SAMARKAND STATE UNIVERSITY
OF VETERINARY MEDICINE, LIVESTOCK AND BIOTECHNOLOGIES
“CURRENT PROBLEMS OF SOCIAL AND HUMANITARIAN SCIENCES AND PROSPECTS FOR
THE DEVELOPMENT OF THE FIELD OF PHYSICAL EDUCATION AND SPORTS”
12 - 13 March 2025
701
BEGIMQULOV ZARIF AXMADOVICH
O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha
mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali
“Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar”
kafedrasi mudiri,
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Email:
Telefon:+99890-503-62-77
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABI JISMONIY TARBIYA FANI
O‘QITUVCHISINING KASBIY FAOLIYATIDAGI DOLZARB VAZIFALAR
Annotatsiya:
Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy
tarbiya fanining o‘rni hamda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisining kasbiy
faoliyatining muhim jihatlari haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
pedagog, jismoniy tarbiya, sport, fan, maktab, yetuklik.
O‘zbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi
Qonunining 7-moddasi “Pedagogning majburiyatlari” deb nomlangan. Unda pedagog
o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirishda jumladan quyidagilarga rioya qilishi shart
ekanligi qayd etilgan:
ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik
obro‘sini hurmat qilishi;
o‘quv mashg‘ulotlarini o‘quv dasturlari va davlat ta’lim standartlariga muvofiq
sifatli o‘tkazishi;
o‘quv mashg‘ulotlari davomida ta’lim oluvchilarning bilim darajasini oshirish
uchun zarur choralar ko‘rishi;
ta’lim oluvchilarning psixologik va o‘ziga xos xususiyatlarini, jismoniy va
ruhiy salomatligini, fiziologik rivojlanishini hisobga olishi, alohida ta’lim ehtiyojlari
SAMARKAND STATE UNIVERSITY
OF VETERINARY MEDICINE, LIVESTOCK AND BIOTECHNOLOGIES
“CURRENT PROBLEMS OF SOCIAL AND HUMANITARIAN SCIENCES AND PROSPECTS FOR
THE DEVELOPMENT OF THE FIELD OF PHYSICAL EDUCATION AND SPORTS”
12 - 13 March 2025
702
bo‘lgan shaxslarni o‘qitish uchun shart-sharoitlar yaratilishiga e’tibor qaratishi va
ularni kamsitmasligi;
voyaga yetmagan ta’lim oluvchilar bilan ta’lim-tarbiya ishlarini ularning ota-
onasi yoki boshqa qonuniy vakillari bilan hamkorlikda olib borishi;
ta’lim tashkilotining ustaviga va (yoki) boshqa ta’sis hujjatlariga, ichki mehnat
tartibi qoidalariga va pedagogik etika qoidalariga rioya etishi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy
sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar
yaratish, turli sport musobaqalari orqali yoshlarga o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga
bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, ularda mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga
sadoqat tuyg‘ularini kamol topishlari uchun keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Amaliyotdan ma’lumki, jismonan sog‘lom, ma’nan boy avlodni voyaga
yetkazishda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘tiladigan jismoniy tarbiya fani o‘z
o‘rniga ega. Bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarda jismoniy tarbiya faniga
qiziquvchi o‘quvchilar juda ko‘plab topiladi.
Amaldagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun moʻljallangan tayanch
oʻquv rejasida Jismoniy tarbiya fani 1-sinflarda 1 soat, 2-11 sinflarda 2 soatdan
o‘qitilishi belgilangan. Tayanch o ‘quv rejaga asosan Jismoniy tarbiya faniga ajratilgan
soatlar amaliy fanlar yonalishiga ajratilgan soatlarning 41% ni tashkil etadi.
Taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari
uchun 2024-2025-oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch oʻquv rejadan
KO‘ChIRMA
№
Fan yo‘nalishlari
nomlari
Haftalik o‘quv soatlari
(sinflar kesimida)
Haftalik
umumiy
soat
1
2
3
4
5
6 7
8
9
10
11
SAMARKAND STATE UNIVERSITY
OF VETERINARY MEDICINE, LIVESTOCK AND BIOTECHNOLOGIES
“CURRENT PROBLEMS OF SOCIAL AND HUMANITARIAN SCIENCES AND PROSPECTS FOR
THE DEVELOPMENT OF THE FIELD OF PHYSICAL EDUCATION AND SPORTS”
12 - 13 March 2025
703
...
....
V.
Amaliy fanlar
4
5
5
5
6
6 6
4
4
3
3
51
...
....
5.4. Jismoniy tarbiya
1
2
2
2
2
2 2
2
2
2
2
21
Amaliy fanlarga
nisbatan ajratilgan
soatlar
(% hisobida)
25
40
40
40
33 33 33 50 50 67
67
41%
Tadqiqotlarimiz jarayonida jismoniy tarbiya fanidan o‘tiladigan darslarga
qatnashish umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining fe’l-atvoriga ijobiy ta’sir
ko‘rsatishini guvohi bo‘ldik. Jumladan, umumiy o‘rta ta’lim tizimida jismoniy tarbiya
fanining ahamiyati juda muhim bo‘lib, o‘quvchilar har jihatdan intizomli bo‘lishi,
kuchlilik, chaqqonlik, irodalilikni o‘zlarida shakllantirishi, shu jarayonda ularning
sog‘ligi mustahkamlanishi, ish qobiliyati, aqliy faolligi yanada oshishini aniqladik.
Shuni alohida qayd etish kerakki, yosh avlodni jamiyatda barkamol, ma’naviy
mafkurasi, fikri sog‘lom, dunyoqarashi keng qilib tarbiyalash dolzarb vazifalardan
biridir. O‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi, ularni
yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish, ularda
o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va
vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirishda umumiy o‘rta
ta’lim maktablari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisining imkoniyatlari beqiyosdir.
Yuqorida qayd etilgan jihatlar pedagogdan katta mas’uliyat talab qiladi.
Shuning uchun umumiy o‘rta ta’lim maktablari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi
uzoqni ko‘ra bilishi, dars jarayoni va darsdan tashqari vaqtlarda so‘zlarni to‘g‘ri va
ravon talaffuz qila olishi, o‘z fikrlarini hayotiy misollar asosida bayon qila olishi, did
bilan kiyinishi, o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashishi, lavozim majburiyatlarini o‘z
SAMARKAND STATE UNIVERSITY
OF VETERINARY MEDICINE, LIVESTOCK AND BIOTECHNOLOGIES
“CURRENT PROBLEMS OF SOCIAL AND HUMANITARIAN SCIENCES AND PROSPECTS FOR
THE DEVELOPMENT OF THE FIELD OF PHYSICAL EDUCATION AND SPORTS”
12 - 13 March 2025
704
vaqtida va sifatli bajarishi, bolalarni yoqtirishi, keng fikrlay olishi, o‘ziga va
boshqalarga nisbatan talabchan, hamkasblari va o‘quvchilarga doimo bag‘ri keng,
samimiy, ochiq ko‘ngil, xushmuomala, shirinsuxan, kamsuqum, mehr-muhabbatli,
kamtarin, bosiq, xushfe’l bo‘lishi zarur. U zukko, bilimdon, tashabbuskor, irodali,
hamda o‘z mutaxassisligi (fani) bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lishi kerak.
Shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim maktabi jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi bolalarni
sportga qiziqtira olishi, o‘sib kelayotgan barkamol avlodda sog‘lom turmush tarzini
shakllantirishi, o‘quvchilarni salbiy ta’sirlardan himoya qilish va zararli odatlardan
xalos etishga oid chora-tadbirlarni muntazam amalga oshirishi, ularga mehr ko‘zi bilan
qarashi, sofdil bo‘lishi, doimo shirin so‘zlashi, yigit-qizlarning sog‘lom o‘sishi, yetuk
insonlar bo‘lib voyaga yetishi, intilishi va iqtidorini ro‘yobga chiqarishga alohida
e’tibor qaratishi lozim.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari muassasa
o‘quvchilari bilan quyidagi tadbirlarni tashkil etishi va o‘tkazishi muhim, deb
hisoblaymiz:
-
o‘quvchilar bilan inson hayotida jismoniy tarbiya va sportning o‘rnini
namoyon etuvchi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar;
-
o‘quvchilarni turli zararli odatlardan xalos etish, ularning hayotida sog‘lom
turmush tarzini qaror toptirishda jismoniy tarbiya va sportning o‘rnini targ‘ib etuvchi
ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar;
-
o‘quvchilar orasidan iqtidorlilarini aniqlash (seleksiya) va tanlangan sport
turi bo‘yicha ta’lim muassasalari (sport maktablari, ixtisoslashtirilgan sport maktablari,
olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari,
SAMARKAND STATE UNIVERSITY
OF VETERINARY MEDICINE, LIVESTOCK AND BIOTECHNOLOGIES
“CURRENT PROBLEMS OF SOCIAL AND HUMANITARIAN SCIENCES AND PROSPECTS FOR
THE DEVELOPMENT OF THE FIELD OF PHYSICAL EDUCATION AND SPORTS”
12 - 13 March 2025
705
futbol akademiyalari, olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha markazlar, oliy
ta’lim muassasalari)ga yo‘naltirish;
-
o‘quvchilarni jahon va mamlakatimiz sporti hayotidagi yangiliklar bilan
tanishtirib borish;
-
o‘quvchilar uchun mamlakatimizning mashhur sportchilari bilan
uchrashuvlar, davra suhbatlari, mahorat darslari (master-klasslar) tashkil etish;
-
jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari, o‘rta
maxsus ta’lim muassasalari, yangidan barpo etilgan sport inshootlariga sayohatlar
uyushtirish;
-
o‘quvchilarning sport turlariga qiziqishlarini inobatga olib, sport
to‘garaklariga muntazam jalb qilish.
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi doimo o‘zining
bilimi, keng dunyoqarashi, axloqi bilan o‘quvchi-yoshlarga namuna bo‘la olishi kerak.
Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi o‘quvchi shaxsini hurmat qilishi, muloqot qilishning
buyruqbozlik usulidan butunlay voz kechib, doimiy tarzda yoshlarni rag‘batlantirishi,
o‘quvchilarga nafaqat bilim berish, balki ularda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishi,
ularning shaxsini rivojlantirishi, bilim olishga intilishi, sport sohasidagi iste’dod va
salohiyatini yuzaga chiqarishlariga ko‘maklashishi darkor. U o‘z o‘quvchilarini yot
dunyoqarash, buzg‘unchi g‘oyalar, diniy ekstremistik guruhlar ta’siriga tushib
qolmasliklari uchun oila, maktab, mahalla va keng jamoatchilikning yaqin ko‘makchisi
bo‘lishi zarur.
O‘quvchilarga ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya berish jarayonida milliy va
umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligini ta’minlash, inson, jamiyat va atrof muhitning
o‘zaro munosabatlarini uyg‘unlashtirish, ularning ongi, dunyoqarashi, ma’naviy
SAMARKAND STATE UNIVERSITY
OF VETERINARY MEDICINE, LIVESTOCK AND BIOTECHNOLOGIES
“CURRENT PROBLEMS OF SOCIAL AND HUMANITARIAN SCIENCES AND PROSPECTS FOR
THE DEVELOPMENT OF THE FIELD OF PHYSICAL EDUCATION AND SPORTS”
12 - 13 March 2025
706
dunyosini boyitish, ta’lim oluvchilarda ongli intizom, insoniy qadr-qimmat tuyg‘usi,
yuksak huquqiy madaniyat va ma’naviy hamda ijodiy fikrlashni tarkib toptirish, kishi
hayotida jismoniy tarbiya va sportning o‘rnini namoyon ettirish vazifalarini ijobiy hal
etish – umumiy o‘rta ta’lim maktabi jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisidan fanni
o‘qitishga yangicha, zamonaviy talablar asosida yondashishni talab etadi. Dars
jarayonini belgilangan talablar darajasida tashkil etish bilan birgalikda, jismoniy
tarbiya fani o‘qituvchisining axloqiy-ma’naviy jihatdan yetuk, ijtimoiy faol, yangicha
kasbiy dunyoqarash, zamon talablariga moslasha olish qobiliyatiga ega bo‘lishi ham
muhim hisoblanadi. O‘quvchi-yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish va
rag‘batlantirish kabi ustuvor vazifalarni amalga oshirish, barkamol avlodning
ma’naviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishda
jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi maktab ma’muriyatining yaqin ko‘makchisi bo‘lishi
zarur.
Bir so‘z bilan aytganda, umumiy o‘rta ta’lim maktabi jismoniy tarbiya fani
o‘qituvchisi ichki dunyosi boy, o‘z sohasining bilimdoni, barcha sohalarda bo‘layotgan
yangiliklarni, ma’lumotlarni o‘zlashtirgan, chuqur bilimga ega bo‘lgan holda siyosiy
va tarbiyaviy jihatdan savodli, mamlakatimiz ta’lim-tarbiya va sport tizimida olib
borilayotgan islohot talablarini chuqur anglagan, pedagogik yangilikka o‘ch,
shuningdek pedagogika, psixologiya hamda o‘z mutaxassisligiga taalluqli fanlarga oid
butun bir bilimlar tizimiga ega bo‘lishi kerak.
Adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni.
2024-yil 1-fevral, O‘RQ-901-son.
SAMARKAND STATE UNIVERSITY
OF VETERINARY MEDICINE, LIVESTOCK AND BIOTECHNOLOGIES
“CURRENT PROBLEMS OF SOCIAL AND HUMANITARIAN SCIENCES AND PROSPECTS FOR
THE DEVELOPMENT OF THE FIELD OF PHYSICAL EDUCATION AND SPORTS”
12 - 13 March 2025
707
2.
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining
2024-yil 26-martdagi “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun 2024-2025-oʻquv
yiliga moʻljallangan tayanch oʻquv rejani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 94-sonli buyrugʻi.
3.
Z.Begimqulov, O.Xaydarov. Barkamol avlodni voyaga yetkazishda umumiy
o‘rta ta’lim maktabi jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisining o‘rni. Jismoniy tarbiya va
sport jurnali – 2022-yil №01 (120), B.23-24.
