2025
№02
216
МЕДИЦИНСКИЙ ЖУРНАЛ УЗБЕКИСТАНА
MEDICAL JOURNAL OF UZBEKISTAN
7.
World Health Organization. Emergency use ICD codes for COVID-19 disease outbreak.
Accessed May, 10, 2021. https://www.who.int/standards/classifications/ classification-of-
diseases/emergency-use-icdcodes-for- covid-19-disease-outbreak
8.
World Health Organization. Multisystem inflammatory syndrome in children and adolescents
temporally related to COVID-19. Scientific Brief. 15 May 2020. Accessed May, 10, 2021.
https://www.who.
int/news-room/commentaries/detail/multisystem-
inflammatory-
syndrome-in-children-and-adolescents- with-covid-19
ОБЗОРНЫЕ СТАТЬИ
УДК: 61-611.018.74-618.177-577.1
Gialuronan euploid embrion transferida implantatsiya potentsialini oshirish
omili sifatida: zamonaviy ma'lumotlarni ko'rib chiqish.
Xalilova Kamola Oybekovna
-
O'zbekiston Milliy universiteti Genetika kafedrasi mustaqil
izlanuvchisi, Izroil inson reproduktsiyasi va oila salomatligi tibbiyot markazi embriologi.
Boboyev Sayfulla G'afurovich
- O'zbekiston Milliy universiteti Genetika kafedrasi mudiri,
DcS, professor.
Abduraхmanova Sitora Ibragimovna
- Toshkent davlat stomatologiya instituti
Akusherlik va ginekologiya kafedrasi dotsenti, PhD, Izroil inson reproduktsiyasi va oila
salomatligi tibbiyot markazi reproduktologi.
Annotatsiya
. Ginekologiyaning ajralmas qismi bo`lgan reproduktologiya sohasida
yordamchi reproduktiv texnologiyalar (YRT) faoliyati yutuqlarini oshirish uchun bepushtlikdan
aziyat chekkan bemorlarda embrionlarni ko`chirib o`tqazishda tarkibida gialuron kislotasi
tutgan adgeziv birikmalardan foydalaniladi. Embrionlarni implantatsiyasi ehtimolini oshirish
uchun embrion ko'chirish jarayonida adgeziv birikma qo'shilgan muhitdan foydalanish
homiladorlikka erishish va natijada farzand tug'ilishi ehtimolini oshiradi. Preimplantatsion
genetik testlash (PGT-A) yordamchi reproduktiv texnologiyalar (YRT) sohasidagi eng muhim
yutuqlardan biridir. Ushbu usul yordamida embrion bachadonga ko‘chirilishidan oldin
xromosomal anomaliyalar aniqlanadi, bu esa implantatsiya muvaffaqiyatsizligi, homila tushishi
xavfini kamaytiradi va EKO samaradorligini oshiradi.
Kalit so'zlar
: yordamchi reproduktiv texnologiyalar, tarkibida gialuron kislotasi bo'lgan
muhit, embrion transferi, PGT-A.
Аннотация
. В области репродукции, которая является неотъемлемой частью
гинекологии, адгезивные соединения, содержащие гиалуроновую кислоту, используются
при трансплантации эмбрионов пациентам, страдающим бесплодием, с целью
повышения эффективности вспомогательных репродуктивных технологий (ЗТТ).
Использование среды с добавлением адгезивного соединения во время переноса
эмбриона для увеличения вероятности имплантации эмбрионов увеличивает
вероятность наступления беременности и, как следствие, рождения ребенка.
Преимплантационное генетическое тестирование (PGT-A) является одним из наиболее
важных достижений в области вспомогательных репродуктивных технологий (ВРТ). С
2025
№
02
217
помощью этого метода выявляются хромосомные аномалии до того, как эмбрион будет
перенесен в матку, что снижает риск отказа имплантата, выкидыша и повышает
эффективность ЭКО.
Ключевые слова
: вспомогательные репродуктивные технологии, среда,
содержащая гиалуроновую кислоту, перенос эмбрионов, PGT-A.
Annotation
. In the field of reproduction, which is an integral part of gynecology, adhesive
compounds containing hyaluronic acid are used in embryo transplantation to infertile patients
in order to increase the effectiveness of assisted reproductive technologies (HRT). The use of an
adhesive compound during embryo transfer to increase the likelihood of embryo implantation
increases the likelihood of pregnancy and, as a result, the birth of a child. Preimplantation genetic
testing (PGT-A) is one of the most important advances in the field of assisted reproductive
technologies (IVF). With this method, chromosomal abnormalities are detected before the
embryo is transplanted into the uterus, which reduces the risk of implantation failure,
miscarriage, and increases eco efficiency.
Keywords
: assisted reproductive technologies, environment containing hyaluronic acid,
embryo transfer, PGT-A.
Kirish.
Yordamchi reproduktiv texnologiyalar (YRT) bepushtlikni davolashda eng samarali
usullardan biri hisoblanadi. In vitro urug‘lantirish (IVF) jarayonida embrion transferi eng muhim
bosqichlardan biri bo‘lib, uning muvaffaqiyati ko‘plab omillarga bog‘liq. Embrionning
endometriyga birikishi (implantatsiyasi) uchun optimal muhit yaratish zarur.
So‘nggi yillarda ilmiy adabiyotlarda gigaluron kislotasi (GK) mavjud bo‘lgan transfer
muhitlari implantatsiya va homiladorlik ko‘rsatkichlarini yaxshilashi mumkinligi haqida ko‘plab
tadqiqotlar e’lon qilinmoqda. Bu muhitlar, xususan, EmbryoGlue, transferdan avval va transfer
vaqtida embrion atrofida fiziologik sharoitni takrorlashga xizmat qiladi.
Ushbu maqolada gigaluron kislotasi mavjud bo‘lgan transfer muhitlarining biologik
asoslari, klinik afzalliklari va ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida embrion implantatsiyasiga
ta’siri yoritiladi.
Mavzuning dolzarbligi
.
Oxirgi yillarda O`zbekistonda bepushtlikni davolashda yordamchi reproduktiv
texnologiyalardan (YRT) foydalanish va bu usullarning rivojlanishi juda tez sur'atlarda
kechyapti va bu reproduktologiya yo`nalishi ginekologiyaning ajralmas qismiga aylandi.
Agar YRT (EKU+ISU) protokollarining 30% hollarda ijobiy natija, ya`ni homiladorlik bilan
tugasa, reproduktiv texnologiyalar klinikasining ishi muvaffaqiyatli deb topilishi mumkin.
Bunday baholash butun jahon global statistikaga asoslangan bo`lib, unga asosan YRT davolash
chora tadbirlari zamonaviy uskunalardan foydalangan holda, ishlab chiqilgan optimal
standartlar va protokollarga muvofiq amalga oshirilgan taqdirda ham 25-35 foizi hollardagina
homiladorlikka olib keladi. Homiladorlikni oldini oladigan patologiyalar qanchalik murakkab
bo'lsa, hamda protokol ishtirokchilarining yoshi qanchalik yuqori bo'lsa, birinchi protokoldan
homilador bo'lish ehtimoli shunchalik past bo'ladi.
Ovulyatsiyani rag'batlantirishning yangi, samarador usullarini ishlab chiqish [1, 2],
urug'lantirish, embrionlarni yetishtirish [3] va uning sifatini baholash [4-6], shuningdek,
preimplantatsion genetik texnologiyalarini [7-9] joriy etish nafaqat YRT dasturlarining
samaradorligini oshirishga, balki ularni bemorlar uchun yanada qulayroq qilish imkonini berdi.
Ko'pgina kultural muhitlar inson embrionining rivojlanishini optimallashtirish uchun ishlab
chiqilgan bo`lsada, ammo bachadonga ko'chirishga yoki endometriy qavqti bilan o'zaro ta'sir
qilish (mos kelishi) uchun mo'ljallanmagan [8]. Yuqoridagi muhokamalarga qaramasdan, YRT
2025
№02
218
МЕДИЦИНСКИЙ ЖУРНАЛ УЗБЕКИСТАНА
MEDICAL JOURNAL OF UZBEKISTAN
dasturlarining samaradorligi bugungi kunda baribir nisbatan past bo'lib qolmoqda. Bugungi
kunga qadar bir nechta muvaffaqiyatsiz YRT urinishlarini boshidan o`tqazgan bemorlarni keying
dasturlarda olib boorish va boshqarish aniq taktikasi ishlab chiqilmagan [2-4]. Afsuski,
zamonaviy tadqiqotlar bu savolga aniq javob bera olmaydi. YRT dasturidan keyin
homiladorlikka erishmaslik turli sabablarini aniqlagan ko'plab tadqiqotlar o'tkazilgan bo`lsada,
baribir YRT bemorlar uchun hali ham lotereya bo'lib qolib, unda g'olib va yutqazganlar bor [5].
Yuqori sifatli genetik tekshirilgan sog`lom euploid embrion implantatsiyasining
muvaffaqiyatsiz bo'lishining bir qancha sabablari bor. Ulardan biri embrion va endometriy
qavati o'rtasida yopishqoq asgeziv matritsa hosil bo'lishining yo'qligi [10].
Embrion tranferi o`zi nima - bu in vitro urug‘lantirish (IVF) yoki boshqa yordamchi
reproduktiv texnologiyalardan so‘ng, laboratoriyada olingan embrion(lar)ni ayolning
bachadoniga joylashtirish (ko‘chirish) jarayonidir. Bu bosqich YRT siklining yakuniy va eng
muhim qismlaridan biridir.
Transfer vaqti. Embrionlar quyidagi bosqichlarda ko‘chirilishi mumkin:
• 2–3 kunlik (kearly cleavage bosqichi) – 4–8 hujayrali embrionlar;
• 5–6 kunlik (blastotsist bosqichi) – bu bosqichda embrionning implantatsiya qobiliyati
yuqoriroq bo‘ladi va odatda aynan shu bosqichda ko‘chirish tavsiya etiladi.
Embrion transferiga tayyorgarlik
Ayol tanasi embrion qabul qilishga tayyor bo‘lishi kerak. Endometriy (bachadon ichki
qavati) quyidagicha tayyorlanadi:
• Tabiiy sikl asosida (ovulyatsiya kuzatiladi);
• Gormonal tayyorlov (estrogen va progesteron bilan) — ayniqsa muzlatilgan embrion
transferida keng qo‘llaniladi.
Transfer qilish jarayoni qanday amalga oshiriladi?
1. Embrionlar laboratoriyadan olinadi va transferga tayyorlanadi.
2. Maxsus kateter yordamida embrion bachadonga yuboriladi.
3. Jarayon ultratovush nazorati ostida og‘riqsiz va qisqa (odatda 5–10 daqiqa) davom
etadi.
4. Ayol 15–30 daqiqa dam oladi, keyin uyga yuboriladi.
Nechta embrion ko‘chiriladi?
• Yagona embrion transferi (eSET) — yosh, yaxshi prognozli bemorlarda tavsiya etiladi,
bitta embrion ko`chirib o`tkazish hozirgi kunda protokollarda hujjatlashtirilmoqda;
• Ikki yoki undan ortiq embrion — ayrim hollarda, ayniqsa oldingi urinishlar
muvaffaqiyatsiz bo‘lganida, qo‘llaniladi degan ma`lumotlar adabiyotlarda va amaliyotda mavjud,
ammo bu usulning o`ziga xos asoratlari mavjud, ya`ni ko‘p homilalik xavfi oshadi, shuning uchun
optimal strategiya eSET hisoblanadi.
Homiladorlik tekshiruvi transferdan 10–14 kun o‘tib qon orqali beta-XGCh (hCG)
aniqlanadi — bu homiladorlikni tasdiqlovchi eng ishonchli testdir. Agar test ijobiy bo‘lsa, keyingi
haftalarda ultratovush tekshiruvlari bilan homiladorlik tasdiqlanilishi lozim.
Muvaffaqiyatga ta’sir etuvchi omillar
• Ayolning yoshi;
• Embrion sifati (euploid yoki aneuploid holat);
• Endometriy holati;
• Qonuniy davolash rejasi va progesteron darajalari;
• Oldingi IVF tajribalari va umumiy sog‘liq holati.
Implantatsiya jarayoniga to`sqinlik qiluvchi boshqa bir qancha sabablar ham bo'lishi
mumkin:
* Endometriyning sifatining yomonligi. Embrionning endometriy qavatiga muvaffaqiyatli
implantatsiyasi uchun endometriyning strukturaviy jihatdan normal tuzilishi va uning normal
2025
№
02
219
hajmi talab qilinadi. Bachadon bo'shlig'idagi chandiqli jarayonlar, poliplar va boshqa
patologiyalar, endometriydagi sust kechuvchi yallig'lanish jarayoni – ya`ni surunkali endometrit,
adenomioz kabi kasalliklar implantatsiya jarayoniga to'sqinlik qilishi mumkin.
* Bachadon fallopiy naylarida yallig'lanish jarayonlari. Naylardagi yallig'lanish
implantatsiya qilishi kerak bo`lgan embrionga toksik ta'sir ko'rsatadi va homiladorlik sodir
bo'lsa ham, odatda toksinlar ta'siri ostida embrionning o'limi dastlabki bosqichlarda sodir
bo'ladi.
* Genetik sabablar. Xromosoma anomaliyalari tuxum hujayraning normal bo'linishiga
to'sqinlik qiladi, bu esa bachadonda embrionning rivojlanishini imkonsiz qiladi.
* Gormonal muvozanatning buzilishi. Bu embrionning implantatsiyaga va bachadon
ichida rivojlanishiga to`sqinlik qiladi, nihoyat embrion o'lishiga olib kelishi mumkin.
* Kech reproduktiv yoshdagi juftliklar. 40 yoshdan keyin ayolning unumdorligi keskin
pasayadi.
Yetishtiruvchi muhitlarga oqsil komponentlarini qo'shish YRT dasturlarida inson
embrionlarini yetishtirish uchun keng qo'llaniladi [11]. Ko'pincha bu maqsadda inson qon
zardobidagi (tozalangan yoki rekombinant) albumin ishlatiladi, u ayollarning reproduktiv
traktida energiya manbai va vitaminlar, gormonlar va boshqa ba'zi omillar ombori sifatida
mavjud bo'lib, osmotik bosimni tartibga solishda ishtirok etadi [1, 2]. Embrionni o'stirishda
albumin qo'shilishi kultural muhitlarning adgeziv xususiyatini oshiradi va embrionning muhit
joylashgan plastic idishga yopishishini oldini oladi, bu esa embrion bilan ishlashni osonlashtiradi
[1, 2]. Boshqa tomondan, embrionni yetishtirishda albuminni oqsil manbai sifatida ishlatish bir
qator tashvishlarni keltirib chiqaradi, ularning asosiylari albuminning turli partiyalari
o'rtasidagi o'zgarish va virusli infektsiyalarni yuqtirish xavfi bilan bog'liq [1-3]. Shu munosabat
bilan bu muhitlarga nisbatan alternativa sifatida boshqa makromolekulalarni izlash dolzarb
muamodir.
Ko'pgina kultural muhitlar inson embrionining rivojlanishini optimallashtirish uchun
ishlab chiqilgan bo`lib, lekin bachadonda ko'chirish va endometriy bilan o'zaro ta'sir qilish
uchun mo'ljallanmagan. Embryoglue innovatsion embrion ko'chirish muhiti implantatsiyani
stimulyatsiya qiluvchi omil – gialuron kislotasi va rekombinant inson albuminini o'z ichiga oladi.
EmbryoGlue muhitini birinchi marta professor Devid Gardner va uning jamoasi tadqiqotlar
asosida ishlab chiqishgan Vitrolife muhitlarining G seriyasiga kiradi [5-7].
EmbryoGluening asosiy komponentlari quyidagilardan iborat:
• Gigaluron kislotasi (0.5 mg/ml atrofida);
• Rekombinant albumin;
• Optimal ion tarkibi va pH;
• Energiya manbalari (glukoza, piruvat, laktat).
Ushbu muhit embrionni transfer qilishdan oldin 2–3 soat davomida inkubatsiya qilish
uchun ishlatiladi. Gigaluron kislotaning viskozligi va biologik faolligi embrionni endometriyga
yaqinlashtirishga yordam beradi, ya’ni “biologik ko‘prik” rolini o‘ynaydi.
G seriyasining madaniy-kultural muhitlari optimal ion tarkibiga ega: seriyadagi barcha
muhitlarning osmolyarligi va pH qiymati bir xil. EmbryoGlue klinik amaliyotda 2003 yildan beri
qo'llanilib kelinmoqda va embrionlarni ko'chirish uchun eng optimal, isbotlangan va
hujjatlashtirilgan muhit hisoblanadi. Implantatsiya darajasi va tug'ilish darajasining oshishi ham
isbotlangan.
Rekombinant albuminning ahamiyati: inson rekombinant albumini (RHA) HSA yoki
boshqa oqsil qo'shimchalariga nisbatan bir nechta afzalliklarga ega. Zardobdan ajratilgan inson
albumini tabiatan geterogen bo'lib, embrion rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan
moddalarni o'z ichiga olishi mumkin. Rekombinant albumin sintetik ravishda ishlab
chiqarilganligi sababli, u qon bilan bog'liq vositalarni (masalan, gormonlar, prionlar) o'z ichiga
2025
№02
220
МЕДИЦИНСКИЙ ЖУРНАЛ УЗБЕКИСТАНА
MEDICAL JOURNAL OF UZBEKISTAN
olmaydi. Shuningdek, rekombinant albumin yanada barqaror mahsulot bo'lib, partiyadan
partiyaga farqlar minimallashtiriladi [8-10]. Bundan tashqari, Lane va hammualliflari sitrat va
rekombinant inson albumin ishtirokida o'stirilganda qoramollarda sezilarli darajada kengaygan
blastotsistlar hosil bo'lishini ko'rsatishgan. Ushbu blastotsistlar hujayra ichidagi massa va
trofektodermada ham sezilarli darajada ko'proq hujayralarga ega edi. Ushbu madaniy muhitga
gialuronan qo'shilishi blastotsist rivojlanishining yanada yuqori ko'rsatkichlariga olib keldi. Bu
RHA bilan etishtirish va ko'chirish nafaqat xavfsizroq variant, balki samarali ekanligini
isbotlaydi.
Gialuron kislotasining o`rni.
Gialuron kislotasi tabiatan odatda tananing turli to'qimalarida mavjud bo`lib, shu
jumladan bachadon endometriy qavati implantatsiyaga tayyor bo'lganda faol sintezlanadi.
Gialuron kislotasi endometriy bilan embrion o'rtasidagi bog'lovchi vositaga aylanib yelim
vazifasini bajaradi va embrionni bachadon devoriga ishonchli mahkamlashni ta'minlaydi. Bu
bachadon devori ishlab chiqaradigan konsistentsiyaga yaqin bo'lgan yopishqoq suyuqlikdir.
Mana shu tabiiy sharoitda kechadigan jarayonga xos ravishda muhit tarkibidagi gialuron
kislotasi embrion va endometriy o'rtasidagi bog'lovchiga vositaga aylanadi yelim vazifasini
bajaradi, natijada embrion bachadon devoriga ishonchli mahkamlashni ta'minlaydi. Gialuron
moddasi miqdori yuqori bo'lgan embrion ko'chirish muhitining muhim xususiyati uning yuqori
yopishqoqligidir. Bu esa embrionlarni ko'chirish jarayonida manipulyatsiya qilish va ularning
keyingi siljishini kamaytirishga imkon beradi.
Birinchilardan bo'lib 1999 yilda Gardner va hammualliflari embrionlarning rivojlanishi
va hayotiyligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadigan makromolekulalarni o'rganishdi. Ular o`z
tadqiqotlarida gialuron kislotasi nafaqat embrion rivojlanishni qo'llab-quvvatlashini, balki
albumin bilan birgalikda embrion implantatsiyasini yaxshilashini isbotlashdi. Embrionlarni
ko`chirib o'tkazish uchun ishlatiladigan muhitda gialuronanning mavjudligi davolanish
muvaffaqiyatini sezilarli darajada oshirishi aniqlandi. Gialuron kislotasi glikozaminoglikan va
embrion rivojlanishi va implantatsiyasining asosiy molekulasidir [7, 8, 9]. Bachadondagi
gialuron kislotasi darajasi dinamik ravishda o'zgaradi va implantatsiya kunida sezilarli darajada
oshadi. Ushbu birikma g-seriyali embrion madaniy muhitida mavjud bo'lsa-da, gialuron
kislotasini o'z ichiga olgan muhitda implantatsiya paytida bachadondagi darajaga mos keladigan
gialuron kislotasi kontsentratsiyasi yuqori bo'ladi.
Tarkibida gialuron kislotasi tutgan vositalardan, ayniqsa, 35 yoshdan oshgan juftliklarda,
embrionlar o'rtacha embriologik baholangan, bir nechta muvaffaqiyatsiz YRT urinishlari
bo'lgan, takroriy spontan abortlar, embrion krio-ko`chirishlarda, shuningdek bepushtlikning
idiopatik holatlari bo`lgan bemorlarda ishlatish samarali bo'ladi.
Implantatsiya darajasini yaxshilaydigan gialuron kislotasining bir nechta ta'sir
mexanizmlari mavjud. Gialuron kislotasi transfer muhiti va bachadonning yopishqoq
sekretsiyasi o'rtasida diffuziya jarayoniga yordam berishi ko'rsatilgan. Shuningdek, gialuron
kislotasi - hujayralararo adgeziyaning muhim omilidir, bu uning yanada faol ta'sirini ko'rsatadi.
Aslida, gialuron kislotasi embrionda ham, endometriy qavatida ham mavjud bo'lgan CD44
retseptorini bog'laydi. Ushbu retseptor vositachiligidagi bog'lanish implantatsiya jarayonida
asosiy funktsiya sifatida hujjatlashtirilgan [4, 16, 17].
Klinik tadqiqotlar va dalillar
Ko‘plab klinik tadqiqotlar gigaluron kislotali muhitlardan foydalanish IVF sikllarining
muvaffaqiyatini oshirishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.
1. Implantatsiya ko‘rsatkichlari
• 2020-yildagi metaanalizda, EmbryoGlue® qo‘llanilgan guruhda implantatsiya
ko‘rsatkichi 20–25% dan 30–35% gacha oshgani qayd etilgan.
2025
№
02
221
• Ayniqsa, takroriy IVF muvaffaqiyatsizligi (RIF) bo‘lgan bemorlarda sezilarli farq
kuzatilgan.
2. Klinik homiladorlik ko‘rsatkichlari
• 2019-yilgi tasodifiy nazoratli tadqiqot (RCT)da, gigaluron kislotali muhitdan
foydalangan guruhda homiladorlik ko‘rsatkichi 39%, nazorat guruhida esa 29% bo‘lgan.
• Transfer muhitining o‘zgartirilishi embrion sifatiga ta’sir qilmaydi, ammo endometriyga
birikishni yaxshilaydi.
3. Yoshi katta ayollar va mozaik embrionlar
• 38 yoshdan katta bemorlarda gigaluron kislotali muhitdan foydalanganda homiladorlik
ehtimoli oshganligi kuzatilgan.
• PGT-A’dan o‘tgan mozaik embrionlar bilan transferda ham ijobiy natijalar qayd etilgan.
4. Tug‘ilish ko‘rsatkichi
• Ayrim tadqiqotlar homiladorlikdan tashqari tug‘ilish ko‘rsatkichlari ham oshganini
bildiradi. Ammo bu borada natijalar har doim bir xil emas, shuning uchun qo‘shimcha
tadqiqotlar talab etiladi.
Bundan tashqari YRTning amaliyotining muvaffaqiyatli kechishida embrionlarni genetic
tekshish ham muhim ahamiyatga ega. Agar biz euploid embrionlar haqida gaplashadigan
bo`lsak, demak PGT-A usuli haqida ma`lumot keltirish joizdir. Preimplantatsion genetik testlash
(PGT-A) yordamchi reproduktiv texnologiyalar (YRT) sohasidagi eng muhim yutuqlardan
biridir. Ushbu usul yordamida embrion bachadonga ko‘chirilishidan oldin xromosomal
anomaliyalar aniqlanadi, bu esa implantatsiya muvaffaqiyatsizligi, homila tushishi xavfini
kamaytiradi va EKO samaradorligini oshiradi [12].
PGT-A quyidagi usullar orqali tekshiriladi:
PGT-A embrionning blastosist bosqichida (5–6 kun) amalga oshiriladi. Trophektoderma
(5–10 hujayra) biopsiyasi olinadi, embrion esa muzlatiladi va biopsiya namunasi molekulyar-
genetik tahlilga yuboriladi. Hozirda asosiy usullar quyidagilar:
• NGS (Next Generation Sequencing) – yuqori sezuvchanlik, mozaiklikni aniqlash
imkoniyati;
• aCGH (Array Comparative Genomic Hybridization) – sonli va yirik struktural
xromosoma anomaliyalarini aniqlaydi;
• qPCR (Quantitative Polymerase Chain Reaction) – arzonroq, lekin kamroq informativ
usul.
Hozirgi kunda bu usullardan O`zbekiston Respublikasida yagona klinika Izroil tibbiyot
markazida amalga oshiriladi.
PGT-A qo‘llash ko‘rsatmalari:
PGT-A quyidagi klinik holatlarda tavsiya etiladi:
• Ayolning yoshi 35 yoshdan katta bo‘lsa;
• Takroriy implantatsiya muvaffaqiyatsizliklari;
• Takroriy o‘z-o‘zidan homila tushishi;
• Og‘ir erkak bepushtligi holatlari;
• Yagona embrion ko‘chirish (eSET) istagi;
• Surrogat onalik yoki donor protokoli oldidan tayyorgarlik.
Usul natijalari va samaradorligi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, PGT-A yordamida bitta
embrion ko‘chirilgan holatda homiladorlik ehtimoli oshadi va o‘z-o‘zidan homila tushish
holatlari kamayadi [14–16]. Biroq yaxshi prognozga ega ayollar orasida umumiy tug‘ilish
ko‘rsatkichi har doim ham yuqori bo‘lmaydi, bu esa PGT-A ning rutindan foydalanilishi
yuzasidan bahslarga sabab bo‘lmoqda [10].
PGT-A istiqbolli texnologiya bo‘lishiga qaramasdan, uning ayrim cheklovlari mavjud. Eng
ko‘p bahsli masalalardan biri — mozaik embrionlar interpretatsiyasi. Bunday embrionlarda
2025
№02
222
МЕДИЦИНСКИЙ ЖУРНАЛ УЗБЕКИСТАНА
MEDICAL JOURNAL OF UZBEKISTAN
normallik va anomallik hujayralar aralashgan bo‘lishi mumkin, lekin ular ham ba’zida tug‘ilish
imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, trophektoderma biopsiyasi ichki hujayra
massasining genetik holatini har doim ham to‘g‘ri aks ettirmaydi. Tahlil narxi va texnologiyaning
mavjudligi ayrim mamlakatlarda cheklov bo‘lib qolmoqda [12, 13].
2010 va 2014 yillarda Cochrane hamjamiyati embrion ko'chirish muhitida, ayniqsa
gialuron kislotasida birikmalarning samaradorligini ko'rsatadigan ikkita hisobotni e'lon qildi.
2010 yilgi hisobotda 16 ta alohida nashr (3600 dan ortiq ko'chirish) ma'lumotlari to'plangan
bo`lib, ulardan 15 tasida gialuron kislotasi o'rganilgan. Mualliflar, embrion ko`chirib o`tkazish
muhitida gialuron kislotasining yuqori konsentratsiyasi mavjudligi aniq ijobiy ta'sir ko`rsatadi
degan xulosaga kelishdi. 2014 yilgi hisobotda 17 ta nashr (3800 dan ortiq ko'chirish)
ma'lumotlari to'plangan bo`lib, ulardan 16 tasida gialuron kislotasi o'rganilgan. Barcha 16 ta
tadqiqotda gialuron kislotasi bilan boyitilgan muhitdan foydalanish farzand tug'ilishi darajasiga
ijobiy ta'sir ko`rsatgani aniqlandi. Bu juda muhim ma`lumot bo`lib, oldingi (2010 yildagi)
Cochrane hisobotida sog`lom farzand tug'ilishdagi ta'siri haqida xabar berilmagan edi. Bundan
tashqari, 2014 yilgi hisobot ma'lumotlari 2010 yilgi hisobot xulosasini, ya`ni klinik
homiladorlikka erishish darajasi oshishini qo'llab-quvvatladi.
2014 yilda o'tkazilgan tadqiqotda Hashimoto va boshqalar yiqqan Meta ma'lumotlarida
EmbryoGlue yordamida 10000dan ortiq embrion transferlari haqida hisobot berishdi. 23 ta
tadqiqot taqqoslandi va EmbryoGlue-dan foydalanish homiladorlikka erishish chastotasining
sezilarli darajada oshishi mumkinligi haqida xulosaga kelishdi. 11 ta tadqiqotning keyingi tahlili
embrionni ko'chirish uchun EmbryoGlue-dan foydalanganda implantatsiya ko'rsatkichlarining
sezilarli darajada oshishini ko'rsatdi. Katta ma'lumotlar to'plami, shuningdek, embryoglue-dan
transport vositasi sifatida foydalanishning klinik foydasini tasdiqlaydi va yuqorida aytib o'tilgan
Cochrane Community hisobotlarida natijalarni tasdiqlaydi [5].
Muhokama
.
PGT-A istiqbolli texnologiya bo‘lishiga qaramasdan, uning ayrim cheklovlari mavjud. Eng
ko‘p bahsli masalalardan biri — mozaik embrionlar interpretatsiyasi. Bunday embrionlarda
normallik va anomallik hujayralar aralashgan bo‘lishi mumkin, lekin ular ham ba’zida tug‘ilish
imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, trophektoderma biopsiyasi ichki hujayra
massasining genetik holatini har doim ham to‘g‘ri aks ettirmaydi. Tahlil narxi va texnologiyaning
mavjudligi ayrim mamlakatlarda cheklov bo‘lib qolmoqda [8, 10, 11].
Gigaluron kislotasi mavjud transfer muhitlarining klinik amaliyotda qo‘llanilishi IVF
jarayonining muhim bosqichida — embrionning endometriyga birikishi (implantatsiyasi)
samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bu turdagi muhitlar
ayniqsa takroriy implantatsiya muvaffaqiyatsizligi (RIF) bo‘lgan bemorlarda va yoshi katta
ayollarda sezilarli klinik foyda beradi.
Gigaluron kislotaning fiziologik xususiyatlari — uning hujayralararo muhitni yaxshilash,
immunologik muvozanatni qo‘llab-quvvatlash va viskozlikni oshirish orqali embrionni
endometriy bilan bog‘lashdagi rolini asoslaydi [6].
Shunga qaramay, barcha bemorlarda natijalar bir xil emas. Ba’zi tadqiqotlar bu
muhitlardan foydalanish natijasida homiladorlik ko‘rsatkichlari ahamiyatli darajada
oshmasligini bildirgan. Bu esa shuni ko‘rsatadiki, giglaluron kislotali muhitlardan foydalanish
individual tarzda yondashilishini talab etadi.
Shuningdek, bu muhitlarning narxi ham muhim omil hisoblanadi, chunki ayrim bemorlar
uchun bu qo‘shimcha xarajat bo‘lishi mumkin. Shifokorlar transfer strategiyasini tanlashda
bemorning klinik holatini hisobga olishlari lozim.
Xulosa
. Shunday qilib, zamonaviy ilm-fan va ko'plab tadqiqotlar "homiladorlikning
erisha olmaslik sabablari" savoliga aniq javob bera olmaydi. Zamonaviy davolash usullari
bemorlar va shifokorlarni to'liq qoniqtirmaydi.
2025
№
02
223
Embrion transferi IVF siklining yakuniy, lekin juda muhim bosqichidir. Transferdan
keyingi davrda ayolning ruhiy va jismoniy holati, shuningdek dorilarni to‘g‘ri davom ettirishi —
homiladorlik ehtimoliga bevosita ta’sir qiladi. Transferdan keyingi davrda ehtiyotkorlik bilan
yondashish, shifokor ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qilish muhimdir.
YRTning eng muhim muammosi shundaki, euploid embrionning muvaffaqiyatsiz
implantatsiyasining etiopatogenetik mexanizmlari to'liq o`rganilmagan, ular ham stimulyatsiya
usullarini, ham ayolga embrion ko'chirishga tayyorlash usullarini optimallashtirishni talab
qiladi.
PGT-A — og‘ir reproduktiv tarixga ega bemorlarda YRT samaradorligini oshirish uchun
yuqori texnologiyali usuldir. Ammo uni qo‘llash klinik ko‘rsatmalarga asoslangan individual
yondashuv bilan bo‘lishi kerak. PGT-A ni turli bemor guruhlarida optimal qo‘llash strategiyasini
aniqlash uchun qo‘shimcha randomizatsiyalangan tadqiqotlar zarur.
Embrionlarni ko'chirishda gialuron kislotasini o'z ichiga olgan madaniy muhitning rolini
sinchkovlik bilan o'rganish implantatsiya va homiladorlikka erishishga yordam berishi kerak, bu
esa o'z navbatida ushbu mavzuning dolzarbligini yana bir bor isbotlaydi. PGT-A — og‘ir
reproduktiv tarixga ega bemorlarda YRT samaradorligini oshirish uchun yuqori texnologiyali
usuldir.
• Gigaluron kislotasi mavjud transfer muhitlari (xususan EmbryoGlue) embrion
implantatsiyasini osonlashtirish va klinika natijalarini yaxshilash imkoniyatiga ega.
• Ayniqsa, takroriy IVF muvaffaqiyatsizligi, yoshi katta ayollar yoki past endometriy
retseptivligi bo‘lgan bemorlarda bu muhitlar foydali bo‘lishi mumkin.
• Ko‘plab ilmiy manbalar ushbu muhitlar yordamida implantatsiya va homiladorlik
ehtimoli oshganini tasdiqlaydi, biroq bu yondashuv har bir bemor uchun alohida baholanishi
kerak.
• Kelajakda yirik, ko‘p markazli klinik tadqiqotlar orqali gigaluron kislotali transfer
muhitlarining foydasi va chegaralari yanada chuqur o‘rganilishi lozim.
Ammo uni qo‘llash klinik ko‘rsatmalarga asoslangan individual yondashuv bilan bo‘lishi
kerak. PGT-A ni turli bemor guruhlarida optimal qo‘llash strategiyasini aniqlash uchun
qo‘shimcha randomizatsiyalangan tadqiqotlar zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1. Balaban B, Urman B, Yakin K, et al. Effect of hyaluronan-enriched transfer medium on
take home baby rate after day 3 and day 5 embryo transfers: a prospective randomized study.
Hum Reprod. 2011;26(Suppl 1):i24.
2. Bontekoe S, Blake D, Heineman MJ, et al. Adherence compounds in embryo transfer
media for assisted reproductive technologies. Cochrane Database Syst Rev. 2014;(2):CD007421.
3. Bontekoe S, Blake D, Heineman MJ, et al. EmbryoGlue for embryo transfer in women
undergoing
assisted
reproductive
techniques.
Cochrane
Database
Syst
Rev.
2014;(11):CD009397.
4. Bontekoe S, Heineman MJ, Johnson N, et al. EmbryoGlue for embryo transfer in women
undergoing assisted reproductive techniques. Cochrane Database Syst Rev. 2010;(7):CD007421.
5. Capalbo A, Treff NR, Cimadomo D, et al. Comparison of PGT-A technologies: impact on
clinical outcomes. J Assist Reprod Genet. 2021;38(12):2653-64.
6. Fancsovits P, Toth L, Murber A, et al. Effect of hyaluronan-enriched embryo transfer
medium on IVF outcome: a meta-analysis. Reprod Biomed Online. 2020;40(3):345-54.
7. Forman EJ, Hong KH, Ferry KM, et al. In vitro fertilization with single euploid blastocyst
transfer: a randomized controlled trial. Fertil Steril. 2013;100(1):100-7.e1.
2025
№02
224
МЕДИЦИНСКИЙ ЖУРНАЛ УЗБЕКИСТАНА
MEDICAL JOURNAL OF UZBEKISTAN
8. Friedler S, Schachter M, Strassburger D, et al. The role of embryo transfer media
supplemented with hyaluronic acid in assisted reproductive technologies: a prospective
randomized study. J Assist Reprod Genet. 2014;31(4):387-93.
9. Gleicher N, Barad DH. A review of the ongoing debate about the clinical utility of
preimplantation genetic testing for aneuploidy (PGT-A): the need for well-designed randomized
controlled trials. Reprod Biol Endocrinol. 2021;19(1):30.
10. Harton GL, Munne S, Surrey M, et al. Diminished effect of preimplantation genetic
testing for aneuploidy in women with good prognosis. Hum Reprod. 2019;34(2):228-39.
11. Hashimoto S, Minami N, Yamada M, et al. EmbryoGlue improves pregnancy and
implantation rates: Results from a meta-analysis on almost 10,000 embryo transfers. Reprod
Biomed Online. 2014;28(Suppl 1):S7-S8.
12. Kovacs P, Matyas S, Boda K, et al. The effect of hyaluronan-enriched embryo transfer
medium on IVF outcome in patients with previous IVF failure: a prospective randomized clinical
trial. Gynecol Endocrinol. 2013;29(7):640-3.
13. Lee E, Illingworth PJ. Embryo biopsy: clinical considerations and limitations. Reprod
Biomed Online. 2020;41(5):853-61.
14. Leonard PH, O’Neill HC, Wang XJ, et al. Variability in protein quality used for embryo
culture: embryotoxicity of the stabilizer octanoic acid. Fertil Steril. 2013;100(2):544-9.
15. Meintjes M. Media composition; macromolecules and embryo growth. Methods Mol
Biol. 2012;912:107-27.
16. Morbeck DE, Krisher RL, Herrick JR, et al. Composition of protein supplements used
for human embryo culture. J Assist Reprod Genet. 2014;31(12):1703-11.
17. Munné S. Preimplantation genetic testing for aneuploidy: what’s new and what’s
next? Fertil Steril. 2022;117(6):1103-12.
18. Paulson RJ. Preimplantation genetic testing for aneuploidy: the devil is in the details.
Fertil Steril. 2020;114(2):229-30.
