XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI – 7/2020
1
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ФАНЛАР
АКАДЕМИЯСИ МИНТАҚАВИЙ БЎЛИМИ
ХОРАЗМ МАЪМУН АКАДЕМИЯСИ
ХОРАЗМ МАЪМУН
АКАДЕМИЯСИ
АХБОРОТНОМАСИ
Ахборотнома ОАК Раёсатининг 2016-йил 29-декабрдаги 223/4-сон
қарори билан биология, қишлоқ хўжалиги, тарих, иқтисодиёт,
филология ва архитектура фанлари бўйича докторлик
диссертациялари асосий илмий натижаларини чоп этиш тавсия
этилган илмий нашрлар рўйхатига киритилган
2023-10/2
Вестник Хорезмской академии Маъмуна
Издается с 2006 года
Хива-2023
______ ___XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –10/2-2023
2
Бош муҳаррир:
Абдуллаев Икрам Искандарович, б.ф.д., проф.
Бош муҳаррир ўринбосари:
Ҳасанов Шодлик Бекпўлатович, к.ф.н., к.и.х.
Таҳрир ҳайати:
Абдуллаев Икрам Искандарович, б.ф.д., проф.
Абдуллаева Муборак Махмусовна, б.ф.д., проф.
Абдуҳалимов Баҳром Абдурахимович,
т.ф.д.,проф.
Агзамова Гулчехра Азизовна, т.ф.д.,проф.
Аимбетов Нагмет Каллиевич, и.ф.д., акад.
Аметов Якуб Идрисович, д.б.н., проф.
Бабаджанов Хушнут, ф.ф.н., проф.
Бобожонова Сайёра Хушнудовна, б.ф.н., доц.
Бекчанов Даврон Жуманазарович, к.ф.д.
Буриев Хасан Чутбаевич, б.ф.д., проф.
Ганджаева Лола Атаназаровна, б.ф.д., к.и.х.
Давлетов Санжар Ражабович, тар.ф.д.
Дурдиева Гавҳар Салаевна, арх.ф.д.
Ибрагимов Бахтиёр Тўлаганович, к.ф.д., акад.
Исмаилов Исҳақжон Отабаевич, ф.ф.н., доц.
Жуманиёзов Зохид Отабоевич, ф.ф.н., доц.
Жуманов Мурат Арепбаевич, д.б.н., проф.
Кадирова Шахноза Абдухалиловна, к.ф.д., проф.
Каримов Улуғбек Темирбаевич, DSc
Курбанова Саида Бекчановна, ф.ф.н., доц.
Қутлиев Учқун Отобоевич, ф-м.ф.д.
Ламерс Жон, қ/х.ф.д., проф.
Майкл С. Энжел, б.ф.д., проф.
Махмудов Рауфжон Баходирович, ф.ф.д., к.и.х.
Мирзаев Сирожиддин Зайниевич, ф-м.ф.д., проф.
Мирзаева Гулнара Саидарифовна, б.ф.д.
Пазилов Абдуваеит, б.ф.д., проф.
Раззақова Сурайё Раззоқовна, к.ф.ф.д., доц.
Рахимов Рахим Атажанович, т.ф.д., проф.
Рахимов Матназар Шомуротович, б.ф.д.,
проф.
Рахимова Гўзал Юлдашовна, ф.ф.н., доц.
Рўзметов Бахтияр, и.ф.д., проф.
Садуллаев Азимбой, ф-м.ф.д., акад.
Салаев Санъатбек Комилович, и.ф.д., проф.
Сапарбаева Гуландам Машариповна, ф.ф.ф.д.
Сапаров Каландар Абдуллаевич, б.ф.д., проф.
Сафаров Алишер Каримджанович, б.ф.д., доц.
Сирожов Ойбек Очилович, с.ф.д., проф.
Сотипов Гойипназар, қ/х.ф.д., проф.
Тожибаев Комилжон Шаробитдинович,
б.ф.д., академик
Холлиев Аскар Эргашевич, б.ф.д., проф.
Холматов Бахтиёр Рустамович, б.ф.д.
Чўпонов Отаназар Отожонович, ф.ф.д., доц.
Шакарбоев Эркин Бердикулович, б.ф.д., проф.
Эрматова Жамила Исмаиловна, ф.ф.н., доц.
Эшчанов Рузумбой Абдуллаевич, б.ф.д., доц.
Ўразбоев Ғайрат Ўразалиевич, ф-м.ф.д.
Ўрозбоев Абдулла Дурдиевич, ф.ф.д.
Ҳажиева Мақсуда Султоновна, фал.ф.д.
Ҳасанов Шодлик Бекпўлатович, к.ф.н., к.и.х.
Худайберганова Дурдона Сидиқовна, ф.ф.д.
Хоразм Маъмун академияси ахборотномаси: илмий журнал.-№10/2 (107), Хоразм
Маъмун академияси, 2023 й. – 183 б. – Босма нашрнинг электрон варианти -
http://mamun.uz/uz/page/56
ISSN 2091-573 X
Муассис: Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси минтақавий бўлими – Хоразм
Маъмун академияси
© Хоразм Маъмун академияси ноширлик бўлими, 2023
XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI –10/2-2023___ ______
3
МУНДАРИЖА
ИҚТИСОДИЁТ ФАНЛАРИ
Abdullaev A.J., Raimova D.D.
Avtotransport sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik
sub'ektlarida autsorsing va undan foydalanishning afzalliklari
5
Аbdurahmonova S.E.
O’zbekiston temir yo’llarining rivojlanish imkoniyatlari va taraqqiyoti
8
Alimova D.T.
Investitsiyani moliyalashtirishda aholi mablag’lari va tijorat amaliyotidagi ishtiroki
10
Allonazarov O.N.
Mehmonxona xizmatlari bozorini rivojlantirishda raqamli texnologiyalarni
qo‘llashning ustuvor yo‘nalishlari
14
Axrorova N.U.
Talaba va yoshlar sayohati turlari hamda uning xususiyatlari
18
Babajanov J.F.
Mintaqada kambag‘allikni qisqarishni omillari
22
Baytanov O'.M.
Oziq-ovqat korxonalarida mahsulot sifatini mohiyati va unga ta’sir etuvchi
omillar
25
Donayev Sh.B.
Don mahsulotlari korxonalarida ishlab chiqarish samaradorligini baholash usullari
29
Kurpayanidi K.I.
Economic transformation through institutional reforms: analysing challenges
and perspectives of enterprise management
32
Matyakubov U.R.
Marketing tadqiqotlari tizimining metodologik asoslari
36
Mirzayev A.T.
O‘zbekistonda turizm sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish
mexanizmlarini takomillashtirish
40
Mirzayev S.A.
Qurilish sanoati korxonalarida boshqaruv samaradorligini baholash omillari
46
Nishonboyev D.E.
Tadbirkorlik faoliyatining tashqi iqtisodiy faoliyati ko‘rsatkichlari tizimi
takomillashtirish
50
Qurbonova O.
Mintaqada sanoat siyosatini shakllantirish ustuvor yo’nalishlari
54
Raxmonov S.
Mintaqalarda innovatsion faoliyatini jadallashtirish ustuvor yo’nalishlari
57
Ruzimatov Sh.Kh.
Chakana savdo korxonarlarida brend nufuzini oshirishda inson resurslarini
boshqarishning ahamiayti
60
Sattarov N.A.
Innovatsion iqtisodiyot sharoitida qurilish korxonalar raqobatbardoshligining o‘ziga
xos xususiyatlari
66
Sattarov N.A.
Qurilish korxonalari raqobatbardoshligini oshirishning yo‘nalishlari
69
Shakirova N.A.
Tadbirkorlik sub’ektlarida aholi bandligini ta’minlashni muammolari va
yechimlari
73
Xamroyeva M.B.
Turizm sohasida xizmat ko’rsatish nosozliklari va ularni samarali bartaraf etish
yo’llari
79
Абдутурапова Д.Ф.
Ўзбекистонда суғурта муносабатлари ва ривожлантириш истиқболлари
83
Атажонов Ж.О.
Аграр соҳада кичик бизнес субъектлари кооперация алоқалари (КБСКА)
ни ривожлантиришнинг ижтимоий-иқтисодий аҳамияти
88
Aхмедов М.Ш.
Персонал мотивациясининг япония тажрибаси таҳлили
93
Ембергенова А.
Қорақолпоғистон Республикаси давлат музейларининг туризм соҳасидаги
роли ва уларни бошқариш аҳамияти
97
Жумабаева Д.Т.
Агротуризм фаолиятининг таснифланиши ва ташкил этиш хусусиятлари
103
Жўраева З.Т.
Инсон капитали самарадорлигини баҳолашда хориж тажрибасини
қўллашнинг концептуал асослари
108
Қуйжанов Х.А.
Саноат корхоналарида иқтисодий салоҳият тушунчасининг моҳияти ва
ижтимоий-иқтисодий аҳамияти
113
Мадраҳимов Қ., Маткаримова И.А.
Миллий ҳисоблар тизимини ишлаб чиқариш фаолияти
билан боғлиқ асосий счетлари ва уларни иқтисодий - статистик таҳлили
116
XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI –10/2-2023___ ______
17
jalb qilishning qiyinligi hisoblanadi.
Xalqaro tajribasiga asoslanilsa, mehmonxona industriyasida innovatsion loyihalarni amalga
oshirishning o‘zini oqlash muddati ancha uzoq bo‘lishi mumkinligi hamda ulardan olinadigan foyda
to‘g‘ridan to‘g‘ri emas, balki bilvosita bo‘lishi isbotlangan. Ammo innovatsiyalarni jalb qilinishi
korxonaga ortiqcha xarajatlarni tejashga imkon beradi[9]. Mehmonxona biznesiga axborot
texnologiyalarini joriy etishdagi yana bir muammo me’yoriy hujjatlarning dolzarbligi va
innovatsiyalarni joriy etishdagi huquqiy to‘siqlarning yo‘qligi hisoblanadi. Bundan tashqari,
mehmondo‘stlik sanoatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini tadbiq qilish, amalga oshirilayotgan
loyihalarning texnik va texnologik murakkablik darajasi bilan qiyinlashmoqda.
Xulosa o‘rinida shuni alohida ta’kidlash kerakki, bugungi zamonaviy dunyoda axborot
texnologiyalar yuqori sur’atlarda takomillashib bormoqda, bu esa o‘z navbatida mehmonxonalar
biznesiga bevosita ta’sir qilib, ularni boshqarish texnologiyasini o‘zgartirib, korxonalar
samaradorligini oshiradi va kompaniyalar faoliyatiga innovatsiyalarni joriy qilish yordamida
raqobatbardoshlik ustunligini ta’minlaydi. Xorazm viloyatida mehmonxona xo‘jaligi korxonalarida
zamonaviy axborot texnologiyalarini rivojlantirish va ulardan foydalanish nuqtai nazaridan
baholashda shuni ta’kidlash lozimki, ko‘p omillar mehmonxona boshqaruviga bog‘liq hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. «Raqamli O‘zbekiston -2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktabrdagi PF-6079-sonli Farmoni
2. Manba: Tadqiqotlar asosida muallif ishlanmasi.
3. O. V. Voronova, V. A. Khareva, T. S. Khnykina, International scientific journal (1), 19-25 (2019).
4. S. A. Chunikhin, E. A. Kuzmin, L. V. Pushkareva, Entrepreneurship and Sustainability Issues 6(4), 1663–1679
(2019). doi:10.9770/jesi.2019.6.4(8).
5. A. R. Bril, O. V. Kalinina, I. V. Ilin, Proceedings of the 30th International Business Information Management
Association Conference, IBIMA 2017, 2972-2980 (2017).
6. V. E. Stepanova, Modern Economy Success 6, 40-44 (2019).
7. Manba: Tadqiqotlar asosida muallif ishlanmasi
8. T. S. Koval, M. A. Gritsay, Tourism industry: opportunities, priorities, challenges, and prospects 14(1), 294-
302 (2019).
9. Jadhav, Vidyullata & Shivaji, Dhanshree & Mundhe, Shivaji. (2021). Information technology in Tourism.
UO’K: 338.48
TALABA VA YOSHLAR SAYOHATI TURLARI HAMDA UNING XUSUSIYATLARI
N.U.Axrorova, doktorant, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti doktoranti,
Samarqand
Annotatsiya. Turizmning boshqa turlari qatorida talaba va yoshlar turizmi hozirgi sohaning
asosiy tarmoqlaridan biriga aylanib ulgurdi. Bundan tashqari, shuni aytish ham kerakki, turizm va
mehmondo‘stlik sanoatida yoshlar tomonidan qilinadigan nisbatan xarajat kam bo‘lsa-da, statistik
ma’lumotlar soha daromadining doimiyligi va umumiy miqdori yuqoriligini ko‘rsatadi. Mazkur
maqolada turli mamlakatlardagi talaba va yoshlar sayohatining mashhur turlari o‘zining
xususiyatlari bilan yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar: yoshlar segmenti, talaba va yoshlar turizmi, tipologiya, sayohat xususiyatlari.
Аннотация. Среди других видов туризма молодежный туризм стал одной из основных
отраслей современной индустрии. Кроме того, следует отметить, что, хотя расходы
молодежи в индустрии туризма и гостеприимства ниже, статистика показывает, что
этот доход в отрасль постоянен, а общая сумма высока. В данной статье описаны
популярные виды молодежных путешествий по разным странам с их характеристиками.
Ключевые слова: молодежный сегмент, студенческий и молодежный туризм,
типология, туристические характеристики.
Abstract. Among other types of tourism, Youth tourism has become one of the major sectors of
the current field. Besides it should be considered that even though less money may be spent per a
person than other segments, the preponderance of evidence can show the resilience and higher total
amount of this money. Therefore, this article explores popular types of youth travel in different
countries with its characteristics.
______ ___XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –10/2-2023
18
Keywords: youth segment, student and youth tourism, typology, travel characteristics.
Kirish.
Yoshlar turizmi bir milliarddan ortiq xalqaro sayyohlarning 23% dan ortig’ini o‘z
ichiga olgan xalqaro turizmning eng jadal rivojlanayotgan sohalaridan biriga aylandi (Global Report
on The Power of Youth Travel, UNWTO 2016) [1]. Britaniya Kengashining hisob-kitoblariga ko‘ra,
2011-2020 yillarda Buyuk Britaniyadagi xalqaro talabalar soni 21 millionga, 178 milliondan 199
millionga ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda (HM Government 2013). 2017-yilda yoshlar va talabalar
sayohatchilari tomonidan 27 milliard funt sterling hissa qo‘shgan bo‘lib, bu 2016-yilga nisbatan
5%ga ko‘pdir. AQShda 1,094,79 nafar xalqaro talabalar va ularning sayohatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri va
bilvosita 455,622 ish o‘rni yaratib, 2017-2018 o‘quv yili davomida mamlakat iqtisodiyotiga 39
milliard AQSh dollarini tashkil etadi [2].
Yosh sayyohlar unchalik ko‘p mablag‘ga ega bo‘lmasa-da, lekin yetarlicha bo‘sh vaqti bor. Bu
shuni anglatadiki, ular turistik yo‘nalishlarda oddiy sayohatchilardan ko‘ra uzoqroq qolishlari
mumkin. Butunjahon Yoshlar, Talabalar, Ta’lim va Sayohat Konfederatsiyasi (WYSE Travel
Confederation) tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, 2013-yilda yosh sayohatchilar asosiy sayohatlarga
o‘rtacha jami 2160 AQSH dollari, global sayyohlar uchun esa o‘rtacha 1 097 AQSh dollari sarflagan
[1]. Shubhasiz, boshqa sayyohlarga qaraganda uzoqroq sayohat qilgan yosh sayohatchilar o‘rtacha
uchdan ikki baravar ko‘p pul sarflashadi. Bundan tashqari, ular ko‘pincha o‘z sayohatlarini
vositachilarsiz mustaqil ravishda rejalashtirishga harakat qilishadi, ya’ni ular mahalliy muassasalarda
o‘zlarining katta miqdordagi pullarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarflashadi. Shubhasiz, bu mahalliy
tadbirkorlik sub’ektlarining iqtisodini yaxshilashga olib keladi.
Talaba va yoshlar turizmi hamda sayohatini rivojlantirish uchun dastlab uning tizimini keng
miqyosda takomillashtirish zarur, albatta, birinchi navbatda, yoshlar sayohatining turlari va
xususiyatlarini o‘rganish va keyinchalik uni rivojlantirish uchun zarur infratuzilmani shakllantirish
maqsadga muvofiqdir.
Adabiyotlar tahlili.
Yoshlar turizmi, uning shakllari, xususiyatlari, motivlari va omillari
Richards G., Claudia MOISĂ , Elena N. Koroleva, Olga V. Semenchuk, Seekings, J. Horak, S.
Weber, DEMETER T., BRĂTUCU G., Hudman, L.E., Holdnak, A., Holland, S., Adina Negrușa,
Medet Yolal, Lingxu Zhou. kabi xorijiy olimlar tomonidan keng oʻrganilgan Claudia Moisa (2010)
fikriga ko‘ra, XIX asrda yoshlar qatlami jamiyatda unchalik muhim o‘ringa ega bo‘lmagan,
shuningdek, ular ergashgan ba’zi “modalar” G‘arbiy Yevropada qisqa vaqt ichida osongina va tezda
unutilgan, biroq keying asrda yoshlarning texnologik taraqqiyotni oson qabul qilishi va ko‘plab
sohalar, xususan, siyosat, musiqa, moda kabilarning rivojlanishiga bo‘lgan ishonchi ularning
jamiyatning muhim qatlami ekanligini ko‘rsatib berdi [3,4,5]. Ijtimoiy rolga qo‘shimcha ravishda,
ularning sayohat qilish motivlari turli davrlardagi boshqa yoshlar segmentlariga nisbatan farq qilishi
mumkin, biz bu yo‘nalishlarni ilmiy tadqiqotimizning keyingi qismida muhokama qilamiz.
Metodlar.
Tadqiqot jarayonida xalqaro tajribalar asosida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida
yoshlar sayohati va turizmi ishtirokchilarining turlari, xususiyatlari, motivatsiyalari o‘rganildi.
Maqolada ilmiy-nazariy, kuzatish va tanlash, empirik kuzatish metodlaridan foydalanilgan. Maqola
tadqiqot natijalarining ishonchliligi tadqiqotda foydalanilgan xorijiy statistik rasmiy manbalardan,
Butunjahon Turistik Tashkiloti hamda Butunjahon Yoshlar, Talabalar, Ta’lim va Sayohat
Konfederatsiyasining rasmiy veb-saytidan foydalanish bilan izohlanadi.
Tahlil va muhomakalar.
Umuman olganda, xuddi turizm kabi, talaba va yoshlar turizmi ham
odamlarning motivatsiyasiga qarab keng ko‘lamli shakllardan iborat. Shunisi e’tiborga loyiqki, yosh
sayohatchilar yoshlarga xos xususiyatlarga ega turizmning har qanday turiga jalb qilingan bo‘lsa, u
yoshlar sayohati va turizmiga tegishli bo‘lishi mumkin. Yoshlar turizmining juda ko‘p turlari mavjud
bo‘lsa-da, ular orasida quyidagilar eng ko‘p uchraydiganlar hisoblanadi: ta‘lim turizmi, ko‘ngillilik,
mehnat va sayohat dasturlari (Work and travel programs), madaniy almashinuv dasturlari, dam olish
turizmi, sport va sarguzasht turizmi.
Ta’lim turizmi.
Ta’lim turizmida yoshlar tashrif buyurilgan joy bilan bog‘liq tajribani o‘rganish
maqsadida guruh shaklida ma’lum bir joyga sayohat qilishadi. O‘z navbatida, mazkur yo‘nalishni
madaniy meros turizmi, ekoturizm, qishloq turizmi va ta‘lim muassasalari o‘rtasidagi talabalar
XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI –10/2-2023___ ______
19
almashinuvi kabi kichik bo‘limlarga bo‘lish mumkin. Ularning asosiy maqsadi mahalliy yoki xalqaro
darajada tashkil etiladigan bio-fan, texnologiya, tarix kabi sohalarda o‘z bilimlarini oshirish va ta’lim
jarayonini rivojlantirish, chet elda stipendiyalar, yozgi kurslar, guruh ichidagi turistik paketlar,
jumladan ekskursiya, til kurslari, har qanday bilim darajasi uchun yozgi oromgohlar bilan ta’minlash
orqali dunyoqarashini kengaytirishga qaratilgan. Yoshlar sayohati bo‘yicha hozirgi kunda takliflar
turlicha bo‘lib, bolalar, yoshlar, ularning ota-onalari va buvilari, o‘quvchilar, talabalar, bitiruvchilar,
ilmiy izlanuvchilar va yosh xodimlar uchun dasturlarni o‘z ichiga oladi va dunyoning nufuzli
universitetlarida xalqaro miqyosda tan olingan interaktiv muhit bilan birga ilmiy tadqiqot qilish,
malaka oshirish va stajirovkalarni ta’minlab beradilar. Erasmus almashinuv dasturi esa ta’lim
turizmining eng keng tarqalgan usullaridan biri hisoblanadi
Ko
‘
ngillilik.
Mazkur atama yoshlarning ma’lum bir davrda, xususan, bayramlarda jamiyatga va
atrof-muhitga yordam berish orqali yoshlar o‘zlarining nazariy va amaliy bilimlarini oshirish, moddiy
qashshoqlikdan qutulishga yordamlashish uchun tadqiqotlar olib borishini anglatadi. Shuningdek,
aytish kerakki, bu volontyorlik yoki ko‘ngillilik davrida yoshlarning turistik xizmatlarni xarid
qilishlari holatlari ham ko‘p uchraydi. Tarixga nazar soladigan bo‘lsak, volontyorlik XX asrning
boshlarida, xususan, Birinchi jahon urushidan keyin paydo bo‘lgan. Aynan o‘sha davrda volontyorlik
tashkiloti odamlardagi qayg‘u va umidsizlikni bartaraf etish uchun tashkil etilgan bo‘lgan.
Hozirgacha bu faoliyatlar haqiqatan ham rivojlanish va madaniyatning bir qismi bo‘lishni
xohlaydigan yoshlar orasida keng ommalashgan. Volontyorlik bilan bog‘liq loyihalar qisqa muddatli
ta‘tildan tortib to uzoq muddatligacha mahalliy yoki xalqaro miqyosda amalga oshirilishi mumkin.
Ko‘ngillilik turizmning quyidagi jihatlari olimlar tomonidan izohlangan: “turli sabablarga ko‘ra
jamiyatdagi ba’zi guruhlarning moddiy qashshoqligini kamaytirishga yordamlashish yoki
yengillatish, muayyan muhitni tiklash, ta’lim sohalarini tadqiq qilish uchun tashkiliy ravishda ta’til
olib volontyorlik qiluvchi turistlarning faoliyatiga aytiladi”. (Wearing, 2001) [3]. “Ko‘ngilli turizm
odamlarni dunyoning kambag‘al qismlariga qandaydir hissa qo‘shish uchun olib borishning asosiy
motivatsiyasini taqdim etadi.” (Crossley, 2012) [4]. Zulhaimi, Halim, & Zawawi (2018) tomonidan
o‘tkazilgan tadqiqot talabalarning volontyorlikda ishtirok etishning asosiy motivlari sifatida karyera,
ijtimoiy qadriyatlar, dunyoni anglash va mukammallashish deb tasvirlaydi.
JULIE JIE WEN (2019) tomonidan olib borilgan amaliy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki,
ko‘ngillilik faoliyatidan so‘ng mahalliy odamlarda ham, ko‘ngillilarda ham yaxshi tomonga
o‘zgarishlar kuzatilgan. Ijtimoiylashuv va o‘zaro munosabatlar ular o‘rtasidagi munosabatlarni
yaxshilashga muvaffaq bo‘lgan [5].
Mehnat va sayohat dasturlari.
Sayohat qilish istagi kuchli bo‘lgan yoshlar, odatda, talaba va
yoshlar turizmining ushbu turiga murojaat qilishadi. Ko’pincha dastur yozda 3 oy davom etadi, bunda
yoshlar boshqa xorijiy kompaniyalarga ishga yollanishadi. Bu vaqt ichida yosh sayyohlar pul ishlash
bilan bir qatorda sayohat qilish, mahalliy hayot madaniyatini, ularning tillari va urf-odatlarini
o‘rganish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo‘lishadi, bu ularning kelajakdagi karyeralari va istiqbollari
uchun muhim poydevor vazifasini bajarishi mumkin. Ish va sayohat dasturlari dastlab AQShda paydo
bo‘lib, Avstraliya, Kanada va Ispaniyaga tarqalib ketgan bo‘lsa-da, u asosan Germaniya, Gretsiya,
Ispaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya kabi Yevropa mamlakatlarida keng ommalashgan. Bu yoshlar
sayohat bozoriga sezilarli hissa qo‘shishadi va o‘z navbatida dastur ishtirokchilari xorijda ishlash
orqali chet ellik do‘stlari bilan mustahkam aloqa o‘rnatib muntazam ravishda sayohat oqimini
shakllantirish xususiyatiga egadirlar.
Mehnat va sayohat dasturlari asosan yosh talabalarga, balki o‘rta maktab va universitet yillari
o‘rtasida “bir yillik ta’til” olgan yosh bitiruvchilarga mo‘ljallangan, shuningdek, faqat yozgi ta’til
davrida mazkur dasturda ishtirokchilar ham ko‘pchilikni tashkil etadi. Hisoblanishicha, “dam olish
yili” (
gap year
) bo‘lgan yoshlar tomonidan amalga oshiriladigan turizm yiliga 1-1,5 million sayohatni
tashkil qiladi va bu sayohatlarning aksariyati mustaqil ravishda tashkil etiladi [6].
Eng muhimi, yoshlarning mehnat va sayohat dasturida ishtirok etishlari natijasida erishgan
asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:
yangi turistik destinatsiyalarga tashrif buyurish;
boshqa madaniy muhitda ish tajribasini orttirish;
______ ___XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –10/2-2023
20
chet tilini mukammallashtirish;
butun dunyo bo‘ylab turli madaniyatga oid odamlar bilan yaxshi aloqa o‘rnatish;
o‘zini erkin tutish va boshqa tengdoshlari bilan dam olish imkoniyati;
kelajak uchun yetarli miqdorda mablag‘ topish imkoniyati.
Bugungi kunda O‘zbekistonda ham ish va sayohat dasturlari keng tus olmoqda, ayniqsa,
yoshlarning ta’limdan so‘ng yozgi ta’til oylarida ushbu dastur bilan AQSh va Germaniyaga
borishlarini yaqqol ko‘rish mumkin..
Madaniy almashinuv dasturlari.
Bu atama, shubhasiz, turli mamlakatlar o‘rtasidagi yoshlar
almashinuviga ishora qilishi mumkin. Ushbu o‘ziga xos madaniy almashinuv ta’lim, texnologiya,
tibbiyot, san’at va sport kabi turli sohalarga oid ishtirokchilarni o‘z ichiga oladi. Umuman olganda,
bir xil yoki o‘xshash ma’lum bir narsani targ‘ib qilish uchun kamida ikki mamlakat o‘rtasida joriy
madaniy almashinuv amalga oshirilishi kerak bo‘ladi. Ijtimoiy, diniy, madaniy, geografik va iqtisodiy
kelib chiqishidan qat’i nazar, odatda madaniy almashinuv ishtirokchilari bo‘lgan talabalarga o‘z
dunyoqarashini kengaytirish, boshqa madaniyatlarni tushunish, o‘z mamlakatlaridan tashqarida yangi
odamlardan o‘rganish uchun ulkan ahamiyatli imkoniyat taqdim etiladi.
Shubhasiz, madaniy almashinuv mamlakatlar o‘rtasidagi ijobiy munosabatlarni
mustahkamlashga, ko‘p madaniyatli jamiyatda yosh avlodning dunyoqarashini kengaytirishda
yordam beradi. Ushbu dastur odatda bir haftadan bir yilgacha davom etadi, ishtirokchilar mezbon
oilalarda yashashadi. Eng muhimi, almashinuv dasturining asosiy maqsadi
o
‘
rganish va bilim
ulashishdir [7].
Sport va sarguzasht turizmi.
Bu davrda sport insoniyat tomonidan eng tan olingan va sevimli
mashg‘ulotlardan biriga aylandi. Ma’lumki, har yili ko‘plab insonlar sport o‘yinlarini tomosha qilish
yoki sport musobaqalarida qatnashish maqsadida xorijiy mamlakatlarga tashrif buyurishadi, bu esa
mezbon mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishda katta hissa qo‘shadi. O‘z navbatida, sarguzasht
turizmi esa yosh sayohatchilar uchun qiziqarli bo‘lib, zavq berish xususiyatiga ega. Yuqori darajadagi
jismoniy kuch talab qiladigan turistik faoliyat yosh sayohatchilarning sevimli mashg‘ulotlari
hisoblanadi. Ular ekstremal turlarda qatnashish, tavakkal qilish, yangi joylarni o‘rganish orqali yuqori
darajadagi adrenalin olishni xohlashadi.
Bunday istak, albatta, ishtirokchilardan turli darajadagi xavflarni talab qiladi, mashg‘ulotning
turiga turli darajadagi tavakkalni talab qiladi. Juda ko‘plab sarguzasht turizmi mashg‘ulotlari mavjud:
piyoda sayr qilish, tog‘ velosipedi, muzga chiqish, alpinizm, rafting, vindsurfing, suvga sho‘ng‘ish,
akvalang yordamida suv ostida suzish, arqon bilan sakrash (bungi sakrash), paraplanda uchish,
snoubord, jarlikka sakrash, AirKick, Zorbing koptogida harakatlanish, vulqonga chiqish va boshqalar
[8].
Greg Richards va Juli Uilson (2004) fikricha, sport va sarguzasht turizmi uchun yoshlardagi
asosiy motiv bu hayajonni boshdan kechirish, keyin esa boshqa madaniyatlarni o‘rganish hisoblanadi.
Ayniqsa, yoshlarda “jismoniy mahoratdan maksimal darajada foydalanish", "qobiliyatlarini sinab
ko‘rish" va "hayajon izlash" motivlari o‘rtasida sezilarli ijobiy bog‘liqlik mavjud [9].
Dam olish turizmi.
Mazkur yo‘nalishni yoshlarning o‘qish yoki ishlashdan bo‘sh bo‘lgan,
ayniqsa, dam olish kunlarida bo‘ladigan yoki 2 haftagacha davom etadigan, shuningdek,
qarindoshlari va do‘stlarini ziyorat qilish, ko‘ngilochar tadbirlarga qaratilgan dam olish ta’tillari
sifatida izohlash mumkin. Asosiy jihati shundaki, ish va o‘qishdan holi bo‘lgan davrda amalga
oshirilishi va sayohatlar dam olish maqsadiga asoslangan bo‘lishi kerak. Yosh segment sifatida ular
kam mablag‘ bilan arzon aviakompaniyalar va yotoqxonalarda sayohat qilish xususiyatiga ega
bo‘lishadi.
Natijalar.
XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI –10/2-2023___ ______
21
1-jadval.
Talaba va yoshlar turizmi turlari
Manba: Muallif tomonidan tuzilgan.
Xulosa.
So‘nggi 10 yil ichida yoshlar turizmi sohasida jadal o‘zgarishlar ro‘y berdi, turli
ko‘rinishdagi muhim tadbir va anjumanlar o‘tkazildi, ushbu sohani sezilarli darajada rivojlantirish
maqsadida ko‘plab tadqiqotlar olib borildi. Mazkur segment boshqalaridan tarkibiy jihatdan xilma-
xilligi va murakkabligi kabi o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadigan. Yosh sayohatchilar soni
sezilarli darajada oshib, ularning motivatsiyasi kengayib borayotganligi sababli, yoshlar turizm
mehmondo‘stlik bozorining eng katta qismini egallash imkoniga ega, kelajakda turistlar oqimi, bozor
hajmi, talaba va yoshlar sayohati dinamikasi, uning shakllari albatta yosh sayohatchilarga bog‘liq
bo‘ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1. Chapman David. Director General. WYSE Travel Confederation 18 October 2016 | World Tourism Conference.
New Horizons III Exucutive summary, Agobal study of the youth and student traveller.
2. Youth Student & Educational Travel Statistics Report 2018. British Educational Travel Association (BETA),
London, UK.
3. Wearing, S., and Neil, J. (2001). Expanding Sustainable Tourism’s Conceptualization: Ecotourism,
Volunteerism and Serious Leisure. In S.F. McCool and R.N. Moisey, eds.Tourism, Recreation and Sustainability, Linking
Culture and the Environment, pp.233-255.
4. Crossley, E. (2012). Poor but happy: volunteer tourists’ encounters with poverty. Tourism Geographies,
14(2):235-253.
5. Zulhaimi, N., Halim, M. S. A., & Zawawi, M. M. A. (2018). The Motives of Volunteerism Involvement in the
Tourism Sector. International Journal of Academic Research in Business and Social Sciences, 8(6), 290–304.
TALABA VA YOSHLAR SAYOHATI
Ta’lim turizmi
Ko‘ngillilik
Ish va sayohat
dasturlari
Sport va sarguzasht turizmi
Madaniy almashinuv
Har qanday sohadagi ta’lim dasturlari,
konferensiyalar; Mahalliy, milliy,
xalqaro, tematik va yozgi oromgohlar;
Til kurslari; Universitet sayohatlari,
ekskursiyalari
mahalliy
yoki
xalqaro
darajadagi
qisqa
va
muddatli bo‘lgan ta’tillar
Ko‘pincha AQSh,
Germaniya, Kanada,
Avstraliya, Gretsiya,
Ispaniya, Fransiya va
Buyuk Britaniyada
ekstremal sport turlari: bungi sakrash,
snoubord,
surfing,
vulqon
borti,
jarlikka sakrash, AirKick, Zorbing to'pi
Ko‘pincha madaniyati
xilma-xil davlatlardagi
sayohatlar
______ ___XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –10/2-2023
22
6. Julie Jie Wen (2019). The Impact of Volunteer Tourism: Case Study of Meixian Team. International Journal of
Social Sciences, Vol. VIII(1), pp. 81-94., 10.20472/SS.2019.8.1.007
7. Uktаmоvnа, А. N. (2023). Thе fоrеign соuntriеs’еxреriеnсе оn tоurism аnd уоuth роliсу.
Journal of new
century innovations
,
31
(1), 125-131.
8. Akhrorova, N. U. (2022). Swot Analysis in Youth Tourism Development Strategies for Uzbekistan.
American
Journal of Economics and Business Management
,
5
(12), 26-33.
9. Uktamovna, A. N. (2023). The differences and characteristics of young travellers.
International journal of
advanced research in education, technology and management
,
2
(5).
УЎК 333.344.233
MINTAQADA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARISHNI OMILLARI
J.F.Babajanov, tayanch doktоrant, Urganch Davlat universiteti, Urganch
Annotatsiya. Maqolada mintaqada kambag’allikni qisqartirish omillari tahlil qilingan.
Xorazm viloyati misolida kambag’allik xolati o’rganilgan va uni kichik biznesni rivojlantirish
asosidà qisqartirish yuzasidan, takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so’zlar: Kambag‘allik, kambag’allik chegarasi, eng kam ish haqi, iqtisodiy faol qatlam,
yashash minimum.
Аннотaция. В статье анализируются факторы снижения бедности в регионе. На
примере Хорезмской области изучена ситуatsiя с бедностью и высказаны предложения по ее
снижению на основе развития малого бизнеса.
Ключевые слова: Бедность, черта бедности, минимальная заработная плата,
экономически активный класс, прожиточный минимум.
Abstract. The article analyzes the factors of poverty reduction in the region. On the example of
Khorezm region, the situation of poverty was studied and suggestions were made to reduce it on the
basis of small business development.
Keywords: Poverty, poverty line, minimum wage, economically active class, living minimum.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning so‘nggi yillarda
tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ko‘plab hukumat qaror va farmonlari
qabul qilindi. Buning natijasida hukumat ko‘plab ishbilarmonlarga o’z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga
qo‘yishda yordam bermoqda, provardada ishsizlik darajasi pasayib, mamlakat iqtisodiyoti
yaxshilanmoqda. O‘zbekistonda kambag‘allik muammosini hal etish ijtimoiy siyosatda alohida o‘rin
egallaydi, unga qarshi faol kurash oxirgi yillarda jadal tus oldi. Aholining ehtiyojmand qatlamini
manzilli qo‘llab-quvvatlash maqsadida ma’lumotlar bazalari shakllantirildi. 2021 yildan boshlab kam
ta’minlanganlarni “Ijtimoiy himoyaning yagona reyestri” axborot tizimiga kiritish orqali hisobga
olish mexanizmi joriy etilgan. 2017 yilda 500 ming nafar kam ta’minlangan oilaga ijtimoiy yordam
ko‘rsatilgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib ushbu ko‘rsatkich 2,2 milliondan ziyodni tashkil etmoqda.
Ajratilgan mablag‘lar hajmi yetti baravar oshirilib, yiliga 13 trillion so‘m (1,1 milliard dollar)ga
yetkazildi[1].
Mamlakatimiz Prezidentining 2022 yil 20 dekabrdagi Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga
Murojaatnomasida ta’kidlanganidek, Yangi O‘zbekistonni “ijtimoiy davlat” tamoyili asosida qurish,
inson salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun teng imkoniyatlar, odamlar munosib hayot kechirishi
uchun zarur sharoitlar yaratish va kambag‘allikni qisqartirish maqsad qilingan.
Shundan kelib chiqib, ijtimoiy sohaga davlat xarajatlarini oshirish vazifasi qo‘yildi. Xususan,
2018 yilda ular 39 trln, 2019 yilda 61,3 trln, 2020 yilda 74,2 trln[2], 2021 yilda 85,3 trln so‘mni
tashkil etgan. 2022 yilda esa 105,5 trillion so‘m yo‘naltirilgan[3].
Shu yilning 25 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida
“Kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash masalalari”ga bag‘ishlab o‘tkazilgan
videoselektor yig‘ilishida keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish
jarayonlari yuqori samaradorlikni namoyish etayotganini ta’kidlandi.
Bu borada Xorazm viloyatda ham sezilarli ishlar amalga oshirildi.
KBXT sub’ektlari sonini
oshishi o‘z navbatida Xorazm viloyatining iqtisodiyotda bandlar sonini oshishiga olib keldi. Xususan,
2010 yilda Xorazm viloyatining iqtisodiyotda bandlar soni 642 ming nafarni tashkil etgan bo‘lsa,