MUSIQIY ASARLARNING TARBIYAVIY AHAMIYATI. QO‘SHIQ ORQALI O‘QUVCHILAR ONGIDA VATANPARVARLIK TUYG‘ULARINI SHAKLLANTIRISH.

Abstract

Qo‘shiq xalq amaliy san’atining asosiy musiqiy-poetik ijodidir. U inson hayotini ko‘p jihatdan aks ettiradi, uning ma’naviy go‘zalligini, fikr va intilishlarining boyligini ochib beradi. Aynan qo‘shiq ijodida xalqning ezgulik, adolatga bo‘lgan azaliy intilishlari to‘la namoyon bo‘ladi. O‘ziga hos samimiylik tufayli qo‘shiq har bir kishiga chuqur hissiy ta’sir qiladi. Shu bilan birga, qo‘shiq o‘quvchilar ongida vatanparvarlik, ona tabiatga muhabbat tuyg‘ularini tarbiyalaydi, musiqiy-estetik didni rivojlantiradi, jamoaviylik, do‘stlik tuyg‘ularini, ijodiy qobiliyatlarini uyg‘otadi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
99-103
66

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Yuldasheva, A. . (2025). MUSIQIY ASARLARNING TARBIYAVIY AHAMIYATI. QO‘SHIQ ORQALI O‘QUVCHILAR ONGIDA VATANPARVARLIK TUYG‘ULARINI SHAKLLANTIRISH. Academic Research in Modern Science, 4(1), 99–103. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/arims/article/view/62116
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Qo‘shiq xalq amaliy san’atining asosiy musiqiy-poetik ijodidir. U inson hayotini ko‘p jihatdan aks ettiradi, uning ma’naviy go‘zalligini, fikr va intilishlarining boyligini ochib beradi. Aynan qo‘shiq ijodida xalqning ezgulik, adolatga bo‘lgan azaliy intilishlari to‘la namoyon bo‘ladi. O‘ziga hos samimiylik tufayli qo‘shiq har bir kishiga chuqur hissiy ta’sir qiladi. Shu bilan birga, qo‘shiq o‘quvchilar ongida vatanparvarlik, ona tabiatga muhabbat tuyg‘ularini tarbiyalaydi, musiqiy-estetik didni rivojlantiradi, jamoaviylik, do‘stlik tuyg‘ularini, ijodiy qobiliyatlarini uyg‘otadi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

99

MUSIQIY ASARLARNING TARBIYAVIY AHAMIYATI.

QO‘SHIQ ORQALI O‘QUVCHILAR ONGIDA VATANPARVARLIK

TUYG‘ULARINI SHAKLLANTIRISH.

Aynisa Yuldasheva

O‘zDSMI

“Vokal” kafedrasi dotsent v.b.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14619352

Annotatsiya:

Qo‘shiq xalq amaliy san’atining asosiy musiqiy-poetik ijodidir.

U inson hayotini ko‘p jihatdan aks ettiradi, uning ma’naviy go‘zalligini, fikr va
intilishlarining boyligini ochib beradi. Aynan qo‘shiq ijodida xalqning ezgulik,
adolatga bo‘lgan azaliy intilishlari to‘la namoyon bo‘ladi. O‘ziga hos samimiylik
tufayli qo‘shiq har bir kishiga chuqur hissiy ta’sir qiladi. Shu bilan birga, qo‘shiq
o‘quvchilar ongida vatanparvarlik, ona tabiatga muhabbat tuyg‘ularini
tarbiyalaydi, musiqiy-estetik didni rivojlantiradi, jamoaviylik, do‘stlik
tuyg‘ularini, ijodiy qobiliyatlarini uyg‘otadi.

Tayanch sozlar:

musiqa, qo‘shiq, ansambl, xor, madaniyat, musiqa

pedagokikasi, ohang, his-tuyg‘u.

Аннотация:

Песня – главное музыкально-поэтическое произведение

народного творчества. Оно во многом отражает жизнь человека,
раскрывает его духовную красоту, богатство помыслов и стремлений.
Именно в песне в полной мере проявляются стремления народа к добру и
справедливости. Благодаря присущей искренности песня оказывает
глубокое эмоциональное воздействие на человека. Вместе с тем песня
воспитывает чувство патриотизма, любовь к природе, развивает
музыкально-эстетический вкус, пробуждает в сознании человека чувства
коллективизма, дружбы, творческие способности.

Ключевые слова:

музыка, песня, ансамбль, хор, культура,

музыкальная педагогика, мелодия, чувство.

Abstract:

A song is the primary musical - poetic creation of folk art. It

reflects many aspects of human life, revealing its spiritual beauty and the
richness of thoughts and aspirations. In song creation, the timeless yearning of
people for goodness and justice is fully expressed. Duo to its unique sincerity, a
song deeply affects every individual emotionally. At the same time, songs
nurture patriotism and love for nature in students, enhance musical-aesthetic
taste, and awaken feelings of teamwork, friendship, and creativity.

Key words:

music, song, ensemble, choir, culture, music pedagogy,

melody, emotion.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

100

O‘zbek xalqining ko‘hna va boy madaniyati asrlar davomida ma’naviyat

manbai bo‘lib kelgan. Boy madaniy merosimizni o‘rganish, milliy qadriyatlar,
urf-odatlarimizni tiklash, ma’naviy boyligimiz – musiqiy asarlarni hozirgi davr
talabi darajasida o‘rganish, ularni tiklash va avaylab asrash orqali yosh avlodni
milliy ruhda tarbiyalash davlat darajasida qaralmoqda. Shunga ko‘ra ma’naviy
merosimizning uzviy tarbiyaviy qismi sifatida o‘zbek an’anaviy musiqasi, folklori
hamda mumtoz musiqa namunalari va an’anaviy musiqa asarlarini izchil
o‘rganib, musiqa san’atini keng rivojlantirish va yangi ijodiyot yo‘nalishlarida
foydalanish hamda yosh avlodga keng targ‘ib etish eng muhim vazifalardan
sanaladi.

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev ta’kidlaganidek, «Adabiyot, san’at va

madaniyat yashasa, millat va xalq, butun insoniyat bezavol yashaydi».
Darhaqiqat o‘zbek musiqa san’atining qadimiy va navqiron xalq qo‘shiqlari,
ashulalari, dostonu maqomlari yillar davomida boyidi va taraqqiy etib boradi.

Musiqiy ta’lim o‘quvchilarning ma’naviy salohiyatini yuksaltirishga ta’siri

ulkandir. Musiqiy asarni o‘rganish va ijro etish jarayonida o‘quvchilarda
qiziqishlar doirasi kengayadi, bu esa yangi bilim va hissiyotlarni keltirib chiqadi.
O‘z ijodining natijalarini boshqalarga ko‘rsatish va baham ko‘rish istagi paydo
bo‘ladi. Jamoa bo‘lib kuylash o‘quvchilarni musiqa san’atiga faol jalb etishning
eng ommaviy shaklidir. Ma’lumki, qo‘shiq kuylash san’ati bolalarda
samimiylikni, o‘zaro mehr-oqibatni yanada o‘stirishga hizmat qiladi. Hozirgi
kunda musiqa ta’limining mazmun va mohiyati zaminida barkamol avlod, komil
inson tarbiyasi yotadi.

Bu borada jamoa bilan kuylashning tarbiyaviy ahamiyatini ta’kidlab o‘tish

zarur. Ansambl yoki jamoaviy qo‘shiq kuylash shaxsning o‘z-o‘zidan namoyon
bo‘lishiga aylanadi, bunda uning ijodiy kuchi, musiqiy did va yuksak vokal
ijrochilik madaniyati shakllanadi, shu bilan birga ijtimoiy ehtiyojlari amalga
oshiriladi. Kollektiv ijodiy faoliyat – bu individual musiqiy qobiliyatlarni
namoyon qilish, hamkorlik qilish va o‘zaro munosabatlarini hal qilish
imkoniyatini beradi. Ijodiy faoliyatda musiqiy va qo‘shiqchilik mahoratini
shakllantirish jarayoni yosh avlodning musiqiy, estetik, ijtimoiy va intellektual
rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadigan ko‘plab xususiyatlar va hissiy taassurotlarga
ega. Birgalikda kuylash musiqa san’ati sohasidagi nazariy bilim va amaliy
ko‘nikmalarni mustahkamlashga yordam beradi. Bu esa o‘quvchilarning nafaqat
badiiy rivojlanishiga, balki ularda axloqiy fazilatlarni shakllantirishga ham hissa
qo‘shadi. Vokal ijrochiligi tushunchasi juda keng tushuncha hisoblanib,
an’anaviy, klassik va estrada singari turlarga bo‘linadi. Vokal asari yakka,


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

101

ansambl, yoki xor ijrosida, shuningdek, musiqa cholg‘ulari jo‘rligida yoki jo‘rsiz
(katta ashula, a’capella kabi) ijro etiladi. Barcha turlarda xonanda ovozi yetakchi
o‘rin tutadi.

Bolalarga xor asarlarini kuylatish orqali milliy g‘urur, ma’naviy-axloqiy

xususiyatlar, estetik va boshqa shaxsiy fazilatlar shakllantiriladi. O‘quvchilarda
musiqiy qobiliyatlarini shakllantirish vokal-xor ijrochiligida dolzarb
muammolardandir. Xor ijrochiligi hozirgi kunda keng tarqalgan san’at turlaridan
biri bo‘lib jamoa ijrochiligi insonlarda chuqur estetik zavq uyg‘otibgina qolmay,
jamoa bo‘lib birlashishga olib keladi hamda ma’naviy saviyasini, badiiy didini
oshirishga

yordam

beradi.

U

insonning

his-tuyg‘ularini

uyg‘otib,

hayajonlantirish, qiziqtirish xususiyatiga ega. Jamoa ijrochiligi tarbiya vositasida
ham katta ahamiyatga ega bo‘lib vatanparvarlik, insonparvarlik tuyg‘ulari
kabi xislatlarni tarbiyalashda juda katta ahamiyatga ega. Shuni ta’kidlash
joizki, har bir yaratilgan qo‘shiq yashab turgan zaminimizni madh etishi, baxtli
bolalik hissini uyg‘otishi, ezgulikka chorlashi, do‘stlik, mardlikka undashi,
bolaning ichki hissiyotlarini yuzaga chiqarishga xizmat qilishi lozim.

Vokal san’ati yosh avlodni xalq qo‘shiqchiligi me’rosiga, shuningdek, milliy,

yevropa klassik musiqa durdonalariga qiziqish uyg‘otib birlashtiradi hamda
ahillik va birdamlikka chorlaydi, ulardagi ba’zi bir fiziologik, psixologik
(duduqlanish, fikrni bayon qila olmaslik, xotiraning sustligi, tortinchoqlik,
uyatchanlik, injiqlik kabi) nuqsonlarni bartaraf etishda yordam beradi. Chunki
yurakning musiqa bilan hamohang urib turishi bolaning fikrlarini jamlab, bir
tizimga solishga va tarbiya muammolari yechimini topishga yordam beradi.

Musiqa pedagogikasi yetuk olimlarining ta’kidlashlaricha qo‘shiq

kuylashning qator foydali jihatlari mavjud:

- qo‘shiq kuylaydigan bolada, avvalo, ovoz imkoniyatlari, eshitish qobiliyati

rivojlanib, chiroyli kuylashni o‘rganadi va undan zavq oladi;

- o‘z ovozini boshqa ovozlar bilan moslagan holda, garmoniyaga, ya’ni,

hamohanglikka erishishga intiladi;

- keyinchalik, u musiqa sohasida faoliyat yuritmasa ham, barcha ishda

garmonik uyg‘unlikka intiladi, mutanosiblikni qidiradi va yetishadi.

Musiqaning xususan, o‘quvchilar qalbiga milliy ruh elementlarini singdira

olishi birinchi navbatda ohanglar sadosiga asoslanadi. Zero, har bir millatning
ruhiyatini, uning qaysi millatga mansubligini, uning musiqiy ohanglar to‘qimasi,
lad va ohanglari belgilab beradi. Ma’lumki, musiqa bolaning his-tuyg‘ulariga
ta’sir etib, atrof-olamning tengsiz go‘zalliklarini his qilishga o‘rgatadi. Insonning
ruhan boy kamolga yetishiga yordam beradi. Musiqa vositasida o‘quvchilarni


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

102

milliy ruhda tarbiyalash muhim pedagogik muammo bo‘lib, uni asrlar davomida
sayqallanib kelgan musiqiy merosimiz asosida amalga oshiriladi. Buning uchun
esa o‘z navbatida milliy ruh tushunchasining asosiy mohiyatini o‘quvchilar
ongiga singdirish talab etiladi. Musiqa vositasida o‘quvchilar qalbiga milliy ruh
elementlarini singdira olish birinchi navbatda ohanglarga asoslanadi. Bolalar
qoʻshiq ijrosining keng ommaviyligi oʻzbek kompozitorlari, shoirlari,
oʻqituvchilari, bolalar musiqa jamoalari rahbarlarining ijodini faollashtiradi.
Musiqiy pedagogikada bolalarni qo‘shiq aytishga o‘rgatishning ko‘proq yangi
shakllari va usullari qo‘llanilmoqda. Shu nuqtai nazardan, keng auditoriyaning
bolalar qo‘shiqlarini idrok etish va tushunishga tayyorligi ancha yuqori. Bu
xususiyatlar musiqa pedagogikasi nazariyasi va amaliyotida har tomonlama
hisobga olinadi. Shu asosda bolalar qo‘shig‘i bolalar musiqa ta’limining eng
ommabop vositasi va musiqa-pedagogik jarayonning asosiy shakli hisoblanadi.

Musiqa vositasida milliy ruhni tarbiyalash faqat ma’lum bilimlar bilangina

emas, balki axloqiy tushunchalarni egallash va unga amal qilishda ham asosiy
mezonlardan hisoblanadi. Milliy ruhiyat o‘quvchilarda vatanparvarlik, ilm-
ma’rifat, odamiylik, odillik, raxm-shafqat, diyonat, vijdon kabi ma’naviy fazilatlar
orqali shakllanadi. Inson san’at asarini to‘liq idrok etishi uchun uning asosiy
g‘oyasini, maqsadini, tushunishi muhim sanaladi.

Estetik tarbiya zamirida axloqiy bilim, konikma va malakalar axloq

qoidalari yordamida oquvchining xulq-atvori, hatti-xarakatlarini boshqarishning
oziga xos tizimi yotadi. Axloqiy fazilatlar esa oquvchining kop qirrali faoliyati
davomida qisman musiqa va qo‘shiq vositasida shakllanib boradi.
Vatanparvarlik, insonparvarlik, halollik, tashabbuskorlik, faollik, ijodkorlik kabi
qator muhim tushunchalar axloqiy fazilatga oid tushunchalardir. O‘quvchilarda
shakllana boshlagan bilim, ko‘nikma va malakalar ularda musiqa san’atining
nodir asarlarini tushunish va o‘zlashtirish, ulardan zavqlanish imkoniyatini
kengaytiradi.

Shunday qilib, inson tabiatiga hos bo‘lgan musiqiy qobiliyatlar musiqiy va

ijodiy faoliyat natijasida yosh avlodni tarbiyalash bilan bir vaqtda jamiyatning
ijtimoiy madaniy sohasini takomillashtiradi. Vatanparvarlik tarbiyasi ta‘lim
sohasidagi davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biridir, chunki u
zamonaviy maktabning eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib kelgan.
Vatanparvarlik tarbiyasi maktab o‘quvchilarida o‘z Vatani, o‘z xalqi bilan
faxrlanish, uning ulkan yutuqlari va o‘tmishning munosib sahifalariga hurmat
tuyg‘ularini shakllantirishga qaratilgan tinimsiz mehnatdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ibragimov O. “4-sinf musiqa darsligi” 2002- yil.10-12b.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

103

2. R.Kadirov. Muzikalnaya pedagogika. Uchebnoe posobiye. T.:-2008. 69 b.
3. A.I.Avazboyev, Y.U.Ismadiyarov. Kasbiy pedagogika. T.:-2014.
4. T.Atamuratova, X.Ergasheva, M.Qurbonov. Mutaxassislik fanlarini o‘qitish
metodikasi.T.:-2008.
5. Sh.Do‘stmuhamedova, Z.Nishanova. Yosh davrlari va pedagogic psixologiya.
T.:-2013.

References

Ibragimov O. “4-sinf musiqa darsligi” 2002- yil.10-12b.

R.Kadirov. Muzikalnaya pedagogika. Uchebnoe posobiye. T.:-2008. 69 b.

A.I.Avazboyev, Y.U.Ismadiyarov. Kasbiy pedagogika. T.:-2014.

T.Atamuratova, X.Ergasheva, M.Qurbonov. Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi.T.:-2008.

Sh.Do‘stmuhamedova, Z.Nishanova. Yosh davrlari va pedagogic psixologiya. T.:-2013.