10
Jismoniy tarbiya va sport
BEGIMQULOV Zarif Axmadovich
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha
mutaxassislarni qayta tayyorlash va ma
-
lakasini oshirish instituti Samarqand filiali
“Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va
tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi mudiri, pe
-
dagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori
(PhD), dotsent.
zarifbegimqulov77@gmail.com
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyevning 2024-yil 30-sen
-
tabr kuni Abdulla Avloniy nomidagi pe
-
dagogik mahorat milliy institutiga tashrif
buyurib, soha vakillari bilan ta’limda
amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusida-
gi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazgan
muloqotida jumladan, mamlakatimizda
maktabgacha va maktab ta’limi tashki
-
lotlari rahbar, pedagog hamda mutaxas
-
sis kadrlarini qayta tayyorlash, malakasini
oshirishning uzluksiz tizimi yo‘lga qo‘yilis-
hi, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida
“Kasbiy rivojlanish soati” hamda “Kas
-
biy rivojlanish kuni” joriy etilishi, Prezident
maktablarida to‘plangan ilg‘or tajriba
-
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARI JISMONIY TARBIYA FANI
O‘QITUVCHILARINIING UZLUKSIZ MALAKA OSHIRISH
JARAYONINI TASHKIL ETISH – DOLZARB VAZIFA
Jamiyatda sog‘lom turmush tarzini
keng tatbiq etish va ommaviy sportni ya
-
nada rivojlantirish, ayniqsa, xotin-qizlar
o‘rtasida sportni ommalashtirish maqsa
-
dida turli tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Xususan, Toshkent tumanida “Sport –
sog‘lom hayot garovi” shiori ostida ma
-
hallalarda yashovchi xotin-qizlar uchun
sportning voleybol turi bo‘yicha “Hokim
kubogi” bo‘lib o‘tmoqda.
Unda barcha tuman-shaharlardan
kelgan jamoalar o‘z imkoniyatlarini si
-
novdan o‘tkazmoqda. Musobaqa joriy
yilning 15-martiga qadar davom eta
-
di va yakunda faol ishtirokchilar ham
-
da g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan
sovrin va medallar bilan taqdirlanadi.
Toshkent viloyati hokimining yoshlar
siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’na
-
viy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosa
-
ri O.Sultonbekov hamda viloyat sport
boshqarmasi boshlig‘i R.Boboqulov hu
-
dudlarda sport ob’ektlarining holati,
sportchi va murabbiylarning murojaat
va takliflarini o‘rganmoqda.
Jarayonda, Prezidentimiz tomonidan
sohaga oid o‘tkazilgan navbatdagi vi
-
deoselektorda belgilangan vazifalar,
qo‘yilgan rejalar hamda bajarilishi shart
bo‘lgan ustuvor vazifalar soha vakillari
-
ga yetkazilmoqda. Sport ta’lim muas
-
sasa xodimlari va murabbiylari bilan
suhbatlarda ularni qiynab kelayotgan
muammolar o‘rganildi va tegishliligi
bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatma
berildi.
A.Musayev,
O‘zA
11
Jismoniy tarbiya va sport
lar uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi orqali
umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga keng
tatbiq qilinishi [4] kabi dolzarb vazifalar
belgilangan edi.
O‘zbekiston Respublikasining “Peda
-
gogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni
-
ning 10-moddasida: “Pedagoglar ma
-
lakasini oshirish ularga o‘z kasbiy bilim,
malaka va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish
hamda yangilab borish, shuningdek toifa-
sini (lavozimini) oshirish imkoniyatini berish
maqsadida amalga oshiriladi” [1], O‘zbe
-
kiston Respublikasining mehnat kodeksi
(yangi tahriri)ning 367-moddasida: “Ma
-
laka oshirish deganda xodimning undagi
mavjud kasb va mutaxassislik bo‘yicha
ishlarni bajarishga tayyorligini tavsiflovc
-
hi, xodimning kasbiy bilimlari, malakalari
va ko‘nikmalari darajasini takomillashtirish
tushuniladi” [2], - deb qayd etilgan.
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi “Jis
-
moniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxas
-
sislarni qayta tayyorlash va malakasini
oshirish tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 355-sonli
qarori bilan tasdiqlangan “Jismoniy tar
-
biya va sport bo‘yicha mutaxassislarni
qayta tayyorlash va malakasini oshirish
tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga asosan
malaka oshirish faoliyatining maqsadi
— kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalar
-
ning chuqurlashtirilishi hamda yangilab
borilishini ta’minlash, jismoniy tarbiya va
sport bo‘yicha mutaxassislarning toifasi,
darajasi, razryadi va lavozimi oshishiga
xizmat qiladigan zarur hajmini egallashini
ta’minlash [3] hisoblanadi.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mu
-
taxassislarning malaka oshirishi haqida
so‘z borganda, avvalo, uning o‘ziga xos
xususiyatlari mavjud ekanligini ta’kidlash
zarur. Uning muhim jihatlaridan biri mala
-
ka oshirishga kelgan jismoniy tarbiya va
sport bo‘yicha mutaxassislarning nafaqat
ta’lim darajasi va sifatiga qo‘yiladigan
davlat ta‘lim talablariga muvofiq yangi
bilimlar, malaka, ko‘nikma va kompeten
-
siyalarni o‘zlashtirishi, balki uzluksiz ta’lim
sharoitida qo‘llash uchun axborotlarni
izlash, topish, tahlil qilish, qayta ishlash,
mustaqil bilim olish va bilish faoliyati usul
-
larini egallashidir.
Amaliyotdan ma’lumki, malaka oshi
-
rish jarayonida jismoniy tarbiya va sport
bo‘yicha mutaxassislar modullar kesimida
o‘zlari faoliyat yuritayotgan ta’lim muas-
sasalaridagi ish tajribalarini rivojlantirish
maqsadida xususan, dars va mashg‘ulot
-
lar o‘tishda zamonaviy yondashuvlarni
tadbiq qilish, innovatsion texnologiya
-
lardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan
bilim va ko‘nikmalarini takomillashtiradi
-
lar. Shu bilan birga, tinglovchilar kurs da
-
vomida jismoniy tarbiya va sport, ta’lim
tizimiga yangi kiritilgan mavzular maz
-
muni va mashg‘ulot o‘tkazish metodlarini
qo‘llash kompetensiyalarini yanada ken
-
groq o‘rganadilar hamda kasbiy faoliyati
uchun zarur bo‘lgan eng so‘nggi yangi-
liklar va uslubiy yordamni qisqa davrda
o‘zlashtirib oladilar.
Kuzatishlardan ma’lum bo‘ldiki, “Jis
-
moniy tarbiya fani o‘qituvchisi” malaka
oshirish kursiga malaka oshirishga ke-
layotgan umimiy o‘rta ta’lim maktablari
jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining
aksariyati oliy ma’lumotli mutaxassislar-
dir. Ular bilan malaka oshirish mobayni
-
da dars va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar,
davra suhbatlari jarayonidagi muloqot
-
larda ularning kasbiy faoliyatida bir
qator yechilishi lozim bo‘lgan vazifalar
mavjudligini angladik. Jumladan, ayrim
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida hanu-
zgacha jismoniy tarbiya faniga “ikkinchi
darajali fan” sifatida qaralib kelinayot
-
ganligi, jismoniy tarbiya fani o‘qituvc
-
hilarining ish faoliyati davomida o‘z us
-
tida mustaqil ishlash bo‘yicha talabni
shakllantirilmaganligi, davriy malaka
oshirish kursidan keyingi uzluksiz malaka
oshirish tizimi bo‘yicha tizimli monitoring
o‘tkazilmasligi, mustaqil mutolaa (mus-
taqil o‘qish) bilan shug‘ullanish uchun
oddiy shart-sharoitlarning ham yo‘qligi
(qo‘shimcha xona, axborot-resurs mar-
kazlari va kutubxonalarda jismoniy tar
-
biya fanidan adabiyotlar) yoki yetarli
emasligini alohida ta’kidlaydilar.
12
Jismoniy tarbiya va sport
O‘tkazilgan tahlillar umimiy o‘rta ta’lim
maktablari jismoniy tarbiya fani o‘qituvc
-
hilarining kasbiy mahorati, ularning kasbiy
bilim, ko‘nikma va malakalarining chuqur
-
lashtirish, ma‘naviy-axloqiy saviyasini oshi
-
rishni har to‘rt yilda olib boriladigan mala-
ka oshirish jarayonidagina amalga oshirib
bo‘lmasligini ko‘rsatmoqda. Bu esa, maz
-
kur kadrlarning bilim saviyasini uzluksiz os
-
hirib borishni, umimiy o‘rta ta’lim maktab-
lari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilaridan
doimiy kasbiy o‘sishni va o‘z ishiga ulkan
fidoyilikni talab qiladi.
Ma’lumki, uzluksiz malaka oshirish umi-
miy o‘rta ta’lim maktablari jismoniy tarbiya
fani o‘qituvchilarining kursdan kursgacha
bo‘lgan davrini qamrab oladi. Ushbu ja
-
rayon jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha
mutaxassislar malakasini oshirish kurslari va
kursdan keyingi faoliyatlari davomidagi
ta’lim uzviyligi va uzluksizligini ta’minlashi
bilan umimiy o‘rta ta’lim maktablari jismo
-
niy tarbiya fani o‘qituvchilarining kasbiy
bilim, malaka va ko‘nikmalari hamda sa
-
lohiyatlari yanada o‘sishiga xizmat qiladi.
Amaliyotdan ma’lumki, har qanday
umimiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat
yuritayotgan jismoniy tarbiya fani o‘qitu
-
vchilarining pedagogik mahorati uzluksiz
malaka oshirish jarayonida sohaga oid
yangiliklarni o‘zlashtirishi va o‘z ish fao
-
liyatida qo‘llashi natijasida boyib bora
-
di. Bizning fikrimizcha, umimiy o‘rta ta’lim
maktablarida quyidagi vazifalarni amal
-
ga oshirishni maqsadga muvofiq, deb hi
-
soblaymiz:
- jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari
-
ning lavozim majburiyatlarini o‘rnatilgan
tartibda qaytadan ko‘rib chiqish va tako
-
millashtirish;
- jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari
uchun uzluksiz malaka oshirish tizimini joriy
qilish;
- “Ustoz-shogird” an’analarini sport
ta’limiga keng joriy etish hamda ushbu
faoliyatni uzluksiz ravishda takomillashtirib
borish;
- jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilar kas
-
biy rivojlanishining uzluksizligini ta’minlash
maqsadida malaka oshirishning “Kasbiy
rivojlanish soati”, shuningdek, “Kasbiy ri
-
vojlanish kuni” kabi shakllarini joriy etish;
- jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari
-
ning turli o‘quv seminarlari, treninglar,
tanlovlar, konferensiya va anjumanlarda
ishtirokchi va ma’ruzachi sifatida qatnas
-
hishini ta’minlash;
- muassasada jismoniy tarbiya fani
o‘qituvchilarining ijodiy faoliyat olib bo
-
rish, ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanishlari-
ga tegishli sharoitlarni yaratish.
Ma’lumki, har qanday pedagog kadr
uzluksiz malaka oshirish jarayonida o‘zi
-
ning kasbiy bilim va mahoratini oshirib
borishi natijasida yangicha usullardan
foydalanib, kasbiy faoliyatini tashkil et-
gandagina ta’lim-tarbiya jarayoniga
ijobiy ta’sir ko‘rsatish mahoratini egal
-
laydi. Buning uchun bugungi kun peda
-
gog kadrlari hozirgi davr talablarini teran
tushunishi, zamon bilan hamohang tarz-
da o‘z kasbiy darajasini muntazam va
tizimli ravishda oshirib borishi, ilmiy-uslubiy
ish olib borish malakasiga ega bo‘lishi, ta-
dqiqot vazifalarini oldinga qo‘yishni bilis
-
hi, tegishli tadqiqot usullari hamda uslub-
larini tanlay bilishi, olingan ma’lumotlarni
tahlil qila olishi lozim bo‘ladi.
Adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasining
“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi
Qonuni. https://lex.uz/docs/6786401
2. O‘zbekiston Respublikasining
Mehnat kodeksi (yangi tahriri). ht
-
tps://lex.uz/docs/6257288
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazir
-
lar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi
“Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha
mutaxassislarni qayta tayyorlash va
malakasini oshirish tizimini yanada ta-
komillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘ri-
sida”gi 355-sonli qarori. https://lex.uz/
docs/-6093267
4. Ustozini e’zozlagan jamiyat
ravnaq topadi, o‘qituvchisining
qadr-qimmati baland xalqning
obro‘-e’tibori yuksak bo‘ladi. “Yan
-
gi O‘zbekiston” gazetasining 2024-yil
1-oktabrdagi 199 (1260)-soni, 2-bet.
