Loyihaviy yondashuvning mohiyati, didaktik asoslari va ta’lim jarayonidagi o‘rni
Ushbu maqolada loyihaviy yondashuvning mazmun-mohiyati, uning didaktik asoslari va zamonaviy ta’lim jarayonidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Loyihaviy yondashuv o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishi va bilimlarni hayotiy muammolar yechimiga yo‘naltirishi bilan ajralib turadi. Tadqiqot davomida loyiha metodining afzalliklari, cheklovlari, uni turli bosqichlarda samarali qo‘llash usullari va xalqaro tajribalar ko‘rib chiqildi.