253
FITRAT – MATNSHUNOS
Orzigul HAMROEVA,
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili
va adabiyoti universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori (O’zbekiston)
Jadidchilik harakat nafaqat ijtimoiy harakat sifatida, balki ilm va ma’rifatdagi yangilanish
sifatida ham adabiyotshunoslikda muhim ahamiyatga ega. Ta’lim tizimi, adabiy tur va janrlar,
matnshunoslik va manbashunoslik sohalarining yangilanishi bevocita dunyo ta’lim tizimi va ilmidagi
taraqqiyotni ko‘rgan va bu yangiliklarni o‘z yurtiga olib kirishga harakat qilgan Fitrat harakatlarida
yaqqol ko‘zga tashlanadi. XX asr boshlarida vujudga kelgan o‘zbek matnshunosligi va
manbashunosligining shakllanishida asos bo‘lib xizmat qilgan Fitrat adabiy majmualarining
o‘rganilishi orqali mazkur soha taraqqiyotidagi olimning faoliyati va uning amaliy natijalari ko‘rish
mumkin.
Sir emaski, XX asr boshlarida adabiyot tarixini o‘rganish dastlabki bosqichda edi. Milliy
adabiyotimiz tarixiy taraqqiyotini o‘rganish uchun qat’iy qonuniyatlar yaratish olimlarimiz
zimmasidagi eng katta vazifalardan biri bo‘lgan. Tabiiyki, bu yo‘lda qardosh turkiy xalqlar: usmonli
turk, tatar, ozarbayjon olimlarining tajribasi kerak edi. Biroq deyarli barcha turkiy xalqlarda izchil
ilmiy asosga ega adabiyotning yaratilishi asrning 20-yillariga to‘g‘ri keladi. F.Ko‘pruluning “Turk
adabiyotida ilk mutasavviflar”
1
, “Turk adabiyoti tarixi”
2
, ayni shu yo‘nalishda Ismoil Hikmatning
“Turk adabiyoti tarixi”
3
, “Ozarbayjon adabiyoti tarixi”
4
, A.Rahim, A.Azizlarning “Totor adabiyoti
tarixi”
5
Abdurahmon Sa’diyning “Totor adabiyoti tarixi”
6
asarlari, bu boradagi turk, ozarbayjon va
tatar olimlarining erishgan natijalari Fitratni ilhomlantirgan.
O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixini yaratish uchun asos bo‘lgan ilmiy tamoyillar, majmua va
darsliklar tuzilishiga ehtiyoj mavjudligi Fitrat tomonidan o‘zbek adabiyoti tarixi uchun materiallar
to‘planishi, ularning xronologik tartibda izchil ilmiy tizimga solinishi va nashrga tayyorlanishiga
sabab bo‘lgan. Nazariy manbalarga ehtiyoj mavjudligi tufayli majmualar so‘zboshilarida va har bir
bo‘lim oldidan keltirilgan nazariy ma’lumot va uqtirish xatlarida va ilmiy risolalarida adabiyot tarixini
davrlashtirishga oid qarashlarni ifodalagan. Fitratning bu yo‘ldagi eng katta xizmati majmualarida
muallif qo‘l ostida bo‘lgan qo‘lyozma matnlarni o‘z zamonida ommaviy nusxalarda tarqatilgan
toshbosmalar bilan solishtirgan holda nashrga tayyorlagani edi. “Fitratning matnshunoslik rivojiga
qo‘shgan hissasi uning sof tekstologik tadqiqotlarida ko‘rinadi”.
7
Olimning majmualar tarkibidagi har
bir asar ustida jiddiy tadqiqot olib borgani majmualarning so‘zboshi, uqtirish xatlarida, ilmiy-nazariy
maqolalarida aks etgan
8
. Manba va matnlarning chuqur o‘rganilishi asar xususida to‘g‘ri hukm
1
Ahmad Yassaviy va uning maktabi tarixini нўritish bilan cheklangan. Ilk nashri 1918-yil.
2
XVI asrgacha bo‘lgan davr bilan chegaralangan. (1-jild). 1926
3
Ocherklardan iborat bo‘lib, usmonli turklarning XIX asrgacha bo‘lgan davrini o‘z ichiga oladi, 1925.
4
Ikki jilddan iborat bo‘lib, 1928-yilda tartib berilgan.
5
Rahim A., Aziz A. Totor adabiнўti tarixi. Feodalizm davri. – Qozon., 1923.
6
Sa’diy A. Totor adabiнўti tarixi. – Qozon., 1926.
7
Sirojiddinov Sh., Umarova S. O‘zbek matnshunosligi qirralari. – T.: Akademnashr, 2015. – B.56.
8
Fitrat. Qutadg‘u bilig // Tanlangan asarlar. 2-jild. – T.: Ma’naviyat, 2000. – B.11-16; Hibat ul-haqoyiq. //
Tanlangan asarlar. 2-jild. – T.: Ma’naviyat, 2000. – B. 45–55; Ahmad Yassaviy. Tanlangan asarlar. 2-jild. – T.:
Ma’naviyat, 2000. – B.17–31; Ahmad Yassaviy maktabi shoirlari to‘g‘risida tekshirishlar.Tanlangan asarlar. 2-
254
chiqarishga sabab bo‘ladi. “Nazariy umumlashmalar bilan yaxshi ta’minlanganlik amaliy faoliyatning
har qanday sharoitida ham yo‘l topib ketish imkonini beradi”
1
. Abdurauf Fitratning bu yo‘ldagi
izlanishlari “Eng eski turk adabiyoti namunalari” va “O‘zbek adabiyoti namunalari” majmualarida aks
etgan. Bu ikki majmua o‘zbek adabiyotida yaratilgan ilk adabiy to‘plamlar sanalsa-da, ular tarkibida
olimning ilmiy qarashlari ham o‘z aksini topgan.
Tahlilga tortmoqchi bo‘lgan manbalarimizdan biri Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq”
asari bo‘lib, Fitrat bu asarni birinchilardan bo‘lib ilmga taqdim qildi, “O‘zbek adabiyoti numanalari”
majmuasida parchalar e’lon qildi, mavjud nusxalar bilan solishtirdi. Bu asarning nusxalari ko‘p bo‘lib,
biz Fitrat e’tibor qaratgan, Turkiyda tahsil olayotgan paytda xabardor bo‘lgan nusxaga e’tibor
qaratmoqchimiz. Asarning bu nusxasi 1480-yilda Istanbulda Shayxzoda Abdurazzoq baxshi
tomonidan ko‘chirilgan. Nusxadagi matnlarning ba’zilari uyg‘ur, ba’zilari arab yozuvi shaklida
berilgan. Nusxa 74 betdan iborat bo‘lib, 2-69-betgacha “Hibatul-haqoyiq” asari keltirilgan. Asarning
hajmi 255 bayt, 241-asosiy qism, 14-bayt – ilova. Ushbu kitobda “Hibatul-haqoyiq”dan tashqari
Lutfiy, Sakkokiy kabi ijodkorlarning asarlaridan namunalar ham berilgan. Fitrat “Hibat ul-haqoyiq”
nomli maqolasida ayni shu nusxa xususida atroflicha fikr yuritadi. Fitratning bu nusxaga e’tibor
qaratishining asosiy sababi turk olimi Najib Osimbekning “Hibatul-haqoyiq”ning shu nusxasi
asosidagi nashri bo‘ldi. Bu nashrlar Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining
Qo‘lyozmalar fondida 1773, 1774, 10724, 12023, 20941 raqamlari ostida saqlanadi. 1773 raqami
ostidagi toshbosma 1915-yil Istanbulda usmonli uyg‘ur tilida nashr qilingan. 1914-yil Najib Osim
Istanbulda Ayo Sofiya masjidi kutubxonasidan mo‘g‘ulcha risola topib oladi
2
. Bu risola Ahmad
Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asari bo‘lib, asarning to‘liq matni, izohi va lug‘at qismi bilan birga
1915-yilda nashr qildiradi. Nashr so‘ngida Najib Osim asar uchun “So‘ngso‘z” keltirib, unda asarni
sharh qilganini izohlaydi: “Bizim burada ko‘satirajakmiz “Sarf” anjoq “Hibat ul-haqoyiq”da
ko‘rdikimiz kalmalarak shakliga oiddir”
3
. 20941 inventar raqamli litografiya esa 1916-yilda bosilgan.
Fitrat bu nashrning yutuq va kamchiliklarini tahlil qilar ekan, maqolaning juda ko‘p o‘rinlarida
nashrdagi kamchiliklarni birma-bir qayd qilib o‘tadi. Olimning ta’kidlashicha, Najib Osimbek
nusxadagi matnlarni qaytadan o‘qigan, tarjima qilgan, lug‘atlarini izoh qilgan, maxsus lug‘at qism
ham qo‘shgan. Najib Osimbek nashrning so‘zboshisida asar va uning muallifi to‘g‘risida batafsil
ma’lumot berib o‘tadi. Fitrat bu nashrning lug‘at qismini qattiq tanqid ostiga olgan. Xato o‘qilgan
so‘zlarni birma-bir keltirib o‘tgan. Olim Najib Osimbekning bunday xatoga yo‘l qo‘yganining
sababini “Devonu lug‘otit turk” asarining nashridan foydalanmaganligida deb ko‘rsatadi. “... Najib
Osimbek buning lug‘atlarini izoh qilg‘anda “Devon(i) lug‘ot”ga murojaat qilmag‘ang‘a o‘xshaydir.
Chunki Najib Osimbekning bu to‘g‘rida u qadar yanglishlari bo‘lg‘anki, xususan, “Devon(i) lug‘ot”
maydong‘a chiqqandan keyin bir til olimining bu qadar xato qilishi mumkin emasdir”
4
. Maqolada
jild. – T.: Ma’naviyat, 2000. – B.31–37; Chig‘atoy adabiyoti. Tanlangan asarlar. 2-jild. – T.: Ma’naviyat, 2000.–
B.37–45; XVI asrdan so‘ngra o‘zbek adabiyotiga umumiy bir qarash. Tanlangan asarlar. 2-jild. – T.: Ma’naviyat,
2000. – B.55–61; “Farhod va Shirin” dostoni to‘g‘risida. Tanlangan asarlar. 2-jild. – T.: Ma’naviyat, 2000. –
B.105–134; Navoiyning forsiy shoirlig‘i ham uning forsiy devoni to‘g‘risida. Tanlangan asarlar. 2-jild. – T.:
Ma’naviyat, 2000. – B.3–11.
1
Hasaniy M., Habibullaev A. Adabiy manbashunoslik va matnshunoslikning nazariy masalalari. – T., 2012. –
B. 51.
2
Yusupov B. Hibat ul-haqoyiq
//
Fan va turmush, 1982.– 3-son.
3
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti Qo‘lyozmalar fondi. 1773 inventar raqamli toshbosma.
[10724, 1774, 12023, 20941 inventar raqamli toshbosmalar]
4
Fitrat. Hibatul haqoyiq // Maorif va o‘qitg‘uchi. – 1928. – 10-son. – B. 41-6.
255
Fitrat 15 xato o‘qilgan so‘zni keltirib, ularning to‘g‘ri shaklini dalillar asosida berib o‘tadi. Maqola
so‘ngida esa bu kabi xatoliklar ko‘pligini ularning ayrimlarinigina keltirganini ta’kidlaydi.
Fitrat “O‘zbek adabiyoti namunalari” majmuasida Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga keng
o‘rin ajratgan. Namunalarni taqdim qilar ekan, Turkiyadagi nashrlarni ham e’tiborda chetda
qoldirmagan. Fitrat foydalangan manbani aniqlash maqsadi bilan Bobur asarlarini Fitratga qadar
(A.N.Samoylovichdan tashqari) nashrga tayyorlangan manbalardan o‘rganish maqsadida turk olimi
Fuod Ko‘prulu tomonidan “Milliy tatabbu’lar” majmuasida chop qilingan Bobur g‘azallaridan
berilgan namunalarga murojaat etdik. Bu manba boburshunoslikda “Istanbul nashri” nomi bilan tilga
olinib, uning 1913-yilda nashr etilgan. Bu majmuaning nashr etilgan yili borasidagi H.Boltaboev
“Boburshoh Fitrat talqinida” maqolasida aniqlik kiritgan
1
. Fitrat majmua nashr ettirilgan davrda Fitrat
Istanbulda tahsilni davom ettirayotgan bo‘lib, Fuod Ko‘prulu, Mehmed Akif, Abdurashid Ibrohim kabi
turk olimlari bilan uchrashgan, ular bilan fikr almashgan. “Milliy tatabbu’lar”da nashr etilgan
Boburning she’rlaridan xabardor bo‘lgan bo‘lishi kerak. O‘zR FAShI Qo‘lyozmalar fondining
toshbosmalar bo‘limida Bobur she’rlari jamlangan bir qancha nashrlar mavjud. 8814 inventar raqami
ostida saqlanayotgan katta hajmdagi nashrda Boburning she’rlari keltirilgan bo‘lib, “Boburshohning
she’rlari” sarlavhasi ostida berilgan. Biz yuqorida ta’kidlagan “Istanbul nashri” ayni shu nashr
hisoblanadi. Toshbosmada Boburning she’rlari bilan birga “Volidiya” asari ham keltirilgan bo‘lib,
1914-yilda nashr qilingan. Toshbosma tarkibida “Milliy tatabbu’lar” majmuasi, “Turk adabiyoti
mansha’i”, “Arznoma. Onado‘lida turk madaniyati”, “Kitobiyot” kabi asarlar keltirilgan. Toshbosma
Fuod Ko‘prulu asarlaridan tarkib topgan. Bobur she’rlari toshbosmaning turli o‘rinlarida keladi. 235-
256-bet, 308-246-bet, 465-480-betgacha Bobur she’rlari keltirilsa, oradagi sahifalarda yuqorida
keltirilgan asarlar berilgan. Asarlar ketma-ketlikda avval g‘azal, undan keyin masnaviy, ruboiy,
muammolar keltirilgan. Faqat “Volidiya” asari nashrning so‘nggi qismida keltirilgan. “Boburshoh
she’rlari” qismi Boburning “Topmadim” radifli g‘azali bilan boshlanadi. Fitratning majmuasidagi
matnlar ham aynan shu g‘azal bilan boshlangan. Ikki manbada ham g‘azal va ruboiylar ketma-ketligi
bir xil bo‘lib, ularga tartib raqam qo‘yilmagan. Manbalar matni, baytlar, misralar ketma-ketligi,
so‘zlarning o‘qilishida farqli jihatlar aniqlanmadi.
Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, Fitrat “O‘zbek adabiyoti namunalari” uchun Bobur
g‘azallarini tanlab olayotganda, dastlab tayanch manbalar sifatida A.N.Samoylovich nashriga
asoslangan. Keyinroq undagi tartib buzilgani va to‘la emasligi anglashilgach, qolgan holda g‘azalni
Rampur qo‘lyozmasi asosida chop ettirilgan “Istanbul nashri” dan olgani ma’lum bo‘ladi. Majmuadagi
matnlarni turli manbalardan olib to‘ldirganidan anglashiladiki, Fitratning qo‘lida Bobur “Devon”ining
birorta qo‘lyozma nusxasi bo‘lmagan. Chunki Fitratning qo‘lida agar Bobur “Devon”i bo‘lganida,
birinchidan, o‘zi bu haqda biror qaydni keltirgan bo‘lardi, ikkinchidan esa, A.N.Samoylovich va Fuod
Ko‘prulu nashrlaridan tanlab olish natijasida o‘z majmuasini “to‘ldirib” o‘tirmay, to‘g‘ridan to‘g‘ri
qo‘lyozma manbaga murojaat etgan bo‘lar edi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Fitrat o‘z davrining yirik matnshunos va manbashunosi
sifatida noyob qo‘lyozmalarni ilm ahli va xalqqa tanishtirishni o‘z oldiga maqsad qilib olgan. Xalq
qo‘lidagi saqlanayotgan noyob manbalarni olib ketilishini oldini olish maqsadida manbalar xususida
maqola tayyorlab, nashr qildirgan. Va natijada bir qancha mumtoz asarlarimizning qo‘lyozma
nusxalari olib qolingan. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilik” va Poshshoxo‘janing “Miftoh ul-adl”
va “Gulzor” asarlarining qo‘lyozma nusxalari shular jumlasidandir.
1
Boltaboev H. Boburshoh Fitrat talqinida / Mumtoz so‘z qadri. – T.: Adolat, 2004. – B. 127.
256
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti Qo‘lyozmalar fondi. 1773 inventar
raqamli toshbosma. [10724, 1774, 12023, 20941 inventar raqamli toshbosmalar]
2. Boltaboev H. Boburshoh Fitrat talqinida / Mumtoz so‘z qadri. – T.: Adolat, 2004. – B. 127.
3. Rahim A., Aziz A. Totor adabiyoti tarixi. Feodalizm davri. – Qozon., 1923.
4. Sa’diy A. Totor adabiyoti tarixi. – Qozon., 1926.
5. Fitrat. Qutadg‘u bilig // Tanlangan asarlar. 2-jild. – T.: Ma’naviyat, 2000. – B.11-16; 6. Hibat
ul-haqoyiq. // Tanlangan asarlar. 2-jild. – T.: Ma’naviyat, 2000. – B. 45–55
7. Fitrat. Hibatul haqoyiq // Maorif va o‘qitg‘uchi. – 1928. – 10-son. – B. 41-6.
8. Fitrat. O‘zbek adabiyoti namunalari. 1 jild. (Nashrga tayyorlovchi O.Hamroeva) -T: Mumtoz
so‘z. 2013.
9. Hamroeva O. XX asr boshlari matnshunosligi taraqqiyotida Fitrat majmualarining o‘rni.
Monografiya. -T: Akademnashr. 2019.
10. Yusupov B. Hibat ul-haqoyiq // Fan va turmush, 1982. – 3-son.
PHILOSOPHICAL VIEWS OF ISHAQKHAN IBRAT
Dilrabo AMRIDINOVA,
Doctor of Philosophical Sciences, professor
University of Tashkent for Applied Sciences, Department of History (Uzbekistan)
Introduction.
In our country, the reforms on the in-depth study and promotion of the scientific
and spiritual heritage of the great scholars, and the education of the young generation in the spirit of
the noble traditions of the ancients are continuing. Special attention is being paid to the development
of spiritual and educational spheres, which are of great importance in the social life of our country. In
particular, systematic work is being carried out to study and translate the scientific heritage of modern
thinkers, to create a reading culture for young people, to raise creative thinking, and to educate them in
the spirit of patriotism and respect for our universal values. Such processes serve as an important
factor in the formation of the methodology of spiritual and philosophical discourse in the science of
philosophy.
“Following the wise traditions of our ancestors, realizing their ideas, we are carrying out strict
reforms, we are on the way to form a new image of our country.” [1] In this regard, it is important to
reveal on a scientific basis the content of the ideas of the Jadids, such as love and loyalty to the
Motherland, tolerance, honoring and strengthening the family as a sacred value, spiritual awareness,
tolerance and respect for Islamic values, and educating a perfect person, which are recognized not only
in our country, but also in the world. In this article, based on the study of the scientific heritage of the
enlightener Ishaqkhan Ibrat, the examples of education in the spirit of loyalty to the values of our
motherland are analyzed.
In today's era of globalization, the rich spiritual heritage left by the late Ishaqhan Ibrat serves as
an important resource in educating the current young generation to be knowledgeable, literate, and
enlightened. This idea was put forward in more than ten scientific-historical and educational works of
