Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 2/24
12
1-noyabr 2024-yil.
619.616 34.+002 636.7.
BUZOQLAR DISPEPSIYASINI DAVOLASH
VA OLDINI OLISH CHORA
TADBIRLARI
Ibragimov B.X.
- v.f.n., dotsent
Ravshanova F.S.
– assistenti
ORCID - 0009-0001-7461-7244
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar
universiteti
Аннотация.
В этой статье приведены данные о причинах диспепсии
среди телят, механизмы развития заболевания, симптомы и диагностика,
методы лечения и профилактики до конца не изучены а также проведены
исследования по усовершенствованию методов лечения.
Ключевые слова:
Электролитно-дегидратационный раствор (ЭДЭ,
относительно небольшая масса тела, окситетрациклин гидрохлорид, бентонит,
электролит-вода
Annotatsiya.
This article presents data on the causes of dyspepsia in the calf,
the mechanism of development of the disease, symptoms and diagnosis, methods of
treatment and prevention, research and research, improvement of methods of
treatment.
Key words:
Electrolyte-dehydration solution (EDE, relatively small div
weight, oxytetracycline hydrochloride, bentonite, electrolyte-water.
Mavzuning
dolzarbligi.
Sutdan
chiqarilgan
bo‘g‘oz
sigirlarning
mikroelementozlar
bilan
kasallanishi
oqibatida
homilaning
rivojlanishida
etishmovchiliklar kuzatilishi, ulardan sog‘ib olingan uviz suti biologik qiymatining
pasayishi, ulardan tug‘ilgan buzoqlarda tana vaznining nisbatan kichik (13,4
foizgacha) bo‘lishi va tana vazni kunlik o‘sishining pasayishi (14,4 foizgacha),
shuningdek, buzoqlar orasida dispepsiya kasalligining nisbatan ko‘p qayd etilishiga
qaramasdan kasallikning rivojlanish mexanizmlari, simptomatikasi va diagnostikasi,
davolash va oldini olish usullari to‘lig‘icha o‘rganilmagan.
Tadqiqotlar ob’ekti va uslublari
. 3 boshdan 1-7 kunlik buzoqlar bo‘lgan
ikkita guruh tashkil etildi, ikkinchi guruhga esa dispepsiya bilan kasallangan buzoqlar
ajratilib, klinik-fiziologik tekshirishlardan va ulardan olingan na’munalari laborator
tekshirishlardan o‘tkazildi.
Birinchi tajriba guruhidagi kasal buzoqlar quyidagi tartibda davolandi:
- 10%-li bentonit eritmasidagi yantoq va achchiq shuvoq damlamasidan
oziqlantirishdan 0,5 soat oldin 300 ml, kuniga 3 marta ichirildi. Damlamani
tayyorlash uchun 0,5 kg maydalangan yantoq va 0,5 kg achchiq shuvoq olingan
idishga 10 litrga etguncha 80-100
o
S haroratdagi 10%-li bentonit eritmasi solinib, 5
soat davomida iliq xona haroratida saqlandi. Damlama dokada sizdirilgandan keyin
undan 2 sutka davomida foydalanildi. Bentonitning 10%-li eritmasini tayyorlash
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 2/24
13
1-noyabr 2024-yil.
uchun 1 kg maydalangan bentonit ustiga 10 litrga etguncha vodoprovod suvi solinib,
yaxshilab aralashtiriladi, 1 soat tindirilgach, uning ustki qismi dokada sizdirib olinib,
30-40 daqiqa qaynatiladi.
- Vena orqali tarkibi: 10,0 natriy xlorid, 5,0 natriy gidrokarbonat, 50,0
glyukoza, 0,25 kaliy xlorid, 0,5 kofein natriy benzoat va 1000,0 gacha distillangan
suvdan iborat eritma iliq holda tomchilatish usulida 30 ml/kg miqdorda yuboriladi.
Eritma shartli ravishda “Elektrolitli-degidratatsion eritma” (EDE) deb ataldi.
Ikkinchi nazorat guruhdagi dispepsiya bilan kasallangan buzoqlar xo‘jalik
variantida davolandi.
Barcha guruhlarda antibakterial vosita sifatida oksitetratsiklin gidroxlorid
antibiotigidan 5 ming TB/kg dozada kuniga bir marta muskul orasiga in’eksiya
qilindi. Davolash tajribalari o‘rtacha 7 kun davom etdi.
Ishlarning iqtisodiy samaradorligini aniqlashda iqtisodiy samara me’zonlari
sifatida tajribadagi sigirlardan tug‘ilgan buzoqlarning tug‘ilgandagi tana vazni, uning
kunlik ortishi va sigirlarning sut mahsuldorligi hisobga olindi.
Dispepsiyaga xos klinik belgilarni birinchi tajriba guruhida davolanayotgan
buzoqlarda davolashning 5- kuniga kelib, ikkinchi guruhdagi buzoqlarda esa
davolashning 3- kunida deyarli yo‘qolishi xarakterli bo‘ldi. Birinchi guruhda
buzoqlarning to‘liq sog‘ayishi davolashning 7- kuniga, ikkinchi guruhda esa
davolashning 5- kuniga to‘g‘ri keldi.
Xo‘jalik variantida davolanayotgan uchinchi nazorat guruhidagi buzoqlarda
davolashning oxirgi kunlariga kelib, dastlabki ko‘rsatkichlarga nisbatan tana
haroratining o‘rtacha 2
o
C ga pasayishi, 1 daqiqadagi puls va nafas sonining 168,5±3,8
va 66,1±1,83 matagacha ortishi, ishtaha, emish va so‘rish reflekslarining yo‘qolishi,
holsizlanish, teri qoplamasi yaltiroqligining pasayishi, ko‘z olmasining kuchli
darajada cho‘kishi, burun oynasining quriqlashishi, ta’sirotlarga befarqlik, ixtiyorsiz
ravishda tezaklash, dum va anus atrofining tezak bilan ifloslanishi, oriqlash kabi
toksik dispepsiyaga xos belgilarning kuzatilishi xarakterli bo‘ldi.
Dispepsiya bilan kasallangan buzoqlarda davolash tajribalarini o‘tkazish bilan
shunday xulosaga keldikki, yantoq va achchiq shuvoqning10%-li bentonit eritmasida
tayyorlangan damlamasidan kuniga 2 marta,oziqlantirishdan 0,5 soat oldin 300 ml
ichirish, “Elektrolitli-degidratatsion eritma”dan 1000 ml gacha vena qon tomiriga
tomchilatish usulida kuniga bir marta yuborishning samaradorligi boshqa usullarga
nisbatan yuqori bo‘lib, organizmda kislota-ishqor muvozanati, elektrolit-suv
almashinuvi, jigarning funksional holati va parenximasining qayta tiklanishiga ijobiy
ta’sir ko‘rsatadi, hamda kasallangan buzoqlarning qisqa muddatlarda sog‘ayishini
ta’minlaydi.
Tajribalarning boshida birinchi tajriba guruhida davolanayotgan buzoqlardan
olingan punktatda shakli o‘zgargan gepatotsitlar o‘rtacha 51,9%, ikkinchi guruhda
54,7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, davolashning oxiriga kelib, bu ko‘rsatkichni birinchi
guruhda 30,7% va ikkinchi guruhda 19,6 foizgacha kamayishi, nazorat guruhidagi
buzoqlarda esa 48,8 foizdan 68,8 foizgacha ortishi kuzatildi .
Tajriba va nazorat guruhidagi buzoqlarning tana vazni davolashning davomida
faqatgina birinchi tajriba guruhida tana vaznining kunlik ortishi kuzatilib, o‘rtacha
105,2±15,7 grammni, tana vaznining 10 kun davomidagi o‘sishi 1,05 kg.ni tashkil
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 2/24
14
1-noyabr 2024-yil.
etdi. Ya’ni nazorat guruhidagi buzoqlarga nisbatan 119 foizga yuqori bo‘ldi. Nazorat
guruhidagi buzoqlarda esa tana vaznining davolash davomida kamayishi o‘rtacha 2,6
kg.ni tashkil etdi
Xulosalar.
1. Buzoqlada klinik belgilar: holsizlanish, ishtahaning, emish va so‘rish
reflekslarining yo‘qolishi, ta’sirotlarga befarqlik, teri sezuvchanligining pasayishi,
qo‘lansa hidli, shilimshiq modda, ba’zan qon aralash sarg‘ich-oq rangdagi ich ketishi,
teri qoplamasi yaltiroqligining pasayishi, ko‘z olmasining kuchli darajada cho‘kishi
va burun oynasining quruqlashishi, ayrim buzoqlarda tashqi shilliq pardalarning
sianozi va oriqlash bilan tavsiflanadi. Puls tezlashgan, ipsimon bo‘lib, yurak tonlari
juda past eshitiladi. Nafas harakatlari qiyinlashgan, yuzaki va juda tezlashgan bo‘lib,
tana harorati, shuningdek, oyoq va quloqlarning harorati pasayib boradi. Kasallangan
buzoqlarda gandiraklash, tana orqa qismining falaji, ko‘pincha yotib qolish qayd
etiladi.
2. Dispepsiya bilan kasallangan buzoqlarni davolash uchun kasallikning
dastlabki daqiqalaridan boshlab, 10%-li bentonit eritmasidagi yantoq va achchiq
shuvoq damlamasidan 300 ml oziqlantirishdan 0,5 soat oldin kuniga 2 marta ichirib
turish, tarkibi:10,0 g natriy xlorid, 0,25 g kaliy xlorid, 50,0 g glyukoza va 0,5 g
kofein natriy benzoat, 5,0 g natriy gidrokarbonat va 1000 ml gacha distillangan
suvdan iborat “Elektrolitli-degidratatsion eritma”dan kuniga bir marta vena qon
tomiriga tomchilatish usulida yuborishning iqtisodiy samaradorligi yuqori bo‘lib,
buzoqlarning qisqa muddatlarda (o‘rtacha 5 kun) to‘liq sog‘ayishini va tana
vaznining kunlik o‘sishini 19,2 foizga ortishini ta’minlaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Равшанова, Ф. (2024). Пути и методы снижения радиационного
воздействия использование молока и мяса.
in Library
,
2
(2), 338-340.
2.
Ravshanova, F. S. (2024). WAYS AND METHODS OF RADIATION
IMPACT REDUCTION USE OF MILK AND MEAT.
Ustozlar uchun
,
1
(1), 338-
340.
3.
Ibragimov, B., Ubaydulaeva, Y., & Ravshanova, F. (2022).
HAYVONLARNING RADIATSIYA BILAN TA'SIRLANGAN TANANING VA
A'ZOLARINI
VETERINARIYA-SANITARIYA
EKSPERTIZASI.
AGROBIOTEXNOLOGIYA
VA
VETERINARIYA
TIBBIYOTI
ILMIY JURNALI
, 95-98.
4.
Bakirov, B., & Ravshanova, F. S. (2024). HAYVONLARDA
BRONXOPNEVMONIYANING KELIB CHIQISH SABABLARI VA KLINIK
BELGILARI BO ‘YICHA ADABIYOT M’LUMOTLARI.
Yangi O ‘zbekiston
ustozlari
,
2
(29), 25-31.
5.
Эшбуриев, Б. М., Алимов, Б. С., & Эрназаров, Б. (2023). СОҒИН
СИГИРЛАР
РЕПРОДУКТИВ
КЎРСАТКИЧЛАРИГА
“MIOSTA
H®”
ПРЕПАРАТИНИНГ
ТАЪСИРИ.
ОБРАЗОВАНИЕ
НАУКА
И
ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
,
34
(3), 142-145.
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 2/24
15
1-noyabr 2024-yil.
6.
Alimov, B. S., & Xamidov, M. X. (2023). SIGIRLARDA
GINEKOLOGIK
KASALLIKLARNI
DAVOLASHGA
YANGICHA
YONDOSHISH.
AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY
JURNALI
, 92-95.
7.
Юнусов, Х. Б., Эшбуриев, Б. М., & Алимов, Б. С. (2024).
Дисфункция яичников и субинволюция продуктивных коров и бесплодия в
последствие их.
Ustozlar uchun
,
1
(1), 333-337.
8.
Alimov, B., Sidikov, B., Urazov, S., Yunusov, K., & Eshburiyev, B.
(2024). Uterine subinvolution, ovarian hypofunction in productive cows and
infertility as a result of their. In
BIO Web of Conferences
(Vol. 118, p. 01016). EDP
Sciences.
9.
Alimov, B. S., Sidiqov, B. T., & Eshburiyev, B. M. (2024). BEPUSHT
SIGIRLARNING KLINIK MORFOBIOKIMYOVIY KO ‘RSATGICHLARI.
Yangi
O ‘zbekiston ustozlari
,
2
(29), 13-16.
