“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
114
XALQARO TURIZM RIVOJLANISHINING EKOLOGIK MUAMMOLARI
Jiyanov Uktam
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi katta o‘qituvchisi
Zamonaviy turizmga bo‘lgan e’tibor XX asrda boshlangan bo‘lsada, uning
rivojlanishi XXI asrga to‘g‘ri
keldi. Bugungi kunda dunyoning 193 davlatidan 150
dan ortig‘i turizm bilan shug‘u
llanadi. BMTning Turizm tashkiloti (UN Tourism)
ma’lumotlariga ko‘ra, 202
3-yilda xalqaro turizmdan olingan daromadlar
barqaror o‘sib, 1,4 trln. AQSh dollariga yetdi [5]. Bu raqam turizmning global
iqtisodiyotdagi ahamiyati ortib borayotganligi va bu tarmoqning aholi bandligini
oshirish hamda millatlararo madaniy hamkorlikni rivojlantirishdagi ahamiyati
beqiyos ekanligidan dalolat beradi. Shuni ta’kidlash kerakki, bunday o‘sish global
darajada yuz berayotgan jarayonlar natijasi bo‘lgan noaniqlik sharoitida a
malga
oshmoqda, bu esa, o‘z navbatida, turizmning faoliyat sifatida barqa
ror
ekanligidan darak beradi.
Jahon iqtisodiyotida turizm sohasi tabiiy resurslarning kamayib ketishiga
olib kelmagan holda milliy iqtisodiyotlarning o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadi. Turi
zmni
rivojlantirish savdo, transport, aloqa, qishloq xo‘jaligi, qurilish,
iste’mol
tovarlarini ishlab chiqarish va boshqa iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlariga
ijobiy ta’sir qiladi.
Xalqaro turizmning jadal o‘sishi mamlakatlar va mintaqalarning
rivojlanishiga bevosita iqtisodiy samaralar bilan bir qatorda ijtimoiy-iqtisodiy
xar
akterdagi ijobiy va salbiy tendensiyalarga ega ekanligini ta’kidlash lozim. Bu
tendensiyalarning yuzaga kelishi qaysidir ma’noda turizm sohasidagi ro‘y
berayotgan quyidagi jarayonlar
bilan bog‘liq deyish mumkin:
−
dunyoga sayyohlar kelishining tobora ortib borishi;
−
turistik oqimlar geografiyasinining kengayishi;
−
transport rivojlanishi evaziga aholi harakatchanligining oshishi;
−
turizm industriyasida transmilliylashuvning kuchayishi;
−
turizm turlarining diversifikatsiyalashuvi;
−
turistik agentliklar va turistik markazlar ixtisoslashuvining kuchayishi;
−
turizmda axborot texnologiyalarining rivojlanishi.
−
tabiiy, iqtisodiy va geosiyosiy jarayonlarning beqarorligi va boshqalar.
Turizm sohasidag
i ijobiy tendensiyalar dunyo miqyosida iqtisodiy o‘sishga
va
mahalliy jamoalarning farovonligiga katta hissa qo‘shadi. Biroq bu jarayon
atrof-
muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ham mumkin:
Soha mutaxassislarining ishlarini tahlil qilish turizmning tabiiy muhitga
ta’sirining bir qancha muhim yo‘nalishlarini umumlashtirish va ajratib ko‘rsatish
imkonini beradi: turistik harakatchanlik va transportni rivojlantirish bilan
bog‘liq jarayonlarning landshaftlarga ta’siri; turizm infratuzilmasini yaratish
natijasida yuzaga keladigan salbiy oqibatlar; turizmning faol turlari va
“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
115
rekreatsion yuklarni baholash orqali landshaftga salbiy bosimning kuchayishi.
Bugungi kunda turistik harakat va transportning rivojlanishi bilan bog‘liq
holda landshaftga ta’sir va bosim kuchayi
b bormoqda. Rivojlangan
mamlakatlarda transport va transport
infratuzilmasining landshaftga ta’sirini
o‘rganish uzoq tarixga ega bo‘lganligi sababli, “turizm –
harakatchanlik
–
tabiiy
muhit” sohasidagi ziddiyatli vaziyatlarni hal qilish bo‘yicha ushbu tajr
iba katta
amaliy qiziqish uyg‘otadi.
Energiya sarfi va zararl
i moddalar chiqindilari bo‘yicha qiyosiy hisob
-
kitoblar shuni ko‘rsatdiki, eng kam “zararli” transport turlari turistik avtobuslar
va temir yo‘llardir. So‘nggi yillarda ulaning turizm bozoridagi
ulushi pasayib
bormoqda. Bunga sabablar sifatida temir yo‘l t
ariflarining yuqoriligi va
avtoulovlardan tobora ko‘proq foydalaniladigan individual sayohatlarning
ko‘payishini keltirish mumkin. Masalan, Germaniya va Shveytsariyada
fuqarolarning 68-75% i turistik sayohatlari uchun avtomobildan foydalanadi [1].
Avtomobil transporti atmosfera havosini (issiqlik energetikasi bilan bir
qatorda) asosiy ifloslantiruvchi moddalardan biri bo‘lib, juda ko‘p miqdordagi
zararli moddalarni: karbonat angidrid, oltingugurt
dioksidi, og‘ir metallarni
chiqarishni ta’minlaydi. Avtotrans
port vositalaridan keng miqyosda
foydalanishning
bilvosita
salbiy
oqibatlari
quyidagilardan
iborat:
avtohalokatlarda o‘lim, kislotali yog‘ingarchilik, issiqxona gazlari va ozonni
buzuvchi gazlar
chiqindilari, tuproqning og‘ir metallar bilan ifloslanishi ka
bilar
[2]. Ayniqsa, tog‘li hududlarda joylashgan turistik yo‘nalishlarning tabiiy
muhitiga avtotransportning sezilarli ta’siri mavjud.
Hududlarning ekologik muammolari turizm uchun yana bir tahdid
–
tabiiy
ofatlarning rivojlanishini rag‘batlantirmoqda. Shunday qilib, o‘rmon
landshaftlarini vayron qilish (turistik infratuzilma obyektlarini qurish uchun
tozalash, yo‘l qurilishi, shuningdek, kislotali yog‘ingarchilik ta’siri tufayli) qor
ko‘chkilari, toshlar, suv va sel oqimlarining kirib borishi ta’sirining
kuchayishiga
olib keladi [3].
Jahon turizmida havo qatnovining ko‘payishi ham atrof
-muhitga
antropogen ta’sir ko‘rsatuvchi kuchli omilga aylanib bormoqda. Havo qatnovi
landshaftga hududiy ta’sir
ko‘rsatadigan infratuzilmani, samolyot shovqinini,
energiya
iste’molini va albatta, ozon qatlamiga ta’sirini va issiqxona effektini
yuzaga chiqaradi. Yevropa transport va atrof-
muhit federatsiyasi ma’lumotlariga
ko‘ra, havo transportidan har yili karbonat
angidrid chiqindilari 730 million
tonnani tashkil etadi. Umuman olganda, global isishning 4,9% havo transporti
hissasiga to‘g‘ri keladi [4].
Ko‘p jihatdan inson faoliyati natijasida yuzaga kelgan iqlim o‘zgarishi turizm
sanoatining global o‘zgarishlariga
olib kelishi mumkin. Shunday qilib, nafaqat
turistik markazlarning ixtisoslashuvi yuz berishi (masalan, qishda qorning kam
yog‘ishi va qor qoplamining qisqarishi an’anaviy tog‘
-
chang‘i kurortlari
imkoniyatlarining qisqarishi; global isish qutb muzliklarining erishiga va
natijada dengiz sathining ko‘tarilishi tufayli
dengiz qirg‘oqlarini suv bosishi),
“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
116
balki jahon turizmi geografiyasi ham o‘zgarishi mumkin.
Turizm infratuzilmasini yaratishdan kelib chiqadigan salbiy oqibatlar. Bu
masala alohida o‘rin tutadi,
chunki Yevropada turizmni mehmonxona yoki
joylashtirish vosit
alarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Ekoturizm turizm industriyasining jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri
bo‘lib, milliy bog‘lar va jahon tabiiy merosi obyektlariga tashrif buyurish ortib
bormoqda.
Shu bilan birga, asosiy ehtiyojlar tovar va xizmatlarni sotib olish orqali
qondirila boshlagan postindustrial jamiyatda qarama-qarshi tendensiya
shakllanmoqda. Iste’molchining xulq
-
atvor strategiyasi dam olishga bo‘lgan
munosabatni o‘zgartirmoqda va
turizmni hududiy tashkil etishga yangi
talablarni
qo‘ymoqda. Bir vaqtlar tog‘larda an’anaviy dam olishga bo‘lgan talab
qisqarib, ommaviy turizm nuqtai nazaridan zerikarli mashg‘ulot sifatida
baholanmoqda. Bugungi kunda tog‘li hududlar muhandislik ta’sirid
a ommaviy
tadbirlar o‘tkaziladigan gavjum maskanga
aylantirilmoqda, bu esa landshaftga
hududiy bosimni oshiradi.
Landshaftga bosim qo‘shimcha transport infratuzilmasi (to‘xtash joylari,
sport yaxtalari uchun to‘xtash joylari, yoqilg‘i quyish shoxobchalari)
va to‘g‘ridan
to‘g‘ri sayyohlik obyektlari, masalan, chang‘i tog‘lari va golь
f maydonchalari
qurilishi bilan ortib bormoqda.
Sayyohlik infratuzilmasi faoliyati bilan bog‘liq ko‘plab ekologik va iqtisodiy
muammolar, xususan, energiya va suv ta’minoti, kanalizatsiya va chiqindilarni
yo‘q qilish bilan bog‘l
iq. Sayyohlar kundalik odatlari va ehtiyojlarini
o‘zgartirishni xohlamaydilar va ko‘pincha ta’tilda uydagidan ko‘ra ko‘proq
energiya va suv iste’mol qiladilar. Bu muammoni, ayniqsa, qurg‘oqchil va yarim
qurg‘oqchil hududlarda, shuningdek, kichik orollarda
yaqqol kuzatish mumkin.
Su
v iste’moli bo‘yicha yetakchilik plyaj turizmi (kishi boshiga kuniga 245
-260
litr) hissasiga tushadi. Oqava suvlarning katta qismi (shu jumladan, ifloslangan)
tabbiy suv havzalariga tushadi. Ayniqsa, quruq hududlarda ko‘p miqdorda
suv
talab qiladigan golf
maydonchalarini saqlash bilan bog‘liq jiddiy muammolar
yuzaga keladi. Masalan, Dubaydagi kabi tog‘larda sun’iy qorni tashkil etish juda
ko‘p suv va elektr energiyasini talab qiladi [6].
Turizmda mashhur bo‘lgan tematik parklar yangi muammo tug‘dirmoqda.
Ushbu dam olish markazlari 1980-
yillarning o‘rtalarida paydo bo‘la boshladi.
Alohida hududda bungalovlar, faol va passiv dam olish va suv attraksionlarining
ko‘p turlarini birlashtirdi. Ular ko‘pincha eng qiziqarli landshaft hududla
rini
egallaydi, o‘zida ko‘p sonli qiziquvchilarni jamlaydi, juda ko‘p suv va energiya
iste’mol qiladi, kanalizatsiya va axlatlarni ishlab chiqaradi, shuningdek,
transport tirbandligini keltirib chiqaradi [6].
Yuqoridagilarni umumlashtirgan holda shuni ta’k
idlash kerakki, turizm
tab
iiy resurslarsiz mavjud bo‘la olmaydi –
tabiiy muhit, bundan tashqari, uning
holatiga, o‘ziga xos resurslarga ega bo‘lishga alohida talablar qo‘yadi. Shu
sababli, inson faoliyatining eng daromadli sohalaridan biri
–
turizmni
“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
117
rivojlantirish uchun tabiatning
tozaligi, uning go‘zalligi haqida g‘amxo‘rlik qilish
hayotiy muhim masala va tabbiy zaruriyatdir. Turistik faoliyat jarayonida
muqarrar ravishda tabiiy muhit o‘zgarishi, shu bilan birga, salbiy o‘zgarishlar
ustun bo‘lib, unga sez
ilarli darajada ziyon yetkazishini kamaytirish tabiatga
ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish zarurligini isbotlaydi. Ammo, amaliyot
shuni ko‘rsatadiki, agar biz faqat shu bilan cheklanib, tabiatni turizmning salbiy
ta’siridan himoya qilish uchun yanada samarali choralar ko‘rmas
ekanmiz,
bunday ommalashtirish va axloqiylashtirishning samaradorligi ahamiyatsiz
bo‘lib qoladi. Uni hal qilish uchun tabiiy resurslardan sayyohlik maqsadlarida
foydalanishda turli xil va o‘zaro bog‘liq ta’sir choralarini o‘z ichi
ga oladigan
tizimli yondas
huvlardan foydalanish, uni joriy etish talab qilinadi. Bunday ta’sir
choralari qo‘shimcha texnik, tashkiliy, sotsiologik, resursshunoslik va ekologik
bilimlarni jalb qilishni o‘z ichiga oladi. Bu esa keng ma’noda ekologik
yo‘nalti
rilgan turizmni boshqarish va chegaralari torroq, lekin ekologik
harakatlar uchun yanada samarali vositalarga ega bo‘lgan ekologik turizmni
boshqarish masalasini keltririb chiqaradi.
Tabiiy muhitning turistik
maqsadlarda nazoratsiz ishlatilishi natijasida qayta tiklanmas jarayonlarning
paydo bo‘lishi ko‘pincha ekologik tabiiy muhitning yo‘qolib ketishiga olib keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
Grundlagenuntersuchung Freizeit und Urlaubsmarkt Wandern: Forschungsbericht №
591. Bundesministerium fur Wirtschaft und Technologie (BMWi).
–
Bahlingen, 2020.
2. Muller, H. Tourismus und Okologie: Wechselwirkungen und Handlungsfelder.
–
Munchen:
Oldenbourg Wissensch. Verlag, 2017.
3. Batzing, W. Orte guten Lebens. Die Alpen jenseits von Uebernutzung und Idyll.
–
Zurich:
Rotpunktverlag, 2019(a).
4. Kamp, Ch. Flugverkehr im Klima-Deal // Tourismwatch.
–
September, 2019.
5. https://www.unwto.org/news/international-tourism-to-reach-pre-pandemic-levels-in-
6. https://www.umweltbundesamt.de/themen/wirtschaft-konsum/nachhaltiger-
“ЯШИЛ” ИҚТИСОДИЁТ ВА УГЛЕРОД НЕЙТРАЛЛИГИГА ЭРИШИШ
Исаджанов Абдували Абдурахимович
Ўзбекистон халқаро ислом академияси,
и.ф.д., профессор
Охирги
йилларда
жаҳон
иқтисодиётининг
янги
модели
ривожланишини таъминлаш билан боғлиқ тадқиқотларда глобал
экологик ўзгаришлар ҳисобга олинмоқда. Ривожланишнинг янги
моделини излаш барқарор ривожланиш парадигмаси эволюциясига,
“яшил” иқтисодиёт юзага келишига сабабчи бўлди. Ўзбекистон
Республикасининг
2019
-2030-
йилларга
мўлжалланган
“Яшил”
