ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
95
JONGELDI ZAVOD TIPIDAGI QORA RANGLI QORAKO‘L
QO‘ZILARINING KONSTITUTSIYA TIPLARI
D.Maxammatova
tayanch
doktorant
Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14619318
Annotatsiya.
Maqolada Jongeldi zavod tipidagi qora rangli qorako’l
qo’zilarining turli gul tipiga xos bo‘lgan sovliqlardan olingan avlodlarning
konstitutsiya tiplari bo’yicha baholash natijalari yoritilgan. Olingan natijalarga
biometrik ishlov berilib, raqamlar asosida yoritib berilgan.
Kalit so’zlar.
Qorako’l qo’ylari, mahsuldorlik, konstitutsiya tipi, zavod tipi.
Аннотация.
В статье освещены результаты оценки типов
конституции ягнят Джонгелдинского заводского типа, полученного от
черных каракульских овец разных завитковых типов. Полученные
результаты биометрически обработаны и излагаются на основе цифр.
Ключевые
слова
.
Каракульские
овцы,
продуктивность,
конституциональный тип, заводской тип.
Abstract.
The article highlights the results of the evaluation of the types of
constitution of lambs of the Jongeldinsky factory type, obtained from black
Karakul sheep of different curl types. The results obtained are biometrically
processed and presented on the basis of figures.
Key words.
karakul sheep, productivity, constitutional type, factory type.
Qorakoʻlchilik chorvachilikning muhim tarmoqlaridan hisoblanib, hozirgi
kunda qorakoʻl qoʻylari respublikamizda mavjud yaylov yerlarining qariyb 83
foiz qismida urchitilib kelinmoqda. Qorakoʻl qoʻylari boshqa qishloq xoʻjaligi
hayvonlaridan keskin iqlim sharoitlariga moslashganligi hamda ushbu sharoitda
yetarlicha mahsulot bera olishi bilan ham ahamiyatlidir. Qorakoʻl qoʻylarining
mahsuldorligini baholashda konstitutsiya tiplarining ahamiyatini alohida qayd
etish lozim, aytish mumkinki, mustahkam konstitutsiya tipidagi hayvonlar
boshqa tip vakillariga nisbatan yuqori mahsuldorlikka erishadi. Konstitutsiya
hayvonlarning tashqi muhitga moslashishi, shuningdek himoya vositasi sifatida
ham qaraladi.
Adabiyotlar tahlili.
Har xil juftlash natijasida olingan qo’zilarning o’sish
davridagi tirik vazn dinamikasi ularning konstitutsiya tiplariga hamda
yaylovdagi ozuqabop o’simliklar turi va to’yimliligiga bog’liq [1].
Har xil tipidagi qorako’l qo’ylarining konstitutsiya tipi va tirik vazni orasida
ijobiy korrelyatsion bog’liqlik mavjudligi, mustahkam konstitutsiya tipidagi
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
96
qorako’l qo’ylarining tirik vazni qo’pol va nozik konstitutsiya tipidagi
tengqurlariga nisbatan yuqoriroq bo’ladi [2].
Ta’kidlanishicha turli konstitutsiya tipidagi qorako’l qo’ylarining irsiy
xususiyatlarini avlodlariga o’tkazishida turli farqlanishlar kuzatiladi va
mustahkam konstitutsiya tipidagi qo’ylar avlodlariga irsiy belgilarini boshqa
tipdagi tengqurlariga nisbatan yaxshi o’tkazadi [3].
Tadqiqotning maqsadi.
Jongeldi zavod tipidagi qora rangli qorako’l
qo’zilarining turli gul tiplariga xos sovliqlardan olingan avlodlarning
konstitutsiya tipini o’rganish tadqiqotning maqsadi hisoblanadi.
Tadqiqot ob’ekti va usullari.
Tadqiqotlar Buxoro viloyati, Peshku tumani
‘Jongeldi qorako’lchilik MChJ da urchitiluvchi jongeldi zavod tipiga mansub qora
rangli qorako’l qo’ylaridan olingan avlodlar bilan olib borildi. Avlodlarning tirik
vazni, eksteryer koʻrsatkichlari, rangi va jun-tolasi sifati umumqabul qilingan
zootexniyaviy usullar yordamida, shuningdek “Qorako‘lchilikda naslchilik
ishlarini yuritish va qo‘zilarni baholash (bonitirovka qilish) bo‘yicha qo‘llanma
[4] asosida ko‘z bilan ko‘rish, millimetrli lineyka hamda tirik vazni o‘lchov
tarozisida o‘lchanib, qo‘ylarning genotipik holati aniqlandi. Olingan
ma’lumotlarga variatsion statistika usullarida matematik ishlov berilib, oʻrtacha
arifmetik qiymati (X) hamda uning xatosi (Sx) aniqlandi [5].
Tadqiqot natijalari
. Ma’lumki, qorakoʻl qoʻylarini konstitutsiyasiga baho
berishda asosan tashqi tuzilishiga, eksteryeriga qarab aniqlanadi.
Qorakoʻlchilikda nozik, mustahkam va dagʻal konstitutsiya tiplaridagi qoʻylar
urchitiladi. Ushbu konstitutsiya tiplariga mansub qoʻylar oʻzining eksteryer
koʻrsatkichlari, suyakdorligi hamda tana tuzilish indekslariga qarab farqlanadi.
Tadqiqotlar davomida turli gul tipiga mansub qorakoʻl qoʻylaridan olingan
avlodlarning konstitutsiya tiplariga taqsimlanishi oʻrganildi. Olingan natijalar 1-
jadvalda umumlashtirilgan.
1-jadval
Jongeldi zavod tipidagi qora rangli qorako‘l qo‘zilarining konstitutsiya tiplariga
taqsimlanishi, %
Gul tiplari
n
Konstitutsiya tiplari
Mustahkam
Dagʻal
Nozik
X±Sx
X±Sx
X±Sx
Yarimdoirasimon
342
54,4±2,69
28,0±2,43
17,6±2,05
Qovurgʻasimon
102
48,0±4,95
31,4±4,59
20,6±4,00
Yassi
59
54,2±6,48
22,0±5,39
23,8±5,54
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
97
Oʻsikgul
27
37,0±9,29
44,4±9,56
18,6±7,49
Jadval ma’lumotlari mustahkam konstitutsiya tipiga xos avlodlar
chiqimining yuqori koʻrsatkichi yarimdoirasimon gul tipiga (54,4±2,69) toʻgʻri
kelishini koʻrsatgan boʻlsa, yassi va qovurgʻasimon gul tipidagi avlodlarda bu
koʻrsatkich mos ravishda (54,2±6,48) va (48,0±4,95) biroz pasayganini
ta’kidlash lozim, shuningdek oʻsikgul tipiga oid avlodlarda mustahkam
konstitutsiya tipiga xos avlodlarning nisbatan kam chiqishi ularning jun-tolasi
sifati va tashqi eksteryer koʻrsatkichlaridagi pasayishlar bilan izohlanadi. Dagʻal
konstitutsiya tipiga xos avlodlar chiqimida boshqa tip vakillariga nisbatan
oʻsikgul tipidagi sovliqlardan olingan avlodlar biroz ustunlik qilgan, buni ushbu
tip vakillaridagi sovliqlarning eksteryer koʻrsatkichlari nisbatan qoʻpol, yirik
jussali boʻlishi bilan izohlash mumkin. Jadval ma’lumotlaridan aytish mumkinki,
nozik tipdagi avlodlar chiqimida sezilarli farqlanishlar kuzatilmagan.
Olingan natijalar nisbiy bo‘lib, paratipik omillar (oziqlantirish va asrash)
ta’sirida ma’lum darajada o‘zgarishga uchrashi mumkinligini aytish lozim.
Xulosa.
Tadqiqot natijalari bo‘yicha xulosa qilish mumkinki, turli gul tipiga oid
sovliqlardan olingan avlodlarning konstitutsiya tiplari boʻyicha mustahkam
konstitutsiya tipi yuqori koʻrsatkichlar bilan ifodalanganini koʻrish mumkin.
Bundan jongeldi zavod tipidagi qora rangli qorako‘l qo‘ylarining qo‘chqorlari
hamda sovliqlari mustahkam genotipga egaligi, shuningdek xususiyatlarini
avlodlarga kuchli o‘tkazishini tasdiqlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Shaptakova L.E., Djambilov B.X., Shaptakov E.S. Turli konstitutsional tipda
juftlashdan olingan qora qorako‘l qo‘zilarning o‘sish va rivojlanish xususiyatlari.
Chorvachilik va naslchilik ishi jurnali, 2021 y. №6. 40-41 b.
2.
Kazakbayev B.S., Janabayev A.J. Konstitutsiya tipi har xil qorako‘l
qo‘ylarining tirik vazni ko‘rsatkichlari. Chorvachilik va naslchilik ishi jurnali
2020 y. №6. 33-34 b.
3.
Bazarov S.R., Yorqulov H., Nomozova I., Urinova D. Turli konstitutsiya
tipidagi sur rang qo‘ylarning genetik tavsifi. Chorvachilik va naslchilik ishi
jurnali. 2020 y. №2. 29-30 b.
4.
Юсупов С.Ю. ва бошқалар. “Қоракўлчиликда наслчилик ишларини
юритиш ва қўзиларни баҳолаш (бонитировка қилиш)” бўйича қўлланма.
Тошкент 2015 й. 31 б.
5.
Плохинский Н.А. Руководство по биометрии для зоотехников.
Москва. 1969. 256 с.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
98
6.
Xatamov А., Normuminova M., Qozoqov J. B. THE USE OF INNOVATIVE
METHODS IN FEEDING KARAKUL SHEEP //Conferencea. – 2022. – С. 127-131.
7.
Xatamov А., Qozoqov J. B. The Effect Of Probiotics On Dairy Products
//Texas Journal of Agriculture and Biological Sciences. – 2022. – Т. 10. – С. 130-
132.
8.
Ibrohimovna, M. S. (2019). TECHNIQUES OF IMPROVING SPEAKING IN
ESP CLASSES FOR MILITARY. CONDUCT OF MODERN SCIENCE-2019, 139.
9.
Хатамов А. Х. Мясная продуктивность каракульских овец
каракалпакского сура различных этологических типов //Овцы, козы,
шерстяное дело. – 2018. – №. 4. – С. 26-26.
10.
Kh K. A. Growth and Development of Young Karakul Sheep of Different
Ethological Types //Texas Journal of Agriculture and Biological Sciences. – 2023.
– Т. 12. – С. 22-25.
