“YOSH AVLODDA KITOBXONLIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING ISTIQBOLLI TAJRIBALARI” MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA KONFERENSIYA
MATERIALLAR TOʻPLAMI
361
MALAKA OSHIRISH KURSI TINGLOVCHILARIDA KITOBXONLIK
MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI
Begimqulov Zarif Axmadovich,
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish ins
-
tituti Samarqand filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedra
-
si mudiri, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti mustaqil tadqiqotchisi (DSc).
Annotatsiya:
mazkur maqolada Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta
tayyorlash va malakasini oshirish instituti va uning filiallarida kitobxonlikni keng targ‘ib qi-
lish, malaka oshirishga kelgan tinglovchilarda kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish
bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish haqida so‘z boradi.
Kalit so‘z va iboralar:
kitob, malaka, tarbiya, kitobxonlik, raqamlashtirish, kitob taqdi-
moti.
Аннотация:
в данной статье пойдет речь о широкой пропаганде чтения в Институ-
те переподготовки и повышения квалификации специалистов по физической культуре
и спорту, организации системной работы по дальнейшему развитию культуры чтения
у слушателей, которые приходят на повышение квалификации.
Ключевые слова и фразы:
книга, квалификация, воспитание, чтение, оцифровка,
презентация книги.
Kitob azaldan insonning dunyoqarashini ijobiy tomonga o‘zgartiruvchi, uning ma’naviy
saviyasini yuksaltirish vositasi bo‘lib kegan. Ilm-fan, jamiyatning barcha sohalaridagi yutuq-
lar, mamlakat taraqqiyoti kitob bilan yuzaga keladi, shuningdek kitobning inson hayoti, kishi-
lik jamiyati maʼnaviy taraqqiyotidagi oʻrni beqiyosdir. Kitobsiz yuksak ma’naviyatga erishib
bo‘lmasligi isbot talab qilmaydigan haqiqiatdir.
Kitob oʻquvchida dunyoni anglab olishda koʻmak berish bilan bir qatorda uning ilmiy dun-
yoqarashini shakllantiradi, ijobiy xarakterni tarkib toptiradi, hayot va turmush ziddiyatlarini
qanday qilib yechish yoʻllarini oʻrgatadi. Bu xislatlarni egallab olgan har bir oʻquvchi yuksak
maʼnaviyatli shaxs boʻlib kamolga yetadi.
Zero, kitob avlodlar zanjirini mustahkamlovchi maʼnaviy merosdir. U inson ruhiga taʼsir
etib, ularni maʼnaviy-axloqiy kamolotga yetaklaydi, hissiyotiga taʼsir etadi va bilim berish bi-
lan birga oʻquvchiga zavq bagʻishlaydi hamda aqlni charxlab, uni tarbiyalaydi [4, 38-b].
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi
“2020—2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy
dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 781-sonli qaroriga asosan “2020—2025-yillarda kitobxon-
lik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi” qabul qilindi. Jumladan,
quyidagilar mazkur dasturni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:
… respublikaning olis hududlarida va yoshga doir kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish;
“YOSH AVLODDA KITOBXONLIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING ISTIQBOLLI TAJRIBALARI” MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA KONFERENSIYA
MATERIALLAR TOʻPLAMI
362
kitob yetkazib beruvchilarni zamonaviy ijtimoiy ehtiyojlarga moslashtirish, infratuzilma-
ni yaxshilash, axborot-kutubxona markazlarini chop etiladigan bosma nashrlar va ularning
elektron nusxalari bilan to‘ldirib borish, elektron kitoblar yaratish, kitoblarni raqamlashtirish
va elektron kataloglarni tuzish hamda tizimli ravishda yangilab borish;
aholining kitobxonlik darajasi va kitobga qiziqishini tizimli o‘rganib borish, kitobxon-
lik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan loyiha va tanlovlarni tashkil etish, kutubxonachi
kadrlar salohiyatini oshirish [1].
So‘nggi yillarda Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va
malakasini oshirish instituti va uning filiallarida ham professor-oʻqituvchilar va tinglovchilar
orasida kitobxonlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor berilmoqda. Jumladan, institutning Sa-
marqand filialida mazkur yoʻnalishda qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish
institutining Samarqand filiali ma’muriyati tashabbusi bilan tinglovchilarning boʻsh vaqtlari-
ni mazmunli oʻtkazish, ularni yuksak milliy va jahon adabiyotlarini mutolaa qilishga yanada
qiziqtirish, eʼtiborini jalb qilish, ularda kitobxonlik madaniyatini oshirish, kitobxonlikni om-
malashtirish hamda turli shakl va vositalar bilan kitobni targʻib qilish maqsadida A.S.Pushkin
nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi bilan 2023-yildan boshlab hamkor-
lik yoʻlga qo‘yildi.
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshi-
rish instituti Samarqand filiali hamda A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-ku-
tubxona markazi o‘rtasida 2023-2025-yillarga mo‘ljallangan madaniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi
hamkorlik bo‘yicha imzolangan shartnomada ikkala tomon ham bir qator vazifalarni o‘z zim-
malariga olgan bo‘lib, unda jumladan, Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi ilmiy
tadqiqot ishlarini olib borayotgan Samarqand filiali professor-o‘qituvchilarini kerakli adabi-
yotlar bilan ta’minlashga ko‘maklashish, respublikamizda e’lon qilingan muhim va unutilmas
sanalarni targ‘ib etish maqsadida tashkillanadigan anjuman va tadbirlarni hamkorlikda tash-
kil etish va o‘tkazishga, Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va
malakasini oshirish instituti Samarqand filiali axborot-kutubxona markazi tashabbusi bilan
uyushtiriladigan tinglovchilarni kitob mutolaasiga yanada ko‘proq jalb etishga qaratilgan turli
mavzulardagi ko‘rik-tanlovlar, shou kechalar, madaniy-ma’rifiy tadbirlarda professor-o‘qituv-
chilar, tinglovchilar, mahalla aholisining ishtirokini ta’minlab berishga mas’ul [2, 26-b] ekan-
ligi qayd etilgan.
Imzolangan hamkorlik shartnomasiga muvofiq A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat
axborot-kutubxona markazi bilan qator amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, mazkur
muassasaning yig‘ma elektron katalog sektori hamda axborot-kutubxona fondlarini jamlash
xizmati mutaxassilari Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va
malakasini oshirish instituti Samarqand filialiga tashrif buyurib, filial axborot-resurs marka-
zida kutubxona fondini to‘g‘ri joylashtirish, kitobxon formuliyarlarini yuritish bo‘yicha tavsi-
yalar berib kelmoqdalar.
Bundan tashqari har chorakda “Kitob – hayotni yaratuvchi murabbiydir” nomli yangi ada-
biyotlar targ‘iboti tashkil etiladi. So‘nggi bor A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-
kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan tayyorlangan Javlon Jovliyev qalamiga mansub
“Qoʻrqma” romaniga bag‘ishlangan booktuber namoyish etildi va viloyat axborot-kutubxona
fondidagi eng qiziqarli va mazmunan boy bo‘lgan adabiyotlar haqida ma’lumotlar berildi.
Kelajakda Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malaka-
“YOSH AVLODDA KITOBXONLIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING ISTIQBOLLI TAJRIBALARI” MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA KONFERENSIYA
MATERIALLAR TOʻPLAMI
363
sini oshirish instituti Samarqand filiali hamda A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axbo-
rot-kutubxona markazi bilan birgalikda o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni
rivojlantirish hamda ilmiy ishlar natijadorligini taʻminlash yo‘nalishida ham hamkorlik qilish
rejalashtirilgan.
O‘tgan 2024-yilda Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va
malakasini oshirish instituti Samarqand filiali axborot-resurs markazi mukammal ta’mirlanib,
zamonaviy raqamli kutubxonaga aylantirilgani malaka oshirish kursiga kelgan barcha tinglov-
chilarni hamda filial jamoasini xushnud etdi. Axborot-resurs markazi xizmatidan professor-
oʻqituvchilar hamda tinglovchilarning kutubxona va axborot-bibliografik xizmat koʻrsatishni
takomillashtirish orqali tahsil olishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Ayniqsa, malaka
oshirishga kelgan jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislar axborot-resurs markazida
yaratilgan zamon talablari darajasidagi shart-sharoitlardan bevosita foydalangan holda, uning
oʻzida mustaqil bilim olish, oʻz bilimlarini doimiy ravishda yangilash va chuqurlashtirish orqa-
li boshqa tinglovchilar bilan oʻrtoqlashish, ijodkorlikka intilishga harakat qilmoqdalar.
Bunfan tashqari, Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va
malakasini oshirish instituti va uning filiallarida kitobxonlikni rivojlantirish bo‘yicha quyidagi
ishlar amalga oshirilmoqda:
Kitob taqdimotlari–mazkur tadbirlarda yozuvchilar uyushmasi a’zolari, shoir va yozuv-
chilarning yangi nashrdan chiqqan kitoblari bilan professor-o‘qituvchilar hamda malaka oshi-
rishda tahsil olayotgan tinglovchilar tanishtiriladi. So‘nggi marta bunday tadbirda Jismoniy
tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti
Samarqand filialida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, filologiya fanlari nomzodi Ju-
magul Suvonova qatnashdi hamda tadbir davomida uning qalamiga mansub “Oq va Qora” deb
nomlangan yangi kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
“Kitobxon” tanlovi – malaka oshirishga kelgan tinglovchilar ya’ni, jismoniy tarbiya va sport
bo‘yicha mutaxassislar (umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim, professional ta’lim muassasala-
rining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari, olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari, sport
turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchi-
lari, trenerlari, tarbiyachilari) ishtirokida tizimli ravishda har oyda o‘tkaziladi.
Amaliyotdan ma’lumki, kitob mutolaasi har qanday shaxsning tarbiyaviy, taʼlimiy, ama-
liy koʻnikmalari va kasbiy kompetentliligini yanada oʻstirishda katta ahamiyatga ega. Kitob
oʻzida rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi ulkan imkoniyatni saqlaydi, oʻquvchini insoniyatning
maʼnaviyat tajribasiga oshno etadi, uning aqlini rivojlantirib, his-tuygʻularini yuksaltiradi.
Adabiyotshunos Safo Matjonov taʼkidlaganidek, “Ilmiy asarlar gʻaflat va jaholatdan qutqarsa,
badiiy asarlar dagʻallik va razolatdan xalos etadi. Unisi ham, bunisi ham kishilarning maʼrifatli,
baxt-saodatli boʻlishi uchun bab-baravar foydali va zarurdir” [3, 37-b].
ADABIYOTLAR:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi
“2020—2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy
dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 781-sonli qarori. https://lex.uz/docs/5160827
Z.Begimqulov, N.Saidmurodova. Axborot-resurs markazi bilan madaniy-ma’rifiy yo‘nalish-
dagi hamkorlik-istiqboldagi ulkan natijalar garovi. Jismoniy tarbiya va sport jurnali – 2024,
№1.- B.25-27.
Матжонов С. Мактабда адабиётдан мустақил ишлар (ўқитувчи учун методик қўл-
“YOSH AVLODDA KITOBXONLIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING ISTIQBOLLI TAJRIBALARI” MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA KONFERENSIYA
MATERIALLAR TOʻPLAMI
364
ланма.). – Т.: “Ўқитувчи”, 1996. -208 б.
Сафарова Д.С. Китобхонлик маданиятини шакллантириш орқали ўқувчи-ёшларни
турли ёт ғоялар таъсиридан ҳимоя қилиш. Замонавий таълим журнали – 2017, №6.-
Б.37-42.
