O'tkir yiringli odontogen osteit bilan og'rigan bemorlarda og'iz bo'shlig'ining mahalliy immuniteti holatini baholash

N Qayumova, Sh Xasanov, A Xojimetov, Z Jilonova

Jag’ning  o’tkir  yiringli  odontogen ostiti  bo’lgan  bemorlarda  mahalliy  va  tizimli immunitetning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish. Material va usullar: TGSI klinikasiga murojaat qilgan  7  dan  9  yoshgacha  bo’lgan  o’tkir  yiringli odontogen  ostit  bilan  kasallangan  42  bemorni tekshirish va davolash paytida olingan ma’lumotlar tahlil qilindi. Natijalar: O’tkir yiringli odontogen ostit bilan og’rigan  bemorlarda  yara  ajralishini  bakteriologik o’rganish  shuni  ko’rsatdiki,  stafilokokklar  turlar nisbati bo’yicha mikrofloraning asosini tashkil etadi. Ushbu mikroorganizmlar ajratilgan shtammlarning umumiy sonining 82 foizini tashkil etdi. Xulosa:  o’tkir  yiringli  odontogen  ostitda periodontal  hujayralarni  tiklash  qobiliyati kuzatilmaydi,  aksincha  qaytarilmas  jarayonlar rivojlanib  boradi,  bu  jarrohlik  aralashuvni  va tegishli farmakologik tuzatishni talab qiladi.

74

Koʻrishlar

12

Yuklashlar

hh-index

8

Iqtibos