CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
14
RAQSNING PLASTIK YECHIMI
Erkaboyeva Sarvinoz
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi
san’atshunoslik yo‘nalishi 2-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14616090
San’atning yorqin turlaridan biri bо‘lgan ajoyib raqs san’ati о‘zining
gо‘zalligi, beqiyos sexri, va о‘zgacha jozibasi bilan kishi dilini о‘ziga rom etadi.
Raqs inson qalbidagi noyob xislarni nafis harakatlar orqali namoyon etadigan
san’atdir. Raqqosani xamma harakatlari betakror bir ma’noni kо‘rsatib bera
oladi, albatta e’tibor bilan nazar solsak bastakor musiqa orqali tomoshabinga
nimani anglatmoqchi bо‘lgan bо‘lsa, raqqosa о‘z harakatlari bilan о‘sha ma’noni
ifoda etib beradi.
Raqqosa ijro davomida obraziga chuquroq kirib, uni tо‘laqonligicha ochib
berishi ustida uzoq va tinimsiz ish olib bormog‘i talab etiladi. Zero, raqqosa
biron-bir obraz orqali о‘z raqsida nimani targ‘ib etib, tomoshabinga
yetkazmoqchi bо‘layotganini qalban his etgan xolda ijro mahorati ila ifoda
etmasa, uning raqsi faqatgina gо‘zal raqs harakatlarning yig‘indisiga aylanib
qolishi mumkin.
“Men о‘limdan qо‘rqmayman, chunki mening hayotim bus-butun
raqsda. Raqs esa – о‘lmaydi. Mening shogirdlarim uni hayot bо‘ylab yana ilgari
olib ketadilar, ularning shogirdlari esa bizning afsonaviy gо‘zal raqsimizni uzoq
kelajakdagi avlodlarga yetkazadilar ”.
Ustoz san’atkor, buyuk raqqosa Mukarrama Turg‘unboyevaning
yuqorida kо‘rsatilgan sо‘zlarini о‘qir ekanmiz, haqiqatdan ham uning raqslari
о‘lmay hozirgi kunga qadar о‘z qiymatini yо‘qotmagan holda о‘zbek raqs
san’atimizning boy merosi bо‘lib hizmat qilib kelmoqdadir. Ustozning fidoiy
shogirdlari esa о‘zbek raqsimizni necha avloddan-avlodga chin dildan о‘rgatib
saqlab kelmoqdalar. Ustozidan olgan bilimni kelajak avlodga ulashish bilan bir
qatorda о‘zlari ham izlanib о‘zbek raqsini yana ham boyitishga, zamonga
moslagan holda rivojlantirishga ozmi kо‘pmi hissalarini qо‘shib kelmoqdalar.
Shular qatorida Yulduz Ismatova tashkil etgan “Tanovar” raqs ansamblini misol
tariqasida kо‘rsatishimiz mumkin. Yulduz Ismatova о‘z ustozining yо‘lidan
ketgan holda о‘zbek raqs san’atiga yangi bir yо‘nalishni olib kirdi.
“Tanovar” raqs ansambli о‘zi tanlagan yangi yо‘nalishning oldiga qо‘yilgan
ma’suliyatli vazifalarni ijodiy izlanishi davomida asta-sekin bartaraf etib bordi.
О‘z spektakllarini Toshkent teatrlari sahnalarida ijro etib, oynaijahon orqali
qayta-qayta kо‘rsatib, Respublikamizning turli burchaklarida konsert dasturlari
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
15
va raqs spektakllarini taqdim qilib, minglab tomoshabinlar olqishiga sazovor
bо‘ldi.
“О‘zi tanlagan yо‘lning tо‘g‘riligiga aksar mutaxassislarni ishontirdi.
YA’ni, oddiy folklor-etnografik ansambli darajasidan katta tarixiy – epik
mavzularni ham raqs vositalari, plastik va mimik harakatlar yordamida
tо‘laqonli aks ettiruvchi teatr mavqeiga kо‘tarildi”.
“Tanovar” raqs ansamblining ijodiy yо‘lidagi yaratgan asarlari, ya’ni uning
repertuaridan о‘rin egallagan spektakllarining bir nechtasini chuqurroq
о‘rganib tahlil qilishga harakat qildik. “Tanovar” raqs teatrining “Ulug‘bek burji
yoki yulduzlar jilosi”, “Qadimiy marosimlar” (Moziydan nur), “Temuriy
malikalar” kabi spektakllari chuqurroq kо‘rib chiqilib, ijodkorlarning ijro
uslublari, mahoratlarini yanada kengroq yoritishga harakat qilingan. Chunki, bu
spektakllar “Tanovar” raqs teatrini yuksalishiga, о‘z davrida ijodini porlab,
yashnashiga katta hissa qо‘shgan. Ilk spektakl tahlilini biz raqs teatrining yirik
о‘ziga xos о‘zbek milliy baleti darajasiga kо‘tarila olgan
“Ulug‘bek burji yoki
yulduzlar jilosi”
raqs spektakliga e’tiboringizni tortgan xolda, uning yaratilish
va paydo bо‘lib ijro etilishi yо‘llariga nazaringizni qaratmoqchimiz.
Necha asrlardan buyon ulug‘ bobomiz Mirzo Ulug‘bek hayotini ilmiy
faoliyatini о‘rganishga bо‘lgan qiziqish aslo susaygani yо‘q, aksincha bu qiziqish
tobora kuchayib bordi. Asrlar davomida Ulug‘bek xaqida har xil adabiy, badiiy
asarlar yaratildi va yaratilmoqda. “Tanovar” raqs teatrining Yulduz Ismatova
tomonidan sahnalashtirilgan “Ulug‘bek burji” spektakli ham о‘zbek xalqining
ajoyib qadriyatlarini ulug‘lashga munosib hissa bо‘lgan. “Ulug‘bek burji”
spektaklidan parchalar ansambl tomonidan ilk marotaba Samarqanddagi
Registon maydonida buyuk munajjim Mirzo Ulug‘bekning tavalludining 600
yilligiga bag‘ishlangan yubiley kechasida namoyish etilgan. Bu spektakl
tomoshabinlar tomonidan juda yaxshi kutib olingan. Yulduz opa bu spektaklda
asosan shu davrdagi voqealar, insonlarni ishlarini, turli xildagi xarakterlarni
yulduzlar misolida kо‘rsatib berishga harakat qilganlar. Chunki, ular ilgaridan
yulduzlar harakati va ularning inson taqdiriga ta’siri masalasiga, ya’ni ilmi
nujum (astrologiya)ga qiziqib kelgan ekanlar. “Balet ijodkorlari taniqli astrolog
Sklyarov bilan birgalikda Ulug‘bek burjini, tolenomasini о‘rganishdi, bastakorni
ham tasodifan tanishmadi: Ismatova va Bafoyev munajjimlar hisobicha “aqrab” –
“chayon” muchalida edilar, sayyoralar ta’sirini zukkolik bilan his etar edilar.
Ulug‘bek burjini, tolenomasini tavsiflash, sayyoralar atvorini о‘rganish, yulduzlar
joylashuvining “hosiyatli” va “hosiyatsiz” tomonlarini tushunish kerak edi.
Asosiysi, sayyoralar ovozini eshitish kerak edi.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
16
Manbalardan aniqlanishicha, har bir yulduzning о‘z ohangi bor ekan,
shuningdek, buyuk munajjim Mirzo Ulug‘bek о‘z fojiasini oldindan bilgan, lekin
shunga qaramasdan ilmi nujum bilan astoydil shug‘ullangan, jamiyat taraqqiyati
uchun qayg‘urgan ekan.
Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati:
1.
Avdeyeva L., Qodirov M., Ismatova Y. “Tanavor” raqsi jilolari” T., G‘.G‘ulom
nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2002.
2.
Avdeyeva L. - “Mukarrama Tug‘unboyevaning raqsi”, - T.: G‘ofur G‘ulom
nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti 1989.
3.
Raxmanov M. – “Uzbekskiy teatr”, - T.: G‘ofur G‘ulom nomidagi adabiyot va
san’at nashriyoti 1981.
