Вопросы библиотечного дела в деятельности активистов джадидизма

Аннотация

В данной статье рассматривается деятельность известных представителей джадидского движения, возникшего в Туркестане в конце XIX века и сформировавшегося в начале XX века, новые школы, создание по инициативе великих джадидских представителей библиотек, называемых очагами учености, неотъемлемая часть общественной жизни, известная и знаменитая не только в Туркестане, но и во многих странах Азии и Европы, их место в истории, наполненность литературой, их отличия от дворцовых библиотек.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2020
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
CC BY f
254-257
11

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Бегимкулов Z. (2025). Вопросы библиотечного дела в деятельности активистов джадидизма. in Library, 1(4), 254–257. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/98963
Зариф Бегимкулов, Институт переподготовки и повышения квалификации специалистов по физической культуре и спорту
Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti o'qituvchisi pedagogika fanlari falsafa doktori
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье рассматривается деятельность известных представителей джадидского движения, возникшего в Туркестане в конце XIX века и сформировавшегося в начале XX века, новые школы, создание по инициативе великих джадидских представителей библиотек, называемых очагами учености, неотъемлемая часть общественной жизни, известная и знаменитая не только в Туркестане, но и во многих странах Азии и Европы, их место в истории, наполненность литературой, их отличия от дворцовых библиотек.


background image

Экосистема библиотечной сферы в эпоху цифровизации: сотрудничество, интеграция и инновации

254

15 марта 2024 г.

8.

Gil-Egui, G. Va Rieh, S. Y. (2008). Raqamli kutubxona xizmatlarini baholash uchun ko'p

o'lchovli modelga. Amerika axborot fanlari va texnologiyalari jamiyati jurnali.

UO’K

159.5.6/6

JADIDCHILIK NAMOYONDALARINING FAOLIYATIDA KUTUBXONACHILIK

MASALALARI

Begimqulov Z.A.

“Sport psixologiyasi, ijtimoiy

-

tabiiy fanlar” kafedrasi mudiri, p.f.b.f.d (PhD)

Jismoniy

tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti

Samarqand filiali

Annotatsiya

: Mazkur maqolada Turkistonda XIX asrning oxirlarida maydonga kelgan, XX asr

boshlarida shakllangan jadidchilik harakatining mashhur namoyandalari faoliyati, yangi usul

maktablari, buyuk jadidchilik namoyondalari tashabbuslari bilan ziyo maskani deb ataluvchi, jamiyat

hayotining ajralmas qismi hisoblangan, nafaqat Turkistonda, balki Osiyo va Yevropaning ko‘pgina

mam

lakatlarida ham ma’lum va mashhur bo‘lgan kutubxonalarning tashkil etilishi, ularni tarixda

tutgan o‘rni, adabiyotlar bilan to‘ldirilishi, saroy kutubxonalaridan farqli jihatlari haqida so‘z boradi

.

Summary

: In this article, the activities of famous representatives of the Jadidism movement,

which appeared in Turkestan at the end of the 19th century and formed at the beginning of the 20th

century, the new method schools, and the initiatives of the great Jadidism representatives, which are

called the place of enlightenment, are considered an integral part of the life of the society, not only in

Turkestan but also in many countries of Asia and Europe. It also talks about the organization of well-

known and famous libraries, their place in history, their filling with literature, and their differences

from palace libraries.

Kalit so

zlar:

Jadid, kitob, jamiyat, uyg‘onish harakati, qiroatxona, madrasa

.

Keywords

: Jadid, book, society, revival movement, reading room, madrasa.

Odatda kutubxona deyilganda avvalo

ko‘z o‘ngimizda kitoblar jamlangan ziyo maskani

gavdalanadi. Bu ma’rifat maskanlari jamiyat hayotining ajralmas qismi hisoblanib, unda kishilik
jamiyati tarixi bilan chambarchas bog‘liq boʻlgan, nodir manbalar to‘plangan insonparvar muassasa

hisoblanadi. K

utubxonalar asrlar osha insonlarni yovuzlikka, jirkanch g‘oyalarga, jaholatga qarshi

kurashga undab, yosh avlodning ma’naviy salohiyati, dunyoqarashini yuksaltirishda, ularni ona yurti
va xalqiga muhabbat hamda sadoqat tuyg‘usi ruhida tarbiyalashda muhim a

hamiyat kasb etib

kelmoqda.

XIX asrning oxirlari va XX asr boshlariga kelib Turkistonda jamiyatning eng ilgʻor fikrli

qatlamlari, ya’ni jadid namoyandalari kurashlarini aks ettirgan milliy uygʻonish muayyan mafkura


background image

Raqamlashtirish davridagi kutubxona sohasi ekotizimi: hamkorlik, integratsiya va innovatsiyalar

255

15 марта 2024 г.

sifatida, birinchi navbatda, maʼrifatchilikda koʻrindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev aytganlaridek, “... o‘tgan asr boshlarida, g‘oyat murakkab tarixiy sharoitda milliy
ozodlik, uyg‘onish va taraqqiyot g‘oyalari bilan maydonga chiqqan ma’rifatparvar ajdodlarimiz
o‘zlarin

ing benazir salohiyati, noyob insoniy fazilatlari bilan fidoyilik va jasorat namunasini

ko‘rsatdilar”.

Milliy uyg‘onish harakati namoyandalari hisoblanuvchi jadidlar o‘z xalqining erki, ozodligi

uchun kurashib, ilmsizlikning taraqqiyotga keltirayotgan salb

iy ta’sirini aniq misollar bilan ko‘rsatib,

o‘z oldilariga xalqni maʼrifatlashtirish maqsadini qo‘yganlar. Shu maqsadda ular nafaqat yangi

maktablar ochganlar, balki keng xalq ommasi uchun yangi kutubxonalar ham tashkil qilganlar. Buni

Turkistonda jadidchi

lik davri tarixi va adabiyoti vakillari ijodini oʻrganganimizda ham kuzatishimiz

mumkin.

“O‘rta Osiyo jadidlarining otasi” deb tan olingan Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875–

1919) yangi

zamon o‘zbek madaniyatining asoschisi edi. U birinchi o‘zbek dramasi “Padarkush”ni yozadi.
Turkistonda ma’rifatparvarlik harakatining rivojlanishiga o‘zining katta hissasini qo‘shgan
Mahmudxo‘ja Behbudiy dastlab Samarqand, so‘ngra Buxoro madrasalarida tahsil olib, imom

-xatib,

qozi, keyin muftiy darajasiga ko‘tarildi. U haj safari da

vomida Arabiston, Misr, T

urkiyada bo‘lgan

va unda yangi maktab ochish fikri mustahkamlanib borgan.

Mahmudxo‘ja Behbudiy O‘rta Osiyo jadidchilik harakatining asoschisi va yo‘lboshchisi

hisoblana

di. Eng birinchi fan bo‘yicha darsliklar yaratgan Behbudiy kutu

bxona tashkil qilishda ham

birinchilardan bo‘ldi. Uning tashabbusi va say harakatlari bilan o‘z otasi sharafiga dastlab “Eski
Samarqand musulmonlar kitob va qiroatxonasi”, keyinchalik “Behbudiya kutubxonasi” deb atalgan

kutubxona tashkil qilingan.

Behbudiy

Samarqandda kutubxona tshkil etish uchun qizg‘in tayyorgarlik ko‘radi.

Manbalarda keltirilishicha u o‘n ikki nafar maslakdoshlari bilan birga 27 “bob”dan iborat dastur va
nizom tuzib, uni Samarqand shahrining harbiy gubernatoriga yo‘llab, ruxsat olinadi.

Ushbu ziyo maskani Samarqand gubernatoridan rasman ruxsat olinib, 1908-yil 11-sentabr

kuni shaharning “Yangi rasta” qismida ochilgan

.

Lekin kutubxona ochilishi ancha avval ovoza bo‘lib

ketadi. Chunki bu haqda eng ommabop nashr

Turkiston viloyatining gaze

ti” xabar qilgan edi.

Ziyo maskani faoliyatida Mahmudxo‘ja Behbudiyga safdoshlari Hoji Muin, Vasliy

Samarqandiy va muallim Abdulqodir Shakuriy ko‘maklashishgan. Tarkibiy jihatdan juda boy, xilma

-

xillikka ega fondi bo‘lgan. Jumladan, turli

davlatlarda nashr qilingan diniy hamda dunyoviy kitoblar,

suratli jurnal va gazetalar, ensiklopediya, lug‘atlar, xarita va atlaslardan o‘qib foydalanish mumkin
bo‘lgan.

Mahmudxo‘ja Behbudiy

tashkil etgan va keyinchalik “Behbudiya” kutubxonasi nomi bilan

ma

shhur bo‘lgan mazkur mutolaaxona kitobxonlarga keng imkoniyatlar va qulayliklar yaratishni ham

o‘z oldiga maqsad qilgan holda ikki smenada faoliyat yuritgan

,

ya’ni ertalab soat 9 dan kechki soat 5

gacha va kechki soat 6 dan boshlab 12 gacha ya’ni kuniga 14

soat ishlagan. Ushbu ziyo maskani bir

vaqtda 60 dan 110 nafargacha bo‘lgan kishilarga madaniy xizmat ko‘rsata boshlaydi.

Ayniqsa, M.Behbudiy kutubxonada tarixiy asarlarga keng oʻrin bergan. “Behbudiya”

kutubxonasida mavjud va sotuvga

chiqarilgan kitoblar roʻyxatining yetmish foizi tarixga oid asarlar


background image

Экосистема библиотечной сферы в эпоху цифровизации: сотрудничество, интеграция и инновации

256

15 марта 2024 г.

ekanligidan koʻrish mumkin. Bu kitoblar orasida “Tarixi madaniyat”, “Tarixi islom”, “Buyuk tarixi
umumiy”, “Tarixi istiqbol”, “Turk tarixi”, “Zafarnomai shohiy”, “Xulosai tarixi madaniyat”, “Oynai
tarixi usmoniy”, “Madaniyati islomiya tarixi”, “Temurlang”, “Yigirmanchi asrda olami islom va
Ovrupo”, “Tarixi kashf ul

-

Amriqo”, “Tarixi Eron”, “Tarixi Baxtiyori” va boshqalar mavjud edi.

Oʻzining kimligini oshkor etishni hohlamagan Behbudiy zamon

doshi guvohlik berishicha,

Behbudiyning oʻlimidan keyin u yaratgan “Kutubxonai Behbudiya”, unda jamlangan noyob kitoblar,
kitobshunoslik va kutubxonashunoslik manbalari miqdoriga koʻra Turonzamindagi eng katta
kutubxona ekanligi barchaga ayon boʻlgan.

Turkistondagi jadid namoyandalari ichida kutubxona tashkil qilish tashabbuskorlaridan biri

bu Munavvar qori Abdurashidxonov (1878-1931) edi.

Munavvar qori Abdurashidxonov XX asr boshida Turkistondagi jadidchilik harakatining faol

ishtirokchilaridan biri bo‘lib

tanildi. U 1901-

yili usuli jadid maktabini ochgan va unga o‘zi

mudarrislik qilgan. Munavvar qori Abdurashidxonov usuli jadid maktablari uchun maxsus oʻquv
dasturini tuzgan, darsliklar yozgan. Uning “Turkiy guliston yoxud axloq” asari (1913 yil) mashhur

bo

‘ldi.

1911-yil

Toshkentdagi

ma

rifatchilar

Abdulla

Avloniy

va

Munavvar

qori

Abdurashidxonovlar

tashabbusi bilan bir guruh ziyolilar tomonidan “Turon” nomli madaniy

-

ma’rifiy

jamiyat tashkil qilingan hamda jamiyatning nizom va dasturlari qabul qilingan

. “Turon” jamiyati

faoliyatida Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Nizomiddin Xoʻjayev, Saʼdulla
Tursunxoʻjayev, Ubaydulaxoʻja Asadullaxoʻjayev, Toshpoʻlatbek Norboʻtabekov, Komilbek
Norbekov kabi koʻplab taraqqiyparvarlar fidokorona faoliyat olib bor

dilar. Mazkur jamiyat dasturida

kutubxona va qiroatxona ochish kabi muhim masalalar ham bor edi.

“Turon” jamiyati aʼzolari kutubxona uchun dastlab oʻzlarining shaxsiy kitoblari, xayr

-

ehsonlar, sovgʻa va ayrim kishilarning vaqf qilib qoldirgan kitoblarini j

amlay boshlaydi. 1913-yil

Abdulla Avloniy boshchiligida “Turon” teatr truppasi tuzilganligi eʼlon qilinib, Toshkentning Eski
shahar qismida “Turon” kutubxonasi ham ish boshlaydi. Biroz o‘tib kutubxona qoshida qiroatxona
ham paydo bo‘ladi.

1917-yilda shu ja

miyat a’zolari –

Abdulla Qodiriy, Munavvar qori Abdurashidxonov,

Cho‘lpon, G‘ulom Zafariy, Shokirjon Rahimiy, Yusuf Aliyev va boshqa bir qator ma’rifatparvar
insonlar o‘z xususiy kitoblarini sovg‘a qilib, kutubxonalarini kengaytirdilar. Natijada yaxshigina

kitob xazinasiga ega kutubxona va qiroatxona paydo bo‘ladi.

Yangicha maktab taʼlimi ishiga oʻz hissasini qoʻshganlardan biri, yetuk shoir va bastakor,

dramaturg va rejissor, maʼrifatchi va matbaachi, publitsist va jamoat arbobi Hamza Hakimzoda

Niyoziy (1889-1929)dir. U 1889-yilning 7-

martida Qoʻqon shahrida tabib oilasida tugʻildi. U avval

eski maktab va madrasalarda oʻqib, arab, fors, turk tillarini mukammal bilgan. Rus

-tuzem

maktablarida esa rus tilini oʻrganishga muvaffaq boʻlgan.

Hamza oʻz davrining ilgʻor maʼrifatparvar jadidlari hisoblangan Turkiston jadidchilik

harakatining rahbari Munavvarqori Abdurashidxonov hamda uning shogirdlari, yangi usuli jadid

maktablari muallimlari aka-

uka Shokirjon va Sobirjon Rahimiylar bilan yaqin aloqada boʻlgan.


background image

Raqamlashtirish davridagi kutubxona sohasi ekotizimi: hamkorlik, integratsiya va innovatsiyalar

257

15 марта 2024 г.

Hamza

Hakimzoda Niyoziy oʻzining birinchi usuli jadid maktabini 1910

-yili Toshkentdagi

Qashqar mahallasida ochdi. 1911-1914-

yillarda u Qoʻqon va Marg‘ilonda yana uch usuli jadid

maktabining ishini tashkil etdi. Hamza oʻzi tashkil etgan maktablarda dars beribgina

qolmasdan,

“Oʻqish kitobi”, “Yengil adabiyot”, “Qiroat kitobi” kabi darsliklar ham yozdi.

Hamza Hakimzoda Niyoziy qisqa vaqt ichida birvarakay ikkita -

“Gʻayrat” (1915) va “Birlik”

(1916) kitob uylariga asos soldi. U 1917-

yili “Hurriyat” jurnalida bu haqda shunday deb yozadi: “...

1915-

yil men majlis chaqirdim. Unda biz aholi orasida kitob tarqatish maqsadida “Gʻayrat” nomli

kutubxona, qiroatxona va nashriyot uyi tashkil etishga qaror qildik. Shu paytgacha men kitoblarimni

oʻz pulimga chop etib keldim, ular hajman uncha katta emas edi. Endi men oʻzimning boshqa
kitoblarimni mana shu kitob uyi nomidan nashr etmoqchi boʻldim”.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash zarurki, Turkiston jadidchil

ari tomonidan kutubxonalarni

tashkil etishdan asosiy maqsad eng avvalo yos

hlar, maktab o‘qituvchilari, madrasa talabalari,

ziyolilarni yngi adabiyotlar, darsliklar, matbuot bilan muntazam tanishtirib borish edi. Chunki bu

adabiyotlar va gazetalarni boshqa biror joydan topish amri mahol edi.

XX asr boshida Turkiston jadidchilik

harakati rahnamolari mintaqa shaharlarida maʼrifatni

keng targʻib qilish maqsadida dastlabki ommaviy kutubxonalarga asos soldilar. Jadidlar tomonidan

tashkil etilgan ziyo maskanlarida adabiy-badiiy, ijtimoiy va tabiiy, ilmiy mazmundagi kitoblar bilan

bir q

atorda, mazkur maktab kutubxonalari oʻzagini milliy oʻquv adabiyotlari

- darsliklar va

qoʻllanmalar tashkil etardi. Jadidlarning shaxsiy mablagʻlari va xayriyalar hisobidan tashkil qilingan
mazkur ziyo maskanlarida jamlangan adabiyotlar mazmuni va yoʻnalishi o‘sha davr saroy

kutubxonalaridan ancha farq qilib, zamon ruhini aks ettirib turar, xalq ommasi, ayniqsa, yoshlarning

dunyoqarashini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etardi.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Sh.

Mirziyoyev. “Jadid” gazetasi

jamoasi va mushtariylariga.

“Jadid” gazetasi

2024-yil 1-

yanvar

№ 1 (1)

.

2.

Alimova D.A., Rashidova D.A. Mahmudxoʻja Behbudiy va uning tarixiy tafakkuri. Toshkent

-

1999, 16-bet.

3.

Абдурашидхонов М. Танланган асарлар.

-

Тошкент: Маънавият” нашриёти, 2003, 29

-

бет.

4.

Behbudiy B.

“Behbudiy kutubxonasi”, “Oyina” jurnali, 1914

-yil 26-

aprel, №27. Tanlangan

asarlar. Jild-II.-T.: Akademnashr -2018, 14-bet.

5.

Mahmudxo‘ja bin Behbudxo‘ja xatib. Mutolaaxona // Turkiston viloyatining gazeti. 1908.

№48.

Библиографические ссылки

Sh. Mirziyoycv. “Jadid" gazctasi jamoasi va mushtariylariga. “Jadid” gazctasi 2024-yil 1-yanvar№ 1(1).

Alimova D.A., Rashidova D.A. Mahmudxoja Behbudiy va uning tarixiy tafakkuri. Toshkent-1999, 16-bet.

Абдурашидхонов M. Танланган асарлар. - Тошкент: Маънавият” нашриёти, 2003, 29-бет.

Behbudiy В. “Behbudiy kutubxonasi”, “Oyina” jurnali, 1914-yil 26-aprel, №27. Tanlangan asarlar. Jild-II.-T.: Akademnashr-2018, 14-bct.

Mahmudxoja bin Behbudxo‘ja xatib. Mutolaaxona // Turkiston viloyatining gazeti. 1908. №48.