The need to teach jadidism in educational institutions

Abstract

This article will consider the main ideas and goals of the Jadidist movement, the importance of the spiritual heritage of Turkestan Jadidist figures in the upbringing of a harmonious generation, the relevance and importance of teaching Jadidism in educational institutions for the upliftment of the spiritual world of youth.

Source type: Journals
Years of coverage from 2020
inLibrary
Google Scholar
CC BY f
107-110
15

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Begimkulov, Z. (2025). The need to teach jadidism in educational institutions. in Library, 1(2), 107–110. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/98081
Zarif Begimkulov, Institute for retraining and advanced training of specialists in physical education and sports
Teacher of the Institute of Retraining and Advanced Training of Specialists in Physical Education and Sports, Doctor of Philosophy in Pedagogical Sciences
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article will consider the main ideas and goals of the Jadidist movement, the importance of the spiritual heritage of Turkestan Jadidist figures in the upbringing of a harmonious generation, the relevance and importance of teaching Jadidism in educational institutions for the upliftment of the spiritual world of youth.


background image

4(21)2025 "Pedagogik akmeologiya" xalqaro ilmiy-metodik jurnali

107

Begimqulov Zarif Axmadovich

O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni

qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti

Samarqand filiali “Sport psixologiyasi,

ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi mudiri,

pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.

Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi

milliy instituti mustaqil tadqiqotchisi

Email:

zarifbegimqulov77@gmail.com


T

A’LIM MUASSASALARIDA JADIDCHILIKNI O‘QITIL

ISHINING ZARURATI

Annotatsiya: Mazkur maqolada jadidchilik harakatining asosiy g‘oya va maqsadlari, barkamol

avlod tarbiyasida Turkiston jadidchilik namoyondalarining ma’naviy me’rosining ahamiyati, yoshlar
ma’naviy dunyosini yuksaltirishda ta’lim muassasalarida jadidchilikni o‘qitilishining dolzarbligi va
ahamiyati haqida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar: jadidchilik, me’ros, renessans, yangilik, ma’rifatparvarlik, ta’lim, tarbiya, maktab.

НЕОБХОДИМОСТЬ ПРЕПОДАВАНИЯ ДЖАДИДИЗМА В УЧЕБНЫХ

ЗАВЕДЕНИЯХ

Аннотация: В данной статье будут рассмотрены основные идеи и цели Джадидитского

движения, значение духовного наследия туркестанских джадидистских деятелей в воспитании
гармоничного поколения, актуальность и значение преподавания джадидизма в образовательных
учреждениях для поднятия духовного мира молодежи.

Ключевые слова: джадидизм, наследие, возрождение, инновации, просвещение,

образование, воспитание, школа.

THE NEED TO TEACH JADIDISM IN EDUCATIONAL INSTITUTIONS

Abstract: This article will consider the main ideas and goals of the Jadidist movement, the

importance of the spiritual heritage of Turkestan Jadidist figures in the upbringing of a harmonious
generation, the relevance and importance of teaching Jadidism in educational institutions for the upliftment
of the spiritual world of youth.

Keywords: Jadidism, heritage, renaissance, innovation, enlightenment, education, upbringing,

school.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.Mirziyoyev jadidlar merosini o‘rganishga

bag‘ishlangan Xalqaro konferensiya ishtirokchilariga yoʻllagan tabrigida shunday ta’kidlagan edilar: O‘z
zamonining ilg‘or namoyandalari bo‘lgan jadidlar g‘oyat murakkab va qiyin sharoitda bilim va ma’rifat
tarqatish, ta’lim-tarbiya sohasini tubdan isloh etish orqali milliy taraqqiyotga erishish g‘oyasi bilan
maydonga chiqdilar. Shu maqsadda o‘z mablag‘lari hisobidan maktab va teatrlar, nashriyot va
kutubxonalar, gazeta va jurnallar tashkil qildilar, qobiliyatli yoshlarni chet ellarga o‘qishga yubordilar.
Ularning bu olijanob tashabbus va harakatlari jamiyat hayotida kuchli aks sado berib, qudratli to‘lqinga
aylandi.

O‘ylaymanki, tarixda ikki buyuk Renessansga zamin bo‘lgan mintaqamizda uchinchi Renessansni

aynan jadid ajdodlarimiz amalga oshirishlari mumkin edi. Afsuski, mustabid tuzum ularning ezgu g‘oya va
amaliy harakatlarini to‘la ro‘yobga chiqarishga imkon bermadi.

Biz bugun mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyati, huquqiy demokratik davlat barpo etar

ekanmiz, jadid bobolarimizning gumanistik qarashlariga tayanamiz, ularning merosidan ma’naviy kuch-
quvvat olamiz [1].

Ma’lumki, “Jadid” so‘zi “yangi”, “yangilik” ma’nolarini anglatadi. Shuning o‘zidanoq XIX asr

oxiri XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasida shakllangan yangi, ya’ni jadidchilik harakatining ilmiy-
ma’rifiy asosli, kuchli ijtimoiy, siyosiy va amaliy mohiyatga ega boʻlgan harakat deyish mumkin. Turkiston
jadidlari o‘z faoliyatlarida o‘lkada umuman yangi dunyoqarashni shakllantirish, xalqning ijtimoiy-siyosiy


background image

"Pedagogik akmeologiya" xalqaro ilmiy-metodik jurnali 4(21)2025

108

ongini yanada yuksaltirish, mahalliy xalqlarini ma’rifatli qilish, savodxonlik darajasini oshirish, maktablar
ochib, boshqa usuldagi ta’limni joriy qilish, qobiliyatli yoshlarni chet elga oʻqishga yuborish, yosh avlodni
оʻqimishli qilish orqali yurt mustaqilligiga erishish, taʼlim, ijtimoiy tuzilma va diniy urf-odatlarni
modernizatsiya qilish, ijtimoiy muammolarni bartaraf etish hamda jamiyatni taraqqiy ettirishga qaratilgan
g‘oyalarni ilgari surgan. Ular bu yo‘lda o‘zlaridan keyingi avlod taqdiri uchun jon-jahdlari bilan
kurashdilar.

Jadidlar XIX asr oxiri – XX asr boshida musulmon modernist islohotchilari bo‘lgan. Ular o‘zini

“taraqqiyparvar”, “ziyoli” yoki faqat “Yoshlar” deb atagan kishilar edi. Jadidlar ta’lim sohasini isloh qilish
hamda maktablarda “usul ul-jadid” yoki “yangi usul”ni tatbiq qilish va rivojlantirishga urinishgan. Bu
yo‘lda ular imkoniyatida mavjud jamiki resurslar (iste’dodlari, shaxsiy mablag‘lari, uy-joylari, siyosiy va
madaniy institutlar, matbuot hamda teatr, ma’rifat uylari va hokazo)dan to‘liq foydalandilar, hatto aziz
umrlarini ham fido qilishdi. Avval chor hukumati, keyin sho‘rolar davlati, ichki qora kuchlar – qadimchi
va johil ulamolar tomonidan ko‘rsatilgan zulm-zo‘ravonliklar, tazyiqlar, quvg‘inlar, suiqasdlarga qaramay,
jadid bobolarimiz o‘zlari tanlagan yo‘ldan qaytmadilar [8].

Taraqqiyparvar bobolarimiz bizni demokratik mustaqil mamlakatda erkin va farovon yashashimiz

uchun qo‘llaridan kelgancha, o‘zlaridan keyingi avlod taqdiri uchun jon-jahdlari bilan kurashdilar, bunday
ma’rifatparvar, xalqparvarlarimizga qancha shukronalar aytsak kam, faqat bizning oldimizdagi birdan bir
vazifa ulardan qolgan ma’naviy meroslarni o‘qib-o‘rganish, avaylab-asrash va kelgusi avlodga yetkazish
va eng asosiysi, yoshlarga to‘g‘ri talim-tarbiya berish uchun jadidlarimizning meroslarini qay darajada
kerakli ekanligini tushunishdir [7].

Jadidchilikning asosiy g‘oya va maqsadlari quyidagilarda o‘z aksini topdi: Turkistonni o‘rta asrga

xos qoloqlik, feodal tarqoqlik, diniy xurofotlardan ozod qilish, xalqni, millatni zamonaviy taraqqiyot
yo‘liga olib chiqish, milliy davlat bunyod etish, konstitutsion, parlament va prezident idora usulidagi ozod
va farovon jamiyat qurish, turkiy tillarga davlat tili maqomini berish, milliy pul birligi va milliy qo‘shin
tuzish. Bu g‘oya va maqsadlar 1917—1924-yillarda “Turkiston muxtoriyati” (1917-yil noyabr–1918-yil
fevral), Buxoro va Xorazm Xalq Respublikalari davrida (1920–1924-yillar), qisqa muddatda va qisman
bo‘lsada amalga oshirigan edi [4]. Ma’rifatparvarlar yoshlar va Vatan taqdiri masalasiga alohida e’tibor
qaratgan holda, o‘zlari tashkil etgan yangi usuldagi maktablardagi ta’lim va tarbiya orqali yosh avlodni
milliy, ma’naviy hamda g‘oyaviy jipslashtirish, ularda o‘lka taqdiriga dahldorlik tuyg‘usi bilan yashashni
singdirishga harakat qilganlar. O‘z zamonasining ilg‘or namoyondalari bo‘lgan Turkiston jadidchilik
harakatidagi asosiy g‘oyaviy-nazariy yo‘nalish Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvar Qori
Abdurashidxon o‘g‘li, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lponlar tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, ularning
ilg‘or tashabbus va harakatlari o‘sha davr jamiyat hayotida kuchli aks sado bergan. Jadidlar bilim va
ma’rifat tarqatish, ta’lim-tarbiya sohasini tubdan isloh etish orqali milliy taraqqiyotga erishish, Turkiston
xalqi va davlatini qurish, zamonaviy taraqqiyot yo‘lidan borishni taklif etganlar.

Zamonning dolzarb masalalarini, hayotning muammolarini ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’naviy

yo‘l bilan yechish yo‘llarini jadidlar o‘z maqola va asarlarida ko‘rsatganlar. Yoshlarni o‘qishga, bilim olish
va ishlab chiqarish jarayoniga jalb etish, madaniy, ma’naviy saviyasini yuksaltirishga chorlaydi. Jahon
taraqqiyoti yutuqlarini Turkistonga olib kelish istagida ulardan Vatan uchun xizmat qiladigan yetuk olimlar,
sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarining zamonaviy, bilimdon mutaxassislari, madaniyat arboblari yetishib
chiqib, ular yurtini obod, farovon etishlariga ishonganlar. Chunki jadidlarning o‘zlari ham yosh
bo‘lganliklari uchun mahalliy yoshlarning muammolari, fikr-g‘oyalari turli voqealarga munosabati ularga
juda yaqin va tushunarli edi. Jadidlar faoliyatida madaniyatga, ma’rifatparvarlikka, yangilikka,
taraqqiyotga intilish, yoshlarni, butun xalq ommasini shunga da’vat etish g‘oyalari ularning umrlari
oxirigacha yetakchi fikr bo‘lib qoldi. Har qanday og‘ir sharoitda ular o‘z qarashlarini o‘zgartirmadilar.
Jadidlarning ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’naviy faoliyatlarini tahlil qilib va ularning asr boshidagi
g‘oyaviy qarashlaridan kelib chiqqan holda shuni aytishimiz o‘rinliki, jadidlar Turkiston xalqlarini
savodsizlik, qullik, qashshoqlikdan, chor hukumati mustamlakachiligidan qutqarishga bel bog‘laganlar va
shu yo‘lda yoshlarni safarbar etib, ularning siyosiy-ijtimoiy ongini oshirish uchun ko‘p sa’y-harakatlar
qilganlar. Yoshlar manfaatini himoya qilish, ularning jamiyat va davlatda munosib o‘rin egallashlari uchun
tegishli imkoniyatlarni yaratish borasidagi jadidlarning fikrlari bugungi mustaqil O‘zbekistonda namoyon
bo‘lib turmoqda [6]. Ta’lim muassasalarida Turkiston jadidlari tomonidan ilgari surilgan ijtimoiy-siyosiy,
ma’naviy-ma’rifiy g‘oyalarni o‘rganish yosh avlodga yurt mustaqilligi, ozodlikni qadriga yetishda, ilm-
ma’rifat jamiyat taraqqiyotining asosi ekanligini anglab olishida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim
muassasalarining o‘quv adabiyotlariga kiritilgan Turkiston jadidchilik harakati namoyondalarining o‘lmas
g‘oyalari o‘quvchi va talaba shaxsini mukammal kamol toptirishda, ularning dunyoqarashini
shakllantirishda, yoshlarni siyosiy-madaniy hayotga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishda, o‘zlashtirilgan


background image

4(21)2025 "Pedagogik akmeologiya" xalqaro ilmiy-metodik jurnali

109

bilimlarini yanada rivojlantirishda, ilmli, o‘qimishli, ma’rifatli bo‘lib voyaga yetkazishda, faollashtirishda,
zamonaviy fanlarni egallashda, sog‘lom va baquvvat farzandlarni tarbiyalashda, kundalik hayotdan ogoh
bo‘lishda dolzarblik kasb etmoqda.

Umuman olganda, Jadid bobolar tomonidan ilgari surilgan ijtimoiy-siyosiy g‘oyalarini o‘rganish

milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari dadil odimlashimizda, globallashuv, integratsiyalashuv va
axborotlashuv sharoitida yoshlarimizni siyosiy ongi va madaniyatini, ma’naviy-ma’rifiy tafakkurini
rivojlantirishda, fikrlar olamini boyitishda, jonajon Vatanimiz ravnaqi yo‘lida g‘ayrat, shijoat, ilmiy-ijodiy
salohiyatini oshirishda, jaholatga qarshi - ma’rifat yo‘lini chuqur anglashida, yuksak ma’naviyat va ma’rifat
uyg‘unligi xalq qiluvchi qudrat ekanligini bilishida, har tomonlama yetuk raqobatbardosh kadrlar bo‘lib
yetishishlarida ham muhim ma’no va ahamiyat kasb etadi [5,83]. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev
ta’kidlaganlaridek: Buyuk ma’rifatparvar bobolarimiz tomonidan olg‘a surilgan g‘oyaviy-siyosiy, ijtimoiy-
ma’rifiy va huquqiy-axloqiy qarashlar, turli millat va elatlar o‘rtasida bag‘rikenglik va hamjihatlik
tamoyillarini qaror toptirish bilan birga, milliy manfaatlarni himoya qilishga qaratilgan intilishlar hozirgi
murakkab va tahlikali zamonda barchamiz, avvalo, yoshlarimiz uchun chinakam ibrat namunasidir.
Ularning hayoti va jasorati bugungi tinch va osoyishta kunlarga osonlik bilan erishilmaganini eslatib, milliy
istiqlolimizni, jonajon Vatanimizni ko‘z qorachig‘iday asrashga doimo da’vat etib turadi [2].

Shu nuqtai nazardan jadidlar faoliyatini nazariy va amaliy ahamiyatini quyidagicha belgilashimiz

mumkin: birinchidan, jadidlar harakati o‘zligimizni anglashda, tarixiy haqiqatni bilishimizda hamda ilm-
ma’rifat qanday buyuk qudratga egaligini anglashimizda va yoshlarga anglatishimizda muhim ahamiyatga
ega; ikkinchidan, jadidlar harakati va undagi ma’naviy-ma’rifiy g‘oyalar Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti
g‘oyalari bilan uzviylikka ega bo‘lib, millat kamoloti, shaxs barkamolligini ta’minlashda katta ahamiyat
kasb etadi; uchinchidan, jamiyat ma’naviy salohiyatining yuksaltiruvchi omillar tizimida jadidlar
tomonidan ilgari surilgan ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy g‘oyalarining o‘rni beqiyos; to‘rtinchidan,
jadidlarning ijtimoiy-siyosiy g‘oyalarini jamiyat taraqqiyoti manfaatlari nuqtai nazardan ilmiy - falsafiy
tamoyillar asosida tahlil qilish, jamiyat hayotidagi o‘rnini tavsiflash, taraqqiyoti bilan funksional
aloqadorligi va taqozolanganligini o‘rganish muhimdir; beshinchidan, yoshlarni siyosiy ongi va
madaniyatini yuksaltirishda, ularda fidoiylik, vatanparvarlik, mardlik, shijoat kabi tuyg‘ularini
shakllantirish va rivojlantirishda jadidlar tomonidan ilgari surilgan ilg‘or o‘lmas g‘oyalarning ahamiyat
beqiyosdir [5,86]. Turkiston jadidchilik harakati namoyondalarining amalga oshirgan ishlari oliyjanob
fazilatlarni mujassamlashtirilgan insonni tarbiyalashda, bugungi yosh avlodning intellektual salohiyati,
dunyoqarashini yuksaltirishda, milliy-ma’naviy qiyofasini shakllantirishda, ularning bilim va
savodxonligini oshirishda, mafkuraviy immunitetini mustahkamlashda, ularni turli xil yot g‘oyalardan
saqlashda, o‘zligini anglashida, zamonaviylikka intilishida, mustaqil va ijodiy fiklashini rivojlantirishda,
hozirgi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni to‘g‘ri anglashida, o‘tmish mеrоsimizdаn sаmаrаli fоydаlаnа оlishda
muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun jadidchilikni o‘qitish jarayonida mazkur harakatning mohiyatini
chuqur anglash, shu orqali yosh avlodning bugungi hayotimizning qadriga yetishini, ma’rifatparvarlardan
qolgan boy ma’naviy merosni o‘qib-o‘rganish, avaylab-asrash va kelgusi avlodga yetkazish, o‘quvchi va
talabalarning milliy ongini yanada oʻstirish, o‘z vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini
mustahkamlash, axloqiy yuksaltirish, mas’uliyat hissini oshirish, ularni milliy gʻurur va iftixor,
vatanparvarlik, insoniylik, yuksak maʼnaviyat kabi oliyjanob anʼanalar ruhida tarbiyalash, ularga bugungi
davr talablari asosida talim-tarbiya berishimiz uchun jadid mutafakkirlarimizning merosini qay darajada
kerakli ekanligini tushunib olishimiz lozimdir. Q.Nazarov fikricha, “Jadid g‘oyasi va falsafasi, jadidchilik
harakati va amaliyoti ana shunday jasoratli ziyolilar uchun nafaqat asosiy tayanch manbalardan biri, balki
bugungi tafakkur yangilanishi jarayoni uchun muhim zaruriy qo‘llanma, har birimiz uchun esa ibrat
namunasi va ma’naviy mas’uliyat hissini mustahkamlash omili bo‘lishi zarurligi davr talabiga aylandi.

Jadidlarning konseptual g‘oyalari hozirgi o‘zgarishlar amaliyotining ma‘naviy darakchisi, bugungi

kundagi strategiya va keng qamrovli islohotlarning genetik asosi bo‘lib xizmat qiladi. Chunki ular siyosiy
dasturlarida umuminsoniy xususiyatlarni tarannum etuvchi, erk va ozodlik, adolat va mustaqillik
g‘oyalarini olg‘a suradi. Bu esa jadidlarning mustaqilligimiz uchun g‘oyaviy asos bo‘la oladigan
tashabbuslaridan darakdir” [3]. Bu esa Turkiston jadidlarining faoliyati, ularning boy ma’naviy me’rosi
bugungi kunda ham оʻz ahamiyatini yоʻqotmaganligini anglatadi.

Jadid ma’rifatparvarligining ijtimoiy-iqtisodiy, falsafiy g‘oyalarini bugungi kun talablari nuqtai

nazaridan chuqur o‘rganish va uni o‘sib kelayotgan yosh avlodga o‘rgatish muhim tarbiyaviy ahamiyatga
egaligini alohida qayd etish zarur. Ta’lim muassasalarida jadidchilikning o‘qitilishi nafaqat o‘quv
jarayonida yangilanishni ta’minlaydi, balki yosh avlodni tarbiyalashda muhim jihatlarni taqdim etadi. Bu,
o‘z navbatida, kelajakda raqobatbardosh, ilm-fan va madaniyatga intiluvchi shaxslarni sifatli tarbiyalashga
yordam beradi.


background image

"Pedagogik akmeologiya" xalqaro ilmiy-metodik jurnali 4(21)2025

110

Jadidchilikni o‘rganish yosh avlodda milliy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga ham katta hissa

qo‘shadi. Bu jarayonda o‘quvchi va talabalarda ilmiy tafakkur rivojlantiriladi va ularni jahon madaniyati
bilan yaqindan tanishtirish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, ularda qadimiy o‘zbek madaniyatiga
nisbatan qiziqish uyg‘otiladi. Jadidchilik tarixini mukammal o‘rganish o‘quvchi va talabalarga o‘z vatani
va millatiga nisbatan faxr va iftixor hissi hosil qilishga yaqindan yordam beradi. Bu millatning ravnaqini
ta’minlash va kelgusi avlodlarni tarbiyalashda muhim omil hisoblanadi. Shunday ekan, bugungi kunda
Turkiston jadidlarining ma’naviy me’rosini chuqur o‘rganish va tadqiq qilish hamda uni o‘sib kelayotgan
yosh avlodga mukammal o‘rgatish, ularga jadidchilik namoyondalari haqida atroflicha bilimlar berish
ijtimoiy zaruratdir. Bu dolzarblik esa jadidchilik bo‘yicha o‘quv-metodik vositalarni yanada
takomillashtirishni taqozo etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining jadidlar merosini o‘rganishga bag‘ishlangan Xalqaro

konferensiya ishtirokchilariga yoʻllagan tabrigidan. 2023-yil 6-mart.

https://president.uz/oz/lists/view/6007

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol

va davlatchilik g‘oyalari” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga murojaati. “Jadidlar: milliy
o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” xalqaro konferensiya materiallari [to‘plam] / mas’ul muharrir,
professor Temur Xo‘ja o‘g‘li. – Тoshkent: 2024, 4-bet.

3.

Nazarov

Q.

Jadid

falsafasi.

Yangi

O‘zbekiston

gazetasi,

2024-yil

16-yanvar, № 11 (1072), 3-bet.

4.

Oblomurodov N., Hazratqulov A., Tolipov F., Tursunov N. O‘zbekiston tarixi. - Т.: “Fan va

texnologiya”, 2011, 194-bet.

5.

Xudaynazarov S.X., Berdikulova S.A. Jadidlar ma’rifat, ozodlik, taraqqiyot kuychisi.

“Jadidlar merosining bugungi yoshlarga ta’lim-tarbiya berishdagi ahamiyati” mavzusidagi Respublika
ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi,
– Toshkent: O‘R QK Akademiyasi, 2024. – B.83-86.

6.

Davlatxon Rustamova Toyirjon qizi, Soliyeva Sarvinozxon Azizjon qizi. Pedagog faoliyatida

jadid ma’rifatparvarlari merosini o‘rganishning ahamiyati // International scientific and practical
conference “ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS” April 26, 2024.

7.

Shaturayeva S.T. Bo‘lajak tarix o‘qituvchilariga jadidlar ilmiy me’rosini o‘rgatish

metodikasini takomillashtirish. INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY Ilmiy-nazariy va metodik
jurnal–2024, №7, 192-bet

8.

https://uza.uz/oz/posts/jadidlar-merosini-organish-anglash-ildizi-baquvvat-daraxtga-

aylanish-imkonidir_457334



















References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiningjadidlar merosini o'rganishga bag'ishlangan Xalqaro konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigidan. 2023-yil 6-inart. https://prcsidcnt.uz/oz/lists/view/6007

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Jadidlar: milliy o'zlik, istiqlol va davlatchilik g'oyalari” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga murojaati. "Jadidlar: milliy o'zlik, istiqlol va davlatchilik g'oyalari” xalqaro konferensiya materiallari [to'plam] / mas’ul muharrir. professor Temur Xo'ja o'g'li. - Toshkent: 2024, 4-bet.

Nazarov Q. Jadid falsafasi. Yangi O'zbekiston gazetasi, 2024-yil 16-yanvar, № 11 (1072), 3-bet.

Oblomurodov N., Hazratqulov A., Tolipov F., Tursunov N. O'zbekiston tarixi. - T.: “Fan va texnologiya”, 2011, 194-bet.

Xudaynazarov S.X., Bcrdikulova S.A. Jadidlar ma’rifat, ozodlik, taraqqiyot kuychisi. “Jadidlar mcrosining bugungi yoshlarga ta’lim-tarbiya bcrishdagi ahamiyati” mavzusidagi Rcspublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to'plami. O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akadcmiyasi, -Toshkent: O'R QK Akadcmiyasi, 2024. - B.83-86.

Davlatxon Rustamova Toyirjon qizi, Soliyeva Sarvinozxon Azizjon qizi. Pedagog faoliyatida jadid ma’rifatparvarlari merosini o'rganishning ahamiyati // International scientific and practical conference “ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS” April 26, 2024.

Shaturayeva S.T. Bo'lajak tarix o'qituvchilariga jadidlar ilmiy me’rosini o'rgatish metodikasini takomillashtirish. INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY Ilmiy-nazariy va metodik jumal-2024, №7, 192-bet

https://uza.uz/oz/posts/jadidlar-merosini-organish-anglash-ildizi-baquvvat-daraxtga-aylanish-imkonidir_457334