Авторы

  • Azizaxon Ergasheva
    Andijon davlat chet tillari instituti Xorijiy til va adabiyoti yo`nalishi 1-bosqich magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajei.134788

Ключевые слова:

farzand konsept lingvistik vositalar lingvomadaniy lingvokognitiv jihatlar maydon yadro periferiya.

Аннотация

Ushbu maqolada “farzand” konsepti tilshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilingan hamda uning turli darajadagi til birliklari: morfemalar, leksemalar, frazemalar, frazoemalar, sentensemalar va tekstemalar orqali ifodalanish xususiyatlari ochib berilgan. Farzand konsepti faqat semantik jihatdan emas, balki tizimli-lingvistik yondashuv asosida ham tahlil qilinib, konseptual maydon modeli asosida qatlamlarga ajratilgan..


background image

Page 51

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 8,August 2025

www.in-academy.uz

INGLIZ VA O`ZBEK TILLARIDA “FARZAND/CHILD”

KONSEPTI VA UNI VOQEALANTIRUVCHI VOSITALAR

MAYDONI.

Ergasheva Azizaxon Xayrulla qizi

Andijon davlat chet tillari instituti

Xorijiy til va adabiyoti yo`nalishi 1-bosqich magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.16900975

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10-Avgust 2025 yil

Ma’qullandi: 15- Avgust 2025 yil
Nashr qilindi: 19- Avgust 2025 yil

Ushbu maqolada “farzand” konsepti tilshunoslik nuqtai
nazaridan tahlil qilingan hamda uning turli darajadagi
til birliklari: morfemalar, leksemalar, frazemalar,
frazoemalar, sentensemalar va tekstemalar orqali
ifodalanish xususiyatlari ochib berilgan. Farzand
konsepti faqat semantik jihatdan emas, balki tizimli-
lingvistik yondashuv asosida ham tahlil qilinib,
konseptual maydon modeli asosida qatlamlarga
ajratilgan..

KEY WORDS

farzand,

konsept,

lingvistik

vositalar,

lingvomadaniy,

lingvokognitiv jihatlar, maydon,
yadro, periferiya.

“Konsept” atamasi 20-asrning 1990-yillarida, ayniqsa, gumanitar fanlar va

tilshunоslikda keng qo‘llanila bоshlandi. Bu so‘z lоtincha

conceptus

so‘zidan оlingan bo‘lib,

“o‘ylab tоpilgan narsa” yoki “fikr” degan ma’noni anglatadi. Gumanitar fanlar doirasida esa
konsept odatda ma’no yoki tafakkurning asоsiy birligi sifatida tushuniladi.
Zamоnaviy tilshunoslikda ushbu atama birinchi bo‘lib rus tilshunosi S. A. Askaldov tomonidan
ishlatilgan. U konseptni

“ma’lum bir turdagi tushunchalar haqida fikrlash jarayonini aks

ettiruvchi birlik”

deb izohlagan [1, 267–280]. Bu ta’rif kоnseptni til orqali ma’nо qanday

shakllanishi va anglanishini tushunishda markaziy kоgnitiv va semantik birlik sifatida
ko‘rsatadi.

Zamonaviy tilshunoslikda “konsept’ atamasi leksik birlikning mental obrazini

ifodalash uchun qo‘llaniladi. Kundalik ilmiy faoliyatda esa bu atama ko‘pincha “tushuncha”
so‘zining sinonimi sifatida ishlatiladi. Konsept tushunchasi deyarli barcha mashhur
tilshunoslar tomonidan keng o‘rganilgan bo‘lib, har biri unga o‘ziga xos individual talqinlar
bergan.

Y.A. Stepanov va S.A. Askoldovning qarashlari bir-biriga juda yaqin: ular konseptni

“mantiqiy kategoriya” sifatida talqin qiladilar. Askoldovning fikriga ko‘ra, “konsept — bu
inson tafakkurida shakllangan madaniyat elementlaridan biri bo‘lib, aynan shu shaklda
madaniyat insonning aqliy dunyosiga kiradi.”[2,89]

Yana bir rus tilshunosi V. A. Maslova konsept mazmuniga ko‘p qirrali tuzilma sifatida

qaraydi. U konsept nafaqat so‘zlovchilar tomonidan o‘ylab ko‘riladigan, balki ular tomonidan
seziladigan hayajon, mulohaza, milliy obraz va konnotatsiyani ham o‘z ichiga olishini
ta’kidlaydi hamda konsept tuzilmasida alohida nuqtai nazar mavjudligini ko‘rsatadi. Uning
fikricha, konsept markazida qadriyat joylashgan bo‘lib, u madaniyatni o‘rganishga xizmat
qiladi, shuningdek, qadriyat prinsipi madaniyatning asosini tashkil qiladi. Bundan tashqari,


background image

Page 52

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 8,August 2025

www.in-academy.uz

har bir konsept o‘zining murakkab aqliy uyg‘unligi va semantik tuzilmasidan tashqari, insoniy
yoki umumiy, milliy-madaniy, ijtimoiy, tilga oid hamda shaxsiy-individual tarkibiy qismlarni
ham o‘z ichiga olishini ta’kidlaydi [3, 208].

D.S. Lixachyov esa konsept ta’rifiga ma’no va anglash nuqtai nazaridan yondashadi va

quyidagicha izohlaydi: “Konsept — bu insonni anglash, oz miqdordagi obyektiv ma’no va
anglash shaklida mazmunlilikning namoyon bo‘lishidir" [4, 281].
Tilshunos, Professor G`.M. Hoshimov esa konseptga quyidagicha ta`rif beradi: “Konsept, bu –
tafakkurda kechuvchi biri-biri bilan chambarchas bog`liq bo`liq nafaqat ikki muhim jarayon
(konseptualizatsiya (konseptuallashtirish) va kategorizatsiya (kategoriyalashtirish)ning
natijasi bo`lib sanaladi, balki unga qo`shimcha yana bir qator muhim jarayonlarning pirovard
natijasidir, va u yaxlit konseptual/kognitiv semantika sifatida lingvistik semantikaning
kognitiv asosini tashkil etadi hamda unda til birligi o`zining semantik sig`imi bilan bo`liq holda
ma`lum darajada (qisman) aks etadi.”[5, 45-46] Professor konseptni murakkab idrokiy
voqelik, ya`ni tilda verbal (va kerak hollarda noverbal) vositalar orqali voqelantiruvchi hodisa
sifatida murakkab ichki tashkil etuvchilardan iborat deb hisoblaydi. Olimning fikriga ko`ra, u
o`ziga xos tashkil etuvchilarni o`z ichiga olgan shajaraviy tarkibga ega va tilda gapiruvchilar
o`rtasida barcha so`zlovchilar tomonidan belgi(lar) orqali moddiylashtiriladi hamda barchaga
umumiy bo`lgan bir ma`no sifatida qabul qilinadi. Shunday qilib, ma`no verbal belgi orqali
voqelantiriladi, kalitlashtiriladi, kodlashtiriladi, parollashtiriladi, me`yorlashtiriladi.

G‘.M. Hoshimovning konseptga bergan izohi juda keng qamrovli va ilmiy-nazariy

asosga ega. Tilshunos konseptni tafakkur jarayonining murakkab mahsuli sifatida talqin
qilgani, uni faqat ikki asosiy jarayon (konseptualizatsiya va kategorizatsiya) bilan emas, balki
butun idrokiy faoliyat bilan bog‘lagani e’tiborga loyiqdir. Ayniqsa, konseptning lingvistik
semantikadagi kognitiv asos sifatida talqin qilinishi, uning semantik sig‘imi orqali tilda qisman
aks etishini urg‘ulashi muallifning kognitiv yondashuvga chuqur kirib borganini ko‘rsatadi.
Shuningdek, professor Hoshimovning konseptni murakkab ichki tuzilishga ega bo‘lgan,
shajaraviy tarkibga ega idrokiy voqelik sifatida tasvirlashi, uni verbal va noverbal vositalar
orqali ifodalanadigan semantik birlik deb tushuntirishi zamonaviy kognitiv tilshunoslikdagi
ilg‘or yondashuvlardan biridir.

Shu nuqtai nazardan qaralganda, G‘.M.Hoshimovning konsept haqidagi qarashlari

boshqa olimlarning (masalan, S.A. Askoldov, Y.S. Stepanov, V.A. Maslova va boshqalar)
qarashlariga nisbatan yana-da mukammalroq, tizimliroq va lingvistik tafakkurni chuqurroq
qamrab olgan deb hisoblash mumkin. G‘.M.Hoshimovning ushbu ta’rifi konsept mohiyatini
integral, funksional va madaniy-kognitiv nuqtai nazardan tushunishda muhim nazariy asos
bo‘lib xizmat qiladi.
Farzand/child konseptiga to‘xtaladigan bo‘lsak, u har qanday jamiyatda muhim o‘rin tutadi,
chunki u oila, tarbiya va ijtimoiy qadriyatlarning asosiy timsolidir. Bu konsept nafaqat
biologik ma’noda balki ijtimoiy, psixologik va madaniy ma`nolarni ham o‘z ichiga oladi. Til
orqali ifodalandigan bu konsept turli xalqlarda o‘ziga xos lingvistik va madaniy xususiyatlarga
egadir.

Farzand

-

tojikcha (ot)

“ota-onaning bolasi”

maʼnosini anglatadi [6, 406). Adabiy oʻzbek

tilida shu tovush tarkibi bilan aytiladi va shunday maʼnoni anglatadi, [7, 295]. Soʻzlashuv tilida
f tovushi p tovushiga almashtiriladi, baʼzan oxirgi d tovushi talaffuz qilinmaydi. O‘zbek tilida

farzand

so‘zining emotsional bo‘yoqdorligi kuchli — ko‘pincha hurmat, muhabbat va


background image

Page 53

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 8,August 2025

www.in-academy.uz

ma’suliyat bilan aytiladi. Ingliz tilida

child

nisbatan neytralroq, lekin kontekst orqali ijobiy

yoki neytral bo‘lishi mumkin.

“Child” (bola, farzand) tushunchasi faqatgina biologik yoki rivojlanish bosqichini

bildiruvchi atama emas; u jamiyat qadriyatlari, madaniy me’yorlar va psixologik jihatlarni aks
ettiruvchi murakkab lingvistik konstruksiyadir. Ingliz tilida “child” so‘zi oddiygina “yosh
inson” degan ma’nodan tashqari, ko‘plab ma’nolar va assotsiatsiyalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu
ko‘p qirrali mohiyat tilning bolalikni qanday shakllantirishini va turli kontekstlarda yoshlik
haqidagi qarashlarga qanday ta’sir qilishini o‘rganishga undaydi.

Lingvistik nuqtai nazardan, “child” atamasi semantik jihatdan boy qatlamlarga ega. Bu

so‘z nafaqat yosh shaxsni bildiradi, balki begunohlik, qiziquvchanlik va salohiyat kabi
tushunchalarni ham ifodalaydi. Bolalar haqida ishlatiladigan til ularning o‘rganuvchi va
kashfiyotchi sifatida tutgan o‘rnini ta’kidlaydi, bu esa erta rivojlanishni belgilovchi izlanishga
bo‘lgan ichki ehtiyojni ko‘rsatadi. Boshqa tomondan, bu atama bog‘liqlik va himoyaga
muhtojlik kabi ma’nolarni ham o‘z ichiga oladi — bu esa jamiyatning yosh avlodni tarbiyalash
va asrash borasidagi mas’uliyatini aks ettiradi.

Bundan tashqari, “child” tushunchasi “toddler” (emaklayotgan bola), “adolescent”

(o‘smir), “minor” (voyaga yetmagan) kabi turli sinonim va bog‘liq atamalar bilan chambarchas
bog‘liq bo‘lib, har biri ma’lum rivojlanish bosqichlari va shu bosqichlarga xos xususiyatlarni
anglatadi. Ushbu farqlar tilning tajribalarni qanday toifalashini va bolalik haqidagi
qarashlarga qanday ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatadi. Shuningdek, “kid” (bola) kabi so‘zlar yoki
“little one” (kichkintoy) kabi mehr ifodalaydigan atamalar bu tushunchaning hissiy ta’sirini
yanada boyitadi va ko‘pincha mehr, iliqlik va g‘amxo‘rlik tuyg‘ularini uyg‘otadi.
Ingliz tilida “child” so`zi bir qator semantik ma`nolarga ega bo`lib, ularni quyidagicha
tasniflashimiz mumkin:

-

Biologik jihatiga ko‘ra:

“child” so`zi birinchi navbatda ota-onadan tug`ilgan shaxsni

anglatadi (masalan,

“She has two children”

).

-

Yosh ma’nosi:

Bu so‘z odatda balog‘at yoshiga yetmagan shaxslarga nisbatan

ishlatiladi (masalan,

“Children under 12 get free admission”

).

-

Metaforik ma’no:

“Child” ko‘pincha tasavvufiy yoki ijtimoiy kontekstda ishlatiladi,

masalan,

“child of God”

(Xudoning farzandi) yoki

“child of the

revolution”

(inqlob farzandi).

Bundan tashqari, ingliz tilida “child” bilan bog‘liq sinonimlar (

kid, offspring,

youngster, juvenile,

infant, toddler

) mavjud bo‘lib, ular kontekstga qarab turli emotsional va stilistik jihatlarni

ifodalaydi. Masalan,

“kid”

so‘zi norasmiy kontekstda ishlatilsa,

“offspring”

rasmiy yoki ilmiy

nutqda qo‘llaniladi.
O‘zbek tilida “farzand” so‘zi ham xuddi “child” kabi ko‘p qirrali ma’nolarga ega:

-

Biologik ma’no:

Ota-ona uchun tug‘ilgan bola (masalan, “Uning uch farzandi bor”).

-

Ijtimoiy ma’no:

Farzand oilaning davomchisi, kelajak avlodi sifatida qaraladi (masalan,

“Farzand – oilaning ko‘z nuri”).

-

Metaforik ma’no:

“Farzand” so‘zi ko‘pincha o‘quvchi, shogird yoki biror ishning

davomchisi sifatida ishlatiladi (masalan, “Alisher Navoiy adabiyotning farzandi”).
O‘zbek tilida “farzand” so‘ziga yaqin ma’noda

“bola”

,

“o‘g‘il”

,

“qiz”

kabi so‘zlar ishlatiladi, lekin

“farzand” so‘zi rasmiy kontekstlarda ko‘proq qo‘llaniladi. Masalan, “bola” so‘zi kundalik
nutqda keng tarqalgan bo‘lsa, “farzand” ko‘proq hurmat va muhabbatni ifodalaydi [8, 112].

Shuningdek,

“avlod, zurriyod, nasl, voris”

kabi so‘zlar o‘zbek tilida bola so‘ziga sinonim


background image

Page 54

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 8,August 2025

www.in-academy.uz

bo‘la oladi.

Farzand/child konsepti ingliz va o‘zbek tillarida turli til vositalari orqali ifodalanadi. Bu

ifodalar lingvistik, madaniy va psixologik xususiyatlarga bog‘liq holda shakllangan. Quyida
ingliz va o‘zbek tillarida "farzand/child" konsepti qanday til vositalari bilan ifodalanishi
mumkin. Ularga morfemalar, leksemalar, frazoemalar, frazemalar, sentensemalar(sodda va
murakkab qo‘shma gaplar) va tekstemalar kiradi.

O‘zbek tilidagi “farzand” va ingliz tilidagi “child” konseptining morfemalar orqali

ifodalanishi tilshunoslikda konseptual maydonni o‘rganishda muhim bosqichlardan biridir.
Quyida ushbu konseptning morfemik tahliliga asoslangan asosiy jihatlar beriladi:
Ingliz tilida “child” uchun odatiy “-s” qo‘shimchasi emas, balki “-ren” qo‘llaniladi: child →
children. Bu istisno tariqasida qabul qilinadi va morfologik nuqtayi nazardan noturg‘un shakl
hisoblanadi.

O‘zbek tilida esa

ko‘plik

-lar qo‘shimchasi orqali sodda va muntazam hosil qilinadi:

farzand → farzandlar

O‘zbek tilidagi “-lar” agglutinativ, ya’ni har bir qo‘shimcha bitta aniq grammatik ma’no

beradi. Ingliz tilida esa bunday qat’iylik yo‘q, bu esa o‘zbek tilining tahliliy emas, sintetik-
agglutinativ til ekanini ko‘rsatadi.

Ingliz tilida egalik “’s” orqali ifodalanadi: child’s toy, child’s smile — bu yerda egalik

morfemasi grammatik jihatdan universal, ya’ni barcha shaxslarga bir xil qo‘llaniladi va
kontekst orqali farqlanadi.

O‘zbek tilida

egalik qo‘shimchalari

har bir shaxsga mos tarzda belgilanadi: bolam,

bolang, bolasi, bolamiz, bolanglar, bolalari va h.k.

O‘zbek tilida egalik ko‘proq shaxsiy munosabat, yaqinlik va hissiylikni aniq ko‘rsatadi, bu

esa "farzand" konseptining oilaviy, shaxsiy, va mehrga asoslangan tabiatini ochib beradi.

So‘z yasovchi affikslar orqali kengayish

:

Ingliz tilida child so‘zidan ko‘plab hosilalar yaratiladi:
childhood – bolalik davri
childish – bolalarcha (odatda salbiy)
childlike – beg‘uborlik, soddalik (ijobiy)
childless – farzandsizlik
childcare – bola parvarishi
O‘zbek tilida farzand so‘ziga juda ko‘p affikslar qo‘shilib, uning ma’nosini boyitadi:
farzandcha – farzandga o‘xshagan, farzanddek (

-cha

kichraytirish yoki munosabat

bildiruvchi qo‘shimcha)

farzandli – farzandi bor (

-li

ega bo‘lishni bildiruvchi qo‘shimcha)

farzandsiz – farzandi yo‘q (

-siz

inkor qo‘shimchasi)

farzandlik – farzand bo‘lish holati yoki farzandlik maqomi (

-lik

holat, sifat bildiruvchi

qo‘shimcha)

farzandchalik – farzand darajasida, farzandchalik darajada (

-cha

+

-lik

(daraja yoki

miqdorni bildiradi)

Demak, har ikkala til ham derivatsion morfemalar yordamida “farzand” konseptining

davriy, xatti-harakatli, emotsional va ijtimoiy jihatlarini kengaytiradi. Biroq o‘zbek tilida
affikslar ko‘proq mehr va erkalovchi ohangda, ingliz tilida esa mazmuniy aniqlik va ijtimoiy
rolga urg‘u beriladi.


background image

Page 55

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 8,August 2025

www.in-academy.uz

O‘zbek tili — agglutinativ til, ya’ni, har bir morfema o‘zining aniq vazifasiga ega va so‘zga

tartibli tarzda qo‘shiladi: farzand + im + dan (farzandimdan) — bu yerda 3 morfema har biri
o‘z rolini aniq bajaradi. Ingliz tili esa analitik til bo‘lib, ko‘pincha grammatik ma’no yordamchi
so‘zlar va kontekst orqali ifodalanadi. Child’s — bu “child + possessive marker”, lekin shaxs va
ko‘plik kontekst bilan aniqlanadi.

O‘zbek tilidagi “farzand” va ingliz tilidagi “child” so‘zlari har ikkalasi ham asosiy leksik

birlik bo‘lib, o‘zaro mos tushunchani bildiradi va konseptual yadro vazifasini bajaradi. Ikkalasi
ham til egasining dunyoqarashida insonning nasl qoldirish, avlod davomchiligi, mehr-
muhabbat kabi muhim tushunchalar bilan bog‘liq bo‘lgan bazaviy (asosiy) semantik
birliklardan biridir.

O‘zbek tilidagi “farzand” mustaqil so‘z sifatida qo‘llanilib, semantik jihatdan ota-ona

bilan bog‘liq iliqlik, mehr, mas'uliyat, sadoqat, hurmat kabi qadriyatlarni o‘zida mujassam
etadi. Fonetik jihatdan yumshoq va ohangdor tovushlardan tashkil topgan bo‘lib, ko‘pincha
iliqlik, mehribonlik va yaqinlik ifodasi bilan uyg‘unlashadi. Bu so‘z o‘zbek xalqining oilaviy
qadriyatlari, milliy mentaliteti va axloqiy dunyoqarashida chuqur ildiz otgan.

Bunga qarama-qarshi, ingliz tilidagi “child” so‘zi ham mustaqil birlik bo‘lib, u ham nasl,

avlod va yosh avlod tushunchasini bildiradi. Biroq fonetik jihatdan bu so‘z tovush jihatdan
kuchliroq, keskinroq eshitiladi. Ayniqsa, undoshlar birikmasi (“ch” va “ld”) bu so‘zga kuch,
faoliyat, hayotiylik kabi semantik yorqinlik baxsh etadi. Shuningdek, bu so‘z ingliz tilidagi turli
kontekstlarda yosh, erkinlik, harakatchanlik yoki mustaqillik kabi tushunchalar bilan
bog‘lanadi.

Demak, “farzand” so‘zi o‘zbek tilida ko‘proq ota-onaning mehrini, ijtimoiy mas'uliyatni

va madaniy qadriyatlarni ifodalaydigan, fonetik va semantik jihatdan mehr-muhabbat va
yumshoqlik bilan uyg‘unlashgan bo‘lsa, “child” so‘zi ingliz tilida biologik yosh va individual
xususiyatlarga ko‘proq urg‘u beradi. Shu bois, har ikkala so‘z o‘xshash konseptual maydonni
qamrab olgan bo‘lsa-da, ular ifodalaydigan mazmun, ohang va madaniy yuklama jihatidan bir-
biridan farq qiladi.

Infant – go‘dak (0–1 yosh)
Baby – chaqaloq
Toddler – endi yurishni o‘rgangan bola
Kid – norasmiy uslubda bola
Youth – o‘smir, yoshlik davri
Minor – huquqiy jihatdan voyaga yetmagan
O‘zbek tilida esa quyidagi leksik birliklar bilan ifodalanishi mumkin:
Farzand
Go‘dak
Chaqaloq
Kichkintoy
Norasida (yetim, ota-onasiz bola)
Ko‘ngilchan, beg‘ubor (ko‘chma ma’no bilan)
“Farzand/child” konsepti ikki tilda quyidagi frazemalar (ya’ni frazeologik birikmalar)

orqali ifodalanadi.

Ingliz tilida “child” ko‘proq psixologik holat, rivojlanish yoki noyetuklik nuqtai nazaridan

ko‘rsatiladi.


background image

Page 56

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 8,August 2025

www.in-academy.uz

Minor child – voyaga yetmagan bola
Child protection – bolani himoya qilish
Foster child – asrab olingan bola
Abandoned child – tashlab ketilgan bola
Child custody – bola ustidan vasiylik
Child rights – bolaning huquqlari
O‘zbek tilida “farzand” konsepti frazemalar orqali:
Farzanddek aziz
Farzandli bo‘lmoq
Farzand dog`i
Frazeomelar orqali ifodalanishi:
Ingliz tilida:
Big baby – (kinoya) erkalik qilayotgan katta odam
Like a kid in a candy store – quvonchdan to‘lgan holat
Child’s play – juda oson ish
As innocent as a child – begunoh, toza qalbli
Child of nature – tabiat bilan uyg‘un, beg‘ubor odam
God’s child – diniy ma’noda, Alloh tomonidan asralgan inson
Don’t be such a child! – bolalarcha xatti-harakat qilma!
Throw a tantrum like a child – boladek injiqlik qilish
War child – urushdan aziyat chekkan bola
Street child – ko‘chada yashovchi yetim bola
O‘zbek tilida:
Ko‘zimning qorasi– juda aziz bola, farzand
Dilimning sho‘xi – yuragimning quvonchi, erka bola
Jonimning bir bo‘lagi – farzand - ota-onaning jonidan ajralgan qismi
Yuragimning parchasi – juda yaqin, jonajon farzand; yurakning bir bo‘lagi
Ingliz tilida "child" konseptining gaplar orqali ifodalanishi:
Every child has the right to safety and education.
A child raised with love will spread love.
Childhood shapes character.
Qo‘shma gaplar bilan:
Children are like wet cement – whatever falls on them makes an impression.
(Bolalar ho‘l sementga o‘xshaydi – nima tushsa, iz qoldiradi.)
Every child is an artist, the problem is how to remain an artist once we grow up.(Har bir

bola ijodkordir. Muammo – ulg‘aygach ham o`sha qobilyatni saqlab qola olishda.)

Children must be taught how to think, not what to think.
(Bolaga nima o‘ylashni emas, qanday o‘ylashni o‘rgatish kerak.)
A child is not a vessel to be filled, but a fire to be kindled.
(Bola bu to‘ldiriladigan idish emas, balki yoqiladigan olovdir.)
Farzand/child konsepti o‘zbek tilida sodda yoki qo‘shma gaplar bilan ifodalanishi

mumkin:

Sodda gaplar (farzand konsepti asosida):
Farzand – uyga nur.


background image

Page 57

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 8,August 2025

www.in-academy.uz

Farzandli uyda baraka bo‘ladi.
Farzand ota-onaning ko‘zgusi.
Har bir farzand – Xudoning in’omidir.
Farzand – qalb quvonchi.
Yaxshi farzand – ota-onaga jannat kaliti.
Farzandga yoshligidan non bilan odob ber.
Farzand – ertangi kunning egasi.
Qo‘shma gaplar orqali ifodalanishi:
Farzanding yaxshi bo‘lsa, yuzing yorug‘ bo‘ladi.
Farzand tarbiyalansa, jamiyat yuksaladi.
Ota farzandga mehr bersa, farzand ota yuzini yoritadi.
Farzand ko‘rsang, unga ibratli hayot ko‘rsat.
Farzandli bo‘lgan ota-ona, sabr va matonat egasi bo‘lishi kerak.
Farzandni asrab-avaylasang, u seni ulug‘laydi.
Farzand ota-onada nima ko‘rsa, shuni qiladi.
Bu kabi gaplar o‘zbek xalqining farzandga bo‘lgan munosabati, tarbiya jarayonidagi

tajribasi va hayotiy falsafasini ifoda etadi. Ular nafaqat til unsuri, balki madaniyat va
dunyoqarash aksidir. Bunday gaplar maqol, hikmat, pand-nasihat shaklida ko‘p ishlatiladi va
lingvokulturologik jihatdan katta ahamiyatga ega.

Ingliz va o‘zbek tillarida “child/bola” konsepti

tekstemalar,

ya’ni paremiologik

birliklar(maqol va hikmatli so‘zlarda) bilan ham ifodalanishi mumkin.

Ingliz tilida quyidagi misollarni keltirishimiz mumkin:
“Train up a child in the way he should go, and when he is old, he will not depart from

it.”(Bibliyadan olingan maqol) Ma’nosi: bolani qanday tarbiyalash kerak bo‘lsa, yoshligidanoq
shunday yo‘l tut, keyinchalik ham shu yo‘ldan chetga chiqmaydi.

“What is learned in the cradle is carried to the grave.” Ma`nosi: Beshikda o‘rgatilgan

narsa qabrgacha boradi.

“Spare the rod and spoil the child.” Ma`nosi: Tayog‘ni ayasang, bolani buzasan. (Tarbiya

qattiqlikni ham talab qiladi degan ma’no)

O‘zbek maqollarida esa farzand ko‘pincha oilaning davomi, jamiyatning kelajagi va ota-

ona hayotidagi eng muhim mas'uliyat sifatida tasvirlanadi.

Masalan:
“Farzand – uy nuri, mol – uy duri.” Bu maqolda farzand oiladagi eng muhim boylik

sifatida tasvirlanadi. Mol-dunyo vaqtinchalik bo‘lsa, farzand doimiy quvonch va ma’no manbai
hisoblanadi.

“O‘g‘il o‘stir, o‘n o‘stir – o‘ng o‘stir.” Bu maqol o‘g‘il farzandni to‘g‘ri tarbiyalash

zarurligini ta’kidlaydi. Tarbiya sifati farzandning kelajagiga ta’sir qiladi.

“Ekin eksang – yer beradi, farzand o‘stirsang – el beradi.” Bu maqol farzand

tarbiyasining nafaqat oila, balki butun jamiyat uchun muhim ekanini ko‘rsatadi.

“O‘g‘il – ota beli, qiz – ona dili.” Bu maqolda o‘g‘il farzand oilaning mustahkam tayanchi,

qiz esa ota-onaning mehr-muhabbat manbai sifatida ko‘riladi.

“Farzand – bog‘dagi gul, tarbiya – uni sug‘oruvchi suv.” Bu maqolda farzand go‘zal,

ammo ehtiyotkorlik bilan parvarish qilinishi kerak bo‘lgan narsa sifatida tasvirlanadi.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda “child/farzand” konseptini turli til birliklari


background image

Page 58

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 8,August 2025

www.in-academy.uz

bilan ifodalanishiga ko‘ra quyidagicha tahlil qilish mumkin:

Umuman olganda, “farzand/child” konseptining ingliz va o‘zbek tillarida ifodalanishi

o‘ziga xos bo‘lib ularni izomorfik va allomorfik jihatlarini yuzaga kelishining asosiy tillardagi
lingvokulturologik va lingvokognitiv jihatlarning o‘zgachaligida. Ingliz tilida bu konsept
ko‘proq individualizm va shaxsiy rivojlanish bilan bog‘liq bo‘lsa, o‘zbek tilida kollektivizm va
oilaviy qadriyatlar ustunlik qiladi. Frazeologizmlar, metaforalar, xalq og‘zaki ijodi va
adabiyotda bu konsept turli vositalar orqali voqelantiriladi.

Adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Аскольдов С.А. Концепт и слово// Русская словесность. От теории словесностик

структуре текста. Антологтя. – М:Аcademia. 1997. – С. 267-280
2.

Аскольдов С.А. (1928). Понятие концепта и слово. // Проблемы поэтики. – Москва:

Наука – C. 180-186.
3.

Маслова В.А. Лингвокултурология. – М.: “академия”, 2001. – 208 c.

4.

Лихачёв Д.С. Концепт в лингвистике и культурологии // Концепт: понятие и

интерпретация. — М.: Языки русской культуры, 1997. – 281c.
5.

Hoshimov G‘.M. Kognitiv tilshunoslik: nazariy asoslari va amaliy talqini. – Toshkent: Fan va

texnologiya, 2021. – B. 45–46.
6.

Тоҷикӣ – Русӣ – Тоҷикӣ cиноними байнӣ. – Душанбе: Дониш, 1985. – С. 406.

7.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 2-jild. – Toshkent: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat

ilmiy nashriyoti, 2006. – B. 295.
8.

To‘xtaboyeva M. O‘zbek tilida sinonimik birliklarning uslubiy xususiyatlari. – Toshkent:

Fan, 2018. – B. 112

Periferiya-

frazoema,

sentensema va

tekstemalar

Dominanta-

leksema va

frazemalar

Yadro-

morfemalar

Библиографические ссылки

Аскольдов С.А. Концепт и слово// Русская словесность. От теории словесностик структуре текста. Антологтя. – М:Аcademia. 1997. – С. 267-280

Аскольдов С.А. (1928). Понятие концепта и слово. // Проблемы поэтики. – Москва: Наука – C. 180-186.

Маслова В.А. Лингвокултурология. – М.: “академия”, 2001. – 208 c.

Лихачёв Д.С. Концепт в лингвистике и культурологии // Концепт: понятие и интерпретация. — М.: Языки русской культуры, 1997. – 281c.

Hoshimov G‘.M. Kognitiv tilshunoslik: nazariy asoslari va amaliy talqini. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2021. – B. 45–46.

Тоҷикӣ – Русӣ – Тоҷикӣ cиноними байнӣ. – Душанбе: Дониш, 1985. – С. 406.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 2-jild. – Toshkent: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. – B. 295.

To‘xtaboyeva M. O‘zbek tilida sinonimik birliklarning uslubiy xususiyatlari. – Toshkent: Fan, 2018. – B. 112