Gialuronan euploid embrion transferida implantatsiya potentsialini oshirish omili sifatida: zamonaviy ma'lumotlarni ko'rib chiqish

Sitora Abduraхmanova, Kamola Xalilova, Sayfulla Boboyev

Ginekologiyaning ajralmas qismi bo`lgan reproduktologiya sohasida yordamchi reproduktiv texnologiyalar (YRT) faoliyati yutuqlarini oshirish uchun bepushtlikdan aziyat chekkan bemorlarda embrionlarni ko`chirib o`tqazishda tarkibida gialuron kislotasi tutgan adgeziv birikmalardan foydalaniladi. Embrionlarni implantatsiyasi ehtimolini oshirish uchun embrion ko'chirish jarayonida adgeziv birikma qo'shilgan muhitdan foydalanish homiladorlikka erishish va natijada farzand tug'ilishi ehtimolini oshiradi. Preimplantatsion genetik testlash (PGT-A) yordamchi reproduktiv texnologiyalar (YRT) sohasidagi eng muhim yutuqlardan biridir. Ushbu usul yordamida embrion bachadonga ko‘chirilishidan oldin xromosomal anomaliyalar aniqlanadi, bu esa implantatsiya muvaffaqiyatsizligi, homila tushishi xavfini kamaytiradi va EKO samaradorligini oshiradi.

8

Koʻrishlar

1

Yuklashlar

hh-index

0

Iqtibos