Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
13-son_4-
to’plam_
Yanvar-2024
180
QISSACHILIK TARAQQIYOTI VA
ABDIQAYUM YO‘LDOSHEV
IJODIGA BIR NAZAR
Jabbarova Muhayyo, SamDU magistri
O
‘
zbek qissachiligi adabiyotimizning yetakchi janrlaridan biri hisoblanib
kelmoqda. Buninmg asosiy sababi, yillar davomida shakllangan janr taraqqiyotidagi
o‘ziga xos talqin xu
susiyati bilan izohlash mumkin. Bu janrning vujudga kelishi va
shakllanishining o‘ziga xos tarixi mavjudligini ham alohida ta’kidlash lozim. O‘tgan
asr boshlarida yuksala boshlagan janr taraqqiyotida XX asr adabiyoti o‘ziga xos o‘rinni
egallaydi. Abdulla Q
odiriy, G’afur G’ulom, Oybek, Abdulla Qahhor kabi adiblar janr
tarkibidagi o‘ziga xos yangilanish jarayonini boshlab bergan bo‘lsa, Asqad Muxtor,
Saida Zunnunova, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Shuhrat, Sayid Ahmad, Shukur
Xolmirzayev, O’tkir Hoshimov sin
gari yozuvchilar qissa janrining adabiyotimizda
to‘la shakllanib, badiiy
-estetik jihatdan takomillashishiga va uning taraqqiyotiga
sezilarli hissa qo‘shganligini alohida qayd qil;ib o‘tish lozim.
O‘tgan asrning 70
-90-yillariga kelib adabiyotda yangi
bir to‘lqin vujudga keldiki,
bu davr ijodkorlari turfa xil ohanglardagi qissalari bilan bu janr tarkibida badiiy-poetik
talqin xususiyatlarini yana-
da, yangilashga, shakily va mazmuniy o‘zgarishlarni
singdirishga harakat qilganligini kuzatamiz. Bu davr yozuvchilari ijodida mumtoz
adabiyot an’analariga va milliylikka intilish kuchaya bordi, yangicha adabiy tafakkur
shakllanib, badiiy obrazlar silsilasida inson tafakkurini, uning qarashlarini
o‘zgartirishga da’vat etuvchi zamonaviy qahramonlar galariyasini yu
zaga chiqarishga
intilganligini kuzatish mumkin.
O’zbek qissachiligida Murod Muhammad Do’st, Tog’ay Murod, Erkin A’zam,
Xayriddin Sultonov, G’affor Hotamov, Xurshid Do’stmuhammad kabi bir qator
ijodkorlardan keyiongi yangi bir avlod bu janrni yanada yuksaltirishga mohiyatan
o‘zgartirishga inlishini kuzatamiz. Sobir O‘nar, Abduqayum Yo‘ldoshev, Ulug‘bek
Hamdam, Isajon Sulton, Zulfiya Qurolboy qizi, Uyg‘un Ro‘ziyev kabi ijodkorlarning
asarlarini ham alohida ta’kidlash lozimdir. Ularning asarlarida milliy o‘zl
ikni saqlab
qolishni burch deb bilgan badiiy qahramon siymolari etakchilik qiladi. Bu qahramonlar
ko‘ngilga yaqinligi, o‘zida hayotning ziddiyatli haqiqatlarini teran badiiy aks
ettirganligi bilan kitobxon qalbini zabt eta boshladi.
Adabiyotshunos U.Norm
atov qayd qilib o‘tganidek: “Bugungi qisachiligimizga
nazar tashlaganda birinchi galda undagi mavzu muammo, shakliy, uslubiy jihatdan
rang-
baranglik e’tiborni tortadi; ular orasida tarixiy, zamonaviy, ijtimoiy
-siyosiy,
oilaviy-maishiy, ishqiy mavzulardagi
ham an’anaviy romantik, realistik, ham
modernistic, ham jiddiy, ham yumoristik, sarguzasht didiktiv yo‘nalishdagi asarlarni
ko‘rish mumkin”ligini alohida ta’kidlaydi (1,47
-bet). Qissachilik taraqqiyotidagi
bunday o‘zgarishlarning zamirida ham milliy o‘zlikni anglashga bo‘lgan intilishni,
badiiy qahramonning turfa xil rakurslardagi talqini bilan izohlash mumkin. Uzoq
trixga ega bo‘lgan qissachilik taraqqiyoti ham insonni anglash yo‘lidagi urinishlar,
izlanishlar samarasi sifatida baholanishi mumkin. Keyingi yillarda yaratilgan
qissalarda nasrimiz taraqqiyotining tamoyillarini o‘zida namoyon etmoqda.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
13-son_4-
to’plam_
Yanvar-2024
181
60-70-yillar qissachiligi haqida mulohaza yuritilganda yozuvchi Pirimqul
Qodirovning «Meros», “Qadrim” va “Erk” nomli qissalaridagi davr va inson, shaxs va
muhit talqinlarini qayd etish zaruq. Davr hayotini butun murakkabligi bilan aks
ettirishga intilganligini o‘ziyoq, rialistik tasvir asosida murakkab hayotning ma’lum bir
qirrasini talqin etadi. 60-70-
yillar o’zbek adabiyotining barcha janrlarida yaratilgan
asarlarda ijtimoiy hayotning, adabiy muhitning, davr adabiy an’analarining ta’siri
mavjud bo‘lsa
-
da, o‘ziga xos talqin usulida shaxs konsepsiyasini yaratadi.
XX asrning 80-90-yillariga kelib qissachilik tarixidagi yangilanish va yuksalish
davri bo‘lib, tarix sahifalaridan o‘rin olganligini ham qayd qilib o‘tish zarur. Bu davr
qissachiligining yuksalishida Xayriddin Sultonov, Murod Muhammad Do’st, Tog’ay
Murod, Erkin A’zam, Xurshid Do’stmuhammad, Ahmad A’zamlar ijodidining o‘ziga
xosligi namoyon bo‘lsa, 90
-
yillarning so‘ngi choragida esa Normurod Norqobilov,
Nazar Eshonqul, Shoyim Bo’tayev, Sobir O‘nar, Abduqayum Yo‘ldoshev, Qo‘chqor
Norqobil, Ulug‘bek Hamdam kabi bir qator iste’dodli ijodkorlar adabiyot maydonida
tanila boshladiki, bu esa janr taraqqiyotini yana-
da, yuksalishiga zamin bo‘ldi.
Adabiyotshunos A.Rasulov Shoyim Bo‘tayevning “Sho‘rodan qolgan odamlar”
qissasi “Poetika nuqtai nazaridan yetukligi, kompozision mutanosibligi, matn
yashovchanligini ta’minlovchi ichki ziddiyatning izchil maromi bila
n alohida ajralib
turishini ta’kidlaydi” (2, 398
-bet). Qissa qahramonlari
–
qalban bir-biridan yiroq
kishilar. Yozuvchi ularning ayanchli qismatini zimdan kuzatadi. Har bir adib o’z
g’oyasiga mos voqealar va kishilarni tanlaydi. Davr ijodkorlar o‘z qissala
rida davrning
dolzarb muammolarini, inson botiniy olamidagi ziddiyatlarni, inson va tabiat, inson va
nobobat olamining uzviy birligini ifodalavchi bir qator qissa janridagi asarlarni
yaratiganligini kuzatamiz.
Adabiyotshunos
Qozoqboy
Yo‘ldoshev
ta’kidlaganidek:
“Bizning
zamondoshlarimiz teranlashib, o‘ziga ko‘proq e’tibor qaratayotir. Shu bois bugungi
adabiyotdan ommaviylik kutish o‘rinsiz. Hozirgi adabiyot individual adabiyot
bo‘lishga mahkum. Chunki bugun odamning o‘zi –
alohida shaxs. Kechagina u biror
ijtimoiy tabaqaning vakili sanalardi. Bugun u
–
o‘z shaxsiyatining elchisi, o‘z
“men”ining vakili xolos” (3, 152
-153-
betlar). Asosli ta’kidlanganidek, bugungi
qahramon, ma’lum bir tabaqaga emas, u o‘z qalbining mahsuli bo‘lgan tushunchalar
egasidir. Uning insonioyligini namoyon qiluvchi fazilatlari, qarashlari, dunyoqarashiga
ega bo‘lgan erkin va ozod insondir. Shu jihaydan keyingi yillar qissachiligida o‘ziga
xos talqin usuli etakchilik qilmoqda. Ular uslubiy yo’nalishlari, asarlarining g‘oyaviy
-
badiiy o‘zi
ga xosliklari bilan bir-birlaridan ajralib turar, bu janrning shu davrdagi
ijtimoiy-
badiiy faolligini yuksalishiga, taraqqiyotiga asos bo‘lgan. Ularda badiiy
xarakter yaratishning qissaga xos chizgilarini ko‘rsatish bilan bir qatorda, jahon
adabiyotining
an’analaridan ijodiy oziqlanish deb baholash ham mumkin.
Tabiat va inson munosabatlari shoyim Bo‘tayev qissalarida o‘ziga xos bir tarzda
aks etgan. Uning qator qissalarida tabiatga bo‘lgan mehru muhabbat, uni ardoqlash
g‘oyasi bilan uyg‘unlashib ketadi. Инсон руҳияти жуда кенг олам бўлиб, ундаги
ҳиссиёт
ва туйғулар ҳам англаб бўлмас даражада чексиздир. Худди шу ҳис
-
туйғулар инсонда икки хил шаклда ўз ифодасини топади: биринчиси англанган,
маълум мантиққа эга бўлган, ташқи дунёга нисбатан ўзининг қатъий хулоса ва
йўналишига эга бўлган туйғулар. Бу туйғу инсоннинг жамиятга, одамларга,
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
13-son_4-
to’plam_
Yanvar-2024
182
атроф
-
муҳитга муносабати ва булар ҳақидаги маълум тушунчага эга бўлган
қарашларни
ифода этади. Буларнинг ҳаммасини онг синтез қилиб беради, яъни
онг бевосита иштирок этади. Иккинчиси, онг ости ҳислари, онгга қалқиб
чиқмаган, лекин инсон руҳиятида доимо мавжуд бўлган, объектив олам билан
тинимсиз алоқага киришиб турувчи ҳислар. Бу каби ҳислар инсон руҳиятининг
асосини ташкил этади. Гарчи биз бирор ишни қилганда, гапираётганимизда,
ўзимизни тутишимиз, ҳолатларимиз бизга англанган, маълум бўлган ва худди
бирор мантиққа бўйсунгандай бўлиб туюлса
-
да, аммо, шу ҳисларни юзага
чиқарувчи, шу тушунчаларга туртки берувчи асосий нарса
-
онг ости ҳисларидир.
Инсон руҳиятида онгли фаолият, онгли ҳислардан
кўра англанмаган ҳислар
кўлам жиҳатидан чексиз
ekanligini ham alohida qayd etish lozim. Bu jarayonda adib
Abduqayum Yo
‘
ldoshevning o
‘
ziga xos o
‘
rni va uslubi mavjuddir.
Adabiyotlar:
1. Норматов У. Умидбахш тамойиллар. –Т., “Маънавият”, 2000.–
112 б.
2.Расулов A. Таваллуд топаётган кўнгил муждалари.Қаранг: Ш.Бўтаев.
Ҳаёт. Қиссалар ва ҳикоялар. –
Т., Шарқ, 2000. –
441 б.
3. Yo‘ldoshev Q. Yoniq so‘z. –
T., “Yangi asr avlodi”, 2006. –
548 b.
4. Nasirov, A. N. (2023). Odil Yoqubovning “Qaydasan Moriko” qissasida pesaj
va xarakter talqini. Ustozlar uchun, 15(1), 40-47.
5.Nasirov, A. N. (2019). Stylistic units and compositional impartiality.
Theoretical & Applied Science, (12), 568-571.
6.Nasirov, N. A. (2021). The history of literary translation from uzbek into
english. Academic research in educational sciences, 2(6), 1011-1022.
7.Nasirov N. A. (2019). The translation problems of utkir khoshimov’s works into
english.
Иностранные
языки
в
Узбекистане
, (3), 133-141.