Авторы

  • Латофат Юлдошева
    Международный университет туризма и культурного наследия «Шелковый путь»

Биография автора

  • Латофат Юлдошева , Международный университет туризма и культурного наследия «Шелковый путь»
    докторант 08.00.17-Туризм и гостиничная деятельность

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dev-national-economy.58037

Ключевые слова:

субъекты туристической отрасли инструменты правового обеспечения организационные инструменты социальные гарантии.

Аннотация

Ushbu maqolada turizm industriyasini davlat tomonidan tartibga solishning ustuvor strategiyalari, vositalari va usullari, shuningdek, turizmni davlat tomonidan qo'Hab-quvvatlash omillari tahlil qilingan.


background image

“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”

mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi

168

1455,2 va 16727,4 mlrd. so`mni,

Farg‘ona viloya

tida 997,6 va 12970,4 mlrd.

so`mni hamda Xorazm viloyatida 936,8 va 12467,8 mlrd. so`mni tashkil etgan.

Mazkur yetishtirilgan chorvachilik mahsuloti hajmining o‘sish sur’ati o‘tgan

yilga nisbatan foizda hisoblandi. Unga asosan, mos holda keltirilgan

ko‘rsatkichning o‘sish sur’ati O‘zbe

kiston Respublikasida 106,9 va 103,3 foizga,

Qoraqalpog‘iston Respublikas

ida 108,4 va 103,7 foizga, Andijon viloyatida 107,1

va 104,3 foizga, Buxoro viloyatida 106,2 va 102,7 foizga, Jizzax viloyatida 106,7

va 101,5 foizga, Qashqadaryo viloyatida 107,0 va 103,3 foizga, Navoiy viloyatida

106,3 va 104,7 foizga, Namangan viloyatida 107,6 va 104,0 foizga, Samarqand

viloyatida 106,4 va 104,7 foizga, Surxondaryo viloyatida 108,2 va 103,4 foizga,
Sirdaryo viloyatida 106,9 va 102,9 foizga, Toshkent viloyatida 107,3 va 102,7

foizga, Farg‘ona viloyatida 108,2 va 101,6 foizga hamda Xorazm

viloyatida 104,4

va 103,9 foizga teng bo‘lgan.

Xulosa shuki,

mamlakazimiz mintaqalarida qishloq xo‘jalik tarmog‘i holati

barqaror rivojlantirish imkoniga egaligi bilan ajralib turadi. Bu borada soha

taraqqiyotiga qaratilgan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu

holat bir qator ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi. Xususan, mamlakatimizda ishlab

chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsuloti hajmi va uning o‘sish sur’ati, dehqonchil

ik

mahsulotlarini yetishtirish hajmi va uning o‘sish sur’ati, qishloq xo‘

jaligi

tarmog‘ining b

archa toifalarida yetishtitirilgan donli ekinlar hajmi,

yetishtitirilgan

chorvachilik mahsuloti hajmi va uning o‘sish sur’ati, hududlar

kesimida yetishtirilgan qi

shloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)

hajmi va uning o

‘sish sur’atlari shular jumlasidandir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. https://www.fao.org

2. https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/agriculture-2

TURIZM SOHASINI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISHNING

USULLARI, OMILLARI VA VOSITALARI

Yo‘ldosheva Latofat Tolib qizi

“Ipak yo‘li” turizm va ma’daniy meros

xalqaro universiteti doktoranti

08.00.17-Turizm va mehmonxona faoliyati

Annotatsiya.

Ushbu maqolada turizm industriyasini davlat tomonidan tartibga solishning

ustuvor strategiyalari, vositalari va usullari,

shuningdek, turizmni davlat tomonidan qo‘llab

-

quvvatlash omillari tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar:

тurizm industriyasi subyektlari,huquqiy ta’minot vositalari,tashkiliy

vositalar, ijtimoiy kafolat.

Turizm industriyasining davlat tomonidan tartibga solishning zarurati, eng

avvalo, bozor munosabatlari va sharoitlarining muttasi

l ravishda o‘zgarib turishi

bilan belgilanadi.

Turizm bozorini tartibga solish mexanizmini ko‘

rib chiqqan


background image

“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”

mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi

169

holda, aksariyat iqtisodchilar uni tartibga solishning alohida usullari, vositalarini

mujassamlashtirgan chora-tadbirlar majmuyi sifatida izohlashadi.Turizm

industriyasida bozor munosabatlarini tartibga solish qonunchilik, ijro qilish va

nazorat xususiyatlarini o‘z ichiga oluvchi tadbirlar tizimidan tashkil topadi.

Respublikamiz turizm sohasida davlat siyosatini yuritishning asosiy

yo‘nalishlari, usul

va vositalarini ilmiy tadqiq etish orqali barqaror rivojlanish

strategiyalarini aniqlab raqobatbardosh turizm bozori kontentini yaratishning

ilmiy-uslubiy va amaliy jihatlarini tahlil etish dolzarb masalalardan biri

hisoblanadi.

Turizm industriyasini davlat tomonidan tartibga solishning alohida usullari,

elementlari va vositalarini tadqiq etish bu boradagi kelgusi maqsadlarni aniq

belgilab, ularning istiqboldagi ijtimoiy-iqtisodiy samarasini aniqlashga imkon

beradi. Turizm industriyasini davlat tomonidan

boshqarish mazmuni bo‘yicha

Ch.Goeldner va R.Ritchie tomonidan ishlab chiqilgan nazariy yondashuvlarga

asoslansak, bu jarayon o‘z funksiyalariga ega ko‘pgina tar

tibga solish

subyektlarini jamlaydi [1]

Har bir tartibga solish subyekti o‘zining alohida

manfa

atlariga ega bo‘lib, oldindan belgilangan maqsad va vazifalarga erishish

uchun o‘z vositalaridan foydalanadi. O.Г.Давыдоваning “Инструменты

государсвенного регулирования развития туристическая деятельности в
Украине” maqolasida keltirilishicha,

turizm industriyasini davlat tomonidan

boshqarish usullari-bu raqobatbardosh turistik hududlar shakllanishi va

rivojlanish

iga barcha ishtirokchilar ta’sirining usullari jaml

anmasi

hisoblanadi.[2] Shuningdek,

A.Mirzaxodjayevning “Turizm faoliyatini davlat

tomonidan tartibga solish samaradorligini oshirishning ayrim usullari” nomli

maqolasida turizm industriyasini davlat tomonidan boshqarishning usullari,

tamoyillari va vositalari tahlili batafsil yoritilgan.

[3]

C.Галасюкning “Модели

государственного регулирования в сфере туризма. Одесса. Украинаю”

nomli maqolasida turizm industriyasining davlat tomonidan tartibga solishning

xalqaro modellari aks ettirilgan.[4] Hozirgi kunda erkin bozor iqtisodiyoti
davlatlarida

qo‘llaniladigan turizm siyosatini bir necha asosiy modellarga

ajratish mumkin. Boltabayev.M.R.,Tuxliyev.I.S.,Safarov.B.Sh.,Abduxamidov.S.A

larning ilmiy kuzatuvlariga ko‘ra [5], turizm sohasini davlat tomonidan

boshqarishning uch turdagi tashkiliy tuzilmas

i mavjudligi haqida so‘z yuritiladi.

Turizm industriyasini tartibga solish shakllari turistik mahsulotga talab va taklif

o‘rtasidagi dinamik muvozanatga erishish uchun uning tarkibiy qismlariga ta’sir

etishning asosiy st

rategik yo‘nalishlarini o‘zida jamla

ydi.Raqamli iqtisodiyot

sharoitida turizm sohasini tartibga solishning barcha usul va vositalari bir-biriga

uzviy bog‘liqlikda bo‘lishi zarur,faqat ulardan o‘zaro muvofiqlikda foydalanish

turizm bozorining ijtimoiy-iqtisodiy ishtirokchilarining munosabatlarida paydo

bo‘ladigan muammolarni optimal ravishda yechish imkonini beradi.

Tadqiqot ishida so‘ngi yillarda respublikamizda raqamli iqtisodiyotning

taraqqiy etish jarayonlarini hisobga olish, turizm sohasini barqaror

rivojlantirish,turizm industriyasida davlat siyosatini yuritishning asosiy


background image

“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”

mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi

170

yo‘nalishlari, vositalari va usullarini tahlil qilishning ahamiyatli jihati sifatida

o‘rganish metodologiyasi qo‘llanilgan, ushbu mavzuda ilmiy asarlar nashr etgan

iqtisodchi olimlarning fikr-mulohazalariga tayangan holda dialektik va tizimli

yondashuv, solishtirma tahlil kabi usullari orqali turizm sohasini

takomillashtirishning strategiyalari taklif etilgan.

Davlat va biznes vakillarining hamkorlikdagi faoliyati va ularning

muntazam ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga tay

yorlik darajasini oshirish iqtisodiy

va ijtimoiy jihatdan muayyan samarani berishi mumkin. Turizm industriyasini

davlat tomonidan tartibga solish usullarining umumiy tasnifi 1.1-jadvalda

keltirilgan.

Turizm industriyasini tartibga solishda joriy etilayotgan usullar

turizm bozorida turistik mahsulotga talab va taklif o‘rtasida dinamik

muvozanatga erishish va raqamli iqtisodiyot sharoitida turistik hududlarni

muntazam ro‘y berayotgan iqtisodiy

-

ijtimoiy o‘zgarishlarg

a tayyorlik darajasini

kuchaytirish va shu y

o‘sinda ularning raqobatbardoshligini oshirish masalalarini

hal etish imkonini beradi.

1-jadval

Turizm industriyasini tartibga solish usullari tasnifi

Tasnif belgilari

Turizm industriyasini tartibga solish usullari guruhi

Tartibga solish chora-

tadbirlariga muvofiq

Iqtisodiy, tashkiliy, huquqiy,ma’muriy, axborot va ijtimoiy

-psixologik.

Ta’sir qilish uslubiga

muvofiq

To‘g‘ridan

-

to‘g‘ri ta’s

ir etuvchi usullar (qonunlar va normativ-

me’yoriy

hujjatlar; turizm xizmatlari sifatini belgilash( standartlashtirish va

sertifikatlash);

t

urizmning aholi salomatligiga ta'siri bo'yicha xavfsizlik

qoidalariga rioya qilish

; bilvosita ta’sir etuvchi usullar

(iqtisodiy chora-

tadbirlar).

Tartibga solish chora-

tadbirlarining tavsifiga

muvofiq

Umumiy davlat siyosati usullari (xizmat sektorining funksiyalarini

rivojlantirish, mintaqaviy rivojlanish sohasidagi jarayonlar, chegaralararo
hamjihatlikni kuchaytirish va qulay soliq tizimi); Maxsus siyosiy usullar

(turizm bozorining qonun-qoidalari, turar-joy obyektlarida boshqaruv
mexanizmlari, tur agentlik bozori tashkilotlarining nizomlari.

Ta’sir etish obyektiga

muvofiq

Barcha iqtisodiy faol aholi qatlami, turistik faoliyat olib boruvchi
tadbirkorlar,turistlar talabiga mos keluvchi turistik ahamiyatga ega

obyektlarni shakllantirish, turistik mahsulot sifatini belgilash
mexanizmlari.

Moliyalashtirish

jihatlarga muvofiq

Davlat budjeti, xususiy sektor ulushi, davlatning xususiy sektor bilan
sherikchiligi

Ta’sir etish

yo‘nalishlariga muvofiq

Turistik

mahsulot talab va taklif miqdoriga ta’sir qiluvchi chora

-tadbirlar,

turistik talab va taklif o‘rtasidagi dinamik muvozanatni ta’minlashga

yo‘naltirilgan choralar, raqamlas

htirillgan turistik hudud yaratish strategik

mexanizmlarini takomillashtirishga yo‘na

ltirilgan chora-tadbirlar.

Tartibga solish

xarakteriga muvofiq

Rag‘batlantiruvchi va cheklovlar asosida himoyalovchi usullar

Ta’sir etish muddatiga

muvofiq

Uzoq va qisqa muddatli chora-tadbirlar

Ta’sir etish darajasiga

muvofiq

Xalqaro, milliy va mahalliy miqyosdagi chora-tadbirlar.

Manba:

muallif ishlanmasi.


background image

“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”

mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi

171

Turizm industriyasini tartibga solish vositalari sifatida mavjud iqtisodiy

tizim elementlari majmuyini tushunishimiz mumkin. Turizm sohasini tartibga

solish vositalari davlat tomonidan muntazam nazorat qilinib, takomillashtirib

turiladi.[6] Bizning fikrimizcha, turizm industriyasini davlat tomonidan

boshqarish vositalari quyidagilardan iborat:

1.

Huquqiy ta’minot vo

sitalari:

Turizmga oid barcha qonunchilik

hujjatlarini qamrab oladi. Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Adliya

vazirligi va boshqa mutasaddi idoralarning ishlab chiqqan ko‘rsatma va

yo‘riqnomalari turizm faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha huquqiy

asos yaratilishiga

xizmat qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasida 2016

-2023-

yillar oralig‘ida turizm

sohasi rivojlantirish uchun jami 63 ta normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi:

1 ta Qonun, 19 ta Prezident Qarori, 16 ta Prezident Farmoni, 27 ta Vazirlar

Mahkamasining Qarorlari.

2. Iqtisodiy vositalar:

Turistik faoliyatni prognozlashtirish va shunga

muvofiq dasturlash; budjet-soliq siyosati, investitsion oqimni kuchaytirish tizimi

va monopoliyaga qarshi kurashish siyosati va boshqalar.

3. Tashkiliy vositalar:

Tashkiliy mexanizm davlat boshqaruv organlarining

barcha tarmoqlari faoliyatini tizimli ravishda muvofiqlashtirishni ifodalaydi.

4. Ijtimoiy kafolatlar:

Davlat tomonidan ta’minlanadigan ijtimoiy

kafolatlar moliyaviy yoki sog‘lik va yosh bilan bog‘liq s

abablar tufayli sayohat

qilishga imkoni yo‘q fuqarolarga imkoniyat berish uchun amalda namoyon

bo‘ladi.

5. Axborot ta’minoti:

Turizm bozorida axborot almashish imkoniyatlarini

takomillashtirish iqtisodiyotning axborot sohasini jadal rivolantirishni taqazo

etadi.

6. Ijtimoiy-psixologik vositalar:

Turizm industriyasi subyektlari

orasidagi o‘zaro munosabatlarga ta’sir etib, ma’lum tarkibiy

-tashkiliy elementlar

asosida turistik tashkilotlarda motivatsion ruhni shakllantirish, ularning

iqtisodiy-ijtimoiy faoliyatlarin

i moddiy va psixologik rag‘batlantirish orqali

turistik mahsulot ishlab chiqarish va sotish samaradorligini oshirishga xizmat

qiluvchi psixomotivatsion jarayonlarni nazarda tutadi.

Bizning fikrimizcha, mamlakatimizda turizm industriyani tartibga solish

samaradorligini oshirish uchun davlatning turizm siyosatining quyidagi

yo‘nalishlarini kuchaytirish maqsadga muvofiqdir:

-

mulkchilik shaklidan qat’iynazar barcha turistik tashkilotlar faoliyati

ustidan tartibli nazorat olib borish;

- soliq imtiyozlari, subs

idiyalar va dotatsiyalar ajratish bo‘yicha har bir

turistik hududning shart-sharoitlari, soha biznes vakillarining iqtisodiy

holati,yangi loyihalarni amalga oshirish borasidagi tashabbuskorligi hisobga

olinib, muayyan tartib asosida rag‘batlant

irish ishlarini olib borish;

- t

uristik faoliyat izchilligini ta’minlash uchun turizm sohasiga bevosita va

bilvosita ta’sir etuvchi tarmoqlar o‘rtasidagi integratsion munosabatni

kuchaytirish;


background image

“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”

mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi

172

- turistik salohiyatga ega har bir hudud uchun uning ichki imkoniyatlaridan

kelib chiqib, industriya rivojiga to‘sqinlik qilayotgan salbiy holatlarni muntazam

tadqiq etgan holda hududiy maqsadli dasturlar ishlab chiqish va ularni

bosqichma-

bosqich sinovdan o‘tkazish tartibini joriy etish;

- raqamlashtirilgan turizm iqtisodiyoti, marketingi va boshqa muhim

sohalar faoliyatini tartibga solishga qaratilgan qonun va me’yoriy hujjatlar

kontentini takomillashtirish;

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

:

1. Goeldner.R.Ch, Ritchie.J.R(2012) Tourism: Principles, practices, philosophies 12th edition.

Printed in the United States of America.

2. O.Г.Давыдова. Инструменты государсвенного регулирования развития

туристическая деятельности в Украине.

3. A.Mirzaxodjayev.(2024) Turizm faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish

samaradorligini oshirishning ayrim usullari.Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot jurnali.98-99-bet

4.

Галасюк С.С. Модели государственного регулирования в сфере туризма. Одесса.

Украинаю.

5. Boltabayev.M.R.,Tuxliyev.I.S.,Safarov.B.Sh.,Abduxamidov.S.A(2018).Turizm: Nazariya va

Amaliyot.-T.:<<Barkamol fayz media>>nashriyoti.

6. Panasiuk, A. (2019). Tourism management by public administration

institutions. Scientific Journal of the Military University of Land Forces, 192(2), 365

377. https://doi.org/10.5604/01.3001.0013.2610

AGROTURIZM SOHASINI RIVOJLANTIRISHDAGI MAVJUD MUAMMOLAR

Yoriyeva Farangiz Murodillayevna

Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti tayanch doktoranti

farangiz.feyaaa@gmail.com

Agroturizm sohasini rivo

jlanishining jahon amaliyoti tahliliga ko‘ra,

agroturistlar tabiat qo‘ynida xavfsiz sayohatni amalga oshirish istagida bo‘lgan

sayyohlar hisoblanganligi sababli ular ekologik muammolar nisbatan kamroq va

insonlarning atrof-muhitga s

albiy ta’siri darajasi past bo‘lgan hududlarga tashrif

buyurishni afzal ko‘radilar. Bu esa

agroturizmning ekologiya va atrof-muhit bilan

bevosita bog‘liq ekanligidan dalolat beradi. Shu sababli ham mamlakatda

agroturizmni rivojlantirishda nafaqat atrof-muhitning himoyalanganlik darajasi,

balki ekologik muammolarning keskinlashuvini oldini olish talab etiladi.

Mamlakatda atrof-muhit va ekologik barqarorlik sohasidagi muammolarning avj

olishi agroturizm salohiyatidan foydalanish samaradorligini keskin kamaytirib,

ushbu sohani rivojlantirishdagi turli ziddiyatlarni vujudga kelishiga sabab

bo‘ladi.

Tahlillarga ko‘ra, global iqlim o‘zgarishlarining tobora avj olib borishi

natijasida so‘nggi o‘n yillikda aksariyat mamlakatlarda

yer resurslarining

degradasiyaga uc

hrashi, cho‘llanishi kab

i muammolari avj olib bormoqda.

Jumladan, bu turdagi global tabiiy-

iqlimiy o‘zgarishlar 13,4

mlrd. gektarga teng

Библиографические ссылки

Goeldner.R.Ch, Ritchie.J.R(2012) Tourism: Principles, practices, philosophies 12th edition. Printed in the United States of America.

О.Г.Давыдова. Инструменты государсвенного регулирования развития туристическая деятельности в Украине.

A.Mirzaxodjayev.(2024) Turizm faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish samaradorligini oshirishning ayrim usullari.Yashil iqtisodiyotva taraqqiyotjurnali.98-99-bet

Галасюк C.C. Модели государственного регулирования в сфере туризма. Одесса. Украиною.

Boltabayev.M.R.,Tuxliyev.I.S.,Safarov.B.Sh.,Abduxamidov.S.A(2018).Turizm: Nazariya va Amaliyot.-T.:«Barl

Panasiuk, A. (2019). Tourism management by public administration institutions. Scientific Journal of the Military University of Land Forces, 192(2), 365-377. https://doi.org/10.5604/01.3001.0013.2610