16
ALISHER NAVOIY IJODINING ISLOMIY-
MA’RIFIY ASOSLARI
Nurboy JABBOROV,
filologiya fanlari doktori, professor,
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
Tel.: +99897402159
Annotatsiya
Maqolada buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy
ijodiy
kamolotining ijtimoiy-
ma’
rifiy va badiiy-estetik omillari, birinchidan,
Qur’on va Sunnatni mukammal o‘rganib, butun hayoti davomida islom
shariatining bu ikki mo‘tabar manbasiga og‘ishmay amal qilgani,
ikkinchidan, buyuk islom mutafakkirlari, tasavvuf allomalari asarlarini
mutola
a qilgani hamda ulardagi g‘oyalarni muttasil rivojlantirib, asarlarida
yuksak badiiy talqin etgani, uchinchidan, o‘zi mansub turkiy xalq tarixini
mukammal bilgani, butun ijodiy-ilmiy salohiyatini millatning oru nomusi,
shonu sharafini himoya qilish, yuksal
tirish yo‘liga safarbar eta olganida
namoyon bo‘lishi tadqiq qilingan.
Alisher Navoiyning e’tiqod, shariat arkonlariga qanday amal qilgani,
buyuk mutafakkir o‘qib o‘rgangan tafsir va hadis kitoblari, tasavvuf
allomalarining asarlari haqida so‘z yuritiladi
. Diniy-
ma’rifiy va falsafiy
-
irfoniy g‘oyalarni yuksak darajada badiiy talqin etgani asarlarining tahlili
orqali dalillanadi. “Xamsa” asarining hamd, munojot va na’t qismlari
mohiyati tadqiq qilinadi. Buyuk shoirning ijod konsepsiyasi islom
ma’rifatiga tay
anishi asarlarining milliy ruhni ifodalashiga monelik
qilmasligi aksincha, islomiylik va milliylik bir-
birini to‘ldirishiga doir
tahliliy qarashlar ilgari suriladi. Tahlillar natijasida nazariy umumlashmalar
chiqariladi.
Kalit so‘zlar:
badiiy ijod, islom
, she’r, adabiyot, Qur’on, hadis,
badiiy-estetik omil, tasavvuf adabiyoti, badiiy talqin.
Аннотaция
В статье исследуются социально
-
просветительские и
художественно
-
эстетические факторы творческого совершенства
великого поэта и мыслителя Алишера Навои, во
-
первых, то, что он
досканально изучив Коран и Сунну, без отклонений следовал этим
двум могущественным источникам, во
-
вторых, что он читал труды
великих исламских мыслителей, знатоков суфизма и непрерывно
развивая их идеи, давал высокохудожественные
интерпрет
atsi
и в
17
своих произведениях, в третьих, то, что он в совершенстве знал
историю тюркского народа, которому он принадлежал, и что смог
мобилизовать весь свой творческий и научный потенциал для защиты
и возвышения чести и славы н
atsi
и.
Обсуждаются то, как
Алишер Навои следовал принципам веры и
шариата, тафсиры и хадисы, прочитанные великим мыслителем,
труды ученых суфизма. Его художественная интерпрет
atsi
я
религиозно
-
просветительских и философско
-
мистических идей на
высоком уровне подтверждается анализом его творчества.
Исследуется сущность частей «Хамсы», как «хамд» (хвала
Аллаха),
«мунаджат» (просьба
Аллаху) и «наът» (восхваление пророка).
Выдвигаются аналитические взгляды на взаимодополняемость
исламизма и н
atsi
онализма, опора концепции творчества великого
поэта на исламское просвещение, не помешавшее
его произведениям
выразить
н
atsi
ональный дух. В результате анализа делаются
теоретические обобщения.
Ключевые слова:
художественное творчество, ислам, поэзия,
литература, Коран, хадис, художественно
-
эстетический фактор,
литература суфизма, художественная интерпрет
atsi
я.
Abstract
The article examines the socio-educational and artistic-aesthetic
factors of the creative perfection of the great poet and thinker Alisher
Navoi, firstly, the fact that he thoroughly studied the Koran and the
Sunnah, followed these two powerful sources without deviations, and
secondly, that he read the works great Islamic thinkers, experts in Sufism
and continuously developing their ideas, gave highly artistic
interpretations in his works, thirdly, that he perfectly knew the history of
the Turkish people to whom he belonged, and that he was able to mobilize
all his creative and scientific potential to protect and elevation of the honor
and glory of the nation.
It discusses how Alisher Navoi followed the principles of faith and
Sharia, tafsirs and hadiths read by the great thinker, the works of Sufism
scholars. His artistic interpretation of religious-enlightenment and
philosophical-mystical ideas at a high level is confirmed by the analysis of
his work. The essence of the parts of "Hamsa" is being investigated, such
as "hamd" (praise of Allah), "munajat" (request to Allah) and "nat" (praise
of the prophet). Analytical views are put forward on the complementarity
of Islamism and nationalism, the support of the concept of the great poet's
work on Islamic enlightenment, which did not prevent his works from
18
expressing the national spirit. As a result of the analysis, theoretical
generalizations are made.
Key words:
artistic creativity, Islam, poetry, literature, Koran,
hadith, artistic and aesthetic factor, Sufism literature, artistic
interpretation.eralizations are made.
Sharq-islom adabiyoti shaklni ham, vaznni ham, ijodiy konsepsiyani
ham Qur’
oni karim va Hadisi shariflardan olgan. Shayx Ahmad
Taroziyning
“Fununu
-l-
balog‘a” asarida she’rning poetik shakliga
taalluqli bo‘lgan badiiy san’atlarga misollar avval Qur’oni karim va
Hadisi sharifdan, keyin turli shoirlar nazmiy asarlaridan keltirilgani ham
ushbu fikrni tasdiqlaydi. Masalan, baytning har ikki misrasidagi
so‘zlarning ohangdosh, vazndosh va qofiyadosh bo‘lishi talab etiladigan
tarsi’ san’atiga misol sifatida Qur’oni majiddan quyidagi ikki oyat
keltiriladi:
Innal-
abrora lafiy na’im,
Va innal
-
fujjaro lafiy jahim. (Infitor, 13-14
).
Yana:
Inna ilayna iyobahum,
Summa inna a’layna hisobahum. (G‘oshiya, 25
-26
).
Shundan so‘ng mazkur badiiy san’atga Rasuli akram (s.a.v.)ning
“Kimki g‘azabiga itoat qilibdi, adabini zoye qilibdi” mazmunidagi hadisi
misol qilingan:
Man a’to’a g‘azabahu, azo’a adabahu
[11.85]
.
Tarsi’ san’atiga hazrat Navoiyning “Hayratu
-l-
abror” dostoni munojot
qismidan olingan quyidagi bayt misol bo‘la oladi:
Kimki boshi sajdada
–
masjudisen,
Kimki yuzi qiblada
–
ma’budisen
[8.16]
.
Tashbeh badiiy adabiyot
ning xususiyatini to‘liq mujassam etadigan
san’at ekani ayon. “Fununu
-l-
balog‘a”da ushbu badiiy san’atga “Yosin”
surasidan misol keltiradi:
Val-
qamara qaddarnahu manozila hatta ‘ada
ka-l-urjuni-l-qadim
[11.94]
.
Ma’nosi: Biz oyni ham
toki u eski xurmo
butog‘i kabi bo‘lib qolguncha manzillarini belgilab, tayinlab
qo‘ygandirmiz. Ushbu oyati karimada “
eski xurmo butog‘i kabi
” deyilar
ekan, Alloh taolo bu orqali insonlarga tashbeh vositasida fikr yuritishni
ta’lim beryapti. Shu asosda mub
orak Hadislarda ham tashbeh asosida
fikrning balog‘at va fasohat bilan bayon etilishi kuzatiladi. Mas.:
An-nasu
savaun kaasnanil-mishti
[11.95]
.
Ma’nosi:
Odamlar xuddi taroqning
tishlari kabi barobardirlar.
19
Alisher Navoiy “Xamsa”sining birinchi dostoni –
“
Hayratu-l-
abror”da ustozi Abdurahmon Jomiy ta’rifida quyidagi tashbehlar
qo‘llanilgani kuzatiladi:
Ko‘ksi –
haqoyiq duri ganjinasi, Ko‘ngli –
maoniy
yuzi oyinasi
[8.42]
.
Bu kabi misollar badiiy adabiyot
poetik shaklni Qur’oni
karim va Hadisi sharifdan olgani isbotidir. Sharq-islom adabiyoti nafaqat
shaklni, balki mazmunni va vaznni ham e’tiqodimizning mazkur mo‘tabar
manbalaridan olgani ma’lum. Alisher Navoiy “Mezonu
-l-
avzon”da: “Haq
subhonahu va taoloning kalomi majidida ko‘p
еrda nazm voqe’
bo‘lubdurki, aruz qavoidi bila rostdur” [3.540], deya ta’kidlaydi. Biroq bu
o‘rinda alohida e’tibor qaratish kerak bo‘lgan muhim jihat shundaki, ulug‘
bobokalonimiz “nazm” deganda bugungi “she’r” istilohini nazarda
tutmagan. “Nazm” atamasida so‘zning “nizomga solinish
i, aniq tartibga
bo‘ysundirilishi” ma’nosi mujassam. Sharq
-islom adabiyot
i Qur’oni karim
va Hadisi shariflardan ayni shu xususiyatni oldi. Buyuk mutafakkir
“Mezonu
-l-
avzon”da, jumladan, «Lan tanolu
-l-
birra hatto tunfiqun» (Oli
Imron, 92) oyati
ramali musaddasi mahzuf
vaznida, «Va
-l-mursaloti urfan,
fa-l-
osifati asfan» (Al
-Mursalot, 1-2) oyatlari
muzorei musammani axrab
vaznida ekani, “Kalomullohda ko‘p
y
еrda bu nav’ voqe’” bo‘lgani
xususida to‘xtalib o‘tadi. Hazrat Alisher Navoiyning yozishicha: “Rasul
sallallohu alayhi vassallam ahodisida dag‘i ham bu tariq tushubdur”
[3.540]. Ulug‘ alloma fikricha: “Man akrama oliman faqad akramaniy»
hadisi «maf’ulu mafoilun mafoiylu faul» afoili bilan ruboiy vaznida
hazaji
axrabi maqbuzi makfufi majbub
da voqe’ bo‘lgani [3.540] buning isbotidir.
Adabiyotda voqelikni aks ettirish tamoyili ijodiy uslubni belgilaydi.
Biroq shu paytgacha ijodiy uslub masalasiga G‘arb adabiyotshunosligi
mezonlari asosida yondashilib kelindi.
Ijodiy uslub masalasiga o‘zbek
mumtoz va zamonaviy adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib
chiqib, sharqona adabiy-estetik tafakkur mezonlari asosida yangicha
yondashilishi zamon taqozosidir. Adabiyotning badiiylik mezoni uning
ham mazmun, ham badiiyat jihatidan
mukammal bo‘lishini taqozo qiladi.
Badiiylik mezoni badiiy shakl va mazmunning har jihatdan uyg‘un
bo‘lishi, g‘oyaning milliy axloqqa mutanosibligi, badiiy shaklni yuzaga
keltiruvchi komponentlarning mukammalligi asosida yuzaga keladi.
O‘zbek mumtoz adabiyotining islomiy asoslarga tayanishi uning
milliyligini inkor etmaydi. Ulug‘ shoiru adiblarimiz asarlarini milliy tilda
yozgani, ularda turkiy millatga xos e’tiqod, ruhiyat, dunyoqarash aks etgani
buning isbotidir. Adabiyot ijtimoiy voqelikni badiiy aks ettirsa-da, uning
asosiy tasvir oby
ekti insondir. Inson ruhiyati, e’tiqodi, hayot tarzi, ma’naviy
olami, ibratli umr yo‘lini butun murakkabligi, ziddiyati bilan obrazli
20
tasvirlash orqali shaxs kamoloti va jamiyat ravnaqiga xizmat qilish
adabiyotning asl mohiyatini tashkil etadi.
Hazrat Alisher Navoiy asarlari sharq islom adabiyotining yuksak
namunalaridir. Buyuk mutafakkirning badiiy ijodda kamolot darajasiga
ko‘tarilishida quyidagi ijtimoiy
-
ma’rifiy va badiiy
-estetik omillar asos-
zamin bo‘lgan:
1. Qur’on va Sunnatni mukammal o‘r
ganib, butun hayoti davomida
islom shariatining bu ikki mo‘tabar manbasiga og‘ishmay amal qilgani.
2. Buyuk islom mutafakkirlari, tasavvuf allomalari asarlarini
o‘rgangani hamda ulardagi g‘oyalarni muttasil rivojlantirib va boyitib,
asarlarida yuksak darajada badiiy talqin eta bilgani.
3.
O‘zi mansub turkiy xalqning, o‘zbekning tarixini mukammal
bilgani, butun ijodiy-ilmiy salohiyatini millatning oru nomusi, shonu
sharafini himoya qilish, yuksaltirish yo‘liga safarbar eta olgani.
Xon
damirning yozishicha, Alisher Navoiy shariat arkonlariga qat’iy
rioya etgan. G‘azallaridan birida ulug‘ shoir e’tiqod (tavhid) bilan amal
(shariat) uyg‘un bo‘lishi shartligini quyidagicha talqin etadi:
Eyki debsenkim, bilay tavhid sirridin xabar,
Shar’din
nekim tajovuz ayladi
–
ilhod bil
[7.385]
.
Ya’ni tavhidni –
Alloh taoloning yagonaligi sirini anglamoqchi
bo‘lgan kishi bilsinki, shariat chegarasidan chiqsa, yo‘ldan adashadi.
Alisher Navoiy
–
so‘zi va amali bir mutafakkir. U bir umr islom
shariati ruknla
riga qat’iyat bilan amal qildi. Buni ulug‘ bobokalonimizning
o‘zi “Vaqfiya” asarida quyidagicha izhor etadi: “...chun kishiga abadiy
davlat va saromadi saodat va hayot chashmasining navidi va najot
manzilining umidi islomning besh sutunlik zotu-l-
imodig‘a
kirmaguncha
mumkin ermas va bu xamsu-l-
muborak panjasig‘a ilik urmag‘uncha hech
ish natija bermas. Avval ul kalimai tavhiddur. Shukrkim, oni alifdek jonim
orasida naqsh etibmen. Ikkinchi
–
saloti xamsadur. Bihamdillahkim, oni
naydek zehn aro sabt qilibmen. Uchunchi
–
Ramazonning o‘ttuz kunining
ro‘zasidur. Shukrulillahkim, oni lomdek qalbimda yoshurubmen.
To‘rtinchi –
zakotdur. Jonim naqdi ul Tengrig‘a zakotim...” [1.650].
Xondamirning yozishicha, hazrat Alisher Navoiy: “...besh mahal
jamoat bilan o‘qiladigan namozlarning barchasida qatnashardilar”
[12.127]. Juma va jamoat namozlari o‘qishni tashkillashtirishda ham
alohida g‘ayrat ko‘rsatgan. Hirot shahridagi Marg‘aniy bog‘i ichida
benihoya chiroyli bezaklar bilan ziynatlangan jome masjidi qurib, o‘z
zamona
si qorilarining sarasi bo‘lgan Xoja Hofiz Muhammad Sultonshohni
ushbu masjid imomligiga tayinlagan hamda o‘zi bu
y
е
rda besh mahal
21
jamoat bilan o‘qiladigan namozlarda muntazam ishtirok etgan. Hazrat
Navoiyning xazinasida biror yili ham zakot to‘lashga vojib
bo‘ladigan
darajada oltin yig‘ilmagan. Xazinaga kelib tushgan har qanday daromad
tez orada turli tabaqalar vakillariga in’om sifatida sarflangan yoki masjid,
madrasa, xonaqoh va shu kabi inshootlar qurilishiga
–
xalq manfaatiga
yo‘naltirilgan. Shunga qaramay, amir Navoiy zakot berishga g‘ayrat
ko‘rsatgan. Ramazon ro‘zasini tutish barobarida bu muborak oyda sadaqa
va xayr-ehsonni oshirgan. Fozillar, shoirlar, qashshoqlar, nogironlar va
y
е
timlarni pul va kiyim-
kechaklar sovg‘a qilib siylagan. Turli tabaqadag
i
kishilarni xayr-ehson dasturxonidan bahramand etgan.
Hazrat Navoiy islomning beshinchi rukni haj ibodatini ado etish
niyatida bir necha marta yo‘lga chiqqan. Birinchi marta Mashhadga
yaqinlashganda, Mavlono Abdulhay ismli chopar Sulton Husayn
Boyqarodan
maktub olib keladi. Sulton Iroq va Bog‘doddagi vaziyat
notinch va beqaror ekani, Misr va Shom chegaralarida turli
boshboshdoqliklar yuz berayotganiga doir xabarlar bois, yo‘lning
xavfsizligi hajning shartlaridan biri ekanini dalil qilib, ulug‘ amirni haj
safaridan qaytaradi. Ikkinchi marta davlatning bardavomligi hamda uning
qudrati va ulug‘ligi abadiy bo‘lishini duo qilish sharti bilan haj safariga
ruxsat so‘raganda, Sulton 1500
-yil 2-iyunda bajarilishi barcha uchun
majburiyligi ta’kidlangan maxsus farmon
chiqaradi. Unga ko‘ra, hazrat
Navoiy haj yo‘lida joylashgan mamlakatlardan qay biriga borsa, u
y
е
rdagi
hokimlar, a’yonlar, aholi va yo‘l xavfsizligi qo‘riqchilari hurmat
-ehtirom
ko‘rsatishi, xizmat qilishi, xavf
-
xatarli joylardan o‘tishida qo‘riqchilar
bi
lan ta’minlashi shart, deb belgilangan. Ammo farmon chiqarilgan javzo
(21-may
–
21-
iyun) oyida havo harorati ko‘tarilgani bois katta qiyinchilik
tug‘dirishi mumkinligi uchun haj safariga sunbula (22
-avgust
–
21-sentabr)
oyida borishga qaror qilinadi. Uchinchi marta 1500-yilning 26-avgustida
haj safariga otlanadi. Lekin yo‘lda sog‘ligi yomonlashgani bois o‘sha yil
sentabrida yo‘lga chiqishni niyat qilib, uyga qaytadi. Biroq Xurosonning
ulug‘ mashoyixlari va olimlari shahzoda Muhammad Husayn Mirzo isyon
ko‘t
argani munosabati bilan saltanat osoyishtaligini saqlashda buyuk
amirning roli katta ekanini aytib, haj safarini qoldirishni so‘raydi. Xullas,
bu qutlug‘ niyat amalga oshmay qoladi.
Alisher Navoiy buyuk islom mutafakkirlari, tasavvuf allomalarining
quyida
gi kitoblarini qunt bilan o‘rgangan va o‘z asarlarida tilga olgan
[14.3-35]:
Tafsir kitoblari:
Najmiddin Kubroning Qur’oni karim tafsiriga
doir “Aynu
-l-
hayot”, G‘azzoliyning “Javohiru
-l-
Qur’on”, Ro‘zbehon
Baqliyning “
Aroyisu-l-bayon fi-l-haqoyiqi-l-
Qur’on”, Abu Tolib
22
Makkiyning “Qutu
-l-
qulub”, Najmuddin Roziyning “Bahru
-l-
haqoyiq”,
Husayn Voiz Koshifiyning “Javohiru
-t-
tafsir”, Mahmud Zamaxshariyning
“Al
-kashshof fi tafsiri-l-
Qur’on”, Sadruddin Qo‘naviyning “Tafsiri fotiha”
asarlari. Ushbu mo‘tabar tafsirlar butun islom olamida e’tirof etilganiyoq
buyuk mutafakkirning Qur’on ilmiga e’tibori nechog‘liq kuchli ekani
isbotidir. Husayn Voizning “Javohiru
-t-
tafsir” asari bevosita hazrat Navoiy
tavsiyasi va homiyligida yozilg
an. Tafsir xotimasida muallif ulug‘
amirning islom dini rivojiga doir faoliyatiga yuksak baho bergan.
Hazrat Navoiy
hadis ilmiga doir
nodir manbalarni o‘rganishga ham
alohida e’tibor bergan. Bu ilm rivojida beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan
Im
om Buxoriyning “Al
-
jomi’ as
-
sahih”, Imom Muslimning “Sahihu
-l-
Muslim”, Imom Termiziyning “Sunani Termiziy”, Majduddin
Muhammadning
“Jome’u
-l-
usul” asarlari, hadis ilmining badiiy
adabiyotga ta’siriga doir Imom an
-
Navaviyning “Arba’inu
-n-
Navaviy”,
Abdurahm
on Jomiyning “Sharhi hadis” va “Arba’in” asarlari buyuk shoir
tafakkuri miqyoslarining yuksalishida alohida o‘rin tutgan.
Tasavvuf ilmi hazrat Alisher Navoiy hayoti va ijodida nechog‘liq
muhim o‘rin tutgani isbot talab qilmaydi. Shu bois bolalik kezlarida
n
tasavvufiy adabiyotning mumtoz namunasi bo‘lgan Shayx Fariduddin
Attorning “Mantiqu
-t-
tayr” asarini sevib mutolaa qilgan, hatto yodlab
olgan edi. Tasavvuf ilmining ulkan nazariy-falsafiy va adabiy-
ma’rifiy
ahamiyatga molik manbalari hisoblangan al-
Arabiyning “Fususu
-l-
hikam”, Abu Homid G‘azzoliyning “Ihyou ulumi
-d-
din”, Ka’b binni
Zuhayrning “Qasidai burda”, Abdulloh Ansoriyning “Manozilu
-s-
soyirin”, Shahobuddin Suhravardiyning “A’lomu
-t-
tuqo”, Hakim
Sanoiyning “Hadiqatu
-l-
haqoyiq”, Shayx Sayyiduddin Farg‘oniyning
“Manohiju
-l-ibod ala-l-
mi’od”, Xoja Muhammad Porsoning “Faslu
-l-
xitob”, Amir Qosim Anvorning “Anisu
-l-
oshiqin”, Jaloluddin
Rumiyning “Masnaviyi ma’naviy”, Abu Ali Jullobiy Hujviriyning
“Kashfu
-l-
mahjub”, Shayx Alouddin Simnoniyning “Iqboliya”,
Abulhusayn Jahzam Hamadoniyning “Bahjatu
-l-
asror”, Shayx
Najmuddin Kubroning “Favotihu
-l-
jamol”, Xusrav Dehlaviyning
“Mir’otu
-s-
safo”, Horis Muhosibiyning “Kitobu
-l-munqiz va-l-
vasoyo”,
Shayx Fariduddin Attorning “Mantiqu
-t-
tayr”, “Tazkiratu
-l-av
liyo”,
Abdulloh
al-
Yamaniyning “Ravzu
-r-
rayohin”, Shayx Mahmud
Shabustariyning “Haqqu
-l-
yaqin”, Abulqosim Qushayriyning “Risola fi
-
t-
tasavvuf”, Abudurrahmon an
-
Nishoburiyning “Tabaqoti sufiya”,
Hakim at-
Termiziyning “Xatmu
-l-
valoya”, Jomiyning “Ashia’tu
-l-
lama’ot” hamda al
-
Arabiyning “Naqshu
-l-
fusus” asariga yozgan
23
“Naqdu
-n-
nusus”, “Fususu
-l-
hikam” asariga yozgan “Naqdu
-l-
fusus”
nomli sharhlari va boshqa asarlar buyuk shoirning mutasavvif sifatidagi
kamolotiga xizmat qilgan, ijodiy yuksalishida
manba vazifasini o‘tagan.
Hazrat Alisher Navoiyning 1483-1485-yillarda ijod qilingan
«Xamsa»
asari
besh dostondan tarkib topgan bo‘lsa
-da, yagona ijodiy konsepsiyaga
bo‘ysunadi, yaxlit poetik tizim asosida yaratilgan. “Xamsa” tarkibiga kirgan
har bir doston Alloh taologa hamd, munojot va Rasululloh (s.a.v)ga na’t
bilan boshlanadi. Aqoid ilmiga oid haqiqatlar ana shu muqaddima
qismlarining asosini tashkil etadi. Ulug‘ shoir har bir bayt, har bir misra
zamiriga Qur’oni karim oyatlari va hadisi sh
ariflar mazmunini mahorat
bilan singdiradi, ulardan iqtiboslar keltiradi. Jumladan, “”Hayratu
-l-
abror”ning avvalgi munojotida insonga mana bunday ta’rif beradi:
“Karramno” keldi manoqib ango, “Ahsani taqvim”munosib ango
[8.15].
Baytdagi “Karramno” so‘zi “Isro” surasining “Batahqiq Biz bani Odamni
azizu mukarram qilib qo‘ydik” [13.289] mazmunidagi 70
-oyatidan iqtibos.
“Ahsani taqvim” jumlasi “Tiyn” surasining “Batahqiq, Biz insonni yaxshi
suratda yaratdik” [13.597] mazmunidagi 4
-oyatidan olingan. Buyuk shoir
Alloh taolo insonni mukarram qilgani va yaxshi suratda yaratgani bilan
bog‘liq Qur’oni karimdagi ikki ilohiy xabarni bir baytga jamlash orqali
Odam farzandlarining maqomi yuksak ekani, shunga munosib hayot
kechirmog‘i zarurligi masalasiga urg‘u berg
an.
Na’t boblarning birinchisida Muhammad alayhissalomning nuri butun
olamlardan avval yaratilgani va Odam safiyullohdan Rasulullohning otasi
Abdullohga y
е
tishgani, ikkinchisida ul zotning tavalludidan qirq yoshga
to‘lgunga qadar hayoti va payg‘ambarliknin
g dastlabki davri, uchinchi
na’tda nur va soya ramzlari vositasida olamlar sarvariga berilgan ladunniy
ilm hamda islom shariatining Arab va Ajamga yoyilib, kufr zulmatini
yoritgani, to‘rtinchi na’tda Rasuli akram s.a.v.ning shariat rivoji yo‘lidagi
xizmatl
ari va as’hobi kirom vasfi, beshinchi na’tda meroj kechasi ta’rif
etilgan.
Doston har yigirma maqolatida ma’
lum bir muhim mavzu yoritilgach,
shunga doir hikoyat berilgan. Bunday usul doston mazmunining ta’sir
kuchini oshirgan, badiiyatini yuksaltirgan. Birinchi maqolatda iymon
odamiylikning sharti, inson kamolotining asosiy manbai sifatida vasf
etiladi:
Kimki jahon ahlida inson erur,
Bilki nishoni anga iymon erur
[8.85].
Maqolatda iymonning olti sharti
–
Haq taologa, farishtalarga, Tangri
taolo so‘zi bo‘lgan samoviy kitoblarga, payg‘ambarlarga, qiyomat kuniga
24
hamda qazoi qadarga iymon keltirish zarurati ta’sirl
i badiiy ifodalangan.
Hazrat Navoiy kimki iymonning ana shu olti rukniga e’tiqod qilsa, har
qancha nomasiyoh, g‘arqai daryoi gunah bo‘lsa ham, afv etilib, abadiy
rahmatga erishmog‘i mumkinligini ta’kidlaydi. Asarda ta’riflanishicha,
iymon
–
barcha insoniy fazilatlar asosi. Islom, adolat, karam, adab, qanoat,
vafo, ishq, rostlig‘, ilm, bulutdek jamiyatga foyda keltiruvchi bo‘lmoq
singari xislatlar iymon poydevori ustiga quriladi. Dostonda ushbu
fazilatlarning har biri alohida bob doirasida badiiy talqin etil
adi. “Hayratu
-
l-
abror”ning ikkinchi maqolati «alif»lari amniyat bog‘ining sarvlari, «sin»i
saodat qasrining kungirasi, «lom»i latofat gulchehrasining sunbuli zulfi va
«mim»i muhabbat mash’alining nuri” deya ta’riflangan “islom” vasfiga
bag‘ishlangan. Hazra
t Navoiy talqinicha, Tangri taolo olam ahlini ikki
toifa: ahli najot va ahli halok etib yaratgan, birinchisi islom yo‘lidagilar,
ikkinchisi esa “obidi asnom” –
sanamlarga topinguvchilar. Keyin esa
islomning besh sharti
–
“xamsi muborak”ni sha
rhlaydi:
Angla
g‘il arkonini
beishtiboh, Avvali “Illalloh” ila “lo iloh”, Yona Muhammadni ango bil
Rasul, Ber munga tonig‘lig‘u qilg‘il qabul
[8.95-96].
Ya’ni birinchi shart –
Alloh taoloning yagonaligi va Muhammad alayhissalom uning rasuli
ekaniga guvohlik berish hamda
chin ko‘ngildan qabul qilish. Buyuk shoir
ta’rificha, ikki olam nizomi ana shu ikki kalom bilandir. Islomning
ikkinchi sharti
–
adoi salot, ya’ni namoz, uchinchisi –
zakot, to‘rtinchisi –
ro‘za, beshinchisi –
haj, ya’ni Baytulharamni ziyorat etmoq bilan bog‘liq
talqinlar ham fikrning ta’sir kuchi va betakror badiiyati bilan alohida
ajralib turadi.
“Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun” hamda “Sab’ai sayyor”
dostonlari asosiy qahramonlari tarixiy ildizlariga ega. Jumladan, buyuk
mutafakkir “Tarixi muluki Ajam”da Xusrav Parviz binni Hurmuz tarixini
alohida zikr etadi. Asarda Farhod, Shirin, Buzurg Ummid nomlari ham
tarixiy shaxslar sifatida tilga olingan. Xusravning olamda husnu latofat va
jamolu malohatda tengsiz Shirin ismli mahbubasi, Farhoddek raqibi,
shu
ningdek, Buzurg Ummiddek asrining a’lami darajasidagi vaziri
bo‘lgani, Farhodni begunoh qatl ettirgani haqidagi ma’lumotlar [6.638]
mazkur obrazlarning tarixiy shaxslar ekanidan dalolat beradi. Asarda
tarixiy haqiqat yuksak badiiy haqiqatga aylantirilgan.
“Tarixi muluki
Ajam”da yozilishicha, Xusrav Parvez hukmronligi Muhammad
alayhissalomning payg‘ambar etib yuborilishi davriga to‘g‘ri kelgan.
Payg‘ambarimiz uni islom diniga da’vat etib noma yuborgan. Lekin u
g‘ururga ketib, muborak nomani yirtib otgan. Buyuk shoir ta’rificha, bu
orqali u o‘z mulki va davlatig‘a qasd qilgan. Rasuli akram s.a.v.
25
mo‘jizasidan mulki zavolga uchrab, o‘g‘li Sheruya podshoh bo‘lgan
[6.638]. Bundan hazrat Navoiy tarixiy voqealar hamda Sharq xalqlari
ijodiyotidagi ularga asoslangan
sayyor syujetlarni “Xamsa” konsepsiyasi
asosida qayta ijod etib, mukammal badiiy asar darajasiga ko‘targani ayon
bo‘ladi.
“Xamsa”dagi besh doston muqaddimasi hamd, munojot va na’t
boblaridan tarkib topgan va ular muallif ijodiy niyatidan kelib chiqib
dos
ton xususiyatiga mos talqinlar bilan boyitilgan. Jumladan, “Layli va
Majnun” dostonining hamd bobida Haq taolo qudratini anglashda aqlning
nechog‘liq ojiz ekani ifodalanadi
: Ey sendin ulus xujasta farjom,
Og‘ozingga aql topmay anjom. Ey aqlg‘a foizi maoniy, Boqiysenu borcha
xalq foniy
[2.6].
Bu orqali buyuk shoir faqat aqlgagina tayanish e’tiqod
asoslariga muvofiq emasligini, aql va ishq munosabati bilan bog‘liq doston
konsepsiyasini o‘quvchi shuuriga singdira
boradi. Alloh taoloning husnni
dilpazir (yoqimli), el ko‘nglini unga asir qilganini ta’kidlar ekan, kitobxon
ruhiyatini Qaysning Majnunga aylanishiga tayyorlaydi. Hazrat Navoiy
talqiniga ko‘ra, Haq taolo husni tajalli qilgani bois Layli Uning ishqiga
mazh
ar bo‘ldi. Laylining sifoti esa Majnun qilmoqdir:
Ey Majnunung
xiraddin ozod, Ohi beribon xiradni barbod, Ey aql sening yo‘lungda
g‘ofil
-
Kim, telba sening yo‘lungda oqil
[2.7].
Hazrat Navoiy ana shu
tarzda asarning hamd bobini asosiy syujet bilan must
ahkam bog‘laydi.
Asardagi har bir so‘z va obraz, har bir bayt va bob muallif ijodiy niyati
ifodasiga xizmat ettiriladi.
“Sab’ai sayyor” dostonida muallif konsepsiyasi negizida nafs
yo‘rig‘iga yurish, unga qul bo‘lishning oqibati xorlik ekaniga doir Qur’on
i
karim ta’limotining badiiy talqini turadi. Dostondagi har bir detal, obraz va
talqin ana shu konsepsiyani mantiq va badiiyat qonuniyatlari asosida
dalillashga qaratiladi. Ovga mukkasidan ketgan, saltanat ishlariga loqayd,
ko‘nglida dard moyasi yo‘q, ishq
otashidan mahrum Bahrom obrazi orqali
nafsga mutelik qoralanadi. Dunyoga hirs qo‘yish shaxsni
y
е
mirishi,
saltanatni inqirozga olib kelishi bilan bog‘liq barcha zamonlar uchun
ahamiyatli xulosa obrazli va ta’sirli ifodalanadi.
“Xamsa”ning so‘nggi beshinchi dostoni “Saddi Iskandariy”ni
yozishga kirishishdan avval hazrat Navoiy buyuk jahongir tarixini qunt
bilan o‘rgangan. Bundan buyuk mutafakkirning “Tarixi anbiyo va
hukamo”ni “Xamsa”dan keyin yozgan bo‘lsa ham, bu tarixiy asar uchun
zarur bo‘lgan materiallarni ancha avval to‘play boshlagani ayon bo‘ladi.
Ushbu asarda
“Iskandar Zulqarnayn Yofasning to‘rtinchi o‘g‘lidur”
[5.544], degan xabar beriladi. Iskandar o‘zigacha va undan keyingi barcha
26
hukmdorlardan afzal ekani, hakim va valiy bo‘lgani, ba’zilar u
ni
payg‘ambar deb hisoblagani aytiladi. To‘rt yuz hakim uning xizmatida
bo‘lgani, Arastu unga vazirlik qilgani, ya’juj
-
ma’jujlarga qarshi sadd –
devor qurgani, Marv, Hirot, Samarqand va Isfahonni bunyod etgani
ta’kidlanadi. Buyuk shoir bu materiallardan unumli foydalangan bo‘lsa
ham, Iskandar obrazini Qur’oni karimning “Kahf” surasidagi Zulqarnayn
qissasi asosiga quradi. Barcha tarixiy-ilmiy va badiiy asarlarda
Iskandarning insoniyat uchun eng ahamiyatli xizmati ya’juj
-
ma’jujlarga
qarshi devor qurdirgani ek
ani ta’kidlanadi. “Saddi Iskandariy”ning
nomlanishidan asar syujeti va kompozitsiyasigacha ana shu tarixiy voqea
asos qilib olingan. Alisher Navoiy dostoni bu jihatdan buyuk salaflari
Nizomiy va Dehlaviy asarlaridan farq qiladi.
Dostonning beshinchi bobid
a “Xamsa” besh vaqt namozga
qiyoslanadi [4.31]. Uni to‘liq ado etmoqni burchi deb biladi. Ma’lum
bo‘ladiki, “Xamsa” turkiy xalqlar badiiy
-estetik tafakkurining yuksak
namunasi bo‘lishi barobarida islom ma’rifati aks etgan benazir axloqiy
-
ta’limiy manba ham
dir.
Xulosa qilib aytish mumkinki, ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiy
ijodining irfoniy-falsafiy va adabiy-
estetik asoslari Qur’oni karim va hadisi
sharifga tayanadi. Buyuk shoir poetik mazmun va shaklda ham, poetik
obraz va uslubda ham, badiiy san’atlarni qo‘llash va vazn tanlashda ham
ana shu ikki mo‘tabar manbaga asoslangan. Eng ahamiyatli jihati, hazrat
Alisher Navoiy islom ma’rifati asoslarini adabiy
-estetik mezon bilib,
asarlarida yuksak badiiy talqin etish barobarida, muqaddas dinimiz
arkonlariga bir umr mukammal darajada amal qilib yashagan. Buyuk shoir
hayoti va ijodi, ana shu fazilatlariga ko‘ra ham, abadiyatga daxldor va
barcha zamonlar uchun ibrat bo‘la oladi.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI (ИСПОЛЬЗОВАННАЯ
ЛИТЕРАТУРА / REFERENCES)
1.
Alisher Navoiy. Vaqfiya
. /To‘la asarlar to‘plami. O‘n jildlik.
To‘qqizinchi jild. –
Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU, 2013.
2.
Alisher Navoiy. Layli va Majnun. /To‘la asarlar to‘plami. O‘n jildlik.
Yettinchi jild.
–
Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU, 2013.
3.
Alisher Navoiy. Mezon ul-
avzon. /To‘la asarlar to‘plami. O‘n jildlik.
O‘ninchi jild. –
Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU, 2013.
4.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy. /To‘la asarlar to‘plami. O‘n jildlik.
Sakkizinchi jild.
–
Toshkent: G‘afur G‘
ulom nomidagi NMIU, 2013.
27
5.
Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo. /To‘la asarlar to‘plami. O‘n
jildlik. Sakkizinchi jild.
–
Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU,
2013.
6.
Alisher Navoiy. Tarixi muluki Ajam. /To‘la asarlar to‘plami. O‘n jildlik.
Sakkizinchi jild.
–
Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU, 2013.
7.
Alisher Navoiy. G‘aroyib us
-
sig‘ar. /To‘la asarlar to‘plami. O‘n jildlik.
Sakkizinchi jild.
–
Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU, 2013.
8.
Alisher Navoiy. Hayrat ul-
abror. /To‘la asarlar to‘plami. O‘n jildlik.
Oltinchi jild.
–
Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU, 2013.
9.
Жабборов Н. Маоний аҳлининг соҳибқирони. –
Тошкент: Адабиёт,
2021.
10.
Саййид Сажжодий. Фарҳанги истилоҳоти ва таъбироти
ирфоний.
Теҳрон, 1992.
11.
Тарозий, Шайх Аҳмад идн Худойдод. Фунуну
-
л
-
балоға. –
Тошкент: Хазина, 1996.
12.
Хондамир, Ғиёсиддин. Макорим ул
-
ахлоқ
.
-
Тошкент:
Академнашр, 2018.
13.
Қуръони карим ва ўзбек тилидаги маънолар таржимаси
(Таржимон: Шайх Муҳаммад
Содиқ
Муҳаммад Юсуф). –
Тошкент:
Ҳилол
-
Нашр, 2020.
14.
Ғаниева С. Навоий ёдга олган асарлар. –Тошкент, 2004.
TARIXIY NASRNING YUZAGA KELISHIDA ALISHER
NAVOIY ASARLARINING O
‘
RNI
Qodirjon ERGASHEV,
O‘zR FA O‘
zbek tili, adabiyoti va folklori instituti
katta ilmiy xodimi, filologiya fanlari doktori
Annotatsiya
Navoiy tarixiy asarlarining yaratilishi o‘zbek adabiyotida yuz
bergan yuksalishga, xususan, o‘
zbek nasridagi jonlanish, uning taraqqiy
topishiga ulkan hissa qo
‘
shgan. Mazkur maqolada tarixiy nasrning
yaratilishi, taraqqiyoti, shakllanish bosqichlari va bunda Navoiyning o
‘
rni
haqida mulohaza yuritiladi.
Kalit so`zlar:
nasr, tarixnavislik, manba, yodgorlik, kutubxona.
Аннотация
Создание исторических произведений Навои внесло большой
вклад в развитие узбекской литературы, в частности, в возрождение и
развитие узбекской прозы. В данной статье рассматривается