56
«
Anatomiya va jarrohlikda fanlararo yondashuvlar: fundamental tadqiqotlardan klinik amaliyotgacha
»
LIGASURE APPARATINING GEMORROIDEKTOMIYA
OPERATSIYASIDA SAMARADORLIGI VA UNING QON KETISH
PROFILAKTIKASIDAGI ROLI
Qo’ziboyev SHohruhbek, To’ychiev Ibrohim
Farg‘ona Jamoat Salomatligi Tibbiyot Instituti
«Fakultet va gospital jarrohlik» kafedrasi
Annotatsiya.
Gemorroy – anorektal sohada keng tarqalgan patologiya bo‘lib,
gemorroidal tugunlarning varikoz kengayishi, ularning trombozi, rektal qon ketishlari
bilan namoyon bo’ladi. Ushbu kasallik dunyo miqyosida kattalar orasida
koloproktologik amaliyotda eng ko‘p uchraydigan kasalliklardan biri hisoblanadi.
Mazkur
tadqiqot
doirasida
gemorroy
tashxisi
bilan
davolangan
hamda
gemorroidektomiyadan keyingi asoratlari kuzatilgan bemorlarning kasallik tarixlari
retrospektiv tahlil qilindi. Tadqiqot Farg‘ona shahridagi «Ibrohim Hakim Tabobat»
xususiy
klinikasining
koloproktologiya
bo‘limi ma’lumotlariga asoslangan.
Tadqiqotda gemorroy kasalligining zamonaviy davo choralarididan biri xisoblangan
LigaSure apparati yordamida gemoroidal tugunlarni olib tashlash usulining afzalliklari
va operatsiyadan keying davrda anorekatal jarohatdan qon ketishni profilaktisi tahlil
qilingan.
Kalit so‘zlar: gemorroy, jarrohlik davolash, asoratlar, LigaSure.
Kirish.
Gemorroy proktologik kasalliklar orasida yetakchi o‘rinni egallab, zamonaviy
koloproktologiyaning eng murakkab va to‘liq hal etilmagan muammolaridan biri bo‘lib
qolmoqda. Uning tarqalish darajasi har 1000 nafar kattalarga 130–145 ta holatni tashkil
etadi. Bugungi kunga kelib, gemorroyni jarrohlik yo‘li bilan davolashning 300 dan
ortiq
usuli
ma’lum.
Eng
ko‘p
qo‘llaniladigan
usul
Milligan-Morgan
gemorroidektomiyasi bo‘lib hisoblanadi. Biroq, ushbu usulning bir qator kamchiliklari
mavjud, jumladan operatsiyadan keyin kuchli og‘riq sindromining rivojlanishi,
reabilitatsiya davrining uzoqligi (3-6 hafta), ko‘p miqdorda qon yo‘qotish ehtimoli,
anal stenozi va strikturalar rivojlanish xavfi, shuningdek, ikkilamchi infeksiya va
yiringlash ehtimolining yuqoriligi. Shu sababli, hozirgi kunda gemorroy kasalligini
davolashda kamroq invaziv va samaradorligi yuqori bo‘lgan zamonaviy usullar
qo‘llanilmoqda. Ular qatoriga LigaSure yordamida gemorroidektomiya – yuqori
chastotali elektrotermal koagulyatsiya yordamida qon tomirlarini yopish va tugunlarni
olib tashlash usuli, THD (Transanal gemorroidal dearterializatsiya) – Doppler
ultratovush nazorati ostida gemorroidal arteriyalarni bog‘lash texnikasi, Longo usuli
(stapler gemorroidektomiya) – maxsus shtapler yordamida gemorroidal to‘qimalarni
qisqartirish va tikish usuli, lazerli gemorroidektomiya – lazer yordamida gemorroidal
57
«
Anatomiya va jarrohlikda fanlararo yondashuvlar: fundamental tadqiqotlardan klinik amaliyotgacha
»
tugunlarni minimal travmatik yo‘l bilan koagulyatsiya qilish, skleroterapiya –
gemorroidal tugun ichiga maxsus sklerozant modda yuborish orqali ularni yo‘qotish,
shuningdek, lateks halqa bilan bog‘lash (ligatura) – gemorroidal tugunni siqib qon
ta’minotini to‘xtatish va uning nekrozlanishiga erishish kiradi. Ushbu zamonaviy
usullar bemorlarda operatsiyadan keyingi noqulayliklarni kamaytirish, tiklanish
muddatini qisqartirish va asoratlar xavfini pasaytirish imkonini beradi.
Gemorroyni davolashda LigaSure apparati yordamida gemorroidektomiya usuli
zamonaviy va samarali texnologiya sifatida e'tirof etilmoqda. LigaSure —
gemorroyektomiyada qo'llaniladigan qurilma bo'lib, diametri 7 mm gacha bo'lgan qon
tomirlarni koagulyatsiya qiladi va qo'shni to'qimalarga 2 mm gacha termik
shikastlantiradi. Ushbu usul an'anaviy Milligan-Morgan gemorroidektomiyasiga
nisbatan bir qator afzalliklarga ega. Jumladan, operatsiya vaqtining qisqarishi,
operatsiyadan keyingi og'riq sindromining kamayishi, kamroq qon yo'qotilishi va
bemorlarning tezroq reabilitatsiya qilinishi. Shu sababli, LigaSure texnologiyasi
gemorroyni jarrohlik yo'li bilan davolashda istiqbolli usul sifatida qaralmoqda.
Tadqiqot maqsadi.
Farg‘ona shahridagi «Ibrohim Hakim Tabobat» xususiy
klinikasining koloproktologiya bo‘limida gemorroidektomiya, jumladan,
LigaSure
texnologiyasidan foydalanilgan jarrohlik amaliyotining samaradorligini aniqlash
hamda operatsiyadan keyin kuzatilgan asoratlar tarkibini tahlil qilish va baholash.
Materiallar va tadqiqot usullari.
2024 yilda Farg‘ona shahridagi «Ibrohim
Hakim Tabobat» xususiy klinikasining koloproktologiya bo‘limida davolangan
bemorlarning kasallik tarixlari retrospektiv tahlil qilindi. Tadqiqot doirasida 1 –4-
bosqich surunkali gemorroy va o‘tkir gemorroy tashxisi qo‘yilgan bemorlar o‘rganildi.
Shuningdek, gemorroidektomiyadan keyingi erta asoratlar hamda ilgari gemorroy
bo‘yicha operatsiya o‘tkazgan va asoratlar bilan qayta murojaat qilgan bemorlar
aniqlangan.
Davolangan bemorlar soni jami 484 nafarni tashkil etdi. Gender tarkibida
sezilarli farq kuzatildi: 69 % bemorlar erkaklar, 31 % esa ayollar bo‘lib, bu umumiy
statistik ma’lumotlarga mos keladi. Ularning 27 % shaharda, 73 % esa qishloq
hududlarida istiqomat qiluvchi bemorlar edi.
Surunkali gemorroyning 1-bosqichi bilan tashxislangan bemorlar aniqlanmagan
(0 %), 2-bosqich – 11 %, 3-bosqich – 68,2 %, o‘tkir gemorroy – 10,3 %, 4-bosqich –
10,5 % ni tashkil etdi. O‘rtacha statsionar davolanish muddati 5,2 kun bo‘ldi. 2024
yilda Farg‘ona shahridagi «Ibrohim Hakim Tabobat» xususiy klinikasining
koloproktologiya bo‘limida gemorroidektomiya o‘tkazilgan 484 nafar bemorning
kasallik tarixlari retrospektiv tahlil qilindi. Tadqiqot doirasida 1–4-bosqich surunkali
gemorroy va o‘tkir gemorroy tashxisi bilan operatsiya qilingan bemorlar o‘rganildi.
Shuningdek, operatsiyadan keyingi erta asoratlar hamda ilgari gemorroy bo‘yicha
operatsiya o‘tkazgan va asoratlar bilan qayta murojaat qilgan bemorlar aniqlangan.
58
«
Anatomiya va jarrohlikda fanlararo yondashuvlar: fundamental tadqiqotlardan klinik amaliyotgacha
»
Bemorlarning 40 nafari (8,3 %) LigaSure texnologiyasidan foydalangan holda
gemorroidektomiya qilingan bo‘lib, qolgan 444 nafar bemorda qolgan jarrohlik
usullari qo‘llangan. LigaSure usuli bilan operatsiya qilingan bemorlarning 58,1 % ida
3-bosqich gemorroy, 31,2 % ida 2-bosqich gemorroy, 10,7 % ida esa 4-bosqich
gemorroy tashxisi qo‘yilgan.
LigaSure usuli qo‘llangan bemorlarda kuzatilgan natijalar:
•
Operatsiya davomiyligi an’anaviy usulga nisbatan 3,1 baravar qisqargan (o‘rtacha 15,7
daqiqa, an’anaviy usulda esa 48 daqiqa).
•
Kuchli og‘riq sindromi LigaSure usulida 17,5 % bemorda kuzatilgan bo‘lsa, an’anaviy
usulda bu ko‘rsatkich 68 % ni tashkil etgan.
•
Operatsiyadan keyingi qon ketish LigaSure bilan operatsiya qilingan bemorlarda
kuzatilmagan, an’anaviy usulda esa 3,8 % holatda qayd etilgan.
•
Dizurik asoratlar (siydik chiqarish buzilishlari) LigaSure usulida 2,5 %, an’anaviy
usulda esa 7,5 % ni tashkil etgan.
•
Peryanal shish LigaSure usuli qo‘llangan bemorlarda 5 %, an’anaviy usulda esa 9,4 %
kuzatilgan.
•
Shifoxonada qolish muddati LigaSure usulida 4,8 kun, an’anaviy usulda esa 5,4 kun
bo‘lgan.
LigaSure texnologiyasining yuqoridagi afzalliklari uning kamroq invazivligi,
minimal termik shikastlanish bilan to‘qimalarni koagulyatsiya qilish imkoniyati hamda
bemorlarning tiklanish jarayonini tezlashtirishi bilan bog‘liqdir. Ushbu natijalar
LigaSure texnologiyasining gemorroidektomiya jarayonida samaradorligini ko‘rsatadi
va uni kelajakda kengroq qo‘llash imkoniyatini ochib beradi.
Jadval 1.
LigaSure va boshqa usullar bilan operatsiya qilingan bemorlarning taqsimoti
Operatsiya usuli Jami bemorlar soni 2-bosqich (%) 3-bosqich (%) 4-bosqich (%)
LigaSure
40
31,2 %
58,1 %
10,7 %
Boshqa usullar
444
25,4 %
60,8 %
13,8 %
Jami
484
-
-
-
Jadval 2.
LigaSure va boshqa usul qo‘llangan bemorlarda operatsiyadan keyingi
asoratlar
Asoratlar
LigaSure (%) Boshqa usullar (%)
Kuchli og‘riq sindromi
17,5 %
68 %
Qon ketish
0 %
3,8 %
Dizurik asoratlar
2,5 %
7,5 %
Peryanal shish
5 %
9,4 %
O‘rtacha shifoxonada qolish muddati (kun) 4.8kun
5.4 kun
Jadval natijalari shuni ko‘rsatadiki, Jadval natijalari shuni ko‘rsatadiki, LigaSure
usuli boshqa usullar bilan solishtirilganda operatsiya va reabilitatsiya jarayonida
kamroq asoratlar bilan kechgan hamda shifoxonada qolish muddati qisqargan. Ushbu
59
«
Anatomiya va jarrohlikda fanlararo yondashuvlar: fundamental tadqiqotlardan klinik amaliyotgacha
»
texnologiya qo‘llanilgan bemorlarda qon ketish holatlari umuman kuzatilmagan, bu
esa uning yuqori samaradorligini tasdiqlaydi. LigaSure usulining asosiy afzalliklaridan
biri qon tomirlarini aniq elektroligatsiya qilish orqali ishonchli gemostazni
ta’minlashdir. Ushbu mexanizm tufayli operatsiyadan keyin bemorlarda qon ketish
holatlari kuzatilmagan bo‘lib, bu bemorlarning xavfsizligini oshirish va tiklanish
jarayonini tezlashtirishga yordam beradi.
Xulosa
.
Ushbu tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, LigaSure apparati yordamida
bajarilgan gemorroidektomiya an’anaviy jarrohlik usullariga nisbatan sezilarli
afzalliklarga ega. Operatsiya muddati qisqargan, bemorlarda kuchli og‘riq sindromi va
qon ketish holatlari kamaygan, shuningdek, reabilitatsiya jarayoni tezlashgan.
LigaSure texnologiyasining kam invazivligi va ishonchli gemostazni ta’minlash
xususiyati uning proktologik amaliyotda samarali qo‘llanilishi mumkinligini
ko‘rsatadi. Ushbu usulning keng qo‘llanilishi bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga
hamda operatsiyadan keyingi asoratlarni kamaytirishga xizmat qiladi.
Qo’llanilgan adabiyotlar
1.
Кузибоев Ш., Туйчиев И.
Анализ осложнений после геморроидэктомии:
клинический случай [Электронный ресурс] // Экономика и социум. – 2025. –
№1(128) (дата публикации: 01.2025).
2.
Khamraev J. Abdurashid , Eminov I.Ravshanjon.Features of clinical course and
tactics of treatment of hemorrhoids in children// Journal of Biomedicine and Practice.
2023, vol. 8,issue 3, pp.320-325
3.
Воробьев Г.И., Шелыгин Ю.А., Благодарный Л.А. Геморрой. М.: Литтерра
2010; 200
4.
Климентов М.Н., Стяжкина С.Н., Хайруллин А.А. Анализ осложнений после
геморроидэктомии: клинический случай // Пермский медицинский журнал. 2021.
Т. XXXVIII, №5. С. 161–164. DOI: 10.17816/pmj385161-164.
5.
Ugli, K. S. I. (2025). POSTOPERATIVE CARE STRATEGIES FOR ANORECTAL WOUNDS
AFTER HEMORRHOIDECTOMY: FOCUS ON PAIN MANAGEMENT AND WOUND
CLEANING.
ORIENTAL JOURNAL OF MEDICINE AND NATURAL SCIENCES
,
2
(3), 57-61
.
6.
Хамраев, А., & Эминов, Р. (2023). Особенности клинического течения геморроя
у детей.
Актуальные вопросы детской хирургии
,
1
(1), 53-54.
