Qo‘y xlamidiozini immunologik reaksiyаga munosabati

Annotasiya

Maqolada qo'ylardagi immunitetni o'rganish bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan qo'y xlamidiyasiga qarshi emulsifikatsiyalangan GOA formol vaktsinasi bilan immunizatsiya qilingan NIIV va "UNIGEN" MChJ QK tomonidan ishlab chiqarilgan ELISA test to'plamlari. O'rtacha qiymatlar Emlash (0,275±0,015), qayta emlash bilan IgG ko'rsatkichlari o'rnatildi. (0,310±0,025) nazorat guruhiga nisbatan (0,104±0,006) bu farq statistik ahamiyatga ega va organizmdagi immunologik qayta qurishni ko'rsatadi qo'ylar allaqachon emlashning dastlabki ma'muriyati bilan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2020
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
Bilim sohasi
CC BY f
70-76
36

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Navruzov, N., Sayfiddinov, B., & Aktamov, U. (2024). Qo‘y xlamidiozini immunologik reaksiyаga munosabati. in Library, 2(2), 70–76. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/48874
Nurali Navruzov, Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti
Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti Mikrobiologiya laboratoriyasi mudiri
B Sayfiddinov, Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti
kichik ilmiy xodim
U Aktamov, Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti
kichik ilmiy xodim
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Maqolada qo'ylardagi immunitetni o'rganish bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan qo'y xlamidiyasiga qarshi emulsifikatsiyalangan GOA formol vaktsinasi bilan immunizatsiya qilingan NIIV va "UNIGEN" MChJ QK tomonidan ishlab chiqarilgan ELISA test to'plamlari. O'rtacha qiymatlar Emlash (0,275±0,015), qayta emlash bilan IgG ko'rsatkichlari o'rnatildi. (0,310±0,025) nazorat guruhiga nisbatan (0,104±0,006) bu farq statistik ahamiyatga ega va organizmdagi immunologik qayta qurishni ko'rsatadi qo'ylar allaqachon emlashning dastlabki ma'muriyati bilan.


background image

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida

|

TO‘PLAM – 2/24

70

1-noyabr 2024-yil.

UDK: 619. 2. 616. 989.75.

QO‘Y XLAMIDIOZINI IMMUNOLOGIK REAKSIYАGA MUNOSABATI

Navruzov N.I.

- v.f.f.d., katta ilmiy xodim.,

Sayfiddinov B.F.

- kichik ilmiy xodim.,

Aktamov U.B.

- kichik ilmiy xodim.

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti

Аннотация.

В статье представлены данные по изучению иммунитета у

овец иммунизированных эмульгированной ГОА формол вакциной против
хламидиоза овец с помощью тест наборов ИФА производства НИИВ и СП ООО
«UNIGEN». Установлены средние значения показателей IgG, при вакцинации
(0,275±0,015), ревакцинации (0,310±0,025) по сравнению с контрольной
группой (0,104±0,006), данная разница является статистически достоверной и
свидетельствует об иммунологической перестройке в организме овец уже при
первичном введении вакцины.

Summary.

The article presents data on the study of immunity in sheep

immunized with emulsified GOA formol vaccine against sheep chlamydia using
ELISA test kits manufactured by NIIV and JV LLC "UNIGEN". The average values
of IgG indicators were established, with vaccination (0.275±0.015), revaccination
(0.310±0.025) compared with the control group (0.104±0.006), this difference is
statistically significant and indicates an immunological restructuring in the div of
sheep already with the initial administration of the vaccine.

Kalit so‘zlar:

Key words:

xlamidioz, immunoglobulin, vaksina,

immunitet, immunofon, antigen,

mikroorganizm, retseptor, seroguruh.

Chlamydia, immunoglobulin, vaccine,

immunity, immunophone, antigen,

microorganism, receptor, serotype.


Mavzuning dolzarbligi.

Respublikamiz iqtisodiyotiga mayda va yirik shoxli

hayvonlarning xlamidiozi katta zarar keltirishi barcha fermer xo‘jaliklar misolida
yillar davomida kuzatishimiz mumkin. Chorva hayvonlari orasida tekshirishlar
natijasiga ko‘ra yiliga 12 foizgacha abort bo‘lishi aynan xlamidioz kasalligi
tufaylidir. I.I.Nosov, va A.A.Volkovalar ma’lumotiga ko‘ra xlamidioz natijasida
qishloq xo‘jaligi hayvonlarida 50 foizgacha abort bo‘lishi aniqlangan. Kasal
hayvonlarni davolash va kasallikka qarshi kurashish tadbirlari uchun katta mablag‘
sarflanadi.

Ma’lumotlariga ko‘ra; mayda shoxli hayvonlar orasida AQShda 18-43,6;

Kanadada 9-21,6; Gollandiyada 16-24,8; Fransiyada 18-57; Angliyada 14-46,4;
Avsraliyada 6-26,2 va Isroilda 3-34 foiz xlamidioz tarqalganligi ta’kidlangan.

Xlamidioz – enzootik kechadigan kontagioz infeksion kasallik bo‘lib, homila

yo‘ldoshining, ayniqsa kotiledonlarning yallig‘lanishi, bo‘g‘ozlikning 2 – yarmida
abort yoki nimjon layoqatsiz qo‘zi va buzoqlarning (umuman yosh hayvonlarning)
tug‘ilishi hamda ularda o‘pkaning yallig‘lanishi (pnevmoniya) bilan xarakterlanadi.


background image

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida

|

TO‘PLAM – 2/24

71

1-noyabr 2024-yil.

Qo‘zg‘atuvchisi – Chlamydphila abortus ovis Chlamydiacea oilasi va

Chlamydiacea psittaci avlodiga mansub. Xlamidiyalar hujayra ichi paraziti bo‘lib,
o‘lchami 250-300 nmgacha bo‘ladi. Ularning hujayra devori qalin bo‘lib, tarkibida
DNK va RNK mavjud mikroorganizmlar hisoblanadi.

Xlamidiya qo‘zg‘atuvchisi murakkab antigenlik tuzilishga ega bo‘lib, unda

uchta- jinsga, turga va seroguruhga xos antigenlik markazlari mavjuddir. Uning
jinsga bog‘liqligi- gram manfiy bakteriyalar singari hujayra devori termostabilligi
tufaylililipo-polisaxariddir. Antigenlik jinsning o‘ziga xosligini aniqlaydigan epitop
uglevodda joylashgan maxsus bog‘lanuvchi retseptor va 3 monomerdan iborat
oligosaxarid molekulasidan iboratligi bilan ifodalanadi (G.A.Dmitriev va boshqalar.,
1999). Antigen serotiplari turga xos determinantlarni oqsil membranasida sisteinga
boy aminokislotasini maxsus lokalizatsiya qilishidan farqlanadi.

Tadqiqotning maqsadi.

Qo‘ylarning xlamidioziga qarshi qo‘llaniladigan

GOA formol emulgirlangan vaksinaning immun tizimga ta’sir barqarorligi
“UNIGEN” MCHJ QK tomonidan ishlab chiqilgan IgM va IgG test to‘plamlari bilan
vaksinaning samaradorligini hamda immunofonni aniqlash tajribamizning bosh
mezonidir.

Tadqiqot ob’ekti va uslubiyatlari.

Tadqiqotlar Veterinariya ITIning Mikrobiologiya va Hududiy diagnostika

laboratoriyalarida, ishlab chiqarish sharoitida Qashqadaryo viloyati Dehqonobod
tumani “M.Ibragimov nomli Qorako‘lchilik shirkat” MCHJ koorperativ
chorvachilikka ixtisoslashtirilgan kompleksida olib borildi.

Organizmning mikroblar bilan qarshi kurashishi immunoglobulinlar miqdori va

qo‘zg‘atuvchilarga ta’siri bilan belgilandi. Qishloq xo‘jaligi hayvonlarida
immunoglobulin – E va immunoglobulin – D deyarli aniqlanmagan (F.J.Bourne et al.
1978). Makroglobulinlardan IgM–immun reaksiyalarning boshlang‘ich stadiyasida
paydo bo‘ladi. IgG–qon zardobidagi asosiy immunoglobulin bo‘lib, uning ikkita Ig–
G

1

va Ig–G

2

turlari farqlanadi. Immunoglobulinlardan tashqari organizmning asosiy

hujayra elementlari makrofaglar (monotsitlar), shuningdek, faol T va B – limfotsitlar
ham organizmning mikroorganizm va viruslarga qarshi chidamliligini ta’minlaydi
(S.A.Grin.,

A.I.Albulov.,

Ye.A.Ruban.,

A.V.Grin).

Kasallikni

davolashda

ishlatiladigan antibiotik vositalar organizm to‘qima va hujayralarining morfologik va
patologik holatiga salbiy ta’sir etadi.

Bunday fermentli va bosqichli reaksiyalarda poliklonal faollashuv sindromlari

noto‘g‘ri ijobiy natijalarning sababi bo‘lishini inobatga olish kerak bo‘ladi. Shu bilan
birga hayvon organizmida individual (ontogonistik) davrda maxsus moddalar –
superantigenlar –B limfositlar tomonidan turli organizmga kirib kelgan begona
antigenlarga qarshi maxsus himoyalanuvchi oqsil tabiatli fermentlar ishlab
chiqarilishi va javob qaytarilishini o‘ziga xos bo‘lgan tarzda rag‘batlantiradi. Amalda,
bu jarayonlar bir vaqtning o‘zida ko‘plab patogenlarga antigen titrining o‘ziga xos
bo‘lmagan tarzda ortishi bilan ifodalanadi. Antigenlarni aniqlashda noto‘g‘ri salbiy
natijalar immunitet tanqisligi holatlariga, shuningdek, reaksiyani shakllantirishdagi
texnik xatolarga bog‘liq bo‘lishi mumkinligi adabiyot manbalarida keltirilgan.

Dastlabki reaksiya aniqlanuvchi immunoglobulin–Ig (immunoglobulin,

antitelo) va immunologik planshet chuqurqasi yuzasiga o‘rnashgan (fiksasiya


background image

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida

|

TO‘PLAM – 2/24

72

1-noyabr 2024-yil.

qilingan) xlamidiya qo‘zg‘atuvchining tozalangan antigeni o‘rtasida ro‘y beradi.
Hosil bo‘lgan immuno-komplekslarni aniqlash uchun ikkinchi immunologik reaktsiya
o‘tkaziladi, bunda antigen sifatida bog‘langan maxsus Ig (xlamidiya qo‘zg‘atuvchi
antigeni bilan bog‘lanib, immuno-kompleks hosil qilgan) qatnashadi, unga antitelo
sifatida kon'yugat (quyon yoki boshqa hayvon qon zardobiga muvofiq keluvchi
ferment (peroksidaza) bilan belgi qo‘yilgan immunoglobulin (Ig) qatnashdi.
Keyinchalik kon'yugat molekulasining maxsus fermentli qismi tomonidan kataliz
qilinuvchi fermentativ reaktsiya boradi. Bu reaksiyada substart sifatida rangsiz
modda – xromogen qatnashadi va reaksiya jarayonida rangli modda hosil qildi.
Reaksiya davomida planshet chuqurchasidagi suyuqlik rangining intensivlik darajasi
muayyan tarzda namunadagi immunoglobulinlar miqdoriga bog‘liqligini inobatga
oldik.

Reaksiya to‘xtatilgach maxsus apparat (kolorimetr) yordamida planshet

chuqurchalaridagi suyuqlikning ranglanish zichligi o‘lchanadi, natijalarni hisoblash
uchun maxsus apparatdan foydalanildi. Nazoratdagi namunalar optik zichligi bilan
solishtirilib, tahlil natijalari matematik ishlovdan o‘tkaziladi. Ushbu chuqurchada
optik zichlik qancha yuqori bo‘lsa, namunadagi maxsus xlamidiya antitelolar miqdori
shuncha ko‘p bo‘ladi.

IFT uchun chuqurchalari devorlariga oldindan antigen adsorbtsiya qilingan 96

chuqurchali polistirol planshetlardan foydalanildi. Tekshirilayotgan qon zardobi
planshet chuqurchasiga solindi. Bunda gomologik antitelolar oldindan adsorbtsiya
qilingan antigenga birikdi. Xlamidiyalarning birikmagan antitelolari yuvish (vosher
uskunasida) jarayonida chiqib ketadi. Keyin chuqurchaga konyugat – quyon yoki
boshqa hayvon immunoglobulinlarga (xlamidiya antitelolariga) qarshi ferment bilan
belgilangan antitelolar qo‘shildi. Agar tekshirilayotgan qon zardobida aniqlanayotgan
xlamidiya antitelolari mavjud bo‘lsa, ular bu bosqichda antigen rolida qatnashadilar
va fermentga belgilangan xlamidiya antitelolari bilan birikadi. Yuvishdan so‘ng
qo‘shilgan xromogen modda (rang beruvchi) chuqurchalarda bo‘yalishning
rivojlanish bo‘yicha reaksiyani hisobga olish imkonini beradi. Bo‘yalish intensivligi
ferment miqdoriga proporsional, demak, xlamidiyalar antitelolar miqdoriga ham
proporsionaldir (son jihatdan ekvivalent bo‘ladi). Chuqurchalardagi suyuqlikning
optik zichligini o‘lchashda va uni nazorat namunasi bilan solishtirishda antitelolar
kontsentrasiyasi hajm birligida hisoblandi. Natijalarni optik zichlik birligida
hisoblashdan foydalanildi. IFT natijalarini, me'yoriy va patologik ko‘rsatkichlar
pog‘onalarini hisobga olish bo‘yicha har bir test-tizimlarning o‘z ko‘rsatkichlari
mavjud hamda IFT natijalarini tahlil qilishda ularga asoslanish lozim.

IF tahlilni o‘tkazishda “Socorex” dozatorlari, Elx405 mikroplanshetlarni

yuvish pribori, ELx808 mikroplanshetli avtomatik analizatoridan foydalanildi.
Reaksiya

jarayonida

olingan

natijalar

interpretatsiyasi

Bio-Tek

KC4™

ta’minlovchi dasturi yordamida elektron tarzda (kompyuterda) amalga
oshirildi.

“UNIGEN” MCHJ QK tomonidan tayyorlangan IgM va IgG test to‘plamlari

orqali profilaktik samaradorligi o‘rganildi. Buning uchun tajribada qo‘ylar
xlamidioziga

qarshi

emulgirlangan

vaksina

bilan

emlangan,

serologik


background image

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida

|

TO‘PLAM – 2/24

73

1-noyabr 2024-yil.

(immunobiologik) reaksiya natijasida ularning tabiiy kasallarida tadqiqotlar 3
guruhga taqsimlangan 30 bosh (har guruhda 10 boshdan) qo‘ylarda o‘rganildi.

I tajriba guruhidagi 10 bosh qo‘ylarga “Xlamidiozga qarshi emulgirlangan

vaksina” teri ostiga 2 marta in’eksiya qilindi.

10 bosh II qiyosiy guruhga “Xlamidiozga qarshi emulgirlangan vaksina” bilan

faqat bir marta emlandi.

III guruh (10 bosh) nazorat guruhi bo‘lib, ularga hech qanday preparat

qo‘llanilmadi. Tadqiqotlar uchun ajratilgan qo‘ylar xo‘jalik veterinariya vrachini
anamnez ma’lumotlari asosida avvalgi yil abort qilgan va tuqqan bolalari hayotga
layoqatsiz va nimjon ekanligi inobatga olingan holda belgilandi.

Tadqiqotlarning natijalari.

Immunofermentli tahlil (IFT) reaksiyasini qo‘zg‘atuvchi antigeni yoki unga

qarshi hosil bo‘lgan maxsus antiteloga nisbatan qisqa vaqtda aniqlab berishiga
asoslangan holda o‘rgandik. Tajribadagi mayda shoxli hayvonlar xlamidioziga qarshi
emlangan hollarda IFT uslubi bilan tekshirish, kasallangan va vaksinatsiya qilingan
hayvonlarni bir-biridan farqlash imkonini bersada, biz serologik (KBR) uslubning
immunologik uslubga nisbatan oson, tez, qulay holda tashxislash takomillashganini
aniqlash maqsadida foydalandik.

Immunofermentli tahlil – laboratoriya tadqiqoti bo‘lib “antigen-antitelo”

immunologik reaksiyalarining yuqori darajadagi maxsuslik va sezuvchanlik
xususiyatlariga asoslangan. IFT 2 ta turli komponentdan – immun va fermentli
reaksiyalardan iborat. Immun reaksiya (mikroorganizm va virus molekulalari) antigen
va antitelo bog‘lanishi bo‘lib xizmat qildi. Fermentli reaksiya esa immunologik
reaksiya natijalarini ko‘rish va o‘lchash imkoniyatini beruvchi kolorimetrdan
foydalanildi. Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani “M.Ibragimov nomli
Qorako‘lchilik shirkat” MCHJ koorperativ chorvachilikka ixtisoslashtirilgan
kompleksi xo‘jaligida epizootologik holatni nazorat qilish va umumiy immunofonni
aniqlashda immunobiologik usul sifatida immunofermentli tahlil (IFT yoki ELISA)
reaksiyasi qo‘llanildi. Reaksiyani bajarishda, avvalo, laboratoriyadagi biologik
xavfsizlik qonun – qoidalarini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rildi.

1-rasm. Xlamidiyalarning mikroskopik ko‘rinishi Ramonovskiy-Gimza bo‘yicha

Tabiiy sharoitda abort bo‘lgan, rivojlanmagan homilaning ichki parenximatoz

organlaridan ajratilgan xlamidiya qo‘zg‘atuvchisining (C.trachomatis) patogenligi oq
sichqonlarda o‘rganildi. Burun bo‘shlig‘iga yuborilgan kunlik kultura namunasidan


background image

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida

|

TO‘PLAM – 2/24

74

1-noyabr 2024-yil.

kuzatuvning 14-15-kunlari 2 bosh sichqonlarda pnevmoniya rivojlangan bo‘lsa, 3
bosh oq sichqon 38 kundan so‘ng nobud bo‘ldi.

Bir hafta davomida qo‘zg‘atuvchilar tovuq embrioni zararlashi tadqiqotlar

davomida kuzatildi. Xlamidiyaning etuk morfologik tuzilishdagi mikroskopik
(yorug‘lik) ko‘rinishida uning diametri 250-350 nm gacha bo‘lgan sharsimon shaklli,
qattiq hujayra devori va sitoplazmatik membrana bilan chegaralanganligi o‘rganildi.

Xlamidiyani bo‘yash uchun Romanovskiy-Gimsa (1-rasm), Machiavello,

Stemp usullari bo‘yicha o‘rganildi. Yorug‘lik mikroskopida xlamidiyalar yorqin
yashil rang berishi kuzatildi.

Qoramol va mayda shoxli hayvonlar qon zardoblaridagi xlamidiyalarga qarshi

IgG- maxsus antitelolarni aniqlash bo‘yicha immunofermentli tahlil (IFT yoki
ELISA) Veterinariya ITI va “UNIGEN” MCHJ qo‘shma korxonalari hamkorligida
ishlab chiqilgan “Xlamidiya qo‘zg‘atuvchisiga “Xlamidiya IgG-IFA” IgG
antitelolarini immunoferment bilan aniqlash uchun reagentlar to‘plami” ("Набор
реагентов для иммуноферментного выявления IgG антител к возбудителю
хламидия крупного и мелкого рогатого скота”) test-tizimi yordamida bajarildi
(2,3-rasmlar).

Barcha IFT reaksiyalari test-tizim jamlanmasini ishlab chiqaruvchi

tashkilotning qo‘llash yo‘riqnomasiga va IFT reaksiyasini o‘tkazishning umumiy
qoidalariga amal qilgan holda bajarildi.

2-rasm. IgM-immunoglobulin

3-rasm. IgG-immunoglobulin

Xlamidiozga qarshi emulgirlangan vaksinaning immunologik tahlili.

1-jadval

Guruhlar

Hayvonlar

bosh soni

T a h l i l t u r l a r i

C reaktiv oqsil (me’yorda 0,1-

0,3 mg/l)

IgM (me’yorda

0,4-2,3 mg/l)

IgG (me’yorda 7-

16 mg/l)

I tajriba guruhi

10

0,31±0,025

2,8±0,23

19,4±0,96

II qiyosiy guruh

10

0,275±0,015

2,19±0,143

16±1,152

III nazorat guruhi

10

0,104±0,006

0,357±0,017

7,3±0,09

C-reaktiv oqsil miqdori I tajriba guruhida me’yordan 1,55 marta yuqori

ekanligi aniqlandi. II qiyosiy tajriba guruhida me’yor darajasida bo‘lib, birinchi
guruh II qiyosiy tajriba guruhidan 1,13 martaga yuqoriligi aniqlandi. Kasallikning
surunkali holatda kechishini IgG ning o‘zgarishiga qarab aniqlanilganda I tajriba
guruhi me’yordan 1,69 marta, II guruhdan esa 1,213 marta yuqori ekanligi aniqlandi.


background image

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida

|

TO‘PLAM – 2/24

75

1-noyabr 2024-yil.

Ayniqsa, bu ko‘rsatkichlar birinchi guruhda IgM va IgG larni yuqori darajada
bo‘lganligi, II guruhga nisbatan ozroq farq borligi III guruhga nisbatan esa
vaksinaning samarasi ancha yuqori ekanligi tadqiqotlar natijasida aniqlandi.

Tadqiqotlar davomida o‘rganilgan hayvonlardagi immunofon yoki xlamidiozga

qarshi emulgirlangan vaksina bilan emlash natijalariga ko‘ra; epizotik tadbirlar
me’yorida olib borilgan I guruhda kerakli IgM va IgG ko‘rsatgichlariga ega. Qiyosiy
jihatdan o‘rganilgan, faqat bir marta xlamidiozga qarshi emulgirlangan vaksina bilan
emlangan va nazorat guruhidagi ba`zi hayvonlarda immun tizimni muvozanatlovchi
IgM va IgG immun tanachalar me’yori mos ravishda 2,19±0,143; 16±1,152
qiymatlari aniqlanildi. Har bir organizm uchun emlamalar natijasida hosil bo‘luvchi
yot antigenlarni neytrallab, ularga mos maxsus oqsil retseptorli murakkab himoya
komplekslar hosil qiluvchi ko‘rsatkichlar I guruhda 0,31±0,025; II qiyosiy
o‘rganilgan guruh hayvonlarida 0,275±0,015; nazorat guruhida esa 0,104±0,006
ekanligi aniqlanildi.

Xulosalar;

1.

Samarqand

viloyatining

tadqiqotlar

olib

borilgan

chorvachilik

xo‘jaliklarida fevraldan may oyigacha xlamidioz 8,2 foiz, Qashqadaryo viloyati
xo‘jaliklarida esa 6,9 foiz xlamidioz uchrashi aniqlandi.

2.

Navoiy viloyatining chorvachilik xo‘jaliklarida 5,3 foiz, Jizzax viloyati

xo‘jaliklarida esa 7,1 foiz xlamidioz uchrashi aniqlandi.

3.

Serologik (KBR) va immunologik (IFT) uslublarda xlamidiozni

tashxislash, har ikki holatda ham reaksiyalarni sezgir va aniqlik darajasi yuqori
bo‘lishiga qaramasdan immunofermentli tahlildan foydalanish qulayligi aniqlandi.

3. Samarqand va Qashqadaryo viloyatlaring ayrim naslchilikka ixtisoslashgan

chorvachilik xo‘jaliklarida aniqlangan xlamidioz qo‘zg‘atuvchisining kultural,
tinktorial, morfologik (xlamidiyaning etuk morfologik tuzilishdagi yorug‘lik
mikroskopik ko‘rinishida uning diametri 250-350 nm gacha bo‘lgan sharsimon
shaklli, qattiq hujayra devori va sitoplazmatik membrana bilan chegaralanganligi
o‘rganildi) va patogenlik (oq sichqonlar uchun patogenligi 10 kundan 40 kungacha)
xususiyatlari o‘rganildi.

4. Xlamidiya qo‘zg‘atuvchisining antibiotiklarga sezuvchanligiga ko‘ra

oleandomitsin, doksiloks va biomitsinga sezuvchan, teliozin, oksatsilin, gentamitsin
sezuvchan emas va eritromitsinga kam sezuvchan ekanligi aniqlandi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

.

Navruzov, N. I., & Elmurodov, B. A. CALVES AND THE EFFECT ON

THE IMMUNE SYSTEM.
2.

Шералиева, И., Элмуродов, Б., Абдалимов, С., & Наврузов, Н. (2014).

Эффективность лечения смешанных бактериальных болезней телят.

in

Library

,

4

(4), 27-29.

3.

Шералиева, И., Элмуродов, Б., Наврузов, Н., & Султонова, И. (2015). О

выявлении, лечении и профилактике инфекционных болезней каракольских
овец.

in Library

,

1

(3), 56-59.


background image

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida

|

TO‘PLAM – 2/24

76

1-noyabr 2024-yil.

4.

Наврузов, Н., Xамракулов, Н., Вохидова, Н., & Ергашев, К. (2024).

Исследование нарушений фосфорно-кальциевого обмена препарата хитозан
Bombyx Mori гидроксиапатит у кур-несушек.

in Library

,

2

(2), 282-286.

5.

Наврузов, Н., Пулатов, Ф., Шералиева, И., Султонова, И., & Актамов, У.

(2024). Значение сукцината хитозана при колибактериозе ягнят.

in Library

,

2

(2),

5235-5241.
6.

Navruzov, N. I., Elmurodov, B. A., & ZN, K. Intervention of Bacterial

Diseases in Poultry.

International Journal of Biological Engineering and Agriculture

е-ISSN

,

2833

(5376), 8-12.

7.

Элмуродов, Б. (2022). Инновационные вакцины для профилактики

пастереллёза кроликов и других животных.

in Library

,

22

(1), 282-284.

8.

Наврузов, Н. И., Элмуродов, Б. А., Абдусатторов, А., Менглиев, Г. А., &

Улмасов, Б. Ф. Бузоқларнинг колибактериоз ва сальмонеллёз касалликларини
олдини олувчи гипериммун зардоб учун комплексли бактерия антигенини олиш
усули.

Рatent: Оzbekiston respublikasi adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk

agentligi.№ IAP

,

6162

.

9.

Navruzov, N. I., Sayfidinov, B. F., & Aktamov, U. B. Significance of

immunological Reaction (IFT) in Sheep Chlamydiosiosis.

Web of Scholars

, 63-67.

10.

Navruzov, N. I., & Elmurodov, B. A. Veterinariya meditsinasi” jurnali–

Toshkent, 2023.-№ 6 (187).
11.

Navruzov, N. I., Sayfidinov, B. F., & Aktamov, U. B. Chlamydiosis in Sheep:

Immunological Examination And Path morphological Changes/Scopus preview-
Scopus-Journal of Advanced Zoology.

India. ISSN

, 0253-7214.

12.

Наврузов, Н. И. (2012). БА Элмуродов Ёш ҳайвонлар касалликларини

даволашда полимерли препаратларнинг аҳамияти Агросаноат мажмуаси учун
экологик хавфсиз полимерлар Республика илмий ва илмий–техник анжумани.
13.

Наврузов, Н. И., & Элмуродов, Б. А. (2013). НР Вохидова Сальмонеллёз

касаллик

қўзғатувчисига

нанотехнологияли

хитозан

препаратининг

таъсири/“Zooveterinariya” илмий оммабоп журнали.

Тошкент

,

8

, 69.

14.

Navruzov, N. I., Элмуродов, Б. А., Рашидова, С. Ш., & Вохидова, Н. Р.

(2013). Ёш ҳайвонлар касалликларининг профилактикаси ва уларни даволашда
полимер: металл системаларини қўллаш/Ўзбекистон қишлоқ хўжалиги
журналининг “Аgro ilm” иловаси.

Тошкент

,

4

(28), 51-52.

15.

Наврузов, Н. И., Элмуродов, Б. А., Шопулатова, З. Ж., & Рўзиқулова, У.

Ҳ. (2014). Ёш ҳайвонлар юқумли касалликларини аниқлаш, даволаш ва олдини
олиш ҳақида.

Zooveterinariya” илмий оммабоп журнали.–Тошкент

,

5

(78), 12-13.

16.

Наврузов, Н. И., Элмуродов, Б. А., Муродов, Х. У., & Киямова, З. Н.

(2020). Бузоқлар колибактериоз, сальмонеллёз ва пастереллёз касалликларини
олдини олиш самарадорлиги.
17.

Наврузов, Н. И. (2020). БА Элмуродов Бузоқлар колибактериозининг

патоморфологик диагностикаси, профилактикаси ва даволаш бўйича
тавсиянома.

Ветеринария илмий–тадқиқот институти илмий кенгашининг

.

18.

Наврузов, Н. И. (2020). Бузоқлар колибактериозининг профилактикасида

иммуностимуляторларнинг роли.

Bibliografik manbalar

. Navruzov, N. I., & Elmurodov, B. A. CALVES AND THE EFFECT ON THE IMMUNE SYSTEM.

Шералиева, И., Элмуродов, Б., Абдалимов, С., & Наврузов, Н. (2014). Эффективность лечения смешанных бактериальных болезней телят, in Library, 4(4), 27-29.

Шералиева, И., Элмуродов, Б., Наврузов, Н., & Султонова, И. (2015). О выявлении, лечении и профилактике инфекционных болезней каракольских овец, in Library, 7(3), 56-59.

Наврузов, Н., Хамракулов, Н., Вохидова, Н., & Ергашев, К. (2024). Исследование нарушений фосфорно-кальциевого обмена препарата хитозан Bombyx Mori гидроксиапатит у кур-несушек, in Library, 2(2), 282-286.

Наврузов, Н., Пулатов, Ф., Шералиева, И., Султонова, И., & Актамов, У. (2024). Значение сукцината хитозана при колибактериозе ягнят, in Library, 2(2), 5235-5241.

Navruzov, N. I., Elmurodov, В. A., & ZN, K. Intervention of Bacterial Diseases in Poultry. International .Journal of Biological Engineering and Agriculture e-ISSN, 2833(5376), 8-12.

Элмуродов, Б. (2022). Инновационные вакцины для профилактики пастереллёза кроликов и других животных, in Library, 22(1), 282-284.

Наврузов, Н. И., Элмуродов, Б. А., Абдусатторов, А., Менглиев, Г. А., & Улмасов, Б. Ф. Бузоқларнинг колибактериоз ва сальмонеллёз касалликларини олдини олувчи гипериммун зардоб учун комплексли бактерия антигенини олиш усули. Patent: Ozbekiston respublikasi adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi.№ JAP, 6162.

Navruzov, N. L, Sayfidinov, B. F., & Aktamov, U. B. Significance of immunological Reaction (IFT) in Sheep Chlamydiosiosis. Web of Scholars, 63-67.

Navruzov, N. I., & Elmurodov, B. A. Veterinariya meditsinasi” jumali-Toshkent, 2023.-№ 6 (187).

Navruzov, N. I., Sayfidinov, B. F., & Aktamov, U. B. Chlamydiosis in Sheep: Immunological Examination And Path morphological Changcs/Scopus prcvicw-Scopus-Journal of Advanced Zoology. India. ISSN, 0253-7214.

Наврузов, H. И. (2012). БА Элмуродов Ёш ҳайвонлар касалликларини даволашда полимерли препаратларнинг аҳамияти Агросаноат мажмуаси учун экологик хавфеиз полимерлар Республика илмий ва илмий-техник анжумани.

Наврузов, Н. И., & Элмуродов, Б. А. (2013). HP Вохидова Сальмонеллёз касаллик қўзғатувчисига нанотсхнологияли хитозан прспаратининг TabCHpH/“Zooveterinariya” илмий оммабоп журнали. Ташкент, 8, 69.4. Наврузов, Н., Хамракулов, Н., Вохидова, Н., & Ергашев, К. (2024). Исследование нарушений фосфорно-кальциевого обмена препарата хитозан Bombyx Mori гидроксиапатит у кур-несушек, in Library, 2(2), 282-286.

Navruzov, N. L, Элмуродов, Б. А., Рашидова, С. ILL, & Вохидова, Н. Р. (2013). Ёш ҳайвонлар касалликларининг профилактикаси ва уларни даволашда полимер: металл системаларини қўллаш/Узбекистон қишлоқ хўжалиги журналининг “Agro ilm” иловаси. Ташкент, 4(28), 51-52.

Наврузов, Н. И., Элмуродов, Б. А., Шопулатова, 3. Ж., & Рўзиқулова, У. Ҳ. (2014). Ёш ҳайвонлар юкумли касалликларини аниқлаш, даволаш ва олдини олиш хақида. Zooveterinariyа” илмий оммабоп журналу.-Ташкент, 5(78), 12-13.

Наврузов, Н. И., Элмуродов, Б. А., Муродов, X. У., & Киямова, 3. Н. (2020). Бузоқлар колибактериоз, сальмонеллёз ва пастереллёз касалликларини олдини олиш самарадорлиги.

Наврузов, Н. И. (2020). БА Элмуродов Бузоқлар колибактериозининг патоморфологик диагностикаси, профилактикаси ва даволаш бўйича тавсиянома. Ветеринария илмий-тадқиқот институту илмий кенгашининг.

Наврузов, Н. И. (2020). Бузоқлар колибактериозининг профилактикасида иммуностимуляторларнинг роли.