Педагогико-психологические факторы развития интеллектуального потенциала молодежи

inLibrary
Google Scholar
Журнал:
Выпуск:
CC BY f
3-6
8
11
Поделиться
Kaxarova, N. (2020). Педагогико-психологические факторы развития интеллектуального потенциала молодежи. in Library, 20(2), 3–6. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/16855
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье раскрываются педагогические и психологические основы интеллектуального потенциала обучающихся в учебном процессе. Автором отмечается, что обучения творчеству и развития одарённости необходимо выявлять и изучать в раннем школьном возрасте. Эти мероприятия будут способствовать развитию интеллектуальной способности молодёжи.

Похожие статьи


background image

‘XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2020. № 5. www.xtjurnali.zn.uz

Nilufar KAXAROVA,

Qo'qon davlat pedagogika instituti, “Rus tili va adabiyoti” kafedrasi o'qituvchisi

YOSHLARNING INTELLEKTUAL SALOHIYATINI

RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK-

PSIXOLOGIK OMILLAR

Annotatsiya

Maqolada ta'lim jarayonida yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishda pedagogik va psixologik

asoslar hamda ularning ijodiy salohiyatini o'rganishning natijalari xususida fikr yuritil- gan. Shuningdek,
barcha ta'lim maskanlarida bilim berayotgan o'qituvchilar o'z shogirdlarining ijodiy salohiyati va mahoratini

rivojlantirish uchun ularning intellektual sifatlarini aniqlash hamda o'rganishlari zarurligi ta'kidlangan.

Kalit so'zlar.

Intellektual salohiyat, iqtidor, taraqqiyot, kuzatuvchanlik, ijodkorlik, xarakter, xususiyat.

В статье раскрываются педагогические и психологические основы интеллектуального

потенциала обучающихся в учебном процессе. Автором отмечается, что обучения творчеству и
развития одарённости необходимо выявлять и изучать в раннем школьном возрасте. Эти
мероприятия будут способствовать развитию интеллектуальной способности молодёжи.

Ключевые слова.

Интеллектуально творческий потенциал, логичность, одарённость,

способность, наблюдательность, внимательность,

The authors noted, pointed to teachers assigned tasks, work with talented children creative one of the

main areas of activity of the head. Acquire pedagogical and psychological foundations, intellectual potential
youth in the educational process, creativity and talent and his appearance, social historical nature, the study
of the creative intellectual potential.

Key words.

Talent, creating, management, creators, puzzles, development, attention, influence,

logics, human psyche.

ugungi kunda mamlakatimizda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, kommu- nikatsion
vositalardan keng foydalanish, hamda yoshlarning intellektual salohiyatlarini
rivojlantirishga keng imkonoyatlar yaratilmoqda. Jumladan, ta’lim-tarbiya jarayonini

amalga oshirishda ma’lum bir maqsad belgilab olinadi, qo- nunlar qabul qilinadi, dasturlar
va tadbirlar ishlab chiqiladi, rejalar belgilanadi va bu- lar hozirgi talab darajasida amalga
oshiriladi. Demak, ta’lim-tarbiya oldida loyihalash, ma’lum pedagogik tizimning amalga
oshiriladigan loyihasi, qurilishi esa pedagogik texnologiyadir. Shu nuqtayi nazardan
qaralgand

a “shaxsni shakllantirish” ham ma’lum pedagogiktizimning loyihasidir. Ya’ni

barkamol shaxstarbiyasining maqsadi, mazmuni, tarbiya metodlari, shakllari va vositalari
mavjud bo’lib, bu ham o’ziga xos texnologiyadir. O’quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida
tarb

iyalash jarayonida maktab direktori, o’quv hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha

direktor o’rinbosarlari o‘z funksional imkoni- yatlaridan kelib chiqqan holda sinf rahbari va
maktab amaliyotchi psixologining vazi- 18

B


background image

19

falariga jiddiy e’tibor berishlari, ta’lim tizimida pedagogika va psixologiya fanlarining ilmiy-
nazariy imkoniyatlari mavjudligini ko’rsatib berishlari, zamonaviy talablarga mos yangi
vazifalarni bajarish, o'quvchilar qobiliyati va imkoniyatlariga muvofiq ravishda, ta’limga
tabaqalashtirilgan

yondashuv, ta’lim jarayoniga ilg’or pedagogik va yangi ax- borot

texnologiyalarini joriy etish bo’yicha to’liq imkoniyatlarni yaratib berishi lozim.

Bugungi kunda davlatimiz tomonidan ko’rsatilayotgan e’tibor va g’amxo’rlik bar- cha

o’qituvchilarning o‘z ustida ishlashi, tinimsiz izlanish olib borishi hamda o’quvja- rayonini
zamon talablari darajasida, ilmiy asosda tashkil etishlari uchun zaruriy sha- roitlarni yaratib
berish bilan bir qatorda xalq ta’limi sohasiga yosh mutaxassislar kelib qo’shilishiga imkoniyat
yaratmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, maktab rahbarlari oldiga yanada yangi talab va vazifalar
qo’yadi.

Ayni vaqtda sinfdagi o’quvchilar o’zlashtirishining sifati, sinfdan tashqari ishlarning

uyushtirilishi maktab va oilaning aloqasini mustahkamlash,

o’qituvchilarning bolalarga

nisbatan qo’yadigan talablarida birlik bo’lishini ta’minlashi singari muhim vazifalarni hal etish
uchun javobgar shaxs bo’lishini sharoitning o’zi talab qiladi.

Tajribali maktab rahbarlari o’quvchilarni har tomonlama kamol toptirish uchun

o’qitishda fanlararo aloqalarni amalga oshirish, og’zaki guruhiy yoki yakka suhbatlarni ustun
qo’yish, suhbatlarda kitobxonlar ichki dunyosini bilish kabi imkoniyatlardan foy- dalanishni
yaxshi yo’lga qo’ya olgan.

Maktab o’quvchilari orasida iqtidorli bolalarni saralash, ular bilan ishlash, qiziqish- lari,

qobiliyatlarini o’rganish, iqtidorlikni rivojlantirish mamlakatimizda kadrlar tayyor- lashning
dolzarb va katta istiqbolli yo’nalishlaridan biri - o’sib kelayotgan yosh avlod orasidan
iste’dodli, zukko bolalarni saralash, ularning zamonaviy maktablarda boyitil- gan,
mazmunlidasturlarasosidao’qitish, ulargakeng imkoniyatlaryaratib berish vatez fursatda
xalq xo’jaligining turli sohalari uchun malakali mutaxassislarni yetishtirishdan i bo rat.

Shun

day ekan, ta’lim muassasalari o’quvchilari orasidan asosli ravishda iqti- dorlilarni

layoqati, qobiliyati va qiziqish yo’nalishlariga qarab u yoki bu sohaga, kasb- hunarga to’g’ri
yo’naltirish har bir o’qituvchining, psixologning, maktab rahbarining oldida turgan eng asosiy
dolzarb vazifalardan biridir.

Iqtidorli bolalarni saralash va ularning bilim olishlarini to’g’ri tashkil etishda yechimini

topish kerak bo’lgan muammolar talaygina. Bu muammolarni bartaraf etish uchun, eng
awalo, rahbar kadrlar o’z faoliyatiga tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqib, amaliyotga joriy
etmog’i pedagog kadrlar bilan samarali ishni tashkil qilmog’i lozim. Unda har bir pedagog,
ota-

ona va tarbiyachi boladagi iste’dodni ko’ra bilishi va his eta olishi kerakligi bo’yicha

yo’riqnomalar berilishi, unga amal qilinishi talab etiladi. Buning uchun esa, ular iste’dodli va
iqtidorli bolaning individual psixologik va fiziologik xususi- yatlari haqida umumiy
ma’lumotga yoki tasawurga ega bo’lishlari shart. Shu o’rinda maktabda bilim olishga
intilayotgan iqtidorli bolalar bilan olib borilishi lozim bo’lgan ishlar haqida qisqacha to’xtalib,
ularga xos bo’lgan ba’zi bir psixologik-fiziologik xu- susiyatlarni ko’rsatib o’tish lozim.

Iqtidorli bolalarni o’rganishimiz va aniqlashimiz uchun, awalombor, “Iqtidorli bola bilan

ishlash” metodikalarini to’liqligicha o’rganib chiqib qo’llash zarur. O’qituvchi iqtidorli bolalarni
uylariga borib, ularning qo’shnilari, ota-onalari va bolaning o’zi bilan suh- bat o’tkazishi zarur
va berilgan savollarga javoblar olishi lozim. Olingan natija qayta ishlab chiqilib, undan
bolaning rivojlanishiga kerak bo’lgan omillar aniqlanadi.


background image

‘XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2020. № 5. www.xtjurnali.zn.uz

20

Iqtidorli

bolalar bilan maxsus ishlar olib borish, qobiliyatli o'quvchilarni kelajakda o‘z

Vataniga, xalqiga foyda keltiradigan, uning nomini butun jahonga tanitadigan, olim- lar,
sportchilar, davlat arboblari, siyosatchilar sifatida tarbiyalab voyaga yetkazishga imkon
beradi. Iqtidorli bolalar qobiliyatlarini yuzaga chiqishi uchun harakat qilish va ular bilan
muntazam ishlash bugungi kunda nafaqat pedagoglar, balki mahalla, oila va maktab
rahbarlarining ham asosiy vazifalaridan biri bolmogi darkor.

Ma’lumki, keyingi o‘n yil ichida ta’limni isloh qilishda, milliy mustaqillik prinsiplari va

xalqning boy intellektual merosi, umumbashariy qadriyatlarning ustuvorligi asosida
ta’limning barcha darajalari va bo’g’inlarida ta’lim oluvchilarning ma’naviy va axloqiy
fazilatlarini rivojlantirish,

ta’lim olishda, shuningdek, bolalar va yoshlarni ma’naviy, axloqiy,

intellektual va jismoniy jihatdan tarbiyalashda jamoat tashkilotlari, mahalla- lar, xayriya va
xalqaro fondlarning rolini kuchaytirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda ularni
amalga oshirish ishlari jadal sur’atlar bilan olib borilmoqda.

Yoshlarning intellektual ijodiy salohiyatini rivojlantirishning maqsadi:
- yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish va uni muhofaza qilishdan ibo-

ratdir;

- ilm-

fan va davlat hokimiyati hamjihatligidagi sa’y-harakati, shuningdek, ta’lim tizimini

modernizatsiya qilish, intellektual zaxiralarni muhofaza qilish va rivojlantirish:

-

intellektual ijodiy salohiyatni rivojlantirish ishlarini tartibga solish;

- yoshlarning intellektual ijodiy salohiyatini rivojlantiruvchi psixologik-pedagogik

tashkiliy-uslubiy asoslarini yaratishdan iborat.

Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni belgilab olish lozim:
-

iqtidorli o’quvchi-yoshlarni izlash mexanizmi, psixologik-pedagogik, tashkiliy- uslubiy

asoslarini yaratish borasidagi kamchiliklarni aniqlash.

- intellektual ijodiy salohiyatni oshirishda tarbiya jarayonining xususiyatlarini

o’rganish;

-

yoshlarning mustaqil faoliyat turlarini o’rganishi;

-

yoshlarning ma’naviy intellektual ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish manbalarini

yaratish;

-

yoshlarning intellektual ijodiy salohiyatini oshirish usullarini ishlab chiqish;

-

yoshlarning intellektual ijodiy salohiyatini nazariy va amaliy jihatdan o’rganib chiqish;

-

fanning turli sohalaridagi mutaxassislar intellektual salohiyatini oshirish bo’yicha

takliflar ishlab chiqish;

-

bo’lajak rahbar kadrlarning intellektual salohiyatini oshirish va ko’maklashuvchi

(xorijiy) yuridik malakani o’rganish va me’yoriy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish.

Bugungi kunda olib borilayotgan ijodiy intellektual salohiyatni rivojlantirishga oid barcha

i

shlarning sifat samaradorligi talab darajasida emas. Ta’lim tizimidagi ta- lablardan kelib

chiqib, o’quvchilarning tahsil olishi davomida intellektual ijodiy salohiyatini rivojlantirish
ishlarini muvaffaqiyatli olib borish zarur. Bu esa, tarbiya jarayoniga psixologik-pedagogik
texnologiyalarni qo’llashni, zamon talabi darajasida mutlaqo yangi tarbiya tizimini yaratishni
talab qiladi.

O’quvchilarga yo’naltirilgan tarbiya tizimi o’qituvchidan yoshlarning intellektual sa-

lohiyatini rivojlantirishda tarbiya uslubiyotlariga alohida munosabat bilan yondashishni,
uslubiyatni hamda mavjud holatni to’liq o’rganishni, jarayonga ijodiy muhitni olib kirish-


background image

21

ni taqozo etadi. Buning uchun har bir o'quvchining kundalik ish faoliyatini kuzatishi- miz va
har bir o'quvchinin

g psixologik dunyoqarashi bo'yicha ma’lum xulosalarga ega bo'lishni

maqsad qilib qo'ymog'imiz lozim.

Yoshlarning umumiy faoliyat turlarini birma-bir o'rganmasdan turib ularning ijodiy

salohiyatiga baho bera olmaymiz. Chunki o'quvchi o'rganilayotgan fanni “a’lo” va “yaxshi”
o'zlashtirishiga qarab, uning iste’dodini baholashimiz ham noto'g'ri uslubdir. Ma’lumki, bir
yo'nalishni chuqur o'zlashtirib, tor mutaxassislik doirasida “a’lo” bo'lib, ixtisosligi bo'yicha
o'qitilayotgan fanlarni yaxshi o'zlashtira olmasligi mumkin.

Buning uchun barcha ta’lim maskanlarida tahsil berayotgan ustozlarimiz o'z sho-

girdlarining ijodiy salohiyati va mahoratini rivojlantirish uchun ularning intellektuaI sifat- larini
o'rganishlari zarur bo'ladi:

-

kuzatuvchanligi, dars jarayonida

har bir fikrning mazmuniga e’tibor berishi;

-

mantiqiyligi, o'zaro suhbat jarayonida mantiqiy fikr ayta olishi;

-

ijodkorligi, jumboqlaryechimini topishi, yozma bayonoti;

-

demokratik erkin fikryurita olish mahorati, adolatliligi;

-

kuzatish orqali fikrini asoslab berishi;

-

o'z fikrini o'zgartirmaslik darajasi;

-

o'z ustida ijodiy ish olib borish qobiliyati;

-

kundalik yangiliklardan xabardorligiga e’tibor qaratiladi.

Yoshlarning intellektual sifatlarini o'rgangan holda ular bilan muntazam ish olib borish

uchun t

a’lim jarayonida yuqorida zikr qilingan usullardan foydalanishni nazarda tutish

muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, har bir ta’lim maskanida o'tkaziladigan
ta’limiy tadbirlar, tanlov va musobaqalar ham yoshlarning ilmiy va ijodiy intellektual
salohiyatini oshirishga juda katta yordam beradi. Buning uchun har bir us- toz o'zi tanlagan
shogirdining mahoratini oshirib borish uchun barcha usullarni qo'llay olishi, o'quv maskani
ma’muriyati tomonidan tashkil etilayotgan tadbirlarni o'z vaqtida muntazam o'tkazilishini
o'rganib borishi lozim.

Insonning kamol topish jarayonini faqat irsiyat, ijtimoiy muhit va ta’lim-tarbiyaga bog'lab

o'rganish, talqin qilish ham haqiqatga unchalik to'g'ri kelmaydi. Chunki ijtimoiy taraqqiyotda
shaxsning o'zi ham faol ishtirok etadi.

Shuni ta’kidlash joizki, ijtimoiy muhitda ta’lim-tarbiyaga shaxsning o'zi faol ishtirok

etgandagina uning tug'ma layoqatini uyg'otadi, iste’dod, qobiliyatlarini o'stira oladi.

Fanlarda o'zlashtira olmagan o'quvchilarni qobiliyatsiz deyish xato, o'qituv- chining

birinchi galdagi vazifasi - har bir o'quvchining yosh va psixologik xususiyatini chuqur
o'rganish, uning qiziqishi va istaklarini aniqlash, ularni hisobga olgan holda pedagogik
chora-tadbirlarni ko'rishdir. Umuman, pedagogik jihatdan to'g'ri uyushtiril- gan harqanday
faoliyat bola shaxsining aqliy, axloqiy, estetik, jismoniy hamda irodaviy rivojlanishiga ijobiy
ta’sir etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Daniyarov. B.X, Asadov. Y.M, Zokirov. 1.1.laming umumiy tahriri ostida. Ustoz va

shogirdga eslatma. - T, 2010.

2.

Qurbonov. Sh, Seyithalilov. E. Ta’lim sifatini boshqarish. - T: “Turon-lqbol”. 2006.

3.

Karimova V. Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot. -T, 1999.

Библиографические ссылки

Daniyarov. B.X, Asadov. Y.M, Zokirov. I.I.larning umumiy tahriri ostida. Ustoz va shogirdga eslatma. - T., 2010.

Qurbonov. Sh, Seyithalilov. E. Ta’lim sifatini boshqarish. - T.: “Turon-Iqbol”. 2006.

Karimova V. Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot. -T., 1999.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов