Prospects for using electronic resources in the educational process

Abstract

This article describes the features of computer science programs, resources, and innovative methods for mastering databases of disciplines. Simplifying the process of mastering disciplines and their databases, and consolidating the process of understanding their resources is one of the main issues of today. Therefore, this article describes the useful features of electronic resources.

Source type: Journals
Years of coverage from 2020
inLibrary
Google Scholar
CC BY f
340-345
9

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Narziyeva, N., & Nabiev, F. (2025). Prospects for using electronic resources in the educational process. in Library, 1(1), 340–345. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/104430
Nargiza Narziyeva, Samarkand State University of Veterinary Medicine, Livestock and Biotechnologies

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, Ijtimoiy gumanitar fanlar va sport kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari falsafa doktori, dotsent

Feruz Nabiev, Samarkand State University of Veterinary Medicine
mustaqil izlanuvchisi
0
Citations
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article describes the features of computer science programs, resources, and innovative methods for mastering databases of disciplines. Simplifying the process of mastering disciplines and their databases, and consolidating the process of understanding their resources is one of the main issues of today. Therefore, this article describes the useful features of electronic resources.


background image

SAMARKAND STATE UNIVERSITY

OF VETERINARY MEDICINE, LIVESTOCK AND BIOTECHNOLOGIES

“CURRENT PROBLEMS OF SOCIAL AND HUMANITARIAN SCIENCES AND PROSPECTS FOR

THE DEVELOPMENT OF THE FIELD OF PHYSICAL EDUCATION AND SPORTS”

12 - 13 March 2025

340

TA’LIM JARAYONIDA ELEKTRON RESURSLARDAN

FOYDALANISHNING ISTIQBOLLARI

(Informatika fani misolida)

Ilmiy rahbar:

Pedagogika f.b.f.d, (PhD),dotsent:

N.N.Narziyeva

Nabiyev Feruz Abdumannonovich

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,

chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti

mustaqil izlanuvchisi

tel: +998973988387

nabiyev-feruz1987@gmail.com

Annotatsiya

Ushbu maqolada fanlarga oid ma’lumotlar bazasini o‘zlashtirishda informatika

faniga oid dasturlar,resurslar, innovatsion metodlarning xususiyatlari ko‘rsatib
berilgan. Fanlar va ularning ma’lumotlar bazasini o‘zlashtirish jarayonini
soddalashtirish, ularning resurslarini tushunib olishga oid jarayonni ixchamlashtirish

bugungi kunning asosiy masalalaridan biridir. Shu boisdan mazkur maqolada elektron
resurslarning foydali xususiyatlari bayon qilingan.

Kalit so‘zlar:

Elektron o’quv nashrlari, Multimediali o’rgatuvchi dasturlar, Elektron

darsliklar, Ekspert resurslari, Hisoblash resurslari, Servis resurslari.

Kirish:

Hozirda elektron ta’lim resurslar ta’lim tizimining barcha sohalariga jadal

sur’atlar bilan kirib kelayotganligi, ular imkoniyatidan samarali foydalangan holda
talabalarning o’quv materiallarini mustaqil o’zlashtirish samaradorligini oshirishga
e’tibor berish kerakligini ko’rsatmoqda. Kasb-hunar ta’limida kichik mutaxassislarni
tayyorlashda maxsus fanlarni chuqur o’zlashtirish juda muhim, chunki o’qituvchi o’z
fanini chuqur bilgan, undagi yangiliklarni vaqtida ilg’ay olgan va o’z faoliyatiga ijodiy
yondoshgandagina o’quvchilarni o’z fani bilan qiziqtira oladi va puxta bilim bera oladi.

Asosiy qism:

Rossiya tadqiqotchilari tomonidan 7 ta banddan iborat elektron ta’lim

ashyolari sinfi ishlab chiqilgan. Ushbu klassifikasiyaga muvofiq 33 % o’quv uslubiy,
34 % o’rgatuvchi va faqat 23 % dasturiy elektron ta’lim resurslaridir. Ushbu elektron


background image

SAMARKAND STATE UNIVERSITY

OF VETERINARY MEDICINE, LIVESTOCK AND BIOTECHNOLOGIES

“CURRENT PROBLEMS OF SOCIAL AND HUMANITARIAN SCIENCES AND PROSPECTS FOR

THE DEVELOPMENT OF THE FIELD OF PHYSICAL EDUCATION AND SPORTS”

12 - 13 March 2025

341

resurslar faqat o’qituvchi uchun mo’ljallangan. Qozoqiston tadqiqotchilari elektron
nashrlarni quyidagi toifalarga ajratadilar.
1. Elektron o’quv nashrlari – o’quv dasturiga mos keluvchi turli ma’ruzalar, seminarlar,
laboratoriya ishlari va keys texnologiyalar.
2. Multimediali o’rgatuvchi dasturlar – animasiya va tovushli kuzatuvli o’quv kurslari.
3. Elektron darsliklar – o’qitishni avtomatlashtirishga mo’ljallangan elektron o’quv
nashri.
4. Elektron o’quv qo’llanmalar – fanning alohida bo’limlari, mashqlar yoki masalalar
to’plami, ma’lumotnoma va boshqalar .

Bosma darsliklar mavjudligi tufayli ba’zi o’qituvchilar elektron darslik

atamasini ishlatishni xush ko’rmaydilar – degan fikrlar ham ba’zi ilmiy izlanuvchilar
va mualliflar tomonidan bildirilgan. Ushbu mualliflar “Elektron nashr” atamasini
tavsiya qiladilar. Lekin, “nashriyot” so’zi bosma mahsulotni ishlab chiqarishni nazarda
tutadi. Ma’lum tushunchalarni o’z ichiga oladigan yangi atamalarni ishlatish davr
taqozosidir. Hayot o’zgarishi bilan birga texnologiyalar ham o’zgaradi. Barcha
o’zgarishlarni mantiqan tushunish bilan yondashish lozim. Elektron ta’lim
oluvchilarning mustaqil bilim olishiga to’liq imkoniyatga ega bo’lgan qiziqtiruvchi,
rivojlantiruvchi funksiyalarni amalga oshiruvchi vositalar majmui hisoblanadi.
Elektron ta’lim resurslari (ETR) – bu kompyuter texnologiyalari asosida ishlab
chiqiladigan va amalga oshiriladigan o’qitish vositalarini birlashtiruvchi eng umumiy
atamadir. ETR ning xususiy holati bo’lgan raqamli ta’lim resurslari (RTR) – bu raqamli
texnologiyalar asosida yaratiladigan va amal qiladigan ta’lim resurslaridir. Mazkur
atamalar orasidagi farq prinsipial bo’lib hisoblanadi, chunki raqamli texnologiyalar –
bu bor-yo’g’i axborotni yozib olish va qayta ishlash usulidir. Yozuvlarni raqamli
usuldagi tizimigacha analogli tizim mavjud bo’lgan edi. Hozirgi vaqtda bulardan
boshqa (kvantli, lazerli va h.k.) tizimlar ishlab chiqilmoqda. Shuning uchun elektron
ta’lim resurslari – texnologiyaning bir qismini emas, balki uning butun bir sohasini
tavsiflovchi eng umumiy nomlanishi bo’lib sanaladi. Elektron ta’lim resurslarini
tasniflash va ularning tipologiyasi bo’yicha turli xil – maqsadli belgisi, o’qitish tipi,
metodik maqsadi, funksional maqsadi, didaktik maqsadlari va mashg’ulotlarni tashkil
etish shakli hamda shu kabilar bo’yicha yondashuvlar mavjuddir. Ta’kidlab o’tish


background image

SAMARKAND STATE UNIVERSITY

OF VETERINARY MEDICINE, LIVESTOCK AND BIOTECHNOLOGIES

“CURRENT PROBLEMS OF SOCIAL AND HUMANITARIAN SCIENCES AND PROSPECTS FOR

THE DEVELOPMENT OF THE FIELD OF PHYSICAL EDUCATION AND SPORTS”

12 - 13 March 2025

342

joizki, bu tarzdagi tasniflashlar yetarlicha shartli xususiyatga ega bo’lib, ular
texnologiyalarning turli xil sinflarida o’zaro kesishishlari ham mumkin. Funksional
maqsadlari bo’yicha elektron resurslarining tasnifiga to’xtalamiz.
Namoyish etuvchi resurslar – ular o’rganiladigan obyektlar, hodisalar, jarayonlarni
vizuallashtirishga imkon beradi, istalgan ta’lim axborotlarini to’liq holda yaqqol
tasvirlashni ta’minlaydi.
Treningli resurslar – ular turli xildagi malaka va ko’nikmalarni hosil qilish, o’tilgan
mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun mo’ljallanadi.
Diagnostikalovchi va testdan o’tkazuvchi resurslar – bular o’quvchining bilimlari,
mahorati, ko’nikmalarini baholaydi, o’qitilganlik darajasini, shaxsiy sifatlarning
shakllanganligini, intellektual rivojlanish darajasini belgilaydi.

Nazorat qiluvchi resurslar – o’qitish natijalarini nazorat (o’z-o’zini nazorat) qilish
jarayonlarini, o’quv materialini egallaganlik darajasi belgilanishini avtomatlashtiradi.
Ekspert resurslari – bular o’quv jarayoni borishini boshqaradi, foydalanuvchi va
o’qitish tizimi o’rtasida o’quv vazifalarini bajarishda muloqotni tashkil etadi.
Kommunikativ resurslar – bular lokal va global tarmoqlarda istalgan axborotni olish
imkoniyatini, o’quv jarayoni subyektlarini uzoq masofalardan turib interaktiv o’zaro
aloqasini ta’minlaydi.
Hisoblash resurslari – ko’rib chiqilayotgan jarayonlar va hodisalardagi o’quv
tajribalari, hisob-kitoblar, o’lchovlarni qayta ishlash jarayonini avtomatlashtiradi.
Servis resurslari – bular foydalanuvchining kompyuterda ishlash qulayligi va
xavfsizligini ta’minlaydi.
Hordiq chiqarish resurslari – bular o’quvchilarning shaxsiy rivojlanishi va
tarbiyalanishi maqsadlarida dam olish vaqtini tashkil etish, sinfdan tashqari ishlash
uchun kompyuter kommunikasiyasi vositalari va kompyuter o’yinlaridir [24].

Hozirgi vaqtda o’quv jarayonini tashkil etish uchun kompyuterli dastakli

vositalar faol ishlab chiqilmoqda. Ko’plab o’quv fanlari bo’yicha elektron darsliklar va
mustaqil o’rganish dasturlari yaratilmoqda. Mana shunday manbalarga qiziqishning
ortib borishi multimedia texnologiyalarini paydo bo’lishi, shuningdek, Internet
tarmog’i va kommunikasiya vositalarini rivojlanishi bilan bog’liqdir. Biroq, elektron
o’qitish resurslarini, ayniqsa, ularni Internet texnologiyalari asosida yaratish murakkab


background image

SAMARKAND STATE UNIVERSITY

OF VETERINARY MEDICINE, LIVESTOCK AND BIOTECHNOLOGIES

“CURRENT PROBLEMS OF SOCIAL AND HUMANITARIAN SCIENCES AND PROSPECTS FOR

THE DEVELOPMENT OF THE FIELD OF PHYSICAL EDUCATION AND SPORTS”

12 - 13 March 2025

343

texnologik va metodik masalani o’rtaga tashlaydi. Bunda elektron o’qitish resurslarini
ishlab chiqishdagi juda katta mehnat sarflari ko’pincha ularning tezda eskirib qolishi
sababli o’rni qoplanmay qoladi. Lekin shunga qaramay, kompyuterli o’quv-metodik
materiallar industriyasi ularga talabning kuchliligi va ijtimoiy ahamiyati kattaligi
sababli tobora kengayib bormoqda.
Maxsus fanlarni o’qitishda ETR lardan foydalanish kasb-hunar ta’limi tizimida
masofaviy o’qitishning deyarli barcha muammolarini to’liq hal qilishga, modullilik,
interfaollik

hamda variativli

kabi tavsiflar

hisobiga

psixologik-pedagogik

xususiyatdagi muammolarni va metodik ta’minlash muammolarini ham sezilarli
ravishda muvaffaqiyatli hal qilishi mumkin.

Xulosa:

o’qituvchi tomonidan nafaqat o’quv fani mazmunini o’zlashtirish masalalarini

hal qiluvchi ta’lim texnologiyalarini (loyihaviy, tadqiqotchilik, refleksiv o’qitish,
tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, axborot-kommunikativ texnologiyalarni), balki
o’quvchilarda kompetentlilikning paydo bo’lishiga ham yordam beruvchi
texnologiyalarni ham tanlab olish. ETR nafaqat turli xildagi ta’lim texnologiyalarining
qo’llanilishini, balki an’anaviy reproduktiv texnologiyalarni qo’llash mumkin bo’lmay
qoladigan va metodik jihatdan asossiz bo’lib qoladigan vaziyatni ham keltirib
chiqaradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.Balanskat A., Engelhardt K. Computing our future: Computer programming and
coding-Priorities, school curricula and initiatives across Europe. – European
Schoolnet, 2014. 45 с.
2.Ваныкина Галина Владиславовна, Сундукова Татьяна Олеговна .Зарубежный
опыт внедрения компьютерного мышления и информатики в непрерывное
школьное образование. Новости кафедры ТМОМИ. Статья опубликована в
рамках:

Международной

научно-практической

интернет-конференции

«Актуальные проблемы методики обучения информатике и математике в
современной школе» (Россия, г.Москва, МПГУ, 22 — 26 апреля 2019г.)
3.Gal-Ezer J., Stephenson C. A tale of two countries: Successes and challenges in K-
12 computer science education in Israel and the United States //ACM Transactions on
Computing Education (TOCE), 2014. Т. 14. №. 2. С. 1-18.


background image

SAMARKAND STATE UNIVERSITY

OF VETERINARY MEDICINE, LIVESTOCK AND BIOTECHNOLOGIES

“CURRENT PROBLEMS OF SOCIAL AND HUMANITARIAN SCIENCES AND PROSPECTS FOR

THE DEVELOPMENT OF THE FIELD OF PHYSICAL EDUCATION AND SPORTS”

12 - 13 March 2025

344

4.Falkner K., Vivian R., Falkner N. The Australian digital technologies curriculum:
challenge and opportunity Proceedings of the Sixteenth Australasian Computing
Education Conference-Volume 148. Australian Computer Society, Inc., 2014. С. 3-12.
5.Perusopetuksen opetussuunnitelman perusteet 2014. Finnish National Board of
Education,

2014.

URL:

http://www.oph.fi/download/163777_perusopetuksen_

opetussuunnitelman_ perusteet_2014.pdf (дата обращения: 08.04.2019).

изамов Ғ. М. Используя информационно-коммуникационные технологии,
человек способен уравнивать местоимения с помощью предложений //Conference
Zone. – 2023. – С. 67-69.

izamov G. M. Improving the professional competenceofstudents in the specialty by
teachingforeignlanguages //Научные исследования и общественные проблемы. –
2023. – Т. 1. – №. 1. – С. 148-150.

изамов Ғ. М., Турсунова М., Мамаражабов С. М. Олий таълим муассасаларида
касбий коммуникатив омилкорликни шакллантириш натижасида экспериментал
гуруҳда касбий коммуникатив омилкорликнинг ривожлантириш босқичлари

tion and researches. – 2024. – Т. 2. – С. 24.

изамов Ғ. М., Тагаева З. С., Мамаражабов С. М. Ахборот-коммуникация
технологиялари воситасида чет тилини ўрганиш жараёнида аграномия
мутахассислиги

талабаларининг

касбий коммуникатив

омилкорлигини

шакллантириш воситалари //Agrobiotexnologiya va veterinariya tibbiyoti ilmiy
jurnali. – 2022. – С. 992-995.

изамов Ғ. М., Холмирзаева З. О., Мамаражабов С. М. Олий таълим
муассасаларида чет тилини ўқитиш жараёнида номутахассис таълим йўналиши
талабаларининг касбий коммуникатив омилкорлигини шакллантириш услублари
//Agrobiotexnologiya va veterinariya tibbiyoti ilmiy jurnali. – 2022. – С. 988-991.

izamov G. M. Methods of forming the professional communicative facility of the
students of the field of education in the process of teaching a foreign language in higher
education institutions //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research
Journal. – 2022. – Т. 12. – №. 10. – С. 165-167.


background image

SAMARKAND STATE UNIVERSITY

OF VETERINARY MEDICINE, LIVESTOCK AND BIOTECHNOLOGIES

“CURRENT PROBLEMS OF SOCIAL AND HUMANITARIAN SCIENCES AND PROSPECTS FOR

THE DEVELOPMENT OF THE FIELD OF PHYSICAL EDUCATION AND SPORTS”

12 - 13 March 2025

345

8.

Nizamov G. M. Important factors and efficiency of using communicative

methodology in the process of teaching a foreign language, together with the criteria
of professional communicative effectiveness //Conference Zone. – 2022. – С. 155-159.

9.

Nizamov G. M. Important principles of foreign language learning training

systems in the development of students’ professional communicative competences
//Asian Journal of Multidimensional Research. – 2022. – Т. 11. – №. 10. – С. 111-113.

References

l.Balanskat A., Engelhardt K. Computing our future: Computer programming and coding-Priorities, school curricula and initiatives across Europe. - European Schoolnet, 2014. 45 c.

Ваныкина Галина Владиславовна, Сундукова Татьяна Олеговна .Зарубежный опыт внедрения компьютерного мышления и информатики в непрерывное школьное образование. Новости кафедры ТМОМИ. Статья опубликована в рамках: Международной научно-практической интернет-конференции «Актуальные проблемы методики обучения информатике и математике в современной школе» (Россия, г.Москва, МИГУ, 22 — 26 апреля 2019г.)

Gal-Ezer J., Stephenson С. A tale of two countries: Successes and challenges in K-12 computer science education in Israel and the United States //ACM Transactions on Computing Education (TOCE), 2014. T. 14. №. 2. C. 1-18. |

Falkncr К., Vivian R., Falkner N. The Australian digital technologies curriculum: challenge and opportunity Proceedings of the Sixteenth Australasian Computing Education Conference-Volume 148. Australian Computer Society, Inc., 2014. C. 3-12.

Perusopetuksen opetussuunnitelman perusteet 2014. Finnish National Board of Education, 2014. URL: http://www.oph.fi/download/163777_pcrusopctuksen opetussuunnitelman pcrustcct_2014.pdf (дата обращения: 08.04.2019).

Изамов Ғ. М. Используя информационно-коммуникационные технологии, человек способен уравнивать местоимения с помощью предложений //Conference Zone. – 2023. – С. 67-69.

Izamov G. M. Improving the professional competenceofstudents in the specialty by teachingforeignlanguages //Научные исследования и общественные проблемы. – 2023. – Т. 1. – №. 1. – С. 148-150.

Изамов Ғ. М., Турсунова М., Мамаражабов С. М. Олий таълим муассасаларида касбий коммуникатив омилкорликни шакллантириш натижасида экспериментал гуруҳда касбий коммуникатив омилкорликнинг ривожлантириш босқичлари

Изамов Ғ. М., Тагаева З. С., Мамаражабов С. М. Ахборот-коммуникация технологиялари воситасида чет тилини ўрганиш жараёнида аграномия мутахассислиги талабаларининг касбий коммуникатив омилкорлигини шакллантириш воситалари //Agrobiotexnologiya va veterinariya tibbiyoti ilmiy jurnali. – 2022. – С. 992-995.

Изамов Ғ. М., Холмирзаева З. О., Мамаражабов С. М. Олий таълим муассасаларида чет тилини ўқитиш жараёнида номутахассис таълим йўналиши талабаларининг касбий коммуникатив омилкорлигини шакллантириш услублари //Agrobiotexnologiya va veterinariya tibbiyoti ilmiy jurnali. – 2022. – С. 988-991.

Izamov G. M. Methods of forming the professional communicative facility of the students of the field of education in the process of teaching a foreign language in higher education institutions //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. – 2022. – Т. 12. – №. 10. – С. 165-167.

Nizamov G. M. Important factors and efficiency of using communicative methodology in the process of teaching a foreign language, together with the criteria of professional communicative effectiveness //Conference Zone. – 2022. – С. 155-159.

Nizamov G. M. Important principles of foreign language learning training systems in the development of students’ professional communicative competences //Asian Journal of Multidimensional Research. – 2022. – Т. 11. – №. 10. – С. 111-113.