Авторы

  • S. Xamdamova
    Toshkent davlat agrar universiteti Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajar.134784

Ключевые слова:

Davlat fuqarolik xizmati meritokratiya teng huquqlilik davlat xizmatchisi davlat fuqarolik xizmati.

Аннотация

Mazkur maqolada fuqarolarning davlat xizmatiga kirish huquqi, fuqarolarning konstitusiyada belgilangan huquqlari, qonunchilikda belgilangan kafolatlar hamda so’nggi yillarda davlat xizmati sohasida olib borilayotgan islohotlar haqida ma’lumotlar keltirilgan


background image

Page 90

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

SJIF = 5.441

Volume 3, Issue 8,August 2025

www.in-academy.uz

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQAROLARI DAVLAT

XIZMATIGA KIRISHDA TENG HUQUQQA EGADIRLAR.

S.Xamdamova

Toshkent davlat agrar universiteti

Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi

boshlig‘i

Tel: 998999829988

https://doi.org/10.5281/zenodo.16911418

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10-Avgust 2025 yil
Ma’qullandi: 15- Avgust 2025 yil

Nashr qilindi: 20- Avgust 2025 yil

Mazkur maqolada fuqarolarning davlat xizmatiga kirish
huquqi, fuqarolarning konstitusiyada belgilangan
huquqlari, qonunchilikda belgilangan kafolatlar hamda
so’nggi yillarda davlat xizmati sohasida olib
borilayotgan islohotlar haqida ma’lumotlar keltirilgan.

KEYWORDS

Davlat

fuqarolik

xizmati,

meritokratiya, teng huquqlilik,
davlat

xizmatchisi,

davlat

fuqarolik xizmati.

Davlat xizmati fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash va ularga davlat

xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshiriladigan muhim faoliyat hisoblanadi

.

Davlat xizmatiga kirishda teng huquqlilik – barcha fuqarolar uchun teng imkoniyatlar

deganidir. Bu davlat xizmatiga kirishda nomzodlarga jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib
chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’iy-nazar, huquqlarining tengligi
kafolatlanishidir.

O‘zbekiston

Respublikasi

Konstitutsiyasining

37-moddasida

“O‘zbekiston

Respublikasining fuqarolari davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa egadirlar.Davlat
xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar qonun bilan belgilanadi”, deb ko‘rsatilgan.

Meritokratiya – bu (lug‘aviy ma’nosi lotin va grekcha so‘zlar birikmasidan tashkil topgan

bo‘lib, lotinchada “meritus”-“munosib” va grekchada “kratos” – “hokimiyat, boshqaruv”)
boshqaruv tamoyili bo‘lib, shaxslarning ijtimoiy kelib chiqishi va moliyaviy holatidan qat’i
nazar, davlat boshqaruvida rahbarlik lavozimlarini eng qobiliyatli va munosiblar egallashi
zarur, degan mazmunni anglatadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentabrdagi PF-158-son Farmoniga

asosan, yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida orttirilgan
tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqilgan «O‘zbekiston — 2030»
strategiyasi 1-ilovasiga muvofiq, davlat fuqarolik xizmatini meritokratiya, halollik va

professionallik tamoyillari asosida tashkil etish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilanib, bunda:

kadrlar bilan ishlash bo‘yicha 2 mingdan ortiq tarkibiy tuzilmalar faoliyatini to‘liq

raqamlashtirish;

davlat fuqarolik xizmatchilarini uzluksiz malaka oshirib borish tizimi bilan qamrab olish

darajasini 100 foizga yetkazish;


background image

Page 91

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

SJIF = 5.441

Volume 3, Issue 8,August 2025

www.in-academy.uz

«Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi Qonunda nazarda tutilgan davlat fuqarolik

xizmati tizimini to‘liq ishga tushirish doirasida ushbu tizim bilan 70 dan ziyod davlat organlari
qamrab olinishini ta’minlash;

Milliy kadrlar zaxirasida rahbarlik lavozimlariga nomzodlar sonini kamida ming nafarga

yetkazish;

davlat organlari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari faoliyatini jamoatchilik fikri

asosida baholash amaliyotini yo‘lga qo‘yish belgilangan.

Joriy yil 19 iyun kuni “Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil

etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini
shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi. Mazkur farmon
bilan davlat fuqarolik xizmatini tubdan isloh qilish va 2030 yilgacha rivojlantirish
strategiyasini amalga oshirish uchun keng qamrovli dastur hisoblanadi. Farmon bilan
tizimdagi ba’zi avvalgi deklarativ yondashuvlarni chetga surib, aniq indikatorlarga,
raqamlashtirishga va natijaga yo‘naltirilgan mexanizmlarni amalga joriy etish ko‘zlangan.
Shuningdek, davlat fuqarolik xizmatini ochiq, samarali, insonga yo‘naltirilgan tizimga
aylantirish maqsad qilingan. Farmon orqali ilk marta davlat fuqarolik xizmati sohasini to‘liq
raqamlashtirish, malakali kadrlar siyosati, inson resurslarini boshqarish, ijtimoiy himoya,
shaffoflik va hisobdorlik tamoyillari asosida qayta qurish ko‘zda tutilgan.

Mazkur farmon bo‘yicha davlat fuqarolik xizmatida asosiy o‘zgarishlar va yangi qoidalar

nimalardan iborat?

Avvalo

yangi

kadrlar

tayyorlash

tizimi

joriy

etiladi.

2026-yil

1-yanvardan boshlab, davlat xizmatiga birinchi marta qabul qilingan xodimlar bilan mehnat
shartnomasi dastlab bir yil muddatga tuziladi va keyinchalik faoliyatining ijobiy natijalariga
ko‘ra nomuayyan muddatga uzaytiriladi. Bu o‘zgarish kadrlar sifatini nazorat qilish va eng
munosib xodimlarni saralashga qaratilgan.

Shuningdek, kompetensiya bosh mezon bo‘ladi. Har bir lavozim uchun aniq

kompetensiyalar profili ishlab chiqiladi. Vakant lavozimlarga qabul “vacancy.argos.uz” portali
orqali shaffof tanlov asosida amalga oshiriladi. Shu bilan birga, davlat xizmatchilari doimiy
bilim va ko‘nikma sinovlaridan o‘tadi.

Kadrlar malakasini oshirish qanday yo‘lga qo‘yiladi?
– Malaka oshirish majburiy bo‘lib, davlat tomonidan moliyalashtiriladi

.

Yangi qabul

qilingan davlat xizmatchilari majburiy “Davlat xizmatiga kirish” maxsus kurslarini o‘tashi va
keyinchalik har uch yilda kamida bir marotaba malaka oshirish kurslarini tamomlashi
belgilangan. Diagnostikada davlat xizmatchilarining tegishli soha bo‘yicha bilim darajasi,
kompyuter savodxonligi, xorijiy tillarni o‘zlashtirganligi, psixologik diagnozi va intellektuallik
koeffitsienti (IQ) kabi ko‘rsatkichlari baholanadi. Bundan tashqari, davlat xizmatchisi har yili
onlayn va oflayn shaklda o‘z malakasini oshirib boradi. Ta’lim xarajatlari davlat budjeti,
xalqaro tashkilotlar yoki maxsus grantlar hisobidan qoplanadi. Malakali kadrlarga

reytingiga

qarab rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi

(mukofot, lavozimda yuqorilash, ijtimoiy

paketlar).

E’tiborlisi shundaki, davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reestri yuritiladi.

“Respublika, hududiy va tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari davlat fuqarolik xizmati
lavozimlarining davlat reestri” shakllantirildi. Bu – belgilangan yagona ro‘yxat (reestr) bo‘lib,


background image

Page 92

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

SJIF = 5.441

Volume 3, Issue 8,August 2025

www.in-academy.uz

u orqali butun mamlakat bo‘ylab qaysi davlat idorasida qanday lavozimlar mavjud ekanligi
rasman qilib tasniflangan. Har bir lavozim uchun aniq vazifalar, malaka va maosh ko‘rsatiladi.

Bu reestr davlat xizmatini “shaffof”, “tizimli” va “adolatli” qilishga qaratilgan asosiy

huquqiy vosita bo‘lib, davlat idoralari ichidagi barcha lavozimlar yagona tartibga keltiriladi va
kelajakda raqobatli, samarali fuqarolik xizmati shakllanishiga zamin yaratiladi. 2026-yildan
boshlab esa iqtidorli boshqaruvchilar va liderlarni aniqlash uchun “TOP-100” dasturi joriy
etiladi. Har ikki yilda bir marta 100 nafar salohiyatli boshqaruv kadrlarini saralab olish
bo‘yicha Respublika tanlovi o‘tkaziladi va g‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 100
baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Farmonda korrupsiyaga qarshi mexanizmlar va kuchli jamoatchilik nazorati xususida

qanday vazifalar ilgari surilgan?

– Farmonda davlat xizmatchilarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni

shakllantirish uchun “halollik vaksinasi“ni singdirish hamda preventiv mexanizmlarni joriy
etish nazarda tutilgan. Bunda korrupsiyaga qarshi barqarorlik darajasini baholash mexanizmi
joriy etiladi. Jumladan, 2025 yil 1 oktabrdan boshlab davlat xizmatchilarining xorijiy va ichki
xizmat safarlarini tashkil etish uchun “Xizmat safari” yagona moduli joriy etiladi. Kadrlar
faoliyatida korrupsiyaga qarshi alohida standartlar belgilab beriladi hamda har bir davlat
idorasi o‘z faoliyatini jamoatchilikka hisobot qilib taqdim etadi.

Raqamlashtirish va texnologik o‘zgarishlar borasida esa 1 sentabrdan boshlab “Davlat

xizmatchisi” mobil ilovasi ishga tushirilib, masofaviy tarzda kompetensiyalarni rivojlantirish
imkoniyati yaratiladi.

– Xotin-qizlarni davlat xizmatiga jalb qilish choralari qanday belgilangan?
– Davlat xizmatiga xotin-qizlarni keng jalb qilish uchun ularning sohaga bo‘lgan

qiziqishi, manfaatdorligi va ishonchini oshirish yo‘nalishi belgilangan. Avvalo moslashuvchan
ish rejimlari va masofaviy ishlash imkoniyatlari yaratiladi. Ayollar, nogironligi bo‘lgan
fuqarolar va yoshlar uchun alohida motivatsion dasturlar joriy etiladi. Har bir davlat
tashkilotida

inklyuziv muhit yaratish

majburiy bo‘ladi. Shu bilan birga, ijtimoiy himoya

paketlariga (ijara, transport, bolalar bog‘chasi yordami) alohida e’tibor qaratiladi.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, 2030 yilgacha davlat idoralarini strategik

rejalashtirishni yaxlit tizim bilan qamrab olish 100 foizga yetkazilishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek,

davlat

fuqarolik

xizmatida

xotin-qizlarning

ulushini

2030 yilgacha 40 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Hozirda, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak”

degan tamoyil amaliyotga joriy etilgan hamda davlat xizmatchilari faoliyatining asosiy mezoni
etib belgilangan. Biroq shunga qaramay, davlat fuqarolik xizmatida hal etilishi lozim bo‘lgan
bir qator masalalar mavjud. Xususan:

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

faoliyatida bir-birini takrorlovchi funksiya va vazifalar mavjudligi, ular faoliyatining aniq
funksional chegarasi belgilanmagani, shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
hamda kadrlarni joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha qarorlarni qabul qilish aksariyat holatlarda
markazlarda hal bo‘lishi mahalliy hokimliklar faoliyati samaradorligiga salbiy ta’sir
ko‘rsatmoqda;


background image

Page 93

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

SJIF = 5.441

Volume 3, Issue 8,August 2025

www.in-academy.uz

davlat fuqarolik xizmatidagi lavozimlar tahlili va kompetensiya modelining mavjud

emasligi tegishli lavozimlarga eng munosib kadrlarni to‘g‘ri tanlab olish, shuningdek,
xodimlarning kasbiy ko‘nikmalarini samarali rivojlantirishga to‘sqinlik qilmoqda;

davlat fuqarolik xizmatchilari mehnatiga haq to‘lashning tegishli lavozimda

bajariladigan ishlarning murakkabligi, ahamiyati va natijadorligiga asoslangan zamonaviy
tizimi joriy etilmagan;

davlat fuqarolik xizmati jozibadorligining yuqori emasligi, davlat fuqarolik

xizmatchilarini

motivatsiyalash

tizimi

yetarli

darajada

rivojlanmagani

kadrlar

qo‘nimsizligining oshishiga hamda ularning faoliyat samaradorligining pasayishiga olib
kelmoqda.

O‘zbeksiton

Respublikasi

Konstitutsiyasining

37-moddasi

hamda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyundagi “Davlat fuqarolik xizmatini
yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan
davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-95-sonli
farmoni bilan davlat xizmatiga kirishda teng imkoniyat va huquqning belgilanishi natijasida,
davlat xizmatining raqobatdoshligini, ochiqligini va professionalligini oshirishiga xizmat
qiladi. Shu bilan birga, davlat xizmatiga kirishda barcha fuqarolarga teng shart-sharoitlar
yaratib, kadrlarni mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, tanish-bilishchilik yoki shaxsiy sadoqat
belgilari bo‘yicha tanlab olish kabi salbiy illatlarning bartaraf etilishiga hamda davlat
xizmatiga munosib, chuqur bilimga ega, intiluvchan va yuksak salohiyatli kadrlarni yollash,
shuningdek davlat xizmatida kadrlarning xizmat bo‘yicha o‘sib borishi bilan bog‘liq faoliyatda
nomzodlarni adolatli baholash, ular orasidan eng munosiblarini tanlashga qaratilgan
“meritokratiya” tamoyili qo‘llash imkoniyatini kafolatlaydi

Foydalanilgani adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi https://lex.uz/docs/6445145

2.

“Davlat fuqarolik xizmati” to‘g‘risidagi qonun https://lex.uz/uz/docs/6145972

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyundagi “Davlat fuqarolik xizmatini

yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan
davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-95-son farmoni
https://www.lex.uz/docs/7587464
4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentabrdagi

5.

““O‘zbekiston

2030”

strategiyasi

to‘g‘risida”gi

PF-158-son

farmoni

https://www.lex.uz/docs/6600413#6605157

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi https://lex.uz/docs/6445145

“Davlat fuqarolik xizmati” to‘g‘risidagi qonun https://lex.uz/uz/docs/6145972

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyundagi “Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-95-son farmoni https://www.lex.uz/docs/7587464

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentabrdagi

““O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-son farmoni https://www.lex.uz/docs/6600413#6605157