Bo‘lajak veterinar-mutaxassislarida tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirishning nazariy asoslari

Annotasiya

Ushbu maqolada veterinariya mutaxasislarini tayyorlovchi oliy ta’lim muassasasi talabalarining tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirish borasidagi fikrlar keltirilgan, shuningdek, talabalarda qanday qilib ilmiy tadqiqot olib borish kompetentligini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari yoritib berilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2020
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
CC BY f
151-153
0

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Narziyeva, N. (2025). Bo‘lajak veterinar-mutaxassislarida tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirishning nazariy asoslari. in Library, 22(2), 151–153. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/104425
Nargiza Narziyeva, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, Ijtimoiy gumanitar fanlar va sport kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari falsafa doktori, dotsent

0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada veterinariya mutaxasislarini tayyorlovchi oliy ta’lim muassasasi talabalarining tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirish borasidagi fikrlar keltirilgan, shuningdek, talabalarda qanday qilib ilmiy tadqiqot olib borish kompetentligini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari yoritib berilgan.


background image

151

2. Shoumarova M. SH., Abdullaev T. A. Qishloq xo‘jalik mashinalari. - Toshkent: O‘qituvchi, 2002. ?424 b.
3. Ergashev I.T., Xayitov T.A.. G‘o‘za qator oralariga an’anaviy usulda kuzgi bug‘doy ekish texnologiyalari

va ularning tahlili. Fermer xo‘jaliklarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish istiqbollari. Professor-
o‘qituvchilarning qishloq taraqqiyoti va faravonligi yiliga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari

to‘plami. Samarqand.:-2009 y. 103-106 b.

4. Xayitov T.A. «Egri tutqichli yumshatkichdan g‘o‘za qator orasini yumshatishda foydalanish». Sam QXI

80-yilligiga bag‘ishlangan respublika konferensiya materiallari.

5. Nurmixamedov B.U., Xayitov T.A. «G‘o‘za qator oralariga bir o‘tishda bug‘doy ekish agregati ishchi

seksiyasi parametrlarini asoslash». Sam QXI 80-yilligiga bag‘ishlangan respublika konferensiya materiallari.

Saytlar:
6.http://rustehimpo.agroserver.ru
7.http://bankpatentov.ru
8.http://selhosmark.nichost.ru
9.www.agrocn.com/agrochina


6-SHU’BA

.

ZAMONAVIY MALAKALI KADRLAR TAYYORLASH, OʻQITISHNING ZAMONAVIY

USULLARIDA ERISHILGAN YUTUQLAR HAMDA MAVJUD MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH

UDK: 37.370.1.372

NARZIYEVA N.N.

BO‘LAJAK VETERINAR-MUTAXASSISLARIDA TADQIQOTCHILIK

KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

Annotatsiya

. Ushbu maqolada veterinariya mutaxasislarini tayyorlovchi oliy ta’lim muassasasi talabalarining

tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirish borasidagi fikrlar keltirilgan, shuningdek, talabalarda qanday qilib
ilmiy tadqiqot olib borish kompetentligini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari yoritib berilgan.

Kalit so‘zlar.

talaba-yoshlar, ilmiy-tadqiqot faoliyati, tadqiqotchilik kompetentligi, tadqiqotchilik

kompetensiyasi, tadqiqot, bilim, ko‘nikma, malaka.

Kirish.

Talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga yo‘naltirish masalalari bugungi kunda jahonda keng ko‘lamda

amalga oshirilmoqda. Masalan, AQShning Nebraska shtati Linkoln universitetida, Yaponiyaning Vasseda
universitetida talabalarning ilmiy tadqiqotga yo‘naltirish hamda ularning ilmiy, ijodiy fikrlarini o‘stirish ya’ni ijodiy
tanqidiy fikrlashga o‘rgatish masalalari bo‘yicha “Independent work” to‘garagi tashkil qilingan. “Independent
work” talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatiga yo‘naltiruvchi to‘garaklar sifatida tashkil qilingan bo‘lib, u

to‘garaklarda talabalarni bevosita ilmiy-tadqiqot faoliyatiga yo‘naltirish, iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni o‘zi
xohlagan yo‘nalishlarga yo‘naltirish masalalari bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Material va metodlar.

Mamlakatimizning pedagog olimlaridan B.X.Rahimov talaba-yoshlarning ilmiy

tadqiqot ishlariga yo‘naltirishning ijtimoiy pedagogik asoslarini yoritib berdi. Olib borilgan tadqiqot natijasida
talaba-yoshlarning ilmiy tadqiqot ishlariga oid faoliyatini shakllantirish dolzarb pedagogik muammo ekanligi
nazariy-amaliy jihatdan asosladi; - muammoning mohiyatini ochib beruvchi tayanch tuShunchalarni sharhladi; -
talabalarning ilmiy tadqiqotchilik faoliyatini shakllantirish jarayonining ijtimoiy-pedagogik xususiyatlari, mazmuni,
shakli, usul va metodlari belgilab berdi; - talaba-yoshlarning ilmiy faoliyati samaradorligini ta’minlovchi pedagogik
omillar aniqladi; - talaba - yoshlarning ilmiy-ijodiy faoliyati darajasini aniqlovchi mezonlar ishlab chiqdi; -
talabalarning mustaqil ilmiy faoliyat yuritishida “ilm orqali bilim olish” tamoyilining ahamiyati belgilandi va ilmiy
asosladi; - oliy o‘quv yurtlarida ilmiy tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish jamiyat rivojlanishining muhim
omillaridan biri ekanligi asoslab berildi; - talaba-yoshlarning ilmiy faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat
qiluvchi ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqildi. Yurtdoshimiz, yosh olima M.R.Qodirova o‘z tadqiqotlarida ta’lim
jarayonlari samaradorligini baholash mezonlarini shakllantirishda: intellektual qobiliyat, intellektual tashabbus,
intellektual ijod va intellektual o‘z- o‘zini boshqarishni hisobga olgan. Tadqiqotda talabalarning ijodiy o‘z-o‘zini

rivojlantirish darajalari to‘ldirildi va tadbiq qilindi:[3, 11]. 1) passiv talaba o‘zining imkoniyatlariga ishonmaydi,
shu bilan birga, berilgan ma’lum ijodiy topshiriqlarni bajara olmaydi va xohlamaydi; 2) sust, bo‘sh talaba o‘z kuchi
va imkoniyatlarida ikkilanadi, ijodiy topshiriqlarni faqatgina o‘qituvchi boshchiligida reproduktiv usul yordamida
bajara oladi; 3) o‘rtacha talabaga ijodiy topshiriqlarni bajarishda qo‘shimcha omillar zarur va u o‘ylaganini amalga
oshirish uchun yangi elementlar kiritadi. Bunda talaba individual ijodiy faoliyatga intilmasdan, kichik guruhlarda
afzal ko‘rishi muhim; 4) kuchli talaba o‘z kuchi va imkoniyatlariga ishonadi, ba’zida ularga ortiqcha baho beradi.
Tadqiqot doirasida talabalarning ijodiy rivojlanishining keng tarqalgan ko‘rinishlari tavsiflangan: - passiv-
tanishtiruv (ijodiy faoliyatga qiziqish va ichki ehtiyoj); - ijodiy-reproduktiv (talabalarning ijodiy faoliyatga intilishi
bilan mos kelishi va uning reproduktiv xarakteri); - qisman ijodiy (talabaning faolligi tizimli istak va xohishlarni
talab qiladi, uning ijodiy faoliyati izlanuvchi xarakterga ega); - xususiy ijodiy (talabaning o‘z faolligini


background image

152

boshqarishda uning bilishga oid faoliyati ijodga aylanadi). Olima G.N.Ibragimova interfaol o‘qitish metodlari va
texnologiyalari asosida talabalarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishni o‘z tadqiqotlarida yoritib berganlar.
Tadqiqot jarayonida quyidagi natijalarga erishildi[4, 8]: - talabalarda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishning
umumkasbiy va soxaga yunaltirilgan kognitiv, ijtimoiy kompetensiyalarga yunaltirilgan faoliyati tuzilmasi
komponentlari aniqlashtirdi; - interfaol ta’lim muhitida kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishning integrallashgan
metodik tizimi, reproduktiv, ijodiy-izlanish va novatorlik bosqichlari mazmuni, shuningdek jarayon samaradorligini
baholashning prognostik va kvalimetrik metodikasi ishlab chiqdi; - Samarqand davlat universitetining “Pedagogika”
ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bo‘lg‘usi kadrlarni kreativ kompetentligiga qo‘yiladigan umumiy malaka talablari
takomillashtirildi; - tashkiliy-ijodiy damda integratsion yondashuv asosida o‘quv va tarbiyaviy faoliyatni
loyihalashtirish, interfaol o‘qitish metodlari va texnologiyalari vositasida talabalarda kreativlik qobiliyatlarni
rivojlantirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar shakllantirildi. Rossiyalik pedagog-olim A.A.Gubaydulin o‘z
tadqiqotlarida talabalarning tadqiqot olib borish kompetentligini loyihaviy ta’lim asosida shakllantirish
texnologiyalarni ochib berdi.

Natijalar va ularning tahlili.

Hozirgi kunda ilmiy tadqiqot faoliyatini rivojlantirish maqsadida oliy ta’lim

muassasalariga eng ustivor vazifalar sifatida quyidagilar belgilangan: -ilmiy-tadqiqot muassasalari olimlarini ta’lim
jarayoni va ilmiy rahbarlikka jalb qilish, magistratura va doktorantura bosqichlaridagi ilmiy ishlarni mazkur ilmiy-
tadqiqot muassasalarida olib borilishi hamda himoya qilinishini ta’minlash; -jahon ilmiy tadqiqotlar bozori
tendensiyalaridan kelib chiqib, har bir oliy ta’lim muassasasida (fakultet, kafedra va laboratoriyalar kesimida) ilmiy
tadqiqotlarni tor va fanlar tutashligidagi sohalarga ixtisoslashtirish, ularni ishlab chiqarish va hududiy rivojlanish

ehtiyojlariga moslashtirish, qiyosiy ustunlikka ega bo‘lgan istiqbolli ilmiy yo‘nalishlarni belgilash, ushbu
yo‘nalishlarda yuqori malakali professor-o‘qituvchilar va talabalar salmog‘ini oshirish.

Ta’lim va bilim faoliyati maqsadi, vosita va tuzilishini oshirishni nazarda tutib oliy ta’lim tizimida malakali

kadrlar tayyorlashning hozirgi holati ko‘lamini kengaytirish va talabalarning bilim, ko‘nikma va qobiliyatini
kuchini oshirish, kasbiy malakasini oshirish uchun zarur bo‘lgan ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, tarkibiy
qismlaridan biri tadqiqot faoliyati ko‘nikmalarini o‘zlashtirish dolzarb vazifadir. Albatta, ilmiy nazariyani ishlab
chiquvchi mutaxassis, tajriba ishi yoki boshqa tadqiqotchilar tajribasidan o‘z faoliyati jarayoni va natijalarini tahlil
qilishda foydalanadi. Ammo erishilgan natijalarning ahamiyatini tahlil qilish va asoslash tajribali olim va universitet
bitiruvchisi uchun ham natijalarni xolisona baholash uchun birdek muhim ahamiyatga ega.

Tadqiqot olib borish kompetensiyasi talabalarda o‘quv jarayoni va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda va

turli faoliyat turlarida shakllanadi. Universitet talabalari o‘rtasida ushbu kompetentlikni shakllantirishning asosiy
yo‘llari, usullari va texnologiyalari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlar;
munozaralar, ishbilarmonlik o‘yinlari, suhbatlar, treninglar;
yozma ishlar(referatlar, hisobot va ma’ruzalar, tahliliy va reflektor insholar)ni bajarish;
kasbiy vazifalarni hal etish;
auditoriyada turli xil loyihalar ustida ishlash, natijalarni taqdim etish;
o‘quv tadqiqot va tadqiqot topshiriqlari;
o‘quv amaliyotlarida bajariladigan vazifalar tizimi;
auditoriyadan tashqari tadbirlarda turli loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish;
kursning bajarilishi va yakuniy malaka (diplom) ishlari.
Hozirgi kunda talabalar tadqiqotlarning quyidagi yo‘nalishlarini dolzarb deb hisoblaydilar: dorishunoslik,

hayvonlardagi mahalliy kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash, bo‘sh vaqt muammolari, ijtimoiylashuv va har
tomonlama shaxsiy rivojlanish va boshqalar,

Oliy ta’lim amaliyotida bitiruvchilarning tadqiqot kompetentligi darajasi zamonaviy talablarga javob

bermaydi. Talabalarning aksariyat qismi (taxminan 85%) ushbu shaxs xususiyatining rivojlanish darajasiga ega
emas. Yuqori kurs talabalarining atigi 15 foizida ilmiy izlanishlar malakasini oshirishning yuqori darajasi mavjud.
Bu shuni anglatadiki, zamonaviy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining aksariyati zamonaviy va tez
o‘zgaruvchan ishlab chiqarishda muvaffaqiyatli ishlashga tayyor emas. Pedagogika ta’lim muassasalarida yakuniy
bitiruv malakaviy ishni amalga oshirish talabalarning kasbiy tayyorgarligini oshirishga qaratilgan bolib, nazariya’ni

chuqur organish, tizimga keltirish va ilgari olingan bilimlarni to‘ldirish, bilimdonlikni oshirish, mustaqil faoliyat
ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish bilan bog‘liq. Mustaqil o‘rganish qobiliyati ilmiy tadqiqot ishlarini
o‘rganish jarayonida rivojlanadi. Ilmiy ish bilan shug‘ullanish talabalarning tizimli fikrlashi, zamonaviy ta’lim
tizimining pedagogik va ijtimoiy hodisalarini tahlil qilish, pedagogik g‘oyalar tarixini chuqur o‘rganish, ularning
har biri haqida mustaqil hukm chiqarish qobiliyatini rivojlantiradi. Shu bilan birga talaba tajriba ishlarini olib borish
texnologiyasini: birlamchi manbalar bilan ishlash ko‘nikmasi, olingan amaliy materialni tashxislash va qayta ishlash
ko‘nikmalari va ma’lumotlardan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmalarini o‘zlashtiradilar. Tadqiqotchilik bilim va
ko‘nikmalarining mavjudligi talabaning kasbiy madaniyati darajasining eng yorqin xususiyatlaridan biri bo‘lib, u

o‘z navbatida mutaxasisni shakllantiruvchi omildir. Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyati nafaqat bilish va ijodiy
vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi, balki ularning o‘z-o‘zini namoyon qilish uchun imkoniyat yaratadi,


background image

153

pedagogik faoliyatning muhim komponenti bo‘lgan kommunikativ madaniyatni rivojlantiradi. Veterinar-mutaxassis
kasbiy madaniyatining o‘ziga xosligi - veterinariya sohasidagi kompetentlik va professionalizmning o‘z shaxsiy
madaniyati bilan uyg‘unlashuvi bo‘lib, ularga nafaqat bilimlarni uzatishga, balki rivojlanayotgan ta’lim jarayonida
insonparvarlik muhitini yaratishga yordam beradi. Bitiruv malakaviy ishi va kurs ishlarini, hatto eng oddiy

tadqiqotlarni o‘tkazmasdan amalga oshirish mumkin emas. Ilmiy-tadqiqot olib borish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va
malakalarini egallash turli o‘quv predmetlarini, xususan, “Hayvonlar anatomiyasi”, “Hayvonlar patofizoilogiyasi”,
“Biyokimyo”, “Ichki yuqumsiz kasalliklar”, “Farmakologiya” va boshqalarni o‘rganishda amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, har bir talaba ilmiy rahbari bilan ishlashi kerak. U adabiyot yangiliklarini kuzatib boradi, tanlagan
fanida ro‘y berayotgan o‘zgarishlardan boxabar bo‘lishga harakat qiladi va eng muhimi – fanni tushunish jarayoni
amaliy mashg‘ulotlar va imtihonlarga tayyorlanishda ham, universitetdan tashqarida ham to‘xtamaydi. Ong tubida
dam olayotganda ham shaxsning o‘z-o‘zini takomillashtirish jarayoni to‘xtamaydi. Shu bilan birga bo‘lg‘usi
veterinar-mutaxassis talabalarining ilmiy-tadqiqot ko‘nikmalarini shakllantirish amaliyotini tahlil qilish ular ilmiy-
tadqiqot faoliyati jarayonida duch keladigan muhim qiyinchiliklarni ko‘rsatadi. Talabalarda ilmiy nazariy bilim,
metodologik va metodik tayyorgarlikning yetarli darajada emasligi ularni tadqiqot ishini olib borish bosqichida
tadqiqot vazifalari ustida ishlashlarini ancha murakkablashtiradi. Xuddi shu muammo tadqiqot gipotezasini ishlab
chiqishda, axborot to‘plash rejalarini tayyorlashda ham kuzatiladi. Tajriba ishlarini rejalashtirish va o‘tkazish,
olingan ma’lumotlarni qayta ishlash ayniqsa qiyin. yakuniy saralash ishlarini bajarishda, eng yaxshi tadqiqot
natijasini olish uchun talabalarga nazoratchilarning og‘zaki konsultatsiyalari, aniq ishlanmalar (mazmundagi rejalar,
adabiyotlar ro‘yxati, talabalarni tekshirish usullari va boshqalarni) o‘z ichiga olgan metodik tavsiyalar kerak.
Insonparvarlashtirish sharoitida pedagog shaxsiy madaniyatining kommunikativ jihati muhim ahamiyat kasb etib, u
haqiqiy pedagogik muloqotda namoyon bo‘ladi. Ilmiy rahbar va talaba o‘zaro muloqotda bo‘lganda bitiruvchining
kommunikativ madaniyati shakllanadi va uning kasbiy kompetentligi oshadi.

Xulosa

. Kasbiy kompetentlikni tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan tadqiqot kompetentligini shakllantirishning

asosiy shart-sharoitlaridan biri o‘quv jarayoni va mustaqil ta’lim davomida innovatsion usullar yordamida nazariy
va amaliy tayyorgarlik uchun yaxlit jarayon sifatida xizmat qiladi, Shuningdek, tadqiqot ishtirokchilari bilan
tadqiqot ishlarini tashkil qilishda, nafaqat tadqiqot farazi va nazariy materiallarni bilish, balki o‘zaro hamkorlik
jarayonida do‘stona yondashuvni o‘z ichiga oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

2019-yil 8-oktyabrdagi PF 5748-sonli Farmonida “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030

yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” (3-bob, 3-paragraf), Toshkent-2019.

2.

B.X.Rahimov. Talaba-yoshlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga yo‘naltirishning ijtimoiy-pedagogik asoslari:

p.f.d. diss. avtoref. … - Toshkent, 2009.

3.

G.N.Ibragimova. Interfaol o‘qitish metodlari va texnologiyalari asosida talabalarning kreativlik

qobiliyatlarini rivojlantirish: p.f.b.f.d. (PhD) diss. avtoref. … - Toshkent, 2017.

4.

А.А.Губайдулин Формирование исследовательской компетентности студентов в условиях

проектного обучения: диссертация (к.п.н.), - Казань, 2011 г.

5.

Makhmutovna, T. K., & Ibragimovna, T. I. (2020). Specific features of the pedagogical process

focused on increasing the social activity of youth. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 9(6), 165-
171.

6.

Maksudov, U. K. (2020). Issues of national values and social activity of students in the development of

positive psychology. Психологическое здоровье населения как важный фактор обеспечения процветания
общества (pp. 394-396).

7.

Orinova, N. M. (2021). Bo‘lajak o‘qituvchilarni kreativlik kompetentligini rivojlantirishning pedagogik

shart-sharoitlari. Academic research in educational sciences, 2(9), 394-399.

УДК, 93: 619: 636

САЙФУДИНОВA Ж.Б.

ЎРТА ОСИЁ ХАЛҚЛАРИНИНГ ИЛК УЙҒОНИШ ВА ИККИНЧИ РЕНЕССАНС

ДАВРЛАРИДА ВЕТЕРИНАРИЯ ХИЗМАТИ ТАРИХИДАН

Аннотация:

Ўзбекистон чорвачилигининг ривожланишида ветеринария хизмати муҳим аҳамият касб

этади.Унинг тарихини ўрганиш эса соҳа ходимларини ватанпарварлик руҳида тарбиялаш билан бирга
тарихимизнинг кўп қиррали, сермазмун ва ибратли эканлигидан далолат беради. Ўрта Осиё халқларининг
ҳаётида юз берган илк 1Х-ХП ва иккинчи Х1У-ХУ асрларда мавжуд илмий адабиётларда ветеринарияга
оид маълумотлар, тарихий манбалар соҳа тарихини илмий жиҳатдан тадқиқ этилишини талаб этади.

Калит сўзлар:

Илк Уйғониш даври, иккинчи ренессанс даври, учинчи ренессанс пойдеворини барпо

этиш

,

ветеринария хизмати, халқ табобати, Ибн Сино “Ҳайвонлар” асари, махсус яйловлар, отлар тўғрисида

рисола, касалликлар белгилари, даволаш йўллари, қўлёзма манбалар.

Bibliografik manbalar

2019-yil 8-oktyabrdagi PF 5748-sonli Farmonida “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” (3-bob, 3-paragraf), Toshkent-2019.

B.X.Rahimov. Talaba-yoshlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga yo‘naltirishning ijtimoiy-pedagogik asoslari: p.f.d. diss. avtoref. … - Toshkent, 2009.

G.N.Ibragimova. Interfaol o‘qitish metodlari va texnologiyalari asosida talabalarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish: p.f.b.f.d. (PhD) diss. avtoref. … - Toshkent, 2017.

А.А.Губайдулин Формирование исследовательской компетентности студентов в условиях проектного обучения: диссертация (к.п.н.), - Казань, 2011 г.

Makhmutovna, T. K., & Ibragimovna, T. I. (2020). Specific features of the pedagogical process focused on increasing the social activity of youth. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 9(6), 165-171.

Maksudov, U. K. (2020). Issues of national values and social activity of students in the development of positive psychology. Психологическое здоровье населения как важный фактор обеспечения процветания общества (pp. 394-396).

Orinova, N. M. (2021). Bo‘lajak o‘qituvchilarni kreativlik kompetentligini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari. Academic research in educational sciences, 2(9), 394-399.