ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
106
XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING MOLIYAVIY
NATIJALARI TAHLILI
Abdujaborova Ma’mura Toshmuxamadovna
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Uiversiteti dotsеnti, PhD.
Aminova Guzal Normuminovna
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tinglovchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14235502
Moliyaviy natijalar xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining pirovard natijasi
bo‘lib, foyda yoki zarar shaklida ifodalanadi. Foyda ijtimoiy ishlab chiqarish
barcha bosqichlarining iqtisodiy kategoriyasidir.
Sof foyda har qanday xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining muhim
natijaviy ko‘rsatkichi hisoblanadi. Sof foyda hajmi korxona rahbariyati va
mulkdorlar bilan birga investorlar, kreditorlar va boshqa iqtisodiy subyektlar
uchun ham manfaatli hisoblanadi.
Jumladan, mulk egalari faoliyat samaradorligini aniqlash, investorlar
xo‘jalik yurituvchi subyektning investitsion jozibadorligini baholash, kreditorlar
va banklar to‘lovga qobiliyatlilik va kreditga layoqatlilikni belgilashdan
manfaatdordir.
Bir guruh iqtisodchi olimlar iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida
har bir xo‘jalik yurituvchi subyektning oldiga qo‘ygan asosiy maqsadi foyda olish
ekanligini ta’kidlagan. Ular foydani barpo etish, uni realizatsiya qilish
kengaytirilgan qayta ishlab chiqarishni, qiymat qonunini va xo‘jalik yuritish
usuli sifatida foydalanadigan xo‘jalik hisobining obyektiv talabi deb,
hisoblashadi[4].
M.Yu.Raximov biznesni harakatga keltiruvchi kuch faoliyatning yakunida
erishiladigan foyda, deb hisoblaydi. Shu bois, foyda mulk shaklidan qathiy nazar
barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini baholashning yagona
ko‘rsatkichi sifatida qaraladi. Shuningdek, foyda maqsadli harakatning rag‘bati
hamdir. Tijorat faoliyati va uning davomiyligi ko‘pincha ushbu unsurning
hajmiga, to‘g‘ri taqsimotiga va ishlatilishiga bog‘liq [5].
Aynan sof foyda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga moddiy bazani
mustahkamlash, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish uchun resurslarni
yo‘naltirish, texnologiyani takomillashtirish va faoliyat yuritishning ilg‘or
usullarini o‘zlashtirish imkonini beradi. Bularning barchasi xo‘jalik yurituvchi
subyektning yangi ta’minot bozorlariga chiqishi, sotish hajmini kengaytirish,
natijada sof foyda hajmining o‘sishiga olib keladi[3].
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
107
Sof foyda ko‘p komponentli ko‘rsatkich hisoblanadi. Shu bilan birga
hisoblashda qo‘llaniladigan har bir parametr murakkab tuzilishga ega. Jumladan,
mahsulot(ish, xizmat) sotishdan sof tusham, mahsulot (ish, xizmat) tannarxi
faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha farqlanadi, turli tuzilishga ega.
Sof foyda tahlili gorizontal, vertikal, omilli tahlil usullaridan foydalanib
tahlil qilinadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda foyda va zararlarni tahlil etishdan maqsad
joriy davrda moliyaviy natijalar hajmi va sifatiga baho berish, o‘zgarish
tendentsiyalarini o‘rganish va uni oshirish imkoniyatlarini aniqlashdan
iboratdir[1].
Foyda va zararlar tahlilining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
foyda va zararlar tarkibi, tuzilishi va dinamikasiga baho berish;
faoliyat turlari bo‘yicha foyda hajmi va sifatini o‘rganish;
foyda hajmi o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish;
sof foyda va sof tushum nisbatiga baho berish;
foyda hajmini oshirishning ichki va tashqi imkoniyatlarini o‘rganish.
Foydaga erishish uchun yangi ishlab chiqarish liniyalari yaratiladi,
moddiy va mehnat resurslaridan intensiv foydalaniladi, daromadlilikni
oshirishning samarali usullari topiladi.
Odatda xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyati, xususan
dastlabki bosqichlarda unga kutilgan sof foyda hajmini olib kelmaydi. Bu
holatda odatda qo‘shimcha faoliyat turlari yaxshi daromad hajmini
ta’minlaydi. Jumdadan, boshqa iqtisodiy subyektlarning faoliyatida
qatnashish, bo‘sh turgan asosiy vositalarni ijaraga berish.
Shuningdek, aksar hollarda davr xarajatlarining nihoyatda ko‘pligi
asosiy faoliyat foydasining kamayishiga sabab bo‘ladi[2].
Xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z faoliyatida qarz mablag‘laridan
foydalanayotgan bo‘lsa, kredit to‘lovlari va ular bo‘yicha foizlar miqdori
ham bevosita sof foyda hajmini kamaytiradi.
Sof foyda tahlili gorizontal, vertikal, omilli tahlil usullaridan foydalanib
tahlil qilinadi.
Foyda ko‘rsatkichi korxonada qiymatni qayerda o‘stirish lozimligini
ko‘rsatib beruvchi signal hisoblanadi, ushbu sohani investitsiyalash uchun
rag‘bat yaratadi. Korxonaning o‘zi foydani tahlil etish jarayonida o‘z faoliyatining
samaradorligi, mustahkamligi, moliyaviy mustaqilligi va barqarorligi haqida
ma’lumotga ega bo‘ladi, shuningdek, istiqbolli rejalarni tuzish, investitsion
kapitalni jalb etish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish, aktivlardan oqilona
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
108
foydalanish orqali kelgusida korxona faoliyatining umumiy samaradorligini
oshirishga imkoniyatlar yaratadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda yuqori foydaga erishish uchun mavjud
resurslardan samarali foydalanish, mahsulot tannarxini kamaytirish, yuqori
texnologiyali asosiy vositalarni joriy etish hamda ularni o‘z vaqtida
yangilanishini ta’minlash, xodimlarning malaka darajasini oshirish, mehnatni
to‘g‘ri tashkil qilish va boshqarish lozim.
Фойдаланилган адабиётлар рўйхати:
1.
Abdujaborova М.Т. Moliyaviy hisobot tahlili: O‘quv qo‘llanma – T.:
“PUBLISHING HIGH FUTURE” OK nashriyoti, 2024. – 187 bеt.
2.
Abdujaborova M. (2024). Rentabellik ko‘rsatkichlarining tahlili. Moliya va
Bank
ishi,
10(3),
10–17.
Retrieved
from
https://journal.bfa.uz/index.php/bfaj/article/view/217
3.
Abdujaborova M.T. Korxona foydasini boshqarish va tahlil etishning
ahamiyati. TDIU, Iqtisodiyot va ta’lim ilmiy jurnali. 2019, 1-son, 177-180
betlar.Vahobov A.V., Ishonqulov N.F., Ibrohimov A.T. «Moliyaviy va boshqaruv
tahlili». Darslik. T.; Iqtisod-Moliya, 2013, 600 b.
4.
Raximov M. Iqtisodiyot subyektlari moliyaviy holatining tahlili. O‘quv
qo‘llanma. T.; «Iqtisod-moliya», 2015, 290 b.
