (uslubiy qo’llanma), Navoiy, 2006, 40 bet.

M. Xoldorova, N. Fayziyeva, F. Rixsittilayeva. “CHET TILINI O’QITISHDA YORDAMCHI

VOSITALARDAN FOYDALANISH”. Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2005

O’.Hoshimov, I. Yoqubov. “INGLIZ TILI O’QITISH METODIKASI” (o’quv qo’llanma) Toshkent:

“Sharq” nashriyoti, 2003

Отабоева, М. Р. Chet tilini o’qitishda zamonaviy innоvatsion texnologiyalaridan foydalanish va uning

samaradorligi / М. Р. Отабоева. — Текст: непосредственный, электронный // Молодойученый. — 2017.
— № 4.2 (138.2). — С. 36–37. — URL: https://moluch.ru/archive/138/39058/

Библиографические ссылки

Муминова, Ф. М. Ingliz tilini o’qitishda zamonaviy innovatsion texnologiyalaridan foydalanish / Ф. M. Муминова. — Текст: непосредственный // Молодойученый. — 2020. — № 18 (308). — С. 590-592.

— URL: https://moluch.ru/archive/308/69404/ (датаобращения: 27.05.2022).

N. Q. Xatamova, M.N. Mirzayeva. “INGLIZ TILI DARSLARIDA QO’LLANILADIGAN INTERFAOL USULLAR” (uslubiy qo’llanma), Navoiy, 2006, 40 bet.

M. Xoldorova, N. Fayziyeva, F. Rixsittilayeva. “CHET TILINI O’QITISHDA YORDAMCHI VOSITALARDAN FOYDALANISH”. Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2005

O’.Hoshimov, I. Yoqubov. “INGLIZ TILI O’QITISH METODIKASI” (o’quv qo’llanma) Toshkent: “Sharq” nashriyoti, 2003

Отабоева, M. P. Chet tilini o’qitishda zamonaviy innovatsion texnologiyalaridan foydalanish va uning samaradorligi / M. P. Отабоева. — Текст: непосредственный, электронный // Молодойученый. — 2017.

— № 4.2 (138.2). — С. 36-37. — URL: https://moluch.ru/archive/138/39058/

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов