RAQAMLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
AFZALLIKLARI
Botirova Nigora Koyirovna
Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi
“Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi dotsenti, PhD
tel:+998907101487
Annotatsiya
Ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish ta’lim jarayoni va uning
samarali tadbiq etilish amaliyotini yanada yuksaltirib, hozirgi zamon ta’limining
rivojlanishida asosiy vazifalarni belgilab beruvchi zamonaviy tendensiyalar va
mavjud jahon tajribasiga diqqat bilan nazar solishni talab etmoqda. Ta’lim tizimida
fanlarni o‘qitishda raqamli texnologiyalaridan foydalanib darslarni tashkil etish,
mustaqil ta’lim olish o‘quvchilarning bilim va sifat samaradorligi oshishiga olib
keladi.
Kalit so‘zlar:
raqamli texnologiya, ta’lim, suni’iy intelekt, dasturiy vositalar,
kompyuter, multimediya, raqamlashtirish, jarayon, grafika.
ПРЕИМУЩЕСТВА ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ЦИФРОВЫХ
ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ТЕХНОЛОГИЙ
Ботирова Нигора Койировна
Бухарский областной национальный центр подготовки педагогов новым
методам
Доцент кафедры “Методологии точных и естественных наук”
tel:+998907101487
Аннотация
Использование цифровых технологий в образовании еще больше
совершенствует образовательный процесс и его эффективную реализацию,
требует внимательного взгляда на современные тенденции и существующий
мировой опыт, которые определяют основные задачи развития современного
образования. Организация занятий с использованием цифровых технологий
при преподавании предметов в системе образования приводит к повышению
знаний и качества учащихся.
Ключевые слова:
цифровые технологии, образование, искусственный
интеллект,
программное
обеспечение,
компьютер,
мультимедиа,
цифровизация, процесс, графика.
ADVANTAGES OF USING DIGITAL EDUCATIONAL TECHNOLOGIES
Botirova Nigora Koyirovna
Bukhara region national center for training pedagogues in new methods
Associate Professor of "Methodology of Exact and Natural Sciences", Ph.D
tel:+998907101487
Abstract
The use of digital technologies in education further improves the educational
process and its effective implementation, and requires a careful look at modern
trends and existing world experience, which determine the main tasks in the
development of modern education. Organization of classes using digital
technologies in teaching subjects in the educational system leads to an increase in
the knowledge and quality of students.
Key words:
digital technology, education, artificial intelligence, software,
computer, multimedia, digitization, process, graphics.
Ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish ta’lim jarayoni va uning
samarali tadbiq etilish amaliyotini yanada yuksaltirib, hozirgi zamon ta’limining
rivojlanishida asosiy vazifalarni belgilab beruvchi zamonaviy tendensiyalar va
mavjud jahon tajribasiga diqqat bilan nazar solishni talab etmoqda. Ta’lim tizimida
raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish, mustaqil ta’lim olish o‘quvchilarning
bilim va sifat samaradorligi oshishiga olib keladi.
Mamlakatimizda “Raqamli O’zbekiston-2030” strategiyasi ishini samarali
tashkil etish jarayonida ta’lim tizimida ham bir qancha raqamlashtirish ishlari
amalga oshirildi. Jumladan, e-maktab.uz.ning tashkil etilishi, ERP baza yaratilishi,
ommalashtirish.uz da o’qituvchilar ishlarining respublika miqiyosida ommalashishi,
bitiruvchi o‘quvchilarga shahodatnomalarni elektron tarzda tarqatilishi va bir necha
turdagi sun’iy intellekt asosida ishlovchi platformalar orqali mustaqil ta’lim olish
imkoniyatlari mavjud.
Ta’lim sohasida raqamli ta’lim texnologiyalar tushunchasi keng ma’noda
qo‘llanilmoqda.
Raqamli texnologiyalar joriy etilgan ta’lim tizimi vositalari rolini
multimediyalar, kodoskop, kompyuter, noutbuk, internetga ulangan televizorlar,
telefon liniyalar, smart doska, proyektorlar bajarib beradi. Bugun ular bilan ta’lim
tizimining qurollantirilishi o'quvchilarga dars mashg’ulotlarini sifatli o‘tilishini
ta’minlaydi. Bugungi ta’lim tizimida raqamli texnologiyalar qo‘llanilishi yaxshi
samara berishini isbotlandi. Raqamli ta’limga o‘tishning afzalliklari to‘g’risida fikr
yuritadigan bo‘lsak, ularga quyidagilarni kiritish o‘rinlidir:
- darsliklar elektron holatda ekranlarga ko‘chadi;
- o‘quvchilar istalgan joyida va xohlagan vaqtida ta’lim olish imkoniga ega
bo‘ladi;
- o‘quvchilar mutaxassis yetishmaydigan uzoq qishloqlarda ham fanlarni
tanlash va uydan turib ta’lim olish imkoniga ega bo‘ladi;
- internetdan axborot olish va undan foydalanish madaniyati shakllanadi;
- ta’lim tizimini yangi bosqichga ko‘taradi;
- vaqt va mablag’ sarfini keskin kamaytiradi;
- “raqamli dunyo”da yo‘qolib qolmaslik va yaxshi ish topishda ustunliklarga
ega bo‘ladi.
Ta’lim jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalari asosida ishlovchi bir necha
platformalar qo‘llanilib kelinmoqda.
Cognii
virtual o‘quv yordamchisi o‘quvchilarni tanqidiy fikrlash
ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi suhbat texnologiyasidan foydalanadi. Yordamchi,
shuningdek, real vaqt rejimida fikr-mulohazalarni taqdim etadi va o’quv jarayonini
har bir talabaning ehtiyojlariga moslashtiradi.
Querium
maktab oʻquvchilariga STEAM bo‘yicha repetitorlik darslarini
berishda SIdan foydalanadi. Mashgʻulotlarini tahlil qiladi va oʻqituvchilarga
talabaning o‘rganish imkoniyati haqida ma’lumot beradi. Shuningdek mavzularni
o‘quvchi darajasiga moslash bo‘yicha tavfsiyalarni doimiy ravishda rivojlantirib
boradi.
Duolingo sun’iy intellektga va u orqali ta'limni yaxshilashga
e'tibor
qaratgan. Ilova orqali o‘ndan ortiq chet tillarini bepul o‘rganish mumkin. Dastur har
bir foydalanuvchining til o‘rganish darajasini tahlil qiladi va bu orqali ikkinchi tilni
o‘rganish jarayonida mavzularni individuallashtiradi. Shuningdek, dasturda tabiiy
tilni qayta ishlash texnologiyasi juda yaxshi qo‘llanilgan. Bu chet tillarini tez va
samarali o‘rganishga yordam beradi.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, raqamli texnologiyalarni ta’lim tizimiga
joriy etilishi mamlakat ta’lim tizimini modernizatsiya qilishda muhim rol o‘ynaydi.
Zamonaviy ta’limni tashkil etish va ta’lim samaradorligini ortishiga xizmat qiladi.
Aynan zamonaviy raqamli ta’lim tizimining tashkil etilishi o‘z navbatida kelajak
avlodning bugungi raqamli dunyoda o‘ziga xos o‘rin topishiga xizmat qiladi.
Raqamli ta’limning to‘g’ri tashkil etilishi raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi uchun
yetarli darajada asos bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birga jahon hamjamiyatida
davlatimizning yuqori o‘rinlar egallashini ta’minlaydi.
Foydalanilgan manbalar va adabiyotlar ro‘yxati:
1.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. “Zamonaviy maktab”larni
tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida. Toshкеnt, 2019-yil 26-noyabr.
2.
Хамидов, Ё. Ё. Ta‘lim samaradorligini oshirishda elektron ta‘lim
resurslarining o‗rni / Ё. Ё. Хамидов. — Текст: непосредственный //
Молодой ученый. — 2019. — № 21 (259). — С. 611-612. — URL:
https://moluch.ru/archive/259/59591/ (дата обращения: 04.05.2022).
