CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
142
MUALLIFLIK KORPUSI TARKIBIDA ERKIN VOHIDOV
ASARLARINING LINGVISTIK KORPUSINI YARATISH TAMOYILLARI
Abdurahmanova Muqaddas Tursunaliyevna
O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti, f.f.n.
Arislanova Muxlisa Zakir qizi
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar”
teleradiokanali katta muharriri
https://doi.org/10.5281/zenodo.13923494
Annotatsiya:
Maqola o‘zbek tili milliy korpusi tarkibida mualliflik
korpusini yaratish zaruratiga bag‘ishlangan. Tadqiqotchi mualliflik korpusining
o‘zbek tilini tadqiq etish va ta’lim jarayonidagi afzalliklarini ko‘rsatib bergan va
uni yaratish masalasi dolzarb degan xulosaga keladi.
Kalit so‘zlar:
Korpus lingvistikasi, teg, illyustrativ maqsad, reprezentativlik,
konversiya va grafik tahlil.
Hozirga qadar turkiy tillarning bir qanchasi o‘zining milliy til korpusiga ega.
Mualliflik korpusi milliy til korpusi tarkibida muhim o‘rin egallaydi. Mualliflik
korpusi va mualliflik leksikografiyasi – chambarchas bog‘liq hodisa: birining
taraqqiyotini ikkinchisining rivojisiz ko‘rib bo‘lmaydi. Mualliflik leksikografiyasi
yo‘nalishida ancha ishlar qilingan bo‘lsa ham, mualliflik korpusi taraqqiyoti
turg‘un holatda. Mukammal tuzilgan, chuqur teglangan mualliflik korpusi
leksikologiya, leksikografiya, til tarixi, dialektologiya, sotsiolingvistika,
psixolingvistika, neyrolingvistika sohalari rivojiga hissa qo‘shadi, bu
yo‘nalishlardagi tadqiqotlar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Shuningdek,
mualliflik korpusi yordamida ma’lum yozuvchi/shoir tili konkordansini tuzish,
ma’lumotlar bazasini yaratish ham mumkin.
1
Teg, uning tur, xususiyati korpus lingvistikasi mutaxassislari tomonidan
keng tavsiflangan. Korpusni oddiy elektron to‘plam yoki virtual kutubxonadan
farqlovchi, matn ustida turli lingvistik amallarni bajarishga imkon beruvchi eng
asosiy omil – uning razmetkasi. O‘tgan asrning 80-yillarida SGML (Standard
Generalized Markup Language) nomi ostidagi elektron matnlar razmetkasi
standarti qabul qilingan edi. Bu standart dastlab tipografiya sanoati uchun
ishlab chiqilgan bo‘lsa-da, tez orada boshqa sohalarda ham qo‘llanila boshlandi.
SGMLning mohiyati turli matn muharrirlarida terilgan hujjatni tahrirlash, tahlil
qilish, o‘zgartirishdan iborat.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
143
Korpus tilshunosligi kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda
lingvistik ma'lumotlar korpuslarini qurish va ulardan foydalanishning umumiy
tamoyillarini ishlab chiqadi.
Matn tanlash.
Mualliflik korpusi tuzishda ikki manbaga asoslanish
mumkin:
1.Har bir muallifning nashr etilgan mukammal asarlari to‘plami.
2.Internet tarmog‘idagi elektron fayllar.
Birinchi manbani elektron shakga aylantirish (skanerlash, matnni sun’iy
intellekt tushunadigan formatga keltirish) orqali material sifatida ishlatsak,
ikkinchi manbadan nisbatan tayyor holda foydalanishimiz mumkin.
2
Erkin
Vohidov she’riyatining lingvistik korpusini yaratishda shoirning Saylanma kitobi
1-jildini obyekt sifatida tanlab oldik. Korpus yaratish jarayonida mazkur kitob
matnlari elektron shaklga keltiriladi. To‘plangan matn ma’lum tizimga solinadi.
Reprezentativlik.
Bunda zaruriy hajm, miqdor, janr, uslub, muallifga
tegishli matnlar kesishmasining to`g`ri tanlanishi nazarda tutiladi. Biz
yaratmoqchi bo‘lgan mualliflik korpusiga Erkin Vohidovning faqat she’riy
asarlari tanlab olinadi.
Erkin Vohidov asarlarida “Inson” so‘zining qo‘llanilishiga konkordans
namunasida misollar (AntCont dasturidan foydalanilgan holda).
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
144
Adabiyotlar:
1.
Ҳамроева Ш. Ўзбек тили муаллифлик корпусини тузишнинг
лингвистик асослари. Монография. – , 2020
2.
Ш.М.Ҳамроева “Корпус лингвистикаси атамаларининг қисқача
изоҳли луғати” Бухоро 2018
3.
Захаров В.П., Богданова С.Ю. Корпусная лингвистика.– Иркутск: ИГЛУ,
2011. –161 c.
4.
http://ruscorpora.ru
5.
http://sara.natcorp.ox.ac.uk/