10
MAKTABDA INGLIZ TILI DARSLARIDA
O‘QUVCHILARNING OG‘ZAKI NUTQ KO‘NIKMALARINI
RIVOJLANTIRISHDA O‘YIN TEXNOLOGIYALARIDAN
FOYDALANISHNING AHAMIYATI
Talaba:
Sattorova
Ruxsora Axror
qizi
Guruh: XT1-2214-guruh
Ilmiy maslahatchi:
Jo’rayev G’. A.
Tayanch iboralar:
O’yin texnologiyasi, rolli o’yinlar, metodik vazifa, o’quvchi,
o’qituvchi, leksik o’yinlar, grammatik o’yinlar, fonetik o’yinlar, orfografik
o’yinlar.
O‘yin o‘ynash - his - hayajonni, diqqatni, imkoniyatni oshiradi va o‘quvchining
bilimli, kuchli va tezkor bo‘lishini talab qiladi. U mustaqil bir qarorga kelishga
o‘rgatadi. O‘yin jarayonida birga o‘ynayotgan raqiblarni yutish, g‘alaba
qozonishga intilish irodalari, xohish - istaklari o‘quvchilarning faoliyatini
tezlashtiradi. Fikrimizcha, o‘yinni ingliz tilida o‘ynatishning ta‘limiy jihati kuchli
bo‘lib, shuning uchun ham ingliz tilida rolli o‘yinlar o‘ynatish keng
qo‘llanilmoqda. Til materiallarini qo‘llashni faollashtirish malakalari uchun
leksik, gramatik, fonetik va orfografik o‘yin turlari qo‘llaniladi. Yana ijodiy o‘yin,
mazmunli o‘yin, taqlid qilish o‘yin turlari bor.
Leksik o‘yinlar:
1.
O‘qituvchi stol ustiga predmetlarlarni qo‘yib, inglizcha aytadi va kim tez
ola olsa, shu yutadi.
2.
Bir o‘quvchi bitta so‘zni o‘ylaydi, qolganlar “Is this a pen?”, “Is this a
book? “—deb so‘raydi, o‘quvchilar topa olmasa
“No, it is not”, topishsa “Yes, it is”— deb javob beradi. Shu o‘yinni aksini qilib
o‘ynash mumkin. O‘quvchilar bitta so‘z o‘ylaydi, bir o‘quvchi “Is this a pen?”,
“Is this a pensil?” deb so‘raydi. O‘quvchi esa “Yes it is” yoki “No it is not” deb
11
javob beradi. O‘yin o‘ylangan so‘zni topilishi bilan tugaydi.
Grammatik o‘yinlar
muhim zarur Grammatik tuzilmalarni qo‘llashni o‘rgatish,
rivojlantirish uchun o’tkaziladi. Bunday o‘yinlarga ko‘pincha “
to be, to have,
may, must, can “
fe‘llari,
“there is, there are”
iboralari olinadi. O‘yinlar
ko‘pincha musobaqa tarzida o‘tadi, ularda boshlovchi va boshqaruvchilar bo‘ladi.
Fonetik o‘yinlar
o‘quvchilarni talaffuzini mashq qildirish, she‘rlarni baland
ovozda talaffuz qilishga o‘rgatishda ishlatiladi. Bunda she‘rlar o‘quvchilar bilan
oldin yodlanadi, so‘ng yoddan musobaqa qilib aytiladi.
1.
Kim
[r]
tovushi bor so‘zlarni tez, to‘g‘ri talaffuz qiladi, bunda 2 o‘quvchi
qatnashadi.
2.
Kim
[y]
tovushi bor so‘zdan ko‘p topib tez, to‘gri talaffuz qiladi va yozadi.
3.
Chet tilida she‘r aytish kabilar.
Orfografik o‘yinlar.
Bu o’yinlardan yozuvni o‘rgatishda foydalaniladi. Bunday
o‘yinlarni ham turi ko‘p bo‘lib, men quyidagilarini aytib o’tmoqchiman:
1.
O‘qituvchi 2 ta o‘quvchini qo‘liga alohida qog‘ozga yozilgan harflarni
berib, “pencil” deydi, kim tez doskaga borib shu so‘zni yozsa, u g‘olib
sanaladi.
2.
Doskada so‘zlarni bitta bosh va oxirgi harfini yozib to‘ldirish.
3.
Kim ko‘p so‘z yozish kabilar. Bu o‘yinlar ham musobaqa tarzida o‘tadi.
Hozirgi paytda ingliz tilini o‘rgatishda rolli o‘yinlardan keng foydalaniladi. Ular
oldimizga qo‘ygan maqsadga erishishda, qiziqtirishni orttirishda, darsga jalb
qilishga salmoqli ijobiy yordam beradi.
12
Three bears
Characters: Father bear, Mother bear, baby bear, little girl.
Scene 1
(Three Bears are sitting at the table, drinking milk.)
Mother Bear: Take your cup, Father!
Father Bear: Thank you!
Mother Bear: Take your little cup, Baby.
Baby Bear: Thank you, Mummy dear.. .Mother, it is too hot!
Father Bear: Then let us go for a walk.
(The Bears go out of the room.)
Scene II
(A little girl comes in and looks round)
Little girl: Whose room can it be?
(Looking at the table). I am hungry.
(Sits down at the table and tastes the milk).Oh, this milk is
Too hot for me!....
Oh, this milk is too cold for me!...
This milk just right for me.
(The noise of the Bears steps is heard. The girl hides under the table).
Scene III
(The Bears enter the room and take their places at the table).
Father Bear: My cup is not full.
Mother Bear: And my cup is not full.
13
Baby Bear: And my cup is empty.
(They look round) Oh, who is this?
A little girl!
Father Bear, Mother Bear and Baby Bear:
Let us eat her up!
Little girl: No, you won‘t!
( Runs away. The Bears try to catch her, but fall down).
Mother Bear: It is your fault.
Father! You fell and I fell, too!
Baby Bear: And I fell because you fell.
(All together, shaking their heads): And the Little girl has run away. Oh, oh, oh.
Xullas, bolalar nutqini rivojlantirishda eng zarur shartlardan yana biri nutq
o‘stirish bo‘yicha ko‘rgazmali qurollarning mavjudligidir. Bolalar nutqini
rivojlantirish bo‘yicha o‘tkaziladigan o‘yinlarda turli xildagi didaktik
materiallardan foydalaniladi.
So‘z bolalar ongida ko‘rgazmali obraz bilan chambarchas bog‘langan bo‘ladi. Bu
esa o‘quvchilarning nutqini rivojlanishida alohida ahamiyatga ega hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Жалолов Ж. “Чет тили ўқитиш методикаси” - Т.: Ўқитувчи, 1996.
2. Зарипова Р.А. “Чет тиллар ўқитиш методикасидан қўлланма” -
Т.:Ўқитувчи, 1986.
З. Зимняя И.А. “Психология обучения иностранным в школе». -
М.:Просвещение, 1991.
4.
Ляховицкий М.В. «Методика преподавания иностранных языков»:
Учебное пособие. -М.: Высшая школа, 1981.
14
5.
Toshboyeva, B. O. "Pedagogical approaches to early foreign language
teaching." International Bulletin of Applied Science and Technology 11 (2023):
14.
6.
Тошбоева, Барно. "Особенности обучения произношению на английском
языке в начальных классах средней школы." (2018).
