Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 2/24
17
0
1-noyabr 2024-yil.
UDK: 619:639.3
LERNAEA CYPRINACEANI BALIQLAR TANASIDA RIVOJLANISH
BOSQICHLARI
Sulaymanova N.A. -
tayanch doktorant
Mavlonov S.I. -
v.f.d., professor
Baliyev Sh.K. -
v.f.f.d., katta ilmiy xodim
Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti
Annotatsiya:
Maqolada sun’iy suv havzalarida boqilayotgan baliqlar
lerneozining tarqalishi, rivojlanish bosqichlari, kelib chiqish sabablari haqidagi
ilmiy manbalar tahlili bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
baliq, suv, havza, tuz, texnika, lerneya, gipoxlorid kalsiy, oxak,
qisqichbaqa, oxak, tuproq, mineral modda.
Аннотация:
В статье описан анализ научных источников о
производственных процессах и причинах происхождения рыбы, выращиваемой
в водоемах.
Ключевые слова:
рыба, вода, бассейн, соль, техника, лернея, гипохлорит
кальция, известь, креветки, известь, почва, минеральное вещество.
Abstract:
The article describes an analysis of scientific sources on production
processes and the reasons for the origin of fish grown in reservoirs.
Key words:
fish, water, pool, salt, equipment, lernea, calcium hypochlorite,
lime, shrimp, lime, soil, mineral matter.
Baliq shifobaxsh taom sifatida qadimdan sevib iste‘mol qilinadi. Ayniqsa, tez
hazm bo‘lishi va parhezbopligi baliqning qiymatini yanada oshiradi. Baliq go‘shti
tarkibida juda ko‘p vitamin va mikroelementlar saqlashi tufayli biologik qiymati ham
qoramol va qo‘y go‘shtidan yuqori turadi. Baliq go‘shtining 100 grammida inson
salomatligi uchun kerak bo‘ladigan bir kunlik 0,2 milligramm yod saqlaydi. Bundan
tashqari, baliq mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarining chiqindilari qishloq
xo‘jalik hayvonlarining ratsionini oqsilga va ko‘plab vitaminlarga boyitishda asosiy
qo‘shimcha hisoblanadi.
Mavzuning dolzarbligi.
Hozirgi kunda baliqchilikni jadal rivojlantirish,
tarmoqda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash bugungi kunning dolzarb
muammolaridan biri hisoblanadi. Ushbu dolzarb vazifalarni samarali bajarishda
baliqlarning invazion kasalliklari, jumladan lerneoz kasalligi katta to‘sqinlik
qilmoqda. Lerneoz
–
bu invazion kasallik bo‘lib, chuchuk suv baliqlari terisining
zararlanishi bilan xarakterlanadi.
Lerneyalarning 110 ga yaqin turi bo‘lib, karpsimon
baliqlarning barcha turlarida, hattoki suv va quruqlikda yashovchilarda ham parazitlik
qilishi aniqlangan.[1,2,5]
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 2/24
17
1
1-noyabr 2024-yil.
K
asallik qo‘zg‘atuvchisi – Lernaea (L.elegans, L.cyprinacea) avlodiga mansub
eshkakoyoqli qisqichbaqalar
bo‘lib, j
insiy yetilgan urg‘ochi tanasi uzaygan,
silindrsimon, bo‘g‘imlarga bo‘linmagan, orqa uchi biroz kengaygan, 0,1 – 1,6 sm
uzunlikda bo‘ladi. Boshining so‘nggi qismida esa 4 ta o‘simtasi joylashgan bo‘lib,
shu orqali lerniyalar baliq tanasiga kirib oladi. 5 juft ikki karra shoxlangan suzgich
oyoqchalari bor. Tuxum qopchalari 1 juft, uzun, har biri 300 – 700 tuxum saqlaydi.
Tuxumdan erkin suzuvchi lichinkalar – naupliuslar chiqadi. Ular 3 juft keyingi
oyoqlarga ega. 9 – 10 kun davomida ular suvda har safar
1-rasm. L.Cyprinaceaning nauplial rivojlanish bosqichlaridagi ko‘rinishi
tullashni amalga oshirgan holda 3 ta nauplial va 5 ta kopepodit bosqichlaridan
o‘tadi.
[3,6,8]
5-tullashdan so‘ng urg‘ochi va erkak lernealar shakllanadi. Tez
fursatlarda jinsiy ko‘payishdan so‘ng erkaklari nobud bo‘ladi, urg‘ochilari esa baliq
to‘qimalariga kirib olib, jinsiy yetiladi.
Tarqalishi.
Adabiyot ma‘lumotlari bo‘yicha birinchi bor Lernealarni
L.Cyprinacea
turi 1745 yilda Yevropa mamlakatlari baliqchilik xo‘jaliklarida
aniqlangan bo‘lsada, Karl Linney 1758 yilda o‘z qo‘l yozmalarida batafsil tasvirlab
o‘tgan. 1880 yilda lernealarni parazitlik qilish oqibatida Mazuriya ko‘lida
boqilayotgan (Polsha) karas baliqlari ko‘p miqdorda nobud bo‘lgan. Bundan tashqari,
xorij adabiyot ma‘lumotlariga ko‘ra 1999 yilda AQSh ning Arkanzas shtatidagi laqqa
baliqlari boqiladigan baliqchilik xo‘jaligida L.cyprinaceani
laqqa baliqlarni jabra
sohasida parazitlik qilib, ularni ommaviy nobud bo‘lishiga olib kelgan
[7,9,11]
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 2/24
17
2
1-noyabr 2024-yil.
Shu bilan birga, Yevropani ko‘pgina davlatlari, Afrika, O‘rta Osiyo, Rossiya
Federatsiyasining janubiy mintaqalarida
keng
tarqalgan bo‘lib, iqtisodiy zarari haqida
adabiyot ma‘lumotlarida bayon etilgan. Respublikamizni Samarqand, Toshkent,
Andijon, Surxondaryo viloyatlari baliqchilik xo‘jaliklarida boqilayotgan karpsimon
baliqlarida kuzatilmoqda.
Klinik belgilari.
Baliqlar lerneozida yallig‘lanish jarayoni baliqlar tanasining
epidermis, derma va muskul qavatini egallab, jabra va hatto ichki organlarda ham
parazitlik qiladi. Lernaea joylashgan to‘qimalarga yallig‘lanish jarayoni kechib,
shishlar hosil bo‘ladi, giperemiyalashadi va qizil, oq tor, ensiz yarachalar hosil
bo‘ladi. To‘qimalarda qonli eksudatning shimilishi oqibatida teridagi tangachalar
biroz ko‘tariladi, shaklsizlanadi va patogen bakteriyalar, zamburug‘lar rivojlanishi
hisobiga baliqlarda turli kasalliklarni rivojlanishiga olib keladi.
2-rasm. Copipodit bosqichidagi L.Cyprinacea lichinkasini ko‘rinishi
Yosh baliqlarda 2-3, katta yoshli baliqlarda 15 ekzemplyargacha bo‘lgan
qisqichbaqasimonlarning parazitlik qilishi ularni nobud bo‘lishiga olib keladi. Bir
yozli baliqlarda Lernaealar qorin bo‘shlig‘igacha kirib borib, baliqlar ichak va jigar
sohalarini jarohatlab, qorin bo‘shlig‘ida qon quyulishlar hosil bo‘lishiga sabab
bo‘ladi. Baliq tanasidagi qon quyulish va yaralari hisobiga o‘zining tovarlik sifatini
yo‘qotadi. Baliqlarni kasallik bilan zararlanishi juda ham yuqori bo‘lib, har bir
baliqda o‘nlab miqdorda bo‘ladi. Lernea bilan zararlangan baliqlar kelgusi yilda
kasallikni tarqatuvchilari bo‘lib qoladi. Lernealarning lichinkali bosqichi kasallikni
manbai hisoblanadi.
Lernea boshqa qisqichbaqalardan farqli ravishda murakkab
hayotiy bosqichlarni o‘tab, oraliq xo‘jayinsiz to‘g‘ridan to‘g‘ri baliqdan baliqga
yuqadi [4,8,10]
Sog‘lom baliqchilik xo‘jaliklarida kasallikni oldini olish uchun qo‘yidagi
tadbirlar olib boriladi:
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 2/24
17
3
1-noyabr 2024-yil.
- baliq boqilgan hovuzlar loyqalarini quritish yo‘li bilan har yili qish faslida
dezinfektsiya ishlarini muntazam ravishda amalga oshirish;
-baliq havzasi suv kirish joyiga “filtr sitalar” o‘rnatish va suvni tindirib
o‘tkazuvchi hovuz (otstoynik) larni tashkil qilish muhim tadbirlardan biri
hisoblanadi;
- bahor faslida havzalarga baliqlantirishdan 7-10 kun oldin suv bilan to‘ldirish
katta samara beradi;
-xo‘jalikka zararlangan baliqlarni keltirmaslik va baliqlarni tashishda nazorat
o‘rnatish;
-yosh va katta yoshdagi baliqlarni alohida havzalarda saqlash;
Kasallikga qarshi kurashish va davolash.
Ma‘lumotlarga ko‘ra hozirgi
kunda Rossiya va bir qator Yevropa mamlakatlari balichilik xo‘jaliklarida baliqlar
lerneozini davolash va oldini olish uchun qo‘yidagi preparatlar qo‘llanilib
kelinmoqda. Jumladan, bular “Krustasid (diflubenzuron)”, “Doramektin”
preparatlarini 10 kun davomida 1 mg/kg miqdorda baliq vazniga nisbatan ozuqaga
qo‘shib berish va akvarium baliqlari uchun “Antipar” preparatlari tavsiya etiladi.
Xulosa.
Baliqlarni lerneoz kasalligi baliqchilik xo‘jaliklariga katta iqtisodiy
zarar keltiruvchi kasalliklardan biri bo‘lib, baliqlarga tashqi tarafdan zarar yetkazib
ularni eng avvalo tovarlik xususiyatini yo‘qolishiga, qisqichbaqasimonlar tomonidan
hosil qilingan jarrohatlar baliq tanasida chuqur yaralar hosil qilib, har xil infeksion
kasalliklarga jumladan,
Aeromonas hydrophila
va turli zamburug‘li kasalliklarga
chalinishi sababli baliqlar immunitetni tushib ketishiga olib keladi. Baliqlarda
lerneozni oldini olishda baliqchilik havzalarini to‘g‘ri tashkil qilish, havzalarga qish
faslida havzani butunlay baliqsizlantirib, quritib dezinfektsiya ishlarini olib borish va
bahor, yoz fasllarida baliq havzasiga qopda gektariga 400 kg dan tuz solib qo‘yish va
baliq havzasini bir oyda 2 marta to‘g‘ri so‘ndirilgan 100 kg miqdordagi ohak bilan
dezinfeksiya qilish kabi tadbirlar bu kasallikni oldini olishda katta ahamiyatga ega.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Балиев, Ш., & Қўлдошев, О. (2019). Меры профилактики акушерско-
гинекологических заболеваний у коров и коров.
in Library
,
19
(2), 61-62.
2.
Балиев, Ш., Кулдошев, О., Исаев, М., Очилов, Ж., & Зарпуллаев, П.
(2019). Ветеринарно-санитарные требования к искусственному побегу
животных.
in Library
,
19
(3).
3.
Urinova, Z., Namozov, O., Baliyev, S., Karimov, M., Farmonov, N., Babaev,
T., ... & Kambarov, A. (2024). Influence of nature and macromolecular
characteristics of carrier polymer on immobilization of bolaform ions. In
BIO Web of
Conferences
(Vol. 95, p. 01019). EDP Sciences.
4.
Урақова, Р. М., Балиев, Ш. Қ., & Ботирова, З. (2024). АСАЛАРИЛАР
НОЗЕМАТОЗ КАСАЛЛИГИНИНГ ДАВОЛАШ ВА ОЛДИНИ ОЛИШНИ
ЗАМОНАВИЙ УСУЛЛАРИ.
Ustozlar uchun
,
1
(1), 248-253.
5.
Uraqova, R. M., Gaznaqulov, T. Q., & Baliyev, S. Q. (2024). BALIQ
PARVARISHIDA
SUV
XAVZALARINI
UG
‘ITLASHNING
AHAMIYATI.
Ustozlar uchun
,
1
(1), 27-31.
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 2/24
17
4
1-noyabr 2024-yil.
6.
Baliev, S. K., Uroqova, R., Sulaymanova, N. A., Xushnazarov, A. X., &
Botirova, Z. (2024). BALIQLARNI BRONXIOMIKOZDAN ASRAYLIK.
Ustozlar
uchun
,
1
(1), 133-137.
7.
Балиев, Ш., Урокова, Р., Сулайманова, Н., Хушназаров, А., & Ботирова, З.
(2024). Защитим рыбу от бронхиомикоза.
in Library
,
2
(2), 133-137.
8.
Балиев, Ш., Уракова, Р., & Газнакулов, Т. (2024). Удобрение водоемов в
рыбоводстве.
in Library
,
2
(2), 27-31.
9.
Балиев, Ш., Уракова, Р., & Ботирова, З. (2024). Современные методы
лечения и профилактики нозематоза пчел.
in Library
,
2
(2), 248-253.
10.
Балиев, Ш., Суванов, С., & Кулдашив, О. (2024). Диагностика патологий,
возникающих в яичниках коров, современными методами.
in Library
,
2
(2), 19-
22.
11.
Балиев, Ш. (2023). Сапролегниоз рыб (дерматомикоз) лечение и меры.
12.
Балиев, Ш., Сулайманова, Н., Хошимова, Ш., & Мавланов, С. (2023).
Правильная организация рыбоводных прудов и осенне-зимние мероприятия,
проводимые в прудах.
in Library
,
3
(3), 30-32.
13.
Балиев, Ш., Сулайманова, Н., & Мавланов, С. (2024). Способы
профилактики бронхиомикоза рыб и факторы, вызывающие его.
in Library
,
1
(1).
14.
БФ, Қ. О. М., & Бобоев, Т. М. (2011). Лечения и профилактика
акушерско-гинекологических заболеваний коров полимерными соединениями
антисептических препаратов. In
Тўртинчи халқаро илмий конференция
ЎзВИТИ. Самарқанд
.
15.
Балиев, Ш. (2023). Сапролегниоз рыб (дерматомикоз) лечение и меры
профилактики.
in Library
,
1
(2), 67-70.
16.
Балиев, Ш., Муртазин, Б., Мавлонов, С., & Шералиева, С. (2013).
Активизация половой активности коров естественными средствами и
методами.
in Library
,
3
(3), 20-24.
17.
Балиев, Ш., & Саидалимов, Р. (2023). Выращивание и содержание
пчелиных маток в пчеловодческих хозяйствах.
in Library
,
1
(2), 1-5.
18.
Ботирова, З., Уринова, З., Балиев, Ш., Фармонов, Н., & Бабаев, Т. (2024).
Некоторые аспекты применения полимеров в фармакологии.
in Library
,
1
(1), 32-
34.
19.
Baliev,
S.
Q.,
&
Sulaymanova,
N.
A.
(2024).
BALIQLAR
AERAMANOZI.
PEDAGOGS
,
55
(1), 124-130.
20.
Балиев, Ш., Кулдошев, О., Мавланов, С., & Курбонов, Ф. (2016).
Определение эффективности препаратов при лечении мастита.
in Library
,
16
(2),
63-65.
21.
Балиев, Ш., Муртазин, Б., Кулдашев, О., & Очилов, Ж. (2017). Значение
биологических препаратов в профилактике бесплодия крупного рогатого
скота.
in Library
,
17
(2), 32-34.
22.
Балиев, Ш., & Эшбуриев, Б. (2022). Эффективность препарата карбаказы
при лечении эндометрита у коров.
in Library
,
22
(3), 339-345.
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 2/24
17
5
1-noyabr 2024-yil.
23.
Балиев, Ш., Курбанов, Ф., & Саттаров, Ж. (2022). Эффективность
препаратов, применяемых при лечении сапролегиниоза рыб в искусственных
водоемах.
in Library
,
22
(3), 25-27.
