Mahmudxo
ʻ
ja Behbudiyning 150 yillik yubileyiga bag
ʻ
ishlangan respublika ilmiy-amaliy
konferensiya
491
2. “Turkiston jadidlari qarashlarida xotin- qizlar va yoshlar masalasi” Xurramova
Zilola Ilhom qizi T.: 2018 y
3. Раҳимова Г. Жадидлар ва аёллар масаласи. //Адабий мерос, 1992.
4. Абдуллаева. Д. Ёшларни оилавий ҳаёгга тайерлашда аёлнинг
роли.//Ўзбекистонда оила, давлат ва жамият қурилишида аёлларнинг роли ва
Гендер муаммолари: Илмий-амалий конф. маърузалари тўплами.–Т.: 1999.
MALAKA OSHIRISH KURSI TINGLOVCHILARIGA JADIDCHILIK
MEROSINING O‘QITILISHI IJTIMOIY ZARURAT SIFATIDA
Begimqulov Zarif Axmadovich
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini
oshirish instituti Samarqand filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va
tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi mudiri,
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Email:
Telefon:+99890-503-62-77
Annotatsiya:
Mazkur maqolada Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta
tayyorlash va malakasini oshirish instituti va uning filiallarida malaka oshirayotgan “Sport ta’lim
muassasalari tarbiyachilari” sport ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan tarbiyachilarning
malaka oshirish kursi tinglovchilariga Turkiston jadidchilik harakati namoyondalari tomonidan
ilgari surilgan salbiy illatlar, zararli odatlar va inson salomatligi to‘g‘risidagi qarashlarini o‘qitish
zarurati haqida so‘z boradi.
Kalit so‘z va iboralar:
malaka, jadidlar me’rosi, tarbiya, poklik, zararli odatlar,
salomatlik.
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev jadidlar merosini oʻrganishga
bagʻishlangan xalqaro konferensiya ishtirokchilariga yoʻllagan tabrigida eʼtirof
etganidek: “Farzandlarimizni har tomonlama barkamol, milliy va umuminsoniy
qadriyatlarga sodiq insonlar etib tarbiyalashda taraqqiyparvar ajdodlarimizning aql-
zakovati, iroda va matonati barchamiz uchun ibrat maktabi boʻlib xizmat qiladi.
Biz xalqaro ilmiy markazlar, dunyo olimlari bilan hamkorlikda jadidlar
faoliyatini yanada chuqur oʻrganishni dolzarb vazifa deb hisoblaymiz. Bu noyob
meros orqali bugungi kunda insoniyatni tashvishga solayotgan juda koʻp savollarga
toʻgʻri javob topa olamiz. Bu bebaho boylikni qancha faol targʻib etsak, xalqimiz,
ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qadrini anglab еtadi” [1].
Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirining 2024-yil 16-dekabrdagi
“Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini
oshirish instituti va uning filiallarida 2025-yilda oʻtkaziladigan malaka oshirish
kurslari reja-jadvali va tinglovchilar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 01/1880-
A/F-sonli buyrugʻi bilan imzolangan boʻlib, unda jumladan sport taʼlim
muassasalarida faoliyat yuritayotgan tarbiyachilar uchun “Sport taʼlim
muassasalarining tarbiyachilari” malaka oshirish kurslari joriy etilishi belgilangan.
Mahmudxo
ʻ
ja Behbudiyning 150 yillik yubileyiga bag
ʻ
ishlangan respublika ilmiy-amaliy
konferensiya
492
2024-yildan e’tiboran tashkil etilayotgan mazkur malaka oshirish kurslariga asosan
quyidagi taʼlim muassasalarining pedagog kadrlari qamrab olingan:
- Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarining
tarbiyachilari;
- milliy va olimpiya sport turlariga ixtisoslashtirilgan davlat maktab-
internatlarining tarbiyachilari.
Yuqorida qayd etilgan buyruqqa asosan, 2025-yilda ham Oʻzbekiston
Respublikasi Sport vazirligi tasarrufidagi 15 ta Olimpiya va paralimpiya sport
turlariga tayyorlash markazlari hamda 16 ta milliy va olimpiya sport turlariga
ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlarining tarbiyachilari jismoniy tarbiya va
sport boʻyicha mutaxassislar sifatida malakasini oshirishga jalb qilinishi
rejalashtirilgan.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislar o‘zlarining kasbiy faoliyati
davomida har kuni ko‘p qirrali, ko‘p funksiyali va kasbiy jihatdan murakkab ishlarni
bajaradilar, shu jumladan inson shaxsi va ularning sog‘ligi bilan bog‘liq jismoniy
tarbiya, sog‘lomlashtirish va sport xizmatlarini ko‘rsatadi. Bu esa ulardan ayniqsa
yuqori sifatli ishlarni bajarishda, xizmatlar ko‘rsatishda har bir mutaxassis o‘z ish
faoliyati uchun shaxsan javobgarligini, alohida e’tibor va kasbiy mahoratni talab
qiladi.
Ayniqsa, ushbu mutaxassislarning muntazam ravishda o‘smirlar va yoshlar
bilan ish olib borishi, ularning tarbiyaviy ishlar bilan bog‘liqligi, alohida ahamiyatga
egadir [5].
Kuzatishlardan ma’lum bo‘ldiki, “Sport taʻlim muassasalari tarbiyachilari”
malaka oshirish kursiga malaka oshirishga kelayotgan sport ta’lim muassasalarining
tarbiyachilarining aksariyati oliy ma’lumotli mutaxassislar hisoblanib, ular ish
jarayonlarida asosan umumta’lim fanlari bo‘yicha darslar va tanlangan sport turidan
sport mahoratini oshirish mashg‘ulotlaridan tashqari vaqtlarda muassasa
tarbiyalanuvchilari (yosh sportchilar) bilan dars tayyorlash, o‘quvchilar istiqomat
qilayotgan xonalarni tartibga keltirish hamda turli tadbirlar o‘tkazish bilan
shug‘ullanib kelmoqdalar [2].
Oʻtkazilgan tahlillar malaka oshirish jarayonida sport taʼlim muassasalari
tarbiyachilarining
kasbiy
mahorati,
bilim, koʻnikma va malakalarini
chuqurlashtirish, ularning maʻnaviy-axloqiy saviyalarini oshirishda jadidchilik
me’rosidan foydalanishni taqozo qilmoqda.
“Sport taʻlim muassasalari tarbiyachilari” sport ta’lim muassasalarida
faoliyat yuritayotgan tarbiyachilarning malaka oshirish kursi uchun tasdiqlangan
“Ma’naviyat va yoshlarga oid davlat siyosati” modulining “Yoshlar ma’naviyatini
yuksaltirish masalalari” deb nomlangan mavzusini jumladan, “Jadidlarning
Mahmudxo
ʻ
ja Behbudiyning 150 yillik yubileyiga bag
ʻ
ishlangan respublika ilmiy-amaliy
konferensiya
493
ma’naviy me’rosi yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish omili” rejasi asosida ham
o‘qitilishi belgilangan.
Ma’limki, jadidchilik namoyondalari voyaga еtgan yoshlar Turkiston
kelajagi, ravnaqi uchun kurashchi boʻlib еtishishi kerakligini oʻz asarlarida alohida
uqtirgan holda, bunda ular har xil illatlardan xalos boʻlishlari lozimligini ham qayd
etadilar. Jumladan, Turkiston jadidlarining asarlarida kishilar orasida sogʻlom
turmush tarzini shakllantirish, o‘z vaqtida va toʻgʻri ovqatlanish, inson sogʻlig‘iga
taʼsir qiluvchi zararli odatlar va salbiy illatlardan tiyilish, kishilarni oʻz sogʻligʻiga
boʻlgan munosabatini tubdan oʻzgartirish, jismoniy harakat – hayotning eng muhim
xususiyati toʻgʻrisidagi qiziqarli fikrlarni uchratish mumkin. Shuningdek, jadidlar
jismoniy faollikning еtishmasligi natijasida odamlarda turli kasalliklarning kelib
chiqishi, inson iloji boricha uzoq yashashga, bunda o‘z salomatligi va mehnat
qobiliyatini saqlashga harakat qilishi zarurligi, bunda jismoniy harakat, toza havoda
sayr qilish, meʼyorida va oʻz vaqtida to‘g‘ri ovqatlanish, xotirjam boʻlish va
boshqalar odamni uzoq umr koʻrishga imkon berishini uqtiradilar.
Yangi ziyolilarning qarashlarida eng avvalo, aholining barcha ijtimoiy
qatlamlari orasida hukm surgan savodsizlikni tugatish, eski taʼlim tizimini isloh
qilish, qoloq, salbiy va behuda odatlarga chek qoʻyish singari maqsadlar ilgari
surildi. Tadqiqotchilarning fikriga koʻra, ular ayniqsa diniy mutaassiblik, behuda
sarf-xarajatlarga olib keluvchi anʼanaviy odatlarga tanqidiy yondashgan.
“Sport taʻlim muassasalari tarbiyachilari” sport ta’lim muassasalarida
faoliyat yuritayotgan tarbiyachilarning malaka oshirish kursi tinglovchilariga
“Ma’naviyat va yoshlarga oid davlat siyosati” modulining “Yoshlar ma’naviyatini
yuksaltirish masalalari” deb nomlangan mavzuni o‘tish jarayonida bir qator
jadidchilik harakati namoyondalarining asarlarida qayd etilgan salbiy illatlar, zararli
odatlar va inson salomatligiga oid dolzarb masalalarni yoritishni maqsadga muvofiq,
deb hisoblaymiz.
Jumladan, “Navodir ul-vaqoye” asaridagi gʻoyalari Ahmad Donishni inson
haqida quyidagi falsafiy nuqtayi nazarda turganligidan dalolat beradi: inson tana va
ruhdan iborat mavjudotdir; inson ruhi uning kamolotiga yordam beradi; tana
istaklari asosida tugʻiladigan nafsni boshqarish zarur, boʻlmasa u insonni tanazzulga
olib keladi; insonga berilgan ixtiyor, erk uni baxtli yoki baxtsizligi mezonidir; inson
butun olam bilan uygʻun, muvofiqdir, shuning uchun uning har bir taʼsiriga mos aks
taʼsir hosil boʻladi; insonda nur va zulmat, rahmoniy va shaytoniy quvvatlar mavjud
boʻlib, ularni ezgulikka ravona etish uchun insonga ixtiyor berilgan; aql moddiy
yordam narsalarni bilishga qodir, uning kuch-quvvatining chegarasi bor, ruh butun
olamning aslini bila oladi; ruhning eng aʼlosi va musaffosi va murakkabi insonga
singdirilgan va u abadiydir, uning tabiiy manbai yurak; tana toʻrt unsurdan iborat,
uning mijozini meʼyorda saqlash lozim; inson borligʻida hayvoniy, shaytoniy,
Mahmudxo
ʻ
ja Behbudiyning 150 yillik yubileyiga bag
ʻ
ishlangan respublika ilmiy-amaliy
konferensiya
494
malakoniy quvvatlar mavjud; har bir inson oʻziga xos boʻlib, olamda oʻziga
yuklatilgan qazoyu qadardagi vazifani bajaradi; inson asl haqiqatni bila oladi; inson
haqiqatda ulugʻ olamdir” [6].
“Turkiston viloyatining gazeti”da bosilib chiqqan “Toʻraqoʻrgʻondan
maktub” maqolasida Isʼhoqhon Ibrat xalq maʼnaviyatining illatlarini, yoshlar
tarbiyasining kamchiliklarida ota-onalarining rolini eʼtirof etadi. Yoshlikda bolaga
bilim berish oʻrniga uning maʼnaviyatini zaharlovchi illatlar tomon еtaklash
jaholatga еtaklash bilan barobardir. Shu oʻrinda maʼrifatparvar bugungi kunda ham
jamiyat rivojiga gʻov boʻluvchi koʻpgina illatlarga qarshi kurashda bilimni, oʻqishni
yagona еchim sifatida koʻrsatadi [7].
Behbudiyning taʼkidlashicha, toʻy va azadagi har qanday dabdababozlik va
manmanlik yuqumli kasallikdan yomonroq boʻlib, bu illatlar kishilarni xonavayron
va gʻarib etuvchi, inqirozga sabab boʻluvchi dushmandir. U ayrim kimsalarning
Qurʼondagi oʻzingizni oʻzingiz tahlikaga solmangiz, degan qoidaga amal qilmasdan,
bor-yoʻqlarini toʻy va azaga sarflashlarini kofirlik, deb hisoblaydi. Darhaqiqat,
toʻylardagi dabdababozlik, ayrim hollarda ichkilikning meʼyoridan ortiq isteʼmol
qilinishi taʼziyalardagi isrofgarchilik, islom diniga zid boʻlgan mavrid-maʼrakalar
oʻsha davrlardagina emas, hozir ham odamlarning bir necha kunlab ishdan qolishlari
yoki foydali ish bilan mashgʻul boʻlmasliklariga olib kelmoqda. Bu haqda Behbudiy
shunday deydi: “Biz boʻlsa, oʻluk va toʻy uchun haftalar, hatto oylar ila ishdan
qolurmiz. Holbuki, shoreʼi aʼzam, paygʻambari akram sallollohu alayhi vassalam
hazratlari oʻlganni tez koʻmub va koʻmgandan soʻngra tez tarqalib, ishgʻa ketmoqgʻa
va oʻlukxona xalqini uch kundan ziyoda taʼziya tutmasgʻa, qaro kiymasgʻa, kir,
falokat boʻlmasgʻa amr etarlar” [3].
Ham milliy, ham umumbashariy mohiyatga ega boʻlgan, odamzodni
hamisha ezgulikka undaydigan komil inson gʻoyasi Fitrat asarlaridan oʻq ildiz boʻlib
oʻtgandir. Bu bunyodkor gʻoya nafaqat alohida shaxslarni, balki butun-butun
xalqlarni yuksak taraqqiyot sari еtaklagan, ularni tengsiz yutuqlarga ilhomlantirgan.
Komillikni orzu qilmagan, barkamol avlodni voyaga еtkazish haqida qaygʻurmagan
xalqning, millatning kelajagi yoʻq. Fitrat asarlarini mutolaa qilar ekamiz, ana
shunday xulosaga kelamiz. Alloma har doim yoshlar haqida qaygʻurib, ularni
jismonan sogʻlom, ilm-fan sohibi qilib kamol toptirish xususida fikr bildirdi. Uning
vatanparvarlik, xalqparvarlik, ilm-fan taraqqiyoti haqidagi gʻoyalari hozirgi davr
uchun qimmatlidir [4].
Fitrat yoshlarni ozod va obod Vatan barpo etishga, uning ravnaqi, xalq
farovonligi, millat ozodligi uchun kurashishga, sajdagoh kabi muqaddas goʻsha –
Vatanni ardoqlashga undab keldi: “Vatan bizning valineʼmatimiz va
murabbiyimizdir; har bir valineʼmat va murabbiyga xizmat qilish lozim, bas,
Vatanga xizmat burchdir” [8].
Mahmudxo
ʻ
ja Behbudiyning 150 yillik yubileyiga bag
ʻ
ishlangan respublika ilmiy-amaliy
konferensiya
495
XIX asr oxirida tarix sahnasiga kelgan jadidlar xalq va millatning hayoti va
kelajagi uchun tinmay zahmat chekkanlar, bu fidoyi va jonkuyar zotlar butun
umrlarini milliy uygʻonish gʻoyasiga bagʻishlab, oʻlkani jaholat va qoloqlikdan olib
chiqish, millatimizni gʻaflat botqogʻidan qutqarish uchun bor kuch va
imkoniyatlarini safarbar etdilar. Shu yoʻlda ular oʻzlarining aziz jonlarini ham
qurbon qildilar. Ular “Ilmdan boshqa najot yoʻq va boʻlishi ham mumkin emas”
degan hadisi sharifni hayotiy eʼtiqod deb bildilar. Milliy istiqlol, taraqqiyot va
farovonlikka, avvalo, maʼrifat orqali, dunyoviy va diniy bilim, zamonaviy ilm-
hunarlarni chuqur egallash orqali erishish mumkin, deb hisobladilar.
“Sport taʻlim muassasalari tarbiyachilari” sport ta’lim muassasalarida
faoliyat yuritayotgan tarbiyachilarning malaka oshirish kursi Jismoniy tarbiya va
sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va
uning filiallaridagi yangi tashkil etilgan yo‘nalish hisoblanadi. Sport taʼlim
muassasalari tarbiyachisi, eng avvalo, yosh sportchilarning kelajagi, taqdiri,
jamiyatda munosib o‘rnini egallashi uchun yuksak mas’uliyatni to‘la anglab еtishi
zarur. Bugungi kunda tez o‘zgaruvchan dunyoda ijtimoiylashgan, tafakkuri,
madaniyati va ma’naviyati yuksak, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq
bo‘lgan shaxsni tarbiyalashda ajdodlarimiz me’rosidan foydalanish dolzarb
ahamiyat kasb etadi.
Adabiyotlar:
1.
Jadidlar merosini oʻrganishga bagʻishlangan xalqaro konferensiya
ishtirokchilariga. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning
Jadidlar merosini oʻrganishga bagʻishlangan xalqaro konferensiya
ishtirokchilariga tabrigi. Yangi Oʻzbekiston gazetasi 2023-yil 7-mart, № 45
(834).
2.
Begimqulov Z. Sport ta’lim muassasalari tarbiyachilarining uzluksiz malaka
oshirish jarayonini tashkil etishning dolzarb masalalari. “Jismoniy tarbiya va
sport sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini
rivojlantirish muammolari va istiqbollari” mavzusida Respublika miqyosidagi
ilmiy-amaliy anjumani toʻplami (I-qism), B.39-45.
3.
Mahmudxoʻja Behbudiy. Bizni kemirguvchi illatlar. Tanlangan asarlar. T.:
Ma’naviyat, 2006. – B.145-146.
4.
Pedagogika tarixi. – T.: 2000. – B.144-146.
5.
Utenov O. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi qayta tayyorlash va malaka
oshirish tizimida uzluksiz ta’lim. Academik Research in Educational Sciences.
Volume 4, Issue 9, 2023, 104-bet.
6.
Аҳмад Дониш. Наводир ул-вақое. Форс-тожикчадан А.Ҳамроев ва
А.Шокиров таржимаси. – Т.: Фан, 1964. – 361 б.
7.
Туркистон вилоятининг газети, 1914 йил 2 март, №18.
Mahmudxo
ʻ
ja Behbudiyning 150 yillik yubileyiga bag
ʻ
ishlangan respublika ilmiy-amaliy
konferensiya
496
8.
Фитрат А. Раҳбари нажот. – Т.: Шарқ, 2001, 6-bet.
TURKISTON JADID NAMOYONDALARINING YANGI O‘ZBEKISTON
VA JAHON HAMJAMIYATIDA TUTTGAN O‘RNI
Hamroyeva Anora Faxreddenovna
Navoiy Innovatsiyalar universiteti talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Turkiston jadid namoyondalarining yangi O‘zbekiston va
jahon hamjamiyatidagi o‘rni o‘rganilgan. Jadidchilik harakati, XIX asr oxiri – XX asr boshlarida
Turkistonda keng tarqalib, ilm-fan, ta’lim, siyosat va madaniyat sohalarida islohotlar amalga
oshirishga qaratilgan edi. Samarqand, Buxoro, Toshkent kabi shaharlarda yashagan jadid
namoyondalari o‘z milliy, madaniy va siyosiy o‘zliklarini qayta tiklashga intilgan va bu g‘oyalar
mustaqil O‘zbekistonning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatdi. Jadidchilik harakati nafaqat
O‘zbekistonda, balki butun musulmon dunyosida ijtimoiy, siyosiy va madaniy islohotlarni ilgari
surdi. Maqola jadidchilik harakatining O‘zbekiston mustaqilligi yo‘lidagi ahamiyatini, ta’lim
tizimining zamonaviylashtirilishi va ilm-fanning rivojlanishidagi rolini tahlil etadi. Shuningdek,
jadidlarning g‘oyalari bugungi kunda ham O‘zbekiston va jahon hamjamiyatida katta ahamiyatga
ega ekanligi ko‘rsatilgan.
Kalit so‘zlar:
Jadidchilik, Turkiston, O‘zbekiston, ilm-fan, ta’lim islohotlari, siyosiy
islohotlar, madaniyat, milliy o‘zlik, jahon hamjamiyati, ma’rifatparvarlik, mustaqillik,
zamonaviylashtirish.
Jadidchilik harakati, XIX asr oxiri – XX asr boshlarida, Turkistonning turli
viloyatlarida keng tarqalib, o‘zining ma’rifatparvarlik va islohotchilik g‘oyalari
bilan tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu harakat o‘z vaqtida faqat Turkiston, balki
butun musulmon dunyosida ilm-fan, ta’lim va siyosiy tizimlarni yangilashni maqsad
qilgan. Samarqand, Buxoro, Toshkent kabi shaharlarda yashagan jadid
namoyondalari, o‘zgarishlarga intilib, o‘z milliy, madaniy va siyosiy o‘zliklarini
qayta tiklashga harakat qildilar. Turkiy xalqlarning eng ilg‘or ijtimoiy va siyosiy
o‘zgarishlar sari qadam tashlagan bu jamiyat fidokorlarning g‘oyalari bugungi
kunda mustaqil O‘zbekistonning taraqqiyotida va jahon hamjamiyatida muhim o‘rin
tutadi.
Jadidchilik harakatining o‘zbekiston taraqqiyotiga ta’siri.
Turkiston jadid
namoyondalari, o‘zlarining ma’rifatparvarlik va ilmiy islohotlarga bo‘lgan
e’tiborlari orqali, o‘z vaqtida muhim jamiyatshunoslik va pedagogik yondashuvlarni
ilgari surdilar. Ular o‘quvchilarni faqat diniy fanlarda emas, balki dunyoqarashni
kengaytiradigan ilm-fan va tafakkur sohalarida ham ta’lim olishlariga chaqirdilar.
Jadid maktablari zamonaviy ta’limni ilgari surib, yosh avlodni o‘zgacha bir
dunyoqarash bilan tayyorlashga qaratilgan edi. Ular o‘zbek tilida ta’lim berish
g‘oyasini ilgari surib, xalqni ilm-fan bilan tanishtirish, milliy o‘zlikni rivojlantirishni
maqsad qilishdi.
