IJTIMOIY - GUMANITAR FANLARNING DOLZARB
MUAMMOLARI
SAMARQAND – 2024
XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA
3
VETERINARIYA FANLARINI O‘QITISHDA O‘QITISH METODLARINI
MUTAXASSISLIK FANLARIDAN DARS O‘TISHGA MOSLASHTIRISH
DOI:
10.5281/zenodo.11116153
Narziyeva N.N.
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar
universiteti dotsenti, p.f.b.f.d. (PhD)
Email:
Annotatsiya.
Ushbu maqolada veterinariya sohasida veterinariya fanlarini
o‘qitishda o‘qitish metodlarini mutaxassislik fanlaridan dars o‘tishga moslashtirishda
interfaol usullarni qoʻllash amaliyoti, taʼlim sifati va samaradorligini oshirishda
interfaol usullarning oʻrni, “Ichki yuqumsiz kasalliklar” dars mashgʻulotlarini
oʻtkazishda bir necha usullardan unumli foydalanishning mazmun-mohiyati,
“Hamkorlikda o‘qitish”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Munozara” kabi metodlarning
qoʻllash amaliyoti, o‘qitish metodlarining umumiy tavsifi va uning didaktik
imkoniyatlari atroflicha yoritilgan.
Kalit soʻzlar (Keywords):
mutaxassis, o‘qitish metodlari, mutaxassislik fanlari,
interfaol usullar, taʼlim sifati, ichki yuqumsiz kasalliklar, hamkorlikda o‘qitish, kichik
guruhlarda ishlash, munozarani qoʻllash amaliyoti, didaktik imkoniyatlar.
Kirish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-
5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim tizimini
2030 yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasi”da oliy taʼlim jarayonlariga raqamli
texnologiyalar va zamonaviy o‘qitish usullarni joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga
keng jalb etish, korruptsiyaga qarshi kurashish, muhandislik-texnik taʼlim
yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar ulushini oshirish, kredit-modul tizimini joriy
etish, o‘quv rejalarida amaliy ko‘nikmalarni oshirishga qaratilganmutaxassislik fanlari
bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ulushini oshirish bo‘yichaaniq vazifalar belgilab
berilgan. Mazkur Farmon bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim
tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasi"ga ko‘ra mamlakatdagi oliy taʼlim
IJTIMOIY - GUMANITAR FANLARNING DOLZARB
MUAMMOLARI
SAMARQAND – 2024
XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA
4
bilan qamrov darajasini oshirish, xalqarostandartlar asosida yuqori malakali, kreativ va
tizimli fikrlaydigan, mustaqil qarorqabul qila oladigan kadrlar tayyorlash, ularning
intellektual qobiliyatlarininamoyon etishi va maʼnaviy barkamol shaxs sifatida
shakllanishi uchun zarurshart-sharoit yaratish belgilangan.
Materiallar va usullar.
Turli tuman omillarning dars o‘tish metodini
tanlashdagi o‘rinlarini ierarxik tarzda joylashtiradigan bo‘lsak, ko‘pchilik psixologlar
va pedagog olimlarning fikricha, birinchi o‘rinda ta’limning maqsadi turadi. Aynan
dars o‘tish maqsadida biz nimaga erishishimiz lozimligi ifodalanadi, erishishimiz zarur
bo‘lgan natija belgilanadi. Ikkinchi o‘rinda ta’limning motivatsiya darajasi turadi.
Motivatsiya – bu biologik jihatdan insonning irsiy va to‘plangan tajribasi asosida
individual va guruhiy ravishda ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan, undaydigan
tuyg‘u. Insonni o‘qishga o‘rganishga ham ana shu tuyg‘u undaydi. O‘qituvchi dars
o‘tish metodini tanlar ekan, albatta, o‘quvchi, talabalardagi motivatsiya darajasiga
e’tibor berish kerak.
Talabalarning kichik guruhlardagi o‘quv faoliyati o‘yin turnir, musobaqa
shaklida, individual tarzda ham tashkil etilishi mumkin. O‘qituvchi va talabaning
hamkorlikdagi faoliyatiga doir tadqiqotlarda asosiy e’tibor o‘zaro munosabatning
rivojlanishini o‘rganishga qaratiladi, o‘qitishni guruhli tashkil qilish jarayoni bayon
qilinadi.
Psixolog A.V. Petrovskiy jamoadagi shaxslararo munosabatlar faoliyatdan kelib
chiqishini o‘rganib, ta’lim jarayonidagi o‘qituvchining talabalar bilan hamkorligini
tashkil qilish faqat ularni muloqotga ehtiyojini qondirish vositasi emas, balki o‘quv
materialini o‘zlashtirishning ham vositasi ekanligini ta’kidlagan edi. O‘zaro
hamkorlikning muhim omili va talabalarning o‘zaro munosabati xususiyatini
belgilovchi asos o‘qituvchi bilan talaba hamkorligining shakllaridir.
Hamkorlikdagi o‘quv faoliyati o‘qituvchi va talaba munosabatlarining va
birgalikdagi xatti-harakatlarining alohida turidirki, u o‘zlashtirish ob’ektini, bilim
faoliyatining barcha qismlarini qayta qurishni ta’minlaydi.
IJTIMOIY - GUMANITAR FANLARNING DOLZARB
MUAMMOLARI
SAMARQAND – 2024
XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA
5
Talabalarning faolligi asta-sekin o‘sib borib, butunlay ularning o‘zi
boshqaradigan amaliy va aqliy harakatiga aylanadi;
o‘qituvchi bilan talaba o‘rtasidagi munosbatda esa sheriklik pozitsiyasi
xususiyatiga ega bo‘ladi.
Pedagogika – psixologiya fanida hamkorlikning 8 ta shakli mavjud. Ular
quyidagilardan iboratdir:
1. faoliyatga kirish;
2. mustaqil harakatlar o‘qituvchi bilan talaba hamkorlikda bajaradilar;
3. o‘qituvchi harakatni boshlab beradi va unga talabani jalb etadi;
4. taqlid harakatlari o‘qituvchidan ibrat olgan talaba ana shu namuna asosida
harakat qiladi);
5. madad harakatlari o‘qituvchi talabaga oraliq maqsadni va unga erish usullarini
tanlashda yordam beradi va oxirgi natijani nazorat qiladi);
6. o‘zini-o‘zi boshqarish harakatlari o‘qituvchi umumiy maqsadni ko‘rsatishda
oxirgi natijani baholashda ishtirok etadi);
7. o‘zini -o‘zi ko‘rsatuvchi harakatlar;
8. o‘zini-o‘zi uyushtiruvchi harakatlar. Interaktivlik – o‘qituvchi va talabaning
o‘zaro ta’siri.
Hamkorlik faoliyatini takomil bosqichiga o‘tish jarayonida o‘zaro ta’sir
o‘tkazish harakatini baholashdan o‘z-o‘zini baholash darajasiga ko‘tarilishi sodir
bo‘ladi. Ushbu jarayon hamkorlik dinamikasidan dalolat beradigan eng muhim
omillardan biri vazifasini o‘taydi.
Hamkorlikda o‘qitishning “Birgalikda o‘qiymiz” metodi 1987-yili Minnesota
universiteti professorlari D.Jonson, R.Jonsonlar tomonidan ishlab chiqilgan. Guruh
talabalari 3-5 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratiladi. Har bir guruh darsda
bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriqni ma’lum qismini bajaradi. Guruhlar
topshiriqlarning to‘liq bajarilish natijasida o‘quv materialining yaxlit o‘zlashtirilishiga
erishiladi.
IJTIMOIY - GUMANITAR FANLARNING DOLZARB
MUAMMOLARI
SAMARQAND – 2024
XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA
6
Mazkur metodning asosiy prinsiplari-komandani taqdirlash, talabalarga
individual yondashish, muvaffaqiyatlarga erishish uchun bir xil imkoniyatlarni
vujudga keltirish.
Erkin fikrlash darslari ilmiy-ommabop adabiyotlar, vaqtli matbuotda chop
etilgan maqolalar va bu maqolalarning muhokamalariga bag‘ishlanadi. Erkin fikrlash
darslaridan ko‘zda tutilgan maqsad:
1. Talabalarning bilim doirasini, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish.
2. Talabalarni ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalar, risolalar, kitoblar bilan
tanishtirish orqali ularning bilim olish va fanga bo‘lgan qiziqishlarini orttirish.
3. Talabalarning avval o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini yangi
vaziyatlarda qo‘llash orqali yangi bilimlarni egallashlariga erishish.
Munozarali darslarning muvaffaqiyati quyidagi masalalarni to‘g‘ri hal etishga
bog‘liq: talabalarning darsga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rishiga; ular o‘rtasida o‘zaro
hamkorlik, yordam uyushtirilishiga; talabalarning o‘z fikr-mulohazalarini to‘liq bayon
qilishi va mantiqan dalillashiga; talabalarda boshqalarning fikrini sabot va chidam
bilan tinglash ko‘nikmalarining hosil qilinganligiga; o‘qituvchining iqtidori, e’tiqodi,
talabalarning bilim faoliyatini faollashtira olish ko‘nikma va malakalariga egallaganlik
darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish metodi aynan mutaxassislik
fanlarini o‘rganishda juda qulay usuldir. Ushbu metod 1976 yili Tel-Aviv universiteti
professori Sh.Sharan tomonidan ishlab chiqilgan. Bu metodda kо‘proq talabalarning
mustaqil va ijobiy ishiga e’tibor qaratiladi. Talabalar alohida-alohida yoki 6 kishilik
kichik guruhlarda ijodiy izlanish olib boradilar. Ijodiy izlanish kichik guruhlarda
tashkil etilganda darsda о‘rganish lozim bо‘lgan о‘quv materiali kichik qismlarga
ajratiladi. Keyin bu qismlar yuzasidan topshiriqlar har bir talabaga taqsimlanadi.
Shunday qilib, har bir talaba umumiy topshiriqning bajarilishiga о‘z hissasini qо‘shadi.
Kichik guruhlarda topshiriq yuzasidan muzokara о‘tkaziladi. Guruh a’zolari birgalikda
ma’ruza tayyorlaydi va guruh talabalari о‘rtasida о‘z ijodiy izlanishlari natijasini e’lon
qiladi. Kichik guruhlar о‘rtasida о‘tkazilgan о‘quv bahsi, munozara talabalar
IJTIMOIY - GUMANITAR FANLARNING DOLZARB
MUAMMOLARI
SAMARQAND – 2024
XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA
7
jamoasining hamkorlikda bajarilgan mustaqil faoliyatining natijasi, yakuni
hisoblanadi. Hamkorlikda ishash natijasida qо‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlar guruh
jamoasidagi har bir talabaning muntazam va faol aqliy mehnat qilishga, kichik
guruhlarni, umuman guruh jamoasini jipslashtirishga, avval о‘zlashtirilgan bilim,
kо‘nikma va malakalarni kutilmagan vaziyatlarda qо‘llanib, yangi bilimlarning
о‘zlashtirilishiga bog‘liq bо‘ladi.
Natijalar boʻlimi.
“Ichki yuqumsiz kasalliklar” fanini “Qishloq xo‘jalik
hayvonlari nafas tizim kasalliklari”mavzusini“Kichik guruhlarda ishlash” metodi
orqali o‘rganamiz. Bu metod - ta’lim oluvchilarni faollashtirish maqsadida ularni
kichik guruhlarga ajratgan holda о‘quv materialini о‘rganish yoki berilgan topshiriqni
bajarishga qaratilgan darsdagi ijodiy ish. Ushbu metod qо‘llanilganda ta’lim oluvchi
kichik guruhlarda ishlab, darsda faol ishtirok etish huquqiga, boshlovchi rolida
bо‘lishga, bir-biridan о‘rganishga va turli nuqtai- nazarlarni qadrlash imkoniga ega
bо‘ladi. “Kichik guruhlarda ishlash” metodi qо‘llanilganda ta’lim beruvchi boshqa
interfaol metodlarga qaraganda vaqtni tejash imkoniyatiga ega bо‘ladi. Chunki ta’lim
beruvchi bir vaqtning о‘zida barcha ta’lim oluvchilarni mavzuga jalb eta oladi va
baholay oladi.
“Kichik guruhlarda ishlash” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. Faoliyat yо‘nalishi aniqlanadi. Mavzu bо‘yicha bir-biriga bog‘liq bо‘lgan
masalalar belgilanadi.
2. Kichik guruhlar belgilanadi. Ta’lim oluvchilar guruhlarga 3-6 kishidan
bо‘linishlari mumkin.
3. Kichik guruhlar topshiriqni bajarishga kirishadilar.
4. Ta’lim beruvchi tomonidan aniq kо‘rsatmalar beriladi va yо‘naltirib turiladi.
Kichik guruhlar shakllantiriladi mavzu yoritiladi
•
1-guruhga topshiriq
•
2-guruhga topshiriq
•
3-guruhga topshiriq
•
4-guruhga topshiriq
IJTIMOIY - GUMANITAR FANLARNING DOLZARB
MUAMMOLARI
SAMARQAND – 2024
XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA
8
•
ko‘rsatma berish va yo‘naltirish
•
muhokama va tahlil qilish
1-guruhga taqdimoti - Nafas a’zolariga burun, burun yo‘llari, yuqori jag‘ va
peshona bo‘shliqlari, otlarda havo xaltachasi, hiqildoq, kekirdak, bronxlar, o‘pka va
plevra kiradi. Bu tizimning asosiy vazifasi to‘qimalarni kislorod bilan ta’minlash
hamda ularda hosil bo‘lgan karbonat angidridni tashqariga chiqarib yuborishdan iborat.
2-guruhga taqdimoti- Nafas tizimining kasalliklari oqibatida asab, Yurak va qon
tomirlar, ovqat hazm qilish va ayirish tizimlarining funksiyalari ham izdan chiqadi.
3-guruhga taqdimoti- Nafas tizimi kasalliklari yuqumsiz kasalliklar orasida katta
salmoqqa ega bo‘lib, qo‘ylarning o‘rtacha 27 %, cho‘chqalarning 17 % va
qoramollarning 11% kasalliklari ushbu tizim kasalliklariga to‘g‘ri keladi va katta
iqtisodiy zararga sabab bo‘ladi.
4-guruhga taqdimoti - Nafas tizimining kasalliklari yuqori nafas yo‘llari
(burundan qon ketishi,rinit, gaymorit, frontit, laringit, traxeit, bronxit) hamda o‘pka va
plevra (bronxopnevmoniya, krupoz pnevmoniya, plevrit, pnevmotoraks, gidrotoraks,
emfizema) kasalliklariga bo‘linadi.
6. Bajarilgan topshiriqlar muhokama va tahlil qilinadi.
7. Kichik guruhlar baholanadi. “Kichik guruhlarda ishlash” metodining afzalligi:
о‘qitish mazmunini yaxshi о‘zlashtirishga olib keladi; muloqotga kirishish
kо‘nikmasining takomillashishiga olib keladi; vaqtni tejash imkoniyati mavjud; barcha
ta’lim oluvchilar jalb etiladi; о‘z-о‘zini va guruhlararo baholash imkoniyati mavjud
bо‘ladi. “Kichik guruhlarda ishlash” metodining kamchiliklari: ba’zi kichik guruhlarda
kuchsiz ta’lim oluvchilar bо‘lganligi sababli kuchli ta’lim oluvchilarning ham past
baho olish ehtimoli bor; barcha ta’lim oluvchilarni nazorat qilish imkoniyati past
bо‘ladi; guruhlararo о‘zaro salbiy raqobatlar paydo bо‘lib qolishi mumkin; guruh
ichida о‘zaro nizo paydo bо‘lishi mumkin.
Xulosa
. Yuqorida qayd etilgan metodlarning о‘ziga xosxususiyati, maqsad va
vazifalarining umumiyligi, talabalarning tahsil olish va muloqotdagi shaxsiy
mas’ulyatini taqozo etishi, shuningdek, muvaffaqiyat qozonishga bir xil
IJTIMOIY - GUMANITAR FANLARNING DOLZARB
MUAMMOLARI
SAMARQAND – 2024
XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA
9
imkoniyatlarning mavjudligidir. Hamkorlikda о‘qitish negizida musobaqa emas, balki
hamkorlikda aqliy mehnat qilib, tahsil olish jarayoni yotadi. О‘qituvchi ta’lim
jarayonida hamkorlikda о‘qitish metodlaridan foydalanish maqsadida quyidagi ishlarni
amalga oshiradi: qaysi mavzularni hamkorlikda о‘qitish metodlaridan foydalanib
о‘rganishni aniqlaydi va mazkur dasrlarni taqvim-rejada belgilaydi; ushbu mavzu
bо‘yicha talabalarga tavsiya etiladigan о‘quv topshiriqlari va ularni bajarish yuzasidan
kо‘rsatmalar tayyorlaydi; hamkorlikda о‘qitish metodidan foydalanib о‘tiladigan
darsturi, dars strukturasi va borishni loyihalashtiradi; yangi mavzu yuzasidan talabalar
bilimini nazorat qilish uchun test savol-topshiriqlarini tuzadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Ishmuhamedov R, Abduqodirov A, Pardaev A. Ta’limda innovatsion
texnologiyalar. – T.: “Iste’dod”, 2008
2.
Tojiboyeva D. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma. -
T.: Fan va texnologiya.2007
3.
Туракулов О.Х., Турматов Ж.Р. Бўлажак касб таълими
ўқитувчиларида тадқиқотчилик компетенциясини шакллантириш методикаси
//ЎзМУ хабарлари. Мирзо Улуғбек номидаги Ўзбекистон Миллий Университет
иилмий журнали. -Тошкент, 2018 йил. №3. 14-18 б.
4.
Нарзиева, Н. Н. (2019). Умумтаълим мактаб ўқувчиларида таянч
компетенциялар асосида тадқиқотчилик кўникмаларини шакллантириш: пед.
фан...(PhD) дисс.
5.
Narzieva, N. N. (2019). Formation of research skills in general education
school students based on basic competencies: ped. science...(PhD) diss.
Samarkand:
SamDU
.
6.
Norkuzievna, N. N., & Solievna, S. G. (2022). Formation of Students'
Research Skills in the Process of English Lessons.
Texas Journal of Multidisciplinary
Studies
,
8
, 141-143.
7.
Norkuzievna, N. N., & Solievna, S. G. (2022, March). DEVELOPING
RESEARCH SKILLS ON THE BASIS OF COMPETENT APPROACH TO
IJTIMOIY - GUMANITAR FANLARNING DOLZARB
MUAMMOLARI
SAMARQAND – 2024
XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA
10
STUDENTS IN AN INTEGRATED LEARNING CONDITION. In
E Conference
Zone
(pp. 151-154).
8.
Norkuzievna, N. N. (2022). Development Of Research Competences Of
Future Veterinary Specialists In The Process Of Lessons.
Eurasian Journal of
Learning and Academic Teaching
,
15
, 41-43.
9.
Hasanovna, S. K., & Nargiza, N. (2019). The advantages of teaching
grammar through games.
Достижения науки и образования
, (6 (47)), 30-31.
10.
Khusenova, N. I., Fayzieva, F. N., Narzieva, N. N., & Rajabova, G. R.
(2019). THE CONTENT OF TEACHING LISTENING IN ENGLISH AT
ELEMENTARY SCHOOL. In
EUROPEAN RESEARCH: INNOVATION IN
SCIENCE, EDUCATION AND TECHNOLOGY
(pp. 45-47).
11.
Нарзиева, Н. (2017). ФОРМИРОВАНИЕ ИССЛЕДОВАТЕЛЬСКИХ
КОМПЕТЕНЦИИ У УЧАЩИХСЯ НА ОСНОВЕ ИНТЕГРАТИВНОГО
ПОДХОДА. In
WORLD SCIENCE: PROBLEMS AND INNOVATIONS
(pp. 156-
158).
12.
Narzieva, N. (2017). Development of Education And Research Activity
Profile Class Students on The Basis of Integrative And Personal Approach.
www.
auris-verlag. de
.
13.
Narzieva, N. N. (2024). DEVELOPMENT OF RESEARCH
COMPETENCIES IN THE CONDITIONS OF INTEGRATED EDUCATION IN
STUDENTS ON THE BASE OF A COMPETENT APPROACH.
CURRENT
RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS
,
5
(02), 16-21.
14.
Narzieva, N. N. (2023). DEVELOPMENT OF RESEARCH
COMPETENCES OF VETERINARY SPECIALISTS IN THE MODERNIZATION
OF VETERINARY EDUCATION.
International Journal of Engineering Mathematics
(Online)
,
5
(3).
15.
Narzieva, N., Namazova, U., & Ernazarov, T. (2022). FACTORS OF THE
DEVELOPMENT OF SOCIO-CULTURAL COMPETENCE OF HISTORY
TEACHERS
IN
THE
PROCESS
OF
PROFESSIONAL
IJTIMOIY - GUMANITAR FANLARNING DOLZARB
MUAMMOLARI
SAMARQAND – 2024
XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA
11
DEVELOPMENT.
THEORETICAL
&
APPLIED
SCIENCE
Учредители:
Теоретическая и прикладная наука
, (5), 171-173.
16.
Рахимов, Б. Х., & Нарзиева, Н. Н. (2016). ТЕХНОЛОГИЧЕСКИЕ
ОСНОВЫ СОВРЕМЕННОГО ПОДХОДА К ОБУЧЕНИЮ. In
Образование через
всю жизнь: непрерывное образование в интересах устойчивого развития
(pp.
356-360).
17.
Назарова, Б., Нарзиева, Н., Умаров, Х., Машарипов, К., &
Кулахметова, М. (2011). ФАКТОРЫ, ВЛИЯЮЩИЕ НА ПРОЦЕСС
ФОРМИРОВАНИЯ
НАУЧНОГО
МИРОВОЗЗРЕНИЯ
СТУДЕНТОВ.
Педагогические науки
, (1), 147-151.
18.
Нарзиева, Н. Н., & Гаппарович, Ҳ. А. ТАЯНЧ КОМПЕТЕНЦИЯЛАР
АСОСИДА ЎҚУВЧИЛАРНИНГ ИЗЛАНИШ, ТАДҚИҚОТ МАДАНИЯТИНИ
БОСҚИЧМА-БОСҚИЧ ШАКЛЛАНТИРИШ ТЕХНОЛОГИЯСИ.
НАМАНГАН
ДАВЛАТ УНИВЕРСИТЕТИ-2021
,
1
, 528.
19.
Ulugmurodova, G. F., Nurmanova, N. N. Z., & Musayeva, N. A. (2020).
SINFDAN TASHQARI O‘QISH DARSLARIDA INNOVATSION METODLAR
ORQALI ALISHER NAVOIY ASARLARINI O‘QUVCHILARGA O‘RGATISH (1-
SINF MISOLIDA).
Интернаука
, (29), 55-56.
20.
Norkuziyevna, N. N., Kurbanovna, S. D., & Rajabovna, S. O. (2024).
VETERINARIYA
TA’LIM
MUASSASALARIDA
TALABALARNING
INTEGRATIV
YONDASHUVI
HAMDA
TADQIQOTCHILIK
KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH.
PEDAGOGS
,
53
(2), 78-87.
21.
Norkuziyevna, N. N., Kurbanovna, S. D., & Rajabovna, S. O. (2024).
VETERINAR
MUTAXASSISLARINI
ILMIY-TADQIQOTCHILIK
KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH.
PEDAGOGS
,
53
(2), 64-77.
22.
Нарзиева, Н. Н. (2022). СПОРТ ТУРЛАРИ БЎЙИЧА ТРЕНЕР-
ЎҚИТУВЧИЛАРНИНГ ИЖТИМОИЙ-МАДАНИЙ КОМПЕТЕНТЛИГИНИ
РИВОЖЛАНТИРИШ.
AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI
ILMIY JURNALI
, 980-983.
IJTIMOIY - GUMANITAR FANLARNING DOLZARB
MUAMMOLARI
SAMARQAND – 2024
XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA
12
23.
Turgunboev, A., & Narzieva, N. N. (2022). Zoroastrianism's source of
education-interpretation of veterinary and animal husbandry in" Avesta.
Scientific
Journal of Agrobiotechnology and Veterinary Medicine, ps
, 1180-1183.
24.
Тургунбоев, А., & Нарзиева, Н. Н. (2022). ЗАРДЎШТИЙЛИКНИНГ
ТАЪЛИМ-ТАРБИЯ МАНБАИ-“АВЕСТО” ДАГИ ВЕТЕРИНАРИЯ ВА
ЧОРВАЧИЛИК ТАЛҚИНИ.
AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA
TIBBIYOTI ILMIY JURNALI
, 1180-1183.
25.
Kurbanovna, S. D., Norkuzievna, N. N., & Rajabovna, S. O. (2024).
HISTORICAL AND SPIRITUAL HERITAGE, AN IMPORTANT FACTOR OF THE
FORMATION OF AESTHETIC CULTURE IN YOUTH.
PEDAGOGS
,
53
(2), 45-55.
26.
Kurbanovna, S. D., Norkuzievna, N. N., & Rajabovna, S. O. (2024).
FACTORS INFLUENCING THE FORMATION OF AESTHETIC CULTURE IN
YOUTH.
PEDAGOGS
,
53
(2), 37-44.
27.
Rajabovna, S. O., Norkuzievna, N. N., & Kurbanovna, S. D. (2024).
SOCIO-ECONOMIC CONDITION OF RURAL YOUTH AND WAYS TO
IMPROVE IT.
PEDAGOGS
,
53
(2), 56-63.
28.
Rajabovna, S. O., Norkuziyevna, N. N., & Kurbanovna, S. D. (2024).
YOSHLARNI
TARBIYALASHDA
RAQAMLI
IQTISODIYOTNI
O
‘RNI.
PEDAGOGS
,
53
(2), 26-36.
29.
Davlatov, R. B., & Khushnazarov, A. K. (2024). Diagnosis and
chemoprophylaxis of rabbit eymeriosis. In E3S Web of Conferences (Vol. 480, p.
03020). EDP Sciences.
