QONUNCHILIKDAGI KOLLIZIYALARNI HAL ETISHDA NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI TIZIMLASHTIRISH MUAMMOLARI

Annotasiya

Ushbu maqolada qonunchilikdagi kolliziyalar bilan bog‘liq  muammolarni o‘rganish va tahlil qilish hamda natijalarni mamlakatimiz ijtimoiy hayotiga tatbiq etish bugungi kunda huquqshunoslik fanlari oldida turgan dolzarb masalalardan biri ekanligi belgilab berilgan. Shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirishning ayrim turlariga to’xtalib o’tilgan va ularning kolliziyalarni oldini olishdagi ahamiyati yoritib berilgan,

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
47-51
37

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Dauletmuratov, T. (2024). QONUNCHILIKDAGI KOLLIZIYALARNI HAL ETISHDA NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI TIZIMLASHTIRISH MUAMMOLARI. Академические исследования в современной науке, 3(46), 47–51. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/arims/article/view/49671
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada qonunchilikdagi kolliziyalar bilan bog‘liq  muammolarni o‘rganish va tahlil qilish hamda natijalarni mamlakatimiz ijtimoiy hayotiga tatbiq etish bugungi kunda huquqshunoslik fanlari oldida turgan dolzarb masalalardan biri ekanligi belgilab berilgan. Shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirishning ayrim turlariga to’xtalib o’tilgan va ularning kolliziyalarni oldini olishdagi ahamiyati yoritib berilgan,


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

47

QONUNCHILIKDAGI KOLLIZIYALARNI HAL ETISHDA NORMATIV-

HUQUQIY HUJJATLARNI TIZIMLASHTIRISH MUAMMOLARI

Dauletmuratov Timur Dauletmuratovich

O‘zbekiston Respublikasi IIVga qarashli Nukus "Temurbeklar

maktabi" litseyi huquqshunoslik fani o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14228865

Annotatsiya:

Ushbu maqolada qonunchilikdagi kolliziyalar bilan bog‘liq

muammolarni o‘rganish va tahlil qilish hamda natijalarni mamlakatimiz ijtimoiy
hayotiga tatbiq etish bugungi kunda huquqshunoslik fanlari oldida turgan
dolzarb masalalardan biri ekanligi belgilab berilgan. Shuningdek, normativ-
huquqiy hujjatlarni tizimlashtirishning ayrim turlariga to’xtalib o’tilgan va
ularning kolliziyalarni oldini olishdagi ahamiyati yoritib berilgan,

Kalit so’zlar:

kolliziya, normativ-huquqiy hujjatlar, konsolidatsiya,

kodifikatsiya, inkorporatsiya, qonun ijodkorligi

Maʼlumki, huquq ijodkori muayyan normativ-huquqiy hujjatlarni yaratish,

ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish jarayonida mavjud huquqiy bazani
atroflicha tahlil etishga va bunda muayyan takrorlashlarga, nomuvofiqlilik va
ziddiyatlarga yoʻl qoʻymaslikka harakat qiladi. Lekin, bu boradagi faoliyat
yuqoridagi jihatlarni qanchalik eʼtiborga olgan holda amalga oshirilmasin, bunda
qonunchilikda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan kolliziyalarning oldini olish va hal
etishga toʻlaligicha erishib boʻlmaydi. Shu jihatdan olganda, huquqdagi
kolliziyalarni hal etish mexanizmining muhim usullaridan hisoblangan
qonunchilikni tizimlashtirish va uygʻunlashtirish bu boradagi muammolarni hal
etishda alohida ahamiyat kasb etishini qayd etish joiz.

Qonunchilikni tizimlashtirish va uygʻunlashtirish bilan bogʻliq masalalar

mamlakatimiz va xorijlik huquqshunos olimlar tomonidan muayyan darajada
tadqiq etilgan boʻlsa-da, ularda mazkur usullarning qonunchilikdagi
kolliziyalarni hal etishdagi oʻrni va ahamiyati bilan bogʻliq jihatlarga batafsil
toʻxtalib oʻtilmagan.

Taʼkidlash joizki, ijodkorlikning boshqa turlari kabi huquq ijodkorligi ham

jamiyatda kechayotgan jarayonlarga mos holda muntazam rivojlanib boradi.
Zero, huquq normalari bilan tartibga solinishi lozim boʻlgan ijtimoiy
munosabatlarning vujudga kelishi huquq ijodkoridan doimiy ravishda faoliyat
yuritishni, yangidan-yangi normativ-huquqiy hujjatlar¬ni yaratish, mavjud
hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritib borishni talab etadi. Bu esa oʻz
navbatida, normativ-huquqiy hujjatlar doirasining muntazam ravishda oʻzgarib


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

48

turishiga hamda aksariyat hollarda ularning hajm jihatdan kengayib borishiga
hamda ular oʻrtasida muayyan ziddiyatlarni kelib chiqishiga olib keladi. Ushbu
muammolarni hal etishda qonunchilikni tizimlashtirish taqozo etiladi.

Bu borada huquqshunos olim U.X.Muhamedov haqli ravishda eʼtirof

etganidek, “qonun hujjatlari miqdorining son jihatdan juda koʻpayib ketishi,
qonunchilik hujjatlarida oʻzaro ziddiyatlar yuzaga kelishi, ularning bir-birini
takrorlashi, qonun ijodkorligi tartib-taomillarining buzilishi holatlarida
normativ-huquqiy hujjatlarni hisobga olishning ahamiyati yaqqol koʻrinadi”.

Qonunchilikni tizimlashtirish ularni tartibga solish va takomillashtirish

yuzasidan amalga oshiriladigan faoliyat boʻlib, u ushbu hujjatlarni belgilangan va
oʻzaro ichki bogʻlangan tizim xoliga keltirishni nazarda tutadi. Shu oʻrinda,
huquqshunoslik fanlarida qonunchilikni tizimlashtirishdan koʻzlangan maqsad
hamda uning qonunchilikdagi ziddiyatlarni hal etishdagi ahamiyati yuzasidan
turli xil yondashuvlar mavjud ekanligini qayd etish joiz.

Xususan, huquqshunos olimlar M.K.Najimov va Sh.A.Saydullaevlarning

fikricha, normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish quyidagi maqsadlarda
amalga oshiriladi: qonunchilikni rivojlantirish va yanada takomillash¬tirish;
normativ hujjatlarni toʻgʻri anglash va qoʻllash; zarur boʻlgan normativ hujjatni
(normani) topishni yengillashtirish; joriy qonunchilikdagi ziddiyatlar,
noaniqliklar, takrorlanishlar, boʻshliqlarni bartaraf etish; huquqiy munosabat
subyektlarining huquqiy ong va madaniyatini shakllantirish va boshqalarda.

Qonunchilikni tizimlashtirishdan koʻzlangan maqsad yuza¬sidan yuqorida

keltirib oʻtilgan fikr-mulohazalarni eʼtirof etgan holda, uning huquqiy tartibga
solishni takomillashtirish, qonunchilikni eskirgan aktlar va oʻzaro qarama-qarshi
normalardan halos etish, normativ hujjatlardan foydalanishni yengillashtirish va
soddalashtirish, jamiyatning huquqiy madaniyati va huquqiy tarbiyasi darajasini
oshirishda katta ahamiyatga ega ekanligini qayd etib oʻtish joiz. Ayniqsa,
qonunchilikni tizimlashtirishning kodekslashtirish va konsolidatsiya usullaridan
oqilona foydalanish normativ-huquqiy hujjatlar oʻrtasidagi kolliziyalarni hal
etishda muhim oʻrin tutadi.

Yuqorida taʼkidlab oʻtganimizdek, huquqiy tizimning rivojlanishi davomida

muayyan muddat oʻtganidan keyin tartibga solish predmeti bir boʻlgan
normativ-huquqiy hujjatlarning hajmi oshadi. Bu esa, mazkur hujjatlarning
qoidalarini takrorlashi bilan birga, ularda kolliziyalarning yuzaga kelishiga ham
olib keladi. Bunday holatlarda normativ-huquqiy hujjatlarni konsolidatsiya
qilish orqali ulardagi ziddiyatlarga barham berish mumkin.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

49

Normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirishning kodifikatsiya shakli ham

qonunchilikdagi kolliziyalarni hal etishda muhim o’rin tutadi.

Kodifikatsiya - bu normativ aktlarni ularning mazmuniga oʻzgartirish

kiritish orqali mantiqiy asosda yagona normativ aktga tizimlashtirishdir.
Kodifikatsiya qilish jarayonida eskirgan normalar tugatiladi, butun huquq
tizimidagi zid¬diyatlar bartaraf etiladi, huquqiy boʻshliqlar toʻldiriladi.

Mamlakatimiz mustaqilligidan buyon ijtimoiy voqelikning turli sohalariga

oid normativ-huquqiy hujjatlarni obyektiv shart-sharoitlar yuzaga kelishi
barobarida kodifikatsiya qilish bosqichma-bosqich amalga oshirilib kelinmoqda.
U yoki bu sohadagi normativ-huquqiy hujjatlarni kodifikatsiya qilishning
zarurati yuzaga kelganligini anglashda qonun ijodkoriga yuridik fan tomonidan
ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar qoʻl keladi. Shu jihatdan olganda, ilmiy
jamoatchilik tomonidan muayyan sohani kodifikatsiyalash yuzasidan turli baxs
munozaralar kelib chiqishi tabiiy xoldir.

Normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirishning inkorporatsiya usuli ham

mavjud boʻlib, tizimlashtirishning mazkur shaklida yangi normativ-huquqiy
hujjat yaratilmaydi. Lekin, ushbu usul orqali qonunchilikdagi kolliziyalarni
aniqlash mumkin boʻladi, yaʼni muayyan ijtimoiy munosabatlarni tartibga
soladigan normativ-huquqiy hujjatlarni tematik asosda tizimlashtirish
jarayonida ulardagi takrorlashlar va ziddiyatli holatlar aniqlanadi. Biroq, bunda
qonunchilikdagi kolliziyalarni hal etib boʻlmaydi. Bunga faqat tizimlashtirishning
kodifikatsiya va konsolidatsiya usullari orqali erishish mumkin.

Dunyodagi aksariyat davlatlarda qonun ijodkorlik faoliyati orqali huquq

normalari oʻrnatiladi, umuman pozitiv huquq yaratiladi. Tabiiyki, pozitiv huquq
tizimi amal qilgan joyda huquqiy tartibga solishda muayyan ziddiyatlar va
boʻshliqlar mavjud boʻlishi mumkin. Chunki, ijtimoiy munosabatlar birlamchi,
huquqiy tartibga solish esa ikkilamchi boʻlib, qonunchilik ijtimoiy hayot ortidan
rivojlanib boradi va uni zarurat doirasida yuridik rasmiylashtiradi.
Qonunchilikda ziddiyatlarning mavjud boʻlishi ijtimoiy munosabat¬larni
huquqiy tartibga solish manfaatlariga salbiy taʼsir etadi. Ushbu muammo nafaqat
yuridik, balki ijtimoiy va siyosiy ahamiyatga ega boʻlib, huquq subyektlarining
barchasiga birdek daxldordir. Uni bartaraf etish masalasi qonun chiqaruvchi
hokimiyat organiga ham, huquqni qoʻllovchi subyektlarga ham bab-baravar
tegishli.

Qonun chiqaruvchi organ doimo huquqiy tartibga solish doirasini

aniqlashga, mustahkamlashga va rasmiylashtirishga intilib, qonunchilik huquqiy
tartibga solish ehtiyojini qondirishga qanchalik javob berishini yoki unda


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

50

ziddiyat borligini aniqlab, darxol tegishli normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish
choralarini koʻradi. Qonun chiqaruvchi organ, huquq ijod¬korligi bilan
shugʻullanadigan barcha subyektlar huquqiy tar¬tibga solishda qanchalik
omilkorlik bilan ish tutib mukammallikka erishsa, huquqiy hayot shunchalik
barqaror va moʻtadil boʻladi, ijtimoiy munosabatlar tizimida izchil batartiblikka
erishiladi. Buning uchun ular huquqiy sohada imkoni boricha ziddiyatlar kam
boʻlishiga intilishlari lozim. Qonunchilikda ziddiyatlar qanchalik kam boʻlsa,
huquq shunchalik mukammal, sifatli va samarali, qonuniylik esa mustahkam
boʻladi.

Milliy qonunchiligimizni Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va

xalqaro huquq normalari hamda umum tan olingan tamoyillar asosida rivojlanib
kelayotganligini eʼtirof etish bilan birga, uni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning
xususiyatlariga hamohang tarzda takomillashtirib borish va yangi normativ-
huquqiy hujjatlarni qabul qilish taqozo etilayotganligini ham qayd etish lozim.
Shu oʻrinda, huquqshunos olim Sh.X.Fayziyevning quyidagi fikrlarini kelti¬rib
oʻtish joiz: “jamiyatimiz taraqqiy etgan sari uning huquqiy asoslarini
mustahkamlash, mavjud qonun hujjatlarini tanqidiy nuqtai-nazardan koʻrib
chiqish, ularga bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda qoʻshimcha va
oʻzgartirishlar kiri¬tish, zamon talablariga javob bermaydigan eski qonunlarni
bekor qilish va yangilarini yaratish, shuningdek, qonun hujjatlarining sifatini
oshirishga boʻlgan obyektiv ehtiyoj tobora ortib boraveradi".

Yuqoridagilardan ham koʻrinib turibdiki, mamlakatimizda qonunchilikdagi

kolliziyalarni oldini olish va hal etish mexanizmlarining huquqiy asoslarini
yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Qonunchilikdagi kolliziyalarni oldini
olish va hal etishda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi muhim oʻrin tutadi.
Qonunchilikdagi kolliziyalarni oldini olish va hal etish¬ning konstitutsiyaviy
asoslari bilan bir qatorda, normativ-huquqiy hujjatlarda ham muayyan qoidalar
belgilab qoʻyilgan. Ularning mazmuni batafsil tahlil qilish mazkur risolaning
hajmi va imkoniyatlaridan ancha keng ekanligini eʼtiborga olib bu boradagi
huquqiy asoslarni takomillashtirish masalalarini koʻrib chiqish maqsadga
muvofiq, deb hisoblaymiz. Zero, keyingi yillarda amalga oshirilayotgan davlat va
huquq sohasidagi muhim islohotlar, ayniqsa yaqin vaqtlarda boʻlib oʻtgan
parlament islohotlari huquq yaratish, jumladan, qonun ijodkorligi jarayoniga
ham oʻzgartirishlar kiritdi. Shu munosabat bilan, ular ham qonun chiqarish
jarayonining huquqiy asoslarida oʻzining tegishli ifodasini topishi kerak.
Mamlakatimiz ilmiy yuridik adabiyotida qonun ijodkorligi jarayonining huquqiy
asoslarini yanada takomillashtirish zarurligi va uning yoʻnalishlari haqida


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

51

eʼtirofga molik fikrlar mavjud. Xususan, X.Odilqoriyev va U.Muhamedovlar
qonun ijodkorligi jarayonidagi barcha qonun hujjatlari bir tizimga solinib,
saralanib, qayta ishlanib Qonunchilik jarayoni kodeksini qabul qilish taklifini
ilgari surganlar.

Binobarin, mamlakatimizda qonunchilikdagi kolliziya¬larni hal etishning

huquqiy asoslari va mexanizmlarini muntazam ravishda takomillashtirib borish
mukammal huquq tizimini shakllantirishda hamda konstitutsiya va qonun
ustuvorligini taʼminlashda, qonuniylik va huquq tartibotni mustahkamlashda
muhim omil boʻlib xizmat qiladi

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Мухамедов

Ў.Х.Ўзбекистон

Республикасида

қонунчиликни

тизимлаштиришнинг

назарий

ва

амалий

муаммолари.

Юрид.фанлар.док.дис..автореф.-Т.2010
2.

Нажимов

М.К.,Сайдуллаев

Ш.А.

Қонунчилик

техникаси.-

Т.:ТДЮИ.,2008
3.

Файзиев

Ш.Х.Қонун

ҳужжатлари

мониторинги.

Huquq

va

bursh.Тошкент 2006
4.

Одилқориев Х.,Мухамедов Ў. Қонунчилик жараёни кодекси: унинг

зарурати, структураси ва мазмуни.//Давлат ва ҳуқуқ.2004.-№4

Bibliografik manbalar

Мухамедов Ў.Х.Ўзбекистон Республикасида қонунчиликни тизимлаштиришнинг назарий ва амалий муаммолари. Юрид.фанлар.док.дис..автореф.-Т.2010

Нажимов М.К.,Сайдуллаев Ш.А. Қонунчилик техникаси.-Т.:ТДЮИ.,2008

Файзиев Ш.Х.Қонун ҳужжатлари мониторинги. Huquq va bursh.Тошкент 2006

Одилқориев Х.,Мухамедов Ў. Қонунчилик жараёни кодекси: унинг зарурати, структураси ва мазмуни.//Давлат ва ҳуқуқ.2004.-№4