Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 1/24
19
28-iyun 2024-yil.
UDK: 616.981.43.192
SIGIRLAR TUXUMDONLARIDA UCHRAYDIGAN PATOLOGIYALARGA
ZAMONAVIY USULLARDA DIAGNOZ QO‘YISH
Suvanov S.A. tayanch doktorant
Kuldashiv O.U. v.f.d., katta ilmiy xodim
Baliyev Sh.K. v.f.f.d., katta ilmiy xodim
Veterinriya ilmiy-tadqiqot instituti
Annotasiya.
Ushbu maqolada sigirlar tuxumdonlarida uchraydigan patologiyalarga
zamonaviy Ultratovushli tekshirish apparati yordamida diagnoz qo‘yish usullari bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
tuxumdonlar, gipofunksiya, kista, sariq tana, ovarit, oqsillar, uglevodlar,
vitaminlar.
Mavzuning dolzarbligi.
Oxirgi yillarda Respublikamizda qoramolchilikni fan yutuqlari va
ilg’or tajribalar asosida rivojlantirish, oziqa bazasini mustahkamlash va mahsulot ishlab chiqarish
hamda uni qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish, qoramollar zotini yaxshilash va
genofondini boyitishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Respublikamizning jadal texnologiyalar asosida rivojlanayotgan chorvachilik fermer
xo‘jaliklari sharoitida va aholi qaramog‘ida saqlanayotgan mahsuldor sigirlarda oziqlantirish va
parvarishlash qoidalariga amal qilinmasligi oqibatida patologik sariq tana tufayli bepushtlik ko‘p
qayd etilib, uzoq muddat qisir qolishi oqibatida sut mahsuldorligining pasayishi, buzoq olishning
kamayishi, mahsuldor sigirlardan foydalanish muddatining keskin qisqarishi, kasalliklarni davolash
va oldini olish uchun veterinariya xarajatlari hisobiga katta iqtisodiy zarar yetkazmoqda. Shu sababli
ushbu patologiyalarga tarqalishi, ertachi diagnoz qo‘yish hamda oldini olishning samarali usullarini
ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq qilish dolzarb xisoblanadi.
Adabiyotlar tahlili.
Adabiyot [4] ma’lumotlariga ko‘ra, sigirlarning asosiy podadan chiqarilishiga 80-90%
hollarda bepushtliklar, moddalar almashinuvi buzilishi kasalliklari – 74-90%, sut bezlarining
kasalliklari – 17%, tuxumdonlar gipofunksiyasi – 19%, tuxumdonlarning follikulyar va lyuteal
kistalari – 3%, oyoqlarning kasalliklari – 15-17 %, ovqat hazm qilish tizimining kasalliklari - 14-
16%, mahsuldorlikning past bo‘lishi – 18 % hollarda sabab bo‘ladi. Sigirlardan xo‘jalikda
foydalanish o‘rtacha 2,6 laktasiyaga teng bo‘lgan.
Bepushtlikning belgilari hayvonning uzoq muddat davomida kuyga kelmasligi, bir necha
marta urug’lantirishdan keyin ham urug’lanmaslik, jinsiy sikl muddatlarining buzilishi hisoblanadi
[2].
Hayvon yetarlicha oziqlantirilmaganda organizm zaiflashadi, bu jinsiy jarayonlarga ta’sir
etadi (kuyikish va ovulyasiya bo‘lmaydi). Hayvonlar oqsil, uglevod yoki yog’larga boy bir xildagi
oziqalar bilan uzoq muddat boqilganda tuxumdonlar funksiyasi susayib, ularning maxsus to‘qimasi
asta-sekin yog’ kletchatkasi bilan almashinadi. Semirib ketgan hayvonlarning tuxumdoni
kichrayibgina qolmay, balki zichlashadi ham, bunda urg’ochi hayvon avvaliga qisqa muddatga
kuyukadi, keyin esa butunlay kuyikmaydi [4].
N.M. Xilkevicha (2001) tadqiqotlariga ko‘ra sigirlarda tuxumdonlar kasalliklari 30% mustaqil
ravishta va 70% hollarda boshqa jinsir organlar yalig’lanishlari bilan birga uchraydi
[5]
.
V.M. Shiriyev (2000) ma’lumotiga ko‘ra klinik tadqiqotlar asosida sigirlarda
tuxumdonlarning gipofunksiyasini paydo bo‘lishi tug'ruq va tug'ruqdan keyingi davr ta'sir ko‘rsatadi
degan xulosaga keldi. Tuxumdonlarning gipofunksiyasi anafrodisiya va katta uchinchi follikullarning
yo‘qligi bilan namoyon bo‘ldi. Natijada, sigirlarda tuxumdonlarning funktsional buzilishlari va
tuxumdonlarning
gipofunksiyasi
turli
muddatlarda
bepushtlikka
olib
keladi
nafaqat
mamlakatimizning turli hududlarida, balki boshqa davlatlarda ham keng tarqalgan bo‘lib, va
chorvachilik sanoati uchun muhim iqtisodiy zarar
[6].
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 1/24
20
28-iyun 2024-yil.
Adabiyotlar [2] ma’lumotlariga ko‘ra, sigirlarda modda almashinuvlarining buzilishi va
reproduktiv xususiyatlarining yomonlashishiga essensial mikroyelementlarning (I, Co, Zn, Cu, Fye)
rasionda yetishmasligi hamda hayvonlarni antisanitariya sharoitlarida saqlash sabab bo‘ladi.
Hayvon me’yorida oziqlantirilganda ham modda almashinuvi buzilishlari kuzatilgan
(oshqozon-ichak va boshqa a’zolar kasalliklarida) bo‘lsa, alimentar qisirliklar kelib chiqishi mumkin
[5].
Tadqiqotning maqsadi.
Fermer xo‘jaliklarda va aholi qaramog‘ida parvarishlanayotgan
sigirlarda tuxumdon patopogiyalari, jumladan persistent sariq tana, tuxumdonlar kistasi,
gipofunksiya, folekula kistasi va tuxumdonlar atrofiyasining zamonaviy usullarda diagnostikasi va
profilaktikasi ishning maqsadini tashkil etadi.
Tadqiqot obekti va usullari.
Tadqiqotlarimiz Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi
sut yo‘nalishidagi qoramolchilik fermer xo‘jaliklarida va aholi qaramog‘ida parvarishlanayotgan
sigirlarda olib borildi. Tekshirishlar obyekti sifatida 50 bosh 4-5 yoshdagi 2-tug‘um sog’in sigirlar
ajratib olindi. Dastlab, qoramollarda klinik tekshirishlar o‘tkazilib, semizlik darajasi, ishtaha, shilliq
pardalar, teri va teri qoplamasining holati, tana harorati, bir daqiqadagi yurak urishi va nafas soni,
katta qorin devorining 5 daqiqadagi qisqarishlar soni, jinsiy az’olar holati va jinsiy reflekslarning
namoyon bo‘lishi aniqlandi. Sigirlarning bug‘ozligi to‘g‘ri ichak orqali aniqlandi.
Olingan natijalar va ularning tahlili.
Xo‘jalikda sigirlar rasioni asosan silos-konsentrat
tipda ekanligi bilan xarakterlanadi. Aholi qaramog‘ida saqlanayotgan sigirlar esa aralash tipda (yashil
oziqa).
Tekshirishlar davomida sigirlarning tana harorati, yurak urishi va nafas soni fiziologik
me’yorlar chegarasida bo‘lib, bir daqiqadagi nafas soni o‘rtacha 17
±
0,7 va yurak urishi – 71,1
±
2,1
martani tashkil etdi. Oshqozon oldi bo‘lmalarining 5 daqiqadagi qisqarishlari soni o‘rtacha 8,9
±
1,2
martani (me’yor - 5 daqiqada 8-12 marta ) tashkil etdi, ya’ni sigirlarda oshqozon oldi bo‘lmalari
gipotoniyasi, ishtahani pasayishi va o‘zgarishi (lizuxa), shilliq pardalarning oqarishi qayd etildi.
Fermer xo‘jalikga qarashli 25 bosh va aholi qaramog‘ida parvarishlanayotgan 25 bosh sigirlarda
“JQ 3000 ” ul’tratovushli tekshirish (UTT) apparati yordamida 30 bosh sigirlarning turli oylardagi
bo‘g’ozligi, 6 bosh sigirning yaqinda tug’ganligi, qolgan 14 bosh sigirlarning bepushtligi, ya’ni
ularda tuxumdonlarning gipofunksiyasi aniqlandi: 3 bosh sigirda persistent sariq tana, 3 bosh sigirda
tuxumdonlar kistasi, chap tuxumdonning o‘ng tuxumdonga nisbatan kattalashishi, 4 bosh sigirda
bachadon subinvolyusiyasi, bachadon bo‘shlig’ida ko‘p miqdorda suyuqlik to‘planishi, 4 bosh sigirda
endometrit belgilari aniqlandi. Bu ma’lumotlar turli shakldagi bepushtliklarning tuxumdonlar
gipofunksiyasi hamda sariq tanani saqlanib qolishi bilan kechishidan dalolat beradi. Tuxumdonlar
gipofunksiyasi paytida sariq tananing bo‘lishi o‘z navbatida follikulalarning rivojlanishiga to‘sqinlik
qiladi va hayvon uzoq muddat qisir qoladi.
a.
b.
d.
1-rasm.
JQ-3000 Ultrasaund ultratovushli tekshirish apparatida sigirlar
tuxumdonlaridagi kista, follekulalarning yetilishi va sariq tananing ko‘rinishi. (a-tuxumdon
kistasi, b-follekula yetilish jarayoni, d-8 oy davomida surilmagan patologik sariq tana).
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 1/24
21
28-iyun 2024-yil.
Xulosalar
1. Sog’in sigirlar tuxumdonlarida patologik jarayonlarni aniqlashda an’anaviy usullardan tug’ri
ichak orqali tuxumdonlar paypaslanib diagnoz quyilar edi bugungi kunda esa ultratovushli tekshirish
apparatidan foydalanilsa ushbu patologiyalarga ertachi va aniq diagnoz qo‘yishga erishish mumkin.
2. Sog’in sigirlar va urug’lanish yoshidagi tanalar jinsiy organlarida: jumladan tuxumdonlar
gipofunksiyasi, kista va sariq tana bor yoki yo‘qligi shuningdek nechta follekula yetilgan va ular qay
holatda ekanligiga aniq diagnoz quyish va shunga ko‘ra davolash yoki sinxronlash ishlarini olib
borishda bevosita ultratovushli tekshirish apparatidan foydalanilsa hayvonlar bosh sonini
ko‘paytirishda yetarlicha samaradorlikka erishish mumkin.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Baliev, S., & Ochilov, J. (2023). Treatment of Retained Placenta in Cows.
Global Scientific
Review
,
11
, 15-19.
2.
Qo'ldoshev, O. U., & Ochilov, J. N. (2022). THE EFFECT OF MICROCLIMATE ON THE
SEXUAL MATURITY OF COWS.
Conferencea
, 114-115.
3.
Nasirdinovich, A. J., & Urazovich, K. O. (2024, June). PREGNANCY IN COWS
EFFECTIVENESS OF FERTADINE IN PREVENTING STAY. In
International Conference on
Adaptive Learning Technologies
(Vol. 5, pp. 146-148).
4.
Nasirdinovich, A. J., & Urazovich, K. O. (2024, May). PREGNANCY IN COWS THE
EFFECTIVENESS OF THE GONADIN DRUG IN PREVENTING STAY. In
International
Conference on Adaptive Learning Technologies
(Vol. 5, pp. 149-151).
5.
Kuldashev, O. U. (2024). PREVENTION OF PLACE RETENTION IN COWS.
Web of
Semantics: Journal of Interdisciplinary Science
,
2
(5), 471-474.
6.
Кулдошев, О. У. (1996). Сравнительная эффективность некоторых препаратов при
пироплазмидозах крупного рогатого скота и возможности профилактики (экспериментальные
исследования.
7.
Болиев,
Ш.
К.,
&
Кулдашев,
О.
У.
(2018).
СТИМУЛИРОВАНИЕ
ВОСПРОИЗВОДИТЕЛЬНОЙ ФУНКЦИИ У КОРОВ. In
НАУКА XXI ВЕКА-ВЗГЛЯД В
БУДУЩЕЕ
(pp. 120-122).
8.
Кулдашев, О. У. (2022, April). ЛЕЧЕНИЯ И ПРОФИЛАКТИКИ ХРОНИЧЕСКИЙ
ЭНДОМЕТРИТА У КОРОВ. In
E Conference Zone
(pp. 107-110).
9.
Кулдашев, О., Очилов, Ж., & Хамракулов, Н. (2022). Влияние зоогигенических и
технологических режимов на организм животных в условиях жаркого климата.
Перспективы
развития ветеринарной науки и её роль в обеспечении пищевой безопасности
,
1
(1), 176-182.
10.
Исаев, M., Кулдошев, О., & Акмалов, Ш. (2022). Вредное воздействие зерноотходов на
кроликов.
Перспективы развития ветеринарной науки и её роль в обеспечении пищевой
безопасности
,
1
(1), 120-122.
11.
Исаев, М., & Кулдошев, О. (2022). Эффективность гидролизата белка при лечении
незаразных болезней телят.
Перспективы развития ветеринарной науки и её роль в
обеспечении пищевой безопасности
,
1
(1), 123-125.
12.
Кулдашев, О. У., Мавлонов, С. И., Исаев, М. Т., Очилов, Ж. Н., & Хамракулов, Н. Ш.
(2021). НОВОЕ СРЕДСТВО ДЛЯ ПРОФИЛАКТИКИ ЗАДЕРЖАНИЯ ПОСЛЕДА У КОРОВ.
In
НАУЧНОЕ ОБЕСПЕЧЕНИЕ УСТОЙЧИВОГО РАЗВИТИЯ АГРОПРОМЫШЛЕННОГО
КОМПЛЕКСА
(pp. 1387-1390).
13.
Кулдашев, О. У. (2018). СИМПТОМАТИЧЕСКОГО БЕСПЛОДИЯ КРУПНОГО
РОГАТОГО СКОТА В УЗБЕКИСТАНЕ. In
НАУКА XXI ВЕКА-ВЗГЛЯД В БУДУЩЕЕ
(pp. 125-
128).
14.
Кулдашев, О. Х., & Муминов, К. З. (2017). УСТРОЙСТВА ДЛЯ ОБЕСПЕЧЕНИЯ
ИНФОРМАЦИОННОЙ БЕЗОПАСНОСТИ В ВОЛОКОННО-ОПТИЧЕСКОЙ ЛИНИИ
СВЯЗИ. In
Перспективные информационные технологии (ПИТ 2017)
(pp. 234-236).
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 1/24
22
28-iyun 2024-yil.
15.
Кулдашев, О. Х., & Муминов, К. З. (2017). Однонаправленный синхронный режим
распространения информационных и шумовых сигналов в оптическом волокне.
In
Перспективные информационные технологии (ПИТ 2017)
(pp. 231-234).
16.
Балиев, Ш., Шералиева, С., & Муртазин, Б. (2015). Профилактика послеродовых
осложнений у коров.
in Library
,
1
(4), 79-81.
17.
Эшбуриев, Б., & Балиев, Ш. (2022). Сигирларда эндометритни даволашда “карбаказ”
препаратининг самарадорлиги.
Перспективы развития ветеринарной науки и её роль в
обеспечении пищевой безопасности
,
1
(2), 339-345.
18.
Муртазин, Б., Элмурадов, Б., Болиев, Ш., Наврузов, Н., & Шералиева, С. (2013).
Лечение и профилактика гинекологических заболеваний у коров.
Ветеринарна медицина
,
(97), 337-338.
19.
Балиев, Ш., & Очилов, Ж. (2023). Лечение задержки плаценты у коров.
in Library
,
1
(1),
15-19.
20.
Балиев, Ш. (2023). Организация акушерско-гинекологической диспансерной работы в
животноводстве.
in Library
,
1
(2), 205-206.
21.
Балиев, Ш., & Эшбуриев, Б. (2022). Эффективность препарата карбаказы при лечении
эндометрита у коров.
in Library
,
22
(3), 339-345.
22.
Балиев, Ш., & Суванов, С. (2022). Современные методы лечения эндометрита у
продуктивных коров.
in Library
,
22
(3), 25-27.
23.
Балиев, Ш., Суванов, С., & Исмоилов, А. (2022). Причины эндометрита у продуктивных
коров, содержащихся в хозяйствах.
in Library
,
22
(2), 56-58.
24.
Балиев, Ш., Муртазин, Б., Кулдашев, О., & Очилов, Ж. (2017). Значение биологических
препаратов в профилактике бесплодия крупного рогатого скота.
in Library
,
17
(2), 32-34.
25.
Балиев, Ш., Кулдошев, О., Мавланов, С., & Курбонов, Ф. (2016). Определение
эффективности препаратов при лечении мастита.
in Library
,
16
(2), 63-65.
26.
Балиев, Ш., Муртазин, Б., Мавлонов, С., & Шералиева, С. (2013). Активизация половой
активности коров естественными средствами и методами.
in Library
,
3
(3), 20-24.
27.
Ахмадалиева, Л. Х., Элмуродов, Б. А., Орипов, А. О., Салимов, Х., Рузимуродов, М. А.,
Исматова, Р. А., ... & Улугмуродов, А. Д. (2021). ПРАВОВАЯ ОХРАНА ЗДОРОВЬЯ
ЖИВОТНЫХ И ЭКОСИСТЕМ В НИИ ВЕТЕРИНАРИИ. In
Проблемы трансформации
естественных ландшафтов в результате антропогенной деятельности и пути их
решения
(pp. 378-382).
28.
Bajenov, L. G., Ruzimurodov, M. A., Artyomova, E. V., & Ten, R. M. (2008). Study and
application of crystallogenic properties of Brucella for their identification and differentiation.
Bulletin
of the International Scientific Surgical Association
,
3
(1), 22-23.
29.
Рузимуродов, М. А. (2018). Новые инфекционные подходы в борьбе с
бруцеллезом.
Ветеринария тиббиёти
, (2), 14-15.
30.
Davlatov, R. B., & Khushnazarov, A. K. (2024). Diagnosis and chemoprophylaxis of rabbit
eymeriosis. In
E3S Web of Conferences
(Vol. 480, p. 03020). EDP Sciences.
31.
Газнакулов, Т. К., Орипов, А. О., Сафаров, А. А., Хушназаров, А. Х., Давлатов, Р. Б.,
Абдухакимов, Ш., & Мавланов, С. (2023). ХС Салимов, МК Бутаев, ЗЭ Рузиев,–
Биохавфсизлик.
32.
Джураев, О., & Хушназаров, А. (2023). Порядок и методы патологического
обследования сельскохозяйственных животных.
in Library
,
3
(3), 21-25.
33.
Хушназаров, А., Абдиев, Ф., & Акрамов, К. (2019). Распространение тениаринхоза на
побережье Амударьи.
in Library
,
19
(3), 25-26.
34.
Хушназаров, А. Х., & Акрамов, К. Ш. ТЕНИАРИНХОЗНИНГ АМУДАРЁ
СОҲИЛЛАРНДА ТАРҚАЛИШИ.
35.
Газнакулов, Т., & Хушназаров, А. (2023). Литературный обзор по истории развития
эпизоотологии и изучения бешенства.
in Library
,
1
(2), 7-9.
