CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
98
INGICHKA TOLALI G‘O‘ZA NAVLARI TOLASINING TEXNOLOGIK
KO‘RSATKICHLARI
А.О.Qо‘zibоyev
Qаrshi muhаndislik-iqtisоdiyоt instituti dоktоrаnti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14725373
Аnnоtаtsiyа.
Mаqоlаdа ingichkа tоlаli g‘о‘zа navlari (Mаrvаrid, Surxоn-14,
Bо‘stоn, G‘uzоr) tolasi texnologik ko‘rsatkichlariga ekish sxemasining ta’siri
o‘rganilgan bo‘lib bunda tolaning tipi, tola chiqishi, tola uzunligi, mikroneyr
ko‘rsatkichi tolaning pishiqligi, nisbiy uzilish kuchi kabi ko‘rsatkichlarining turli
ekish sxemalaridagi farqlari tаvsifi bаyоn etilgаn.
Kаlit sо‘zlаr:
ingichkа tоlаli g‘о‘zа, nаv, ekish sxemаsi, tola tipi, tola chiqishi,
tola uzunligi, mikroneyr ko‘rsatkichi tolaning pishiqligi, nisbiy uzilish kuchi.
Абстрактный.
В статье изучено влияние схемы посева на
технологические показатели тонковолокнистых сортов хлопчатника
(Марварид, Сурхан-14, Бостон, Гузор), в том числе тип волокна, выход
волокна, длину волокна, выявлены различия в показателе микронейр,
волокнистости Описаны сроки созревания и относительная прочность на
разрыв при различных схемах посадки.
Ключевые слова:
тонковолокнистый хлопок, сорт, схема посадки,
тип волокна, выход волокна, длина волокна, индекс микронейра, зрелость
волокна, относительная разрывная прочность.
Abstract.
The article studies the influence of the planting scheme on the
technological parameters of the fiber of fine-fiber cotton varieties (Marvarid,
Surkhon-14, Boston, Guzoor), and describes the differences in such parameters as
fiber type, fiber yield, fiber length, micronaire index, fiber maturity, and relative
breaking strength under different planting schemes.
Keywords:
fine-fiber cotton, variety, planting scheme, fiber type, fiber
yield, fiber length, micronaire index, fiber maturity, relative breaking strength.
Kirish.
Jahon bozorida ingichka tolali yetishtiruvchi ilg‘or mamlakatlar,
jumladan Misr paxtasining sifati yuqori baholanadi. Sababi ushbu paxta navi
tolasining o‘ta pishiqligi sababli nafaqat to‘qimachilikda, balki avtomobilsozlik va
aviasozlikda ham talab yuqori bo‘lgan mahsulotligi bilan ajralib turadi. Kimyo
sanoati va innovatsion texnologiyalar ishlab chiqarishida ham yurtimizda
yetishtiriladigan pishiq va uzun tolali paxtaga bo‘lgan talab ortmoqda.
Vohaning issiq iqlimi, unumdor tuprog‘i ingichka tolali g‘o‘za yetishtirish
uchun ayni muddao. Nega aynan ingichka tolali paxta. Chunki, bu navli paxta juda
issiq ob-havo sharoiti, suvsizlik, garmsel va zararkunanda hasharotlarga
chidamlidir. Shu bilan birga, uzun tolaligi, pishiq-puxtaligi hamda to‘qimachilik
sanoatida nafis sifati bilan ajralib turadi. Ingichka tolali paxta yetishtirish
samaradorligi boshqa navlarga nisbatan 60 foiz yuqoridir.
Eksportbopligi, yuqori narxga baholanishi va jahon bozorida talabgorligi,
to‘qimachilikda esa pishiq ip-kalava, sifatli mato tayyorlashdagi ahamiyati sabab
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
99
ingichka tolali paxta yetishtirishga bo‘lgan qiziqishning ortishiga sabab
bo‘lmoqda[3].
O‘zbekistonda paxta yetishtirishda iqlim va agrotexnologik omillar tolaning
sifat ko‘rsatkichlariga sezilarli ta’sir qiladi. Jumladan, mikroneyr ko‘rsatkichi
tolaning nozikligi bilan bog‘liq bo‘lib, bu ishlab chiqarishda asosiy parametr
hisoblanadi. Iqlim sharoiti, sug‘orish tizimi va ekish sxemasi tolaning pishiqligi va
uzunligini belgilaydi.
Adabiyotlar tahlili.
Ingichka tolali g‘o‘za navlari tolasining texnologik
ko‘rsatkichlariga oid ilmiy adabiyotlarda tola chiqishi, uzunligi, mikroneyr
ko‘rsatkichlari va pishiqlik darajasining g‘o‘za navlari, agrotexnologik tadbirlar va
iqlim sharoitlariga bog‘liqligi bayon etilgan.
Ma’lumotlariga ko‘ra, tolaning sifatini baholashda to‘qimachilikka mos
keladigan mexanik xususiyatlar hisobga olinadi. Tola chiqish foizi va mikroneyr
darajasini yaxshilash uchun navlarning tuproq sharoitiga mosligi hamda
qurg‘oqchilikka chidamliligi ahamiyatli hisoblanadi [1].
Hozirgi kunda respublikamiz doirasida tolaning texnologik xususiyatlarini
o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar kuchaytirilmoqda. Masalan, tolasi uzun va
mikroneyr darajasi o‘ta yuqori bo‘lmagan tolalar yuqori sifatli mahsulot
hisoblanadi, bu esa to‘qimachilik sanoati uchun ahamiyatlidir [2].
G‘o‘za navlarini nisbatan yaxshiroq texnologik sifat ko‘rsatkichlari g‘o‘za
80x40 smda parvarishlanib, qo‘shqator oralariga 1 marta 5-7 sm chuqurlikda
ishlov berilganda olindi, chunki bu holatda g‘o‘zalarni o‘sishi, rivojlanishi, oziqa
unsurlarni o‘zlashtirish nisbatan yaxshiroq bo‘lganligi aniqlandi [4].
Tadqiqot natijalari.
Tola chiqishi, uzunligi, mikroneyr kabi ko‘rsatkichlar
genetik omillar bilan belgilanadi, ammo ekologik sharoit va agrotexnik tadbirlar
ularga sezilarli ta’sir qildi.
Ingichka tolali g‘o‘za navlari tolasining texnologik ko‘rsatkichlariga turli
ekish sxemalarining ta’sirini tahlil qilish natijalari keltirildi (1-jadval). Bunda tola
chiqishi (%)ning eng yuqori ko‘rsatkichi 76x9,9x1 ekish sxemasida
parvarishlangan Surxon-14 (nazorat) navida (36,8%), eng past ko‘rsatkich esa
90x8,3x1 sxemada parvarishlangan Marvarid navida (35,4%) qayd etildi.
Eng uzun tola 76x9,9x1 ekish sxemasida parvarishlangan G‘uzor navida
(39,7 mm), eng qisqa tola 76x9,9x1 ekish sxemasida parvarishlangan Surxon-14
(nazorat) navida (37,3 mm) hisobga olindi. Tola uzunligi bo‘yicha G‘uzor navi
yuqori natijani ko‘rsatib, bu uning yuqori texnologik sifatga egaligini tasdiqlaydi.
Paxta tolasining mikroneyr ko‘rsatkichlari 3,6-3,9 oralig‘ida bo‘lib, bu holat
tolalarning havo o‘tkazuvchanligi yaxshiligini ko‘rsatadi.
Tola pishiqligining yuqori bo‘lishi paxta tolasi mustahkamligini oshiradi va
uni sanoatda ko‘p funksiyali mahsulot ishlab chiqarishda ishlatishga imkon
beradi. Tola pishiqligi (gk) bo‘yicha eng yuqori natija 90x8,3x1 (nazorat) ekish
sxemasida parvarishlangan Bo‘ston navida (4,8 gk) qayd etildi. Tola pishiqligi
bo‘yicha barcha navlar yuqori texnologik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lib, ishlab
chiqarish talablari uchun mos ekanligini ko‘rsatdi.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
100
1-jadval
Ingichka tolali g‘o‘za navlari tolasining texnologik ko‘rsatkichlariga ekish
sxemalarining ta’siri (2022-2024 yy.)
t/r
Ekish
sxemasi
Navlar
Tola
tipi
Tola
chiqishi,%
Tola
uzunligi,
mm
Mikroneyr
Tolaning
pishiqligi,
gk
Nisbiy
uzilish
uzunligi,
gk/teks
1
90x8,3x1
(nazorat)
Surxon-
14
(nazorat)
II
36,3
37,6
3,9
4,6
33,9
2
Marvarid
II
35,4
38,7
3,7
4,6
34,2
3
G‘uzor
II
35,6
39,1
3,6
4,7
34,4
4
Bo‘ston
II
35,5
38,9
3,8
4,8
34,4
5
76x9,9x1
Surxon-
14
(nazorat)
II
36,8
37,3
3,8
4,7
34,6
6
Marvarid
II
36,1
39,4
3,9
4,7
34,6
7
G‘uzor
II
36,1
39,7
3,8
4,6
34,6
8
Bo‘ston
II
35,6
39,3
3,9
4,7
34,5
9
60x12,5x1
Surxon-
14
(nazorat)
II
36,7
37,7
3,9
4,7
34,3
10
Marvarid
II
35,8
39,5
3,8
4,7
34,5
11
G‘uzor
II
35,7
39,2
3,8
4,7
34,5
12
Bo‘ston
II
35,3
38,7
3,9
4,6
34,1
Nisbiy uzilish uzunligi (gk/teks) texnologik ishlov berish jarayonida
tolalarning chidamliligini tasdiqlaydi va sifatli ip olish imkoniyatini oshiradi. Bu
bo‘yicha 76x9,9x1 ekish sxemasida parvarishlangan barcha navlar eng yaxshi
ko‘rsatkichni (34,5-34,6 gk/teks) ta’minladi. Nisbiy uzilish uzunligi bo‘yicha
ko‘rsatkichlar barcha navlarda yuqori darajada bo‘lib, yuqori sifatli ip-gazlama
ishlab chiqarish imkoniyatini beradi.
Ekish sxemalari o‘rtasidagi farqlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, 76x9,9x1 ekish
sxemasi texnologik ko‘rsatkichlar bo‘yicha yaxshiroq natijalarni ta’minladi.
Marvarid va Bo‘ston navlari sifatli tola xususiyatlariga ega bo‘lib, bu ularning
yuqori sifatli ip-gazlama ishlab chiqarish uchun qulayligini bildiradi.
Xulosa.
Marvarid va Bo‘ston navlari yuqori sifatli tola xususiyatlari bilan ajralib
turib, eksportga yo‘naltirilgan mahsulot ishlab chiqarishda afzal ko‘rilishi
mumkin. Yuqori sifatli ko‘rsatkichlar paxta tolasining xalqaro talablariga
mosligini ko‘rsatib, ularni sanoat uchun foydali xom-ashyo sifatida tavsiya qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Abdalla, A. and Sh. R. Abd- ElZaher.(2012). Promoting- Egyptian cotton
sustainability over time, space, and agro-economic variables. 2 nd Alexandria
International Cotton Conference. Fac. Agric. Saba Basha. Alex. Univ. April 10 - 11th
2012. pp.321-326.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
101
2.
Elayan, Sohair E.D., A.M.A. Abdalla, Abdel-Gawad, S.D. Nadia and A.E.
Faramawy Wageda (2015). Effect of Delaying Planting Date on Yield, Fiber and
Yarn Quality Properties in Some Cultivars and Promising Crosses of Egyptian
Cotton. American-Eurasian J. Agric. & Environ. Sci., 15 (5): 754- 763.
3.
https://www.agro.uz/11-04536201/
4.
Ubaydullayev S. Sh. Turli o‘g‘it me’yorlarida tupi konussimon g‘o‘za
navlarini parvarishlash // Monografiya.: “Omadbek print number one” nashriyoti,
Andijon. 2022. -B. 110.
