Parranda, baliq, asalari va mo‘ynachilikdagi dolzarb muammolar, ularning yechimlari hamda ilm-fandagi yutuqlar
|
TO‘PLAM – 2/24
14
7-noyabr 2024-yil.
UDK:619:636.5:616.681.49:616.084
PARRANDALAR SALMONELLIYOZ KASALLIGIGA PROBIOTIKLARNI
QO‘LLASH DOLZARBLIGI
adabiyotlar tahlili
G‘ulomjonov T.
– magistrant.
Mamatova Z.B
- ilmiy rahbar v.f.n., dotsent.
Abdunabiyeva M.
– talaba.
Mayramaliyeva G.
– talaba.
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar
universiteti
Annotatsiya
:Ushbu maqolada parrandalarning salmonelliyoz kasalligining
epizootologiyasini
o‘rganish va oldini olish maqsadida probiotiklarning
qo‘llanilishiga oid ilmiy adabiyotlar tahlil sifatida malumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
salmonelliyoz,epizootologiya, probiotik, septisimiya, diareya,
GPB, GPA, “ROSS-308”
Kirish
.
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda parrandachilik sohasini rivojlantirish va
ushbu sohada yetishtirilgan mahsulotlarni oshirishga katta e’tibor qaratilgan,
shuningdek quyida sohani rivojlantirishga 15.06.2022 yildagi PQ-281-sondagi
“Parrandachilik sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada
takomillashtirish
chora-tadbirlari
to‘g‘risida”
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining qarori qabul qilindi.
Mavzuning dolzarbligi
.
Dunyo mamlakatlarida chorvachiliknining muhim
tarmog‘i bo‘lgan parrandachilikni rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash,
aholini ekologik toza va tannarxi arzon parranda mahsulotlariga (parranda go‘shti,
tuxum) bo‘lgan talabini qondirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri
hisoblanadi, parrandachilik mahsulotlari, shu jumladan go‘sht va tuxum inson
isteʼmoli uchun parhez oqsilining eng muhim manbalaridan biridir.
Dunyoda parrandachilik go‘sht isteʼmoli bo‘yicha yetakchi sohaga aylangan,
chunki qisqa muddatda parrandalardan parxezbop, tannarxi arzon go‘sht olish
imkoniyati mavjud. Masalan, «bir birlik qoramol go‘shti yetishtirish uchun sarflangan
ozuqa energiyasiga 2,3 barobar parranda go‘shti va 2,1 barobar tuxum olish
mumkin». Bunga sanoat parrandachiligini intensivlashtirish, ishlab chiqarish
quvvatini va ularni saqlashda kichik yuzada bosh sonini oshirish orqali erishish
mumkin. Parrandachilikda yuqori samaradorlikka erishish uchun ularda uchraydigan
infektsion kasalliklar, shu jumladan salmonellyoz katta to‘siq bo‘lmoqda[3].
Respublikamizning parrandachilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklarida boqilayotgan
parrandalarning salmonellyozi barcha infeksion kasalliklar orasidagi salmog‘i 26-40
% ni tashkil etadi. Salmonellyozlarni epidemiologik nazoratini olib boruvchi xalqaro
tashkilotning ta’kidlashicha, so‘nggi paytlarda S.enteritides keltirib chiqargan 50%
dan 90 % gacha kasallanish parranda go‘shti, parrandachilik mahsulotlari va tuxum
maxsulotlarini iste’mol qilish natijasida kelib chiqqanligi ma’lum bo‘lgan. Oxirgi
yillarda tovuq mahsulotlarini iste’mol qilish salmonellyoz bilan kasallanishning
Parranda, baliq, asalari va mo‘ynachilikdagi dolzarb muammolar, ularning yechimlari hamda ilm-fandagi yutuqlar
|
TO‘PLAM – 2/24
15
7-noyabr 2024-yil.
asosiy omili bo‘lib xizmat qilmoqda va bu o‘z navbatida aholi qaromog‘ida
boqiladigan parrandalarning kasallanishini kamaytirish muhim ekanligidan dalolat
beradi[3,9].
Salmonellioz kasalligi ko‘pgina mamlakatlarda parrandachilik sanoatining
barcha sohalarini qamrab olgan va yakuniy maqsadi parranda mahsulotlari orqali
salmonella yuqishini maksimal darajada kamaytirish bo‘lgan salmonellaga qarshi
to‘liq integratsiyalashgan dastur ishlab chiqilgan. Salmonella turlarining eng ko‘p
qismi paratifoz guruhiga mansub. Parrandalarga xos bo‘lgan Salmonella pullorum va
Salmonella gallinarum ko‘plab mamlakatlarda asosan yo‘q qilingan, ammo hali ham
bir qancha rivojlanayotgan mamlakatlarda muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Salmonella enteritidis ushbu paratifoz guruhidagi yuzlab turlardan biri, biroq u oziq-
ovqatdan zaharlanishga sabab bo‘lgani uchun eng ko‘p e’tiborni tortdi.
Parrandachilik xo‘jaliklariga salmonellaning asosiy tashuvchisi ifloslangan ozuqa
hisoblanadi. Salmonellaning yuqishi tuxum qo‘yish paytida yoki undan keyin tuxum
po‘chog‘ining najas bilan ifloslanishi va keyinchalik tuxum po‘chog‘iga kirib borishi
orqali sodir bo‘lishi mumkin.Bundan tashqari salmonellyoz kasalligi tanrsovarial
tarqalishi mumkin[1,2,3].
Salmonellioz kasalligi yuqumli kasalik bo‘lib organizimda septisimiya va
diareya shaklida nomoyon bo‘ladi. Bu kasallik barcha turdagi uy va yovvoyi
parrandalar, kemiruvchilar hatto inson ham kasallanadi. Yosh parrandalarda
oshqozon-ichak, nafas olish, tizimi a’zolarinng zararlanishi va septisimiya, voyaga
yetgan parrandalarda urchish a’zolarining zararlanishi, latent va surunkali kechishi
bilan ifodalanadi. Kasallik bilan zararlangan xo‘jaliklarda yosh parrandalarn
galasining o‘lim ko‘rsatgichi 50-80% ni tashkil etadi. Jo‘jalar orasida esa bu
ko‘rsatgich 80-90% gacha yetishi aniqlangan[8].
Voyaga yetgan parrandalarning go‘shti va tuxumi insonda oziq-ovqat
toksikoinfeksiyalari manbai bo‘lib xizmat qiladi.Kasallik qo‘zg‘atuvchisining asosiy
manbai kasallanib sog‘aygan va hozirda kasal qushlar bo‘lib, ular binolar, sayr
maydonchalari, jihozlar, ozuqalar (ayniqsa, so‘yish chiqindilari) va suvni zararlaydi
.Yuqish asosan hazm tizimi orqali sodir bo‘ladi. Nafas yo‘llari va ko‘z shilliq pardasi
orqali yuqish holatlari ham qayd etilgan. Zararlangan xo‘jaliklarda salmonellyoz
epizootiyalari ko‘pincha doimiy sodir bo‘ladi va har yili yangi avlod paydo bo‘lishi
davrida takrorlanadi. Kasallikdan tuzalgan parrandalarda uzoq vaqt davomida
bakteriya tashuvchanligi saqlanib qoladi. Parrandaxonada parrandalarning sonini
oshishi, binolardagi namlik va haroratning o‘zgarishi xo‘jalikda infeksiyaning
rivojlanishi va tarqalishiga qulay muhit yaratib beradi[1,9].
Kasallikka
diagnoz
klinik
belgilar,
patologoanatomik
o‘zgarishlar,
epizootologik ma'lumotlar va albatta laboratoriyaviy: serologik, bakteriologik
tekshirishlar natijasida qo‘yiladi. Laboratoriyaviy tekshirish uchun 5-10 bosh
yaqindagina o‘lgan jo‘ja yoki tovuq embrioni yuboriladi. Tuxum sarig‘idan, jigar,
yurak qonidan. o‘t xaltasi, talog‘i, bosh miyasidan hamda tovuqlarning tuxumdon
follikulasidan suspenziya tayyorlab oddiy va differensial ozuqa muhitlariga
ekiladi[3,4].
Parranda, baliq, asalari va mo‘ynachilikdagi dolzarb muammolar, ularning yechimlari hamda ilm-fandagi yutuqlar
|
TO‘PLAM – 2/24
16
7-noyabr 2024-yil.
Salmonellalarning morfologik va tinktorial xususiyatlarini o‘rganish uchun
quyidagi
tartibda
tekshirishlar
o‘tkazildi.
Gram
usulida
bo‘yalganda
qo‘zg‘atuvchining bo‘yalishi, shakli, o‘lchami, bir-biriga nisbatan joylashishi,
qo‘zg‘atuvchining tuzilishi, spora va kapsula hosil qilishi mikroskopda tekshiriladi.
Laboratoriyada ajratilgan salmonellalar arob va anaerob sharoitda o‘sadi. Ularni
o‘stirish uchun qulay harorat 35-37 °C ni tashkil etadi, ammo ular ba'zan yuqori
haroratda o‘sishini hisobga olib, ba'zi kulturalar 40-43°Cda ham o‘stiriladi. Patologik
namunalardan sun'iy ozuqa muhitlariga- suyuq (go‘sht-pepton bulon-GPB), zich
go‘sht-pepton
agar-GPA)
va
differensial-diagnostik
oziqa
muhitlarga
(identifikasiyalash uchun elektiv muhitlar Endo, Ploskirev, vismut sulfit agari va
Levin) ekib o‘rganiladi.[1,2,3,4]
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti probiotiklarni "tegishli miqdorda qabul
qilinganda organizmga foyda keltiradigan tirik mikroorganizmlar" yoki shartli
patogen deb ta’riflaydi. Probiotiklar turli xil bo‘lib, ular har xil ta’sir
mexanizmlariga ega: bakteriostatik va bakteritsid moddalarning ajratishi, immunitetni
modulyatsiya qilishi, ichak salomatligini yaxshilash, ichak pH darajasini pasaytirish
va ichak shilliq pardasi to‘sig‘ini mustahkamlash xususiyatiga ega. Parrandalar
ratsioniga
Lactobacillus reuteri
va
Lactobacillus
salivarius kabi probiotiklar har kuni
qo‘shilganda, 3 haftalik jo‘jalar ichagidagi
Salmonella
va Campylobacter
mikroorganizmlari miqdorini cheklashi aniqlangan. Boshqa probiotiklar ham
o‘rganilgan bo‘lib, ularning himoya ta’siri aniqlangan. Masalan,
Lactobacillus
reuteri
,
Enterococcus faecium
,
Lactobacillus saliv
aris,
Pediococcus acidilactici
va
Bifidobacterium
kabi turli probiotik mikorblar aralashmasining qo‘llanilishi
ko‘richakdagi koliform bakteriyalar sonini kamaytirishi mumkin.[7]
Hozirgi kunda ishlab chiqarish sharoitida salmonellyozni davolashning
samarali usullaridan biri bo‘lgan antibiotikaterapiyadan foydalanish bo‘lib, ular
to‘qimalarda va organizmning ichki muhitida yuqori bakteritsid va bakteriostatik
konsentratsiyalar hosil qilishga qodir. Аntibiotiklar bilan davolash kasallikning
qaytalanishini oldini ololmaydi, aksariyat hollarda parrandalarning yo‘g‘on
ichaklarida salmonellalarning uzoq muddatli bakterial tashuvchilari sifatida saqlanib
qolinishiga sabab bo‘lishi mumkin [5,11]
Bir qator olimlarning xulosasiga ko‘ra Salmonellyozga qarshi kurashda mavjud
yondoshuvlarini qayta ko‘rib chiqib samarali antibiotik terapiyasi bilan bir qatorda
ekologik xavfsiz fagoterapiyava, probiotikaterapiyaga yo‘naltirilishi kerak.
Lactobacillus
va
Bacillus
avlodi mikroorganizmlarga asoslangan probiyotik preparati
mavjud bo‘lib, u patogen va shartli patogen bakteriyalar keltirib chiqaradigan
xo‘jalik hayvonlari va parrandalarning salmonellyoz, kolibakterioz va boshqa
oshqozon-ichak kasalliklarida terapevtik va profilaktik ta’sir ko‘rsatadi [5.11.13]
Xulosa.
Olimlaning ilmiy ishlari samarasi va ilmiy adabiyotlar taxlili shuni
ko‘rsatadiki, bu kasallik nafaqat parrandachilikda shu bilan birga boshqa qishloq
xo‘jalik hayvonlar salomatligiga va ularning mahsuldorligiga jiddiy xaf solmoqda.
Parrandachilikda probiotiklardan foydalanishning afzal tomonlari juda ko‘p bo‘lib;
boshqa preparatlardan probiotiklar xavfsizligi, parranda organizmida ortiqcha
dozalarda qo‘llanilganda ham nojo‘ya ta'sirlar chaqirmasligi, parrandalarning turli
Parranda, baliq, asalari va mo‘ynachilikdagi dolzarb muammolar, ularning yechimlari hamda ilm-fandagi yutuqlar
|
TO‘PLAM – 2/24
17
7-noyabr 2024-yil.
infeksion kasalliklarga nisbatan immunitetini mustahkamlashi, foydalanish samarasi
yuqoriligi bilan ajralib turishi ta'kidlangan. Yuqoridagilardan xulosa qilib maxalliy
vositalar asosida parrandachilik uchun probiotiklar yaratish va ishlab chiqarishda
samaradorligini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar olib borish zarurati mavjud.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
А. И. Ятусевича., А. Герасимчика., выращивание и болезни птиц
2.
Пименов Н.В., Куриленко А.П., Ленев СВ. Совер-шенствование
борьбы с сальмонеллезом кур. // Научные основы технологии производства
ветеринарных биопре-паратов: Сб. докл. Междунар. конф. мол.ученых, 5-6 дек.
2002. - Щелково: ВНИТИБП, 2002. - С. 102-105
3.
А.Х.Хатамов, Х.С.Салимов, С.М.Уразалиев-. Паррандалардан
ажратилган салмонелла штаммларининг културал-морфологик ва биокимёв
хусусиятларини ўрганиш натижалари «Зооветеринария» илмий-оммабоп
журнали. Тошкент. 2022 № 1, 29-30 bet
4.
Davlatov R.B, Xudjamshukurov A.N, Rustamov B. "Parranda
kasalliklari" amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish bo‘yicha uslubiy
qoilanma., Samarqand -2017.
5.
Mamatova, Z. B. (1985). Development of optimum conditions for
immunoenzymic analysis of cattle serum for the isolation of brucellosis
antibodies.
Byulleten'Vsesoyuznogo
nauchno-issledovatel'skogo
instituta
ehksperimental'noj veterinarii (USSR)
, (58).
6.
Mamatova, Z. B. (1985). [Development of optimum conditions for
immunoenzymic analysis of cattle serum for the isolation of brucellosis
antibodies].[Russian].
Byulleten'Vsesoyuznogo nauchno issledovatel'skogo instituta
ehksperimental'noj veterinarii
.
7.
Mamatova, Z. B. (1985). Obrabotka optimal'nykh uslovij provedeniya
immunofermentnogo
analiza
dlya
vyyavleniya
brutselleznykh
antitel.
Byulleten'Vsesoyuznogo
nauchno
issledovatel'skogo
instituta
ehksperimental'noj veterinarii
.
8.
Mamatova, Z. B. (1985). Optimum conditions for immunoenzyme
analysis for brucellosis antibodies.
9.
Kas' yanov, A. N., Mamatova, Z. B., Romakhov, V. A., & Lim, A. A.
(1986). Detection of antibodies in the blood of calves immunized against brucellosis.
10.
Mamatova, Z. B., & Iskandarov, M. I. (1987). [Immunoenzyme test to
identify brucellosis antigens].[Russian].
Veterinariya
.
11.
Mamatova, Z. B., & Iskandarov, M. I. (1987). Immunoenzyme test to
identify brucellosis antigens.
Veterinariya (USSR)
, (4).
12.
Lim, A. A., Kas' yanov, A. N., & Mamatova, Z. B. (1987). Prospects of
conjunctival vaccination of cattle to control brucellosis.
Byulleten'VIEhV (USSR)
,
(64).
13.
Mamatova, Z. B., & Iskandarov, M. I. (1987). Immunofermentnyj analiz
dlya vyyavleniya brutselleznykh antigenov.
Veterinariya
.
14.
Lim, A. A., Kas' yanov, A. N., & Mamatova, Z. B. (1987). Conjunctival
vaccination of cattle against brucellosis (with B. abortus strain 104-M).
Parranda, baliq, asalari va mo‘ynachilikdagi dolzarb muammolar, ularning yechimlari hamda ilm-fandagi yutuqlar
|
TO‘PLAM – 2/24
18
7-noyabr 2024-yil.
15.
Mamatova, Z. B., & Iskandarov, M. I. (1987). Immuno-enzyme test for
detecting Brucella antigen.
16.
Сафаров, Х. А., & Маматова, З. Б. (2020). НЬЮКАСЛ
КАСАЛЛИГИНИНГ ПРОФИЛАКТИКАСИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШДА
ПРОБИОТИКНИНГ АҲАМИЯТИ.
Интернаука
, (21-3), 67-69.
17.
Mamatova, Z. B., SIDIME, Y., KHABA, F., Yuldasheva, M. K., &
Yuldashev, U. K. (2020). Pathomorphology In Subclinical Brucellosis In
Guinea.
JournalNX
,
6
(11), 266-270.
18.
Маматова, З. (2022). Корреляция данных клинического,
патанатомического,
серологического
и
бактериологического
методов
исследования бруцеллеза.
Перспективы развития ветеринарной науки и её
роль в обеспечении пищевой безопасности
,
1
(1), 204-209.
19.
Baratovna, M. Z., Naimovich, N. S., Abdurajabovich, S. X., &
Kaxramonovna, Y. M. (2022). Effect of the use of a probiotic based on Bacillus
subtilis on the growth parameters of broiler chickens.
20.
Маматова, З. Б., Насимов, Ш. Н., Ибрагимов, У., Исматова, Р. А., &
Сафаров,
Х.
А.
(2022).
ПРОФИЛАКТИКА
КОЛИБАКТЕРИОЗА
ПРОБИОТИЧЕСКИМ
ПРЕПАРАТОМ
НА
ОСНОВЕ
BAC.
SUBTILIS.
AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY
JURNALI
, 255-261.
21.
Mamatova, Z. B., Nasimov, S. N., Ismatova, R. A., Abduolimov, S.,
Safarov, X. A., & Ibragimov, U. (2023). KOLIBAKTERIOZNI OLDINI OLISH VA
DAVOLASHNI YANGI VOSITALARI.
Educational Research in Universal
Sciences
,
2
(2 SPECIAL), 708-715.
22.
Narziyev, B. D., & Mamatova, Z. B. (2023). PROBIOTIK VA
ANTIBIOTIKLARNI YIRINGLI JAROHATLARDAN AJRATILGAN STR.
PYOGENESGА
QIYOSIY
TA’SIRI.
AGROBIOTEXNOLOGIYA
VA
VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY JURNALI
, 101-106.
23.
Yuldasheva, M., Narziev, B., Mamatova, Z., Khaydarova, S., &
Shomakhsudov, A. (2024). Effect of probiotic bacteria of the genus Bacillus on
gnorobic pathogens of surgical infections. In
BIO Web of Conferences
(Vol. 95, p.
01033). EDP Sciences.
24.
Маматова, З. Б. (1986). Иммуноферментный метод при диагностике
бруцеллеза. Дис. канд. вет. наук. Москва: ВИЭВ, 1986.-142 с.
25.
Маматова, З. Б. (1986). Иммуноферментный метод при диагностике
бруцеллеза.
26.
Mamatova, Z. B. (1987). Enzyme immunoassay for detection of
brucellosis antigens.
Veterinary science.-1987.-¹
,
4
, 26-27.
27.
Nasimov, S. N., Gerasimchik, V. A., Mamatova, Z. B., & Xabibov, F. A.
(2022). ASALARIKASALLIKLARI VA ZARARKUNANDALARI.
28.
Пименов Н.В., Данилевская Н.В. Антибиотикорезистентность
сальмонелл, выделенных домашних голубей. // Ветеринария. - 2006. № 9. -. С.
20-23.